Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3566]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-sentabr,
178-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
2024-17-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2024-yil 29-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Yoʻriqnoma aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan, aksiz markalari bilan majburiy markalanishi lozim boʻlgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning aksiz markalari (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) bilan markalanishi ustidan nazorat oʻrnatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
1-bob. Aksiz markalarini buyurtma qilish va ularni berish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar (bundan buyon matnda ishlab chiqaruvchi korxonalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” MCHJga (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” MCHJ deb yuritiladi) mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda aksiz markalarining turlari boʻyicha zarur miqdorini xarid qilishga (alkogolli mahsulot boʻyicha isteʼmol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrda koʻrsatgan holda) buyurtmanoma bilan murojaat etadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasiga aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni olib kiruvchi importchilar (bundan buyon matnda importchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) hududiy organlariga aksiz markalarining turlari boʻyicha zarur miqdorini xarid qilishga (alkogolli ichimlik boʻyicha — isteʼmol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrlarda koʻrsatgan holda) mazkur Yoʻriqnomaning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda buyurtmanoma topshiradilar. Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar uchun aksiz markalariga yigʻma buyurtmanoma tuzadilar va yozma shaklda Bojxona qoʻmitasiga taqdim etadilar. “Davlat belgisi” MCHJga aksiz markalarini buyurtma qilish Bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun “Davlat belgisi” MCHJga import qiluvchilar mustaqil ravishda murojaat qilishlari ham mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
3. Aksiz markalarini olish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” MCHJga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning “Aksiz markalari uchun haq toʻlangan” degan shtampi bosilgan va “Davlat belgisi” MCHJning masʼul shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qaytariladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
aksiz toʻlanadigan mahsulot importchilari Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning Bojxona qoʻmitasi hududiy organining “Aksiz markalari uchun haq toʻlangan” degan shtampi bosilgan va Bojxona qoʻmitasi hududiy organining masʼul xodimi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari importchilarga qaytariladi.
Bojxona qoʻmitasi hududiy organining xodimi markalarni xarid qilishga buyurtmanoma qabul qilganda importchini mazkur Yoʻriqnomaga 2-ilovaga koʻra shaklda importchining kodini koʻrsatgan holda maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Importchilar Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga “Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini taqdim etadilar.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Aksiz markalarini sotib oluvchi importchining toʻlov hujjatida “Toʻlovning maqsadi” ustunida “Aksiz markalari uchun toʻlandi” degan yozuv boʻlishi kerak.
5. Markalanadigan aksizli mahsulot ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalarga aksiz markalarini berish “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan buyurtmanoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari buyurtmanomada ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻyicha “Davlat belgisi” MCHJning va importchilar boʻyicha Bojxona qoʻmitasi hududiy organlarining belgilari quyidagi hujjatlar mavjud boʻlganida beradilar:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
alkogolli ichimliklarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalarining buyurtirilayotgan miqdori nominal qiymatining 50 foizi toʻlanganligi toʻgʻrisida;
tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining toʻliq nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisida;
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining toʻliq nominal qiymati va aksiz soligʻining butun summasi toʻlanganligi toʻgʻrisida.
Aksiz soligʻi toʻlanayotganida aksiz markalarining qiymati hisobga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiz markalarining nominal qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Davlat belgisi” MCHJning hisob-kitoblari boʻyicha tasdiqlaydi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar “Davlat belgisi” MCHJning belgisi qoʻyilgan aksiz markalarini xarid qilish uchun buyurtmanoma bilan “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmasiga murojaat qiladilar. Bank xodimi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga buyurtmanomada koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalarini beradi va bu haqda aksiz markalarini olish buyurtmanomasida qayd etadi. Buyurtmanomaning bir nusxasi bank xodimida qoladi, boshqasi esa ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga qaytariladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
8. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning tegishli mintaqaviy boʻlinmasigacha tashish va ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar aksiz markalarining nominal qiymatiga kiritilmaydi va ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan ustama tarzida aksiz markalari qiymatidan yuqori qiymatda toʻlanadi, ustama miqdorini “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari tuzilgan shartnomaga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydilar. Ustama summasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan alohida toʻlanadi va aksiz markalarini olishda “Agrobank” ATBning boʻlimlari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ushbu xarajatlar, shuningdek aksiz markalarining nominal qiymati va aksiz tovarlarni markalash bilan bogʻliq xarajatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilarning davr xarajatlariga kiritiladi.
9. Aksiz markalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish BYDni toʻldirgan holda amalga oshiriladi. Import qilinadigan aksiz tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi ishlari uchun olib kelish importchilar tomonidan aksiz markalari sotib olingan va qayd etilgan hududdagina amalga oshiriladi.
10. Respublikaga keltirilayotgan, aksiz markalari bilan markalangan aksiz tovarlarni markalarni importchilar sotib olmagan va qayd etmagan boshqa hudud orqali bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish taqiqlanadi. Buning uchun javobgarlik Bojxona qoʻmitasi hududiy organlarining zimmasiga tushadi.
2-bob. Aksiz markalari bilan markalash tartibi
11. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun moʻljallanayotgan tayyor mahsulotlarga aksiz markalarini ishlab chiqarish jarayonida yoki korxona hududining boshqa moslashtirilgan joyida markalash uchun belgilangan texnologiya asosida yopishtiradilar.
12. Import boʻyicha keltirilayotgan aksiz tovarlarni aksiz markalari bilan markalash importchilar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan aksiz tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va sotish man etiladi.
14. Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
bojsiz savdo qiluvchi doʻkonlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keltirilayotgan;
xalqaro tranzit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan va olib chiqishga moʻljallangan;
jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish meʼyorlari doirasida keltirilayotgan.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XI boʻlimi.
15. Koʻrgazmalar oʻtkazish uchun respublikaga keltirilayotgan aksiz tovarlar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan boʻlsa, koʻrgazmalar tugaganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanadi va ular boʻyicha umumiy belgilangan tartibda aksiz soligʻi toʻlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XI boʻlimi.
16. Tamaki mahsulotining pachkasi ochilgan taqdirda aksiz markasi yirtilishi lozim.
Tamaki mahsulotlarining aksiz markasi quyidagi tarzda yopishtirilishi kerak:
1) yumshoq pachkaning yuqori tomonni yopuvchi aksiz markasidagi matn yoki rasm pachkaning old tomonidagi yoʻnalishda koʻrinishi kerak va pachkaning oʻrtasida (oʻng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada) joylashtirilgan boʻlishi kerak. Pachka sellofan bilan qoplanishi koʻzda tutilgan boʻlsa, pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan oʻralishi lozim;
2) qopqogʻi ochiladigan pachkada aksiz aksiz markasi orqa tomonida joylashtirilgan boʻlishi, burchakni yopishi va pachkaning yon tomoniga ham oʻtgan boʻlishi zarur. Pachka sellofan bilan (agar shu narsa koʻzda tutilgan boʻlsa) pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan oʻralishi lozim;
3) konvert shaklidagi (masalan, “Saraton”, “Astra”, “Prima”) pachkada pachka ustidagi aksiz markasi ochiladigan qopqoqni birlashtirish markazi boʻylab orqa tomonida joylashtirilishi kerak, oʻng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada boʻlishi lozim.
Yuqorida aytib oʻtilgan tartibni buzgan holda (masalan, sellofan plyonkani qirqib, uning ichiga aksiz markasi yopishtirilganda, marka sellofan ustidan yopishtirilganda, boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning markalari yopishtirilganda) aksiz markalari yopishtirilgan tamaki mahsulotlari markalanmagan hisoblanadi va ular belgilangan tartibda olib qoʻyiladi hamda yoʻq qilinadi.
17. Alkogolli ichimliklarni markalashda aksiz markasi idishning zich qilib yopiladigan qopqoqchalari (yoki polietilen tiqinlari) ustidan ochiladigan tomonga bir meʼyorda yopishgan holda va qopqoq ochilganda yirtiladigan qilib yopishtiriladi.
18. Aksiz markalarini yopishtirishda tovardan olinganda uning yirtilmasligiga imkon bermaydigan yelimdan foydalanish lozim. Aksiz markalarini yopishtirish uchun qoʻllaniladigan yelim qurib qolmasligi va tovardan koʻchib ketmasligi uchun yuqori va past haroratlarga, turli namlik darajalariga chidamli boʻlishi; markadan qayta foydalanish uchun idishni yoki pachkani ochishda shikastlangan markalarni butun markalarga yigʻib boʻlmaslik kafolatini taʼminlashi kerak.
Boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning yoxud alkogolli ichimliklar boshqa tovar guruhlarining aksiz markalari yopishtirilgan, idishning litrajiga muvofiq kelmaydigan, shuningdek mazkur bandda va ushbu Yoʻriqnomaning 17-bandida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli ichimliklar markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi kerak.
19. Ishlab chiqaruvchilar yoki importchilar sotib olgan aksiz markalarini qayta sotish, oʻzga shaxslarga boshqacha shakllarda berish yoki sotish mumkin emas, soliq organi yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organining qaytarib berishi bundan mustasno.
3-bob. Aksiz soligʻini toʻlash va budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi
20. Aksizli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
Importchilar aksiz soligʻini import qilinayotgan tovarning kontrakt qiymatidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblaydilar va toʻlaydilar. Tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotganda aksiz soligʻini qayta hisoblash aksiz markalarini sotib olishda ilgari toʻlangan aksiz soligʻini kiritgan holda olib kelinayotgan tovarning bojxona qiymatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Toʻlangan aksiz soligʻi faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan shikastlangan) aksiz markalarini topshirish sharti bilan qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 40-bobi.
Aksiz markalari aksiz soligʻi toʻlanganligiga dalil boʻladi.
21. Soliq organlari va Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari aksiz soligʻini hisoblash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisob-kitoblar oʻz vaqtida topshirilishini nazorat qiladilar, hisobga oladilar va aksiz soligʻi summalarining tushumiga doir hisobotlarni tuzadilar.
4-bob. Aksiz markalarini qayd etish, hisob-kitob va nazorat qilish tartibi
22. Qatʼiy hisobotdagi blankalar uchun boʻlgani singari aksiz markalari uchun ham buxgalterlik hisob-kitobi qoidalari qoʻllaniladi. Aksiz markalariga ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning kodlari yoziladi.
Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun kodlar shunday mahsulot ishlab chiqarish huquqi uchun qonunda belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar boʻlgandagina beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi (10 ming pachka, donadan kam miqdorda) aksiz tovarlarni olib kelayotgan importchilar uchun yagona kod raqamlari — tamaki mahsulotlari uchun IM 9898 va alkogolli ichimliklar uchun IM 98098 raqamlari beriladi.
23. Aksiz markalarining saqlanishi va ulardan maqsad boʻyicha foydalanilishi uchun masʼuliyat aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga yuklanadi.
24. Aksiz markalari xizmatlar va tashish xarajatlari uchun bank ustamasini hisobga olmagan holda nominal qiymat boʻyicha ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisobga olinadi.
25. Soliq organi (soliq toʻlovchining hisobga olingan soliq organi) (keyingi oʻrinlarda soliq organi) va Bojxona qoʻmitasining hududiy organi boshligʻining buyruqlari bilan aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgar shaxs tayinlanadi. Aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish ularning soni va qiymati boʻyicha yuritiladi.
26. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasidan kechiktirmay mazkur yoʻriqnomaga 3-ilovaga muvofiq aksiz markalarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni soliq organiga yoki Bojxona qoʻmitasining hududiy organiga taqdim etadilar.
27. Soliq organi va Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari aksiz markalaridan toʻgʻri foydalanilishi va ularning roʻyxatdan chiqarib tashlanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari kerak.
28. Soliq organlari va Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari oʻtgan oydan keyingi oyning har birinchi kunida “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan berilgan (sotilgan) aksiz markalarining miqdorini solishtiradilar.
29. Soliq organlari har chorakda, oʻtgan chorakdan keyingi oyning har 10-kunida joriy chorakning birinchi kunidagi holatiga koʻra aksiz markalarining aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻylab harakati toʻgʻrisidagi hisobotni Soliq qoʻmitasiga taqdim etadilar. Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari ham xuddi shu tartibda importchilar boʻyicha Bojxona qoʻmitasiga hisobot taqdim etadilar. Mazkur hisobotlar 4-ilovadagi shakl boʻyicha topshiriladi.
30. Aksiz markalarining tushumi va ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarga berilishini hisobga olish tartibi “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida “Agrobank” ATB tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qopqogʻi ochilmagan idishlardagi yoki pachkadagi aksiz markalarining soni ishlab chiqaruvchilarda yoki importchilarda shubha uygʻotsa, ularni tekshirish “Davlat belgisi” MCHJ va “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari vakillarining majburiy hozirligida amalga oshiriladi. “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari ishlab chiqaruvchilarga yoki importchilarga topshirilgunga qadar, shuningdek “Davlat belgisi” MCHJ aksiz markalarini banklarga topshirgunga qadar ularning yirtilmasdan saqlanishini taʼminlashlari shart.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
5-bob. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning aksiz markalarini hisobga olishlari va saqlashlari
31. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar aksiz markalarining toʻgʻri hisobga olinishini, ulardan foydalanilishini (miqdori va qiymati boʻyicha), yirtilgan markalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarib tashlashga qadar saqlanishini taʼminlashlari, ularning nazoratdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
Sotib olingan aksiz markalari nominal qiymati boʻyicha “Qatʼiy hisobot blankalari” 006-balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Markalarning sarflanishi va kirim qilinishi qatʼiy hisobot blankalari uchun boʻlganidek tartibda olib boriladi.
Aksiz tovarlarni bir vaqtning oʻzida ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlar boʻyicha aksiz markalarining harakatini alohida qayd etib borishlari kerak.
Shu maqsadda ishlab chiqarish hamda import qiluvchi korxonalar maxsus buyruq chiqaradilar va unda moddiy javobgar shaxs hamda aksiz markalarini saqlash va sarflash qoidalari belgilab beriladi.
6-bob. Aksiz markalarini hisobdan chiqarish va qaytarish tartibi
32. Aksiz tovarlarni markalayotganda aksiz markalari yirtilib ketgan taqdirda tayyorlovchi korxonalar (importchilar) barcha yirtilib ketgan markalarni soliq organiga yoki Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga topshirishlari, bunda yirtilgan aksiz markalarini yoʻq qilib yuborish uchun qabul qilishni soʻrab ariza berishlari kerak.
33. Yirtilgan aksiz markalari quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda alohida varaqlarga 10 tadan yopishtirilishi kerak:
aksiz markalarini yopishtirish burmalarsiz va gʻadir-budirliklarsiz amalga oshirilishi lozim;
markalar shunday yopishtirilishi kerakki, markaning markaziy qismi va raqamli rekvizitlar aniq koʻrinib turishi lozim;
markalar yirtilganda uning ayrim qismlari birlashtirilishi kerak;
qaytarib yuborilayotgan har bir yirtilgan markaning umumiy qismi uning dastlabki oʻlchovining kamida 2/3 qismini tashkil etishi kerak.
34. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga (import qiluvchilarga) yirtilgan aksiz markalari boʻyicha ularning nominal qiymati qaytarilmaydi, yirtilganlari oʻrniga yangi markalar berilmaydi. Zararlar korxona (import qiluvchi) faoliyatining natijalariga kiritiladi.
35. Soliq organi yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organining aksiz markalari bilan ishlash vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxsi ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchining aksiz markalari uchun moddiy javobgar shaxsi ishtirokida yirtilgan markalarni roʻyxatdan chiqarish (yoʻq qilish) uchun 2 nusxada dalolatnoma tuzadi, unga oʻzi imzo chekadi va Soliq organining yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organining rahbariyatiga yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etadi. Yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin dalolatnomaning bir nusxasi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga topshiriladi, soʻng esa hisobot boʻyicha roʻyxatdan chiqariladi.
36. Roʻyxatdan chiqarilgan aksiz markalarini yoʻq qilish soliq organining yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organi boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, kamida uch kishidan iborat komissiyasi (komissiya tarkibiga soliq organining xodimi ham kiritiladi) tomonidan maxsus mashinalarda yoqib yuborish yoki maydalab tashlash bilan amalga oshiriladi va bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv yoziladi va u komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yuridik shaxs sifatida faoliyat toʻxtatilganda, bankrot boʻlganda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud ishlab chiqaruvchi korxonaning tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi bekor qilinganda yoki importchi tomonidan kontrakt bekor qilinganda va aksiz markalari davlat standartlari talablariga nomuvofiq kelganda amalga oshirilishi mumkin. Bunda aksiz markalarini tayyorlash boʻyicha davlat standartlari talablari buzilgan taqdirda javobgarlik “Davlat belgisi” MCHJ zimmasiga yuklatiladi va qaytarilgan aksiz markalarining nominal qiymati uning xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchi soliq organining yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organining boshligʻi nomiga ariza beradi va unda qaytarish sabablarini, shuningdek aksiz markalarining soni va turlarini koʻrsatadi.
Aksiz markalarini qaytarish soliq organi yoki Bojxona qoʻmitasi hududiy organi tomonidan yozib beriladigan qaytarish toʻgʻrisidagi kvitansiyaga muvofiq (4-ilova) ular ilgari sotib olingan “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlimida amalga oshiriladi. Qaytarish toʻgʻrisidagi kvitansiya 3 nusxada yoziladi, bir nusxasi soliq organiga yoki Bojxona qoʻmitasining hududiy organida qoldiriladi, ikkinchi nusxasi aksiz markalari bilan birga bankka topshiriladi va uchinchi nusxa ishlab chiqaruvchi korxonada, importchida saqlanadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, importchi aksiz markalarini bank qabul qilganidan soʻng bu haqda soliq organi yoki Bojxona qoʻmitasining hududiy organiga qayd etish uchun xabar qilishi lozim. Yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatgan yoki kontraktni bekor qilgan bankrot boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga, shuningdek tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan ishlab chiqaruvchi korxonaga topshirilgan aksiz markalarining nominal qiymati qaytarilmaydi.
Nostandart aksiz markalarini sotib olgan va ularni “Agrobank” ATBning boʻlinmalariga qaytargan ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga tegishli miqdorda yangi aksiz markalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Agrobank” ATB nostandart, shuningdek buyurtirilgan miqdordan ortiqcha olingan aksiz markalarini yoʻq qilib tashlash uchun “Davlat belgisi” MCHJga qaytaradi va bu haqda Soliq qoʻmitasiga va Bojxona qoʻmitasiga xabar qiladi. “Davlat belgisi” MCHJ yangi markalarni berish orqali topshirilgan nostandart aksiz markalarini “Agrobank” ATBga beradi. Bunda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga qoplangan aksiz markalari tekinga, “Davlat belgisi” MCHJ hisobidan beriladi.
(37-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
38. “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari xaridorlar topshirgan aksiz markalari miqdorini ularning turlariga koʻra kirim qilishlari va ularni yoʻq qilib yuborishga tayyorlashlari shart.
Kirim qilingan aksiz markalari “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida mazkur bandning birinchi xatboshisida va 39-bandda koʻzda tutilgan tartibda yoʻq qilinadi. Komissiya tarkibiga bank vakili ham kiritiladi.
7-bob. Aksiz tovarlarni aksiz markalari bilan markalash uchun javobgarlik
39. Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanishi lozim boʻlgan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksiz tovarlarni markalash uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga tushadi.
40. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan aksiz tovarlarni majburiy markalashni taʼminlashlari shart.
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududida markalanishi lozim boʻlgan aksiz tovarlarning ularga aksiz markalarini yopishtirmay oborotga kiritilishi taqiqlangan.
42. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1861-moddasi.
9-bob. Aksiz markalarining turlari va belgilari
43. Aksiz markalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksizli tovarlarning turlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadilar:

Aksiz toʻlanadigan tovarlar

Harfli belgi

Kodli belgi

TAMAKI MAHSULOTLARI

Import qilingan:

IMPORT, TAMAKI MAHSULOTLARI

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, TAMAKI MAHSULOTLARI

IM

9898

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

TAMAKI MAHSULOTLARI

OʻZ

Korxona kodi

ALKOGOLLI ICHIMLIKLAR

Import qilingan:

IMPORT, AROQ

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, AROQ

IM

98098

IMPORT, KONYAK

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, KONYAK

IM

98098

IMPORT, VINO

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, VINO

IM

98098

IMPORT, SPIRTLI ICHIMLIKLAR

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, SPIRTLI ICHIMLIKLAR

IM

98098

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

AROQ

OʻZ

Korxona kodi

KONYAK

OʻZ

Korxona kodi

VINO

OʻZ

Korxona kodi

SPIRTLI ICHIMLIKLAR

OʻZ

Korxona kodi

Aksiz markalarida yozilgan harfiy va raqamli belgilarning taʼrifi:
IM — mahsulot import boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan;
OʻZ — mahsulot Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan;
98 — ikkita birinchi belgi — aksiz markasi bosib chiqarilgan yilning ikkita oxirgi raqamlari;
01 yoki 001 — ikkita yoki uchta keyingi belgilar — tegishincha tamaki yoki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) beriladigan kod raqamlari;
aksiz markalaridagi 4 ta raqamli belgi tamaki mahsulotini anglatadi;
aksiz markalaridagi 5 ta raqamli belgi alkogolli mahsulotni anglatadi;
98 bilan tugaydigan soʻnggi raqamlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi aksizli tovarlar keltirilganligini anglatadi.
Alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida alkogolli ichimlik quyiladigan isteʼmol idishining hajmini litrlarda bildiradigan quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import boʻyicha olib kirilganda: “0,1 L gacha”, “0,11 L dan 0,25 L gacha”, “0,26 L dan 0,37 L gacha”, “0,38 L dan 0,5 L gacha”, “0,51 L dan 0,75 L gacha”, “0,76 L va yuqori”;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganda: “0,05 L”, “0,1 L”, “0,2 L”, “0,25 L”, “0,375 L”, “0,45 L”, “0,5 L”, “0,7 L”, “0,75 L”, “1,0 L”, “1,5 L”, “1,75 L”, “3 L”.
Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“Davlat belgisi” MCHJning

direktoriga ___________________________________

(F.I.O.)

20__ y. “___” ____________da _______-son bilan roʻyxatga olingan

Aksiz markalarini xarid qilishga

BUYURTMANOMA

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

_________________________________________________________________________________________

aksiz markalarini quyidagi miqdorda bosib chiqarishingizni soʻraydi:

__________________ soʻmlik __________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

__________________soʻmlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

__________________soʻmlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

__________________soʻmlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

Umumiy miqdori ____________________________________________________________ soʻmlik.

(soʻz bilan)

Koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalari

______________________________________________________________________________________ ni

(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)

markalash uchun zarur.

Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul mablagʻi oʻtkazilgan.

20__ y. “___” ____________dagi ________________ soʻmlik toʻlov hujjati.

Tashkilot rahbari __________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

M.Oʻ.

(muhr mavjud boʻlganda)

Bosh buxgalter ________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

“Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi belgisi, masʼul shaxs imzosi, sana, muhr.

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

_________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ y. “___” ____________dagi _________-son ishonchnoma.

Pasport seriyasi _____ № ___________, ___________ tomonidan berilgan.

Olindi ___________________________________________________________________________

(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)

20__ y. “___” ____________da oldim.

Imzo ___________________________

(aksiz markalarini oluvchining imzosi)

* kerakligining tagiga chizilsin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma
1a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______________________________________________________ boshligʻiga

(BQ hududiy organining nomi)

20__ y. “___” ____________da ____________-son bilan roʻyxatga olingan

(BQ hududiy organi tomonidan toʻldiriladi)

Aksiz markalarini xarid qilishga

BUYURTMANOMA

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

_________________________________________________________________________________________

quyidagi miqdorda aksiz markalarini buyurtirishni soʻraydi:

_________________ soʻmlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________soʻmlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________soʻmlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________soʻmlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

Umumiy miqdori __________________________________________________________ soʻmlik.

(soʻz bilan)

Koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalari

_____________________________________________________________________________________ ni

(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)

markalash uchun zarur.

Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul mablagʻi oʻtkazilgan.

20__ y. “___” ____________dagi ________________ soʻmlik toʻlov hujjati.

Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi _______________________ soʻm miqdorida ____________________ hisob raqamiga toʻlangan, 20__ y. “___” ____________dagi ________________-son toʻlov hujjati.

Tashkilot rahbari _________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

M.Oʻ.

(muhr mavjud boʻlganda)

Bosh buxgalter _________________________________

(F.I.O., imzo)

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

Bojxona qoʻmitasi hududiy organining “Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgisi, masʼul shaxs imzosi, sana, muhr.

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

_________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ y. “___” ____________ dagi _________-son ishonchnoma.

Pasport seriyasi _____ № ___________, ___________ tomonidan berilgan.

Olindi ___________________________________________________________________________

(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)

20__ y. “___” ____________ da oldim.

* kerakligining tagiga chizilsin.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)

Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma

2-ILOVA

Aksiz markalari bilan markalanishi lozim boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlar importchilarini qayd etish
JURNALI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Import qiluvchi nomi

Marka sotib olish uchun buyurtma berilgan sana va roʻyxat raqami

Buyurtirilgan aksiz markalari

Import qiluvchi kodi

Aksiz markasi haqi toʻlanganligi toʻlov hujjati raqami va sanasi

Aksiz markalari uchun toʻlov summasi, ming soʻmda

“Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan sana

marka turi

soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)

Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma

3-ILOVA

Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar boʻyicha aksiz markalarining harakati toʻgʻrisida
HISOBOT

_______________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha

(ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar nomi)

20___ _____ oyi uchun aniq koʻrsatilishi kerak

Marka turlari

Hisobot davri boshidagi qoldiq

Hisobot davrida tushdi

Hisobot davrida xarajat qilindi

Hisobot davrida zararlandi va hisobdan chiqarildi

Hisobot davri oxiridagi qoldiq

sana dona

soʻmlardagi nominal qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal qiymat

1

2

3

4

4

5

6

7

8

9

10

Izoh:
Soliq va bojxona hududiy organlarida hisobga olish va hisobot har oyda mahsuloti aksiz markalari bilan markalanadigan har bir ishlab chiqaruvchi (importchi) boʻyicha olib boriladi.
Aksiz markalarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot Soliq qoʻmitasiga va Bojxona qoʻmitasiga ushbu Yoʻriqnomaning 35-bandiga muvofiq (har chorakda) taqdim etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar asosida zaruratga koʻra, qoʻshimcha ustunlar bilan toʻldirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma

4-ILOVA

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(soliq yoki bojxona hududiy organining nomi koʻrsatiladi)

Aksiz markalarini qaytarish

KVITANSIYASI

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

20__ yil _________________________dagi _____________________son roʻyxat raqami

(soliq yoki bojxona hududiy organi tomonidan toʻldiriladi)

(bank nomi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ soʻmga.

(marka turi)

Jami

____________________________________________________________________________________soʻm

(soʻz bilan)

_________________________________________________________________________________________

Aksiz markalarini qabul qilgan bank xodimining imzosi

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ismi sharifi aniq koʻrsatiladi)

Shtamp belgisi

Aksiz markalarini topshirgan shaxs imzosi_____________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ismi sharifi aniq koʻrsatiladi)

M.Oʻ.

Soliq yoki bojxona hududiy organining muhri,

masʼul shaxsning imzosi,

sana

M.Oʻ.

(muhr mavjud boʻlganda)

oluvchi tashkilotning muhri,

rahbar imzosi,

sana

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-son qaroriga

2-ILOVA

Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1998-yil 10-dekabrdagi 04-02-05/809-son, 1998-yil 10-dekabrdagi 98-156-son, 1998-yil 6-dekabrdagi 02/8-42-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 2-son, 2000-y. 16-son, 2003-y., 21-22-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda, 2009-y., 13-son, 2011-y., 148-son, 13-son, 2011-yil, 12-13-son, m. 128-son, 51-modda. 548; 2013-yil, № 2, m. 28; 2017-yil, 12-son, m. 190-son, 37-modda. 1019).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 24-iyuldagi 82-son, 2000-yil 6-iyuldagi 2000-49-son, 2000-yil 19-iyuldagi 2/8-46-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-son oʻzgartirish”gi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalari (roʻyxat raqami 589-1, 2000-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 14-noyabrdagi 110-son, 2003-69-son va 01-02/8-38-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-2, 2003-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 8-yanvardagi 4-son, 2007-02-son va 01-02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-3, 2007-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 13-martdagi 33-son, 2009-15-son va 01-02/8-6-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-4, 2009-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 148-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 14-martdagi 22-son, 2011-11-son va 01-02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-5, 2011-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 128-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 29-noyabrdagi 73-son, 2011-32-son va 01-02/8-23-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-6, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 548-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 12-dekabr 88-son, 2012-34-son va 01-02/8-34-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-7, 2013-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 28-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 16-mart 28-son, 2017-12-son va 01-02/8-14-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-8, 2017-yil 23-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 190-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 29-avgust 129-son, 2017-47-son va 01-02/8-36-son “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 589-9, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1019-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 10/24/3566/0875-son; 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)