|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.04.2019
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-iyulda 1390-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 8-apreldagi 170-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1390-3, 08.04.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 125-sonli, “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli, “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-sonli qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
RA-01-8-31-son
Moliya vaziri v.b. J. QO‘CHQOROV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
95-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
2004-49-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
256-V-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 347-modda; 2012-y., 12-son, 137-modda; 2014-y., 10-son, 117-modda)