Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1110-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son va 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qarorlariga asosan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 10-son va 2002-16-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 14-mart, ro‘yxat raqami 1110 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 17-18-son; 2003-y., 5-6-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 125-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
13-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 87-modda)