Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LIZING XIZMATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Lizing operatsiyalarini yanada rivojlantirish, ulardan korxonalarni tashkil etish va zamonaviylashtirish uchun samarali foydalanish, korxonalarni raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni taʼminlovchi zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq solinadigan daromadlar (foyda)ni aniqlashda lizingga oluvchilarning 2009-yil 1-yanvargacha lizingga olingan asosiy vositalar boʻyicha jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari jami summasini, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tezlashtirilgan usul bilan hisoblangan summani chegirib tashlash huquqiga ega boʻlishiga doir tartib belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda belgilangan tartibga qatʼiy amal qilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2004-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun Moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobining yangi hisob-kitoblar rejasi joriy qilinishini hisobga olgan holda, ikki hafta muddatda Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-aprel,
199-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga
ILOVA
2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
III. Vazirlar Mahkamasining “Normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 6-maydagi 194-son qarorida:
a) qarorning toʻrtinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Lizingga beruvchi nomiga import boʻyicha keluvchi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri ularni qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar bilan birga bojxona organiga taqdim etadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 197-modda; 2006-y., 48—50-son, 486-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)