Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKBIRLAShUV, “O‘ZKOOPTAYYORLOVSAVDO” BIRLAShMASI VA “O‘ZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT” KONSERNI BOShQARUVLARINING DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh MASaLALARI BO‘YIChA TAKLIFLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli qarorning 6, 8-bandlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korxonalarini mulkchilikning jamoa va xususiy shakllariga aylantirishga doir 1994-yilgi tashkiliy tadbirlar va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-sonli qarorini qanday bajarilayotganligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning tarkibi qo‘shimcha ravishda kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida”gi Qonuniga muvofiq hamda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlarning tashabbuskorligini va ishbilarmonligini rivojlantirish va ularga mulkchilikning jamoa hamda xususiy shakllarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining belgilangan tartibda kooperativ mulkni bosqichma-bosqich xo‘jalik yuritishning xususiy va boshqa shakllarga aylantirish haqidagi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserning o‘z savdo tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni boshqaruvlarining 1993-yil uchun tashkiliy tadbirlari 1—3-ilovalariga muvofiq ma’qullansin.
2. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlarida belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy qoidalar va imtiyozlar 1—3-ilovalarga muvofiq O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konsernining savdo tashkilotlariga ham taalluqlidir:
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida, shuningdek mazkur qarorni bajarish yuzasidan Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan me’yoriy qoidalar va yo‘riqnomalar;
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarori.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 1993-yilda quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni tizimida — meva sabzavot kombinatlari (MSK), meva-sabzavot omborlari, bazalari va muzlatgichlari;
O‘zbekbirlashuv tizimida — respublika, viloyat va tuman ulgurji bazalari, sanatoriylari, dam olish uylari, bolalar muassasalari, pioner lagyerlari, shuningdek ayrim tog‘li joylarda va ularga tenglashtirilgan joylarda joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash tashkilotlari, shuningdek 4-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari;
“O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi tizimida — muzlatgichlar, meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa xomashyo omborxonalari, hayvonot xo‘jaliklari, kolxoz bozorlari, bo‘rdoqichilik xo‘jaliklari, meva-sabzavot, xomashyo va ulgurji bazalar, tayyorlov punktlari, shuningdek 5-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari.
4. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va mulkchilik shaklini o‘zgartirish nazarda tutilgan korxonalar (tashkilotlar)ning obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini topshirsinlar.
Belgilansinki, matlubot kooperatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining mulkini sotishdan tushgan hamda mol-mulkni sotib olishdan olingan mablag‘lar paychilarda qoladi va u budjetga o‘tkazilmaydi.
5. “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, idoralar (mulk egalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1993-yilning 1-apreliga qadar dehqon bozorlaridagi savdo tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini xususiylashtirishni tashkil etsin.
6. O‘zbekbirlashuvga va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga o‘z tarmog‘lariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy korxonalar egalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat kooperativ banklari tuzishga ruxsat etilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-apreldagi 212-sonli “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 6-bandning “O‘zbirlashuvbank” kooperativ bankini ochishga ruxsat berishga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan.
7. Shuni e’tiborga olish kerakki, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining kengaytirilgan majlislarida Ustavlarga tegishli o‘zgartishlar kiritish va ularni kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish haqida qaror qabul qilingan.
8. Mazkur qarorning bajarilishi uchun shaxsan javobgarlik O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni rahbarlariga (Volkov, Qurbonova va Toshkenboyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-yanvar,
44-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
1-ILOVA
Matlubot kooperatsiyasi (O‘zbekbirlashuv) korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha
TAShKILIY TADBIRLAR
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎o‘tkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎mo‘ljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2494‎ 6‎ 134‎ 26‎ 114‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 4191‎ 25‎ 275‎ 55‎ 245‎
Buxoro‎ 2286‎ 24‎ 176‎ 35‎ 165‎
Jizzax‎ 1979‎ 6‎ 124‎ 24‎ 106‎
Qashqadaryo‎ 3961‎ 5‎ 295‎ 60‎ 240‎
Navoiy‎ 1751‎ —‎ 100‎ 25‎ 75‎
Namangan‎ 3903‎ 30‎ 270‎ 60‎ 240‎
Samarqand‎ 5176‎ 6‎ 344‎ 74‎ 276‎
Sirdaryo‎ 1537‎ 12‎ 118‎ 20‎ 110‎
Surxondaryo‎ 3641‎ 20‎ 280‎ 74‎ 230‎
Toshkent‎ 3949‎ 78‎ 222‎ 42‎ 258‎
Farg‘ona‎ 5120‎ 21‎ 279‎ 70‎ 230‎
Xorazm‎ 2160‎ 27‎ 123‎ 23‎ 127‎
Xo‘jaliklar‎ 34‎‎ —‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jami:‎ 42181‎ 260‎ 2740‎ 584‎ 2416‎
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
2-ILOVA
Matlubot kooperatsiyasi (“O‘zkooptayyorlovsavdo”) korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha
Tashkiliy tadbirlar
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎o‘tkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎mo‘ljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 344 3‎ 172 5 170
viloyatlar:‎
Andijon‎ 747 6 380 4 382
Buxoro‎ 504 2 280 5 277
Jizzax‎ 312 3 190 6 187
Qashqadaryo‎ 684 ‎4 340 7 337
Navoiy‎ 519 3 260 2 261
Namangan‎ 354 2 170 5 167
Samarqand‎ 734 ‎6 450 9 447
Sirdaryo‎ 212 3 90 2 91
Surxondaryo‎ 398 2 170 4 168
Toshkent‎ 422 6 280 10 276
Farg‘ona‎ 995 5 480 3 482
Xorazm‎ 385 2 190 6 186
Xo‘jaliklar‎ 115 2 ‎‎60 ‎‎9 ‎53
Jami:‎ 6723 49 3512 77 3484
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
3-ILOVA
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni meva-sabzavot savdosi korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha
tashkiliy tadbirlar
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎o‘tkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎mo‘ljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2 ‎— 2 2
viloyatlar:‎
Andijon‎ 1 1 1
Buxoro‎ 2 2 2
Jizzax‎
Qashqadaryo‎ 1 1 1
Navoiy‎ 1 1 1
Namangan‎ 1 1
Samarqand‎ 2 1 1 1
Sirdaryo‎ 1 1 1
Surxondaryo‎
Toshkent‎ 1 1 1
Farg‘ona‎ 4 4 4
Xorazm‎ 2 2 2
Toshkent shahri‎ 18 2 11 11
Jami:‎ 36 3 28 28
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
4-ILOVA
1993-yilda davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan O‘zbekbirlashuv tizimi korxonalarining
ro‘yxati
Non zavodlari
Chirchiq oziq-ovqat kombinati
Savdo uskunalari zavodi
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish kombinati
1 mshb va undan yuqori quvvatga ega bo‘lgan konserva zavodlari
Farg‘ona viloyati matlubot jamiyatining Quva qandolatchilik fabrikasi
Pivo zavodlari
Viloyat dehqonchilik sanoati kombinatlari
Nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat birlashmalari
G‘isht zavodlari
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
5-ILOVA
1993-yilda mulkchilikning jamoa shaklidan mulkchilikning boshqa turlariga o‘tkazilmaydigan “O‘zkooptayyorlovsavdo” tizimi korxonalarining
RO‘YXATI
“Mo‘yna” respublika birlashmasi
Toshkentdagi ulgurji-savdo-ishlab chiqarish korxonasi
0,5 mshb va undan yuqori quvvatga ega bo‘lgan meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish sexlari
Shumanaydagi Osh tuzi ishlab chiqarish korxonasi
Nukusdagi sholiga ishlov berish korxonasi
Toshkent viloyatidagi Qibray meva-sabzavot konservalari va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent viloyati meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi “Sohibkor” ishlab chiqarish korxonasi
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi piyoz quritish liniyasi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi parrandachilik fabrikasi
G‘uzordagi junga dastlabki ishlov berish zavodi
Namangandagi xonatlas shoyi gazlamalari chiqaruvchi sex
Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi tikuvchilik korxonasi