Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.06.2009
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
BUXGALTERIYA HISOBIDA LIZING OPERATSIYALARINI AKS ETTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-iyunda 1373-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-sonli “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1961, 01.06.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 17-son, 197-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
74-son
Moliya vazirining 2004-yil
12-maydagi 74-sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 17-son, 197-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va buxgalteriya hisobida lizing va ijara operatsiyalarini aks ettirishning yagona uslubiy asosini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, (budjet tashkilotlari, banklar va kredit uyushmalaridan tashqari) barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (keyingi o‘rinlarda — korxona) tadbiq etiladi.
2 §. Lizingga beruvchida lizing operatsiyalarining hisobi
2. Lizing obyektlarini sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlari uni sotib olish bilan bog‘liq egri soliqlar va yig‘imlarni qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
b) lizing obyektlarini sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
g) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanmaydigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
d) mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatgan korxonalar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
3. Agar lizing shartnomasining sharti bo‘yicha lizing obyekti sotuvchi tomonidan lizingga beruvchini chetlab bevosita lizingga oluvchiga yetkazib berilsa, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing obyektining kirimi va chiqimi lizing obyektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4. Agar lizing shartnomasining sharti bo‘yicha lizingga beruvchi tomonidan lizing obyekti sotib olingan bo‘lsa, lekin lizingga oluvchi qator sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur lizing obyekti, undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) da hisobga olinadi.
5. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak.
6. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida lizing obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak.
7. Lizing obyektlari lizingga berilganda, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati o‘rtasidagi farq kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va lizingga beruvchining daromadi hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi.
Agar lizing obyekti lizingga berilgunga qadar lizingga beruvchi tomonidan qayta baholangan bo‘lsa, lizing obyektini lizingga berish vaqtida kechiktirilgan daromad (xarajat) lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldig‘i) ni, ya’ni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
8. Lizing obyektlarining lizing shartlariga muvofiq lizingga berilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlarini lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha lizingga berilishi:
debet 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) lizing obyektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
d) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
9. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarni hisobdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
10. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar, joriy davrga tegishli bo‘lgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti.
11. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar, joriy davrga tegishli bo‘lgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
kredit 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyoti.
12. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda lizingga oluvchidan lizing to‘lovlari kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq lizing bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizingga oluvchidan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelmagan lizing to‘lovlari bo‘yicha lizingga oluvchidan bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
g) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelganda lizingga oluvchidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti.
13. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda lizingga oluvchidan lizing to‘lovlari kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq lizing bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizingga oluvchidan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelmagan lizing to‘lovlari bo‘yicha lizingga oluvchidan bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
g) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelganda lizingga oluvchidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
14. Lizing shartnomasi tugagandan keyin lizingga oluvchi tomonidan lizing obyektlarining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti;
b) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini lizingga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
g) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
15. Lizingga oluvchi tomonidan lizing obyektlarining muddatidan oldin qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasiga muvofiq lizing to‘xtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
b) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini lizingga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarish:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarish:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
d) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
e) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
3 §. Lizingga oluvchida lizing operatsiyalarining hisobi
16. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak.
17. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida lizing obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak.
18. Lizing shartnomasi bo‘yicha olib kelingan lizing obyektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlarini lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti;
b) lizing obyektlarini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
v) lizing obyektlarini boshlang‘ich qiymati bo‘yicha foydalanishga topshirilishi (ularni asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi):
debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
19. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash (joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar.
20. Lizing bo‘yicha foizlarni hisoblash va lizingga beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ga muvofiq lizing bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti;
kredit 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
b) lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga:
debet 9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar” schyoti;
kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
v) lizingga beruvchiga lizing to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelmagan lizing to‘lovlari bo‘yicha lizingga beruvchiga bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
d) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelganda lizingga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti.
21. Lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari summasi, lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi kapital qo‘yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kapital quyilmalar amalga oshirilganda:
debet 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital quyilmalar” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
b) kapital qo‘yilmalarni asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda:
debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti;
kredit 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar” schyoti;
v) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti.
22. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishni qayta baholash buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) balans qiymati ko‘payganda (bahosi oshganda):
debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti;
kredit 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
b) balans qiymati kamayganda (bahosi pasayganda) oldingi qayta baholash summasi (ko‘paygan bahosi) darajasida:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti.
Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositani qayta baholash natijasida bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (ko‘paygan baho) dan ortgan qismi xarajat sifatidan tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi;
v) eskirish summasining ko‘payishi (bahosi oshganda):
debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti;
kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
g) eskirish summasining kamayishi (bahosi pasayganda):
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti;
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
kredit 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti.
Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositaning jamg‘arilgan eskirishi qayta baholash natijasida, uning bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (ko‘paygan baho) dan ortgan qismi daromad sifatidan tan olinadi va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotida aks ettiriladi.
23. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni lizingga oluvchining mulkiga o‘tishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalari tarkibiga o‘tkazilganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 — asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda, ular bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasini o‘tkazish (ko‘chirish):
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga;
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 — asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
v) lizing shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘ini to‘lash:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
24. Lizingga beruvchiga lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodoshlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) jamg‘arilgan eskirish summasiga:
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga;
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish qiymatining lizingga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘i summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi (lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilgan hollarda);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
j) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarishdan foyda ko‘rilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
z) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarishdan zarar ko‘rilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
i) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun lizingga beruvchidan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.
4 §. Keyingi lizing bo‘yicha mulkni sotishning hisobi
25. Lizingga beruvchiga mulkni sotish hisobi sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktabr ro‘yxat raqami 1181-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi” 2002-y., 20-son) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik lizing hisobi lizingga oluvchi va lizingga beruvchida mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
5 §. Uzoq muddatli ijara hisobi
26. Asosiy vositalar uzoq muddatli ijaraga berilganda ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan asosiy vositaning boshlang‘ich (agar berilayotgan obyekt foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar obyekt ijaraga berishgacha foydalanishda bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq summasi rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldig‘i) ni, ya’ni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgandan so‘ng kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara to‘lovlarining hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi.
27. Asosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartlariga muvofiq ijaraga berilishi ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) asosiy vositalarni ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha ijaraga berilishi:
debet 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamg‘arilgan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
d) mazkur asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
j) uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
Keyinchalik uzoq muddatli ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi ijaraga beruvchida mazkur Nizomning 2 § da ko‘rsatilgan tartibda yuritiladi.
28. Uzoq muddatli ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi ijarachida xuddi lizingga oluvchidagidek mazkur Nizomning 3 § da o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
6 §. Qisqa muddatli ijara hisobi
29. Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida, ijaraga beruvchida esa asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
30. Qisqa muddatli ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
d) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
j) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
z) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
31. Qisqa muddatli ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara to‘lovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 6910 “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara to‘lovlari to‘langanda:
debet 6910 “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelganda ijaraga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6910 “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
d) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
e) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda kapital qo‘yilmalarni hisobdan chiqarish:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishidan foyda ko‘rilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
i) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital quyilmalarning berilishidan zarar ko‘rilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
k) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.
Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti kreditlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 291-modda)