Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
BUYRUGʻI
URUGʻLIK DONNI QABUL QILISh, TAYYORLASh, DORILASh, TARQATISh VA SIFATINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 29-iyulda 1499-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 03-1-58-sonli yigʻilish bayonining 10-bandi topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan “Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.
3. Ishlar (Abdualimov), Gʻallachilikni rivojlantirish (Xusainov) boshqarmalari mazkur buyruq Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kunlik muddatda Yoʻriqnomani chop etilishini va manfaatdor shaxslarga yetkazilishini taʼminlasinlar.
4. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab “Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, don mahsulotlari sohasidagi korxonalarda urugʻlik don qabul qilish, joylash, tayyorlash va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2000-yil 6-iyundagi 160-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (2000-yil 20-iyun, roʻyxat raqami 935).
5. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-iyul,
160-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2005-yil 20-iyuldagi 160-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 03-1-58-sonli yigʻilish bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Yoʻriqnoma urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Yoʻriqnomada qoʻllaniladigan tushunchalar:
urugʻlik — oʻsimlikning nav va duragaylarni saqlab qolish, takror yetishtirish uchun ishlatiladigan botanik donlari yoki boshqa qismlari;
sertifikatlangan (reproduksion) urugʻliklar — fond urugʻliklarini va ularning keyingi reproduksiyalarini koʻpaytirishdan olinadigan urugʻliklar;
duragay urugʻliklar — turkumdoshlarni chatishtirishdan olinadigan urugʻliklar;
genetik sifat (nav sifati) — muayyan nav urugʻlikning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini bildiruvchi koʻrsatkichlar majmui;
ekinboplik xususiyati — urugʻliklarning ekishga qanchalik yaroqli ekanligini bildiruvchi koʻrsatkichlar majmui;
urugʻlik turkumi — bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan, kelib chiqishi bir), hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urugʻlikning bir xil miqdori;
aprobatsiya qilish — oʻsimliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga moʻljallangan urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada oʻtkaziladigan tadqiqot;
II. Urugʻlik donni qabul qilish va joylashtirish
1 §. Urugʻlik donni qabul qilishga tayyorgarlik koʻrish
1. Navli va duragay urugʻlik don kelib tushishi boshlanguniga qadar korxona quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
a) kelib tushishi kutilayotgan partiyalarning alohida urugʻlik don saqlash omborlari boʻyicha quyidagilarga binoan tayyorlov rejalarini inobatga olgan holda joylashtirish rejasini tuzish (korxona rahbari tasdiqlaydi), jumladan:
ekinlar,
navlar (duragaylar),
avlodlar,
nav tozaligi toifalari,
urugʻlik don standartlari sinflari,
namlik holati (ozuqabop ekinlarning oʻxshash doni uchun),
aralashmalar, shu jumladan, qiyin ajratiladigan aralashmalar (ozuqabop don uchun ifloslanganligi holati boʻyicha);
b) urugʻlik donni joylashtirish hamda navli va duragay urugʻlik don bilan bogʻliq jarayonlarni rasmiylashtirish uchun kerakli miqdorda qoplar, yorliqlar, plombalar, nav hujjatlari blankalari miqdorini tayyorlab qoʻyish;
v) tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimidan barcha urugʻchilik xoʻjaliklari boʻyicha, shuningdek navli urugʻlik don tayyorlashga kontraktatsiya shartnomasi tuzilgan boshqa xoʻjaliklar boʻyicha belgilangan tartibga qatʼiy muvofiqlikda rasmiylashtirilgan navli ekin maydonlari aprobatsiyasi dalolatnomalari tuzilganligini aniqlash.
2. Navli va duragay urugʻlik donni qabul qilish va joylash uchun ajratilgan omborlar oʻz vaqtida taʼmirlangan, dezinfeksiyalangan boʻlishi va barcha texnik talablarni qanoatlantirishi, jumladan, quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
sozlangan tomlar, devorlar, zich yopiladigan eshiklar, teshiksiz, yoriqsiz silliq pol;
quruq, sizot suvlardan yaxshi himoyalangan pol va devorlar, tosh va gʻishtdan qurilgan omborlar suvalgan, yogʻochdan qurilgan omborlarda mustahkam, yoriqsiz, barcha ombor devorlari oqlangan;
ichki tomondan metall turlar — shishatutgichlar bilan toʻsilgan oynalangan derazalar, elektr lampalarda turli himoya qalpoqlari boʻlishi lozim.
3. Urugʻlik don omborlari tevaragidagi hudud asfaltlangan, tozalangan va zararkunandalarga qarshi dizinfeksiyalangan boʻlishi lozim.
2 §. Urugʻlik donni qabul qilish
4. Urugʻlik don yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan boshoqli don urugʻliklari nav va avlodlari boʻyicha gʻalla qabul qilish va qayta ishlash korxonalariga belgilangan shakldagi birlamchi hujjatlar bilan birgalikda topshiriladi.
Birlamchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
a) “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” tomonidan berilgan ekish sifat koʻrsatkichlarini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati nusxasi;
b) urugʻlik maydonida oʻtkazilgan aprobatsiya dalolatnomasi (193, 197-sonli shakllar 1 va 2-ilovalarda keltirilgan)
5. Don qabul qilish korxonalariga topshirilgan 193 va 197-shakllari boʻyicha urugʻlik donning avlodi, navi va nav sofligi standart talabiga javob beruvchi birlamchi hujjatlar “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
6. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning viloyat va tuman boʻlimlari tomonidan don qabul qilish korxonalariga topshirilgan urugʻlik partiyalari boʻyicha urugʻlikning yashovchanligi aniqlanadi.
7. Don qabul qilish korxonalariga qabul qilingan urugʻlik partiyalari qayta ishlangandan keyin davlat standarti talablari asosida oʻrtacha namunalar qabul qilib olinadi va “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning sinov laboratoriyalariga topshiriladi.
8. Xoʻjaliklardan navli urugʻlik donlarni tegishli nav hujjatlarisiz qabul qilish va yashovchanlik tahlillarining natijalarisiz joylash qatʼiyan taqiqlanadi.
9. Qabul qilinayotgan urugʻlik don sifati (yashovchanligi, unuvchanligi) borasida shubha tugʻilganda, bunday urugʻlik partiyalari alohida joylashtiriladi. Ushbu urugʻlik donlardan yashovchanlik, unuvchanligini takroriy aniqlash uchun “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ga oʻrtacha namuna tanlab olinadi va joʻnatiladi.
10. Nav hujjatlari xoʻjalik rahbari yoki uning oʻrinbosari, moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanishi va xoʻjalik muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
11. Bir xil urugʻlik don partiyalariga birinchi avtomashina (vagon va boshqalar) bilan korxonaga yetkaziladigan urugʻlikning nav hujjatlari topshirilishi kerak.
Shu partiyadagi urugʻlik donga ega boʻlgan keyingi mashinalarning yukxatlari tegishli nav hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
12. Urugʻlik don uchun nav hujjati boʻlmaganda, u toʻliq toʻlgʻazilmaganida va hujjatda koʻrsatilgan urugʻlik don sifati toʻgʻri kelmaganda don topshiruvchining roziligi bilan ushbu partiya oddiy (tovar) don sifatida qabul qilinadi.
13. Urugʻlik don hujjatlarsiz yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan keltirilgan har bir holat boʻyicha korxona rahbari, laboratoriya xodimi, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning viloyat yoki tuman inspektori va urugʻlik don topshiruvchi ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
14. Urugʻlik don qabul qilinayotganda korxona laboratoriyasi keltirilgan urugʻlik donga berilgan nav hujjatidagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomalariga mos kelish-kelmasligini tekshirishi lozim.
Laborant urugʻlik don topshiruvchi ishtirokida belgilangan davlat standarti boʻyicha urugʻlik dondan namunalarini tanlab oladi va ularning bir xilligini, rangi, hidini aniqlash uchun urugʻlik donlarni koʻzdan kechiradi. Keltirilgan urugʻlik donning tashqi alomatlari (shakli, tipi, rangi) nav toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan nav nomiga muvofiqligini tekshiradi, shahodatnoma yoki guvohnomaning teskari tomonida koʻrsatilgan bandiga aslida keltirilgan urugʻlik don sifatining muvofiqligini aniqlash uchun urugʻlik donning namligi va begona don hamda zararkunandalar bilan zararlanganligini, qiyin ajraluvchi, zararli aralashmalar va karantin begona oʻt urugʻlarining bor yoʻqligini aniqlaydi.
15. Navli urugʻlik don sifati aniqlanganidan keyin, don mahsulot korxonasi topshiruvchi yukxatining birinchi nusxasi orqa tomoniga belgilangan shakldagi shtamp qoʻyadi, jurnalga sanani, tahlillar qaydlov yozuvi tartib raqamini, urugʻlik donni joylashtirish joyi, tahlil natijalari va boshqa koʻrsatkichlarni koʻrsatadi. Bundan tashqari, topshiruvchi yukxatiga yirik shrift bilan “Navli (duragay) urugʻlik don” degan shtamp qoʻyiladi.
16. Agar bitta don topshiruvchi kun davomida navdorlik sifat koʻrsatkichlari jihatdan bir xil navli, avlodli va toifali, urugʻlik donni bir necha marotaba topshirsa, navli urugʻlik don tahlili va ularni qabul qilinishini rasmiylashtirish kunlik oʻrtacha namunalar boʻyicha amalga oshiriladi.
17. Qabul qilish paytida topshiruvchidan olinadigan urugʻlik don navi va ekin toʻgʻrisidagi hujjatlar korxona buxgalteriyasida hisob-kitob hujjatlari bilan birga belgilangan tartibda saqlanadi.
18. Urugʻlik don topshiruvchi korxona laboratoriyasining urugʻlik donning sinfi tahlili natijalaridan eʼtirozi boʻlgan taqdirda, korxona laboratoriyasi takroriy namuna oladi va uning tahlillarini oʻtkazadi.
19. Don topshiruvchining tahlil natijalariga eʼtiroz bildirgan toʻgʻrisidagi takroriy arizasi boʻlganda korxona laboratoriyasi urugʻlik topshiruvchi ishtirokida bahsli namunani soʻrgichlab, muhrlaydi va laboratoriya boshligʻi, don topshiruvchi hamda “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning markaziy sinov laboratoriyasiga joʻnatiladi. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”dan olingan tahlil natijalariga koʻra qayta hisob-kitob qilinadi.
20. Nav hujjatlari bilan birga unuvchanligi koʻrsatilmasdan topshirilgan, tozaligi boʻyicha yoki tozaligi va navdorligi jihatidan sinfsiz navli urugʻlik donni qabul qilishda joylashdan avval toʻliq tahlil va donli ekinlar uchun davlat standartining II sinfi doirasida ajraluvchi aralashmalarni aniqlash boʻyicha nazorat tahlili oʻtkaziladi. Bunday urugʻlarni qabul qilish “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” tomonidan urugʻlik don korxonaga topshirilish vaqtida aniqlanuvchi yashovchanlik koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
21. Karantin hududida yetishtirilgan urugʻlik don (topshiruvchi roziligi bilan) oddiy don sifatida qabul qilinadi va ana shu hududdan tashib olib ketilmasligi lozim.
3 §. Urugʻlik donni joylashtirish
22. Urugʻlik don urugʻlarining shikastlanish va boshqa ekinlar va navlar bilan aralashib ifloslanishdan toʻla saqlanishini taʼminlovchi maxsus ajratilgan don omborlariga joylashtirilishi va saqlanishi lozim.
23. Urugʻlik don urugʻlarining sifati aniqlanganidan keyin korxona laboratoriyasi ularni tegishli omborga rejaga muvofiq joylashtirish uchun koʻrsatma beradi. Nav toʻgʻrisidagi hujjatda unuvchanlik koʻrsatkichlari boʻlmagan taqdirda urugʻlik don alohida joylashtiriladi va uning unuvchanligini aniqlash uchun “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ga taqdim etish uchun ushbu partiyadan oʻrtacha namunani tanlab olinadi.
24. Ombor mudiri keltirilgan urugʻlik donning nav (duragay) nomini, (avlodini), nav tozaligi va boshqa sifat koʻrsatkichlarini dala aprobatsiya dalolatnomasiga asosan, urugʻlik donni ogʻirligi boʻyicha qabul qiladi.
25. Superelita urugʻlarini yetishtiruvchi maydonlardagi urugʻliklarni alohida urugʻlik oʻrishga ajratilgan kombaynlarda oʻriladi va tozalanib, dorilanib, qoplanadi va ekish uchun tarqatiladi.
26. Qorakuya chang guvalakchasi bilan 1 foizdan 2 foizgacha va undan yuqori darajada zararlangan ekin maydonlaridan olingan (aprobatsiya dalolatnomalari boʻyicha) urugʻlik donlar zararlanmagan va ifloslanmagan urugʻlik donlardan alohida joylashtiriladi.
27. Barcha don ekinlarining birinchi va keyingi avlodlari urugʻlik donlarini qabul qilish jarayonida turli xoʻjaliklardan tayyorlangan bitta va aynan shu ekinning, bitta va aynan shu avlodning, bitta va aynan shu toifaning, bitta va aynan shu sinf, namligi, ifloslanganligi va zararlanganligi boʻyicha aynan bir xil kichik partiyalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Kichik partiyalar yirik partiyalarga birlashtirilganda, birlashtirilgan partiyalarning nav tozaligi eng past koʻrsatkich boʻyicha koʻrsatiladi, urugʻlik donning sifat koʻrsatkichlari esa birlashtirilgan partiyalardan tanlab olingan namunalar tahlili maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi.
28. Sifati oʻrtacha urugʻlik don olish uchun nav tozaligi turli sinf yoki toifali turli partiyalarni birlashtirish, shuningdek, har xil xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan barcha donlarning superelita, elita va birinchi avlod urugʻliklarining kichik partiyalari boʻlsa hamki, birlashtirish qatʼiyan taqiqlanadi.
29. Kichik partiyalarni birlashtirish va birlashgan partiyalarni rasmiylashtirish korxona komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” vakili ushbu komissiya tarkibiga kiritiladi.
30. Boshoqli don urugʻlarini sotuvchi viloyatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga temir yoʻl orqali yoki avtotransport bilan tashib keltiriladigan urugʻlik don partiyalarini aynan shu navdagi mahalliy urugʻlik don bilan aralashtirish, shuningdek, yangi hosil urugʻlik donini oʻtgan yillar urugʻlik doni bilan aralashtirish taqiqlanadi.
31. Aralashtirib yuborish yoki ifloslantirishdan kafolatlash maqsadida bir turdagi ekinning ikki avlodli urugʻlik donini, bir-biridan qiyin ajratiluvchi, masalan, javdar va bugʻdoy, bugʻdoy va arpa singari ekinlar urugʻlik donini bir-biriga yaqin joylash taqiqlanadi.
32. Urugʻlik don omborlarida navli urugʻlik donning bir necha partiyalari joylashtirilganda gʻalla ajratkichlaridan foydalanish mumkin. Bunda gʻalla ajratkichlari bilan ajratilgan urugʻlik don partiyalari kengligi 1,0 metrdan kam boʻlmagan yoʻlaklar bilan bir-biridan ajratilishi kerak.
33. Navli va duragay urugʻlik donlarni aralashtirib yuborish va ifloslantirishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
34. Tozaligi jihatidan qayta ishlanishi kerak boʻlgan 1-avlod urugʻlik donlar unuvchanlik sifatlarini taʼminlovchi tadbirlarga rioya etish sharti bilan qabul qilinadi va uyum holatda saqlanadi.
35. Don omborlarida urugʻlik don qoplarda va uyum holida saqlanganda har bir partiyaga yorliq oʻrnatib qoʻyiladi.
36. Qoplarda qabul qilingan urugʻlik donni joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
poli asfaltlangan, betonlangan omborlarda qoplarni joylashtirish poldan kamida 15 santimetr baland boʻlgan tagliklarda amalga oshiriladi;
shtabellar oʻrtasidagi yoʻlaklar, shuningdek, shtabellar va devorlar oʻrtasidagi yoʻlaklar kamida 0,7-1 metr, avtoyuklagichlar oʻtishi uchun shtabellar oʻrtasidagi oraliq 4,5-5 metr boʻlishi lozim.
Shtabelning uzunligi partiya va ombor maydoni oʻlchamlari bilan belgilanadi.
37. Urugʻlik don idishda quruq holatda saqlanganda 3-ilovada belgilangan jadvalda koʻrsatilganidan oshmaydigan balandlikda joylashtiriladi.
38. Urugʻlik don quruq holatda uyum tarzida saqlanganda ekin turidan qatʼi nazar, uyumning barcha qatlamlaridagi urugʻlik don holati va sifati ustidan nazoratni taʼminlash sharti bilan tez-tez shamollatib turish uskunalari bilan jihozlangan omborlarning toʻliq yuklanmalanishiga yoʻl qoʻyiladi (devordan — 2,5 metr, markazida — 5 metrgacha).
39. Urugʻlik donni qayta ishlash jarayonida uning shikastlanishini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
urugʻlik donning transportyordan uyumga tushish pastligini maksimal kamaytirish. Urugʻlik donlar bir tekis tushishi uchun brezentdan tayyorlangan moslashuvchan yengsak, qopcha va boshqalarni qoʻllash;
don transportyorlari lentasi harakat tezligini 1,5-1,75 m/sekundgacha, oʻzi uzatgichning skrepkali shoxobchasi tezligini esa 0,8-1,2 m/sekundgacha pasaytirish, transportlarda ular ramasining uzunligiga qarab urugʻlik don lentadan toʻkilishini bartaraf etuvchi gʻovlar oʻrnatish.
Don urugʻligi harakatlanuvchi noriyalarda maxsus plastmassadan ishlangan yoki chetlari qaytarilgan kovshlar oʻrnatilishi lozim.
III. Urugʻlik donlarni ekishga tayyorlash va saqlanishini taʼminlash.
1 §. Urugʻlik donlarni tayyorlashga qoʻyiladigan talablar
40. Korxonaga qabul qilingan namligi va tozaligi boʻyicha sinfsiz urugʻlik don partiyalari (bundan buyon “urugʻlik material”) tinim davri oʻtgandan keyin sara urugʻlik olish maqsadida qayta ishlanadi.
41. Urugʻlik materialga ishlov berish va uni saqlashda asosiy texnologik usullar va jarayonlarning quyidagi galma-galligini nazarda tutish tavsiya etiladi:
transport yukini tushirish;
birlamchi tozalash;
urugʻlik materiallarini quritish, joylashtirish ularni ekish mavsumigacha saqlash maqsadida tez-tez shamollatib turish;
don quritgichlarda yoki tez-tez shamollatib turish uskunalari (atmosfera havosini ilitish va ilitmasdan) quritish, urugʻlik materialni 1-sinf urugʻlik don standartlar meʼyorlariga yoki hech boʻlmaganda, ajratib boʻlmas begona oʻtlar boʻlganda 2-sinf meʼyorlarigacha (tozaligi jihatidan) aralashmalardan tozalash;
urugʻlik material urugʻlik sexda qayta ishlangandan keyin don zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish;
urugʻlik materialni eng past ijobiy haroratda sovutilgan holatda saqlash.
2 §. Urugʻlik donlarni qabul qilish va tozalash
42. Hukumat qarori bilan belgilangan topshiriqqa muvofiq “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar urugʻlik materiallarni qabul qiladilar.
43. Urugʻlik don standartining 1, 2, 3-sinflari talablariga javob beruvchi navli urugʻlik don konditsiyali sanaladi.
44. Urugʻlik amaldagi davlat standartiga (GOST-10467-76) mos kelmaydigan rayonlashtirilgan va istiqbolli urugʻlik donlar konditsiyasiz urugʻlik don hisoblanadi.
45. Urugʻlik don topshiruvchilar tomonidan konditsiyali urugʻlik don uchun don qabul qiluvchi korxona shartnomaga asosan amalda boʻlgan narxlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
hisob-kitoblar sinflar va toifalar uchun bazis konditsiya boʻyicha chegirma va ustama qoʻllamasdan oʻtkaziladi.
46. Urugʻ yetishtiruvchi xoʻjaliklardan urugʻlik materiali xarid qilish jarayonida don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari urugʻlik materialidan urugʻ chiqish hisob-kitobini aniqlaydilar va kondinsion urugʻlikning fizik ogʻirligi boʻyicha urugʻlik chiqish hisob-kitobi asosida oldindan tovar preyskurant narxlari boʻyicha toʻlovni amalga oshiradilar.
47. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar urugʻlik donni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirilgandan keyin “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” bergan muvofiqlik sertifikatiga koʻra tegishli sifat koʻrsatkichlariga asosan navli urugʻliklarning amalda chiqishini hisobga olib, nav ustamalarini belgilangan tartibga muvofiq urugʻlik don topshirgan subyektlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Nav ustamalari Hukumat qarorlariga muvofiq belgilanadi.
48. Boshoqli don urugʻlarini ekish meʼyorlarini belgilashda asosan 1000 dona don urugʻlikning ogʻirligi hisobga olinadi. Urugʻlik chiqishi ustidan oraliq nazorat qilish maqsadida don qabul qiluvchi korxonalar choʻzinchoq yacheykalari boʻlgan elaklar komplekti orqali elash yoʻli bilan konditsiyali urugʻlik don va ikkilamchi darajali mahsulotlar (chiqindisini) aniqlaydi, bunda oxirgi elakning yacheykalari oʻlchami 2,2x20 mm boʻlishi lozim. Nazorat namunalari urugʻchilik inspeksiya mutaxassislari bilan birgalikda maxsus komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
49. Konditsiyali urugʻlik chiqishini aniqlashda yoʻl qoʻysa boʻladigan chetga ogʻish laboratoriyalarda 3 foizni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Urugʻlik don yetishtiruvchilari tomonidan topshirilgan urugʻlik mahsulotlarni xarid qilishda, don qabul qilish korxonasi laboratoriyasi tomonidan urugʻlik mahsulotdan konditsion urugʻlik va ikkinchi darajali mahsulot, yaʼni don chiqindisining (1000 dona urugʻlik donning ogʻirligi va namligini hisobga olgan holda) chiqish foizi aniqlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 3-fevraldagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1499-1, 27.02.2007-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 88-modda)
51. Urugʻlik materialga qayta ishlov berilganda olingan konditsiyali urugʻlik ekish uchun va ikkinchi darajali mahsulotlar ozuqa va spirt sanoati tomonidan ishlatiladi. (Bu jarayonda tegishli tashkilot mutaxassislari ishtirokida nazorat namunalar olinadi va laboratoriya tahlillari asosida aniqlanadi).
52. “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari tayyorlov boʻyicha hisobotlarda urugʻlik material hajmini, PK-10A ixtisoslashgan qabul qilish kvitansiyalarida “kirim turi” satrida “urugʻlik material”, shu jumladan, urugʻlik don va ikkinchi darajali mahsulotlar ham koʻrsatiladi (hisob-kitob chiqishiga qarab). Tayyorlangan ekiladigan urugʻlik donning yakuniy hajmlari “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari tomonidan tozalash va ishlov berish tugallanganidan keyin belgilanadi, har bir xoʻjalik boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi tuziladi va 1-don shakldagi hisobot statistika organlariga taqdim etiladi.
53. Ixtisoslashtirilgan PK-10A qabul qilish kvitansiyasida urugʻlik material, shu jumladan urugʻlikning, ikkinchi darajali mahsulotlar aks ettiriladi va ular tegishli statistika hisobotida ham aks ettiriladi.
54. Don xarid qilish toʻgʻrisidagi 1-don shakl hisobotda urugʻlik don miqdori 1, 2, 3 ustunlar boʻylab 22-26-satrlarda aks ettiriladi (ikkinchi darajali mahsulotlarsiz).
55. Donni qabul qilib olgan korxona urugʻlik don topshiruvchi bilan konditsion urugʻ va uning ikkinchi darajali mahsulot (chiqindisini) amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiradi. Bunda urugʻlikni tozalash, saralash uchun ketgan xarajatlar hisobga olinadi.
56. Urugʻlik donlarni qayta ishlovchi korxonalarda, yuqoridan berilgan koʻrsatma va topshiriqqa asosan urugʻliklarni isteʼmolchilarga standart ogʻirlikda qadoqlangan tarzda temir yoʻl va avtomobil transporti bilan urugʻlik tarqatish uchun don qabul qilish korxonalariga va ular koʻrsatgan manzilga yetkazib berilishini amalga oshiradilar.
57. Urugʻliklar davlat standartlari asosida majburiy tartibda “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” tomonidan sertifikatlanishi lozim.
58. Korxonaga kelib tushgan urugʻlik material organik va mineral aralashmalardan birlamchi tozalanadi (somon, boshoqlar, oʻsimlik poyasi qoldiqlari, kesakchalar va boshqalardan). Namligi yuqori boʻlgan va ifloslangan urugʻlik material birinchi navbatda tozalanadi.
59. Urugʻlik materialni aralashmalardan tozalash turli konstruksiyali urugʻlik tozalash mashinalarida (separatorlar, pnevmo nav ajratuvchi stollarda, triyerlarda va koʻchma urugʻlik tozalash mashinalarida) oʻtkaziladi.
60. Urugʻlik materialni tozalash odatda transport mexanizmlari, tozalash mashinalari va urugʻlik don saqlash hajmlari mavjud maxsus urugʻlik tozalash sexlarida amalga oshiriladi. Tozalangan urugʻlik saqlanayotgan omborda urugʻlik materialni tozalash tavsiya etilmaydi.
61. Urugʻlik materialni tozalashda don tozalash mashinalaridan urugʻlik don standartining 1-sinfi talablariga javob beruvchi va urugʻlik don shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan darajada yuksak unum bilan ishlatishi lozim.
62. Tozalashni oʻtkazish tartibi, urugʻlik tozalash mashinalari ish rejimini rahbarning sifat boʻyicha oʻrinbosari, bosh muhandis, bosh texnolog belgilaydilar, bu ishni sex boshligʻi (ombor mudiri) va smena masteri amalga oshiradilar.
63. Urugʻlik materialni tozalash sifatga qarab, galma-gal amalga oshiriladi. Quyidagi urugʻlik don partiyalari urugʻlik tozalash mashinalarida birinchi navbatda tozalanishi kerak:
namligi va ifloslanganligi yuqori boʻlgani;
zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlangani;
urugʻlikka xos boʻlmagan hid tarqatuvchi aralashmalar bilan ifloslangan.
64. Bir navli, ammo turli avlodga yoki nav tozaligining turli toifalariga mansub urugʻlik materialning bir necha partiyalariga ishlov berish oldidan, avval tozalanayotgan navning tovar donga qabul qilingan partiyasidan 10 tonna atrofida bir marta tozalangandan soʻng shneklar, quvurlar, liniya va noriyalar tozalanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va jurnalga qayd qilinadi. Shundan keyin yuqori avlodli, keyin esa past avlodli urugʻliklarga ishlov beriladi.
65. Ayniqsa boshqa ekin yoki boshqa nav va avlod urugʻlik materialiga ishlov berishga oʻtilganida texnologik liniya uskunalari yaxshilab tozalanadi. Qabul qilish bunkerlari, noriyalar, transporterlar, elaklar va triyerli silindrlar tozalanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shundan keyin mashinalar va transport mexanizmlari yakuniy tekshirilishini oʻtkazilib ishga tushiriladi. Yangi partiya urugʻlik materialga ishlov berish oldingi ekin urugʻlari don toʻliq tozalangandan keyingina oʻtkaziladi.
66. Urugʻlik tozalovchi mashinalarning samarali ishlashiga rioya etilishi lozim va urugʻlik materialni tozalash rejimiga smena masteri yoki bosh texnolog ruxsatisiz oʻzgartirish kiritishi mumkin emas.
67. Sex boshligʻi, bosh texnolog va agronom urugʻlik materialni tozalash jarayoni toʻgʻri olib borilishi va urugʻlik don tozalash mashinalari ishlashi uchun javobgarlikni zimmalariga oladilar.
68. Urugʻlik materialni tozalash ekin turi va holatini inobatga olgan holda oldindan tanlab olingan elaklar bilan butlangan urugʻlik tozalash mashinalarida oʻtkaziladi.
3 §. Urugʻlik donlarini shamollatib turish
69. Navli urugʻlik donlari shamollatib turishdan oldin uskunalar va ularga xizmat koʻrsatuvchi transport mexanizmlari don qoldiqlari, changlardan yaxshilab tozalanadi.
70. Hosil yigʻishtirilgandan keyingi tinim davri jarayonlari kechishini jadallashtirish maqsadida kuz mavsumida urugʻlik donni shamollatib turishda uning namligi imkoniyat darajasida pasayishiga erishish lozim.
71. Urugʻlik don havo harorati 15 gradus va undan yuqori boʻlganda shamollatiladi.
72. Kanakunjut shamollatilganda yanchilgan kanakunjut urugʻligi partiyani qutichalar va yoriqlardagi urugʻlik bilan aralashtirishga yoʻl qoʻymaslik lozim.
73. Namligi 90% dan yuqori boʻlgan yangi yigʻishtirib olingan kanakunjut danagi va namligi 8% dan yuqori boʻlgan urugʻlik iliq ilitilgan havo bilan shamollatib turishga moʻljallangan uskunalarda quritiladi.
4 §. Urugʻlik donni zararsizlantirish
74. Davlat resurslariga qabul qilinayotgan urugʻlik don zararkunandalar bilan zararlanmagan boʻlishi lozim. Don qabul qilish korxonalarida saqlanayotgan don zaxiralari zararkunandalari bilan zararlanganligi aniqlangan urugʻlik don partiyalari oʻz vaqtida zararsizlantirilishi lozim.
75. Zararlangan urugʻlik don turgan ombor, unga boruvchi barcha yoʻlaklar, urugʻlik tozalash mashinalari, transport mexanizmlari, ombor jihozlari va urugʻlik donga ishlov berish oʻtkazilgan hududlar tozalanadi va zararkunandalarga qarshi dezinfeksiyalanadi.
76. Barcha ekinlarning urugʻliklarini zararsizlantirishda “Kvifoks”, “Selofos”, “Fostoksin”, “Magtoksin”, “Magnofos”, “Fosfum” va boshqa shu kabi fosfin asosidagi preparatlardan foydalaniladi.
77. Kimyoviy zararsizlantirish boʻyicha ishlarni maxsus malaka oshirish oʻqishlarda oʻqitilgan mutaxassislar, don mahsulotlarini himoya qilish boʻyicha ekspeditsiyada ishlovchilar amalga oshiradilar.
78. Urugʻlik donlarni zararsizlantirayotganda ishlov berishdan kamida 10-15 kun avval va ishlov berish yakunlangandan 10-15 kundan keyin urugʻlik donlarning ekish sifat koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya tahlillari oʻtkazilishi lozim. Tahlil uchun ikkita namuna tanlab olinadi, ulardan biri “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ga joʻnatiladi, ikkinchisi esa tahlil natijalari olinguniga qadar korxonada turadi. Don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasining talabiga koʻra urugʻlik donni unuvchanligini aniqlash uchun namuna tanlab olish uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi. Bu holda uchinchi namuna tanlab olinadi, u ekspeditsiyada saqlanadi. Zarur boʻlgan taqdirda ikkinchi va uchinchi namuna arbitraj tahlil qilish uchun “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning markaziy sinov laboratoriyasiga topshiriladi.
79. Matodan tikilgan yoki polipropilen qoplarda taralangan urugʻlikni fumigatsiya yoʻli bilan zararsizlantirish qoplarni boʻshatmasdan amalga oshiriladi. Kraft qoplarga qoplangan urugʻliklar ularni albatta boʻshatish tariqasida oʻtkaziladi, shundan keyin zararlanmagan qopga qayta qoplanadi yoki zararlanmagan omborga joylashtiriladi.
5 §. Saqlash paytida urugʻlik holati va sifati ustidan nazorat
80. Urugʻliklar don qabul qilish korxonasiga kelib tushgan paytda ularning sifatini saqlab qolish maqsadida urugʻliklar va atrof muhit havosi harorati va namligi, don sifatining organoleptik koʻrsatkichlari (hidi, rangi), zararlanganligi va unuvchanligi ustidan muntazam kuzatuv oʻrnatish zarur.
81. Nazorat har bir alohida partiya yoki hajm (shtabel, silos, ombor va h. k.) boʻyicha yuritiladi.
82. Katta partiyalar uyumining ustki sathi (omborlarda) shartli tarzda seksiyalarga ajratiladi (har biri 50 kv. m. dan oshmaydi), ularning har biri ustidan mustaqil kuzatuv oʻtkaziladi.
83. Uyum balandligi 1,5 metrdan yuqori boʻlgan omborlarda urugʻlik don harorati kamida uch nuqtadagi termoshtanga bilan aniqlanadi. Jumladan, ustki yuzadan 30-50 santimetr chuqurlikda, uyum oʻrtasida va polda. Uyum balandligi 1,5 metrdan oshmaganda urugʻlik don harorati uyumning ikki ustki va pastki qatlamlarida aniqlanadi. Har bir urugʻlik don haroratini aniqlashdan keyin termoshtangalar seksiya doirasida shaxmat tartibiga rioya etilgan holda bir-biridan 2 metr masofada qayta oʻrnatiladi.
84. Silos tipidagi hajmlarda haroratni aniqlash harorat ustidan distansion nazoratga moʻljallangan uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Urugʻlik donni ana shunday qurilmalarsiz silosga joylashtirish tavsiya etilmaydi.
85. Urugʻlik haroratini aniqlash 4-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
86. Haroratni aniqlash davriyligi urugʻlik don uyumining alohida qatlamlarida aniqlangan eng yuqori haroratga bogʻliq holda belgilanadi.
87. Namligi boʻyicha sinflanmagan urugʻlik ustidan harorat borasida maxsus kuzatish talab etiladi. Urugʻlik don harorati oshganligi aniqlangan hollarda (tashqi havo haroratining oshishi bilan bogʻliq boʻlmagan) ularni zudlik bilan sovutish yoki quritish lozim.
88. Bahorda urugʻlik don harorati kuzatilganda ayniqsa omborning janubiy devoriga tutash uyum yuqori qatlamida harorat oshishiga eʼtibor qaratish kerak. Urugʻliklar harorati tashqi havo harorati oshishi bilan bogʻliq boʻlmagan holda tez koʻtarilganda eng avvalo tez-tez shamollatib turish vositalarini qoʻllab, ular sovutilishi borasida chora-tadbirlarni zudlik bilan koʻrish lozim. Bunday urugʻlik don holati ustidan nazorat har kuni oʻtkaziladi.
89. Har bir ombordagi haroratni aniqlash uchun simobli yoki spirtli devor termometri boʻlishi lozim. Tashqaridagi termometr toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurlaridan albatta himoyalangan boʻlishi zarur. Tashqi havoning, shuningdek, ombor ichkarisidagi nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrlar boʻlishi zarur.
90. Omborlarda uyum holda va silos tipidagi hajmlarda saqlanayotgan urugʻlik donning namligi holati ustidan nazorat oyda kamida ikki marta, shuningdek, har bir joy oʻzgartirish va ishlov berishdan keyin namunalar va tahlillar olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
91. Namlikni aniqlash har bir partiya uyumining yuqori qatlamidan 3 metr chuqurlikdan olingan namunalarga qarab oʻtkaziladi.
92. Uyum holda saqlanayotgan urugʻlikni don zaxiralari zararkunandalaridan zararlanganligini tekshirishda organopletik koʻrsatkichlarni urugʻlik don harorati va namligiga bogʻliq holda 5-ilovada belgilangan muddatlarda oʻtkazish kerak.
93. Unuvchanlikni aniqlash yoki urugʻlik donning “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” urugʻlik don sifati toʻla tahlilini oʻtkazish uchun namunalar tanlab olish har bir saqlashga yoki joʻnatishga tayyorlangan partiyaga urugʻlik don “Muvofiqlik sertifikati” amali muddati tugashi bilan yoki urugʻlik donni sugʻurta fondi sifatida uzoq saqlashga joylashtirilganda oʻtkaziladi.
94. Saqlanayotgan urugʻlik donlarning unuvchanligi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”da 2 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Bundan tashqari, urugʻliklar korxona laboratoriyasida ularning unuvchanligi tekshirilishidan qatʼi nazar, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”da toʻliq laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilib, ulardan har biri berib yuborishga yoki yuklab joʻnatishga tayyorlangan urugʻlik donga “Muvofiqlik sertifikati” olinishi lozim.
95. Urugʻlik donlarning unuvchanligi pasayishi aniqlangan taqdirda sabablarni shoshilinch aniqlash va urugʻlik donning kechiktirmay sovutilishi yoki quritilishi, shuningdek, ularning birinchi navbatda sotilishi borasida chora-tadbirlar koʻrish lozim. Davlat standartlariga muvofiq boshoqli va yogʻli ekinlar uchun unuvchanlikka nisbatan urugʻlik donning konditsiyaliligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki muvofiqlik sertifikati amali muddati 4 oy davomiylikda belgilangan. Biroq, ekishga berish yoki yuklashdan oldin ekin hujjatining amali muddati hali oʻtib ketmagan yoki borish yoʻlida oʻtishi mumkin boʻlgan u yoki bu urugʻlik partiya hujjatda koʻrsatilgan unuvchanlikni saqlaganiga ishonch hosil boʻlmasa, bunday holda ana shu partiya “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”da muddatidan oldin tekshirilishi lozim.
96. Matoli qoplarda saqlanayotgan urugʻliklarning holati ustidan nazorat qilish uchun har 15 kunda urugʻlik don harorati 10 °C dan yuqori boʻlganda va 30 kunda urugʻlik don harorati 10 °C dan past boʻlganda qoplardan namuna olinadi va korxona laboratoriyasi unga koʻra urugʻlik donning rangi, hidi, namligini va don zararkunandalaridan zararlanganligini tekshiradi.
97. Urugʻlik don holati ustidan nazorat oʻtkazilayotganda barcha kuzatuvlar uyum yuqorisida quyilgan traplardan olib boriladi.
98. Zararlangan partiyalarni koʻzdan kechirgandan keyin tekshiruvchi oʻz kiyimi va poyabzalini yaxshilab tozalashi shart.
99. Urugʻlik don harorati, zararkunandalar bilan zararlanganligi, hidi va rangi koʻrsatkichlarini laboratoriya xodimlari shtabellar, seksiyalar boʻyicha xronologik tartibda va qatlamlar boʻyicha alohida-alohida belgilangan shakldagi kuzatuvlar jurnaliga kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
100. Urugʻlik don har bir partiyasiga laboratoriya xodimlari belgilangan shaklda shtabel yorliqlari yozib qoʻyadilar, (91-shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom) ularda urugʻlikning ekini, navi nomi, avlodi, toifasi, nav tozaligi foizi, sinfi va boshqa koʻrsatkichlar koʻrsatiladi. Shtabel yorliqlari ombor mudiriga topshiriladi, ombor mudiri ularni omborda saqlanayotgan urugʻlik don partiyasi yoniga osib qoʻyadi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 3-fevraldagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1499-1, 27.02.2007-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 88-modda)
101. Urugʻlik don harorati koʻrsatkichlari shtabel yorliqlariga ombor mudirlari va ularning yordamchilari tomonidan belgilangan muddatdagi har bir tekshiruvdan keyin muntazam ravishda yozib boriladi. Bu koʻrsatkichlar shtabel yorliqlariga umumiyligicha alohida qatlamlarning past va yuqori haroratini koʻrsatgan holda alohida partiyalar boʻyicha (seksiyalarga ajratmasdan) yozib boriladi.
102. Urugʻlik donning ustidan nazorat olib boriladigan qolgan barcha sifat koʻrsatkichlarini (namligi, zararlanganligi, rangi, hidi) shtabellarga laboratoriya xodimlari yozib boradilar.
6 §. Urugʻliklarni dorilash
103. Boshoqli don urugʻlarini ekishga tayyorlashning asosiy omillaridan biri ularni kimyoviy dorilar bilan dorilashdir.
Bunda:
— Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining bergan tavsiyasiga asosan, davlat kimyo komissiyasining sinovidan oʻtgan va ishlatish boʻyicha qoʻllanma texnologiyasi ishlab chiqilgan urugʻ dorilagichlardan foydalanish zarur;
— dorilanayotgan urugʻlik partiyalari tozalangan, saralangan, ekish sifat koʻrsatkichlari davlat standartlari talabi darajasida boʻlishi kerak;
— boshoqli don urugʻlarini purkab dorilash moslamalari yaxshi va bir tekisda ishlashi taʼminlanishi kerak.
104. Boshoqli don urugʻlarini dorilash jarayonida sifatli suzpenziya tayyorlash, urugʻlarning sifatli dorilanishini nazorat qilishini taʼminlash va har bir urugʻ dorilagichlarning belgilangan meʼyorlarda ishlatilishini taʼminlash maqsadida dorilash jarayonida Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining malakali mutaxassislari ishtirok etishlari kerak.
105. Dorilangan boshoqli don urugʻlari qoplangandan keyin 7—10 kun muddatda omborlarda saqlanishi shart.
106. Kimyoviy preparatni qabul qilish, saqlash va undan foydalanish ishlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
7 §. Urugʻlik donni yuklab joʻnatish va rasmiylashtirish
107. Urugʻlik don temir yoʻl orqali joʻnatilganda ularning sifati toʻgʻrisidagi hujjatlar uch nusxada yozib beriladi, ulardan bir nusxasi temir yoʻl hujjatiga tirkaladi, bu haqda hujjat raqami, sanasi va uni bergan korxona nomi koʻrsatilgan holda belgi qoʻyiladi. Ikkinchi nusxa yuklangan urugʻlik donga berilgan hisob raqamiga qoʻshib qoʻyiladi, uchinchisi esa laboratoriya yigʻma jildida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Navli urugʻlarning har bir turkumini berishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
a) Urugʻlikka attestat (86-shakl) — barcha oʻsimliklarning elita urugʻiga va superelitasiga, shuningdek makkajoʻxorining oʻzidan-oʻzi changlangan liniyalari urugʻiga;
b) Urugʻlikka guvohnoma (85-shakl) — qolgan barcha reproduksiyalar urugʻiga;
v) Makkajoʻxorining gibrid urugʻlariga guvohnoma (84-shakl) — makkajoʻxorining gibrid urugʻlariga.
(107-bandning ikkinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 3-fevraldagi 19-son buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 1499-1, 27.02.2007-y.) kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 88-modda)
108. Navli va duragay urugʻlik don yuklab joʻnatilishida ishlatiladigan vagonlar butunlay soz, yaxshilab tozalangan va zararsizlantirilgan boʻlishi lozim. Korxonalar navli va duragay urugʻlik donni temir yoʻl transporti orqali yuklab joʻnatilgan va temir yoʻldan avtotransportga tushirib yuklaganda navlari va sifati har xil boʻlgan urugʻliklarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun chora-tadbirlar koʻrilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Urugʻlik don avtomobil transporti bilan bir joydan ikkinchi joyga tashilganda kelib tushayotgan yoki berib yuborilayotgan urugʻliklarning har bir partiya tovar-transport yukxati (21-shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom), shuningdek, urugʻlik don sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar bilan kuzatib borilishi lozim. Muvofiqlik sertifikati laboratoriya yigʻma jildida qoladi, uning nusxasi esa urugʻlik don oluvchiga beriladi.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 3-fevraldagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1499-1, 27.02.2007-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 88-modda)
110. Urugʻlik don temir yoʻl orqali kelib tushganda oluvchi — korxona zudlik bilan “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” vakilini chaqiradi, u urugʻlik don sifatini keyingi aniqlashlar uchun namunalar, shuningdek, qoʻshimcha tahlil talab etiladigan hol uchun namunalar oladi.
111. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” vakili tomonidan oʻrtacha namunalar olinishi urugʻlik don yetib kelganidan 5 kundan kechiktirmasdan amalga oshirilishi va har biri uch nusxada tuziladigan belgilangan shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
112. Oʻrtacha namunalar dalolatnomaning bir nusxasi bilan birga u olingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmasdan olingan urugʻlik donning sifatini tekshirish uchun “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning markaziy sinov laboratoriyasiga va mintaqalararo akkriditsiyalangan sinov laboratoriyalariga yuboriladi.
113. Qoʻshimcha tahlil uchun namunalar tanlab olish va rasmiylashtirish “Qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklari sifatni arbitraj aniqlash qoidalari” GOST 12047-85 ga toʻliq muvofiqlikda oʻtkazilishi lozim. Qoʻshimcha tahlil natijalarini urugʻlik don oluvchi va joʻnatuvchiga yuborilishi lozim.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”, “Oʻzdavdoninspeksiyasi”, va Respublika AT “Gʻallabanki” bilan kelishilgan.
“KELIShILDI”
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
“Oʻzstandart” agentligi R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
“Oʻzdonmahsulot” DAK raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” boshligʻi A. ABDUSATTOROV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
“Oʻzdavdoninspeksiyasi” boshligʻi M. GʻOFUROV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
RAT “Gʻallabanki” Boshqaruv raisi M. OʻRINBOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
D‎‎alolatnomani tekshirdi ________________________________

______________‎

Lavozimi ‎

imzo ‎

‎‎___________________________________________ ‎

respublika, viloyat

Ekishga yaroqli

____________________________________ Avlodi ‎‎

_________________________________ Kategoriyasi‎‎‎‎


‎‎‎APROBATSIYA DALOLATNOMASI №_____

200 y _________________________, men, aprobator __________________________________________________‎‎

‎‎‎Lavozimi, ish joyi


‎‎_____________________________________________________________________________________________

‎Familiyasi, ismi, otasining ismi‎‎‎

Aprobatsiya tekshiruvi oʻtkazildi __________________________________________________________________‎

ekin turi‎

xoʻjalik ______________________________________________________________________________________‎
tuman ________________________________________________________________________________________‎
_____________________________________________________________________________________________‎
______________________________________________________________________ xoʻjalik vakili ishtirokida‎

Lavozimi, ish joyi, familiyasi, ismi, otasining ismi‎


‎Aprobatsiya natijasiga koʻra aniqlandi:‎

1. Navning nomi ______________________________________ Botanik turi ______________________________‎

Seleksiya tartib raqami (agar navga berilgan boʻlsa) koʻrsatilsin‎

2. Ekilgan joyi: brigada №______________________ maydon №_____________________, dala № _____________‎
3. Aprobatsiya oʻtkazilgan maydon ___________________________________________________________________‎
4. Qanday urugʻ ekilgan ___________________________________________________________________________‎

oʻziniki yoki olingan (qaysi tashkilotdan olingan)‎

5. Ekilgan urugʻga berilgan hujjat nomi, raqami va kuni _______________________________________________‎

6. Agar urugʻ oʻz xoʻjaligida tayyorlanib ekilgan boʻlsa, unda shu nav urugʻini ‎koʻpaytirish uchun qayerdan olgan _____________________________________________________________________________________________‎

7. Seleksion-tajriba tashkiloti tomonidan navning elita urugʻi ‎qachon yaratilgan __________________________ ______ ______________________________________________________________________________________
8. Ekilgan urugʻning navdorlik sifati: avlodi (kelib chiqishi)___________________________________________ ‎
kategoriyasi___________________________-__ nav sofligi _______________________________________ %. ‎

9. Xoʻjalikda ushbu ekin turiga oʻxshash boshqa nav yoki nav aralashmalari: 200__ yilda ‎ular egallagan maydon va nomi ________________________________________________________________________________________ ‎

10. Boshqa navlardan ajratilgan oraliq himoya masofasi (chetdan changlanuvchi oʻsimliklar uchun) ‎________ __________________________ tashkil etadi ________________________ ‎

mavjud, mavjud emas ‎‎

metr‎‎

11. Qaysi ekindan keyin ekilgan (oʻtmishdosh) ___________________________ ‎‎
12. Aprobatsiya oʻtkazilgan kungacha oʻsimlikning rivoji __________________ ‎
13. Dalaning yovvoyi oʻt bilan ifloslanishi (shkala boʻyicha) _______________ ‎
14. Har gektardan kutilayotgan hosil __________________________________‎
15. Tahlil natijasi_______________________________________________
a) oʻsimlik bogʻlam (raqamli) _______________________________________‎

Bogʻlam tartib raqami ‎‏

Maydon, ga‎‏

Asosiy nav‎‎

Nav aralashmalarining tarkibi

Asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalar soni‎‏

Rivojlangan poyalar soni‎‏

%‎‏

Nomi va miqdori‎‎

Nomi va miqdori‎‎

Miqdori.‎

%‎

1‎

2‎

3‎

Oʻrtacha‎

Bogʻlam tartib raqami‎‏‏

Qiyin ajraladigan madaniy oʻsimliklar aralashmasi‎‎

Qiyin ajraladigan begona oʻsimliklar bilan ifloslanishi ‎‎

Taʼqiqlangan begona oʻtlar bilan ifloslanishi‎‎

Zararli va zaqarli begona oʻtlar bilan ifloslanishi

Qishloq xoʻjalik ekinlari kasallik va zararkunandalari bilan zararlanganligi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎‎‎‎‎

Hammasi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎‎‎

Hammasi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎

Nomi va miqdori ‎‎

Kasalliklar turi va q/xoʻjalik ekinlari zararkunandalari

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

Miq.‎

%‎

Miq.‎

%‎

b) makkajoʻxori soʻtasi asosiy turi ______ dona ________%

‎‎KAFOLATLI MAJBURIYATI

makkajoʻxori soʻtasining boshqa turlari ____ dona ______% Dalolatnomaning 16-bandida koʻzda tutilganidek, xoʻjalik navni yaxshilash, aprobatsiya oʻtkazilgan dalalarni sifatli saqlash, hosilni oʻrib olishdan to uni sotgungacha boʻlgan ishlarning sifatli bajarilishiga javobgardir hamda barcha qoʻshimcha tashkiliy ishlarni oʻz zimmasiga oladi va vaqtida bajarishga kafolat beradi.‎
asosiy turga xos 100 ta soʻtadagi urugʻning kseniyligi __ dona
v) chetdan changlanuvchilarga xos xususiyat _________________%‎ ‎Navdor urugʻlar boshqa xoʻjaliklarga tarqatiladigan boʻlsa, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan urugʻga berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi qoʻshib beradi.
g) noʻxotning yovvoyi noʻxot bilan aralashmasi ____________%‎
16. Aprobator taklifi: _______________‎
__________________________________‎ ‎‎Xoʻjalik rahbari _________________ _____________‎‎

‎lavozimi, familiyasi ‎

Familiyasi ‎

Imzo‎

‎Aprobator ________________________ ‎Katta aprobator ________________________________

Imzo‎

Inspektor‎
Xoʻjalik vakili _____________________‎

Imzo

200____ y “____” _________________________‎
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

197-shakl‎


‎APROBATSIYA DALOLATNOMASI № _____‎‎‎

200 y ______________________ Tekshiruvda qatnashgan komissiya aʼzolari:‎
Seleksioner ___________________________________________________________________‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

______________________________________________________________________________‎

seleksion-tajriba tashkilotining urugʻchilik mutaxassisi (elita urugʻchilik ‎xoʻjaligining hosiloti) _______________________________________________‎_______________________

Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

dalani aprobatsiya tekshiruvidan oʻtkazdi _____________________________________________‎
dalaga joylashtirilgan __________________________________________________________‎

seleksion-tajriba tashkilotning nomi‎

______________________________________________________________________________‎

elita xoʻjaligi‎

_________________________________ viloyati, _______________________________ tumani‎
________________________________________________________________ urugʻ olish uchun.‎
Elita va birinchi avlod‎


‎Aprobatsiya jarayonida aniqlandi:‎

1. Navning nomi ______________________ Botanik turi __________________‎
2. Ekilgan joyi ___________________________ maydon _______________ ga‎

seleksion dala-maydon № koʻrsatilsin‎

Nav haqida asosiy maʼlumotlar:‎

3. Nav yaratildi _________________________________________________________________‎

seleksion-tajriba tashkilotning nomi‎

4. Nav boshqa stansiyaga oʻtkazilgan boʻlsa, unda qaysi yildan ushbu stansiyada shu nav bilan seleksion-urugʻchilik ishlari boshlangan ____________________________________________‎

5. Qayerdan, qaysi yilda, qancha stansiya\elita xoʻjaligi ushbu nav urugʻidan oldi, boshlangʻich material sifatida qaysi urugʻ ishlatildi (boshlangʻich materialning urugʻ sifati koʻrsatilsin) ____________________‎

6. Aprobatsiya qilingan navning seleksion-urugʻchilik ishlari nimadan iborat_______________‎
‎______________________________________________________________________________

7. Aprobatsiya qilingan dalaga qanday urugʻ ekilgan (superelita; elita va h. k.) boshlangʻich urugʻlik materialning nav sofligi, kasallik va zararkundalar bilan zararlanishi koʻrsatilsin.‎

______________________________________________________________________________‎


‎Aprobatsiya qilinadigan dalaning holati.‎

______________________________________________________________________________‎
8. Ekinning oraliq himoya masofasi:‎
a) ushbu navga xos boshqa oʻsimlik dalasidagi masofa ____________________ m‎
b) ushbu navga xos boshqa nav sifati dala oraligʻi ______________________ m.‎
9. Oldingi yilda dalaga ekilgan ekin turi _____________________________‎
10. Koʻz chamasida dalaning begona oʻt bilan ifloslanishi (shkala boʻyicha)_____‎
11. Har gektardan kutilayotgan hosil __________________________________‎
12. Aprobatsiya oʻtkazilgan paytda oʻsimlikning rivojlanish holati _________

13.‎

‎‎Tahlil natijasi ____________________________________________________

a)‎

oʻsimlik bogʻlam (soni) _______________________________________________‎

Bogʻlam tartib raqami ‎‏

Maydon, ga‎‏

Asosiy nav‎‎

Nav aralashmalarining tarkibi

Asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalar soni‎‏

Rivojlangan poyalar soni‎‏

%‎‏

Nomi va miqdori‎‎

Nomi va miqdori‎‎

Miqdori.‎

%‎

1‎

2‎

3‎

Oʻrtacha‎

Bogʻlam tartib raqami‎‏‏

Qiyin ajraladigan madaniy oʻsimliklar aralashmasi‎‎

Qiyin ajraladigan begona oʻsimliklar bilan ifloslanishi ‎‎

Taʼqiqlangan begona oʻtlar bilan ifloslanishi‎‎

Zararli va zaqarli begona oʻtlar bilan ifloslanishi

Qishloq xoʻjalik ekinlari kasallik va zararkunandalari bilan zararlanganligi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎‎‎‎‎

Hammasi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎‎‎

Hammasi‎‎

Nomi va miqdori ‎‎

Nomi va miqdori ‎‎

Kasalliklar turi va q/xoʻjalik ekinlari zararkunandalari

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

Miq.‎

%‎

Miq.‎

%‎

Miq.‎

%‎

14. Tekshiruv guruhining elita, 1-avlod, va hokazo deb baholashi toʻgʻrisidagi xulosasi: ___________

‎‎KAFOLATLI MAJBURIYATI

15. Tekshiruv guruhi aniqlagan asosiy kamchilik va takliflar (agar ushbu nav ichida unga xos boʻlmagan turlar uchrasa, albatta uning qaysi tomonga ayniganligi koʻrsatilsin) _______________ Dalolatnomaning 15-bandida koʻzda tutilganidek, xoʻjalik navni yaxshilash, aprobatsiya oʻtkazilgan dalalarni sifatli saqlash, hosilni oʻrib olishdan to uni sotgungacha boʻlgan ishlarning sifatli bajarilishiga javobgardir hamda barcha qoʻshimcha tashkiliy ishlarni oʻz zimmasiga oladi va vaqtida bajarishga kafolat beradi.
Tekshiruv guruhi ______________________
‎‎(imzolar) ____________________________
‎16. Aprobatsiya qilingan bogʻlamlarni saqlash uchun xoʻjalik
‎vakiliga topshirildi
________________

‎‎Navdor urugʻlar boshqa xoʻjaliklarga tarqatiladigan boʻlsa, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan urugʻga berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi qoʻshib beradi.

______________________‎‎

__________________‎‎

Rahbar _____________________ ‎‎‎

________________‎‎

lavozimi, familiyasi‎

imzo ‎

Familiyasi ‎

imzo ‎

Tekshiruv guruhining xulosasi toʻgʻri:‎‎ ‎‎ Elita urugʻ xoʻjaligi rahbari‎‎

_______________________‎‎

Seleksion tajriba tashkiloti rahbari ‎

__________________

‎‎

imzo ‎

200__ “______” ________________________‎
Elita-urugʻchilik xoʻjaligi rahbari‎

__________________

imzo ‎

Elita-urugʻchilik xoʻjaligining laboratoriya mudiri ‎


‎__________________

imzo ‎

“Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‏EKIN

Urugʻlik don harorati‎‎

+ 10°S gacha ‎ + 10°S dan yuqori‎
shtabel balandligi (qoplar qatori soni) ‎‎

Bugʻdoy, javdar, arpa

8‎ 8‎

Sholi, kungaboqar‎‎

8‎ 6‎

Suli, soya, raps‎

6‎ 4‎
“Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

Urugʻlikning namlik boʻyicha holati ‎‏

Yangi yigʻishtirib olingan urugʻlik don shahobchalariga kelib tushgan paytdan boshlab 3 oy davomida‎‏

Urugʻlik don uyumi harorati‎‎

O °S va undan past ‎

0 °S dan +10 °S gacha ‎

+10 °S dan yuqori ‎

Quruq‎ 3 kunda 1-marta‎ 15 kunda 1-marta ‎ 15 kunda 1-marta ‎ 10 kunda 1-marta ‎
Quruqligi oʻrtacha ‎ 2 kunda 1-marta‎ 10 kunda 1-marta ‎ 10 kunda 1-marta ‎ 5 kunda 1-marta ‎
Nam‎ har kuni 7 kunda‎ 7 kunda 1-marta ‎ 5 kunda 1-marta ‎ har kuni 1-marta ‎
“Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
‎‎‎Urugʻlik don namligi (%) ‏ Urugʻlik don harorati
+5 °S dan past‎ +5 dan 10 °S gacha‎ +10 °S dan yuqori‎
15 gacha‎ 20 kunda 1-marta ‎ 15 kunda 1-marta ‎ 10 kunda 1-marta ‎
15 dan yuqori‎ 15 kunda 1-marta ‎ 10 kunda 1-marta ‎ 5 kunda 1-marta ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 237-modda; 2007-y., 9-10-son, 88-modda)