Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-maydagi PF-74-son Farmoniga muvofiq “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish, xodimlar mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi “Davlatlararo suv manbalarining suv resurslaridan birgalikda foydalanishni boshqarish va ularni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik haqida” 1992-yil 18-fevraldagi (Olma-Ota shahri) Bitimga asosan “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — Birlashmalar) Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasining ijro etuvchi va idoralararo nazorat organlari hisoblanishi;
daryolar va suv manbalaridagi Birlashmalar tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan barcha inshootlar boshqaga berish va sotib olish huquqisiz ularga vaqtincha foydalanishga berilgani;
Birlashmalar budjet tashkilotlari ekanligi, ularning xizmat koʻrsatish xarajatlari, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish hamda Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston hududida joylashgan gidrotexnika inshootlari, gidropostlar va kanallarning ekspluatatsiya xarajatlari ular joylashgan manzildan kelib chiqqan holda, tomonlarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangani;
b) Birlashmalarning asosiy vazifalari etib:
Amudaryo va Sirdaryo daryolarining suv resurslarini samarali boshqarish va tasdiqlangan suv olish limitlariga asosan davlatlar oʻrtasida suv taqsimlash hamda suvning hisobini yuritish va nazorat qilish;
transchegaraviy suv resurslarini tezkor va samarali boshqarish maqsadida barcha gidrotexnika inshootlarini bosqichma-bosqich zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga oʻtkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
sel-toshqin mavsumida sel-toshqin suvlarining xavfsiz va betalofat oʻtkazilishini taʼminlashda ishtirok etish;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va taqsimlash boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllashni tashkil qilish;
kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish orqali bilim va salohiyatini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Birlashmalarga berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv xoʻjaligi inshootlarini doimiy ishchi holda saqlash uchun har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda tegishli mablagʻlar koʻzda tutilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining markaziy apparatlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 1-ilovaga muvofiq;
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 2-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Birlashmalar faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida) ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 13-martdagi 154-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-iyun,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining markaziy apparatlari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLARI

T/r

Lavozim nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad

1.

Birlashma boshligʻi

17

2.

Birlashma boshligʻining oʻrinbosari-Bosh muhandis

16

3.

Birlashma boshligʻining oʻrinbosari

16

4.

Boshqarma boshligʻi

14

5.

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

14 — 5%

6.

Bosh huquqiy maslahatchi

14

7.

Bosh buxgalter

13

8.

Bosh buxgalter oʻrinbosari

13 — 5%

9.

Boʻlim boshligʻi

13

10.

Inson resurslarini rivojlantirish, ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

11

11.

Bosh mutaxassis

11

12.

Yetakchi mutaxassis

10

13.

Mutaxassis

9

Izoh. “Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining soni 24 shtat birligi hamda “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining soni 35 shtat birligidan iborat.
Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari hamda ularning hududiy boshqarmalari ishlab chiqarish xodimlari soni Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan normativlarga asosan aniqlanadi. Bunda normativlar ishlab chiqilgunga qadar amaldagi lavozimlar va shtatlar soni saqlab qolinadi.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalarining hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLARI

T/r

Lavozim nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

1.

Boshqarma boshligʻi

15

14

13

2.

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari (Bosh muhandis)

15 — 5%

14 — 5%

13 — 5%

3.

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

15 — 8%

14 — 8%

13 — 8%

4.

Bosh buxgalter

12

11

10

5.

Bosh buxgalter oʻrinbosari

12 — 5%

11 — 5%

6.

Boʻlim boshligʻi

12

11

11

7.

Uchastka boshligʻi

11

11

11

8.

Bosh huquqiy maslahatchi

11

10

9

9.

Inson resurslarini rivojlantirish, ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

10

10

10

10.

Bosh mutaxassis

10

10

10

11.

Yetakchi mutaxassis

9

9

9

12.

Buxgalter

7

7

7

Izoh. “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining soni mos ravishda 31 va 62 shtat birligidan iborat.
Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari hamda ularning hududiy boshqarmalari ishlab chiqarish xodimlari soni Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan normativlarga asosan aniqlanadi. Bunda normativlar ishlab chiqilgunga qadar amaldagi lavozimlar va shtatlar soni saqlab qolinadi.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar:
1-guruh: Davlatlararo “Amudaryo” irrigatsiya kanallari va Quyidaryo boshqarmalari;
2-guruh: Norin-Qoradaryo suv inshootlari boshqarmasi, Guliston suv inshootlari va “Doʻstlik” kanali boshqarmasi;
3-guruh: Yuqoridaryo boshqarmasi Termiz boʻlinmasi, Oʻrtadaryo boshqarmasi Amu-Buxoro boʻlinmasi, Chorbogʻ suv ombori boshqarmasi va Yuqorichirchiq suv inshootlari boshqarmasida xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha guruhlar jadvaliga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 375-son qaroriga
3-ILOVA
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — Birlashmalar) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. “Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi hamda uning Yuqoridaryo boshqarmasi Termiz boʻlinmasi, Oʻrtadaryo boshqarmasi Amu-Buxoro boʻlinmasi, Davlatlararo “Amudaryo” irrigatsiya kanallari boshqarmasi, Quyidaryo boshqarmasi, shuningdek, “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi hamda uning Norin-Qoradaryo suv inshootlari boshqarmasi, Chorbogʻ suv ombori boshqarmasi, Yuqorichirchiq suv inshootlari boshqarmasi, Guliston suv inshootlari va “Doʻstlik” kanali boshqarmasi faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
2-bob. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdori va shartlari
3. Ushbu Nizomning 2-bandida keltirilgan tashkilotlarning faoliyati hamda ularga biriktirilgan obyektlarning toifasi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirishni moliyalashtirishda 2025-yil 1-yanvardan boshlab respublika budjetidan quyidagilar nazarda tutiladi:
a) yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda lavozim maoshini hisoblashda tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti Birlashmalar markaziy apparati boshqaruv xodimlariga 3 baravarga, ishlab chiqarish xodimlariga 2 baravarga hamda hududiy boshqarmalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga 1,4 baravarga oshirilgan miqdorida qoʻllanadi;
b) Birlashmalarning markaziy apparati boshqaruv xodimlari lavozim maoshlariga 40 foiz va hududiy boshqarmalarning boshqaruv xodimlari lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentni hisobga olgan holda ustama haq;
v) yilda bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
g) yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;
d) har chorak yakuni bilan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;
e) budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar;
j) boshqaruv, ishlab chiqarish xodimlari va yordamchi (xizmat koʻrsatuvchi) xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun har oylik qoʻshimcha ustama haqi:
1 yildan 5 yilgacha — 20 foiz miqdorida;
5 yildan 10 yilgacha — 30 foiz miqdorida;
10 yildan 20 yilgacha — 40 foiz miqdorida;
20 yildan ortiq — 60 foiz miqdorida.
Bunda xodimlarning koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustamalar ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda va miqdorlarda xodimlarning suv xoʻjaligi sohasida Davlat va xalqaro tashkilotlaridagi ish stajidan kelib chiqib, Birlashmalar tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida toʻlanadi.
Mazkur bandning “d” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari va ustamalar 2025-yil 1-iyulidan boshlab qoʻllaniladi.
3-bob. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirish
4. Quyidagilar xodimlarni ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjet mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 44, 62, 63, 152 va 153-moddalari, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 58-moddasi.
5. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari va miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18-bobi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
6. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/375/0520-son)