1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining har bir tuman (shahar)da Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
2025-yilda tashkil etiladigan Ilk rivojlanish markazlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2026 — 2028-yillarda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ilk rivojlanish markazlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ilk rivojlanish markazlarining (keyingi oʻrinlarda — markazlar) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish;
bolaning jamiyatga moslashishini va taʼlim olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
bolaning yoshi, oʻziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda ehtiyojlarini inobatga olib, har tomonlama kamol topishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
4. Belgilansinki:
a) markazlar quvvatiga nisbatan past koeffitsiyentda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, kasbiy taʼlim tashkilotlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida:
birinchi bosqichda (2025-yil) — 50 ta tuman (shahar)da;
ikkinchi bosqichda (2026 — 2028-yillar) — qolgan tuman (shahar)larda tashkil etiladi;
b) markazlar hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarni, shu jumladan, birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning (keyingi oʻrinlarda — ayrim toifadagi oilalar) farzandlarini qamrab oladi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
v) 3 — 6 yoshli bolalar uchun “oʻyin guruhi”, 2 — 7 yoshli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modellari asosida taʼlim-tarbiya beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
g) “oʻyin guruhi” modelini joriy qilish uchun ijtimoiy soha obyektlarining boʻsh turgan xonalari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi asosida markazlarga beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustdan boshlab ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibini joriy qilsin.
Bunda:
kompensatsiya bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;
kompensatsiya haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab vazirligi bilan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
kompensatsiya oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
a) ikki hafta muddatda quyidagilarni belgilangan tartibda tasdiqlasin:
markazlarda faoliyat yuritadigan xodim va pedagoglarga qoʻyiladigan malaka talablari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
markazlarda tashkil etiladigan “oʻyin guruhi” modeli asosida taʼlim-tarbiya beriladigan bolalarga qulay sharoit yaratish uchun zarur jihozlarga boʻlgan texnik talablar;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
b) ikki oy muddatda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda markazlarning “oʻyin guruhi”ga qabul qilingan hamda “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli boʻyicha tarbiyalanayotgan bolalarning elektron davomatini yuritish uchun “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida yangi modulni ishga tushirsin;
v) 2025-yil 1-avgustga qadar:
markazlarni oʻquv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
markazlarda faoliyat koʻrsatadigan pedagoglar, tarbiyachilar va boshqa xodimlarning qisqa muddatli malaka oshirish hamda ularni qayta tayyorlash kurslarida oʻqitilishini tashkil etsin;
g) markazlarda tarbiyalanuvchilar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalariga ularning farzandlari bilan samarali aloqa oʻrnatish, turli koʻnikmalarni rivojlantirish va oiladagi muhitni kuchaytirishga yordam berishga qaratilgan videoroliklar tayyorlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarda markazlar tashkil etiladigan ijtimoiy soha obyektlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan texnik talablarga muvofiq mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan zarur shart-sharoitlarni yaratsin;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari va markazlar xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, shuningdek, huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
8. Belgilansinki, ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-iyul,
439-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga 1-ILOVA
2025-yilda tashkil etiladigan Ilk rivojlanish markazlari
ROʻYXATI
T/r
Hudud nomi
Tuman (shahar) nomi
Manzil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Chimboy tumani
“Kunshi” MFY Doʻstlik guzari koʻchasi
Amudaryo tumani
“Olmazor” MFY Barkamol avlod koʻchasi 25-uy
Toʻrtkoʻl tumani
“Yaxtilik” MFY Zavq koʻchasi 4-uy
Andijon viloyati
Andijon tumani
“Yangi Toʻlqin” MFY Yetti oʻgʻil koʻchasi 10-uy
Asaka tumani
“Niyozbotir” MFY Fargʻona koʻchasi 21-uy
Izboskan tumani
“Tuyachi” MFY Taxtakoʻprik koʻchasi 1-uy
Oltinkoʻl tumani
“Ijtimoyat” MFY Ijtimoyat koʻchasi 18-uy
Shahrixon tumani
“Abdubiy” MFY Abdubiy koʻchasi 725-uy
Buxoro viloyati
Vobkent tumani
“Vobkent” MFY A. Donish koʻchasi 1-uy
Gʻijduvon tumani
“Qoʻrgʻon” MFY Navoiy koʻchasi
Jondor tumani
“Zarafshon” MFY M. Torobiy koʻchasi 1-uy
Jizzax viloyati
Sh. Rashidov tumani
“Nonisangil” MFY Navbahor koʻchasi 36-uy
Jizzax shahri
“Jizzaxlik” MFY Sh. Rashidov koʻchasi 297-uy
Doʻstlik tumani
“Chinobod” MFY Zarafshon koʻchasi 1-uy.
Zomin tumani
“Qayirma” MFY Mustaqillik koʻchasi 79-uy.
Qashqadaryo viloyati
Gʻuzor tumani
“Eskibogʻ” MFY Tugal qishlogʻi
Koson tumani
“Mashʼal” MFY Nasaf koʻchasi 101-uy
Kitob tumani
“Mustaqillik” MFY Istiqlol koʻchasi 53-uy
Qamashi tumani
“Oʻzbekiston” MFY Iftixor koʻchasi 5-uy
Chiroqchi tumani
“Zarbdor” MFY 3-uy
Navoiy viloyati
Karmana tumani
“Alisher Navoiy” MFY Navroʻz koʻchasi 17-uy
Konimex tumani
“Birlik” MFY Bunyodkor koʻchasi 39-uy
Xatirchi tumani
“Parahun” MFY
Uchquduq tumani
“Navoiy” MFY Xalqlar doʻstligi koʻchasi 44-uy
Namangan viloyati
Namangan shahri
“Yakkatut” MFY A. Temur koʻchasi 3-uy
Kosonsoy tumani
“Gulobod” MFY Meʼmor koʻchasi 73-uy
Uychi tumani
“Gʻayrat” MFY A. Temur koʻchasi
Chust tumani
“Mustaqillik” MFY Mustaqillik koʻchasi 1-uy
Norin tumani
“Margʻizor” MFY Semurugʻ koʻchasi 47-uy
Samarqand viloyati
Ishtixon tumani
“Oʻzbekiston” MFY Ishtixon koʻchasi 3-uy
Pastdargʻom tumani
“Poʻlatchi” MFY Toʻmaris koʻchasi 47-uy
Toyloq tumani
“Qoʻrgʻoncha” MFY
Samarqand tumani
“Qaynama” MFY
Oqdaryo tumani
“Mustaqillik” MFY Zarafshon koʻchasi 81-uy
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo tumani
“Yoshlik” MFY Oʻzbekiston koʻchasi 89-uy
Surxondaryo viloyati
Jarqoʻrgʻon tumani
“Qoraqursoq” MFY Obod diyor koʻchasi 1-uy
Sherobod tumani
“Bahor” MFY B. Nozim koʻchasi 17-uy
Toshkent viloyati
Boʻka tumani
“Doʻstlik” MFY Furqat koʻchasi 15-uy
Zangiota tumani
“Fayz” MFY TMK koʻchasi 6-uy
Qibray tumani
“Mehnat” MFY Tarannum koʻchasi 5-uy
Quyi Chirchiq tumani
“Mashrab” MFY Ibn Sino koʻchasi 1-uy
Fargʻona viloyati
Yozyovon tumani
“Bahor” MFY Andijon koʻchasi 38-uy
Quva tumani
“Damariq” MFY Damariq koʻchasi 157-uy
Qoʻqon shahri
“Yalangʻochota” MFY Turkiston koʻchasi 85a-uy
Xorazm viloyati
Hazorasp tumani
“Pahlavon Mahmud” MFY Erik Gayazov koʻchasi 10-uy
Yangibozor tumani
“Pahlavon Mahmud” MFY Ziyo maskani koʻchasi 7-uy
Qoʻshkoʻpir tumani
“Chamanzor” MFY Beruniy koʻchasi 5-uy
Toshkent shahri
Mirobod tumani
Sarikoʻl koʻchasi 24-uy
Shayxontohur tumani
“Gulobod” MFY Gulobod koʻchasi 101-uy
Yunusobod tumani
“Tiklanish” MFY Gulyor koʻchasi 3-uy
Izoh. Ushbu roʻyxatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga 2-ILOVA
2026 — 2028-yillarda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish
REJASI
T/r
Hudud nomi
Umumiy soni
shundan:
2026-yil
2027-yil
2028-yil
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
14
7
0
7
2.
Andijon viloyati
11
6
1
4
3.
Buxoro viloyati
10
3
0
7
4.
Jizzax viloyati
9
3
0
6
5.
Qashqadaryo viloyati
11
5
0
6
6.
Navoiy viloyati
7
2
2
3
7.
Namangan viloyati
9
0
5
4
8.
Samarqand viloyati
11
0
5
6
9.
Sirdaryo viloyati
10
0
7
3
10.
Surxondaryo viloyati
13
0
7
6
11.
Toshkent viloyati
18
6
9
3
12.
Fargʻona viloyati
16
10
3
3
13.
Xorazm viloyati
10
2
4
4
14.
Toshkent shahri
9
5
3
1
Jami:
158
49
46
63
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga 3-ILOVA
Ilk rivojlanish markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar — nogironligi boʻlganidan yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida eʼtiboriga muhtoj boʻlgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;
Ilk rivojlanish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan, davlat obyektlarining boʻsh turgan xonalarida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining muqobil shakli.
Markazlar “oʻyin guruhi” va “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli asosida faoliyat koʻrsatib, maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni, birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini qamrab oladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli — pedagoglar tomonidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oilalarning 2 — 7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
“oʻyin guruhi” modeli — 3 — 6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5 — 4 soat) guruh.
3. Markazlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Markazlar yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
5. Markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
6. Markazlar Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 3 — 6 yoshli bolalarni, xususan, kambagʻallik darajasi yuqori va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oilalar farzandlarini qamrab olishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.
7. Markazlar Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni, sogʻlomlashtirishni, korreksion rivojlantirishni taʼminlaydi.
8. Markazlar quyidagi ikkita model asosida faoliyat koʻrsatadi:
a) “oʻyin guruhi” modelida markazlar joylashgan obyektda alohida xonalar tashkil etiladi. Bunda:
bir kunda ikki smena faoliyat koʻrsatadi;
guruh xonalari bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhitni yaratish maqsadida jihozlanadi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan qisqa muddatli guruh shaklida 25 — 30 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 3,5 — 4 soat davom etadi;
jami guruhlarning 50 foizi inklyuziv taʼlim guruhi sifatida tashkil etilishi mumkin (ehtiyojga koʻra, bir guruhga 3 nafargacha alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi);
guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir boʻlmagan toifalar boʻyicha toʻldiriladi hamda guruhlarda kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi;
b) “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modelida guruhlar 20 nafargacha tarbiyalanuvchi uchun shakllantiriladi. Bunda:
har bir pedagogning bir kunda 6 tagacha xonadonga tashrif buyurishi hisobga olinadi;
maxsus pedagoglar (tarbiyachi, defektolog (logoped), psixolog) har bir bola uchun individual taʼlim-tarbiya berish dasturini ishlab chiqadi, bolaning oʻrganishiga va sogʻlom rivojlanishiga yordam beradigan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi;
maxsus pedagoglarning xonadonlarga tashrifi markazlar direktori tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshiriladi;
maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda 40 daqiqa bolalar bilan taʼlim-tarbiya faoliyatini olib boradi hamda 20 daqiqa ota-onalar bilan farzandlarining rivojlanishidagi muhim jihatlar boʻyicha suhbat oʻtkazadi va maslahatlar beradi;
maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida hisobot shakllantiradi va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakil) tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
9. Markazlarda bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
3-bob. Markazlarga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
10. Markazlarga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan belgilangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda markazlarga qabul qilinadigan barcha bolalarning boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatda turgan oʻrni saqlanib qoladi.
11. “Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeliga tarbiyalanuvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar xulosalari asosida bolaning ota-onasi (qonuniy vakili)ning arizasiga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
Mazkur modelda taʼlim-tarbiya olish jarayonida sogʻlomlashtirilgan bolalar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasiga muvofiq markazlarning “oʻyin guruhi” modeliga yoki navbati kelgan taqdirda, umumiy turdagi davlat (nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazilishi mumkin.
4-bob. Markazlarda bolalarni sogʻlom ovqatlantirish va ularning salomatligini taʼminlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
12. Markazlarda “oʻyin guruhi” modelida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish gigiyenik talablar boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan meʼyorlarga muvofiq yengil tamaddi shaklida tashkil etiladi.
13. Markazlarning shtat jadvalida tibbiy hamshira lavozimi shtat birligi nazarda tutiladi.
Tibbiy hamshira hududiy tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan biriktirilgan vrach-pediatr yoki umumiy amaliyot shifokori bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarga tibbiy-sanitariya va profilaktik yordam koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
14. Birinchi tibbiy yordam uchun dori vositalari hamda dezinfeksiyalovchi va deratizatsiyalovchi vositalar bilan taʼminlash Davlat budjeti tomonidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
15. Markazlar xodimlari sogʻliqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
5-bob. Markazlarni boshqarish
16. Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi huzurida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
17. Markazlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.
18. Markazlarga ushbu Nizomga ilova qilingan Markazning namunaviy tuzilmasiga va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy shtatlar jadvalidagi meʼyorlarga asosan shtat birliklari ajratiladi.
19. Markazlarga pedagog va xodimlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablari asosida ishga qabul qilinadi.
20. Pedagogik kengash markazlarning boshqaruv organi hisoblanadi.
6-bob. Markazlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
21. Markazlar faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
22. Markazlar tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bilan qamrab olinadi hamda ularga umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moliyalashtirish tartibi tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
23. Markazlar xodimlariga umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari (inklyuziv guruhlarga biriktirilgan xodimlarga amaldagi qoʻshimcha haqlar) qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
24. Markazlarning “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli boʻyicha jalb qilingan xodimlari uchun qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
25. Markazlardan “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli boʻyicha biriktirilgan maxsus pedagoglarga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarning oilasiga tashrifi uchun har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida yoʻlkira xarajati toʻlab boriladi.
Bunda maxsus pedagoglar yashash hududi hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarning oilalari orasidagi masofa 1,5 kilometrdan kam boʻlgan taqdirda, yoʻlkira xarajati toʻlab berilmaydi.
26. Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona toʻlovi undirilmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ilk rivojlanish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ilk rivojlanish markazining namunaviy
TUZILMASI
Direktor
Direktor oʻrinbosari
Psixolog
Pedagoglar
“Oʻyin guruhi” modeli
“Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli
Defektolog
(logoped)
Tarbiyachi
Tarbiyachi
(maxsus pedagog)
Hamshira
Tarbiyachi yordamchisi
Xoʻjalik boʻlimi
Izoh:
1 ta markaz uchun 1 ta shtat birligi direktor lavozimi, tarbiyalanuvchilar soni 200 nafardan oshganda 1 ta shtat birligi direktor oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
Pedagoglar:
“Oʻyin guruhi” modeli uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira, 0,25 birlik musiqa rahbari, 0,25 birlik til oʻqituvchisi, 0,25 birlik jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, 0,25 birlik psixolog.
“Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli uchun ehtiyojdan kelib chiqqan holda quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 1 birlik tarbiyachi (maxsus pedagog);
ikkita guruh uchun — 0,5 birlik psixolog (biroq 1 birlikdan ortiq boʻlmagan holda), 0,5 birlik defektolog (logoped) (biroq 1 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) .
Boshqa xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga belgilangan meʼyorlar asosida kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 8-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim boʻlimlari” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning boʻsh oʻrni haqidagi maʼlumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki taʼlim turi oʻzgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — MTBAT) kiritib borilishini taʼminlaydilar”;
“e” kichik banddagi “tashkilotlarida” soʻzi “tashkilotlari, Ilk rivojlanish markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Farzandini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar YIDXP orqali oʻrnatilgan tartibda ariza yuboradi”;
11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “guruhlariga” soʻzi “guruhlari, Ilk rivojlanish markazlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning bolalariga berilgan yoʻllanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
2-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“inklyuziv taʼlim va tarbiya — bolalarning alohida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan jarayon”;
14-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18 va 25-bandlardagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“43. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan toʻliq kunlik guruhlarda — kamida 25 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — kamida 15 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar, koʻpi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafardan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan koʻpi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi”;
“61. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Kuzatuv kengashi tomonidan ovoz berish yoʻli orqali tanlangan uch nafar nomzodlar ichidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etilgan Direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori rahbarlik qiladi”;
uchinchi xatboshidagi “maktabgacha taʼlimning” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “maktabgacha taʼlim boʻlimlariga” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
69-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 23-bandidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 487-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi hamda 8-bandidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qarorida:
“b) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
“d) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilanadi”.
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim vaziriga” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 7 va 8-bandlardagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“mudir” soʻzi “direktor” soʻzi bilan almashtirilsin;
“metodist” soʻzi “direktor oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“EMIS” soʻzi “Bolalar bogʻchasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlari, tizimdagi nashriyotlar va vazirlik muassisligida tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri”;
“ekspertlar guruhi — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlarining turli yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislaridan iborat guruh”;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “fevral oyida” soʻzlari “birinchi chorak yakunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-sentabrdagi 769-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jamgʻarma umumtaʼlim muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamgʻarmaning mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarorida:
a) 2-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi orqali davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi”;
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tayyorlov guruhlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari faoliyatini monitoring qilib borsin”;
g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning “Izoh” qismidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyat hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan har yili may va iyun oylarida hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti oʻrganiladi.
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalar tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qiladi.
Majburiy tayyorlov guruhi manzili hududdagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishiga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi taklifni oʻrganib chiqib, bir oy muddatda tayyorlov guruhlarini tashkil etishga qoʻyilgan talablarni hisobga olgan holda hududiy boshqarmalarga tegishli topshiriq beradi”;
5. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli topshirigʻi kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinadi”;
24-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son, “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarorlari”;
11-banddagi hamda 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ichki nazorat — davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari hamda maktabgacha taʼlimni boshqarish boʻyicha yuqori turuvchi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
2-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 2-bandidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari;”;
11. Vazirlar Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 5-maydagi 234-son qaroriga ilovaning 45-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Mehrli maktabning shtatlar jadvaliga oʻzgartirish kiritish, jumladan, qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish vakolati beriladi. Shuningdek, mazkur organlarga amaldagi qonunchilikda belgilangan tegishli lavozimlar va shtat birliklari kiritiladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarorida:
a) nomidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda taʼlim olgan farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq”;
1-ilovadagi maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali) orqali murojaat qiladilar;
2-ilovadagi maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki MMTV portali yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) orqali murojaat qiladilar;
3-4-ilovalardagi maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki DXM orqali murojaat qiladilar;
2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan davlat xizmatlari DXM orqali 2025-yil 1-sentabrdan boshlab koʻrsatiladi”;
d) 3- va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP, MMTV portali va DXM orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXP, MMTV portali va DXMda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin;
maʼmuriy reglamentlarda belgilangan tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi boʻyicha, shu jumladan, YIDXP, MMTV portali va DXM orqali doimiy nazorat oʻrnatsin”.
4. Belgilab qoʻyilsinki, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron dasturni ishga tushirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”;
“1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali) orqali farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktabidan (sinfdan) boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi”.
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Umumtaʼlim maktablari tomonidan har yili 1-iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud boʻyicha mahallalar, koʻcha nomlari va uy raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MMTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi) tomonidan har yili 5-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Umumtaʼlim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga oʻzgartirish kiritish hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi”;
“15. Ariza beruvchi YIDXP yoki MMTV portali orqali soʻrovnomani toʻldirib, tasdiqlaganidan soʻng barcha hujjatlar va toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga yuboriladi”;
“53. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq murojaatlar hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi”;
“Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga qabul qilish
1-bosqich
Ariza beruvchi
Umumtaʼlim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP yoki MMTV portali) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 20-iyundan 31-iyulgacha
2-bosqich
YIDXP yoki MMTV portali
Soʻrovnomani hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga yuboradi
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga yuboradi yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytaradi.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga farzandi bilan onlayn navbat boʻyicha murojaat qiladi.
2. Murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Onlayn navbat boʻyicha
5-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
2. Bolalarning umumtaʼlim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandlari umumtaʼlim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda yuklab oladi.
2. Murojaati rad etilganda, avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Avtomatik tarzda
Mikrohududdan tashqaridan umumtaʼlim maktabiga qabul qilish
7-bosqich
Ariza beruvchi
Oʻz xohishiga koʻra boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablarini tanlaydi.
Har yili 1 — 31 avgust kunlari
8-bosqich
YADXP yoki MMTV portali
Qoʻshimcha boʻsh oʻrinlar doirasida ariza beruvchini oʻz xohishiga koʻra tanlagan mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga avtomatik ravishda yuboradi.
Avtomatik tarzda
9-bosqich
Ariza beruvchi
Mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga bolasi bilan onlayn navbati boʻyicha murojaat qiladi.
Onlayn navbat boʻyicha
10-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Bolalar mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
11-bosqich
Ariza beruvchi
Farzandi mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktabiga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
“Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Farzandining oʻqishini koʻchirishga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
YIDXP yoki MMTV portali
Soʻrovnomani umumtaʼlim maktabiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va ariza beruvchining farzandi oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
2. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga maʼlumot yuboradi.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandining umumtaʼlim maktablariga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
2. Farzandining oʻqiyotgan umumtaʼlim maktabidan tegishli hujjatlarini olib, oʻqishi koʻchiriladigan umumtaʼlim maktabiga taqdim etadi.
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda taʼlim olgan farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;
“1. Mazkur Reglament chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali) yoxud Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) orqali farzandini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi”;
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari) tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tomonidan koʻrsatiladi”;
“3. DXM, YIDXP, MMTV portali va hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Davlat xizmati har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar koʻrsatiladi”;
“5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati 5-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi”;
“7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida koʻrsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda soʻrovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiradi”;
“10. Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi” soʻzlari “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.”;
quyidagi mazmundagi 21-bob bilan toʻldirilsin:
“21-bob. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda taʼlim olgan farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
191. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida koʻrsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida roʻyxatdan oʻtadi.
192. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda soʻrovnomani toʻldiradi.
193. Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Oʻquvchining chet elda taʼlim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, oʻqigan maktabi nomi, oʻqigan yillari, oʻqigan sinflari, oʻrganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot) va uning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
10-11-sinflarga qabul qilinadigan oʻquvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning Oʻzbekiston Respublikasida tan olingani toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
oʻquvchining chet elda taʼlim olganini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining oʻquvchini majburiy taʼlimga jalb qilish boʻyicha qaroridan koʻchirma.
194. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
195. Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga yuboriladi.
196. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi.
197. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijasiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchini qabul qilish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
198. Quyidagi hollarda bolani umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
193-bandda koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmaganda;
umumiy oʻrta taʼlim muassasasida (qabul qilinadigan sinfda) boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmagan taqdirda.
Boshqa holatlarda oʻquvchini umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin emas.
199. Ariza beruvchi farzandlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qabul qilish yoki sababi koʻrsatilgan qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
1910. Ariza beruvchi uch ish kunida 193-bandda koʻrsatilgan hujjatlarning va oʻquvchining sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomaning aslini farzandi qabul qilingan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga taqdim etadi.
1911. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
1912. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchining chet elda oʻqigan taʼlim dasturi maktabning oʻquv dasturlariga mos kelish-kelmasligini aniqlaydi hamda fanlar boʻyicha aniqlangan farqlarni joriy yoki navbatdagi oʻquv yilida bartaraf etish choralarini koʻradi.”;
21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali)da roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
DXM, YIDXP, MMTV portali
Soʻrovnomani hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari
1. Ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqadi.
2. Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng 7 kun ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berilgani yoki yoʻllanma berishni rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXMga maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXMga ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma namunasi
”;
quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda taʼlim olgan farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — MMTV portali)da roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
DXM, YIDXP, MMTV portali
Soʻrovnomani davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari
1. Ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqadi.
2. Oʻquvchini qabul qilish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Farzandlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish yoki sababi koʻrsatilgan qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
Avtomatik tarzda
”;
quyidagi mazmundagi 6-ilova bilan toʻldirilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda taʼlim olgan farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Fuqaroligi:
5. Yashash uchun roʻyxatdan oʻtgan manzili:
6. Telefon raqami:
II. Ariza beruvchining farzandi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (seriyasi, raqami va JSHSHIR):
5. Tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy):
6. Qabul qilinadigan sinfi:
III. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Oʻquvchining chet elda taʼlim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, oʻqigan maktabi nomi, oʻqigan yillari, oʻqigan sinflari, oʻrganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot)ning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
2. Oʻquvchining chet elda taʼlim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, oʻqigan maktabi nomi, oʻqigan yillari, oʻqigan sinflari, oʻrganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot)ning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilinib, tasdiqlangan hamda skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
3. 10 -11-sinflarga qabul qilinadigan oʻquvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning Oʻzbekiston Respublikasida tan olingani toʻgʻrisida maʼlumotnomaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
4. Oʻquvchining chet elda taʼlim olganini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, Bolalar masalasi boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining oʻquvchini majburiy taʼlimga jalb qilish boʻyicha qaroridan koʻchirmaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, DXM” qisqartmasi bilan toʻldirilsin;
“umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan, tayanch oʻrta taʼlim olmagan, tegishli yilda 17 yoshga toʻlgan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy oʻrta taʼlimga jalb qilinmagan fuqarolar;
umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan, umumiy oʻrta taʼlim olmagan, tegishli yilda 19 yoshga toʻlgan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy oʻrta taʼlimga jalb qilinmagan fuqarolar”;
quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Eksternlar bir vaqtning oʻzida 9-sinf va 11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonlardan oʻtkazilmaydi.
Eksternlar bir vaqtning oʻzida faqat bitta oʻz xohishiga koʻra tanlagan eksternat maktabga jalb etiladi.”;
“8. Eksternat tartibida imtihon oladigan eksternat maktablar roʻyxati har yili 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi va oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi”;
9-banddagi “1-martdan 1-maygacha” soʻzlari “1-fevraldan 1-aprelgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.”;
“11. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda soʻrovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiradi.”;
13-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Ariza beruvchi tomonidan oʻz xohishiga koʻra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida 1-fevraldan 1-aprelgacha bekor qilinishi mumkin.”;
15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart”;
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga muvofiq eksternat maktablari tomonidan eksternning xohishiga koʻra tegishli oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi uchun aprel — may oylarida pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Bunda eksternat maktablari tomonidan eksternlarga tegishli oʻquv dasturlari boʻyicha uslubiy maslahat koʻrsatiladi.
Eksternlar tegishli oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi uchun eksternat maktablaridagi kutubxona, sport zali, informatika fani xonasi va maxsus fan xonalaridan dars jarayonlariga xalaqit bermagan holda foydalanishi mumkin.
Eksternat maktablari eksternlarga elektron taʼlim portallaridagi mavjud resurslardan foydalanishiga koʻmaklashadi.”;
16-banddagi “va bu haqida YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
25-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.”;
“Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Eksternat tartibida imtihonga ariza berish uchun Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-fevraldan 1-aprelgacha
(shu kuni ham)
2-bosqich
DXM yoki YIDXP
Soʻrovnomani eksternat maktablarga yuboradi
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Eksternat maktab
1. Ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqadi.
2. Arizaga beruvchiga yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni beradi.
2 kun muddatda
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
1. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
Avtomatik tarzda
2. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berilgan ariza beruvchi eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi.
Har yili 15-iyunga qadar
5-bosqich
Eksternat maktab
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini eʼlon qiladi.
Imtihon oʻtkazilgandan soʻng 2 kunda
6-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari eʼlon qilingandan soʻng avtomatik tarzda
“Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami):
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
6. Tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy):
7. Yashash manzili:
8. Telefon raqami:
9. Oʻqigan taʼlim muassasasi (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini koʻrsatgan holda)*:
10. Tugatgan sinfi:
11. Tugatgan yili:
12. Taʼlim tili:
13. Oʻqigan chet tili:
14. Eksternatga ariza berish sinfi (9 yoki 11-sinf):
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamagani toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnomaning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etiladi (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun).
2. 9-sinfni tamomlagani toʻgʻrisidagi shahodatnoma yoki unga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etiladi (11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun).
3. 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamagani toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnomaning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etilishi mumkin (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan nusxa).
“1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) orqali umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.”;
2-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“3. Davlat xizmati DXM yoki YIDXP orqali tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari) tomonidan koʻrsatiladi”;
4. YIDXP, DXM va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi”;
“7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili mustaqil ravishda soʻrovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Ariza beruvchi tomonidan oʻz xohishiga koʻra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bekor qilinishi mumkin.”;
10 — 12-bandlardagi hamda 16-banddagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Rasmiylashtirilgan dublikat yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumot tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boʻshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va DXM hamda YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi”;
19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.”;
21-banddagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Dublikatni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — DXM) shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
DXM yoki YIDXP
Soʻrovnomani tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) koʻrib chiqadi va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.
1 ish kunida
4-bosqich
Taʼlim tashkilotlari
Soʻrovnomani oʻrganib chiqadi, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga yuboradi.
3 ish kunida
(5 ish kuni qoʻshimcha)
5-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni shakllantiradi va tasdiqlaydi va DXM hamda YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
“Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sertifikatning dublikati namunasi
”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarorida:
6-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “ish rejimidagi” soʻzlari “ish rejimida ishlaydigan umumiy tipdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning sakkizinchi xatboshisi “davlat” soʻzidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
17-bandning “a”, “b” hamda “v” kichik bandlari yettinchi xatboshilari “davlat” soʻzidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
19 va 20-bandlarning yettinchi xatboshilari “davlat” soʻzidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” soʻzlari “tegishli vazirlik va idoralarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23-band quyidagi mazmundagi “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“z) tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmini hisobga olgan holda oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiq emas deb topilganda;
i) maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan tez va samarali qamrab olish maqsadida birinchi navbatda qamrov darajasi past boʻlgan mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish”.
“Mazkur bandda nazarda tutilmagan hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanmagan asoslarga koʻra oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza boʻyicha rad javobi berish taqiqlanadi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish, ularga menejerlik sertifikatini berish va nomzodlarni lavozimga tayinlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2024-yil 28-avgustdagi 531-son qaroriga 1-ilovada:
“64. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkilot direktori vakant lavozimi uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksidan hamda Vazirlikning “menejer.uzedu.uz” axborot tizimidan foydalangan holda besh ish kuni muddatga eʼlon beradi”;
“66. Kuzatuv kengashi ikki ish kuni davomida tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarni tanlash yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi va kamida uch nafar nomzodni ovoz berish yoʻli bilan tanlaydi.
Yigʻilish yakuni boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va bayonnoma hamda nomzodlarning hujjatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlar kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Direktorlar kengashi) taqdim etiladi”;
v) quyidagi mazmundagi 661-band bilan toʻldirilsin:
“661. Direktorlar kengashi tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning malaka talablariga mosligini oʻrganadi hamda malaka talablariga mos kelgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi. Suhbat natijalariga asosan bir nafar nomzodni vakant lavozimiga tayinlash boʻyicha hududiy boshqarmaga tavsiya beradi”;
“67. Hududiy boshqarma Direktorlar kengashi tomonidan tanlab olingan nomzod bilan ikki ish kuni ichida mehnat shartnomasi tuzadi hamda tashkilot direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)