Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IPAK IShLAB ChIQARISh “ANDIJON IPAGI” AKSIONERLIK KOMPANIYASI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi 144-sonli “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Andijon viloyatida pillachilikning, shu jumladan ipak qurti urugʻi, pilla, xom ipak iplar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, joylarda ipak ishlab chiqarish bilan band boʻlgan korxonalar va boʻlinmalar majmui faoliyatiga operativ rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi, “Buloqboshi ipagi” aksionerlik jamiyati, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va Andijon viloyati hokimligining 1-ilovaga muvofiq tarkibda ochiq turdagi “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi:
ipak qurti urugʻini yetishtirish, tut daraxtlarini parvarish qilish, xom pilla tayyorlash, ularga dastlabki ishlov berish va ulardan xom ipak iplar ishlab chiqarishni taʼminlaydi;
oʻz faoliyatini kompaniya ustaviga muvofiq amalga oshiradi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan aʼzosi hisoblanadi.
“Andijon ipagi” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi pillaga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar qishloq xoʻjaligi korxonasi maqomini saqlab qoladilar.
“Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi bilan tut bargi yetishtiruvchi xoʻjaliklar va “Pilla” uyushmasining tuman pillakorlar shirkatlari oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlar amaldagi maxsus namunaviy shartnomalar bilan tartibga solinadi.
3. Aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin. “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati funksiyasi “Buloqboshi ipagi” aksionerlik jamiyatiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi aksiyalarining 20 foizgachasini xom pilla yetishtiruvchi tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga sotishni nazarda tutsin;
“Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini shartnoma asosida “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin;
davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarni 1997-yilning 1-fevraligacha shartnoma asosida “Andijon ipagi” kompaniyasida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin.
5. “Andijon ipagi” kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalar “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi tarkibidan va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-fevraldagi 28-son qaroriga 1-ilovaning “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi qismidan chiqarilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-iyul,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-iyuldagi 268-son qaroriga
1-ILOVA
“Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar
ROʻYXATI
1. “Buloqboshi ipagi” AJ:
2. Ipak qurti urugʻi zavodlari:
Andijon ipak qurti zavodi
Xoʻjaobod ipak qurti zavodi
Asaka ipak qurti zavodi
3. Pillaga dastlabki ishlov beruvchi tuman bazalari:
Oltinkoʻl bazasi
Andijon — ” —
Baliqchi — ” —
Jalolquduq — ” —
Ulugʻnor — ” —
Qoʻrgʻontepa — ” —
Asaka — ” —
Marhamat — ” —
Shahrixon — ” —
Paxtaobod — ” —
Xoʻjaobod — ” —
Boʻz — ” —
Buloq boshi — ” —
Izboskan — ” —
4. Andijon avtokorxonasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-iyuldagi 268-son qaroriga
2-ILOVA
“Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi
TUZILMASI