Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKA SAVDO - XARID UYuShMASI “OʻZTAYYORLOVSAVDO”NI TAShKIL ETISh MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublika savdo-xarid uyushmasi “Oʻztayyorlovsavdo”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston respublika savdo-xarid uyushmasining tarkibiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi:
mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar ishtirokida hududiy savdo-xarid uyushmalari tomonidan tashkil etiladi;
oʻz faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari hamda ular bergan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish — ularni saqlash-qayta ishlash-resurslarning joyini oʻzgartirish — mahsulotlarni sotishdan iborat oʻzaro bogʻliq jarayonlarning bajarilishini taʼminlaydi;
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etadi;
“Oʻzkooptayyorlovsavdo” respublika birlashmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Belgilansinki, hududiy savdo-xarid uyushmalari:
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi uchun oʻz muassislari oldida javob beradilar;
viloyatning barcha mintaqalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan bir tekis taʼminlash uchun ularning tizim ichida joyini oʻzgartirishni va tayyor mahsulotni isteʼmolchilarga sotishni taʼminlaydilar;
“Oʻztayyorlovsavdo” respublika uyushmasining tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan kirgan holda oʻz faoliyatlarini hududiy tashkilot qatnashchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy tashkilot Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
Hududiy uyushmalarning raislari viloyatlar hokimlarining tavsiyalariga koʻra muassislar yigʻilishi tomonidan saylanadilar va “Oʻztayyorlovsavdo” respublika uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Hududiy uyushmaning namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tayyorlov faoliyatining asosiy boʻgʻini sifatida “Kooptayyorlovsavdonning tuman (shahar) birlashmalari negizida tuman (shahar) savdo-xarid uyushmalari tuzilsin.
“Oʻztayyorlovsavdo” Oʻzbekiston respublika uyushmasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari shu yilning 1-oktabrigacha tuman (shahar) savdo-xarid uyushmalarini tuzish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4. “Oʻztayyorlovsavdo” respublika uyushmasi:
ikki hafta muddatda hududiy va tuman savdo-xarid uyushmalarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin;
bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻz faoliyatining Ustavini ishlab chiqsin va qabul qilsin.
5. Respublika uyushmasi boshqaruvi ijroiya apparatining tuzilmasiga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq va uning xodimlarining chegaralangan soni 35 nafar boʻlishiga rozilik berilsin.
“Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasiga uyushma raisining uch oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, uyushma boshqaruvi ijroiya apparatini saqlash kelishilgan normativlar boʻyicha hududiy uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning foydasidan ajratmalar, shuningdek, oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-son va 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorlarida ilgari nazarda tutilganga qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korxonalarini mulkchilikning jamoa va xususiy shakllariga aylantirishga doir 1994-yilgi tashkiliy tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi bilan birgalikda:
ilgari Respublika birlashmasi tarkibiga kirgan barcha korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirishni 1995-yil 1-yanvargacha tugallasin, bunda savdo-xarid uyushmalari xodimlariga ustunlik huquqi berilsin;
savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy va jamoa mulki qilib sotsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Vazirlar Mahkamasining tugatilgan “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasining korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida 1993-yil 20-yanvardagi 44-son va 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorlari qanday bajarilayotganligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiyaning tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi ikki hafta muddatda kimoshdi savdolarida tuman savdo-xarid uyushmalariga sotish uchun texnik jihatdan soz yuk avtomobillari roʻyxatini belgilasin.
10. Qishloq xoʻjaligi korxonalariga boʻsh binolar, maydonlar, saqlash joylari va boshqa inshootlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlash uchun oʻzaro foydali shartnoma asosida savdo-xarid uyushmalariga berish tavsiya qilinsin.
11. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni mavjud boʻsh quvvatlarda “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasiga shartnoma shartlari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatsin.
12. “Oʻztayyorlovsavdo” respublika savdo-xarid uyushmasi:
joylarda hokimliklar, mahalla qoʻmitalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari ishtirokida bozorlarning direktorlari lavozimiga kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish boʻyicha tanlov komissiyalari tuzsin;
uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning jamoa xoʻjaliklari, ijarachilar, dehqon xoʻjaliklari va aholi bilan bozor talabi va konyunkturasini hisobga olgan holda mahsulot haqini banklardagi alohida schyotlarga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan toʻlab, kelgusi yil hosili uchun shartnomalar (fyucher bitishuvlari) tuzishlarini amaliyotga joriy etsin.
“Oʻztayyorlovsavdo” respublika uyushmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qayd etib oʻtilgan bitishuvlarni tuzish uchun namunaviy shartnoma shaklini ishlab chiqsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — “Oʻzkoopzagottorg”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 10-maydagi 126-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-avgust,
399-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
5-avgustdagi 399-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-xarid uyushmasi “Oʻztayyorlovsavdo” ning
TARKIBI
Qoraqalpogʻiston respublika savdo-xarid uyushmasi
Andijon savdo-xarid uyushmasi
Buxoro savdo-xarid uyushmasi
Jizzax savdo-xarid uyushmasi
Qashqadaryo savdo-xarid uyushmasi
Navoiy savdo-xarid uyushmasi
Namangan savdo-xarid uyushmasi
Samarqand savdo-xarid uyushmasi
Surxondaryo savdo-xarid uyushmasi
Sirdaryo savdo-xarid uyushmasi
Toshkent viloyat savdo-xarid uyushmasi
Toshkent shahar savdo-xarid uyushmasi
Fargʻona savdo-xarid uyushmasi
Xorazm savdo-xarid uyushmasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
5-avgustdagi 399-son qaroriga
2-ILOVA
Hududiy savdo-xarid uyushmasining namunaviy tuzilmasi
Uyushma xodimlarining taxminiy soni:
1. Fargʻona, Toshkent, Andijon viloyatlarida — 25 — 30 kishi.
2. Toshkent shahar, Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida va Qoraqalpogʻistonda — 15 — 23 kishi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-xarid uyushmasi “Oʻztayyorlovsavdo” ijroiya apparatining
TUZILIShI
1. Rahbariyat
2. Marketing, moddiy resurslar, xomashyo va mahsulotlarni xarid qilish, sotish boʻlimi
3. Savdo-xarid tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish boʻlimi
4. Iqtisodiyot, moliya va hisobot boʻlimi
5. Nazorat-taftish boʻlimi
6. Savdoni tashkil qilish, dehqon bozorlari va savdo uylari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi
7. Ishlab chiqarish korxonalari, kapital qurilish va transport boʻlimi
8. Ishlar boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
5-avgustdagi 399-son qaroriga
3a-ILOVA
“Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi ijroiya apparatining tavsiya etilayotgan tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
5-avgustdagi 399-son qaroriga
4-ILOVA
“Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga oid
TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR
Viloyatlar‎‏

‎Korxonalarning umumiy soni‎‏
Xususiylashtirilgan‏

‎Xususiy-lashtiriladiganlari‎‏
‎‎Mulkchilikning tavsiya etilayotgan shakli ‎
jamoa‎ xususiy, oilaviy‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 327‎ 182‎ 89‎ 52‎ 37‎
Andijon‎ 851‎ 545‎ 250‎ 96‎ 154‎
Buxoro‎ 474‎ 334‎ 94‎ 42‎ 52‎
Jizzax‎ 451‎ 312‎ 97‎ 48‎ 49‎
Qashqadaryo‎ 595‎ 320‎ 217‎ 79‎ 138‎
Navoiy‎ 349‎ 260‎ 57‎ 17‎ 40‎
Namangan‎ 580‎ 409‎ 97‎ 47‎ 50‎
Samarqand‎ 921‎ 653‎ 171‎ 71‎ 100‎
Surxondaryo‎ 425‎ 198‎ 153‎ 30‎ 123‎
Sirdaryo‎ 228‎ 192‎ 11‎ 11‎ —‎
Toshkent‎ 744‎ 404‎ 239‎ 54‎ 185‎
Fargʻona‎ 759‎ 459‎ 159‎ 28‎ 131‎
Xorazm‎ 480‎ 385‎ 60‎ 45‎ 15‎
“Toshkoopbozorsavdo”‎ 271‎ 135‎ 79‎ 44‎ 35‎
Jami:‎ 7455‎ 4824‎ 1773‎ 664‎ 1109‎
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-son qaroriga
5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-son va 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorlari qanday bajarilayotganligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
I.H. Joʻrabekov‎ —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
V.A. Chjen‎ —‎‎ Bosh vazir oʻrinbosari, Davlat mulki qoʻmitasining raisi‎
M.Z. Usmonov‎ —‎‎ Bosh vazir oʻrinbosari‎
B.M. Mustafoyev‎ —‎‎ Respublika Bosh prokurori ‎
A.M. Mardiyev‎ —‎‎ Adliya vaziri‎
Z.A. Fayziyev‎ —‎‎ “Oʻzbeksavdo” uyushmasining raisi‎
B.U. Abdugʻaniyev‎ —‎‎ Oʻzbekbirlashuv raisi‎
B. Gʻofurov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri
V.I. Pletnyov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudirining oʻrinbosari‎‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlarning hokimlari.