1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
1. Quyidagilar:
ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari, ularni loyihalashtirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari hamda tamg‘alash, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.
3. Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida manfaatdor vazirlik va idoralarning hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. Ushbu qarorning 4 va 5-bandlari mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi A.V. Rafikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
493-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 1-ILOVA
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar (keyingi o‘rinlarda — uskunalar) xavfsizligiga doir talablarni belgilash orqali fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
2. Ushbu Texnik reglament quyidagi turdagi uskunalarga tatbiq etiladi:
a) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sig‘im qiymatining ko‘paytmasi 0,0025 MRa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 20 MRa (200 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 1-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan idishlar;
b) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sig‘im qiymatining ko‘paytmasi 0,005 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 100 MRa (1000 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 2-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan idishlar;
v) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sig‘im qiymatining ko‘paytmasi 0,02 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 50 MRa (500 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan idishlar;
g) hisoblangan bosimi 1 MRa (10 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,01 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sig‘im qiymatining ko‘paytmasi 1 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 100 MRa (1000 kgf/sm²) dan yuqori, sig‘imi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,01 m³ gacha bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 4-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan idishlar;
d) sig‘imi 0,002 m³ dan ortiq bo‘lgan, 110 °C dan yuqori haroratdagi issiq suv yoki 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan ortiq yuqori bosimdagi bug‘ hosil qilish uchun mo‘ljallangan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 5-jadvalida keltirilgan qozonlar, shuningdek, o‘t yoqib qizdiriladigan va sig‘imi 0,002 m³ dan ortiq bo‘lgan idishlar;
e) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 25 mm dan ortiq bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 6-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar;
j) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 32 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining ko‘paytmasi 100 MPa·mm dan ortiq bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 7-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar;
z) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 25 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining ko‘paytmasi 200 MPa·mm dan ortiq bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 8-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar;
i) hisoblangan bosimi 1 MRa (10 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 200 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining ko‘paytmasi 500 MPa·mm dan ortiq bo‘lgan, xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 9-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar;
k) 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori bosim ta’sirida ishlaydigan uskuna elementlari (yig‘ma birliklar) va unga tegishli butlovchi qismlar;
l) quyidagi quvur armaturalari:
1-guruh ishchi muhit uchun mo‘ljallangan uskunalarda nominal diametri 25 mm dan ortiq bo‘lgan armaturalar;
2-guruh ishchi muhitda gazlar uchun mo‘ljallangan uskunalarda nominal diametri 32 mm dan ortiq bo‘lgan armaturalar;
2-guruh ishchi muhitda suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvurlarda nominal diametri 200 mm dan ortiq bo‘lgan armaturalar;
m) ko‘rsatuvchi va saqlovchi qurilmalar, o‘lchash vositalari toifasiga kirmaydigan qurilmalardan tashqari;
n) barokameralar (yakka shaxs uchun mo‘ljallangan tibbiy barokameralardan tashqari);
o) xavfsizlik qurilmalari va uskunalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
3. Ushbu Texnik reglament quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) gaz, neft va boshqa mahsulotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan magistral quvurlar, kon hududidagi va taqsimlovchi quvurlar (gaz taqsimlash stansiyalari yoki kompressor stansiyalarida qo‘llanadigan uskunalar bundan mustasno);
b) gaz taqsimlash tarmoqlari va gaz iste’moli tarmoqlari;
v) atom energetikasi sohasida qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar hamda radioaktiv muhitda ishlovchi uskunalar;
g) texnologik jarayonga muvofiq ularning ichida portlash yoki o‘z-o‘zidan tarqaluvchi yuqori haroratli sintez yonishi jarayonida bosim hosil bo‘ladigan idishlar;
d) dengiz va daryo kemalari hamda boshqa suzuvchi vositalar va suv ostida foydalaniladigan obyektlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar;
e) temiryo‘l transporti, avtotransport va boshqa harakatlanuvchi vositalarning tormoz uskunalari;
j) samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan idishlar;
z) mudofaa maqsadlari uchun mo‘ljallangan uskunalar;
i) mashinalarning mustaqil idish bo‘lmagan qismlari (nasos yoki turbinalar korpusi, bug‘, gidravlik, ichki yonuvchi dvigatellar, havo mashinalari va kompressorlar silindrlari);
k) yakka shaxs uchun mo‘ljallangan tibbiy barokameralar;
l) aerozol sepuvchi uskunalar;
m) yuqori kuchlanishli elektr uskunalari (taqsimlovchi qurilmalar, taqsimlovchi mexanizmlar, transformatorlar va aylanuvchi elektr mashinalari)ning korpuslari;
n) ortiqcha bosim ostida ishlaydigan elektr energiyasini uzatish tizimi elementlarining qoplamalari va g‘iloflari (elektr ta’minoti kabel mahsulotlari va aloqa kabellari);
o) nometall yumshoq (elastik) qoplamadan tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) uskunalar;
p) gaz chiqarish va so‘rish tizimlari uchun shovqin so‘ndirgichlar;
r) gazli ichimliklar uchun idishlar yoki sifonlar;
s) har xil turdagi o‘t o‘chirgichlar;
t) harorati 110 °S va undan past bo‘lgan suvni yetkazib berish, taqsimlash va chiqarish tarmoqlari, shuningdek, gidrokuch uskunalarida suv yetkazib berish quvurlari va tegishli uskunalar;
u) binolar va inshootlarning suvli isitish tizimlarida qo‘llanadigan isitish qurilmalari va quvurlar;
f) gazsimon yoqilg‘i (siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi (yoki suyultirilgan uglevodorod gazi), suyultirilgan tabiiy gaz, yoqilg‘i sifatidagi dimetil efir va boshqa yonilg‘i) bilan ishlaydigan dvigatellarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan hamda g‘ildirakli transport vositalari, o‘zi harakatlanuvchi mashinalar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi traktorlarida qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar va ularning elementlari;
x) quvurlarning tayanch-osma tizimlari va ularning elementlari.
4. Uskunalar ushbu Texnik reglament talablariga mos kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilishiga ruxsat beriladi.
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan uskunalar ro‘yxati ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan.
5. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida qo‘llanadigan normativ hujjatlar ushbu Texnik reglamentning 2-bandida keltirilgan uskunalarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonida qo‘llangan taqdirda, ushbu Texnik reglament talablariga zid bo‘lmasligi kerak.
6. Agar boshqa texnik reglamentlarda ayrim turdagi uskunalarga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, mazkur uskunalar barcha tegishli texnik reglamentlar talablariga mos bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
7. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
ajratuvchi rangli bo‘yoq — ballonlar va avtotsisternalar sirtiga belgilangan rangdagi qoplamani va zarur bo‘lganda rangli chiziqni surtish;
armatura — quvurlar hamda qozonlar va idishlarning quvur elementlariga o‘rnatiladigan, ishchi muhit oqimini boshqarish (yopish, teskari oqimning oldini olish, tartibga solish, taqsimlash, aralashtirish, ajratish), shuningdek, oqimning o‘tishida ko‘ndalang kesimini o‘zgartiradigan texnik uskuna;
ballon — ventillar, flanetslar yoki shtutserlarni o‘rnatish uchun 1 yoki 2 ta bo‘g‘iz qismiga ega bo‘lgan, siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlarni tashish, saqlash va foydalanish uchun mo‘ljallangan idish;
barokamera — qurilmalar va uskunalar bilan jihozlangan hamda odamlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan vakuum va (yoki) ortiqcha bosimni yuzaga keltiruvchi idish;
belgilangan maqsadda qo‘llash — uskunani ishlab chiqaruvchi tomonidan uning texnik hujjatlarida (pasportida) ko‘rsatilgan maqsadi va texnik xususiyatlariga muvofiq holda foydalanish;
belgilangan resurs — uskunaning texnik holatidan qat’i nazar, uni foydalanishdan chiqarilishi uchun belgilangan umumiy ish vaqti;
belgilangan xizmat muddati — uskunaning kalendar asosida belgilangan foydalanish davomiyligi bo‘lib, ushbu muddat tugaganidan so‘ng uning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi shart;
bochka — silindr yoki boshqa shaklda bo‘lib, uni qo‘shimcha tayanchlarsiz bir joydan ikkinchi joyga dumalatib ko‘chirish va qisqa yonlanma tomoniga (torets) qo‘yish mumkin bo‘lgan, suyuq va boshqa moddalarni tashish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan idish;
bug‘ qozoni — atmosfera bosimidan yuqori bosimda bug‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan va hosil bo‘lgan bug‘ ushbu qurilmaning tashqarisida foydalaniladigan qurilma;
devorning yo‘l qo‘yiladigan harorati — uskunadan foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan devorning eng yuqori (eng past) harorati;
devorning hisoblangan harorati — uskuna elementlarining mustahkamligini hisoblashda materialning fizik-mexanik xususiyatlari va yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishi aniqlanadigan harorat;
idish — germetik yopiq (statsionar o‘rnatilgan yoki ko‘chma), kimyoviy, issiqlik va boshqa texnologik jarayonlarni amalga oshirish, shuningdek, gazsimon, suyuq va boshqa moddalarni saqlash hamda tashish uchun mo‘ljallangan sig‘im;
import qiluvchi — boshqa davlatdan uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirituvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega yuridik shaxs;
ichki bosim, tashqi bosim — uskuna devorining ichki yoki tashqi yuzasiga ta’sir qiluvchi ortiqcha bosim;
ishlab chiqaruvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida uskunalarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanuvchi hamda ushbu uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
ishchi bosim — ish jarayonining normal holatda borishi davomida hosil bo‘ladigan eng yuqori ortiqcha bosim;
ishchi muhit harorati — texnologik jarayonning normal holatda o‘tishi vaqtida muhitning eng past (eng yuqori) harorati;
ishchi muhit guruhi — ishchi muhit jamlanmasi hisoblanadi va quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1-guruh — bir fazali holatdagi alangalanuvchi, oksidlovchi (kislorod miqdori atmosfera havosining tabiiy tarkibiga mos keladigan havodan tashqari), yonuvchi, portlovchi, zaharli va o‘ta zaharli gazlar, suyuqliklar va bug‘lar hamda ularning aralashmalaridan iborat ishchi muhit;
2-guruh — 1-guruhga kirmaydigan barcha boshqa ishchi muhit;
ishchi muhitning harorati — texnologik jarayonni normal holatda o‘tishi davomida muhitning minimal (maksimal) harorati;
maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
nominal bosim — 20 °C haroratda mustahkamlikka hisoblashda (armatura, quvur qismlari va ularning birikmalari va boshqalar) qo‘llaniladigan hisoblangan bosim;
nominal diametr — armaturalar va quvurlar tizimiga nisbatan tegishli qismlarini ulashda qo‘llanadigan parametr. Nominal diametr ulanayotgan quvurlar ichki diametrining yaxlitlangan qiymatiga teng o‘lchamning raqamli ko‘rsatkichi bo‘lib millimetrda ko‘rsatiladi va raqamning birinchi qiymatiga mos keluvchi qiymat;
produvka — uskunalar, qozonlar va boshqa texnik jihozlar tizimlari va quvur ichki bo‘shliqlarini xavfli yoki keraksiz moddalardan tozalash maqsadida bosim ostida havo, gaz, bug‘ yoki suyuqlik oqimini uzatish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayon;
saqlovchi qurilmalar — uskunalar, qozonlar va quvurlarni bosimi yoki ishchi muhit harorati ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketganda ularni buzilishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
seriyali ishlab chiqarish — yagona texnik hujjatlarga muvofiq yagona texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqariladigan va respublika hududida davriy yoki uzluksiz ketma-ketlikda muomalaga chiqariladigan mahsulot to‘pi;
sinash bosimi — uskunani mustahkamlik va zichlikka sinashda qo‘llanadigan ortiqcha bosim;
sig‘imi — chizmalar bo‘yicha belgilangan nominal o‘lchamlarga asosan aniqlanadigan uskuna ichki bo‘shlig‘ining hajmi;
suv isitish qozoni — atmosfera bosimidan yuqori bosimdagi suvni qizdirish va uni ushbu qurilma tashqarisida issiqlik tashuvchi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma;
uskuna elementi — uskunaning asosiy funksiyalaridan birini bajarishga mo‘ljallangan yig‘ma birlik;
uskunadagi chegaraviy holat — kelgusida uskunadan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat;
uskunadan foydalanish — uskunaning foydalanishga topshirilgan vaqtidan boshlab, uni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan hayotiy davri bosqichi;
uskunani ta’mirlash — uskunaning shikastlangan, yemirilgan yoki turli sabablar tufayli yaroqsiz holga kelgan elementlarini tiklash va uni ishlatishga yaroqli holatga keltirish;
xavfga asoslangan nazorat (Risk Based Inspection) — uskunalarning ishdan chiqish ehtimolligi (sizib chiqish, buzilish) va uning odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga va mulkka ta’sir etishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini hisobga olgan holda texnik tashxislash (diagnostika) va nazorat tadbirlarini rejalashtirish, ularning ustuvorlik darajasini belgilash va amalga oshirish jarayoni bo‘lib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
sisterna — gazsimon, suyuq yoki boshqa moddalarni tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan, temiryo‘l platformasi ramasiga, avtomobil (tirkama yoki yarim tirkama) shassisiga, shu jumladan, avtotsisternaga yoki boshqa harakatlanuvchi vositalarga doimiy ravishda (statsionar) o‘rnatilgan ko‘chma idish;
elektrodli qozon — suv orqali elektr toki o‘tishida ajralgan issiqlikdan foydalaniladigan bug‘ yoki issiq suvli qozon;
elektroqizdirishli qozon — elektr toki yordamida qizdiruvchi elementlar orqali ajralgan issiqlikdan foydalaniladigan bug‘ yoki issiq suvli qozon;
energiya samaradorlik ko‘rsatkichi — har qanday maqsaddagi mahsulot yoki texnologiya jarayoni uchun energiya resurslarning iste’moli yoki yo‘qotishlarini ifodalovchi mutlaq, birlik mahsulot miqdoriga to‘g‘ri keladigan yoki nisbiy miqdorda belgilanadigan ko‘rsatkich;
energotexnologik qozon — texnologik materiallarni qayta ishlash jarayoni olib boriladigan qurilma (bug‘ yoki suv isitish qozoni, shu jumladan, sodali suvni qayta tiklovchi qozon);
o‘t (olov) yordamida qizdiriladigan idish — atmosfera bosimidan yuqori bosim ostidagi ishchi muhitga alohida to‘siq devor orqali o‘t (olov) yoki yonuvchi mahsulotlardan issiqlik uzatiladigan idish;
qozon-utilizator — texnologik jarayonlar yoki dvigatellarni ishlashi davomida ajralib chiqadigan yoki texnologik jarayondagi mahsulotlarni qo‘shimcha ravishda yonishidan va (yoki) qo‘shimcha yonilg‘ining yonishidan ajralib chiqadigan issiq tashlanma gazlardan foydalanadigan qozon;
quvuro‘tkazgich — ortiqcha bosim ostida turli muhitni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quvur armaturasi, quvurlar, flanetslar va boshqa element hamda detallarni ajralmas yoki ajraladigan ulanishlar orqali o‘zaro bog‘langan majmuasidan, shuningdek, quvurlarning bosim ostida xavfsiz ishlashini ta’minlovchi tayanch-osma tizimlariga biriktirilgan qismlardan iborat uskuna;
hayotiy davr — ishlab chiqaruvchi tomonidan uskunani ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab uni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i;
hisoblangan bosim — uskunaning mustahkamligini hisoblash uchun asos qilib olinadigan bosim;
hisoblangan xizmat muddati — uskunani loyihalashtirish jarayonida belgilangan va uni foydalanishga topshirilgan kundan boshlab kalendar yillarda va (yoki) davriy hisoblanadigan xizmat muddati.
2-bob. Uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) bosqichlarida xavfsizligini ta’minlash
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
8. Uskunaga xavf tug‘diradigan omillarni aniqlashda quyidagi asosiy xavf turlari hisobga olinishi lozim:
a) bosimning me’yoridan oshishi (foydalanish hujjatlarida ko‘rsatilgan ishchi bosimdan yuqori);
b) uskunalar konstruksiyasi, elementlari va saqlovchi qurilmalari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning yo‘l qo‘yilmaydigan og‘ishlari (o‘zgarishlari);
v) suyuq ishchi muhit darajasining ruxsat etilgan eng past darajadan tushib ketishi;
g) suyuq ishchi muhit sathining ruxsat etilgan eng quyi sathdan pastga tushishi (kamayishi);
d) to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiluvchi suyuq ishchi muhitining sathini ko‘rsatuvchi jihozlarning ishdan chiqishi;
e) uskuna elementlarining materialini korroziya va boshqa turdagi yemirilishi;
j) saqlovchi qurilmalar va xavfsizlik tizimlarining nosozligi;
z) yordamchi uskunalarni ishdan chiqishi (to‘xtashi);
i) barcha nazorat-o‘lchash asboblari, masofadan boshqarish va avtomatik boshqaruv qurilmalarida (tizimlarida) kuchlanishning yo‘qolishi;
t) yong‘in, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favquloddagi holatlar;
u) uskuna elementlarining ichki yuzasida ishchi muhitni ifloslantiruvchi qo‘shimchalarning to‘planishi bilan bog‘liq shikastlanishlar.
9. Uskunani va uning elementlarini loyihalashtirish jarayonida xavf turlarining qabul qilinadigan darajasi, texnik talablar majmuasiga rioya qilgan holda, mustahkamlikka hisoblash va sinov-tajriba, ekspert baholash usullari yoki shunga o‘xshash turdagi uskunalardan foydalanish ma’lumotlari (natijalari) asosida belgilanadi.
10. Uskunalar ularning sig‘imi yoki nominal diametri, shuningdek, ruxsat etilgan eng yuqori ishchi bosimga qarab, Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq 1, 2, 3 va 4-toifalar bo‘yicha tavsiflanadi.
11. Uskunaning xavfsizligi ularni loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash)da mazkur bobda va ushbu Texnik reglamentda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya qilish orqali ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
12. Uskunaning xavfsizligini asoslovchi va unga oid bo‘lgan barcha xavf omillari hamda xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, hujjatlar to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
texnik topshiriq, texnik shartlar yoki uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) bosqichlarida talablarni belgilovchi boshqa hujjatlar;
loyiha (konstruktorlik) hujjatlari (chizmalar, sxemalar, tasniflar, hisob-kitoblar);
uskunaga ilova qilinadigan texnik hujjatlar;
sinash natijalari bo‘yicha hisobot hujjatlari (bayonnomalar, xulosalar, dalolatnomalar, guvohnomalar);
xavfni va foydalanish ishonchliligini baholashni o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlar (mavjud bo‘lganda).
Uskunalarni loyihalashtirish vaqtida uskuna xavfsizligiga oid aniq talablarni belgilovchi xavfsizlikni asoslovchi hujjatlar bilan to‘ldiriladi.
13. Uskunalar va saqlovchi qurilmalari ishlab chiqarilishi (tayyorlanishi) jarayonida ishlab chiqaruvchi ularning loyiha hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlari va xususiyatlariga hamda ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlashi shart.
14. Uskuna, ishlab chiqaruvchi tomonidan loyiha hujjatlariga muvofiq sinovdan o‘tkaziladi.
15. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da loyiha hujjatlaridagi o‘zgartirishlar loyiha tashkiloti (loyihachi) bilan kelishiladi.
16. Uskuna texnik hujjatlarda belgilangan xavfsizlikni ta’minlash choralari iste’molchi tomonidan amalga oshirilganda, butun xizmat muddati davomida xavfsiz bo‘lishi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
17. Uskuna quyidagi holatlarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, mol-mulkka, atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimolini cheklashi lozim:
a) tuynuk yoki uskuna holatini nazorat qilish moslamalarini ochish va yopish;
b) uskunani bosim ostiga qo‘yish, ishchi rejim holatiga keltirish hamda bosimni tushirish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni amalga oshirish;
v) uskunaga xizmat ko‘rsatish maydonchasidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimning shikastlanishi xavfi bilan bog‘liq texnologik amallarni bajarish;
g) uskunaning tashqi yuzalarda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan haroratning yuzaga kelishi;
d) barqaror bo‘lmagan ishchi muhitlarning parchalanishi.
18. Uskuna uning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan baholashlarni o‘tkazish imkoniyati ta’minlangan holda loyihalashtirilishi zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
19. Uskunaning loyihasida, uning vazifasiga qarab, quyidagilar bilan jihozlanishi nazarda tutilishi lozim:
a) saqlovchi qurilmalar;
b) suyuq ishchi muhit sathini o‘lchash vositalari;
v) bosimni o‘lchash vositalari;
g) ishchi muhit haroratini o‘lchash vositalari;
d) berkituvchi va tartibga soluvchi armaturalar;
e) ta’minot qurilmalari;
j) issiqlikka kengayishni nazorat qilish qurilmalari.
20. Uskunaning konstruksiyasi xavfsizlik va boshqa zarur asboblari hamda uning ishchi muhiti ko‘rsatkichlarini nazorat qilish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga xavfsiz kirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
21. Uskunaning loyihasida quyidagilardan foydalanish nazarda tutilishi lozim:
a) nazorat va o‘lchash vositalari, ularni qo‘llanish sharoitidagi xatoligi nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlarning ruxsat etiladigan eng ko‘p og‘ish cheklanish qiymatidan oshib ketmaydigan bo‘lishi;
b) uskuna foydalanish sharoitlariga (ishchi muhitiga) muvofiq zarur o‘lchash vositalari bilan jihozlanishi.
22. Loyihada uskuna muhitini drenaj qilish va havoni chiqarib tashlash qurilmalari bilan jihozlanishi va u quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
a) gidravlik zarbaga va barqarorlikning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) xavfsiz tozalash, nazorat va texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
23. Uskuna loyihasida quyidagi holatlarda uskunani to‘ldirish yoki bo‘shatish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash nazarda tutilishi lozim:
a) uskunaning to‘lib ketishi yoki ishchi muhit bosimining oshib ketishi, shuningdek, uskunani to‘ldirishda davriy ravishda yuzaga keladigan bosim ostida ishlashi;
b) uskunaning ishchi muhiti nazoratsiz ravishda bo‘shatilishi;
v) uskunani to‘ldirish yoki bo‘shatish vaqtida bosim manbaiga ulanishi yoki undan ajratilishi.
24. Uskuna tashqi yong‘in yuzaga kelganda uning oqibatlarini kamaytiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi.
Uskunadan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun uning konstruksiyasida qo‘shimcha yoritish vositalarini o‘rnatish nazarda tutiladi.
25. Uskunani loyihalashtirish jarayonida undan foydalanishda noxush hodisa yoki avariya yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiruvchi texnik xususiyatlar (yechimlar) belgilanishi lozim.
26. Uskuna va xavfsizlik qurilmalarini ishlab chiqarishda, ularning loyiha hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlari va xususiyatlariga, shuningdek, qo‘llanayotgan texnologik jarayonlar va nazorat tizimi inobatga olingan holda, ushbu Texnik reglamentda belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi tomonidan ta’minlanadi.
27. Uskuna elementlarini ishlab chiqarishda (tayyorlashda) metallarga ishlov berish davomida (valsovka, shtamplash, qirralarini yumaloqlash va boshqalar) uning mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi, shikastlanishlar, yoriqlar va uskuna xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
28. Uskuna elementlarini ishlab chiqarish (tayyorlash) va o‘rnatish jarayonida bajariladigan payvandlash hamda boshqa ajralmas birikmalar ularga putur yetkazmagan holda nazoratdan o‘tkazilishi lozim. Ushbu nazorat natijalari asosida tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilishi shart.
Uskunaning payvandlangan va boshqa ajralmas birikmalari, loyiha hamda foydalanish qo‘llanmasi (yo‘riqnomasi)da nazarda tutilgan putur yetkazmagan holda nazorat o‘tkazish uchun uskunaning butun foydalanish davri mobaynida ochiq holatda bo‘lishi lozim.
Nazorat o‘tkazish usullari (turlari) uskuna ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
29. Tez ajratiladigan qopqoqlar bilan jihozlangan uskunalarda qopqoq to‘liq yopilmagan holda uskunani bosim ostida ishga tushirish, yonilg‘i yoki energiya berish, uskuna ichida ortiqcha bosim mavjud bo‘lgan holda qopqoqni ochish holatlarini cheklaydigan himoya vositalariga ega bo‘lishi shart.
30. Qozon konstruksiyasida hisoblangan foydalanish rejimlariga nisbatan yo‘l qo‘yilmaydigan og‘ishlar (cheklanishlar) yuz bergan holatda qozon yoki uning elementlarini avtomatik ravishda o‘chirilishini ta’minlovchi xavfsizlik asboblari o‘rnatiladi.
31. Bug‘ qozonlari, ularning turi va ishlab chiqarish quvvatidan qat’i nazar, oziqlantiruvchi (ta’minlovchi) suvni uzatishni avtomatik tarzda tartibga soluvchi regulator qurilmalari bilan jihozlanadi.
Asosiy yoki oraliq bug‘ qizdirgich qurilmasi chiqishidagi bug‘ harorati 400 ºS dan ortiq bo‘lgan bug‘ qozonlari, bug‘ haroratini tartibga soluvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlanadi.
32. Armatura turi, uning soni va o‘rnatish joyi uskuna loyihasini ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan, xavfsizlikni ta’minlash hamda loyihada nazarda tutilgan uskuna va uning elementlarini o‘chirish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
33. Qozonlarga guruhlashtirilgan holda oziqlantiruvchi (ta’minlovchi) suv yetkazib berilayotganda nasos bosimi ushbu Texnik reglament talablarini, shuningdek, eng yuqori ishchi bosimga ega qozonni yoki oziqlantiruvchi (ta’minlovchi) suv quvuro‘tkazgichidagi eng yuqori bosim yo‘qotilishini ta’minlash shartlarini inobatga olgan holda (hisob-kitob asosida) tanlanadi.
34. Oziqlantiruvchi (ta’minlovchi) qurilmalar orqali suv yetkazib berish miqdori, qozonlarning nominal bug‘ ishlab chiqarish quvvati asosida, doimiy yoki davriy produvka, bug‘ni sovitish, rostlovchi-sovitish va sovitish qurilmalarining ishlashini ta’minlash, shuningdek, suv yoki bug‘ yo‘qotilishi ehtimolini hisobga olgan holda belgilanadi.
35. Oziqlantiruvchi (ta’minlovchi) qurilmalarning turi, xususiyatlari, soni va ulanish sxemasi qozondan foydalanish jarayonida, jumladan, avariya holatida to‘xtatishda ham, undan xavfsiz foydalanishni ta’minlashi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
36. Uskunani loyihalashtirish jarayonida uning mustahkamligi foydalanish, tashish, yetkazib berish, o‘rnatish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taxminiy yuklamalar va ular natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ishlarni (cheklanishlarni) hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi. Bunda quyidagi omillar inobatga olinadi:
a) uskunaning ichki va tashqi yuzalariga ta’sir etuvchi yuklamalar;
b) atrof-muhit va ishchi muhit harorati;
v) uskunaning ish sharoitidagi va sinash sharoitidagi statik bosim, shu jumladan, gidravlik sinash vaqtida uskunadagi suyuqlikning gidrostatik bosimi hamda boshqa tashqi ta’sirlar;
g) uskunaning harakatlanishida inersiya yuklamalari, shamol ta’siri va seysmik ta’sirlar;
d) tayanchlar, mahkamlagichlar va quvuro‘tkazgichlar orqali uzatiladigan reaktiv kuchlar (qarshiliklar);
j) muhitning eroziyali va korroziyali ta’sirlari, shu jumladan, eroziyali-korroziyali yemirilishi;
z) qayta ishlanuvchi muhitning va texnologik jarayonning o‘zgaruvchanligi natijasida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiyalar;
i) foydalanish jarayonida materiallarning mexanik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar.
37. Agar uskunaning ruxsat etiladigan eng yuqori ishchi bosimi qiymati bilan uning sig‘im qiymati ko‘paytmasi 0,6 MPa·m³ dan kam bo‘lsa yoki eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan ishchi bosimi qiymati bilan nominal diametri qiymati ko‘paytmasi 300 MPa·mm dan kam bo‘lsa, uskunaning mustahkamligini baholash hisoblash usullari yoki hisoblashsiz amalga oshirilgan tajriba-sinash natijalari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
38. Uskunani mustahkamlikka hisoblashda bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi hisoblash usullari qo‘llanadi:
a) uskunani mustahkamlikka hisoblash me’yorlarida keltirilgan formulalar yordamida;
b) chegaraviy holatlarni (ishlash rejimlarini) matematik modellashtirish va chegaraviy yuklamani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash asosida;
v) zichlik-deformatsiya holatining sonli (analitik) tahlillari asosida;
g) mexanik yemirilish tahlili asosida.
39. Uskunani loyihalashtirish jarayonida uning belgilangan vazifalari va foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq holda barcha mumkin bo‘lgan yuklamalar va omillar hamda ularning bir vaqtda yuzaga kelish ehtimoli, barcha ehtimoliy yemirilish mexanizmlari (cho‘ziluvchan yoki mo‘rt yemirilish, materiallar deformatsiyasi (cho‘zilishi yoki qisqarishining ortib borishi), zo‘riqish holati, korroziyali yorilish) inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
40. Uskunaning mustahkamligini ta’minlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) hisoblangan bosim qiymati ishchi muhitning statik bosimi va dinamik yuklamalarini, shuningdek, ishchi muhitlar va texnologik jarayonlar o‘zgaruvchanligi natijasida yuzaga keladigan bosim oshishini hisobga olishi shart.
Turli bosimda ishlovchi bir nechta kameralardan iborat uskuna uchun hisoblangan bosim sifatida yoki har bir kamera uchun alohida bosim yoki uskuna elementi devorining kattaroq qalinligini talab qiladigan bosim qiymati qabul qilinadi;
b) hisoblangan haroratlar materiallar va uskunalardan xavfsiz foydalanish chegaralarini nazarda tutadi;
v) uskunani ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan materiallar hisob-kitob qilingan haroratlar diapazonini inobatga olgan holda tanlanadi;
g) foydalanish, tashish va sinash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bosim, harorat va boshqa yuklamalarning barcha mumkin bo‘lgan ta’sirlari (qiymatlari) inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
41. Uskuna materialining mustahkamligini ta’minlashda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi:
a) normal va hisoblangan haroratlardagi qovushqoqlik chegarasi, 0,2 foiz va 1 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli qovushqoqlik chegarasi;
b) normal va hisoblangan haroratlardagi cho‘zilishning vaqtincha qarshilikka chidamliligi (mustahkamlik chegarasi);
v) hisoblangan harorat va belgilangan vaqt miqdoridagi uzoq muddatli mustahkamlik yoki elastiklik chegarasi;
g) belgilangan davrlar soni va kuchlanishlar darajasidagi qisqa davrli mustahkamlik yoki zo‘riqish xususiyatlari;
d) normal va hisoblangan haroratlardagi bo‘ylama elastiklik moduli (Yung moduli) qiymati;
e) standart namunalarni uzilishidagi nisbiy cho‘zilish va kesimning nisbiy torayishi;
42. Mustahkamlikka hisoblash payvandlangan birikmalarning mustahkamlik koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu koeffitsiyentlar qiymati payvandlanadigan materiallar, payvandlash (kavsharlash) texnologiyasi, birikmaning shakli, putur yetkazmaydigan nazorat usuli va hajmi hamda uskunaning foydalanish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi bosim ostida ishlovchi yoki boshqa yuklamalar ta’sirida siquvchi kuchlanishlarga duch keluvchi uskuna elementlari shakl barqarorligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
43. Uskunani mustahkamlikka hisoblashda foydalanish jarayonidagi ishchi ko‘rsatkichlarning taxminiy og‘ishlari, tayyorlash (ishlab chiqarish)da yo‘l qo‘yiladigan noaniqliklar hamda qo‘llanadigan materiallarning mexanik xususiyatlaridagi mumkin bo‘lgan og‘ishlar (cheklanishlar) hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
44. Statik yuklamalar ta’sirida ishlovchi uskunani chegaraviy yuklamalar bo‘yicha mustahkamlikka hisoblashda yo‘l qo‘yiladigan kuchlanish quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
a) uglerodli va kam qotishmali (kam legirlangan), ferritli, austenit-ferritli, martensitli po‘latlar hamda temir-nikel asosidagi qotishmalar uchun:
bu yerda:
[σ] — statik yuklamalar ta’sirida ishlovchi uskunani chegaraviy yuklamalar bo‘yicha mustahkamlikka hisoblashda yo‘l qo‘yiladigan kuchlanish;
min — matematik funksiya bo‘lib, u berilgan argumentlar orasidan eng kichik qiymatni qaytaradi;
Re/t — devorning hisoblangan haroratidagi oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
RP₀,₂/t — 0,2 foiz qoldiq deformatsiya va devorning hisoblangan haroratidagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
Rm — 20 °S haroratdagi vaqtincha qarshilikka chidamliligi (mustahkamlik chegarasi)ning eng kichik qiymati;
Rm/₁₀ⁿ — devorning hisoblangan haroratidagi soat davomida uzoq muddatli mustahkamlik chegarasining o‘rtacha qiymati.
RP₁/₁₀ⁿ — devorning hisoblangan haroratidagi 10ⁿ soat davomida 1 foizli surilish chegarasining o‘rtacha qiymati.
Surilish chegarasi yoki uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda yoxud uskunadan foydalanish sharoitida deformatsiyani cheklash zarur bo‘lgan hollarda, yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishni aniqlash uchun mazkur parametr qo‘llanadi.
b) austenit xrom-nikel po‘latlari, aluminiy, mis va ularning qotishmalari uchun:
bu yerda:
RP₁/t — 1 foiz qoldiq deformatsiya va devorning hisoblangan haroratidagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
Rm/t — devorning hisoblangan haroratidagi vaqtincha qarshilik (mustahkamlik chegarasi)ning eng kichik qiymati;
v) aluminiy quyma qotishmalari uchun:
g) titan va titan qotishmalari uchun:
d) titan va titan qotishmalaridan tayyorlangan listli prokat hamda prokat quvurlari uchun:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
45. Agar 1 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining minimal qiymati bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, ushbu Texnik reglamentning 44-bandiga muvofiq austenit po‘lat uchun yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishlarni aniqlashda devorning hisoblangan haroratidagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining minimal qiymatidan foydalanish mumkin, bu holda zaxira koeffitsiyenti nτ = 1,3 qiymatida qabul qilinadi:
Austenit po‘latdan tayyorlangan (flanetslardan tashqari) silindr qobiqlar, quvurlar, tub (sig‘imning pastki qismi) va boshqa elementlar uchun agar ularning ishchi sharoitdagi deformatsiyasi (siljishi)ni cheklash zarur bo‘lmasa, ushbu Texnik reglamentning 44-bandiga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishlarni aniqlashda devorning hisoblangan haroratidagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymatidan nτ = 1,1 zaxira koeffitsiyenti bilan foydalanishga ruxsat beriladi, biroq bu qiymat 20 °S haroratdagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymatidan nτ = 1,5 zaxira koeffitsiyentidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
46. Po‘lat quymalar uchun ushbu Texnik reglamentning 44 va 45-bandlarida keltirilgan formulalar asosida aniqlangan yo‘l qo‘yiladigan kuchlanish qiymati, agar quymalar to‘liq hajmda putur yetkazmagan holda nazoratdan o‘tkazilgan bo‘lsa — 0,8 koeffitsiyentga, bunday nazorat o‘tkazilmagan taqdirda — 0,7 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Agar aluminiy, mis va ularning qotishmalari uchun oquvchanlik chegarasi va uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, yo‘l qo‘yiladigan kuchlanish quyidagi formula asosida aniqlanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
47. Nometall materiallardan tayyorlangan uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonida nometall materiallar uchun cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli qiymatlari loyiha-konstruktorlik hujjatlarida belgilanadi.
Nometall materiallar uchun mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli quyidagi cheklangan qiymatlarga ega bo‘ladi:
a) karbon tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 160 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 11 000 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda;
b) organik tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 170 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 6 500 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda;
v) shisha tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 90 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 5 000 kgf/mm² kam bo‘lmagan qiymatda.
48. Uskunada bog‘lovchi modda sifatida termoplastik yoki reaktoplastik polimer materiallardan foydalanish mumkin.
Bog‘lovchi moddaning polimerlanish (mustahkam bo‘lish) harorati nometall materialning yumshash haroratidan past bo‘lishi kerak.
Nometall materialning yumshash harorati 100 °S dan kam bo‘lmasligi lozim.
4-§. Materiallarga qo‘yiladigan talablar
49. Uskuna loyiha-konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilgan hamda uning butun xizmat muddati davomida xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlaydigan materiallar va yarimtayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladi (tayyorlanadi).
50. Uskuna shartnomaga asosan tamg‘alangan (shikastlanmagan) materiallar va yarimtayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilishi hamda ishlab chiqaruvchining hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan materiallar va yarimtayyor mahsulotlarni identifikatsiya qilish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
51. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da qo‘llanadigan po‘lat listlar, plitalar, quvurlar va pokovkalarda (yarimtayyor metall mahsulot) ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yilgan tamg‘a saqlanishi shart. Agar yarim tayyor mahsulotlar qismlarga ajratilsa, har bir qismiga materiallar ishlab chiqaruvchisi tomonidan qo‘llangan tamg‘alash usuli bilan bir xil identifikatsiya tamg‘asi qo‘yilishi lozim.
52. Uskunani (yig‘ma bo‘linma va qismlarini, detallarni) tayyorlash uchun materiallarni tanlashda hisoblangan bosim, devor harorati (hisoblangan va eng kam yo‘l qo‘yiladigan qiymatida), muhitning kimyoviy tarkibi va xususiyati, materiallarning texnologik xususiyatlari hamda korroziyaga chidamliligi inobatga olinishi lozim.
Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da qo‘llangan materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar texnik hujjatlarda keltiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
53. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da quyidagi materiallar qo‘llanadi:
a) foydalanish jarayonida va uskunani sinovdan o‘tkazishda qo‘llash imkonini beradigan xususiyatlarga (plastiklikka, mustahkamlikka) ega bo‘lgan materiallar. Agar materialni tanlashda uskunaning konstruktiv xususiyatlari va foydalanish shartlari tufayli mo‘rt buzilish xavfini kafolatli ravishda cheklash imkoni bo‘lmasa, ushbu xavfni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlardan biri yoki bir nechtasi majburiy ravishda amalga oshiriladi:
mustahkamlik bo‘yicha zaxira koeffitsiyentini oshirish;
ishlab chiqarish bosqichida nazorat talablarini kuchaytirish;
foydalanish jarayonida tegishli rejim tadbirlarini (bosim hisoblangan qiymatga yetganda haroratni oshirish yoki ishga tushirish tezligini cheklash);
b) uskunani mo‘ljallangan ishchi muhit ta’siriga nisbatan kimyoviy barqarorlikka (chidamlilikka) ega bo‘lgan materiallar.
Materiallarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini uskunaning belgilangan xizmat muddati yoki resursi davomida o‘zgarishi uskunaning xavfsiz ishlatish shartlarini buzmasligi lozim;
v) belgilangan turdagi ishlov berish usullari uchun mos bo‘lgan materiallar;
g) materiallarni tanlashda, ularni bir-biri bilan birlashtirilishi uskunani xizmat muddati davomida uning mustahkamligini ta’minlanishi lozim.
54. Uskunada qo‘llanayotgan material uni cho‘zish usuli bilan sinashda, namuna uzilgandan keyin nisbiy uzayishi kamida 14 foizni tashkil etganda va V-shaklidagi kesikka (KCV turidagi konsentrator) ega namunalarda aniqlangan zarba qovushqoqliligi 20 °S dan yuqori, biroq eng kam yo‘l qo‘yiladigan haroratdan oshmaydigan kamida 27 J/sm² bo‘lganda plastik deb hisoblanadi.
55. Agar uskuna elementlarini tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan qoldiq kuchlanishlar undan xavfsiz foydalanishga to‘sqinlik qilsa, ushbu qoldiq kuchlanishlarni bartaraf etish uchun termik ishlov berilishi shart. Termik ishlov berish zarurati, turi va rejimlari uskuna loyihasining ishlab chiquvchisi tomonidan belgilanadi.
56. Payvandlangan birikmalarda uskunaning xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi yoki ichki nuqsonlar (shikastlanishlar)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Uskunaning payvandlangan birikmalarga tegishli mexanik xususiyatlarining eng kam qiymatlari, birikma orqali birlashtirilayotgan materiallarning mexanik xususiyatlarining eng kam qiymatlaridan kam bo‘lmasligi lozim.
57. Uskunaning payvandlangan birikmalarini nazoratdan o‘tkazishni ishlab chiqaruvchi ta’minlaydi. Putur yetkazmaydigan nazorat usullari va uning hajmi uskuna loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan materiallar xususiyatlarining o‘ziga xosligini hamda nuqsonlarni aniqlashning aniq va to‘liqligini ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi hamda uskuna loyiha-konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatiladi.
58. Uskuna elementlarining payvandlangan birikmalari mustahkamlikka hisoblanganda, yo‘l qo‘yiladigan kuchlanish qiymati payvand choklarining mustahkamlik koeffitsiyentiga (φ ≤ 1) ko‘paytiriladi. Payvand choklarining mustahkamlik koeffitsiyenti qiymati uskuna mustahkamligiga hisob-kitob jarayonida qo‘llangan material, nazorat hajmi, payvandlash texnologiyasi va payvand chokining konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
6-§. Korroziya va yemirilishdan himoya qilishga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
59. Foydalanish jarayonida ishchi muhit ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korroziya, eroziya-korroziyali yemirilish yoki boshqa kimyoviy ta’sirlarning oldini olish va uskunani ushbu ta’sirlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar ta’minlanadi:
a) ushbu ta’sirlarni konstruktiv yechim orqali kamaytirish;
b) mazkur ta’sirga uchrashi mumkin bo‘lgan uskuna elementlarini almashtirish.
7-§. Qizib ketishdan himoya qilish chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
60. Qizib ketish xavfi mavjud bo‘lgan uskunalarda xavfsizlikni pasaytiruvchi omillar cheklanadi yoki eng past darajaga tushiriladi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) mahalliy yoki umumiy metall qizib ketishini cheklash maqsadida ishchi muhit darajasini, issiqlik berish yoki olish miqdorini cheklash uchun moslamalar;
b) ishchi muhit ta’sirida shlakli to‘planmalar va (yoki) korroziya shikastlanishlari hosil bo‘lishini baholash maqsadida namuna olish joylari;
v) ifloslanishlar (cho‘kindi) to‘planishi bilan bog‘liq shikastlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari;
g) uskuna o‘chirilgandan so‘ng qoldiq yoki ortiqcha issiqlikni xavfsiz tarzda chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
d) yondiruvchi-portlovchi aralashmalar hosil bo‘lishini hamda alanga tarqalishining oldini olish choralari (olovo‘tmas to‘siqlar, olov to‘suvchi qurilmalar, gidravlik qalqonlar).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
61. Tajriba-sinash dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) mustahkamlik va germetiklikka bosim ostida sinash;
b) zarurat bo‘lganda boshqa omillarning ta’sirini hisobga olgan holda qo‘shimcha sinashlar.
9-§. Saqlovchi qurilmalarga qo‘yiladigan talablar
62. Agar uskuna elementining ichki hajmi berkituvchi armatura bilan cheklangan bo‘lib, undagi bosim yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshib ketishi mumkin bo‘lsa, u holda mazkur element avtomatik ravishda ishchi muhitni atmosferaga yoki utilizatsiya tizimiga chiqarish orqali bosimning yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshib ketishining oldini oluvchi saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
63. Saqlovchi qurilma sifatida quyidagilar qo‘llanadi:
a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi tirgak-yukli saqlovchi qurilmalar;
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi prujinali saqlovchi qurilmalar;
64. Saqlovchi qurilmalar ularga xizmat ko‘rsatish imkonini mavjud bo‘lishini hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
65. Saqlovchi qurilmalarning chiqaruvchi quvurlari hamda impulsli saqlovchi qurilmalarning liniyalari kondensat to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda ularni chiqarish uchun drenaj quvurlari bilan ta’minlanadi.
Drenaj quvurlariga berkituvchi armatura yoki boshqa turdagi armaturani o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Saqlovchi qurilmalar va drenajlar orqali chiquvchi muhit xavfsiz joyga yo‘naltirilishi lozim.
1-guruhga mansub muhit yopiq tizimlarga keyinchalik utilizatsiya qilish uchun yoki maxsus tashkil etilgan yoqish tizimlariga yoxud havoga — agar gazning havoga zichlik nisbati 0,8 yoki undan kam bo‘lsa — yo‘naltiriladi.
Yorqin (ochiq) portlovchi aralashmalar yoki o‘zgaruvchan birikmalar hosil qilishi mumkin bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni birlashtirish (aralashtirish) qat’iyan taqiqlanadi.
66. Saqlovchi qurilmalar ulanuvchi quvurlarining (yetkazuvchi, chiqaruvchi va drenaj) konstruksiyasida ishchi muhitning muzlab qolish ehtimolini cheklash lozim.
Bir dona patrubka yoki quvurda bir nechta saqlovchi qurilmalar o‘rnatilgan taqdirda, ushbu patrubka yoki quvurning ko‘ndalang kesim maydoni (yuzasi) unga o‘rnatilgan saqlovchi qurilmalarning umumiy kesim maydonining (yuzasining) kamida 1,25 baravariga teng bo‘lishi lozim.
Agar ulanuvchi quvur uzunligi 1000 mm yoki undan ortiq bo‘lsa, uning chiziqli qarshiligi (bosim yo‘qotishi) qiymati hisobga olinishi kerak.
Saqlovchi qurilma va himoyalanadigan hajm orasida berkituvchi armaturani o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi, yong‘in va portlash xavfi yuqori hamda zararli ishchi muhit bundan mustasno.
Saqlovchi qurilma sozlangandan so‘ng tamg‘alanadi (plombalanadi).
67. Tirgak-yukli saqlovchi yoki prujinali saqlovchi qurilmalar uskuna ishlayotgan vaqtda majburiy ochish orqali ularning ishlash holatini baholashga mo‘ljallangan maxsus qurilma bilan jihozlanadi.
Agar majburiy ochishga ishchi muhit xususiyatlari yoki texnologik jarayon shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaganda, saqlovchi qurilmalarni baholash tartibi va usullari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanishi lozim.
68. Hisoblangan bosim uni ta’minlovchi manba bosimidan past bo‘lgan uskuna quvurida manometr va avtomatik rostlovchi qurilmadan so‘ng kichik bosim tomonida saqlovchi qurilma o‘rnatiladi.
Rostlovchi-sovitish qurilmalari avtomatik tarzda haroratni boshqarishni ta’minlaydi. Aylanma quvur (baypas) o‘rnatilganda, rostlash qurilmasi bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
69. Bir xil bosimda ishlaydigan idishlar guruhi uchun birinchi tarmoqlanish nuqtasigacha bo‘lgan umumiy keluvchi (ta’minlovchi) birikma quvurda bitta rostlash qurilmasi, manometr va saqlovchi qurilma o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda agar idishlarda bosim oshishi ehtimoli butunlay cheklangan bo‘lsa, ushbu idishlarning o‘zida alohida saqlovchi qurilma o‘rnatish talab etilmaydi.
Agar ishchi muhitning fizik xususiyatlari tufayli avtomatik rostlash qurilmasi ishonchli ishlamasa, u holda sarfni boshqaruvchi regulatorni o‘rnatishga ruxsat etiladi, biroq bunda bosim oshishidan himoya qilish choralari nazarda tutilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
70. Saqlovchi qurilmalar soni, ularning o‘lchamlari va o‘tkazuvchanlik imkoniyati uskunada hisoblangan bosimdan ortiqcha bosim yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak:
a) 0,3 MPa dan kam bo‘lgan ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 0,05 MPa dan ortiq bo‘lmasligi;
b) 0,3 MPa dan 6 MPa gacha bo‘lgan ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 15 foizdan ortiq bo‘lmasligi;
v) 6 MPa dan ortiq ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 10 foizdan ortiq bo‘lmasligi.
71. Saqlovchi qurilmalar ishlayotgan holatda, agar bunday bosim oshishi idishdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, idishdagi bosim hisoblangan bosimdan 25 foizdan ortiq bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
72. Saqlovchi qurilmalar qozonlar, bug‘ qizdirgichlar, ekonomayzerlar va quvurlar uchun ulardagi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan ishchi bosimdan 10 foizdan ortiq bo‘lmasligiga himoyalangan bo‘lishi lozim.
Agar hisoblashlar natijasida qozon, bug‘ qizdirgich, ekonomayzer va quvurning mustahkamligi ushbu holatni ko‘zda tutgan bo‘lsa, saqlovchi qurilmalar to‘liq ochilganida bosimning 10 foizdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
73. Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlarida (harakatlanuvchi qozonlar va bug‘ ishlab chiqarish quvvati 35 t/h dan kam bo‘lgan qozonlardan tashqari) faqat impulsli saqlovchi qurilmalar o‘rnatiladi. Harakatlanuvchi qozon uskunalarida tirgak-yukli saqlovchi qurilmalarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
74. Har bir bug‘ va suv qizdirgich qozonida, shuningdek, ishchi muhit bo‘yicha ajratiladigan bug‘ qizdirgichda saqlovchi qurilmalar o‘rnatiladi. Ularning soni va o‘rnatish joylari uskunani loyihalashtirish jarayonida belgilanadi.
Qozonlarga o‘rnatilgan saqlovchi qurilmalarning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyati ushbu uskunaning nominal ishlab chiqarish quvvatidan kam bo‘lmasligi shart.
75. Saqlovchi qurilmalarning o‘tkazuvchanlik imkoniyati ularning konstruksiya turiga mansub namunaning ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘tkazilgan sinashlari orqali tasdiqlanadi hamda uskuna pasportida ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
76. Bug‘ va suv qizdiruvchi qozonlarda saqlovchi qurilmalar quyidagi qozonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan patrubkalar yoki quvurlarga o‘rnatiladi:
a) tabiiy aylanmali (sirkulyatsiya) bug‘ qozonlarida, bug‘ qizdirgich mavjud bo‘lmasa — yuqori barabanga yoki quruq bug‘ chiqaruvchi qurilmaga;
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanuvchi bug‘ qozonlarida va kuch ta’sirda harakatga keltiriladigan aylanmali qozonlarda — chiqish kollektori yoki bug‘ quvuriga;
v) suv qizdirgich qozonlarda — chiqish kollektori yoki barabanga;
g) oraliq bug‘ qizdirgichlarda — barcha saqlovchi qurilmalarning bug‘ kirish tomoniga;
d) suv bo‘yicha ajratiladigan ekonomayzerlarda — suvning kirish va chiqish nuqtalarida kamida bittadan saqlovchi qurilma.
77. Agar qozonda ajratib bo‘lmaydigan bug‘ qizdirgichi mavjud bo‘lsa, bunday holda uning chiqish kollektorida qozonning nominal ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan kamida 50 foiz o‘tkazuvchanlik imkoniyatiga ega saqlovchi qurilmalar o‘rnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
78. Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlarida bilvosita ta’sir etuvchi impulsli saqlovchi qurilmalar ajratib bo‘lmaydigan bug‘ qizdirgichining chiqish kollektoriga yoki asosiy berkituvchi armaturadan oldingi bug‘ quvuriga o‘rnatiladi.
Bunda barabanli qozonlarda umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha 50 foiz qurilmalar uchun impuls bug‘ qozoni barabanidan olinadi.
Agar bir xil konstruksiyaga ega saqlovchi qurilmalar soni toq bo‘lsa, bug‘ impulsli qozon barabanidan kamida uchdan bir qismi va ko‘pi bilan ikkidan bir qismida bug‘ olishga yo‘l qo‘yiladi.
Blokli uskunalarda saqlovchi qurilmalar turbinalar yaqinidagi bug‘ quvuriga joylashtirilgan hollarda, barcha saqlovchi qurilmalar impulslari uchun qizdirilgan bug‘dan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda qurilmaning 50 foizi uchun qozon barabaniga ulangan kontaktli manometr orqali qo‘shimcha elektr impulsi beriladi.
Bir xil konstruksiyaga ega saqlovchi qurilmalar soni toq bo‘lganda, qozon barabaniga ulangan kontaktli manometrdan qo‘shimcha elektr impulsni kamida uchdan bir yoki ko‘pi bilan ikkidan bir qismiga yuborishga yo‘l qo‘yiladi.
79. Ajratiladigan ekonomayzerli qozonlar uchun saqlovchi qurilmalarni o‘rnatish joylari, ularni sozlash usuli va ochilish bosimi qiymatlari loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan belgilanadi.
To‘g‘ri harakatlanuvchi bug‘ qozonlarida, ishga tushirish yoki to‘xtatish vaqtida suv harakati bo‘yicha birinchi isitish yuza qismi armatura orqali isitish yuzasining qolgan qismidan ajratiladigan bo‘lsa, ushbu birinchi isitish yuza qismi uchun saqlovchi qurilmalarni o‘rnatish zarurati, ularning soni va o‘lchamlari loyiha hujjatlarida belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
80. Membranali saqlovchi qurilmalar quyidagi holatlarda idishlar va quvuro‘tkazgichlarga o‘rnatiladi:
a) agar saqlovchi qurilmalarning inersiyasi yoki boshqa sabablarga ko‘ra qo‘llash mumkin bo‘lmasa;
b) saqlovchi qurilmalardan oldin, agar ular ishchi muhitning zararli ta’siri (korroziya, eroziya, polimerizatsiya, kristallanish, yopishib qolish, muzlab qolish) yoki yopiq qurilma orqali portlovchi, yonuvchan, zaharli, ekologik jihatdan xavfli moddalarning sizib chiqish ehtimoli bo‘lganda.
Bunday hollarda membrana ishlashini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma nazarda tutilgan bo‘lishi lozim;
v) bosimni tushirish tizimlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini oshirish uchun saqlovchi qurilmalarga parallel ravishda;
g) tashlash tizimi ishchi muhitning zararli ta’sirining oldini olish va qurilma tomonida qarshilik bosimi tebranishlaridan saqlash maqsadida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
81. Membranali saqlovchi qurilmalarni o‘rnatish zarurati va joyi, shuningdek, ularning konstruksiyasi uskuna loyihasida belgilanadi. Saqlovchi membranalar faqat ular uchun mo‘ljallangan mahkamlash uzellariga o‘rnatiladi.
Membranali saqlovchi qurilmalar ko‘zdan kechirish, o‘rnatish va yechish uchun ochiq va qulay joylarda joylashtiriladi.
Ulanuvchi quvuro‘tkazgichlar ishchi muhitning muzlab qolishidan himoyalanadi, saqlovchi qurilmalar esa bevosita uskunaga ulangan patrubkalarga yoki quvuro‘tkazgichlarga o‘rnatiladi.
Membrana turidagi himoya vositasi saqlovchi qurilma bilan ketma-ket (klapandan oldin yoki keyin) o‘rnatilganda ular orasidagi bo‘shliq maxsus chiqaruvchi quvurcha orqali xabar berish (signal) manometriga ulanadi.
Membranali saqlovchi qurilmalar soni ikki barobarga oshirilgan holda, ular oldiga o‘tkazgich qurilma o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda o‘tkazgich qurilmaning har qanday holatida uskuna bosim oshishidan himoyalangan bo‘lishi shart.
10-§. Suyuq ishchi muhit sathi nazoratiga qo‘yiladigan talablar
82. Muhitlarning ajratish chizig‘iga ega bo‘lgan uskunalarning suyuq ishchi muhit sathini nazorat qilish uchun sathni o‘lchash vositalari qo‘llanadi. Uskunalarda suyuqlik sathi ko‘rsatgichlari bilan bir qatorda suyuqlikning cheklovchi sathlari bo‘yicha ovozli, yorug‘lik va boshqa turdagi xabar berish (signalizator) hamda bloklash vositalari o‘rnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
83. Bug‘ qozonida (to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanuvchi qozonlardan tashqari) va olovda qizdiriladigan idishlarda, agar suyuqlik sathining ruxsat etilgan chegaradan pastga tushib ketish ehtimoli bo‘lsa, kamida ikki dona to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatgichlari o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha ravishda takrorlovchi sifatida bilvosita ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichlarini o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanuvchi qozonlardan tashqari barcha bug‘ qozonlarida (barabanlarda bosqichma-bosqich bug‘lanish jarayoni mavjud bo‘lgan yoki tashqi separatorga ega bo‘lgan hollarda) va olovda qizdiriladigan idishlarda suyuqlik sathi ko‘rsatkichlarining soni va o‘rnatish joylari uskuna loyihasida belgilanadi.
84. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichi uskunaga mustaqil ulanishi lozim. Diametri kamida 70 mm bo‘lgan ulanuvchi quvur (kolonka) orqali ikki dona to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichini o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
85. Suyuqlik sathi ko‘rsatkichlarini uskuna bilan ulaydigan quvurlar konfiguratsiyasida suv to‘planib qolishini (gidravlik qalqonlar hosil bo‘lishi) cheklash va bu quvurlarni tozalash imkoniyati bo‘lishi lozim. Ulanuvchi quvurlar yonilg‘i yoqish mahsulotlari bilan qizib ketishdan hamda muzlab qolishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
86. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichlari xodimning ish joyidan turib suyuqlik sathini ko‘ra olish imkoniyatini berishi lozim.
Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori bo‘lgan uskunalarda suyuqlik sathi ko‘rsatkichlari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi), yorug‘lik o‘tkazuvchi plastinalar shikastlanganda xodimni himoya qilish maqsadida maxsus muhofaza g‘iloflari (qoplamalar) bilan ta’minlanadi.
87. Suyuqlik sathi ko‘rsatkichining kuzatish tirqishi (oyna) kengligi uskuna loyihasida ko‘zda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
88. Suyuqlik sathi ko‘rsatkichlari uskunadan ajratish va produvka qilish uchun berkituvchi armatura bilan jihozlanadi. Armaturada ochish va yopish yo‘nalishlari (quyma, o‘yib yoki bo‘yoq bilan) ko‘rsatiladi, shuningdek, kranda u orqali o‘tuvchi teshikning holati ham alohida belgilanadi.
Armatura o‘tkazuvchi teshigining ichki diametri 8 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Suyuqlik sathi ko‘rsatkichlarini produvka qilishda suvni tushirish uchun himoya moslamasi va chiqaruvchi quvurlar (lotok) nazarda tutiladi.
89. Uskunadagi bosim 4,5 MPa dan ortiq bo‘lganda suyuqlik sathi ko‘rsatkichlarini uskunadan ajratish uchun ketma-ket joylashtirilgan ikki to‘plam armatura bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
90. Agar suyuqlik sathi kuzatish maydonchasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichigacha bo‘lgan masofa 6 m dan ortiq bo‘lsa yoki suyuqlik sathi xizmat ko‘rsatuvchi xodimning ish joyidan ko‘rinmasa, ikkita masofadan boshqariladigan suyuqlik sathi ko‘rsatkichi o‘rnatiladi. Bunday holda uskunada bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi suyuqlik sathi ko‘rsatkichini o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
Masofaviy suyuqlik sathi ko‘rsatkichlari boshqa sath ko‘rsatkichlaridan mustaqil ravishda alohida shtutserlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uskunaga o‘rnatiladi hamda tinchlantiruvchi (turbulentlikni kamaytiruvchi) qurilmalar bilan ta’minlanadi.
91. Energotexnologik va utilizator qozonlarning suyuqlik sathini masofaviy ko‘rsatkichlari ularni boshqarish pult(lar)ida o‘rnatiladi.
92. Elektr isitishli bug‘ qozonlarining suyuqlik sathi eng kam ruxsat etilgan darajadan pastga tushganda avtomatik ravishda elektr ta’minotini uzadigan tizim bilan jihozlanadi.
93. Qozonlar yuqori va past suv sathining cheklangan darajalari haqida avtomatik xabar beruvchi ovozli va yorug‘lik qurilmalari bilan jihozlanadi.
O‘xshash xabar beruvchi tizim qurilmalardagi barcha avtomatik to‘xtatish xavfsizlik ko‘rsatkichlari uchun bir xil ishlashi kerak.
11-§. Harorat va bosimni o‘lchash vositalari
94. Qaynoq bug‘ qizdirgichi bo‘lgan qozonlarda asosiy armaturagacha bo‘lgan qismida bug‘ haroratini o‘lchash vositalari o‘rnatilishi kerak. Bug‘ni oraliq qizdirish tizimiga ega bo‘lgan qozonlarda esa bug‘ haroratini o‘lchash vositalari bug‘ning kirish va chiqish nuqtalarda o‘rnatiladi.
95. Tabiiy aylanish jarayoniga (sirkulyatsiya) va qizdirilgan bug‘ hosil qilish tizimiga ega bo‘lgan, bug‘ ishlab chiqarish quvvati 20 t/h dan ortiq bo‘lgan qozonlar hamda bug‘ ishlab chiqarish quvvati 1 t/h dan ortiq bo‘lgan to‘g‘ri oqimli qozonlarda faqat ko‘rsatuvchi o‘lchash vositalaridan tashqari bug‘ haroratini doimiy qayd etib boruvchi o‘lchash vositalari nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
96. Bir nechta parallel bo‘limlarga ega bo‘lgan bug‘ qizdirish uskunalarida umumiy qizdirilgan bug‘ quvurlariga o‘rnatiladigan bug‘ haroratini o‘lchash vositalaridan tashqari, har bir bo‘lim chiqishida bug‘ haroratini davriy o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
Bug‘ harorati 500 ºC dan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlarida bug‘ qizdirish quvurchalarining chiqish qismida gaz o‘tish yo‘lagi kengligining har bir metr oralig‘ida bittadan o‘lchash vositasi o‘rnatiladi.
97. Bug‘ ishlab chiqarish quvvati 400 t/h dan ortiq bo‘lgan bug‘ qozonlarida bug‘ qizdirish quvurchalarining chiqish qismida bug‘ haroratini doimiy qayd etib boruvchi nazorat-o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
Bug‘ qizdirish haroratini boshqarish uchun bug‘ sovitkichlar mavjud bo‘lgan qozonlarda sovitkichdan oldin va keyin haroratni o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
98. Ekonomayzerning suv kirish-chiqish qismida, shuningdek, ekonomayzersiz bug‘ qozonlarining oziqlantiruvchi suv quvurlarida oziqlanuvchi suv haroratini o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
99. Issiq suv qozonlarida suv haroratini o‘lchash vositalari suvning qozonga kirish-chiqish joyida o‘rnatiladi.
100. Issiq suv qozonlarida issiqlik ishlab chiqarish quvvati 1,163 MW dan ortiq bo‘lganda, qozondan chiquvchi suv haroratini doimiy qayd etib boruvchi nazorat-o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
101. Qozonni ishga tushirish, to‘xtatish va manevr rejimida qozon devorlarining haroratini nazorat qilish hamda uning ruxsat etilgan me’yordan oshib ketishining oldini olish maqsadida haroratni o‘lchash vositalari o‘rnatiladi.
Haroratni o‘lchash vositalarini o‘rnatish zarurati ularning soni va joylashuvi qozon loyihasining ishlab chiquvchisi tomonidan belgilanadi.
102. Qozon devorining harorati o‘zgarib turadigan sharoitda ishlaydigan idishlar (uzunligi va balandligi bo‘yicha) isish tezligi, bir me’yorda ishlashini va issiqlikka bog‘liq siljishlar ko‘rsatkichlari nazorat qilish uchun haroratni o‘lchash vositalari bilan jihozlanadi hamda ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi, uskuna pasportida yoki foydalanish bo‘yicha qo‘llanma (yo‘riqnoma)da ko‘rsatiladi.
103. Uskunalar va ularning turli bosim qiymatiga ega bo‘lgan alohida bo‘shliqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi bosimni o‘lchash vositalari bilan jihozlanadi.
104. Issiqlik ishlab chiqarish quvvati 10 t/h dan ortiq bo‘lgan bug‘ qozonlari va 21 GJ/h dan ortiq bo‘lgan issiq suv qozonlari bosimni qayd qilib boruvchi o‘lchash vositalari bilan jihozlanishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
105. Bosimni o‘lchash vositalari quyidagi joylarda o‘rnatiladi:
a) qozonning barabanida, qozonda bug‘ qizdirgich mavjud bo‘lganda — asosiy armaturagacha bo‘lgan qismda, bug‘ qizdirgichdan so‘ng;
b) idishning shtutserida yoki idish va armatura orasidagi quvurda;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
106. Issiq suv qozonlarida bosimni o‘lchash vositalari armaturadan oldin suvning qozonga kirish-chiqish joyida o‘rnatiladi.
Bosimni o‘lchash vositasining aniqlik darajalari quyidagi qiymatlardan kam bo‘lmasligi lozim:
a) ishchi bosimi 2,5 MPa gacha bo‘lganda — 2,5;
b) ishchi bosimi 2,5 dan 14 MPa gacha bo‘lganda — 1,5;
v) ishchi bosimi 14 MPa dan yuqori bo‘lganda — 1.
107. Agar bosimni o‘lchash vositasi 5 m dan baland joyga o‘rnatilganda, qo‘shimcha bosimni o‘lchash vositasini (ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun) o‘rnatish nazarda tutiladi.
108. Uskuna konstruksiyasi bosimni o‘lchash vositasini xavfsiz ravishda produvka qilish, tekshirish va o‘chirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
109. Quvuro‘tkazgichlarni loyihalashtirish jarayonida quyidagilar ta’minlanishi shart:
a) nominal diametri 150 mm dan ortiq va ishchi muhit harorati 300 ºS va undan yuqori bo‘lgan quvurlar uchun ularning issiqlikka bog‘liq kengayishini nazorat qilish va tayanch-osma tizimning to‘g‘ri ishlashini kuzatib borish maqsadida zarur miqdorda siljish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
b) bug‘simon ishchi muhitni uzatuvchi quvurlar ichida kondensat hosil bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hollarda chiqarib yuborish moslamalarini nazarda tutish. Bunday moslamalar quvurlarning eng quyi qismida joylashtirilishi;
v) gidravlik rejim buzilishlari, shuningdek, eroziya-korroziyaga bog‘liq yemirilish (eskirish) oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shikastlanish ehtimolini hisobga olish;
g) foydalanish jarayonida tebranish ta’siriga uchrashi mumkin bo‘lgan quvurlarda tebranishni kamaytirish bo‘yicha texnik vositalar hamda avariyaviy buzilishlar bo‘lishi va germetikligini yo‘qotish ehtimolini bartaraf etish choralarini nazarda tutish;
d) 1-guruhga mansub ishchi muhit mavjud bo‘lgan quvur tarmoqlarida ularni uzilishidan ajratadigan moslamalarni nazarda tutish;
e) ishchi muhitning tasodifiy chiqib ketishi xavfini eng quyi darajaga tushirish. Ishchi muhitni olish nuqtalari aniq belgilangan va ularda ishchi muhitning nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart;
j) yer ostidagi quvurlar uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish, ushbu hujjatlar quvurlarni xavfsiz texnik xizmat ko‘rsatish, nazorat qilish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (po‘lat markasi, diametri, quvur devorining qalinligi, quvurning uzunligi, tayanchlar, kompensator qurilmalar, osmalar, armatura, havo chiqargichlar va drenaj qurilmalarining joylashuvi, payvandlash choklarining o‘zaro masofalari va ulardan quduqlar hamda iste’mochilar kirish nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar, quvur holati va ishchi muhit ko‘rsatkichlarini nazorat qilish uchun ko‘rsatkichlarni joylashuvi) o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
110. Barokamera konstruksiyasi uni ko‘zdan kechirish (ichki yuzasini ham o‘z ichiga olgan holda), tozalash, yuvish, produvka qilish va ta’mirlash imkoniyatini berishi kerak.
111. Barokameralarni loyihalashtirish jarayonida montaj vaqtida va inersiya kuchlari ta’sirida yuzaga keladigan yuklamalar inobatga olinadi.
112. Barokamerada insonlarning bo‘lish davomiyligi loyihalashtirishda belgilanadi va pasportida ko‘rsatiladi. Agar barokamerada insonlarning uzoq vaqt bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda turli funksional vazifalarga ega bo‘lgan bo‘limlar nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
113. Uskuna loyihasida elektr kabellari uchun suv o‘tkazmaydigan germetik kirish uzellari yoki yuqori bosimga chidamli salniklar nazarda tutilishi lozim.
Ularda mexanik mustahkamlik, aksial va radial germetiklik, germetik kirish uzeli umumiy gaz o‘tkazmasligi hamda uning elektr o‘tkazish elementlarining gazga nisbatan zichligi, shuningdek, barokameradagi bosimning butun diapazonida qoplamaning elektr mustahkamligi ta’minlanishi shart.
Bundan tashqari statik elektr hosil bo‘lishi va to‘planishining oldini olishga qaratilgan choralar belgilanishi zarur.
114. Barokamera konstruksiyasi uni ichkaridan va tashqaridan ochish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Barokamera ichidagi eshiklar yoki qopqoqlarni yopish uchun qulflar (yopish moslamalari) ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
115. Barokamera ichidagi holatni vizual yoki televizion kuzatish hamda ichki holatini yoritish uchun uskuna loyihasida tashqi qopqoq bilan jihozlangan illyuminatorlar nazarda tutiladi. Illyuminatorlarning qopqog‘i uning oynasini mexanik shikastlanishlardan muhofaza qiladi.
Barokameralar uchun illyuminatorlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida yorug‘lik o‘tkazuvchan materiallar nazarda tutiladi va qo‘llanadi, ularning mustahkamlik zaxirasi barokamera korpusi mustahkamlik zaxirasidan kam bo‘lmasligi va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 85 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
116. Uskuna loyihasida havo va gaz ta’minoti tizimlari quyidagi maqsadda nazarda tutiladi:
a) barokamerada gaz muhitini shakllantirish;
b) statsionar nafas olish tizimining ishlashini ta’minlash;
v) barokamerada bosimni ushlab turish va o‘zgartirish;
g) barokameradagi kislorod va indifferent gazlar bo‘yicha gaz muhiti tarkibini ushlab turish va o‘zgartirish;
d) shlyuzlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
117. Barokameradagi havo va gaz ta’minoti tizimlari bo‘yicha bosimni oshirish quyidagi tezliklarni ta’minlashi lozim:
0,1 dan 1,7 MPa (1 — 17 kgf/sm²) gacha bo‘lgan bosim diapazonida kamida 0,2 MPa/min tezlik;
1,7 MPa (17 kgf/sm²) dan yuqori bosim uchun kamida 0,1 MPa/min (1 kgf/sm²·min) tezlik.
Bosim ±0,025 MPa (0,25 kgf/sm²) aniqlikda barqaror saqlanishi shart. Barokameradagi bosimni pasaytirish 0,003 — 0,9 MPa/h (0,03 — 9 kgf/sm²·h) oraliqdagi tezlikda amalga oshiriladi.
118. Barokameradagi gaz nazorati vositalari kislorod, geliy, uglerod dioksidi hamda ehtimoliy zararli moddalar miqdorini aniq o‘lchashni ta’minlashi lozim.
119. Barokamerani loyihalashtirishda yong‘in chiqishi yoki yong‘in xavfi yuzaga kelishi (tutun, nazoratsiz harorat oshishi) holatlarini aniqlash, avariyaviy xabar berish hamda barokamerada mavjud bo‘lgan barcha vositalar yordamida uni o‘chirish imkonini ta’minlaydigan yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalari nazarda tutilishi kerak.
120. Barokameradagi avtomatik boshqarish tizimi uning ichidagi insonning xavfsizligini ta’minlashi lozim.
121. Barokameraning har bir bo‘limi va shlyuzi manometr bilan jihozlanadi. Manometr barokamera korpusiga o‘rnatilgan shtutserga yoki barokamera tizimlarini boshqarish paneliga (shitga) tashqi tomondan o‘rnatiladi.
122. Barokameraning kuchlanish tarmoqlari havo va gaz ta’minoti tizimlari, yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan zaxira elektr manbalariga ega bo‘lishi shart.
123. Elektr kuchlanish uskunalarining barcha kommutatsion himoya va ishga tushirish-sozlash qurilmalari barokamera tashqarisida o‘rnatiladi. Barokamera ichidagi kuchlanish elektr kabellari yonmaydigan qoplamaga ega bo‘lishi lozim. Barokamera loyihasida statik elektrdan himoya tizimi, ichki chiqarib olinadigan metall buyumlar, uskunalar va barokamera korpusini yerlagich imkoniyati nazarda tutilishi shart.
124. Uskuna loyihasida yoritish vositalarini o‘rnatish zarurati belgilanadi. Barokamera ichiga o‘rnatiladigan yoritkichlar germetik bo‘lishi va ishchi muhit bosimiga mos ravishda hisoblangan bo‘lishi lozim.
125. Uskuna loyihasida barokamera ichida bo‘lgan odamlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati nazarda tutilishi lozim.
126. Barokamera ichida o‘rnatiladigan quvurlar, bug‘ va suv isitkichlari, shuningdek, barokamera tashqarisida o‘rnatiladigan siqilgan havo va gaz aralashmalari quvurlarini loyihalashtirishda choksiz mis yoki zanglamaydigan po‘lat quvurlardan foydalanish nazarda tutiladi.
127. Barokamera ichki jihozlari uchun yonmaydigan (yong‘inga chidamli) materiallar qo‘llanadi, ular barokameraning gaz muhitida zararli moddalar ajrab chiqish xavfini kafolatlashi zarur.
14-§. Xavfga asoslangan nazorat
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
128. Neft-gaz, kimyo, energetika va ishlab chiqarish sanoatidagi bosim ostida ishlaydigan uskunalar, rezervuarlar va quvurlar uchun belgilangan intervallardagi an’anaviy gidravlik sinash hamda putur yetkazmaydigan nazorat usullariga muqobil tarzda xavfga asoslangan nazorat uslubiyati asosida nazoratini o‘rnatish va texnik ko‘rikdan o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.
Bunda ilg‘or putur yetkazmaydigan nazorat texnologiyalaridan foydalanish talab etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
129. Xavfga asoslangan nazorat uslubiyati qo‘llanganda quyidagilar bajarilishi shart:
a) texnik ko‘rikni amalga oshiruvchi va putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajaruvchi tashkilot qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi va ruxsatnoma olishi;
b) texnik ko‘rik tashkiloti xavfga asoslangan nazorat uslubiyatini xalqaro standartlarga asoslangan holda qo‘llashi va quyidagi harakatlarni amalga oshirishi, bunda:
uskunani nazoratdan o‘tkazish uchun xavfga asoslangan nazorat dasturini (rejasi) ishlab chiqishi, uskuna egasi bilan kelishishi va tasdiqlashi;
xavfga asoslangan nazorat dasturi doirasida I va II xavf darajasidagi uskunalar uchun maxsus vakolatli organ bilan kelishishi;
v) har bir uskuna bo‘yicha texnik xulosa tayyorlashi, unda quyidagilarni aks ettirishi:
barcha aniqlangan xavf omillarining tahlili, shu jumladan, inson hayoti va sog‘lig‘i, mulk va atrof-muhit uchun ehtimoliy oqibatlarini;
uskunaning aniqlangan texnik holatini;
keyingi texnik ko‘rik yoki sinash muddatlarini.
130. Uskuna egasi (yoki javobgar shaxs) ushbu xulosaga asosan uskuna pasportiga tegishli rasmiy yozuvni kiritadi, unda uskunaning foydalanishga yaroqliligi va keyingi ko‘rik yoki sinash muddatlari ko‘rsatiladi.
131. Texnik ko‘rik ishlari yakunlangandan so‘ng, besh ish kuni ichida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar nusxasi maxsus vakolatli organga taqdim etilishi shart.
15-§. Yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
132. Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yong‘in xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3-bob. Texnik hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
133. Uskunalarni yetkazib berishda texnik hujjatlar ilova qilinishi va unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) uskunaning pasporti yoki unga tegishli elementlar (yig‘ma birliklari, detallar) va butlovchi buyumlarni identifikatsiya qilishni ta’minlovchi hujjatlar;
b) yig‘ma yoki asosiy o‘lchamlar ko‘rsatilgan chizma (armatura, quvur detallari va flanetslar uchun asosiy o‘lchamlar ko‘rsatilgan rasmga ruxsat etiladi);
v) saqlovchi qurilmalar;
g) saqlovchi qurilmalarning o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha hisob-kitobi (agar loyiha hujjatlariga muvofiq bunday qurilmalar mavjud bo‘lsa);
d) uskunaning mustahkamlikka hisob-kitobi (armatura, quvurlar detallari va flanetslar uchun hisobdan ko‘chirmaga ruxsat etiladi);
e) foydalanish qo‘llanmasi (yo‘riqnomasi) (uskunaning elementlari (yig‘ma birliklari, detallari) va butlovchi qismlaridan tashqari);
j) xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma;
z) yetkazib berish shartnomasiga muvofiq chizma, sxema, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar.
134. Texnik hujjatlar davlat tilida va buyurtmachining talabiga ko‘ra boshqa tillarga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
135. Uskuna pasporti uskunani identifikatsiya qilish uchun asosiy hujjat hisoblanadi hamda undan O‘zbekiston Respublikasi hududida uskunaning butun hayotiy davrida foydalanish majburiy hisoblanadi.
Uskuna pasporti ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Uskuna pasportida ishlab chiqaruvchining imzosi va rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi.
Uskuna pasporti qog‘oz va elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Elektron shakldagi pasport, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi (uskuna yetkazib beruvchi) tomonidan berilgan bo‘lsa, QR-kod orqali tasdiqlangan bo‘lishi shart. QR-kod orqali pasportning haqiqiyligi va uning asilligi tekshirilishi mumkin bo‘lishi lozim.
136. Uskunalarning turiga qarab, ularning pasportida ushbu Texnik reglamentning 137 — 141-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
137. Quvuro‘tkazgich pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) quvuro‘tkazgichdan foydalanuvchi tashkilotning hamda quvur ishlab chiqaruvchisining nomi va manzili;
b) quvuro‘tkazgich nomi va toifasi;
v) quvur ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
g) ishchi muhitning nomi va guruhi;
d) hisoblangan bosim, MRa (kgf/cm2), ishchi bosim, MRa (kgf/cm2), devorning hisoblangan harorati, °C, ishchi muhitning ishchi harorati, °C;
e) hisoblangan xizmat muddati;
j) hisoblangan resurs;
z) hisoblangan ishga tushirishlar soni;
i) quvur ishlab chiqarish (tayyorlash) va quvuro‘tkazgichni o‘rnatishga oid sxemalar, chizmalar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar;
k) quvur diametri;
l) quvur materialining markasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
138. Qozon pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi (ma’lumot hajmi qozon turiga qarab ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi):
a) umumiy ma’lumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
turi (modeli);
nomi va qo‘llanish maqsadi;
zavod raqami;
hisoblangan xizmat muddati;
qozon va asosiy qismlarning hisoblangan resursi;
ishga tushirishning hisoblangan soni;
qozonning geometrik o‘lchamlari;
b) texnik xususiyati va ko‘rsatkichlari:
hisoblangan yonilg‘i turi va uning yonishida ajralib chiqadigan issiqlik qiymati, MJ/kg (kcal/kg) yoki MJ /m³ (kcal/m³);
yonilg‘i sarfi, m3/h (t/h);
yoqish qurilmasining (gorelka) turi va texnik xususiyati;
qozonning nominal ishlab chiqarish quvvatidagi eng yuqori ruxsat etilgan gidravlik qarshiligi, MRa (kgf/cm2);
nominal haroratda minimal yo‘l qo‘yiladigan bosim, MRa (kgf/cm2);
qozondan chiquvchi bug‘ning nominal harorati, °S;
hisoblangan qizdirilgan bug‘ (suyuqlik) harorati, °S;
qozonga kiruvchi suyuqlikning nominal harorati, °S;
qozondan chiquvchi suyuqlikning nominal va maksimal harorati, °S;
bug‘ ishlab chiqarishning nominal, eng past va eng yuqori ruxsat etilgan qiymati, t/h;
issiqlik ishlab chiqarishning nominal, eng past va eng yuqori ruxsat etilgan qiymati, kW;
qozon va uning asosiy qismlarining issiqlik berish yuzasi, m²;
sig‘imi, m³;
suyuqlikning eng past va eng yuqori ruxsat etilgan sarfi, m3/h;
v) saqlovchi qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar (turi, soni, o‘rnatish joyi, kesim maydoni, nominal diametri, bug‘ yoki suyuqlik sarfi koeffitsiyenti, ochilishining boshlanish qiymati (diapazoni));
g) suyuqlik (suv) sathi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar (ko‘rsatkich turi, soni, o‘rnatish joyi);
d) asosiy armatura to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, nominal diametri, shartli bosimi, ishchi ko‘rsatkichlari, korpus materiali, o‘rnatish joyi);
e) o‘lchash, boshqarish, xabar berish tizimi (signalizatsiya), tartibga solish va avtomatik himoya uchun mo‘ljallangan asosiy qurilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori, turi (markasi));
j) nasoslar to‘g‘risida ma’lumotlar (turi, soni, ishchi ko‘rsatkichlari, uzatma turi);
z) listli po‘latdan tayyorlangan qozonning asosiy elementlari to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, o‘lchamlari, materiali, payvandlash va issiqlik ishlov berish, o‘lchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqalar);
i) quvurlardan tayyorlangan qozon elementlari to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, o‘lchamlari, materiali, payvandlash va issiqlik ishlov berish, o‘lchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqalar);
k) shtutserlar, qopqoqlar, tub qismlar, o‘tish qismlari, flanetslar to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, o‘lchamlari, materiali);
l) issiqlik tashuvchi modda to‘g‘risida ma’lumotlar (nomi, qo‘llanishning ruxsat etilgan eng yuqori harorati, ochiq havoda o‘z-o‘zidan alangalanish harorati, qotish harorati, qaynash harorati, bosim ta’sirida qaynash haroratining o‘zgarishi (egri chiziq), xavfsiz foydalanishga ta’sir etuvchi boshqa ma’lumotlar);
m) qozon va uning asosiy elementlariga oid sxemalar, chizmalar va boshqa hujjatlar (zavod o‘zgarishlarining jamlanma qaydnomasi, jihozlash ro‘yxati, yig‘ma birliklarning asosiy o‘lchamlari ko‘rsatilgan xususiyatlari va boshqalar);
n) qozondan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi boshqa ma’lumotlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
139. Idish pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) umumiy ma’lumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
zavod raqami;
hisoblangan xizmat muddati;
kuchlanish amplitudasi qiymatini aniqlash mumkin bo‘lgan holda, ruxsat etilgan yuklanish davrlari soni;
b) texnik xususiyatlar va ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
hisoblangan bosim ostida idish devorining ruxsat etilgan eng past harorati, °S;
ishchi muhit nomi;
ishchi muhitlar guruhi;
korroziya (eroziya)ni qoplash uchun qo‘shimcha qiymat, mm;
sig‘im, m³;
bo‘sh idishning og‘irligi, kg;
quyiladigan muhitning maksimal og‘irligi, kg;
v) asosiy qismlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ularning soni, o‘lchamlari, materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, payvandlash (kavsharlash) va termik ishlov berish), o‘lchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqa ma’lumotlar;
g) shtutserlar, flanetslar, qopqoqlar, mustahkamlovchi buyumlar to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, o‘lchamlari, materiallari);
d) xavfsizlik qurilmalari, asosiy armatura, nazorat-o‘lchash asboblari, xavfsizlik asboblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori, nominal diametri, nominal bosimi va (yoki) hisoblangan bosimi, korpus materiali, o‘rnatish joyi);
e) idishning rasmlari, sxemalari, chizmalari va boshqa hujjatlar (zavodda kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha jamlanma qaydnomasi, jihozlash ro‘yxati, yig‘ma birliklarning asosiy o‘lchamlari ko‘rsatilgan tasniflar va boshqalar);
j) manfiy harorat sharoitida ishga tushirish (to‘xtatish) tartibi va idishdan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi boshqa ma’lumotlar (agar bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lsa).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
140. Ballon pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) umumiy ma’lumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
ballonning belgilanishi;
ishchi muhitning nomi va guruhi;
zavod raqami;
b) texnik xususiyatlari va ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
ishchi bosimi, MRa (kfg/cm2);
sinash bosimi,MRa (kfg/cm2)
ballonning asosiy o‘lchamlari, ballon chizmasi;
sig‘imi, m3 (l);
og‘irligi, kg;
og‘iz qismidagi rezba;
og‘iz qismidagi zichlagich;
foydalanish harorat diapazoni, °S;
ishchi muhitning harorati, °C;
ruxsat etilgan eng ko‘p to‘ldirish soni;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sanadan boshlab hisoblangan xizmat muddati, yil;
v) ballonni tashish va saqlashga qo‘yiladigan talablar;
g) ballonni o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar;
d) ballondan foydalanishga qo‘yiladigan talablar;
e) ballondan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi boshqa ma’lumotlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
141. Armatura pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) umumiy ma’lumotlar:
ishlab chiqaruvchi nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
armaturaning nomi, belgisi va identifikatsiya (zavod) raqami;
armaturaning mo‘ljallangan vazifasi (to‘g‘ri ishlatish maqsadi);
muvofiqlikni tasdiqlovchi ma’lumotlar;
b) texnik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
nominal diametr (DN);
nominal bosim (PN) yoki ishchi bosim (Rr), MRa (kfg/sm2);
ishchi muhitning nomi va guruhi;
ishchi muhitning harorati, °S;
zatvor tiqinining germetikligi;
iqlim sharoitiga mosligi va atrof-muhit ko‘rsatkichlari;
quvuro‘tkazgichga ulanish turi;
gidravlik xususiyatlari (qarshilik koeffitsiyenti yoki shartli o‘tkazuvchanlik imkoniyati yoki sarf koeffitsiyenti);
tashqi ta’sirlarga chidamliligi (ushbu ma’lumotni ko‘rsatish zarur bo‘lganda);
og‘irligi, kg;
ishonchlilik ko‘rsatkichlari;
xavfsizlik ko‘rsatkichlari;
uzatma turi va uning asosiy texnik xususiyatlari;
v) asosiy qismlarning materiallari to‘g‘risida ma’lumotlar;
g) armaturadan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi boshqa ma’lumotlar.
142. Ishlab chiqaruvchi ushbu Texnik reglamentning 137 — 141-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni aynan uskunaning konstruktiv xususiyatlarini aks ettiradigan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
143. Uskunalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) uskunaning konstruksiyasi, ishlash prinsipi, xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) uskunani montaj qilish yoki yig‘ish, sozlash yoki tartibga solish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar;
v) uskunadan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash choralari (ishga tushirish, belgilangan maqsadda qo‘llash, texnik xizmat ko‘rsatish, barcha turdagi ta’mirlash ishlari, davriy texnik tashxislash (diagnostika), sinashlar, tashish, qadoqlash, konservatsiyalash va saqlash shartlari);
g) konstruktiv xususiyatlariga qarab belgilangan ko‘rsatkichlar (saqlash, belgilangan xizmat muddati va (yoki) belgilangan resurs);
d) ehtimoliy noxush hodisalar ro‘yxati, xodimlarning baxtsiz hodisa yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan xato harakatlari;
e) baxtsiz hodisa, avariya yoki kritik buzilishlar holatida xodimlar harakati;
j) chegaraviy holatlar mezonlari;
z) uskunani foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
i) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
k) ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchining nomi, joylashgan joyi va aloqa ma’lumotlari.
144. Uskunadan xavfsiz foydalanish qoidalari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
4-bob. Uskunani qadoqlash va tamg‘alash talablari
1-§. Uskunani qadoqlash talablari
145. Uskunani qadoqlash yuklash-tushirish ishlari, tashish va saqlash jarayonlarida uning butun saqlanishi, shuningdek, tashqi ta’sir etuvchi omillardan (iqlimiy va mexanik) himoyalanishini ta’minlashi lozim.
146. Iste’molchi bilan kelishilgan holda, uskunani tashish va saqlash jarayonida uni tashqi ta’sir etuvchi omillardan (iqlimiy va mexanik) himoyalash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan taqdirda, qadoqlashsiz yetkazib berish mumkin.
2-§. Tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
147. Ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladigan uskunalar O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va (yoki) tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda tuzilgan yuk hujjatlariga, aniq ko‘rinadigan va o‘chib ketmaydigan quyidagilarni ifodalovchi identifikatsiya yozuvlariga ega bo‘lishi kerak:
a) uskunaning nomi va (yoki) turi, markasi, modeli;
b) texnik xususiyatlari va ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar (idishlar, qozonlar, ballonlar uchun — ishchi, hisoblangan va sinash bosimlari ko‘rsatilgan holda);
v) uskuna (uning qismlari) tayyorlangan material nomi;
g) ishlab chiqaruvchi nomi va uning tovar belgisi (mavjud bo‘lganda);
d) zavod raqami;
e) ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
j) ishlab chiqaruvchi davlat nomi;
z) energiya ishlab chiqaruvchi va (yoki) energiya iste’mol qiluvchi uskunalar uchun energiya samaradorlik ko‘rsatkichi.
Ishlab chiqaruvchi uskunani tamg‘alashda uni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirishiga yo‘l qo‘yiladi.
148. Agar ushbu Texnik reglamentning 147-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bevosita uskunaning o‘ziga joylashtirish imkonsiz bo‘lsa, ushbu ma’lumotlar foydalanish qo‘llanmasi (yo‘riqnomasi)da ko‘rsatilishi mumkin.
149. Tamg‘a uskunaning o‘ziga yoki unga mahkamlanadigan metall plastinka (tablichka)ga, shuningdek, qadog‘iga qo‘yiladi. Undagi ma’lumotlar ishonchli, o‘qishga hamda identifikatsiya qilish uchun qulay bo‘lishi shart.
150. Ballonlarni ajratuvchi rangga bo‘yash va identifikatsiya qilish talablari ushbu Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan.
Agar ballonlar korroziyaga chidamli yoki issiqlikdan himoyalangan materiallar bilan qoplangan bo‘lsa, butun uzunligi bo‘ylab ajratuvchi rangga bo‘yash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
151. Suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashish uchun mo‘ljallangan avtotsisternalarning tashqi yuzasi och kulrang rangga bo‘yaladi. Idishning har ikki yon tomoniga 200 mm dan kam bo‘lmagan kenglikdagi qizil rangli ajratuvchi chiziq hamda ustiga qora rangda “Propan — yong‘in jihatdan xavfli” yozuvi joylashtiriladi. Idishning orqa tub qismiga qora rangda “Yong‘in jihatdan xavfli” yozuvi joylashtiriladi.
Agar avtotsisternalar korroziyaga chidamli va issiqlikdan himoyalangan materiallar bilan qoplangan bo‘lsa, butun uzunligi bo‘ylab ajratuvchi rangga bo‘yash talab etilmaydi.
152. Tamg‘ani ajratuvchi rangga bo‘yash va identifikatsiya ma’lumotlari uning uzoq muddat saqlanishini ta’minlashi lozim.
5-bob. Muvofiqlikni baholash
1-§. Uskunani identifikatsiya qilish
153. Uskuna taqdim etilgan yuk hujjatlariga muvofiqligini aniqlash uchun identifikatsiya qilinadi.
154. Uskunani identifikatsiya qilish uning tasniflari ushbu Texnik reglamentning 147-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
155. Uskunani identifikatsiya qilish uchun mahsulot tasniflagichida va loyiha hujjatlarida, shu jumladan, texnik shartlar va yetkazib berish shartnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
156. Uskunaning identifikatsiyasi uskunaning nomi, turi (vazifasi) kabi ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilar tomonidan o‘tkaziladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida uni muomalaga kiritgan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi);
mahsulot muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida tegishli ishlarni amalga oshiruvchi sertifikatlashtirish organi;
davlat nazorati organlari — Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.
2-§. Namunalarni tanlab olish va sinovlar o‘tkazish
157. Uskunaning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
158. Uskunaning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov va namuna olish usullari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3-§. Uskunaning muvofiqligini tasdiqlash
159. Uskunaning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoki sertifikatlash orqali tasdiqlanadi.
160. Ushbu Texnik reglamentda keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan uskunalar ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra sertifikatlashtirish tartibida o‘tkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
161. Uskunaning muvofiqligi quyidagi sxemalardan biri bo‘yicha deklaratsiya qilish yo‘li bilan tasdiqlanadi:
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan 1 va 2-toifaga mansub uskunalar uchun ariza beruvchining o‘z dalillariga asoslanib muvofiqlikni e’lon qilishda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
2D sxema — uskuna to‘pi yoki yagona (bitta) 1 va 2-toifaga mansub uskuna uchun ariza beruvchining o‘z dalillari asosida muvofiqlikni e’lon qilishda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan 1 va 2-toifali uskunalar uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining o‘z dalillari (agar mavjud bo‘lsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
4D sxema — uskuna to‘pi yoki yagona (bitta) 1 va 2-toifaga mansub uskuna uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining o‘z dalillari (agar mavjud bo‘lsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
5D sxema — seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilganda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
162. Uskunaning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagi sxemalar asosida sertifikatlashtirish orqali baholanadi:
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan uskunalarni sertifikatlashtirishda qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
3S sxema — uskunalarning to‘pi uchun qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamg‘alanishini ta’minlaydi. Uskunalar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar mazkur sxema orqali sertifikatlashtirilishi mumkin. Bunda sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning tanlab olingan namunalariga va ularni sertifikatlashtirish organiga yetkazib berishga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi;
4S sxema — yagona (bitta) uskuna uchun Texnik reglamentda belgilangan sinash va o‘lchash jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa, qo‘llanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
163. Muvofiqlikni deklaratsiyalash va sertifikatlashtirish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
6-bob. O‘tish davri
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
164. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan va uskunalar uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglament talablari bilan moslashtirilguniga qadar normativ hujjatlarning ushbu Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari amalda qo‘llanadi.
165. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar uskunalar uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda bo‘ladi.
7-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
166. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, uskunalar xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8-bob. Texnik reglament talablarini buzganlik uchun javobgarlik
167. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Uskunalarning xavflilik toifasi bo‘yicha tasniflanishi
Saqlovchi qurilmalar 4-toifa bo‘yicha tasniflanadi.
Uskunaning bosim ta’siriga chidamli elementlari (yig‘ma birliklari va qismlari) hamda unga tegishli butlovchi qismlar, ko‘rsatuvchi va saqlovchi qurilmalar, xavfsizlik qurilmalari va uskunalar 4-toifa bo‘yicha tasniflanadi.
Bunda qurilma muayyan uskuna uchun ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) taqdirda, qurilma aynan ushbu uskuna uchun belgilangan toifa bo‘yicha tasniflanishi mumkin.
Agar uskuna bir xil guruhdagi turli ishchi muhitlarga yoki har xil guruhdagi ishchi muhitlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, har bir ishchi muhit uchun belgilangan toifalar orasidan eng yuqori toifa bo‘yicha tasniflanadi.
2. Uskuna toifasi (4-toifadan tashqari) quyida keltirilgan uning hisoblangan devor haroratida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bir pog‘onaga oshiriladi:
uglerodli hamda kam qotishmali marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latlar uchun — 380 °C va undan yuqori;
kam qotishmali xrom-molibdenli va xrom-molibden-vanadiyli po‘latlar uchun — 450 °C va undan yuqori;
yuqori xromli martensit sinfiga mansub va austenitli qo‘shilmali po‘latlar uchun — 525 °C va undan yuqori;
temir-nikel asosidagi qotishmalar uchun — 575 °C va undan yuqori;
nikel asosidagi qotishmalar uchun — 600 °C va undan yuqori.
1-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan gazlar uchun mo‘ljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sig‘imi
(m3)
Hisoblangan bosim va sig‘im qiymatlarining ko‘paytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,001 dan yuqori
0,0025 dan 0,005 gacha
0,05 dan yuqori
2
0,001 dan yuqori
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan yuqori
3
0,0001 dan 0,001 gacha
me’yorlanmaydi
20 dan 100 gacha
0,001 dan yuqori
0,02 dan 0,1 gacha
0,05 dan yuqori
4
0,0001 dan 0,001 gacha
me’yorlanmaydi
100 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,1 dan yuqori
0,05 dan yuqori
2-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan gazlar uchun mo‘ljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sig‘imi
(m3)
Hisoblangan bosim va sig‘im qiymatlarining ko‘paytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,001 dan 0,4 gacha
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan 20 gacha
2
0,001 dan 2 gacha
0,02 dan 0,1 gacha
0,05 dan 100 gacha
3
0,0001 dan 0,001 gacha
me’yorlanmaydi
100 dan 300 gacha
0,001 dan 0,75 gacha
0,1 dan 0,3 gacha
0,05 dan yuqori
0,75 dan yuqori
0,1 dan yuqori
0,05 dan 0,4 gacha
4
0,0001 dan 0,001 gacha
me’yorlanmaydi
300 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,3 dan yuqori
0,4 dan yuqori
3-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sig‘imi
(m3)
Hisoblangan bosim va sig‘imning ko‘paytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim (MPa)
1
0,02 dan yuqori
0,02 dan yuqori
0,05 dan 1 gacha
2
0,0001 dan 0,001 gacha
me’yorlanmaydi
50 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,02 dan yuqori
1 dan 50 gacha
3
0,001 dan yuqori
me’yorlanmaydi
50 dan yuqori
4-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sig‘imi
(m3)
Hisoblangan bosim va sig‘imning ko‘paytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,0001 dan 0,01 gacha
me’yorlanmaydi
100 dan yuqori
2
0,02 dan yuqori
1 dan yuqori
1 dan 50 gacha
0,01 dan yuqori
1 dan yuqori
50 dan yuqori
5-jadval
Yuqori bosimdagi bug‘ hosil qilish uchun mo‘ljallangan qozonlar va o‘t yoqib qizdiriladigan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sig‘imi
(m3)
Hisoblangan bosim va sig‘imning ko‘paytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,002 dan yuqori
0,005 gacha
0,05 dan yuqori
2
0,002 dan yuqori
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan 3,2 gacha
3
0,002 dan 1 gacha
0,02 dan 0,3 gacha
0,05 dan 3,2 gacha
4
0,002 dan yuqori
me’yorlanmaydi
3,2 dan yuqori
0,0021 dan 1 gacha
0,3 dan yuqori
0,05 dan 3,2 gacha
1 dan yuqori
me’yorlanmaydi
0,05 dan 3,2 gacha
6-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning ko‘paytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
25 dan 100 gacha
100 gacha
0,05 dan yuqori
2
25 dan 100 gacha
100 dan yuqori
1 dan yuqori
100 dan 350 gacha
350 gacha
0,05 dan yuqori
3
100 dan 350 gacha
350 dan yuqori
1 dan yuqori
350 dan yuqori
me’yorlanmaydi
0,05 dan yuqori
7-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bug‘lar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning ko‘paytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
32 dan 100 gacha
100 dan yuqori
0,05 dan yuqori
100 dan yuqori
100 dan 350 gacha
0,05 dan yuqori
2
100 dan 250 gacha
350 dan yuqori
0,05 dan yuqori
250 dan yuqori
350 dan 500 gacha
0,05 dan yuqori
3
250 dan yuqori
500 dan yuqori
0,05 dan yuqori
8-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning ko‘paytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
25 dan yuqori
200 dan yuqori
0,05 dan 1 gacha
2
25 dan yuqori
200 dan yuqori
1 dan 50 gacha
3
25 dan yuqori
me’yorlanmaydi
50 dan yuqori
9-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskunaning toifasi
Nominal diametr
(mm)
Maksimal ruxsat etilgan ishchi bosim va nominal diametr
(MRa·mm)
Maksimal ruxsat etilgan ishchi bosim
(MRa)
1
200 dan yuqori
500 dan yuqori
1 dan 50 gacha
2
200 dan yuqori
me’yorlanmaydi
50 dan yuqori
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga 2-ILOVA
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan uskunalar
RO‘YXATI
T/r
Mahsulot nomi
TIF TN kodi
1.
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar; suyuqliklar yoki gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun uskunalar va qurilmalar.
8421 19 700 9,
8421 21 000,
8421 29 000 6,
8421 29 000 9,
8421 39 200,
8421 39 610,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
2.
Haroratda o‘zgarish bo‘ladigan jarayonlarda, masalan, isitish, qaynatish, qovurish, distillyatsiya, rektifikatsiya, sterilizatsiya, pasterizatsiya, bug‘da qizdirish, quritish, qaynatib bug‘lantirish, kondensatsiyalash yoki sovitish jarayonlarida materiallarni qayta ishlash uchun elektr bilan yoki elektrsiz isitiladigan sanoat yoki laboratoriya mashinalari va uskunalari.
8419 90 850 9
3.
Bosim ostida ishlaydigan filtr, absorber.
8421 21 000 9,
8421 29 000 1,
8421 29 000 2,
8421 29 000 6,
8421 29 000 9,
8421 39 200 1,
8421 39 200 3,
8421 39 200 8,
8421 39 610 1,
8421 39 610 9,
8421 39 800 1,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
4.
Tabiiy gaz kompressorining filtri.
8421 39 200 1,
8421 39 200 3,
8421 39 200 8,
8421 39 610 1,
8421 39 610 9,
8421 39 800 1,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
5.
Bosim ostida ishlaydigan gidratlash reaktori.
7311 00 130 0,
7311 00 190 0
6.
Elektr pechlar va kameralar sanoat miqyosida yoki laboratoriyada (shu jumladan, induksion yoki dielektrik yo‘qotishlar asosida ishlaydiganlar).
8514 90 000 9
7.
Bosim regulatori (dekompozer).
8481 80 990 7
8.
Barcha turdagi moddalar uchun (siqilgan yoki suyultirilgan gazdan tashqari) 300 litrdan ortiq bo‘lmagan sig‘imga ega, sirtqi qoplam yoki termoizolyatsiya qilingan yoki ularsiz, biroq mexanik yoki teploizolyatsiyasiz rezervuar, sisterna, bak va shu kabi aluminiy hajmlar.
7612 90 800 2,
7612 90 800 8
9.
Bug‘ qozonlari yoki boshqa bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar (past bosimli bug‘ ishlab chiqara oladigan markaziy isitish suv qozonlaridan tashqari);
o‘ta qizdirilgan suv qozonlari.
8402 11 000 0,
8402 12 000 0,
8402 19 900 0,
8402 20 000 0
10.
Markaziy isitish qozonlari, 8402 tovar pozitsiyasidagi qozonlardan tashqari.
8403 10 100 0,
8403 10 900 0,
8403 90 100 0,
8403 90 900 0
11.
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar;
suyuqliklar yoki gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun mo‘ljallangan uskunalar va qurilmalar.
8421 19 700 9
12.
Barcha turdagi gazlar sig‘imi (geliy, kislorod, argon, vodorod, atsetilen, uglerod oksidi, butan).
7311 00 130 0,
7311 00 190 0
13.
Kranlar, klapanlar, ventillar va shunga o‘xshash armatura truboprovodlar uchun, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga o‘xshash idishlarga o‘rnatiladigan, shu jumladan, bosimni pasaytiruvchi va termostatik klapanlar.
8481 10 190 0,
8481 10 990,
8481 10 990 8,
8481 30 990,
8481 30 910 0,
8481 80 990 7
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga 3-ILOVA
Ballonlarni ajratuvchi rangga bo‘yash va identifikatsiya qilish talablari
T/r
Saqlanadigan gazning nomi
Ballonlar rangi
Ishchi muhit
Yozuv rangi
Chiziqlar rangi
1.
Azot
qora
azot
sariq
jigarrang
2.
Ammiak
sariq
ammiak
qora
-
3.
Argon xomashyosi
qora
argon xomashyosi
oq
oq
4.
Texnik argon
qora
texnik argon
ko‘k
ko‘k
5.
Toza argon
kulrang
toza argon
yashil
yashil
6.
Atsetilen
oq
atsetilen
qizil
-
7.
Butilen
qizil
butilen
sariq
qora
8.
Neftgaz
kul rang
neftgaz
qizil
-
9.
Butan
qizil
butan
oq
-
10.
Vodorod
to‘q yashil
vodorod
qizil
-
11.
Havo
qora
siqilgan havo
oq
-
12.
Geliy
jigarrang
geliy
oq
-
13.
Azot oksidi
kulrang
azot oksidi
qora
-
14.
Kislorod
havorang
kislorod
qora
-
15.
Tibbiyot kislorodi
havorang
tibbiyot kislorodi
qora
-
16.
Oltingugurt angidridi
oq
oltingugurt angidridi
qizil
qizil
17.
Sulfat angidridi
qora
sulfat angidridi
oq
sariq
18.
Karbonat angidridi
qora
karbonat angidridi
sariq
-
19.
Fosgen
himoyalangan
-
sariq
qizil
20.
Freon-11
alyuminlangan
freon-11
qora
havorang
21.
Freon-12
alyuminlangan
freon-12
qora
havorang
22.
Freon-13
alyuminlangan
freon-13
qora
2 qizil
23.
Freon-22
alyuminlangan
freon-22
qora
2 sariq
24.
Xlor
himoyalangan
xlor
qora
yashil
25.
Siklopropan
to‘q sariq
siklopropan
qora
yashil
26.
Etilen
binafsharang
etilen
qizil
yashil
27.
Boshqa barcha yonuvchi gazlar
qizil
gazning nomi
oq
yashil
28.
Boshqa barcha yonmaydigan gazlar bo‘lmagan gazlar
qora
gazning nomi
sariq
yashil
*Izohlar.
1. Yozuv ballon atrofining kamida 1/3 qismiga, chiziq esa butun aylana bo‘ylab quyiladi. Sig‘imi 12 l dan ortiq bo‘lgan ballonlarda harflarning balandligi — 60 mm, chiziq kengligi — 25 mm bo‘lishi kerak. Sig‘imi 12 l gacha bo‘lgan ballonlarda harflar va chiziq o‘lchamlari ballonning yon tomon yuzasi hajmiga qarab belgilanadi.
2. Siqilgan havo bilan nafas olish apparatlari va o‘z-o‘zini qutqarish vositalari uchun mo‘ljallangan 12 l gacha ballonlarni kulrang yoki sariq rangga bo‘yashga ruxsat etiladi.
3. Xavfli yuklarni tashishda doimiy ravishda foydalaniladigan avtotransport vositalari kuzovi, avtotsisternalar, tirkamalar va yarim tirkama-sisternalar mazkur xavfli yuklar uchun belgilangan tanituvchi (identifikatsiya) yozuvlari O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi shart.
Suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash va tashishga mo‘ljallangan idishlarning bo‘yog‘iga va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
1. Suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini texnik va xavfsiz ishlatish qoidalari hamda Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Avtomobilga o‘rnatilgan idishlar orqali suyultirilgan uglevodorod gazini tashish uchun mo‘ljallangan avtotsisternalardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari hamda Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Suyultirilgan uglevorod gazlarini tashish uchun mo‘ljallangan avtotsisternalar och kulrangga bo‘yaladi. Idishning ikki yon tomoniga kengligi kamida 200 mm bo‘lgan, ustiga qora rangda “Propan — yong‘in jihatdan xavfli” yozuvi tushirilgan qizil ajratish chizig‘i chiziladi. Idishning orqa tub qismiga qora rangda “Yong‘in jihatdan xavfli” yozuvi yoziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 2-ILOVA
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
1. Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga (keyingi o‘rinlarda — uskunalar) doir standartlar ro‘yxatini tuzadi va xatlovdan o‘tkazadi.
Uch oy muddatda
2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan uskunalarining muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, namunalar olish, sinash va o‘lchash usullarini belgilaydigan standartlar ro‘yxatlarini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Bir oy muddatda
2-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinash laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
Olti oy muddatda
3-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq
4-bosqich
Texnik reglament talablari qo‘llaniladigan subyektlar
1. Texnik reglament talablarini o‘rganadi, mas’ul xodimlarni o‘qitadi va o‘z faoliyatida joriy qiladi.
Kelishilgan muddatlarda
2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan o‘tkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.
Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab
5-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
6-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentni qo‘llash amaliyotini monitoring qiladi va ma’lumotlarni tizimli ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Har chorakda
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida:
b) 4-ilova 3-bandining 2-kichik bandidagi “0,07 megapaskaldan” so‘zlari “0,05 megapaskaldan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova IV bo‘limining rus tilidagi matnida:
nomi va 7-pozitsiyadagi “0,07 MRa” so‘zlari “0,05 MRa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “0,07 MPa” va “115°S” so‘zlari tegishlicha “0,05 MRa” va “110°S”so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 32-ilovada:
a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni 5-bandida:
birinchi va beshinchi xatboshilardagi, “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “yo” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “j” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “n” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” so‘zlari tegishlicha “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “d” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “e” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “z” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “l” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “m” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” so‘zlari “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni 5-bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” so‘zlari tegishli son va kelishikdagi “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-pozitsiyaning uchinchi ustuni “e” kichik bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, “yo” kichik bandi birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” so‘zlari tegishli son va kelishikdagi “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-iyundagi 427-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 40-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 47-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)