O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam to‘lash to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoni 3-bandining “v” kichik bandiga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)larning ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish to‘g‘risida arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, moddiy yordam oluvchilar reyestrini shakllantirish hamda ularga subsidiya shaklida moddiy yordamni inson omilisiz avtomatik hisoblash va to‘lashni yo‘lga qo‘yish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
moddiy yordam mablag‘larini ularni oluvchilarning “ijtimoiy karta”siga, u mavjud bo‘lmaganda AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkazish. Bunda birinchi marta bank kartalarini ochish uchun moddiy yordam mablag‘larini oluvchilardan haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yolg‘iz ona (ota)larga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam olish bo‘yicha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yolg‘iz ona (ota)lar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoxud ijtimoiy xodim orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
4. Belgilab qo‘yilsinki, moddiy yordamni to‘lash bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish va to‘lash jarayonida SMS-xabarnoma yuborish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasida ochilgan alohida g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
6. Agentlik 2025-yil 1-sentabrdan qadar:
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida moddiy yordam olish uchun elektron arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, moddiy yordam oluvchilar reyestrini shakllantirish hamda ularga moddiy yordam miqdorini avtomatik hisoblash va to‘lash imkoniyatini yaratsin;
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda moddiy yordam olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalar qabul qilish hamda xizmatlar ko‘rsatishning har bir bosqichida arizalar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
yolg‘iz ona (ota)larning AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun AT “Xalq banki”ning tegishli axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-iyul,
484-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 484-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)larga (keyingi o‘rinlarda — qonuniy vakil) farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan subsidiya shaklida moddiy yordam to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Moddiy yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan uch yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)iga bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq to‘lab beriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda moddiy yordam qonuniy vakilning uch yoshgacha bo‘lgan faqat bir nafar farzandi (bolalar egizak bo‘lsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.
2-bob. Moddiy yordam olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
3. Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazlari), Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YAMIH” AT), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari;
uch yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)ining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi(lari) ma’lumotlari;
mobil telefoni raqami;
AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma’lumotlari (“ijtimoiy karta” mavjud bo‘lmagan hollarda).
4. Qonuniy vakil arizani YIDXP orqali kiritishda, dastlab ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishib chiqadi va tasdiqlaydi.
Qonuniy vakil ijtimoiy shartnomani tasdiqlamagan taqdirda, ariza kiritish imkoniyati cheklanadi.
5. Qonuniy vakilning o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” markazi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi dastlab qonuniy vakilni ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishtiradi. Ijtimoiy shartnoma qonuniy vakil tomonidan imzolangandan so‘ng uning nomidan arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
Ariza to‘ldirilgandan so‘ng qonuniy vakil ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, barmoq izi va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
6. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar “YAMIH” ATda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali bir ish kunida ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha avtomatik tarzda tekshiriladi.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha arizaning qanoatlantirilgani yoki qanoatlantirish rad etilgani to‘g‘risida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Xabarnomada arizaning qanoatlantirishni rad etish asoslari aniq ko‘rsatilishi lozim.
7. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qonuniy vakil “YAMIH” ATda yuritiladigan Maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam oluvchilar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam oluvchilar ro‘yxati) kiritiladi va bu haqida qonuniy vakil mobil telefoni raqamiga SMS-xabarnoma yuborish yoki YIDXP dagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
8. Quyidagi holatlarda ariza rad etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qonuniy vakil Ijtimoiy reyestrga kiritilmaganda;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
qonuniy vakil rasmiy band bo‘lmaganda;
farzand uch yoshdan katta bo‘lganda;
farzand maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bo‘lmagan taqdirda;
qonuniy vakil tomonidan boshqa bir farzandi uchun ariza berilganda (shu jumladan, ilgari boshqa farzandi uchun moddiy yordam ajratilganda), egizak farzandlar uchun berilgan ariza bundan mustasno.
9. Moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risidagi ariza qonuniy vakil tomonidan faqat bir marta beriladi va keyingi har oyda uning ma’lumotlari “YAMIH” AT orqali qayta tekshiriladi hamda ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga mos kelsa, moddiy yordam avtomatik tarzda hisoblab boriladi.
10. Quyidagi hollarda moddiy yordamning hisoblanishi va to‘lanishi to‘xtatiladi:
bola uch yoshga to‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
qonuniy vakil rasmiy band bo‘lmaganda;
bola doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
bola vafot etganda, sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
bola maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ro‘yxatidan chiqarilganda;
bola to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda;
ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar qonuniy vakil tomonidan bajarilmaganda.
3-bob. Moddiy yordamni hisoblash va to‘lash tartibi
11. Moddiy yordam hisobot oyida shakllantirilgan moddiy yordam oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan qonuniy vakillarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotiga ota-onalar to‘lovni haqiqatda to‘lagan miqdorlarda, biroq mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan miqdorlardan oshmagan holda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasiga qadar “YAMIH” ATda avtomatik tarzda hisoblanadi.
Bunda qonuniy vakillarning farzand(lar)i uchun maktabgacha ta’lim tashkilotiga ota-onalar haqiqatda to‘lagan to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimlari orqali olinadi.
12. Hisoblangan moddiy yordam miqdorlari bo‘yicha tuman (shahar)lar kesimida qonuniy vakillarning F.I.O., fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi, raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), to‘lov summasi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan moddiy yordam oluvchilar elektron qaydnomalari (vedomostlar) va to‘lov summasi ko‘rsatilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari “YAMIH” ATda avtomatik tarzda shakllantiriladi.
13. Qonuniy vakillarga beriladigan mablag‘larni Jamg‘armaning alohida g‘azna hisobvarag‘idan moliyalashtirish uchun shakllantirilgan elektron qaydnomalar va to‘lov topshiriqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga avtomatik tarzda jo‘natiladi.
14. Moddiy yordam uchun Jamg‘arma mablag‘lari AT “Xalq banki”ning tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib berilgandan so‘ng “YAMIH” ATdan AT “Xalq banki”ning axborot tizimiga elektron qaydnomalar jo‘natiladi.
15. Moddiy yordam mablag‘lari hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud bo‘lmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkazib beriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Moddiy yordam mablag‘larining ajratilishi yuzasidan nazorat Agentlik hamda tegishli nazorat organlari tomonidan qonunchilikda hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvi

(yolg‘iz ona yoki ota)

 

1. Moddiy yordam olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YAMIH” AT), shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

2. Ariza YIDXP orqali kiritilganda, ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishib chiqadi va tasdiqlaydi.

 

Xohishiga ko‘ra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodim,

davlat xizmatlari markazi

 

1. Ariza beruvchini ommaviy oferta shaklidagi ijtimoiy shartnoma bilan tanishtiradi.

2. Ijtimoiy shartnoma qonuniy vakil tomonidan imzolangandan so‘ng, uning nomidan arizani elektron shaklda to‘ldiradi.

3. Ariza beruvchiga arizadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirtirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, barmoq izi va boshqalar) bilan tasdiqlatadi.

 

Ariza beruvchi murojaat qilgandan so‘ng bir soatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

YIDXP

 

1. Arizada keltirilgan ma’lumotlarni talablarga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha tekshiradi.

2. Tekshiruv yakuni bo‘yicha arizaning qanoatlantirilgani yoki qanoatlantirilmagani to‘g‘risida ariza beruvchining arizada ko‘rsatilgan mobil telefoni raqamiga yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga SMS-xabarnoma yuboradi.

3. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qonuniy vakilni “YAMIH” ATda yuritiladigan Maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam oluvchilar ro‘yxatiga kiritadi va bu haqida qonuniy vakilni uning mobil telefoni raqamiga SMS-xabarnoma yuborish va YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

 

Bir ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

 

1. Har oyda ariza beruvchining ma’lumotlarini qayta tekshiradi, talablarga to‘g‘ri kelishi aniqlanganda, moddiy yordamni avtomatik tarzda hisoblaydi.

 

Hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasigacha

 

 

2. Moddiy yordam mablag‘larini yolg‘iz ona (ota)larning “ijtimoiy karta”lariga yoki AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkazib beradi.

 

Hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)

 

____________________ “Inson
ijtimoiy xizmatlar markazi

 

 

 

Quyidagi manzilda yashovchi fuqaro ___________________

 

Mahalla _____________________

 

Ko‘cha (mavze) ________________

 

Xonadon __________________

 

pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta)
ma’lumotlari
_________________________

 

tomonidan ___________________________

 


(ariza beruvchining F.I.O.)

 

ARIZA

 

Sizdan 20___ yil “____” __________da tug‘ilgan farzandim

_______________________________________________________________________________________________________________


(farzandning F.I.O. va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi(lari) ma’lumotlari)

uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplashda ijtimoiy shartnoma asosida moddiy yordam tayinlanishi va uning to‘lab berilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

Moddiy yordam pulini _______________________________________________________________________________________ga
_
(“Ijtimoiy karta” yoki AT “Xalq banki” kartasi ma’lumotlari)

o‘tkazib berishingizni so‘rayman.

Arizani ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi xabar quyida keltirilgan telefon raqamiga: +998________________ yuborilishini so‘rayman.

 

Murojaat qiluvchining imzosi: _______________

 

Sana: 20 ___ yil “___” _______________

 

Arizani ro‘yxatdan o‘tkazdim:

________________________________________

____________

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki

(Imzo)

davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi)

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2025-y., 09/25/484/0688-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)