|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.01.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrug‘i
Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 23-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1384-7]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3596, 27.12.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1384, 2004-yil 16-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 28-son, 325-modda) bilan tasdiqlangan Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-oktabr,
2018-11-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi “korporativ obligatsiyalar” degan so‘zlardan keyin “, infratuzilma obligatsiyalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijoz investitsiya vositachisi — tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozga brokerlik va depozitar xizmatlar ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisi;”;
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “mijoz depozitariysi” degan so‘zlar “mijoz investitsiya vositachisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Uyushgan birjadan tashqari bozordagi savdolarga qo‘yishga fond birjasining birja kotirovkalash varag‘ida mavjud bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga ruxsat beriladi.”.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi BTSTda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mijozlargagina xizmat ko‘rsatishi mumkin.”.
5. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mijoz qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining yoki sherigining istalgan BQQPlaridan biriga, shuningdek maxsus veb-ilova orqali topshirishi mumkin. Bunda mijozning BTSTdagi identifikatsion raqami o‘zgarmaydi.
Buyurtmalar mijoz investitsiya vositachisi tomonidan BQQP orqali topshirilgan taqdirda, buyurtmaga mijoz va investitsiya vositachisi o‘rtasidagi investitsiya vositachisiga mijozning nomidan buyurtmalar berish huquqini nazarda tutuvchi shartnoma nusxasi ilova qilinadi.”.
6. 16-banddagi “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar “, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 17-banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazilgan mijozlar to‘g‘risida ma’lumotlarning” degan so‘zlar “mijozlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish)ga berilgan buyurtmalar va savdolar yakunlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Mijoz va (yoki) mijozning investitsiya vositachisi uyushgan birjadan tashqari bozorda bitimlarni amalga oshirishi uchun buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan shaklda va tarzda berishi shart.”.
9. 21-bandda:
birinchi xatboshi “Buyurtmada” degan so‘zdan keyin “, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “depozitariydagi” degan so‘z “investitsiya vositachisidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshi “mijozning imzosi” degan so‘zlardan keyin “(buyurtmalarni elektron shaklda kiritish hollari bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
10. 23-banddagi “mijoz depozitariysiga”, “mijoz depozitariysining” hamda “mijoz depozitariysi” degan so‘zlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisiga”, “mijoz investitsiya vositachisining” hamda “mijoz investitsiya vositachisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11. 231 va 24-bandlardagi “mijoz depozitariysidagi”, “mijoz depozitariysiga” va “mijoz depozitariysi” degan so‘zlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisidagi”, “mijoz investitsiya vositachisiga” va “mijoz investitsiya vositachisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 25-bandning ikkinchi xatboshisi “berishga” degan so‘zdan keyin “, shu jumladan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
13. 26-bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridan “birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijoz investitsiya vositachisining depo hisobvarag‘ida (hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar uchun) buyurtmada sotish uchun ko‘rsatilgan hajmda qimmatli qog‘ozlar mavjudligini ta’minlashi;”.
14. 27-bandda:
beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “mijoz depozitariysiga va “depozitariylar” degan so‘zlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisiga” va “investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taqdim etilgan buyurtmalar haqidagi barcha ma’lumotlarni (mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno) ommaviy e’lon qilish.”.
15. 28-bandning o‘n yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya vositachisidagi mijozning depo hisobvarag‘iga qimmatli qog‘ozlarning qaytarilishini taminlashi (hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar uchun) shart.”.
16. 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. 34-band “BQQP” qisqartmasidan keyin “hamda investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
18. 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mijoz depozitariysining” degan so‘zlar “mijoz nvestitsiya vositachisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. 38 va 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Kliring amalga oshirilgandan so‘ng qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
39. Kliring amalga oshirilgandan so‘ng qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblar xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.”.
20. 40-banddagi “depozitariylarning” degan so‘z “investitsiya vositachilarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 43 — 45-bandlardagi “mijoz depozitariysi” degan so‘zlar “mijoz investitsiya vositachisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 46-banddagi “, mijoz depozitariysi” degan so‘zlar “va mijoz investitsiya vositachisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)