|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.01.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-iyulda 1384-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3596, 27.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, buyuraman:
1. Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Bosh direktor M. YUNUSMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-iyun,
2004-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
UYUSHGAN BIRJADAN TASHQARI BOZORDA QIMMATLI QOGʻOZLARNING OLDI-SOTDI BITIMLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonuni va Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq uyushgan birjadan tashqari bozorda aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va qimmatli qogʻozlarning hosilalari (keyingi oʻrinlarda — qimmatli qogʻozlar) oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
Ushbu Nizomning amal qilishi uyushgan birjadan tashqari bozordagi qimmatli-qogʻozlarning barcha oldi-sotdi bitimlariga tatbiq etiladi.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
uyushgan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozori — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan, qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlarida (BTST) qimmatli qogʻozlarning muomalasi sohasi;
birjadan tashqari savdolar tizimi (BTST) — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni toʻplash va qanoatlantirishni taʼminlaydigan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari elektron savdo tizimi;
mijoz — BTSTda qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmani rasmiylashtirgan jismoniy yoki yuridik shaxs (shu jumladan xorijiy);
mijoz investitsiya vositachisi — tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozga brokerlik va depozitar xizmatlar koʻrsatuvchi investitsiya vositachisi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosini tashkil etish — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlar sotuvchilari va xaridorlaridan tushayotgan buyurtmalarni tizimlashtirish, ular oʻrtasida savdolarni oʻtkazish, oʻtkazilgan savdolar natijalarini rasmiylashtirish va qimmatli qogʻozlar bilan tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish faoliyati;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosini tashkil etish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining sherigi — jismoniy va yuridik shaxslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni toʻplash va ushbu buyurtmalarni BTSTga yuborish uchun birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
buyurtmalarni qabul qilish punkti (BQQP) — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish, kiritish va dastlabki koʻrib chiqishni va ularni BTSTga yuborilishini amalga oshiruvchi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining hududiy alohida boʻlinmasi yoki uning sherigining boʻlinmasi;
xizmat koʻrsatuvchi depozitariy — Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va ularni muomaladan olish toʻgʻrisidagi normalarni, qimmatli qogʻozlar kotirovkalarini; qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan ishtirokchilarni kiritish tartibini, axborotni oshkor qilish tartibini va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
buyurtma — birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi talablariga muvofiq bitimlarni tuzish uchun kerak boʻladigan barcha shartlarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimini tuzish toʻgʻrisida taklif;
topshiriq — birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, mijoz investitsiya vositachisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlarning uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni oʻtkazish uchun elektron yoki qogʻoz shaklda beriladigan farmoyish.
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
§ 2. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
2. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz mijozlariga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish va ularni maksimal qanoatlantirilishi uchun buyurtmaning shartlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratish;
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi boʻyicha savdolarni tashkil etish;
qimmatli qogʻozlarga egalik qilishga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun barcha zaruriy harakatlarni taʼminlash;
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
BTSTda muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar kotirovkasi;
qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).
3. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻzi tomonidan uyushtirilgan savdolardagi bitimlarda taraflardan biri sifatida ishtirok etishga haqli emas.
4. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi amaldagi qonunchilik hujjatlarining va ushbu Nizomning barcha talablariga rioya etgan holda quyidagilarni belgilaydi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar turlari va shakllari;
qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga boʻlgan buyurtmalar berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
toʻlovlarni kiritish va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi, shakli va muddati;
qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish muddati va tartibi.
5. BTST savdolarida tuzilgan bitimlar, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan savdolar natijalari asosida birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registri shaklida roʻyxatga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
51. Uyushgan birjadan tashqari bozordagi savdolarga qoʻyishga fond birjasining birja kotirovkalash varagʻida mavjud boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga ruxsat beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
52. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish ularning yozma (qogʻozli) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi.
§ 3. BTSTda mijozlarni roʻyxatga olish tartibi
6. Agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlargagina xizmat koʻrsatishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
7. Mijozni BTSTda roʻyxatdan oʻtkazish mijoz tomonidan taqdim etilgan buyurtmaga asosan amalga oshiriladi.
12. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozning toʻgʻri toʻldirilgan buyurtmasi topshirilgandan soʻng bir ish kuni davomida uni BTSTda roʻyxatdan oʻtkazishi va unga mijozning identifikatsion raqamini berishi shart.
13. Mijoz birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining oʻz BQQP orqali, shuningdek birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sherigining BQQP orqali ham BTSTda roʻyxatdan oʻtishi va xizmat koʻrsatilishi mumkin.
14. Mijoz qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining yoki sherigining istalgan BQQPlaridan biriga, shuningdek maxsus veb-ilova orqali topshirishi mumkin. Bunda mijozning BTSTdagi identifikatsion raqami oʻzgarmaydi.
Buyurtmalar mijoz investitsiya vositachisi tomonidan BQQP orqali topshirilgan taqdirda, buyurtmaga mijoz va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi investitsiya vositachisiga mijozning nomidan buyurtmalar berish huquqini nazarda tutuvchi shartnoma nusxasi ilova qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
15. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish boʻyicha buyurtmalar qanoatlantirilgan taqdirda, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozga pochta yoki faks orqali yoxud mijozning elektron pochtasiga (mavjud boʻlganda) bitim roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registridan koʻchirma yuboradi.
16. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir kun ichida birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, mijozga shaxsiy hisobvaraq ochadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
17. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish (sotish)ga berilgan buyurtmalar va savdolar yakunlarining markazlashtirilgan xronologik roʻyxatini yuritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
18. Mijozlarni roʻyxatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
§ 4. BTSTda mijozlarga xizmat koʻrsatish tartibi
20. Mijoz va (yoki) mijozning investitsiya vositachisi uyushgan birjadan tashqari bozorda bitimlarni amalga oshirishi uchun buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan shaklda va tarzda berishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
21. Buyurtmada, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
BQQPning masʼul xodimi tomonidan kiritilgan buyurtmaning berilgan sanasi va vaqti;
soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa);
bitimning yoʻnalishi (sotib olish yoki sotish);
qimmatli qogʻozlar soni;
bir dona aksiyani sotib olishning eng yuqori narxi (qimmatli qogʻozni sotib olishga buyurtma uchun);
bir dona aksiyani sotishning eng past narxi (qimmatli qogʻozni sotishga buyurtma uchun);
bitimlarni amalga oshirish uchun birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida mijozning deponentlangan mablagʻlar summasi;
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish (hisobdan chiqarish) uchun mijoz investitsiya vositachisidagi depo hisobvaragʻi rekvizitlari;
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
amal qilish muddati tugashining aniq sanasi koʻrsatilgan holda buyurtmaning amal qilish muddati;
mijozning imzosi (buyurtmalarni elektron shaklda kiritish hollari bundan mustasno);
(21-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
BQQPning buyurtmani qabul qilib olgan masʼul xodimining imzosi (buyurtmani elektron tarzda kiritish bundan mustasno);
emitentning nomi;
qimmatli qogʻoz turi va xili.
22. Qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan buyurtmalar mijozlar tomonidan uch nusxada beriladi. Bir nusxasi mijozda qoladi, ikkinchi nusxasi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga beriladi, uchinchisi esa BQQPda saqlanadi.
23. Mijoz (sotuvchi) tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotishga buyurtmani berishi uning nomidan:
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hujjatli qimmatli qogʻozlarini deponentlash uchun savdo hisobvaragʻini ochishga topshiriq berish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijozning hujjatli qimmatli qogʻozlarini xizmat koʻrsatayotgan depozitariyning saqlash joylariga (mijozning savdo xisobvaragʻiga) berish (deponentlash);
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatayotgan depozitariyga mijozning BTSTda savdo qilishi uchun mijozning savdo xisobvaragʻidagi hujjatli qimmatli qogʻozlar harakatini toʻxtatishga topshiriq berish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatayotgan depozitariyga mijozga savdo hisobvaragʻini ochishga, mijozning hujjatli qimmatli qogʻozlarini saqlash joyiga qabul qilish va BTSTda savdolarni amalga oshirish uchun ularni mijozning savdo hisobvaragʻiga blokirovka qilish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijoz investitsiya vositachisiga, xizmat koʻrsatuvchi depozitariyda mijozga savdo hisobvaragʻini ochishga, mijozning hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini depo hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib uning xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi savdo hisobvaragʻiga oʻtkazish va BTSTda savdo qilishi uchun hujjatsiz qimmatli qogʻozlar harakatini toʻxtatishga topshiriq berish;
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan mijozning hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini mijozning depo hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish va mijozga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozga savdo hisobvaragʻini ochish, hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni mijozning savdo hisobvaragʻiga oʻtkazish va mijozning savdo hisobvaragʻiga birjadan tashqari savdo tizimida savdo qilishi uchun hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni toʻxtatib qoʻyish boʻyicha topshiriq berish;
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatayotgan depozitariyga mijozning savdo hisobvaragʻini ochish, mijoz investitsiya vositachisining LORO hisobvaragʻidan mijozning hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini hisobdan chiqarish, ularni mijozning savdo hisobvaragʻiga oʻtkazish va BTSTda savdolarni amalga oshirish uchun hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni mijozning savdo hisobvaragʻiga blokirovka qilish;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga, u tomondan kliring oʻtkazilgandan soʻng, bir ish kuni mobaynida savdo natijalari asosida sotilgan qimmatli qogʻozlar uchun mijozning (sotuvchining) hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazishni amalga oshirish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga u tomondan kliring oʻtkazilgandan soʻng, xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga savdo natijalari asosida mijozning savdo hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning savdo hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarishni amalga oshirish huquqini beradi.
231. Mijoz tomonidan sotishga buyurtmalarni qaytarib olinishi yoki sotishga buyurtmalarning amal qilish muddatining tugashi, uning nomidan:
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga realizatsiya qilinmagan hujjatli qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan yechishga topshiriq berish;
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan realizatsiya qilinmagan hujjatli qimmatli qogʻozlarni sotuvchining savdo hisobvaragʻidan mijoz investitsiya vositachisidagi sotuvchining depo hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshirish;
(231-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijoz investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolarda realizatsiya qilinmagan mijozning hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini blokirovkadan yechish, ularni xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi mijozning (sotuvchining) savdo hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish va ularni mijoz investitsiya vositachisidagi depo hisobvaragʻiga oʻtkazishga topshiriq berish;
(231-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini blokirovkadan yechish, ularni xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi mijozning savdo hisobvaragʻidan mijoz investitsiya vositachisi LORO xisobvaragʻiga hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
(231-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisi topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatayotgan depozitariyga mijozning realizatsiya qilinmagan hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini blokirovkadan chiqarish, ularni mijozning savdo hisobvaragʻidan mijoz investitsiya vositachisi LORO xisobvaragʻiga hisobdan chiqarish;
(231-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyning ogohlantirishiga asosan mijozning realizatsiya qilinmagan hujjatsiz qimmatli qogʻozlarini uning depo hisobvaragʻiga oʻtkazish huquqini beradi.
(231-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
24. Mijozning (xaridorning) qimmatli qogʻozlarni sotib olishga buyurtma berishi uning nomidan:
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijoz investitsiya vositachisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyda mijozning savdo hisobvaragʻini ochishi uchun topshiriq berish;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning savdo hisobvaragʻini ochishga topshiriq berish;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi yoki mijoz investitsiya vositachisi topshirigʻiga asosan mijozning savdo hisobvaragʻini ochish;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga, u tomondan kliring oʻtkazilganidan soʻng, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozining hisobvaragʻi boʻyicha savdo natijalari asosida sotib olingan qimmatli qogʻozlar uchun pul mablagʻlarini hisobdan chiqarishni amalga oshirish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga u tomondan kliring oʻtkazilganidan soʻng, xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga savdolar natijalariga asosan mijozning savdo hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishga topshiriq berish;
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan BTSTda xarid qilingan qimmatli qogʻozlarni mijozning savdo hisobvaragʻiga oʻtkazish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning savdo hisobvaragʻidan naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni mijoz investitsiya vositachisi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan mijozning savdo hisobvaragʻidan naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni mijoz investitsiya vositachisi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarishni amalga oshirish;
(24-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan mijoz depozitariysiga naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni mijoz depozitariysidagi mijozning depo hisobvaragʻiga oʻtkazishga topshiriq berish;
mijoz depozitariysiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariy topshirigʻiga asosan mijozning qimmatli qogʻozlarini uning depo hisobvaragʻiga oʻtkazish;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga BTSTdagi savdolar yakunlariga koʻra mijoz depozitariysidagi mijozning depo hisobvaragʻi boʻyicha koʻchirmani olish huquqini beradi.
§ 5. Birjadan tashqari savdo tashkilotchisi va mijozning huquq va majburiyatlari
25. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish, shu jumladan BQQP orqali;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
birjadan tashqari savdo tashkilotchisidan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga berilgan buyurtmalarni qondirish toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;
BTSTga kelib tushgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
savdolar oʻtkazilguniga qadar oʻz buyurtmalarining qondirilmagan qismini qaytarib olish. Savdolar oʻtkazilguniga qadar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida deponentlangan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va buyurtmalarni qaytarib olish tartibi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining oʻrnatilgan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Mijoz:
ushbu Nizom va amaldagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek BTSTda savdolarni oʻtkazish qoida va tartiblariga rioya qilishi;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qimmatli qogʻozlarni sotib olishga boʻlgan buyurtmalarni qondirishni nazarda tutgan, hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari bilan oʻrnatilgan miqdor va shartlarda birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida pul mablagʻlarni deponentlanishini taʼminlashi;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
buyurtmada sotish uchun koʻrsatilgan hajmda qimmatli qogʻozlar (hujjatli qimmatli qogʻozlar uchun) mavjudligini taʼminlashi;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
mijoz investitsiya vositachisining depo hisobvaragʻida (hujjatsiz qimmatli qogʻozlar uchun) buyurtmada sotish uchun koʻrsatilgan hajmda qimmatli qogʻozlar mavjudligini taʼminlashi;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
tegishli buyurtmani qaytarib olmasdan turib, deponentlangan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni olmasligi shart.
27. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi xizmatlarni sifatli va oʻz vaqtida taqdim etishi uchun kuyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida BQQPlari faoliyatini tashkil etishni taʼminlash;
maʼlumotni uzatish uchun oʻz telekommunikatsiya tarmogʻini tashkil etish yoki ijaraga olish;
belgilangan tartibda mijozlarning elektron aloqa kanallari orqali BTSTga bevosita kirishini taʼminlash;
qimmatli qogʻozlarni sotish uchun berilgan buyurtmalar asosida xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga yoki mijoz investitsiya vositachisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyda mijozning qimmatli qogʻozlarini deponentlashni taʼminlashga va ularni birjadan tashqari savdolarini toʻxtatib qoʻyishga topshiriq berish;
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida investitsiya vositachilari bilan bitimlar tuzish;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
xizmat koʻrsatuvchi depozitariydan birjadan tashqari savdolarda deponentlangan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
sotib olishga buyurtmalarni mijozning deponentlangan pul mablagʻlari miqdorigagina mutanosib hajmida qondirish;
sotishga buyurtmalarni mijozning deponentlangan qimmatli qogʻozlar miqdorigagina mutanosib hajmida qondirish;
taqdim etilgan buyurtmalar haqidagi barcha maʼlumotlarni (mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno) ommaviy eʼlon qilish.
(27-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
28. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi:
har qanday manfaatdor shaxsga qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini savdoga kiritish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarni savdoga qoʻyish qoidalarini, bitimlarni tuzish va taqqoslash qoidalarini, bitimni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, bitimlarni bajarish tartibini, narxlar bilan manipulyatsiya qilishni cheklash qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bozorida birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar koʻrsatish jadvalini, yuqorida sanab oʻtilgan holatlar va savdolarga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish reglamantini, shuningdek hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarini oshkor etishi;
savdolarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq muntazam savdolarni oʻtkazilishini taʼminlashi;
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining barcha ishtirokchilari uchun savdolarga qirishning tengligini taʼminlashi;
manfaatdor shaxslarning BTSTda mavjud boʻlgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga takliflar va oʻtkazilgan savdolar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga toʻsiqsiz kirishini taʼminlashi;
mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga buyurtmalarini buyurtmada va qoidada belgilangan shartlarga muvofiq ularning tashkiliy savdolariga tegishli taklif/soʻrov mavjud boʻlgan taqdirda qanoatlantirishi;
qanoatlantirilgan buyurtmalarga muvofiq belgilangan mijozga pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar oʻtkazilishini taʼminlashi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan tartibda mijozning qanoatlantirilgan buyurtmalari bilan bogʻliq birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registridan mijozga koʻchirma nusxalarini berishi;
mijozlarning roziligisiz mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(28-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻroviga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar soni va toifalari toʻgʻrisidagi, bozor faolligi parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
mijozlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning xavfsizligini va ularning ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishini taʼminlashi;
mijozning soʻrovi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga berilgan buyurtmalari qondirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishi;
ommaviy axborot vositalarida savdolar natijalari, emitentlarning nomlari, sotib olishga/sotishga taklif etilgan qimmatli qogʻozlarning soni, turi va bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam eʼlon qilinishini taʼminlashi shart.
Mijoz tomonidan sotishga buyurtmani qaytarib olganida yoki sotishga buyurtmaning amal qilish muddati tugaganda birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi:
mijozning qimmatli qogʻozlarini BTSTda sotishga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatidan chiqarilishini taʼminlashi;
investitsiya vositachisidagi mijozning depo hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarning qaytarilishini taminlashi (hujjatsiz qimmatli qogʻozlar uchun) shart.
(28-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
29. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozlarga savdolarda ishtirok etish imkoniyatining quyidagi usullarini taʼminlashi mumkin:
BQQP operatorlari orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga qogʻoz shaklidagi buyurtmalarni berish bilan;
BQQPda oʻrnatilgan terminallar orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga toʻgʻridan-toʻgʻri elektron buyurtmalar kiritish yoʻli bilan;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan boshqa usullar bilan.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
§ 6.BTSTda savdolarni tashkil etish
30. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qatʼiy belgilangan vaqt oraligʻida savdolarni muntazam ravishda oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
31. Savdolar qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga buyurtmalarni yigʻish yoʻli bilan qatʼiy belgilangan muddat ichida oʻtkaziladi.
32. Mijozlar buyurtmalarini qanoatlantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda sotuvchilardan qimmatli qogʻozlarning eng koʻp miqdorini sotib oluvchilarning mol-mulkiga oʻtkazilishini taʼminlovchi kotirovka bahosi belgilanadi. Ikkinchi bosqichda sotib olish narxi kotirovka bahosidan yuqori yoki teng va sotish bahosi kotirovka bahosidan past yoki teng boʻlgan barcha buyurtmalar qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
34. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qoidalarini va birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining BQQP hamda investitsiya vositachilari bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
35. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi va xizmat koʻrsatuvchi depozitariy oʻrtasidagi hamkorlik qilish shartlari va tartibi amaldagi qonunchilik hujjatlari va ular oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijoz investitsiya vositachisining hamkorligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron hujjatlarni qabul qilish va yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
36. Hamkorlik qilish shartnomasiga muvofiq, savdoga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning mavjudligini kafolatlash va hisobga olish huquqi xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlarning pul mablagʻlari hisobi va saqlanishi esa birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
§ 7. Mijozlar bilan hisob-kitob qilish tartibi
37. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz xizmatlari uchun tariflarni belgilash huquqiga ega.
38. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
39. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
§ 8. Birjadan tashqari savdolar ishtirokchilarining javobgarligi va hisobot berishi
40. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi va investitsiya vositachilarining vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
41. Birjadan tashqari savdolar tashkil etilishining hamda BTSTda amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinishi ustidan nazorat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan oʻz vakolati doirasida amalga oshiriladi.
42. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga har oyning birinchi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlarning hisob registridan koʻchirma taqdim etishi shart.
43. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijoz investitsiya vositachisi mijozga yetkazilgan haqiqiy zarar uchun, shuningdek oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozning yoʻqotilgan foydasi uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 23.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)
44. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijoz investitsiya vositachisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning tasarrufida boʻlgan maʼlumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi hamda ularning oshkor qilinishi natijasida yetkazilgan barcha zararlarni qoplash uchun javobgar boʻladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
45. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy, mijoz investitsiya vositachisi, shuningdek mijoz ushbu Nizom talablarini bajarmaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
46. Mijoz, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijoz investitsiya vositachisi oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
47. BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 325-modda; 2007-y., 37-38-son, 395-modda; 2008-y., 43-son, 438-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son; 07.03.2019-y., 10/19/1384-8/2719-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)