1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-dekabr,
32/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 3-dekabrdagi 32/1-son qaroriga ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“82. Bank tomonidan mazkur Nizomning 81-bandiga muvofiq amalga oshirilgan qayta baholash natijalari rahbar xodimlarning mazkur Nizom talablariga endilikda muvofiq emasligini koʻrsatgan taqdirda, bank nomuvofiqlik aniqlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi va quyidagi choralardan birini amalga oshiradi:
teng darajadagi rahbar xodimlar oʻrtasida majburiyatlarni qayta taqsimlash;
rahbar xodimlarni kasbiy tayyorlash;
manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish;
rahbar xodimlarni almashtirish.
83. Rahbar xodimlarni baholash va kelishib olish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish hamda bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish doirasida;
rahbar xodimlar lavozimiga kirishishidan oldin, bundan mazkur Nizomning 84-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno;
bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olish hamda ixtiyoriy tugatilayotgan bankning tugatuvchisini almashtirish toʻgʻrisidagi qarorni kelishish doirasida;
rahbar xodimlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatuvchi yangi holatlar vujudga kelganda.
84. Rahbar xodimlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatuvchi yangi holatlar mavjud boʻlmaganda, quyidagilarni qayta kelishib olish talab etilmaydi:
shu bankning oʻzida yangi muddatga saylangan kuzatuv kengashi aʼzosini;
kelishib olingan kunidan boshlab 12 oy mobaynida shu bankning oʻzida oʻsha talablar qoʻyilgan boshqa lavozimga yoki oʻzi egallab turgan lavozimga qayta saylangan yoki tayinlangan rahbar xodimlarni;
shu bankning oʻzida, oʻsha talablar yoki kamroq talablar qoʻyilgan quyiroq darajadagi boshqa lavozimga tayinlangan rahbar xodimlarni.”.
“87. Bankning rahbar xodimlari, majburiy tugatilayotgan bankning tugatuvchisi, bankning maxsus boshqaruvchisi va vaqtinchalik boshqaruvchisi mazkur Nizom talablari bilan belgilangan ishchanlik obroʻsi, tajriba, bilim va koʻnikmalar, mustaqil mulohaza yuritish, vaqtining yetarliligi mezonlariga muvofiq boʻlishi lozim.”.
“muhim ahamiyatga ega xodimlari, bankning tugatuvchisi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki maxsus boshqaruvchisi uchun — moliya-iqtisod yoʻnalishi hamda bankning asosiy yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqib boshqa mutaxassisliklar.”.
“bankning tugatuvchisi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki maxsus boshqaruvchisi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi.”.
7. 97-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) kasbiy manfaatlar toʻqnashuvi. Nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari oxirgi 2 yil davomida mazkur Nizomning 77-bandida koʻrsatilgan lavozimlarni raqobatchi banklarda yoki bank yoki uning istalgan raqobatchisi bilan sezilarli tijorat aloqalari mavjud boʻlgan tashkilotlarda tenglashtirilgan lavozimlarni egallagan yoki egallab turgan boʻlsa;”.
8. 104-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini hamda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarishni.”.
9. VI boʻlimning 2-bobi va VII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Bankni tugatish
1-§. Bankni tugatish asoslari
240. Bank faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy tugatish yoki majburiy tugatish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
241. Bankni ixtiyoriy tugatish Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishga doir roziligiga asosan amalga oshiriladi.
Bankni majburiy tugatish Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarori (bundan buyon matnda bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
2-§. Bankni ixtiyoriy tugatishga oid umumiy qoidalar
242. Agar bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlmasa yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori boʻlmasa, u ixtiyoriy tugatilishi mumkin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlardan biri yuzaga kelganda bank toʻlovga qobiliyatsiz yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori deb hisoblanadi.
243. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishga doir roziligini olish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish;
bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olish.
244. Bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining (aksiyadorning) bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi qarorini bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olmasdan turib hamda bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olmasdan turib uchinchi shaxslarga oshkor etish taqiqlanadi.
245. Tugatuvchi bank ixtiyoriy tugatilayotganda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadi. Agar tugatuvchi tayinlanmagan boʻlsa, u Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tayinlanadi.
Tugatuvchi ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
246. Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 48-moddasiga muvofiq Markaziy bank bank ixtiyoriy tugatilayotganda Markaziy bankka taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishini bankdan talab qilishga haqli.
3-§. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish tartibi
247. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Barcha ovoz beruvchi aksiyalari bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan bankda bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi qaror bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
248. Ushbu Nizomning 247-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida bank tomonidan bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka quyidagilar taqdim etiladi:
ushbu Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi qaror. Bunda bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi qarorda bankni ixtiyoriy tugatish sabablari batafsil koʻrsatiladi;
bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki bankning yagona aksiyadori tomonidan tasdiqlangan bankning ixtiyoriy tugatish rejasi;
bankning bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi balans hisoboti.
249. Bankning ixtiyoriy tugatish rejasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, bank aktivlari va majburiyatlarining tugatilish qiymati haqidagi maʼlumotlarni;
bankning kreditorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
joriy va ehtimoliy sud jarayonlari haqidagi, shuningdek sud xarajatlari va sud qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar haqidagi maʼlumotlarni;
operatsion xarajatlar, aktivlarni sotishdan koʻriladigan ehtimoliy zararlar, bank taraflaridan biri boʻlgan shartnomalarni muddatidan ilgari bekor qilish chogʻida yuzaga keladigan zararlar, shuningdek prognoz qilinayotgan har qanday boshqa xarajatlar haqidagi maʼlumotlarni;
bankni ixtiyoriy tugatishni amalga oshirish muddatini;
bankni ixtiyoriy tugatish jarayoni bosqichlarining, shu jumladan har bir bosqich davomiyligining, har bir bosqichda amalga oshiriladigan harakatlarning tavsifini;
bankni ixtiyoriy tugatish jarayonining har bir bosqichi uchun istiqbolli balansni, shuningdek uni tuzishda foydalanilgan farazlar va ehtimolliklar tavsifini.
250. Agar ushbu Nizomning 248-bandida koʻrsatilgan, bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank bankdan bunday qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Bank ushbu bandning birinchi xatboshisiga muvofiq soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrov olingan kundan eʼtiboran 30 kun ichida Markaziy bankka taqdim etishi lozim. Bunda ushbu Nizomning 251-bandi birinchi xatboshisida belgilangan, bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
251. Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi yoki bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni asoslantirilgan holda rad etish haqidagi qarorni ushbu Nizomning 248-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida qabul qiladi.
Markaziy bank ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida bankni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi, bundan bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish ushbu Nizomning 252-bandi beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra rad etilgan holatlar mustasno.
252. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 248 va 250-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoki qonunchilik talablariga muvofiq emasligi;
bank kreditorlarning talablarini asosli kechiktirishsiz qanoatlantirishga qodir emasligi;
bankning ixtiyoriy tugatish rejasi ushbu Nizomning 249-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligi;
bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki toʻlovga qobiliyatsizligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqoriligi.
253. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish ushbu Nizomning 252-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra rad etilgan taqdirda, bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish asoslari hamda bank rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, ammo oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish bankning toʻlovga qobiliyatsizligiga yoki toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimolining yuqoriligiga doir asoslarga koʻra Markaziy bank tomonidan rad etilgan taqdirda, Markaziy bank bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
254. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish asoslari bank tomonidan bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani qayta koʻrib chiqish bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
255. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish chogʻida bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
256. Bankni toʻlovga qobiliyatsiz yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori deb hisoblanishiga asos mavjud boʻlgan taqdirda, Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etadi va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqida bank ushbu Nizomning 291-bandida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
257. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
258. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnoma berilganidan keyin bank Oʻzbekiston Respublikasi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasida nazarda tutilgan kafolatlash obyektlarining (bundan buyon matnda kafolatlash obyektlari deb yuritiladi) toʻliq qaytarilishi va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilishi boʻyicha choralar koʻradi.
4-§. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olish tartibi
259. Kafolatlash obyektlari toʻliq qaytarilgan va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilgandan soʻng bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yigʻilishda ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Barcha ovoz beruvchi aksiyalari bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan bankda bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
260. Ushbu Nizomning 259-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bank tomonidan bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka quyidagilar taqdim etiladi:
1) ushbu Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
2) bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
3) kafolatlash obyektlari toʻliq qaytarilganligini va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
4) kafolatlash obyektlari toʻliq qaytarilganidan va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilganidan keyin bankning zimmasida qolgan majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi bankning balans hisoboti;
6) tugatuvchining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagi axborot va hujjatlar:
ushbu Nizomning 107-bandi 4 — 10-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar;
tugatuvchi va tugatilayotgan bank oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan ushbu Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi axborot.
261. Agar ushbu Nizomning 260-bandida koʻrsatilgan, bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank bankdan bunday qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Bank ushbu bandning birinchi xatboshisiga muvofiq soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Markaziy bankka taqdim etishi lozim. Bunda ushbu Nizomning 262-bandida belgilangan, bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
262. Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi yoki bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni asoslantirilgan holda rad etish haqidagi qarorni ushbu Nizomning 260-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida qabul qiladi.
263. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 260 va 261-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoki qonunchilik talablariga muvofiq emasligi;
kafolatlash obyektlarining toʻliq hajmda qaytarilmaganligi va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilmaganligi;
tugatuvchining ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki toʻlovga qobiliyatsizligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqoriligi.
264. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish ushbu Nizomning 263-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra rad etilgan taqdirda, Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bankni bu haqda yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Bunda bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada rad etish asoslari hamda bank rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, ammo oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
265. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish asoslari bank tomonidan bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani qayta koʻrib chiqish bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
266. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish chogʻida bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
267. Bankni toʻlovga qobiliyatsiz yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori deb hisoblanishiga asos mavjud boʻlgan taqdirda, Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berishni rad etadi va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqida bank ushbu Nizomning 291-bandida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
268. Markaziy bank tomonidan bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda bankning litsenziyasini chaqirib olish haqida qaror qabul qilinadi.
Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish va bankning litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaror oʻsha kunning oʻzida bankka yetkaziladi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida va uning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
269. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish va bankning litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaror bankka yetkazilgan paytdan boshlab bank bankni tugatish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyatni (harakatni) amalga oshirishga haqli emas.
270. Bankning vakolatli boshqaruv organining bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnoma berilganidan keyin kuchga kiradi.
271. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
5-§. Bankni ixtiyoriy tugatishda amalga oshiriladigan vazifalar
272. Ixtiyoriy tugatilayotgan bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining vakolatlari bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran tugatuvchiga oʻtadi.
273. Tugatuvchi bankni ixtiyoriy tugatish chogʻida quyidagi vazifalarni bajaradi:
bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish va bankning litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida va bankning rasmiy veb-saytida bankni ixtiyoriy tugatish jarayoni boshlanganligi, shuningdek kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida eʼlon qilish;
kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati tugaganidan keyin bir oy ichida bankning oraliq tugatish balansini tuzish;
bankning kreditorlari bilan hisob-kitobni amalga oshirish;
bank aktivlarini sotish boʻyicha choralar koʻrish;
kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan keyin bankning yakuniy tugatish balansini tuzish;
ushbu bobning 11-paragrafida belgilangan tartibda Markaziy bankka hisobot va maʼlumotlarni taqdim etish.
274. Tugatuvchi Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnomani berish va bankning litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida ushbu Nizomning 273-bandida koʻrsatilgan, bankni ixtiyoriy tugatish bilan bogʻliq barcha ishlarni yakunlashi lozim. Tugatuvchining asoslantirilgan soʻroviga asosan Markaziy bank ushbu muddatni koʻpi bilan olti oyga uzaytirishga haqli.
275. Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bankning toʻlovga qobiliyatsiz ekanligi aniqlansa, tugatuvchi zudlik bilan Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi hamda bankning moliyaviy holatini tasdiqlovchi tegishli hisobotni va hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Markaziy bank ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslardan birortasi mavjud boʻlgan taqdirda, bankni majburiy tugatish haqida tegishli qaror qabul qiladi.
276. Bankning yakuniy tugatish balansi tuzilganidan soʻng bankning qolgan mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
277. Tugatuvchi bankning qolgan mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanganidan soʻng ushbu bobning 10-paragrafida belgilangan bankni tugatishni yakunlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
6-§. Ixtiyoriy tugatishda Markaziy bank bilan kelishilishi lozim boʻlgan qarorlar
278. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning quyidagi qarorlari (bundan buyon matnda ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarori deb yuritiladi) Markaziy bank bilan kelishilishi lozim:
tugatuvchini almashtirishni nazarda tutuvchi qaror;
bankning tugatish rejasiga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qaror.
279. Ushbu Nizomning 278-bandida koʻrsatilgan ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishish uchun bank mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
1) tugatuvchini almashtirishni nazarda tutuvchi qarorni kelishish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining yoki bankning yagona aksiyadorining tugatuvchini almashtirish haqidagi qarori;
ushbu Nizomning 260-bandi 6-kichik bandida koʻrsatilgan axborot va hujjatlar;
2) bankning tugatish rejasiga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qarorini kelishish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining (aksiyadorning) bankning tugatish rejasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qarori;
bankning tugatish rejasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar matni va mazkur oʻzgartirishlarni kiritish asoslari.
280. Markaziy bank ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini ushbu Nizomning 279-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
281. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 279-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoki qonunchilik talablariga muvofiq emasligi;
kiritilayotgan oʻzgartirishlar natijasida ixtiyoriy tugatish rejasining ushbu Nizomning 249-bandida koʻrsatilgan talablarga nomuvofiq boʻlishi — bankning tugatish rejasiga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda;
tugatuvchining ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan talablarga muvofiq emasligi — tugatuvchi almashtirilgan taqdirda.
282. Markaziy bank ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishish yoki kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bankni bu haqda yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish ushbu Nizomning 281-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra rad etilgan taqdirda, ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada rad etish asoslari hamda bank rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, ammo oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
283. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish asoslari bank tomonidan ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani qayta koʻrib chiqish rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
284. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish chogʻida ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
285. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishish ushbu Nizomning 281-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra rad etilgan taqdirda, bank yangi tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qilishi va mazkur qarorni kelishish uchun Markaziy bankka qayta ariza taqdim etishi mumkin. Bunda ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
286. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarori Markaziy bank bilan kelishilgandan soʻng kuchga kiradi.
287. Ixtiyoriy tugatilayotgan bankning qarorini kelishish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
7-§. Bankni majburiy tugatish tartibi
288. Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb eʼtirof etilmagan boʻlsa, u Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 77-moddasida nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilishi mumkin.
Ixtiyoriy tugatish jarayonidagi bank ushbu Nizomning 256, 267 va 275-bandlarida koʻrsatilgan hollarda majburiy tugatiladi.
289. Bankni majburiy tugatish suddan tashqari tartibda va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
290. Bankni majburiy tugatish uchun Markaziy bank boshqaruvi bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarorda mazkur qarorning kuchga kirish sanasi hamda aniq vaqti koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
291. Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror mazkur qaror kuchga kirgan kunda majburiy tugatiladigan bank rahbariyatiga imzo qoʻydirib topshiriladi.
292. Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab bank bankni tugatish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyatni (harakatni) amalga oshirishga haqli emas.
293. Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kunda Markaziy bank bu haqda Omonatlarni kafolatlash agentligini, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini, tugatilayotgan bank ishtirokchisi boʻlgan toʻlov tizimlarini, tugatilayotgan bank vakillik hisobvaraqlariga ega boʻlgan chet el banklarini xabardor qiladi.
Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror tugatilayotgan bankning aksiyadorlarini va manfaatdor taraflarni xabardor qilish maqsadida qaror kuchga kirgan kunning oʻzida Markaziy bankning rasmiy veb-saytida, qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
294. Bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran:
bankning barcha pul majburiyatlarini, shuningdek soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan deb hisoblanadi;
bankning barcha turdagi majburiyatlari boʻyicha foizlar va neustoykalar hisoblanishi toʻxtatiladi;
mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek soliqlar va yigʻimlar boʻyicha avval hisoblangan hamda undirilmagan majburiyatlar yuzasidan penyalar va jarimalarning hisoblanishi toʻxtatib turiladi;
bank mol-mulkini sotishdan tushumlarning kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan qismi qoʻshilgan qiymat soligʻidan va daromad soligʻidan ozod etiladi;
bank aktivlariga nisbatan uchinchi shaxslar tomonidan har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan talablarni qanoatlantirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ijro ishini yuritish boʻyicha undiruvni amalga oshirish toʻxtatib turiladi, bankning mol-mulki xatlashdan ozod etiladi va bankka nisbatan boshqa cheklovlar olib tashlanadi;
mijozlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha kirim va chiqim operatsiyalari toʻxtatib turiladi;
bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari toʻxtatib turiladi;
agar talab oʻtkazilsa yoki undan boshqa shaxs foydasiga voz kechilsa, oluvchi yoki sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqini olayotgan taraf (sessionariy) mazkur talab boʻyicha dastlabki ustuvorlikni saqlab qoladi;
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat majburiy tugatish doirasida bankka taqdim etilishi mumkin, bundan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish haqidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar mustasno.
Ushbu bandning oltinchi xatboshisiga muvofiq toʻxtatib turilgan jarayonlar, agar jarayonning predmeti boʻlgan talab oraliq tugatish balansiga kiritilgan boʻlsa va mazkur talabga nisbatan eʼtirozlar boʻlmasa, Markaziy bank tomonidan oraliq tugatish balansi tasdiqlanganidan keyin tugatiladi.
295. Bank majburiy tugatilayotganda tugatuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tayinlanadi. Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini kiritishga haqli.
Tugatuvchi ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Tugatuvchi majburiy tugatilayotgan bankning yagona vakilidir.
296. Bankni majburiy tugatishda tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran bank ishlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar, shu jumladan bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining, kuzatuv kengashining va boshqaruvining vakolatlari unga oʻtadi.
297. Tugatuvchi bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida va bankning rasmiy veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotni eʼlon qiladi:
bankni majburiy tugatish boshlanganligi toʻgʻrisidagi;
tugatilayotgan bankning firma nomi va rekvizitlari haqidagi;
bankning tugatuvchisi toʻgʻrisidagi;
kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan kafolatlash obyektlari egalari boʻlgan kreditorlarni (omonatchilarni) Omonatlarni kafolatlash agentligiga kompensatsiyalar toʻlanishi uchun tugatuvchi tomonidan taqdim etilgan reyestrdagi maʼlumotlar bilan tanishtirish haqidagi;
zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni.
298. Tugatuvchi ushbu Nizomning 297-bandida nazarda tutilgan axborot eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida:
barcha kreditorlarga ularning bankka nisbatan talablarining turi va miqdori toʻgʻrisida xabarnoma yuborishi;
bank seyflarida saqlashga topshirilgan qimmatliklarni oʻz egalariga qaytarish uchun zarur choralar koʻrishi;
bank aktivlarini aniqlashi, ularni talab qilib olish va mazkur aktivlarni baholash boʻyicha choralar koʻrishi kerak.
299. Tugatuvchi tugatilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining hisob-kitob kassa markazida har bir valyuta turi boʻyicha alohida tugatish hisobvaragʻini ochadi.
Tugatilayotgan bankning barcha mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablagʻlar ushbu tugatish hisobvaraqlarida saqlanadi.
300. Tugatuvchi ushbu Nizomning 307-bandida koʻrsatilgan, kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati tugaganidan keyin ikki oy ichida:
bank mol-mulkining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi;
301. Tugatuvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirish ushbu bobning 8-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
302. Oraliq tugatish balansi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Markaziy bankka kreditorlarning talablari reyestri bilan birga taqdim etiladi.
Markaziy bank oraliq tugatish balansini u taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida tasdiqlaydi.
303. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish oraliq tugatish balansi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan soʻng keyingi kundan boshlanadi, bundan ushbu Nizomning 304-bandida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Kreditorlarning talablari ushbu bobning 9-paragrafida belgilangan tartibda qanoatlantiriladi.
304. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasida koʻrsatilgan hollarda va tartibda sudga majburiy tugatilayotgan bankni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish haqidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Bankni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran tugatuvchining bankni majburiy tugatishga doir vazifalari va Markaziy bankning bu boradagi vakolatlari tugatiladi.
305. Bankni majburiy tugatish jarayonida majburiy tugatilayotgan bankning aktivlari hamda majburiyatlarini boshqa bankka oʻtkazish va (yoki) bankning aktivlarini sotish vositalaridan foydalaniladi.
Ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiy tugatish vositalaridan foydalanishda aksiyadorlarning, omonatchilar va kreditorlarning, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning (tugatilayotgan bankka garov taʼminotini va kafolatlar taqdim etgan shaxslarning) roziligi talab etilmaydi.
Bankning majburiyatlari boshqa bankka oʻtkazilgan taqdirda, tugatuvchi bu haqda kreditorlarni bankning majburiyatlari oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida xabardor qilishi shart.
8-§. Majburiy tugatilayotgan bank kreditorlarining talablari reyestrini shakllantirish tartibi
306. Kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi kerak. Bunda mazkur muddat ushbu Nizomning 297-bandiga muvofiq ommaviy axborot vositalarida va bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan axborotda koʻrsatiladi.
Kreditorlarning barcha talablari faqat tugatuvchiga taqdim etilishi mumkin.
307. Tugatuvchiga kreditorlarning talablari yozma shaklda, ariza va mazkur talablarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Kreditor talablar bayon etilgan arizada quyidagilarni koʻrsatishi shart:
oʻzi haqidagi maʼlumotlarni;
yuridik shaxslar uchun — firmaning toʻliq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), bank rekvizitlarini;
jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, pochta manzili, bank rekvizitlarini (mavjud boʻlgan taqdirda);
elektron pochta manzilini (mavjud boʻlgan taqdirda).
Arizada elektron pochta manzilining koʻrsatilishi kreditorning bankka nisbatan talablarining turi va miqdori toʻgʻrisidagi xabarnomani, uning talablari toʻliq qanoatlantirilishi rad etilgan taqdirda, bu haqdagi xabarnomani elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir.
308. Kafolatlash obyektining egasi boʻlgan kreditor (omonatchi) tugatuvchidan kafolatlash obyektining faqat kafolatlangan omonatdan oshadigan qismini talab qilishga haqli.
309. Tugatuvchi kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin ikki oy ichida bankning buxgalteriya hisobi hujjatlariga, shuningdek kreditorlar tomonidan taqdim etilgan arizalarga asosan kreditorlarning talablari reyestrini shakllantiradi.
310. Bankning buxgalteriya hisobi hujjatlariga koʻra aniqlangan kreditorning talablari va kreditor tomonidan ushbu Nizomning 307-bandida belgilangan tartibda taqdim etilgan talablar muvofiq boʻlmagan taqdirda, bunday talablarning miqdori mazkur talablarni asoslovchi hujjatlarga yoki sud qaroriga asosan belgilanadi.
311. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, talablarni koʻrib chiqish natijalari, yaʼni qanoatlantirish uchun qabul qilingan yoki qanoatlantirish rad etilgan talablar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Kreditorlarning talablari reyestri shakllantirilganidan keyin tugatuvchi kreditorlar oʻz talablarining koʻrib chiqilishi natijalari toʻgʻrisida, talablarni qanoatlantirishning navbati va boshlanishi haqida axborot olishi mumkin boʻlgan sana va joy toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi kerak.
Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
312. Tugatuvchi kreditorning yoki uning vakilining talabiga koʻra, bunday talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida mazkur kreditorga yoki uning vakiliga uning talablarini qanoatlantirish miqdori, tarkibi va navbati toʻgʻrisida kreditorlarning talablari reyestridan koʻchirma yuborishi shart. Bunday koʻchirmani tayyorlashga va yuborishga doir xarajatlar kreditorning zimmasiga yuklatiladi.
9-§. Majburiy tugatilayotgan bank kreditorlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
313. Kreditorlarning quyidagi talablari (bundan buyon matnda bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq xarajatlar deb yuritiladi) navbatdan tashqari qanoatlantiriladi:
kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar, ijara haqi va boshqa joriy xizmatlar boʻyicha toʻlovlar;
tugatuvchini mukofotlash, bankning xodimlariga ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash, tugatuvchining va u bankni tugatishga jalb qilgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
sud xarajatlari;
eʼlon berish hamda xabarnomalar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar;
bank aktivlarining but saqlanishini taʼminlash, ularni boshqarish, baholash va inventarizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, shu jumladan soliqlar va yigʻimlar.
314. Kreditorlarning bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq xarajatlar deb hisoblanmaydigan talablari quyidagi navbatda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — sanatsiya qilish vositalarini qoʻllash va bankni tugatish maqsadida berilgan mablagʻlar boʻyicha Markaziy bankning, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining talablari;
ikkinchi navbatda — Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 150-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar;
uchinchi navbatda — Oʻzbekiston Respublikasi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Omonatlarni kafolatlash agentligiga oʻtgan talablar;
toʻrtinchi navbatda — Oʻzbekiston Respublikasi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan kafolatlash obyektlarining kafolatlangan omonat miqdoridan oshadigan qismiga doir talablar;
beshinchi navbatda — ushbu bandning uchinchi — oltinchi va sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan toifalarga tushmaydigan taʼminlanmagan talablar, shu jumladan bankning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi natijasida qanoatlantirilmagan talablar;
oltinchi navbatda — bankka aloqador shaxslarning talablari;
yettinchi navbatda — kapital vositasi boʻlmagan subordinar qarzlarga doir talablar;
sakkizinchi navbatda — ikkinchi darajali kapital vositasi boʻlgan talablar;
toʻqqizinchi navbatda — birinchi darajali qoʻshimcha kapital vositasi boʻlgan talablar.
Har bir keyingi navbatning talablari oldingi navbatning talablari toʻliq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
315. Tugatuvchi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish massasi hisobidan, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiradi.
316. Tugatish jarayoni boshlanishi paytida bankning barcha aktivlari hamda tugatish jarayoni davomida aniqlangan mol-mulki tugatish massasini shakllantirish manbasi boʻladi. Bunda tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi:
garov narsasi boʻlgan mol-mulk, bundan ushbu Nizomning 319-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
bank seyflarida saqlash uchun topshirilgan qimmatliklar;
bank ijara huquqi asosida foydalanayotgan, ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulk;
majburiy tugatish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish uchun Markaziy bankdan jalb etilgan mablagʻlar;
qonunchilikka muvofiq bankning mulki boʻlmagan boshqa mol-mulk.
317. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, tugatuvchi bankning aktivlarini, shu jumladan mol-mulkini sotishga haqli. Bunda tugatuvchi oraliq tugatish balansi Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida bank aktivlari sotilishini taʼminlashi kerak.
Tugatuvchining asoslantirilgan soʻroviga asosan Markaziy bank aktivlarni sotish muddatini koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirishga haqli.
318. Bankning sotilishi qiyin boʻlgan mol-mulki bir turdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ularning roziligi bilan ularga toʻgʻridan-toʻgʻri topshirilishi mumkin.
Ushbu Nizom maqsadlarida bankning sotilishi qiyin boʻlgan mol-mulki deganda tugatuvchi tomonidan tugatilayotgan bankning mol-mulkini sotish uchun barcha mavjud imkoniyatlar qoʻllanilgandan soʻng sotilmay qolgan bankning mol-mulki tushuniladi.
319. Kreditorlarning bank mol-mulki bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda garov narsasi boʻlgan bank mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Bank majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar mazkur kreditorlarning talablaridan ortgan taqdirda, ularning qolgan qismi tugatish massasiga yoʻnaltiriladi.
Bank majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, mazkur talablarning qanoatlantirilmagan qismi ushbu Nizomning 314-bandida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
320. Kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talabni kreditorga qaytarish yoki mablagʻlarni uning hisobvaragʻiga oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, mazkur kreditorga tegishli mablagʻlar boshqa bankda uning foydasiga ochilgan hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
321. Bir turdagi kreditorlarning talablarini toʻliq qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmaganda ushbu talablar har bir kreditorga tegishli boʻlgan summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
322. Kreditorlarning tugatuvchi tomonidan shakllantirilgan talablar reyestriga kiritilmagan, bankni majburiy tugatishni boshlash toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin bildirilgan talablari, shuningdek majburiy tugatish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha talablar ushbu Nizomning 315 va 316-bandlarida nazarda tutilgan tartibda, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qatʼi nazar, talablar roʻyxatiga kiritilgan kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
323. Kreditorlarning talablari tugatilayotgan bank va kreditor talablarini oʻzaro hisobga olish yoʻli bilan quyidagi shartlarga rioya etgan holda qanoatlantirilishi mumkin:
talablar boʻyicha toʻlov muddatining yetib kelgan boʻlishi;
ikkala tarafning qarzni inkasso qilish va toʻlash huquqiga ega boʻlishi;
kreditorning talablarini qanoatlantirish navbati yetib kelgan boʻlishi;
taraflar bir-biriga ariza bilan murojaat qilgan boʻlishi;
kreditorning tugatilayotgan bankka nisbatan talablari talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga doir shartnoma tufayli yuzaga kelmagan boʻlishi;
kreditorning bankka aloqador shaxs boʻlmasligi.
324. Kreditorlarning bankning mol-mulki yetarli boʻlmaganligi sababli qanoatlantirilmagan talablari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
325. Tugatuvchi kreditorlarning talablari reyestriga kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
326. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan keyin tugatuvchi yakuniy tugatish balansini tuzadi.
327. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan keyin qolgan tugatish massasi aksiyadorlar oʻrtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
10-§. Bankni tugatishni yakunlash
328. Tugatuvchi ushbu bobning tegishincha 5 yoki 9-paragraflarida nazarda tutilgan tartib-taomillar yakunlanganidan keyin bank qimmatli qogʻozlari chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
329. Tugatuvchi bank qimmatli qogʻozlari chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankka tugatish yakunlanganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tugatuvchi tomonidan qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni;
bankni tugatish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida berilgan eʼlonlarning koʻchirma nusxalarini;
bankning oxirgi ish kunidagi balansini;
yakuniy tugatish balansini;
balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha yakuniy tugatish balansini;
bank hujjatlarini va yigʻmajildlarini yoʻq qilish uchun ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomani;
bank hujjatlarini va elektron bazasi maʼlumotlarini arxivda saqlash uchun tuzilgan qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomani;
bankning muhrlari va shtamplari yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni;
bank qimmatli qogʻozlari chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni.
330. Tugatuvchi tomonidan qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
tugatilayotgan bankning nomi va manzili;
tugatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
undirilgan debitorlik qarzlarining umumiy summasi;
shakllantirilgan tugatish massasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan bankning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va natijalari haqidagi, mol-mulkni baholash jarayoni hamda natijalari toʻgʻrisidagi, ularni sotishdan tushgan mablagʻlar haqidagi, bankning mol-mulkini sotib olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yaroqsiz yoki qimmatga ega boʻlmagan deb topilgan aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tugatuvchining bankning qolgan aktivlari likvidli emasligi yoki ularni sotish murakkabligi haqidagi xulosasining asosi;
kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablarning umumiy summasi, shu jumladan tugatuvchi tomonidan tan olingan va tan olinmagan talablar summasi, har bir navbat kreditorlari talablarining qanoatlantirilgan umumiy summasi, bankning sotilmagan mol-mulki hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri qanoatlantirilgan talablar summasi;
bankning mol-mulki yetarli boʻlmaganligi sababli qanoatlantirilgan deb hisoblanadigan talablar summasi, shuningdek bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq xarajatlarning har bir moddasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — bank majburiy tugatilgan taqdirda. Bunda bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun Markaziy bankning mablagʻlaridan foydalanilgan hollarda mazkur mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
331. Bank ixtiyoriy tugatilganda yoki suddan tashqari tartibda majburiy tugatilgan taqdirda, Markaziy bank yakuniy tugatish balansini ushbu Nizomning 330-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida tasdiqlaydi hamda Banklarning davlat reyestriga bankni tugatish yakunlanganligi va bank tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
332. Banklarning davlat reyestriga bank tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan kundan eʼtiboran bankni tugatish tamomlangan, bank esa tugatilgan deb hisoblanadi.
11-§. Bankni tugatish jarayonida tugatuvchining hisobdorligi
333. Tugatuvchi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ushbu Nizomning 336-bandida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlarni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
334. Tugatuvchi tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobot va maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tugatish jarayoni toʻgʻrisidagi, shu jumladan kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari, sotilgan va sotilayotgan aktivlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotni;
bankni tugatish rejasini amalga oshirishga yoki bankni tugatishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan har qanday holatlar toʻgʻrisidagi axborotni;
Markaziy bankning soʻroviga koʻra uning tugatish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni.
VII boʻlim. Yakuniy qoidalar
335. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
336. Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
337. Markaziy bankning qarorlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.”.
10. 11-ilovaning 6.1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1. Sizning quyida keltirilgan sohalardagi bilim darajangiz:
Soha nomi
Bilim darajasi
yuqori
oʻrtacha
past
mavjud emas
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va ular bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchiliklar
Moliyaviy bozorlar, shu jumladan pul bozori va qimmatli qogʻozlar bozori
Buxgalteriya hisobi va hisoboti
Tavakkalchiliklarni boshqarish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
Ichki audit
Axborot texnologiyalari va xavfsizlik
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari
Strategik rejalashtirish
Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari
Nomzodning ushbu sohalarda tahsil olganligini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlar va maʼlumotnomalar ilova qilinishi lozim.”.
11. 16-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 17 va 18-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
aksiyadorlari umumiy yigʻilishining (yagona aksiyadorining) 20__ yil “__” _________ dagi bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi ______-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Sizdan bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz.
I. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): __________________________
aksiyadorlari umumiy yigʻilishining (yagona aksiyadorining) 20__ yil “__” _________ dagi bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi ______-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Sizdan bankni ixtiyoriy tugatishga doir yakuniy ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz.
Ushbu orqali bankdagi kafolatlash obyektlari toʻliq qaytarilganligini va (yoki) boshqa bankka oʻtkazilganligini tasdiqlaymiz.
I. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): __________________________
2. Tugatuvchi va uning yaqin qarindoshlarining tugatilayotgan bank oldidagi majburiyatlari. Bunda yaqin qarindoshlar deganda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari tushuniladi.
F.I.O.
JSHSHIR
Qarindoshlik darajasi1
Majburiyat miqdori
Majburiyat turi2
Majburiyat yuzaga kelgan sana
Milliy valyutadagi majburiyat
Xorijiy valyutadagi majburiyat
3. Tugatilayotgan bankning tugatuvchi va uning yaqin qarindoshlari oldidagi majburiyatlari:
F.I.O.
JSHSHIR
Qarindoshlik darajasi
Talab miqdori
Talab turi3
Talab yuzaga kelgan sana
Milliy valyutadagi talab
Xorijiy valyutadagi talab
4. Tugatuvchi va uning yaqin qarindoshlarining tugatilayotgan bankda soʻnggi 5 yil ichidagi mehnat faoliyati:
F.I.O.
JSHSHIR
Qarindoshlik darajasi
Egallagan lavozimi
Mehnat faoliyati davri
Boshlangan sana
Yakunlangan sana
5. Tugatilayotgan bankda tugatuvchi va uning yaqin qarindoshlari tomonidan egalik qilinayotgan yoki soʻnggi 5 yil ichida egalik qilingan ulushlar:
F.I.O.
JSHSHIR
Qarindoshlik darajasi
Ulush miqdori4
Ulushga egalik qilish davri
Soʻmda
Foizda
Boshlangan sana
Yakunlangan sana5
6. Tugatuvchining soʻnggi 5 yil davomida boshqa banklarning hal qiluvchi egalikka ega aksiyadori va (yoki) boshqaruv organlari aʼzosi sifatidagi munosabatlari:
Bank nomi
Egallagan lavozimi
Ulush miqdori
Mehnat faoliyati (ulushga egalik qilish) davri
Soʻmda
Foizda
Boshlangan sana
Yakunlangan sana
7. Tugatish jarayonida tugatuvchi oʻz vazifalarini xolis bajarishiga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa moliyaviy va ishbilarmonlik manfaatlari yoki holatlar haqida batafsil maʼlumotlar: ___________________________________________
Izoh:
1. Shaxsning tugatuvchiga yaqin qarindoshlik darajasi aks ettiriladi.
2. Tugatilayotgan bank oldidagi majburiyatlar har bir majburiyat turi (ipoteka krediti, avtokredit, mikroqarz va boshqalar) boʻyicha alohida satrda koʻrsatiladi.
3. Tugatilayotgan bankka nisbatan talablar har bir talab turi (omonat, obligatsiya, subordinar qarz va boshqalar) boʻyicha alohida satrda koʻrsatiladi.
4. Tugatilayotgan bankning ustav kapitalidagi ulush miqdori egalik qilinayotgan yoki soʻnggi 5 yil ichida egalik qilingan bank aksiyalarining nominal qiymati yigʻindisi va uning jami ustav kapitalidagi nisbati koʻrinishida aks ettiriladi.
5. Tugatuvchi va uning yaqin qarindoshlari tugatilayotgan bankdagi ulushlarga egalik qilishni davom ettirayotgan taqdirda, “Yakunlangan sana” ustuniga “ — ” yozuvi qayd etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2026-y., 10/26/3252-6/0018-son)