|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChET ELLIK YuRIDIK ShAXSLARNI DAROMAD (FOYDA)LARINI SOLIQQA TORTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI (YaNGI TAHRIRDA) TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-oktabrda 1416-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1998-yil 13-iyulda 37- va 98-105-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (1998-yil 8-oktabr, roʻyxat raqami 498-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1998-yil 13-avgust 37/98-105-son bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-oktabrda 498-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi”gi yoʻriqnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yil 24-sentabrda 79 va 99-117-son bilan tasdiqlangan 1-son qoʻshimcha (1999-yil 28-sentabr, roʻyxat raqami 498-1-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
87-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
2004-36-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 440-modda)