Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMTIYOZLI SHARTLARDA PENSIYAGA CHIQISH HUQUQINI BERUVCHI ISHLAB CHIQARISHLAR, MUASSASALAR, ISHLAR, KASBLAR, LAVOZIMLAR VA KO‘RSATKICHLARNING RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-sonli “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini hamda ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi ilova qilinayotgan ro‘yxatlar tasdiqlansin:
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro‘yxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2- ro‘yxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 3-ro‘yxati*.
* 1, 2, 3-ro‘yxatlar rus tilidagi matnda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2337, 12.03.2012-y.).
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2-ro‘yxatning 1-qismi va 3-ro‘yxatning 1-qismi ish o‘rnini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tatbiq etiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, korxonalarda imtiyozli pensiya ta’minoti bo‘yicha ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amalga oshiradilar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar Ro‘yxatini tatbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berish, shuningdek, kelishgan holda ushbu Ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1994-yilning 1-iyunigacha imtiyozli pensiya ta’minoti haqidagi normativ hujjatlar to‘plamining nashr etilishini ta’minlasin.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘plamning nashr qilinishi uchun kerakli mablag‘larni izlab topsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-may,
250-son