1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 306]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-sentabr,
01/2-66-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 30-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 1-avgust
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 1-avgust
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 29-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 01/2-66-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining hududini va uning qismlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuniga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar”;
SHNQ 1.02.08-19 “Qurilish uchun muhandislik-geodezik qidiruvlar. Qoidalar toʻplami”;
QMQ 2.01.17-98 “Fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar. Muhandislik-texnik tadbirlar”;
SHNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish”;
ISO 216-2007 — Yozuv qogʻozi va bosma mahsulotlarining ayrim sinflari. Kesilgan oʻlchamlari. Mashina yoʻnalishi koʻrsatilgan A va B seriyalari (rasmiy manba: Bumaga pischaya i nekotorie vidi pechatnoy produksii. Potrebitelskiye formati. Ryadi A i V i ukazaniye mashinnogo napravleniya);
“Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 1533, 2006-yil 3-yanvar).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
aglomeratsiya — aholi punktlarining ixcham hududiy guruhi boʻlib, uning asosiy koʻrinishi shaharlar, ajralib turadigan joylardan iborat boʻlib, intensiv sanoat, transport va madaniy aloqalarga ega boʻlgan koʻp qatlamli koʻp komponentli dinamik tizimda birlashtirilgan hududlar;
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
aholi punktining chegara chizigʻi — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tashqi chegarasi;
demografiya — aholining koʻpayish qonuniyatlarini, uning taqsimlanishini, bu jarayonlarning dinamikasini, shuningdek odamlar soni oʻzgarishining jamiyatdagi boshqa hodisalar bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan;
tarmoq tarhlari — Oʻzbekiston Respublikasining hududi va uning qismlarida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari va rejalashtirish yechimlari belgilangan tarh (energiya taʼminoti, transport sohasini (turlarini) rivojlantirish, hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish);
transport infratuzilmasi — infratuzilmaning bir turi boʻlib, yoʻlovchi va yuklarni tashishni amalga oshiruvchi, shuningdek ularga xizmat koʻrsatish va saqlash vazifasini taʼminlovchi transport korxonalari va ularning barcha tarmoqlari;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari — tuman (tumanlar) hududini tabiiy-iqlim sharoitlarini, aholi soni prognozini hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda hududlarni zonalashtirish, muhit xavfsizligi, ekologik barqarorligi va istiqbolli rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan hujjat;
uy-joy fondi — mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha turdagi turar-joylari, shu jumladan turar-joy binolari, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxonalar, boshpanalar, koʻchma fond uylari, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uylar, mehribonlik uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar va faxriylar uchun internat uylar, internatlar, maktab qoshidagi internatlar, kvartiralar va boshqalar) yigʻindisi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi (bundan buyon matnda Bosh tarh deb yuritiladi) — hududlarning ijtimoiy, demografik, ekologik va iqtisodiy jihatlarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini hisobga olgan, kompleks xususiyatga ega boʻlgan, jahondagi global jarayonlarni, mamlakatning kommunikatsiyalar makonidagi oʻrnini, uning hududlarini fazoviy tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini belgilovchi fundamental va yangilab boriladigan axborot-tahliliy hujjatdir;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini oʻz ichiga olgan qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda biriktirma tarhlar deb yuritiladi) — respublikaning ikki va undan ortiq viloyat hududlarini oʻz ichiga olgan qismlarini rejalashtirish tarhi boʻlib, unda Bosh tarhda va Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhida qabul qilingan loyihaviy yechimlarni viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transport va ijtimoiy soha infratuzilmalari hamda viloyatlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim sharoitlari va tabiiy resurslardan kelib chiqib aniqlashtiradigan hujjat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari — koʻrilayotgan hududning tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-madaniy va demografik xususiyatlarini tahlil qilish, rekreatsion zaxiralar, transport va muhandislik infratuzilmalari imkoniyatlarini kompleks baholash asosida hududlarda foydalanish rejimini, shuningdek muhit xavfsizligi, ekologik barqarorligi va istiqbolli rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan loyihaviy yechimlarni belgilaydigan hujjat;
hududni muhandislik jihatdan tayyorlash — hududdan samarali foydalanish uchun oʻzgartirish, yer sathini tekislash, sanitariya-gigiyena va mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
hududni muhandislik uskunalash — qurilish maydonchasi hayotni taʼminlash, monitoring qilish, nazorat qilish uchun muhandislik tizimlari (suv, elektr, gaz, issiqlik taʼminoti, aloqa, kanalizatsiya, drenaj va shu kabilar) bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
hududni funksional tashkillashtirish (zonalashtirish) — hudud rivojlanishini shaharsozlik jihatdan rejalashtirish chogʻida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda hududning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;
foydalanish rejimi — har bir hududiy zona uchun shaharsozlik hujjatlari bilan belgilangan foydalanish rejimi (unda joylashgan barcha yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan bir xil qoʻllaniladi).
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
AMTB — atrof-muhitga taʼsirni baholash;
TIA — texnik-iqtisodiy asos;
GTS — gaz taqsimlash stansiyalari;
FM MTT — fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari;
BRL — batafsil rejalashtirish loyihasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Oʻzbekiston Respublikasining hududini va uning qismlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish masalalarini hal etish maqsadida quyidagilar uchun turli yoʻnalishlarda hududlarni rivojlantirishning tarmoq tarhlari ishlab chiqilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi hududini funksional zonalashtirish va tabiatdan foydalanish tarhi;
dam olish va turizm zonalarni rejalashtirish tarhi;
shaharlar aglomeratsiyasi hududini rejalashtirish tarhi;
aholi punktining bosh rejasiga muvofiq qurilishning birinchi navbatini joylashtirish tarhi;
sanoat majmualari va ishlab chiqarish zonalari bosh rejalari hamda ushbu hududlarda qurilishlarni tartibga solish tarhlari;
aholi punktlari hududlarini xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish tarhlari;
hududning muhandislik tayyorlash ishlari boʻyicha tarhlar;
fuqaro muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar tarhlari;
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha hududiy kompleks tarhlar;
aholi punktlarining tarixiy-meʼmoriy va madaniy meros obyektlari joylashuvi tayanch tarhlari;
qurilishlarni tartibga solish chiziqlari tarhlari;
aholi punktlarida yashil zonalarni tashkil etish tarhlari va boshqalar.
5. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni, shu jumladan taqdimot materiallarining tarkibi, loyiha bilan qamrab olinayotgan hududning chegaralari (sxematik, xaritada), shuningdek tarhlar va chizmalarning masshtablari loyihalashtirish topshiriqlari bilan belgilanishi kerak.
Loyiha yechimlarini asoslovchi, detallashtiruvchi chizmalar va ilova qilinadigan materiallar qoʻshimcha ravishda loyihalashtirish topshirigʻiga asosan bajarilishi kerak.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshiriqlari mazkur SHNQning 1 — 6-ilovalarida nazarda tutilgan.
6. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda quyidagilar bajarilishi lozim:
shaharsozlik hujjatlarini maʼmuriy-hududiy tuzilishiga, shaharsozlik maqsadlari va vazifalari, ularning davomiyligi, loyihaviy yechimlarning sifati va asoslanganligi hamda hududlarni zonalashtirish va rivojlantirish qoidalarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu SHNQning talablariga muvofiq ishlab chiqish;
shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa omillarning mutanosibligi taʼminlanishi;
keyingi bosqich loyiha hujjatlarini tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida ishlab chiqish;
shaharsozlik hujjatlarini davlatning umumiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlari bilan mutanosib ravishda aholini joylashtirish va hududlarni tashkil etish sohasidagi siyosatini belgilashi, hududlarni shaharsozlik jihatdan rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha respublika, mintaqaviy, mahalliy hamda xalqaro dasturlar bilan muvofiqlashtirish;
shaharsozlik hujjatlarini loyihalash obyektining funksional maqsadi hamda oʻziga xosligidan kelib chiqib, maqbul tarkibda ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadigan hududlar, hududiy zonalar va tartibga solish chiziqlari koʻrinishidagi turli cheklovlarni belgilash maqsadida boshqa shaharsozlik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan cheklovlar mazmunini tahlil qilish;
shaharsozlik hujjatlarini avval qabul qilingan shaharsozlik yechimlari asosida ishlab chiqish, yaʼni ilgari tasdiqlangan bosh rejalarning loyihaviy muddatlari tugamagan aholi punktlari uchun yangi bosh rejalar ishlab chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, balki ularga tuzatish (oʻzgartirish)lar kiritilishi kerak;
rejalashtirilayotgan xoʻjalik-iqtisodiy faoliyatining atrof-muhitga va aholi salomatligiga koʻrsatishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsirlar xususiyatlari va darajasini, shuningdek taʼsirlarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini baholash, salbiy taʼsirlarning oldini olish yoki yumshatish maqsadida shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari uchun AMTBlarni ishlab chiqish;
shaharsozlik hujjatlarining barcha bosqichlari hududiy infratuzilmalarni (iqtisodiyot tarmoqlari, muhandislik-transport va ijtimoiy soha) rivojlantirishni rejalashtirish yechimlari, shu jumladan hududni ekologik tizimlari (tabiiy-ekologik karkaslar) bilan oʻzaro bogʻlangan holda ishlab chiqilishi;
shaharsozlik hujjatlari minimal hajmda, ushbu SHNQga muvofiq ishlab chiqilishi va hududni rivojlantirish sohasida qabul qilinishi zarur boʻlgan barcha yechimlarni oʻz ichiga olishi;
shaharsozlik hujjatlari loyihalanayotgan hududdagi mavjud yer usti va yer osti transport va muhandislik tarmoqlari va inshootlari aks etilgan, tegishli masshtabdagi, SHNQ 1.02.07-19 va SHNQ 1.02.08-19ga mos topografik xaritalardan foydalangan holda ishlab chiqilishi.
7. AMTB materiallari “Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa (roʻyxat raqami 1533, 2006-yil 3-yanvar) muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Fuqaro muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar tarhlari QMQ 2.01.17-98 ga muvofiq bajarilishi lozim.
8. Shaharsozlik hujjatlarining grafik va matnli materiallari zamonaviy loyihalashtirish, axborot-modellashtirish va geografik axborot texnologiyalardan foydalangan holda, yagona maʼlumotnomalar va tasniflagichlar tizimida, elektron shaklda ishlab chiqilishi lozim.
4-bob. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni
1-§. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari, aholi punktlarining bosh rejalari, muhandislik-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha tarmoq tarhlari va shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari Bosh tarh asosida ishlab chiqilishi kerak.
10. Bosh tarh Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qoʻshni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallab ishlab chiqilishi lozim.
Bosh tarh 50 yilgacha boʻlgan loyihaviy muddatga moʻljallab ishlab chiqilishi hamda yaqin 10 — 20 yilga moʻljallab uni amalga oshirish bosqichlari belgilanishi kerak.
Bosh tarhga har 10 — 15 yilda tuzatishlar kiritib borilishi kerak.
11. Bosh tarhda Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik strategik maqsadlar nazarda tutilishi lozim:
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining maqsadli parametrlari belgilanishi, aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash;
hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, oʻzaro bogʻliqlik maqsadlarini va oʻziga xos xususiyatlarini belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududini shaharsozlik jihatdan (foydalanish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va cheklovlarini belgilagan holda) zonalashtirish;
resurslar (tabiiy, mehnat, muhandislik-texnik) salohiyatni kompleks baholash asosida, davlatlar va hududlararo muhandislik-transport kommunikatsiyalar hamda tabiiy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarishni rivojlantirish prognozlari bilan bogʻliq holda aholini joylashtirish tizimini tartibga solish va takomillashtirish yoʻnalishlarini belgilash;
resurslarni tejash, texnogen jarayonlar natijasida buzilgan ekologik holatni yaxshilash, aholi hayoti va salomatligi uchun xavfsiz va qulay muhitni shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;
atrof-muhit va madaniy meros obyektlarining saqlanishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar chegaralarini belgilash;
loyihalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash, alohida hududlar uchun ishlab chiqilishi lozim boʻlgan shaharsozlik hujjat (viloyatlararo sxema)lar roʻyxatini va chegaralarini aniqlash.
12. Bosh tarh quyidagilar asosida ishlab chiqilishi lozim:
respublika hududini ekologik va shaharsozlik jihatdan zonalashtirish;
aholi joylashishini takomillashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, aholi migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik faoliyatining turli shakllarining rivojlanishni taʼminlaydigan qulay shaharsozlik sharoitlarini yaratishga qaratilgan prognozlarni shakllantirish;
sanoatning ayrim tarmoqlari va alohida xoʻjalik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay boʻlgan investitsiya siyosatini yuritish;
yirik va eng yirik shaharlar, sanoat, maʼmuriy, ishbilarmonlik va madaniyat markazlari, transport tugunlari, dam olish va turizm hududlari, milliy bogʻlar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, shu jumladan noyob tabiiy majmualar, madaniy va badiiy ahamiyatga ega hududlarni rivojlantirish.
13. Bosh tarhning loyiha hujjatlari quyidagi tarkibda boʻlishi kerak:
geosiyosiy joylashuvi va maʼmuriy-hududiy tuzilishi tarhi (1:4 000 000 masshtabda);
aholining joylashuvi (mavjud) holati tarhi, aholini joylashtirish tizimlari tarhi (1:500 000 masshtabda);
tabiiy resurslar va ulardan foydalanish tarhi, aholini joylashtirishning tabiiy-ekologik shartlari tarhi, hududdan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish tarhi, shahar va qishloq aholisining zichligi taqsimoti tarhi, kompleks muammoli areallar tarhi, aholini joylashtirishning hududiy-shaharsozlik salohiyati tarhi, transport infratuzilmasi tarhi, muhandislik-texnik infratuzilmasi tarhi, aholini joylashtirishni shaharsozlik jihatdan rivojlantirishning tuzilmasi tarhi, chegaraoldi hududlarda aholini joylashtirishni tashkil etish tarhi (1:1 000 000, 1:500 000 masshtablarda);
loyiha yechimlarini asoslovchi va detallashtiruvchi yordamchi materiallar majmui (ixtiyoriy masshtabda);
tushuntirish xati, asosiy qoidalar va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
14. Asosiy grafik materiallarning masshtabi maʼlumotlar hajmidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Asosiy grafik materiallariga qoʻshimcha ravishda bosh tarhining loyihaviy yechimlarini asoslab beruvchi hamda loyihaviy yechimlari boʻyicha taqdimot materiallari (detallashtiruvchi tarhlar va boshqalar) boʻlishi kerak.
15. Bosh tarhning asosiy chizmalarda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
a) aholini joylashtirishning shakllangan tuzilmasi tarhida:
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar chegaralari;
viloyatlarning markaziy shaharlari va yirik shaharlar;
temir yoʻl yoʻnalishlari, avtomobil yoʻllari, aeroportlar;
daryolar, koʻllar, kanallar, suv omborlari;
aholini joylashtirish zonalari, shu jumladan aholi punktlariaro barqaror aloqalar mavjud boʻlgan aholi joylashtirishning asosiy mintaqalari;
avtonom-markazlar shaklidagi joylashtirish zonalari;
aholini joylashtirishning bosh rejalashtirish oʻqlari;
dam olish va turizm hududlari, noyob tabiat obyektlari;
b) yashash va xoʻjalik faoliyatini yuritish sharoitlari tarhida:
tabiiy-ekologik sharoitlar;
muhandislik-transport infratuzilmasi rivojlanish darajasi;
mehnat bilan bandlik hamda ijtimoiy-maishiy sharoitlarni hisobga olgan holda hududlarni qulaylik darajasi boʻyicha zonalashtirish;
v) tizimli muammoli hududlar tarhida:
keskin ekologik vaziyatli;
mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan;
muhandislik-transport va ijtimoiy-maishiy infratuzilmalarning rivojlanish darajasi boʻyicha past boʻlgan hududlar;
ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlari noqulay boʻlgan aholi punktlari;
g)aholini joylashtirishning hududiy salohiyati tarhida:
hududlarni landshaft-iqlim, muhandislik-geologik, gidrogeologik, seysmik, ekologik, tabiatni muhofaza qilish, hududiy rejalashtirish va boshqa sharoitlar boʻyicha shaharsozlik nuqtai nazardan oʻzlashtirish uchun yaroqlilik darajasiga qarab taqsimlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar chegaralari;
aholini joylashtirish makrozonalari;
hududda shaharsozlikni rivojlantirishning bosh rejalashtirish oʻqlari va yoʻnalishlari;
aholini joylashtirishning asosiy istiqbolli mintaqalari;
avtonom markaz shaklida joylashtirish hududlari;
asosiy transport yoʻnalishlari;
aholini joylashtirishning tayanch markazlari;
aholi punktlarining guruhli tizimlari;
juda yirik va yirik aglomeratsiyalar;
yirik dam olish va turizm tizimlarining shakllanish hududlari, noyob tabiat obyektlari;
e)aholini joylashtirishning rejaviy tashkil etilishi tarhida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar chegaralari;
aholini joylashtirish tizimining tayanch karkasi;
shahar va qishloq aholisini istiqbolli joylashtirish hududlari;
shakllanib boʻlgan va shakllanayotgan aglomeratsiyalar, hududiy rejalashtirish, magistral transport kommunikatsiyalari hamda shaharsozlikni faol rivojlantirish hududlari va yoʻnalishlari;
tabiatni muhofaza qilinadigan, dam olish va turizm hududlari, qimmatli va noyob tabiat obyektlari;
j)muhandislik-transport infratuzilmalarining tayanch tizimi tarhida:
chegaradosh davlatlar bilan integratsiyasini taʼminlovchi xalqaro va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil va temir yoʻllari, aeroportlar, daryo bandargohlari;
transchegaraviy, umumdavlat va hududlararo ahamiyatga ega temir yoʻllar;
umumdavlat ahamiyatiga ega yirik, shu jumladan chegaraoldi transport tugunlari, transchegaraviy aloqalarning istiqbolli yoʻnalishlari;
asosiy muhandislik inshootlar va kommunikatsiyalari.
16. Bosh tarh materiallari quyidagi tahliliy chizmalar bilan toʻldirilishi mumkin:
a)aholining zichligi boʻyicha taqsimlanish tarhlarida: aholi zichligi boʻyicha zonalashtirish, shuningdek aholi zichligi boʻyicha toifalarga ajratish;
b) tabiiy-ekologik jihatdan yashash sharoitlarining tarhlarida: hududlarni landshaft-ekzogen va geologik jarayonlar, seysmik darajasi, tabiiy muhitning oʻzini oʻzi tozalash salohiyati, tabiiy muhitning bugungi kundagi ifloslanishi va buzilishi, suv, oʻrmon va mineral-xomashyo resurslari mavjudligini hisobga olgan holda yashash uchun qulaylik darajasi boʻyicha zonalashtirish;
v) tabiiy resurslar va ulardan foydalanish tarhlarida: yer, suv, oʻsimlik, hayvon, mineral-xomashyo resurslari, yer osti foydali qazilmalarning tarqalish va hosil boʻlish hududlari;
g)hududlardan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish tarhlarida: hududlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish turlari boʻyicha zonalashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sharoitlari va resurslari;
d)energiya bilan taʼminlash sharoitlari va resurslari tarhlarida: yonilgʻi-energetika resurslari, asosiy energetik inshootlar va magistral kommunikatsiyalar.
17. Bosh tarhning tushuntirish xati quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasining aholi istiqomat qilish hududlarining sharoitlari toʻgʻrisida umumiy tavsiflar: tabiiy-landshaft sharoitlari, yer resurslari, ularning holati va foydalanish, muhandislik-geologiya va gidrogeologiya sharoitlari, suv resurslari, oʻsimlik (oʻrmon) resurslari, foydali qazilmalar, zamonaviy ekologik vaziyat;
b)Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi infratuzilma holati:
transport infratuzilmasi;
energiya taʼminoti tizimi va energetika resurslari;
suv taʼminoti va oqova suvlarni olib chiqish tizimi;
v)aholining zamonaviy joylashishi, joylashtirish muammolari va rivojlantirish shartlari:
aholini joylashtirish tuzilmasi va makonda joylashuvi;
aholini joylashtirish zichligini taqsimlash;
aholini joylashtirishning tayanch markazlari;
aholini qishloq joylarda joylashuvining alohida xususiyatlari;
aholi istiqomat qilishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar;
g) ijtimoiy-demografik sharoitlar:
demografik vaziyat (mavjud holati va istiqboli);
mehnat resurslari;
migratsiya jarayonlari;
d)aholini joylashtirishning iqtisodiy asoslari:
sanoat va ishlab chiqarish;
qishloq xoʻjaligi;
muhandislik-texnik infratuzilmasi;
transport;
e)aholini joylashtirishning geosiyosiy sharoitlari: chegaraoldi hududlarda aholi joylashuvi;
j) aholini joylashtirishni makonda tashkil etish konsepsiyasi:
aholi joylashuvining tayanch karkasi va tayanch markazlari;
transportni tashkil etish;
muhandislik taʼminoti tizimi;
landshaft, dam olish va turizm zonalari;
zaxira zonalar;
i)aholini joylashtirish boʻyicha shaharsozlik siyosatining asosiy qoidalari:
aholini joylashtirishning tarixiy shakllangan tuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish jihatlari;
aholini joylashtirish tizimini faol shakllantirish uchun shaharsozlik shart-sharoitlarini yaratish boʻyicha rejalashtirish;
yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar;
aholini joylashtirishning hududdagi zaxiralardan foydalanish, yashash muhitining qulayligini oshirish, tabiiy resurslarni tejash va xoʻjalik-iqtisodiy faoliyati borasidagi ekologik jihatlari;
l) texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
2-§. Biriktirma tarhlar
18. Biriktirma tarhlar Bosh tarhga muvofiq quyidagi maqsadlarda ishlab chiqiladi:
aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini hamda viloyatlararo ahamiyatga ega muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish;
ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim sharoitlari hamda tabiiy resurslardan kelib chiqib viloyatlar hududlarini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish strategiyalarini belgilash;
bir-biriga tutash maʼmuriy-hududiy birliklarning shaharsozlik sohasidagi faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirgan (birlashtirilgan) holda amalga oshirilishini taʼminlash.
19. Biriktirma tarhlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan xaritalarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
viloyatlar hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning (shahar, tuman) chegaralari;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda noyob landshaftga ega hududlar;
kurort va rekreatsiya maqsadlari uchun moʻljallangan hududlar;
maxsus iqtisodiy zonalar hamda kichik sanoat zonalarining hududlari;
suv resurslarining muhofaza hududlari;
moddiy madaniy meros obyektlari hududlari;
alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari hududlari;
favqulodda vaziyatlar taʼsiriga uchragan hududlar (joylar va aholi punktlari);
chiqindilarni, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar hududlari;
boshqa hududlar.
20. Biriktirma tarhlarning asosiy grafik materiallariga quyidagilar kiradi:
viloyatlarning respublika hududidagi joylashuvi — 1:1 000 000 masshtabda;
hududdan foydalanishning mavjud holati tarhi (tayanch rejasi), hududni kompleks baholash tarhi, loyihaviy reja (asosiy chizma), viloyatlar hududlarini funksional va rejalashtirishni tashkil etish tarhi; muhandislik-transport kommunikatsiyalari tarhi, hududning tabiiy-ekologik karkasi tarhi, hududlarni xavfli tabiiy va texnogen taʼsirlardan himoya qilish tarhi; shaharsozlik obyektining oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan boshqa turdagi tarhlar (1:100 000, 1:200 000 masshtablarda).
a) viloyatlarning respublika hududidagi joylashuvi tarhida:
loyihalanayotgan hududning chegaralari;
ularga tutash tumanlar, ularning markazlari va boshqa yirik aholi punktlarining chegaralari;
transport, suv xoʻjaligi, muhandislik kommunikatsiyalari, magistral tarmoqlari va inshootlari;
b)hududdan foydalanishning mavjud holati rejasi (tayanch reja)da:
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralari;
turar-joy tizimlari — megapolislar, aglomeratsiyalar, aholi punktlari;
shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadigan va boshqa rejimli hududlar;
kurort va rekreatsiya zonalari, aholi dam olish zonalari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar;
funksional zonalar;
yirik sanoat majmualari joylashgan hududlar;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik magistral transport va muhandislik kommunikatsiyalari yoʻnalishlari;
viloyat markaziga transportda yetib olish imkoni aks ettirgan izoxronlar;
yirik transport va muhandislik inshootlarining joylashuvi;
v)hududni kompleks baholash tarhida:
hududni maʼmuriy-hududiy boʻlinishi, tabiiy-iqlim, muhandislik-geologik va landshaft sharoitlari, hududlardan iqtisodiy foydalanish samaradorligi, aholi zichligi, urbanizatsiya darajasi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib hududlashtirish;
hududning yer, oʻrmon xoʻjaligi, yoqilgʻi-energetika, mineral-xomashyo, suv va boshqa resurslar, transport, muhandislik, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan taʼminlanganligi;
hududlarning ekologik holati, shaharsozlik faoliyati cheklangan hududlar; shaharsozlik maqsadlari uchun qulay va shartli ravishda qulay boʻlgan hududlar;
g) loyihaviy reja (asosiy chizma)da:
alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik shaharsozlik faoliyati obyektlari; viloyatlararo, viloyatlar va tumanlar hududlarida joylashtirilishi ustuvor boʻlgan shaharsozlik faoliyati obyektlari;
shaharsozlik hujjatlari bilan tartibga solinadigan aholi punktlariaro va shahar atrofi hududlari, istiqbolli rivojlanish hududlari chegaralari va oʻsish nuqtalari;
tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda hududlarni istiqbolli tashkil etish boʻyicha yechimlar;
d)viloyatlar hududlarini funksional va rejalashtirishni tashkil etish tarhida:
rejalashtirish oʻqlari, birlamchi va ikkinchi darajali rejalashtirish markazlari;
hududdan iqtisodiy foydalanish intensivligi darajasi va tabiiy muhitning shaharsozlik, ekologik, texnik mezonlarga muvofiq oʻzgarishining yoʻl qoʻyiladigan darajasi zonalari;
funksional sohalarning asosiy turlari va shaharlarni intensiv rivojlantirish yoki iqtisodiy jihatdan rivojlanishini cheklash;
e) muhandislik-transport infratuzilmalari tarhida: mintaqaviy va hududlararo muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda inshootlari; xalqaro va respublika ahamiyatidagi muhandislik va transport koridorlari; mahalliy muhandislik-transport tizimlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar;
j) hududlarning tabiiy-ekologik asoslari tarhida: suv, oʻrmon, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishga doir qonun hujjatlari asosida iqtisodiy foydalanish usullari belgilanadigan hududiy elementlar;
z)hududlarning tabiiy-ekologik asoslari tarhida: hududdan funksional foydalanish; tabiiy-ekologik oʻqlari va asosiy elementlari; ekologik koridorlar; bufer zonalari; shakllantirish uchun tavsiya etilgan tabiiy-ekologik asosi (atrof-muhitni tashkil etuvchi) elementlari.
a)tarmoqlar boʻyicha rivojlantirish strategiyalari: respublikaning tarmoqlar boʻyicha rejalashtirish strategiyalari, makrohududlarni va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari; hududlarni uzoq va oʻrta muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari;
b) dasturlar toʻgʻrisida maʼlumotlar: davlatlararo dasturlar, respublika va davlat dasturlari, milliy loyihalar, hududlarning davlat dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlari: tegishli viloyatlarni rivojlantirish yoʻnalishlari; hududlaridan foydalanish holati va foydalanish boʻyicha kutilayotgan cheklovlarni tahlil qilish asosida rejalashtirilgan mintaqaviy va hududiy ahamiyatga ega obyektlarni joylashtirish boʻyicha tanlangan variantini asoslash;
g) hududlarning investitsiya salohiyati: tabiiy monopoliya subyektlarining investitsiya dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; rejalashtirilgan mintaqaviy va hududiy ahamiyatga ega obyektlarni joylashtirish (dasturlarga muvofiq amalga oshirilganda);
d) investitsion obyektlarning hududlar rivojlanishiga taʼsiri: joylashtirish rejalashtirilgan mintaqaviy yoki hududiy ahamiyatga ega obyektlarning ikki yoki undan ortiq viloyat hududlarini kompleks rivojlanishga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsirini baholash;
e) chiqindilarni boshqarish: chiqindilarni, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi hududiy sxemalarda mavjud boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni shakllantirish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
j) amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar: biriktirma tarhni amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlari;
z) tarhning asosiy qoidalari; texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari; grafik materiallarning nusxalari.
23. Loyihaviy reja (asosiy chizma) va asosiy qoidalar biriktirma tarhlarning tasdiqlanadigan qismi hisoblanib, uning asosiy qoidalari oʻz ichiga quyidagilarni olishi kerak:
hududni zonalashtirish va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun cheklovlarni;
umumdavlat va hududiy aholini joylashtirish tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini;
umumdavlat va hududiy ahamiyatga molik muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan taʼminlash va ularni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;
ekologik vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini;
hududlarni favqulodda vaziyatlar taʼsiridan himoya qilish chora-tadbirlari va fuqaro muhofazasini;
shaharsozlik jihatdan rejalashtirilishi ustuvor boʻlgan obyektlar roʻyxati, joylashuvi va chegaralari boʻyicha takliflarni;
shaharsozlik hujjatlari bilan hamda alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyekt (hudud)lari va aholi punktlari chegaralarini belgilash boʻyicha takliflarni;
infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlarini belgilagan holda investitsiya zonalari va faol iqtisodiy rivojlanish hududlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni;
demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarga uchragan hududlarni hamda infratuzilmani rivojlantirishga doir vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlari;
loyihalashtirish topshirigʻida belgilangan boshqa talablar.
24. Biriktirma tarhlarga kiritiladigan loyiha yechimlarini asoslash uchun quyidagi xaritalar ilova qilinadi:
rivojlanish muammolarini aniqlagan holda hududni har tomonlama tahlil qilish;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy va hududiy rivojlanishi prognozi;
bosh sxemaning loyiha yechimlarini va qoidalarini aniqlashtirish;
hududning oʻziga xos tabiiy-iqlim va iqtisodiy sharoitlarda hududni tashkil etish va undan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari;
aholini joylashtirish tizimlari shakllanishi prognozi;
hududiy muhandislik va transport infratizimlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar;
hududning tabiiy-ekologik tuzilishi (karkasi);
tabiiy muhitni va moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash boʻyicha chora-tadbirlar.
25. Yangi xoʻjalik birlashmalarini joylashtirish va mavjudlarini rivojlantirish Bosh tarhga va prognoz qilinayotgan hudud chegaralariga kiritilgan maʼmuriy-hududiy birliklarning manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
26. Biriktirma tarhlarni amalga oshirish boʻyicha birlamchi chora-tadbirlari loyihalanayotgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
27. Hududni rejalashtirishni tashkil etish boʻyicha takliflar variantlar asosida ishlab chiqilishi va biriktirma tarhda kiritilgan shaharsozlik yechimlari uchun asos boʻlishi lozim.
28. Biriktirma tarhi ikki va undan ortiq viloyatlarni qamrab olganda, tushuntirish xatida har bir viloyat boʻyicha koʻrsatkichlar ajratib koʻrsatilishi lozim.
29. Biriktirma tarhlari 25 — 30 yillik loyihaviy muddatga moʻljallab ishlab chiqilishi va har 10 yilda unga tuzatishlar kiritib borilishi kerak.
3-§. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi
30. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi, hududlarni funksional zonalarga ajratgan holda, har bir zonadan shaharsozlik jihatdan maksimal foydalanish rejimini belgilashi kerak.
Bunda, hududlarning tabiiy, demografik, iqtisodiy, rekreatsion zaxiralar, transport va muhandislik infratuzilmalari imkoniyatlarini kompleks baholash, hududlarning tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-madaniy va boshqa xususiyatlarini har tomonlama hisobga olib, muhit xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini oqilona rejalashtirishni tashkil etishni nazarda tutishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi Bosh tarhni hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
31. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi 10 — 25 yillik amalga oshirish bosqichlarini belgilagan holda, 50 yillik loyihaviy muddatga ishlab chiqilishi va har 10 — 15 yilda tuzatishlar kiritilishi lozim.
32. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhining asosiy grafik materiallari quyidagilarni oʻz tarkibiga olishi kerak:
hududdan joriy foydalanish va funksional zonalashtirish tarhi, hududni kompleks baholash tarhi, hududni shaharsozlik-iqtisodiy baholash tarhi, hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish konsepsiyasi, loyihaviy muddatga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhi (1:1 000 000 masshtabda);
hududni loyihaviy muddatga rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhi; oraliq muddatga — 10 — 25 yilga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhi, hududni muhandislik uskunalash tarhi, transportni tashkil etish tarhi (1:500 000 masshtabda);
tushuntirish xati, asosiy qoidalar, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli);
asoslovchi, taqdimot hamda detallashtiruvchi materiallar va tarhlar (ixtiyoriy masshtablarda).
33. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhining asosiy chizmalarida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
a)hududdan joriy foydalanish va funksional zonalashtirish tarhida:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boshlangan paytdagi holat boʻyicha hududdan joriy foydalanish va funksional zonalashtirish holati, shuningdek:
respublika, viloyatlarning chegaralari; urbanizatsiyalashgan hududlar (shahar va qishloq aholi punktlari joylashgan hududlar);
qishloq xoʻjaligi hududlari, yoʻnalishlari boʻyicha; sanoat hududlari, transport va muhandislik tizimlari, maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;
rekreatsiya zonalari (turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish hududlari);
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar va majmualar, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar);
oʻrmonlar, foydali qazilma konlari, suv obyektlari;
b) hududni kompleks baholash tarhida: hududni omillar majmui boʻyicha u yoki bu funksiyalar uchun afzal hisoblangan tumanlarga taqsimlash;
v)hududni shaharsozlik-iqtisodiy baholash tarhida: hududning nisbiy koʻrsatkichlarda keltirilgan ballar yoki qiymat indekslari koʻrinishida shaharsozlik va iqtisodiy qiymati boʻyicha zonalashtirish;
g)hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish konsepsiyasida: funksional zonalarni joylashtirish hamda ularning muvozanatli va barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar;
d)loyihaviy muddatga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhida:
hududdan joriy foydalanish va funksional zonalashtirish tarhida keltirilgan elementlar; shaharsozlik jihatdan foydalanish rejimi belgilangan hududlar;
urbanizatsiyani yanada rivojlantirish hududlari, tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni saqlab qolish maqsadida urbanizatsiya jarayoni past boʻlgan hududlarda shaharsozlik jihatdan oʻzlashtirishni ragʻbatlantirish yoki cheklash choralari;
e)oraliq muddatlarga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhida:
hududdan joriy foydalanish va funksional zonalashtirish tarhida keltirilgan elementlar; bunda koʻrsatilgan (10, 25 yil va b.) muddatlarga moʻljallangan rivojlanish koʻrsatkichlari va funksional hududlashtirish;
hududdan foydalanish boʻyicha funksional maqsadlarni belgilash — aholi yashashi va hordiq chiqarishi; har xil qurilish turlari; xoʻjalik faoliyati; hududdan foydalanishning funksional maqsadiga mosligini taʼminlovchi boshqa koʻrsatkichlar;
j) hududni muhandislik uskunalash tarhida: bosh muhandislik inshootlari va magistral tarmoqlari (loyihaviy muddatga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhining nusxasida bajariladi);
z) transportni tashkil etish tarhida: temir yoʻl yoʻnalishlari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻi, aeroportlar, daryo transporti inshootlari, transport yetib bora oladigan zonalar va transport bilan taʼminlanganlik darajasi (loyihaviy muddatga moʻljallangan hududni rejalashtirish va funksional zonalashtirish tarhining nusxasida bajariladi).
34. Tushuntirish xatida hududning shaharsozlik va funksional tashkillashtirilishi boʻyicha hozirgi holatining tahlili, Bosh tarhi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarining tahlili, loyihaviy yechimlarning asoslari va xususiyatlari, asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻlishi kerak.
4-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar
35. Ushbu paragrafda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini hamda shaharlar aglomeratsiyasi hududlarini rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda rejalashtirish tarhlari deb yuritiladi) ishlab chiqish boʻyicha talablar belgilangan.
36. Rejalashtirish tarhlari Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi va Bosh tarh asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qoʻshni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallab ishlab chiqilishi kerak.
Bunda, umumdavlat, hududiy va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan hududlarni va obyektlarni rivojlantirish boʻyicha loyihaviy yechimlarning oʻzaro bogʻliqligi taʼminlanishi kerak.
37. Rejalashtirish tarhlari 25 — 30 yillik loyihaviy muddatga moʻljallab ishlab chiqilishi, aholi punktlari yoki ularning qismlari, milliy tabiat bogʻlari, davlat qoʻriqxonalari, dam olish va turizm, sanoat zonalarining bosh rejalari, shuningdek hududni rejalashtirish tarhining chegaralari doirasida maxsus va tarmoq tarhlarini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qilishi kerak.
38. Rejalashtirish tarhlari quyidagi masalalar boʻyicha loyiha yechimlarini oʻz ichiga olishi kerak:
mamlakat va mintaqadagi joylashuvini hisobga olgan holda hududning tabiiy, muhandislik-texnik, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ekologik, etnik-madaniy va boshqa rejalashtirish sharoitlarni kompleks baholashni;
hududni funksional maqsadlari va foydalanish turlari boʻyicha zonalashtirish, shuningdek umumdavlat, mintaqaviy va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib, yerdan foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish boʻyicha tavsiyalarni;
aholini joylashtirish tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish, dam olish va turizm tizimlarini shakllantirish, tabiiy va madaniy meros obyektlarini, diqqatga sazovor joylarni, koʻhna shaharlarni asrash va ulardan foydalanishni;
hududda muhandislik-transport infratuzilmasini takomillashtirish, yirik infratuzilma obyektlari inshootlari joylashuvini hamda muhandislik-transport kommunikatsiyalari yoʻnalishlarini variantlar asosida ishlab chiqishni;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni;
shaharsozlik va ekologik vaziyatlarning oʻzgarishini prognozlashtirishni;
atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri koʻrsatish manbalari boʻlgan obyektlar va ishlab chiqarishlarning xavfsizligini taʼminlashni;
atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish, daraxtzorlar barpo etish va koʻkalamzorlashtirishga doir ustuvor vazifalar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
hududlar va aholi punktlarini favqulodda vaziyatlar taʼsiridan va ekologik ofatlardan muhandislik himoya qilish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishni;
investitsiyalar tarkibi, hajmi va moliyalashtirish manbalari boʻyicha taxminiy koʻrsatkichlarni.
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhining tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi (yoki viloyat) hududining respublikadagi joylashuvi tarhi (1:1 000 000 masshtabda);
hududdan joriy foydalanish va ularni funksional rejalashtirish tarhi, hududni kompleks baholash tarhi, hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhi, hududni muhandislik uskunalash tarhi, aholini joylashtirish va transport infratuzilmasi tarhi, hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tarhi, hududning ekologik holati tarhi (joriy holati va prognozi), tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari joylashuvi tarhi (1:100 000, 1:200 000 masshtabda);
tushuntirish xati, asosiy qoidalar va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli);
asosiy loyiha yechimlari (asosiy qoidalar uchun) koʻrsatilgan holda loyiha rejasining sxematik chizmasi (ixtiyoriy masshtabda).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining sugʻoriladigan zonalari uchun loyiha tarhlari 1:100 000 masshtabda, yaxlit hududlari uchun esa — 1:300 000 masshtabda bajarilishi mumkin.
Hududlarni muhandislik jihatdan uskunalash tarhlarini alohida tarmoq tarhlari koʻrinishida yoki ikkita (uchta) tarmoqlar qoʻshilgan holda bajarilishi mumkin.
Qoʻshimcha ravishda bajariladigan asoslovchi, taqdimot va detallashtiruvchi loyiha yechimlari tarhlarini ixtiyoriy masshtabda bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
40. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarining tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
hududdan joriy foydalanish va ularni funksional rejalashtirish tarhi, hududni kompleks baholash tarhi, hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhi, hududni muhandislik uskunalash tarhi, hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tarhi, aholini joylashtirish va transport infratuzilmasi tarhi, tabiiy hududlar va madaniy merosni obyektlari joylashuvi tarhi (1:25 000, 1:50 000 masshtabda);
asosiy loyiha yechimlari (asosiy qoidalar uchun) koʻrsatilgan loyiha rejasining sxematik chizmasi (ixtiyoriy masshtabda);
tushuntirish xati, asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (matnli).
41. Shaharlar aglomeratsiyasi hududini rejalashtirish loyihalarining tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
shahar aglomeratsiyasining viloyatdagi joylashuvi tarhi (1:200 000 masshtabda);
hududdan joriy foydalanish tarhi, hududni kompleks baholash tarhi, hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhi, ekologik holat va atrof-muhitga taʼsirni baholash tarhi, transport va ijtimoiy-maishiy xizmatni tashkillashtirish tarhi, hududni muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash tarhi (1:50 000, 1:25 000 masshtabda);
tushuntirish xati, loyihaning asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
a)loyihalanayotgan hududning respublikadagi (viloyatdagi) joylashuvi tarhida: tuman, viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chegaralari, tumanlar va viloyatlarning maʼmuriy markazi boʻlgan shaharlar (aholi punktlari) va yirik shaharlar, temir yoʻl yoʻnalishlari, avtomobil yoʻllari, aeroportlar, daryolar, koʻllar, kanallar, suv omborlari, viloyatlararo va tumanlararo muhandislik tarmoqlari;
b) hududdan joriy foydalanish tarhida (barcha elementlar tarhini ishlab chiqish boshlangan yildagi maʼlumotlarga muvofiq boʻlishi kerak):
shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari, aholini joylashtirish boʻyicha mahalliy va guruhli tizimlar markazlari;
sugʻoriladigan, choʻl-yaylov yerlari, oʻrmonlar, dam olish va turizm zonalari, suv havzalari, tabiat, madaniy meros obyektlari, maxsus maqsadlarga moʻljallangan hududlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
yirik sanoat korxonalari maydonlari va sanoat zonalari; qishloq xoʻjaligi korxonalari, yongʻin-qutqaruv depolari;
temir yoʻl yoʻnalishlari, avtomobil yoʻllari (ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari bundan mustasno), aeroportlar;
v)hududni kompleks baholash tarhida:
hududni geologik, gidrogeologik, seysmik va boshqa sharoitlari boʻyicha zarur tadbirlarni belgilagan holda, qurilish uchun qulaylik darajasiga koʻra zonalashtirish;
foydali qazilma (kon)larga ega maydonlar, suv bosadigan zonalar, sanoat va fuqarolik qurilishi hamda dam olish va turizm zonalarini rivojlantirish uchun tavsiya etiladigan hududlar;
g) hududni kompleks baholash tarhida: hududni nisbiy koʻrsatkichlarda keltirilgan ballar yoki qiymat indekslari koʻrinishida shaharsozlik va iqtisodiy qiymati boʻyicha zonalashtirish;
d) hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhida: hududlardan joriy foydalanish tarhida keltirilgan elementlar; asosiy elementlar boʻyicha qurilishning birinchi navbati va loyihaviy muddati, shuningdek shahar doirasi zonasining loyihaviy chegaralari;
e) hududni funksional rejalashtirish tarhida:
urbanizatsiyalashgan zonalar (shahar va qishloq aholi punktlari hududlari);
ishlab chiqarish zonalari;
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;
maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;
qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar (sugʻoriladigan dehqonchilik va sugʻorilmaydigan yaylov hududlarni ajratgan holda);
oʻrmon xoʻjaligi hududlari;
rekreatsiya (dam olish va turizm) zonalari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, qoʻriqxonalar, davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi, milliy tabiat bogʻlari, biosfera rezervatlari, tabiat yodgorliklari, buyurtma qoʻriqxonalar (ov qilish taqiqlangan, hayvonlar yoki oʻsimliklar alohida qoʻriq ostida boʻlgan qoʻriqxonalar), oʻrmonlar;
funksional zonalar tarkibiga tegishli funksional maqsadlari uchun zaxira hududlar, shuningdek oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib oʻzga turdagi hududlar ham kiritiladi;
j)aholini joylashtirish tarhida: aholini joylashtirishning loyihaviy tizimi, turar-joylarning guruhli tizimlari, ularning mahalliy va kichik markazlari, aholi punktlari;
z) transport infratuzilmasi tarhida:
temir yoʻl yoʻnalishlari, avtomobil yoʻllarining asosiy tarmogʻi, aeroportlar, inshootlarni koʻrsatgan holda daryo va kanallarning kemalar qatnaydigan qismlari;
transport yetib bora oladigan turar-joylarning guruhli tizimlari markazlari;
aholiga ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari tarmogʻi;
kanalizatsiya tarmoqlari, tortish stansiyalari, oqova suvlarni tozalash inshootlari, shahar tashqarisidagi kollektorlar (oʻzi oquvchi va bosimli);
yuqori voltli transformator stansiyalari (110, 220 va 500 kWt), 110, 220, 500 kW kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, elektr stansiyalari;
bosimi 5,4 MPa (55 kg/cm2) va undan yuqori gaz quvurlari, GTS, neft quvurlari;
chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish joylari, qabristonlar va boshqalar;
k) hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tarhida: asosiy magistral irrigatsiya kanallari, zovurlar, sel va suv omborlari, muhandislik inshootlari (toʻgʻonlar, suvni olib ketish kanallari va boshqalar);
l)hududning ekologik holati tarhida (joriy holati va prognozi): tabiatni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar (loyihaviy reja nusxasida bajariladi);
m) tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari joylashuvi tarhida: muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar chegaralari va muhofaza tegralari; madaniy meros obyektlari joylashuvi tarhi va ularning muhofaza tegralari;
n) favqulodda vaziyatlar boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar tarhida: aholi punktlari hududlarini xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan, favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar;
o) loyihaviy rejaning tarhida: loyihaviy yechimlari koʻrsatgan holda ixtiyoriy masshtabda, biroq 1:400 000 dan kichik boʻlmagan masshtabda bajariladi.
43. Rejalashtirish tarhlarining tushuntirish xatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
hududning joriy holati va ulardan foydalanish koʻrsatkichlarining tavsifi;
hududdagi tabiiy sharoitlar tavsifi va hududning kompleks baholanishi;
hudud iqtisodiyoti holatining tavsifi va uning rivojlanishi, tumanlar va aholini joylashtirish boʻyicha tuman tizimlarining markaz shaharlari kesimida olingan viloyat (tuman) aholisi sonining umumiy hisobi;
hududni loyihaviy tashkillashtirish va aholini joylashtirish tamoyillari;
funksional zonalashtirish, aholini joylashtirish tizimining oʻziga xos xususiyatlari, shahar, shaharcha va tumanlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan aholi punktlari boʻyicha turar-joy, ijtimoiy va madaniy-maishiy qurilishlar hajmi, hududni meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish tamoyillari;
transport turlarining joriy holati va istiqbolli rivojlantirish;
tabiiy muhit, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar;
muhandislik infratuzilmalarning joriy holati va istiqbolli rivojlanishi;
hududni muhandislik ishlari boʻyicha tayyorlash;
dam olish va turizm zonalarining joriy holati va istiqbolli rivojlanishi;
hududni rejalashtirish tarhini amalga oshirish boʻyicha takliflar;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar;
fuqaro muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar.
44. Rejalashtirish tarhlarining asosiy qoidalarida loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari keltirilishi hamda tushuntirish xatida keltirilgan maʼlumotlar asosida taklif etilayotgan loyihaviy yechimlar bayon qilinishi kerak. Ularda hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhi (masshtabsiz) ham keltirilishi kerak.
45. Rejalashtirish tarhi bir nechta viloyatni (tumanni) qamrab olganda tushuntirish xatida har bir viloyat (tuman) boʻyicha koʻrsatkichlar alohida keltirilishi lozim.
5-§. Aholi punktining bosh rejasi
46. Aholi punktining bosh rejasi (bundan buyon matnda bosh reja deb yuritiladi) asosiy shaharsozlik hujjati boʻlib, uning asosida hududlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatdan oʻzlashtirishga doir faoliyat turlari amalga oshirilishi kerak.
Bosh reja aholi punktini shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rivojlanish istiqbolini rejalashtirish tuzilmasini shakllantirish, hududni funksional zonalashtirish, transport xizmatlarini tashkil etish, muhandislik uskunalari tizimini rivojlantirish, hududni xavfli favqulodda vaziyatlar taʼsiridan himoya qilish, tabiiy muhitni va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tamoyillarini belgilash maqsadida ishlab chiqiladi.
47. Bosh reja Bosh tarh, rejalashtirish tarhlariga muvofiq, avval ishlab chiqilib tasdiqlangan bosh rejadagi loyihaviy yechimlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Bosh rejani ishlab chiqishda demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mezonlar, hududning resurs imkoniyatlari, shuningdek inson, jamiyat va davlat manfaatlari hamda ehtiyojlari hisobga olinishi kerak.
Bosh reja 20 — 25 yillik loyihaviy muddatga moʻljallab ishlab chiqilishi kerak.
48. Bosh reja quyidagilarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi:
aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari;
aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
aholi punktlari hududlarini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhlari;
aholi punktlari hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
batafisl rejalashtirish loyihasi (BRL);
hududlarni qurish loyihasi.
49. Aholisining loyihaviy soni 500 ming nafardan koʻp boʻlgan shaharlar uchun bosh rejalar ikki bosqichda ishlab chiqilishi kerak:
shahar bosh rejasi va uning shahar atrofi zonasining TIA;
shaharning bosh rejasi loyihasi.
Boshqa shahar va qishloq aholi punktlari uchun bosh reja bir bosqichda ishlab chiqilishi, bunda TIA bosh rejaning bir boʻlimi sifatida bajarilishi kerak.
Aholisining loyihaviy soni 10 ming nafargacha boʻlgan shaharchalar va qishloq (ovul)lar uchun bosh rejalar qisqartirilgan hajmda, BRL bilan bir vaqtning oʻzida qoʻshib ishlanishi kerak.
Aholisining loyihaviy soni 5 ming nafargacha boʻlgan shaharchalar va qishloq (ovul)lar aholi punktlarining butun hududi uchun BRL ishlab chiqilishi kerak. Bunda, aholi punktlari uchun bosh rejalar ishlab chiqish majburiy hisoblanmaydi.
50. Bosh rejaning TIA (ikki bosqichli loyihalashda) loyiha hujjatlari tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
shaharning viloyat yoki tuman miqyosida joylashuvi tarhi (1:200 000, 1:100 000, 1:50 000 masshtabda);
shaharning joriy holati boʻyicha tahlil (tayanch) rejasi;
shahar hududini rejalashtirish boʻyicha cheklovlar tarhi;
atrof-muhitning joriy holati tarhi va atrof-muhitga taʼsir qilish talabnomasi;
hududni shaharsozlik qiymati boʻyicha zonalashtirish tarhi;
bosh reja (asosiy tarh);
muhandislik uskunalash tarhi;
hududni muhandislik jihatdan tayyorlash sxemasi;
shahar hududini rivojlantirish variantlari tarhlari;
transport infratuzilmasi tarhi;
asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar berilgan tushuntirish xati (matnli).
Chizmalar 1:50 000, 1:25 000, 1:10 000 masshtablarda ishlab chiqilishi kerak.
Bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻi mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq tuzilishi kerak.
Shahar ichki va tashqi transport magistrallari tarhlari bosh reja bilan birga qoʻshib bajarilishi lozim.
Shaharning viloyat yoki tuman miqyosida joylashuvi tarhidagi chegaralari quyidagilarni inobatga olgan holda qabul qilinishi kerak:
aholi joylashuvining guruhli tizimi markazi boʻlgan shahar uchun unga tutash boʻlgan tumanlar chegaralari boʻyicha;
aholi joylashuvining mahalliy tizimi markazi boʻlgan shahar uchun u joylashgan tuman chegaralari boʻyicha.
51. Bosh rejaning ikkinchi bosqichda ishlab chiqiladigan loyiha hujjatlari tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
shaharning viloyat yoki tuman miqyosida joylashuvi sxemasi;
rejalashtirish boʻyicha cheklovlar va atrof-muhit boʻyicha joriy holatni baholash tarhi;
hududni kompleks shaharsozlik-iqtisodiy jihatdan baholash tarhi;
mavjud shahar rejasi (tayanch rejasi), yangi shaharlar uchun — hududdan joriy foydalanish rejasi;
bosh rejaning sxemali chizmasi va qizil chiziqlarning rejaviy chizmasi (ixtiyoriy masshtabda);
AMTB loyihasi;
tushuntirish xati;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, bosh rejaning asosiy qoidalari (matnli).
Chizmalar 1:10 000 — 1:5 000 masshtablarda ishlab chiqilishi kerak.
52. Bosh rejaning (bir bosqichli loyihalashtirishda) loyiha hujjatlari tarkibi quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
1-jadval
Bosh rejaning boʻlimlari
Aholi, ming kishi
10 dan kam
20-50
50-100
100-250
250-500
Aholi punktining
viloyat yoki tuman hududida joylashuvi tarhi
1:50 000,
1:25 000
1:100 000,
1:50 000
1:100 000
Tayanch rejasi, yangi shaharlar uchun —
hududdan joriy foydalanish tarhi
1:2 000
1:5 000
1:10 000, 1:5 000
Zonalashtirish boʻyicha cheklovlar va
atrof-muhitning joriy holatini baholash tarhi
Hududni kompleks shaharsozlik iqtisodiy
baholash tarhi
Hududni muhandislik uskunalash tarhi
Hududni muhandislik jihatdan tayyorlash
tarhi
Shahar va tashqi transport magistrallari
tarhi
Bosh reja (asosiy tarh)
⸺
1:5 000
1:10 000, 1:5 000
Aholi punkti markazini BRL bilan birga
ishlab chiqiladigan bosh reja, shu jumladan qizil chiziqlari rejaviy chizmasi
1:2 000
⸺
Aholi punkti markazining hajmli-makonli
kompozitsiyasi eskizi (maketi)
1:2000, 1:1000
Atrof-muhit muhofazasi.
AMTB materiallari
Ixtiyoriy masshtabda
Bosh rejaning sxemali chizmasi
Tushuntirish xati, Bosh rejaning asosiy
qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Matnli
53. Madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan shaharlar uchun bosh reja masshtabida tayanch tarixiy-arxitektura rejasi ishlab chiqilishi lozim.
54. Sanoat va kommunal-ombor hududlarini rejalashtirishni tashkillashtirish tarhi bosh reja bilan birgalikda bajarilishi kerak.
55. Bosh rejaning birinchi navbat qurilishini rejalashtirish loyihasi alohida chizma koʻrinishida bajarilishi kerak. Aholisining loyihaviy soni 100 ming nafardan kam boʻlgan hamda qurilish hajmlari katta boʻlmagan aholi punktlari uchun birinchi navbat qurilishi bosh rejada bu hududining chegaralarini koʻrsatishga va ular boʻyicha hisob-kitoblarni bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
56. Aholisining loyihaviy soni 100 ming nafardan koʻp boʻlgan shaharlarning bosh rejalari tarkibida FM MTT tarhi bajarilishi lozim. Qolgan shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlari uchun FM MTT loyihalashtirish topshirigʻida nazarda tutilgan hollarda bajarilishi kerak.
57. Bosh rejaning TIAga hamda bosh rejaga tegishli chizma (tarh)larda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) aholi punktining viloyat yoki tuman hududida joylashuvi tarhida:
aholi punktining loyihaviy hududlari (chegaralari); mavjud va loyihalanayotgan aholi punktlari; sanoat va kommunal-ombor korxonalari hududlari; qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan (sugʻoriladigan, lalmi va boshqa) yerlar; dam olish va turizm zonalari; oʻrmon massivlari, qoʻriqxonalar, suv havzalari; madaniy meros obyektlari;
muhandislik-transport infratuzilmasi (suv olish inshootlari, oqova suvlarini tozalash inshootlari, magistral suv uzatgichlar, kanalizatsiya kollektorlari, chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish joylari, qabristonlar, yuqori bosimli gaz quvurlari va GTS, elektr stansiyalari, yuqori kuchlanishli podstansiyalar, kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari; asosiy avtomobil yoʻllari, aeroportlar, temir yoʻl yoʻnalishlari va stansiyalari, aholi punktining loyihaviy chegaralaridan tashqarida joylashgan oʻzga obyektlar);
respublika, viloyatlar, tumanlarning maʼmuriy chegaralari (mavjud boʻlsa), shuningdek yirik yerdan foydalanuvchilarning chegaralari;
b) tayanch rejasi (hududdan joriy foydalanish tarhi)da:
hududdan joriy foydalanish, uning funksional zonalari va rejali tuzilmasi; aholi punktiga qoʻshilayotgan yerlardan joriy foydalanish holati koʻrsatilgan holda loyihaviy chegara chiziqlari; aholi punktining chegara chizigʻi, shaharlardagi tumanlar chegaralari va kengaytirish uchun qoldirilgan zaxira yerlar;
aholi demografik sxemasi, qavatliligi boʻyicha turar-joylar qurilishi, jamoat bino-inshootlari va ularning hududlari, koʻcha tarmogʻi, temir yoʻllar, avtostansiyalar, aeroportlar, transport-muhandislik inshootlari;
asosiy magistral muhandislik tarmoqlari va inshootlari (katta va yirik shaharlar uchun loyihaviy yechimlari bilan birgalikda muhandislik infratuzilmalarini rivojlantirish boʻyicha alohida tarmoq tarhlari koʻrinishida taqdim etilishi lozim);
umumiy foydalanuvdagi koʻkalamzorlar, sport inshootlari, madaniy meros obyektlari, dam olish va turizm muassasalari va hududlari;
bosh rejaning joriy holatdagi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, hudud balansi, shartli belgilar.
Bosh rejani ishlab chiqishda tayanch rejasiga koʻchalarning loyihaviy magistral qizil chiziqlari tushiriladi. Bosh rejani BRL bilan birga qoʻshib ishlanganda tayanch rejasiga koʻchalar va asosiy obyektlar hamda aholi punkti inshootlarining loyihaviy qizil chiziqlari belgilanishi kerak;
v) zonalashtirish boʻyicha cheklovlar va atrof-muhitning joriy holatini baholash tarhida:
hududning seysmik darajasini koʻrsatgan holda qurilish uchun yaroqligiga qarab hududlashtirish (hududni muhandislik jihatdan tayyorlash boʻyicha murakkab tadbirlarni bajarmagan holda qurilish uchun yaroqli boʻlgan, murakkab tadbirlarni amalga oshirgan holda qurilish uchun yaroqli yoki qurilish uchun yaroqsiz hududlar);
sanoat korxonalari, aerodromlar va boshqa obyektlarning sanitariya-muhofaza zonalari;
muhofaza qilinadigan ochiq suv havzalari, suv taʼminoti manbalari, quvur yoʻllari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari mintaqalari, madaniy meros obyektlari, dam olish, turizm va sogʻlomlashtirish muassasalarining muhofaza etiladigan zonalari;
g)hududni kompleks shaharsozlik-iqtisodiy baholash tarhida: hududni ballar va qiymat indekslari koʻrinishidagi nisbiy koʻrsatkichlarda ifodalangan shaharsozlik qiymati boʻyicha zonalar;
d) hududiy rivojlantirish variantlari tarhlarida (TIA): funksional zonalashtirish va rejalashtirishning asosiy yoʻnalishlari; transport aloqalari, muhandislik infratuzilmalarini rivojlantirish; hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yechimlar; loyihaviy muddatdan keyingi rivojlanish prognozlari;
e) bosh reja (TIAning asosiy tarhi) tarhida: hududning funksional zonalarga boʻlinishi va meʼmoriy-rejaviy tuzilmasi; magistral koʻchalar, yoʻllar va tashqi transport aloqalari tizimi, asosiy transport inshootlari va muhandislik infratuzilmasi; aholi punktini kelgusida rivojlantirish uchun zarur boʻlgan zaxira hududlar va loyihaviy chegara chizigʻi;
j) bosh rejada (asosiy tarhda):
aholi punkti va alohida funksional zonalarning meʼmoriy-rejaviy jihatdan tashkillashtirish boʻyicha loyihaviy yechimlar beriladi va bunda, quyidagi zonalar koʻrsatilishi lozim:
turar-joy zonalari — qavatliligi boʻyicha turar-joy qurilishi, ushbu zonada joylashgan jamoat, ijtimoiy, madaniy, maishiy, sport obyektlari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar va shu kabilar;
ijtimoiy-amaliy zonalar — amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish va ijtimoiy soha obyektlari, maʼmuriy, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatxonalar;
ishlab chiqarish zonalari — sanoat, ishlab chiqarish, kommunal, ombor obyektlari, ularning sanitariya-muhofaza zonalari, muhandislik va transportga oid infratuzilma obyektlari (mavjud va yangi obyektlar joylashuvi koʻrsatiladi);
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari — koʻchalar-yoʻl tarmogʻi, havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari, kommunikatsiyalar va muhandislik uskunalar yoʻlaklari va hududlari;
rekreatsiya zonalari — turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan obyektlar va hududlar;
magistral koʻcha-yoʻl tizimlari — maydonlar, koʻpriklar, chorrahalar va boshqa transport inshootlari;
hududni muhandislik jihatdan tayyorlash — ochiq suv havzalarini rekonstruksiya qilish, qirgʻoqlarni mustahkamlash, sohil boʻyi va suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar;
madaniy meros obyektlari hamda tabiiy landshaftlari qoʻriqlanadigan zonalar;
loyihaviy muddatda va undan keyingi davrda foydalaniladigan zaxira hududlar;
bosh reja ishlab chiqilishi yakunlangan yildagi aholi punktini tavsiflovchi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, hududning loyihaviy balansi, shartli belgilari;
aholi punktining joriy (shakllangan) va loyihaviy chegara chiziqlari;
atrof-muhitni yaxshilash hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar;
z) aholi punkti markazining hajmli-makonli kompozitsiyasi eskizi (maketi) yoki 3D modelida: tutash hudud bilan bogʻlagan holda aholi punkti markazning hajmli-makonli kompozitsiyasi, rejalashtirish tizimi, binolarni hajmiy yechimlari (eni, boʻyi, balandligi, shakli va boshqalar);
i) shahar va tashqi transport magistrallari tarhida:
koʻcha-yoʻl tarmogʻi tasnifi, mavjud va loyihalanayotgan tashqi transport inshootlari hududlari — vokzal, avtostansiya, aeroport, temir yoʻllar va stansiyalar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tunnellar va boshqalar;
shahar yoʻlovchi tashish jamoat transporti tizimi, mavjud va loyihalanayotgan tramvay depolari, trolleybus va avtobus parklari, yuk va taksomotor transporti garajlari, avtomobillar uchun garajlar va avtoturargohlar, avtomobilga yonilgʻi quyish shoxobchalari, texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va boshqalar;
yoʻlovchi va yuk oqimlari kartogrammasi, mavjud va loyihalanayotgan magistral yoʻllarning kesimlari. Loyihaviy aholi soni 250 ming nafardan kam boʻlgan aholi punktlari uchun shahar transporti hisoblari yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi;
k)hududni muhandislik uskunalash tarhida:
muhandislik infratuzilmani rivojlantirish va sanitar tozalash tizimlarining mavjud va loyihalanayotgan inshootlari;
suv olish inshootlari, oqova suvlarini tozalash inshootlari, markazlashgan issiqlik-quvvat stansiyalari, qozonxonalar, elektr stansiyalari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar, GTS, televideniya va radiouzatish inshootlari, magistral quvurlar yoʻllari, yuqori kuchlanishli (35 kV va undan yuqori) elektr uzatish tarmoqlari, chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilish korxonalari va boshqalar;
muhandislik infratuzilmaning aholi punktini energiya resurslari bilan taʼminlovchi asosiy inshootlar;
yer osti makoni oʻzlashtiriladigan hududlar (transport inshootlari, piyodalar oʻtish joylari, oʻtish kollektorlari va tunnellar, issiqlik punktlari, garajlar va boshqalar).
Hududni muhandislik uskunalash tarhi bosh reja nusxasida bajarilishi kerak. Tarkibida maʼlumotlar hajmi koʻp boʻlgan xollarda muhandislik uskunalash tarhlari alohida tarmoq tarhlari koʻrinishida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi;
l) hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va atrof-muhit holati boʻyicha istiqboldagi tarhida:
asosiy irrigatsiya kanallari va tashlama zovurlar, suv chiqarish inshootlari, yogʻingarchilik suvlari oqib ketadigan ariqlar, drenaj qoʻllanilishini talab etadigan hududlar, drenaj turlari (vertikal, gorizontal);
ochiq suv havzalari va daryo (kanal) oʻzanlarini tartibga solish, sel oqimlariga qarshi kurashish, yopiq kollektorlarda suv oqimi oʻzanlarini belgilash; aholi punktini xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qiluvchi inshootlar;
sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlanadigan hududlar, tozalangan sanoat oqova suvlari yigʻiladigan joylar, ishlab chiqarish qoldiqlari va chiqindilarini saqlash joylari; sanitariya nuqtai nazaridan zararli boʻlgan sanoat korxonalarini aholi punktidan olib chiqish boʻyicha takliflar;
daraxt va butalar ekilgan koʻkalamzorlashtirilgan sanitariya-muhofaza zonalarini yaratish, avtomobil va temir yoʻllari hamda aerodromlarning uchish-qoʻnish yoʻlaklari yoʻnalishlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar;
bosh rejalari BRL bilan birgalikda qoʻshib ishlab chiqiladigan aholi punktlari uchun vertikal rejalashtirish elementlari (balandlik sathlari, koʻchalar boʻyicha boʻylama qiyaliklar va shu kabilar), shuningdek yogʻingarchilik suvlari kanalizatsiyasi;
m)bosh rejaning sxemali chizmasida: aholi punktini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari (qavatliligi boʻyicha turar-joy qurilishi, maʼmuriy va ijtimoiy soha obyektlari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, sport inshootlari, magistral koʻcha-yoʻl tarmogʻi, ishlab chiqarish zonalari, asosiy tashqi transport obyektlari) hamda markazlar tizimini shakllantirish.
58. TIAga tushuntirish xatining tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
kirish qismi (ishning vazifalari va ijrochilari);
aholi punktining joriy holatiga qisqacha tavsif (aholi punktining toifasi, uy-joy fondi, muhandislik infratuzilmasi, muhandislik jihatdan tayyorlash, transport, hududdan foydalanish);
aholini joylashtirish tizimi shakllanishi sharoitlari (loyihalanayotgan aholi punktining aholini joylashtirish tizimidagi joylashuvi, yaqin-atrofdagi tumanlar va aholi punktlari bilan oʻzaro aloqalari);
shaharni tashkil qiluvchi baza (shaharni tashkil qiluvchi sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, ularni rivojlantirish istiqbollari, tabiiy resurslar zaxiralari, aholining mavjud soni va loyihaviy (oʻsish) koʻrsatkichlari);
tabiiy sharoitlar (ularning aholi punkti rivojiga taʼsiri);
aholi punktining istiqbolli rivojlanish konsepsiyasi (rivojlanishning turli variantlariga texnik-iqtisodiy baho bergan va maqbul variantni tanlagan holda aholi punktining istiqbolli rivojlanish konsepsiyasi va u boʻyicha takliflar);
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
59. Bosh rejaga tushuntirish xatining tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
kirish qismi (vazifalar, ijrochilari va ijro muddatlari);
qisqacha tarixiy tavsifi (aholi punktining paydo boʻlishi va shakllanishi tarixi boʻyicha retriospektiv tavsif);
tabiiy sharoitlar tavsifi (iqlim, relyef, gidrografiya, gidrogeologik sharoitlar, geologik hududlashtirish, tuproqlar va oʻsimliklar, hududni oʻzlashtirish natijasida oʻzgarishi mumkin boʻlgan tabiiy sharoitlar, foydali qazilmalar);
qurilish, muhandislik infratuzilma va obodonlashtirishning joriy holati tavsifi (shu jumladan, avvalgi bosh rejaning amalga oshirish holati (darajasi));
aholini joylashtirish tizimining shakllanish sharoitlari (shu jumladan, loyihalanayotgan aholi punktining tizimidagi joylashuvi, yaqin-atrofdagi tumanlar va aholi punktlari bilan oʻzaro aloqalari);
iqtisodiy bazani rivojlantirish istiqbollari va aholining hisobiy soni (demografiyasi, oʻsish surʼatlari);
hududni loyihaviy tashkillashtirish tavsifi (funksional zonalashtirish; hududning meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish, turar-joy qurilishining hajmi va qavatliligi, loyihaviy yechimlar doirasida aholini joylashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, umumiy foydalanuvdagi koʻkalamzorlar, sport inshootlari va dam olish obyektlari, hudud balansi);
shahar va tashqi transport, magistral koʻcha-yoʻl tarmogʻini tashkil etish boʻyicha loyiha yechimlari;
hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tadbirlari;
muhandislik infratuzilmalarni rivojlantirish boʻyicha yechimlar (suv, elektr, gaz va issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, aloqa, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, sanitar tozalash tizimlari);
AMTB loyihasi;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.
Tushuntirish xatida keltirilgan koʻrsatkichlar, hisob-kitoblar va maʼlumotlar, variantli ishlanmalarga asoslanishi hamda jadval shaklida keltirilishi lozim.
60. Bosh rejaning asosiy qoidalarida loyihaviy yechimlarning tavsiflari (tushuntirish xatida keltirilgan asosiy maʼlumotlar, koʻrsatkichlar, loyihaviy yechimlar va tadbirlar), loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari keltirilishi kerak. Asosiy qoidalarga bosh rejaning sxemali tarhi ilova qilinishi kerak.
6-§. Aholi punkti hududini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhi (qisqartirilgan hajmdagi bosh reja)
61. Aholisining loyihaviy soni 50 ming nafardan oshmaydigan aholi punktlari uchun hududini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhi, yaʼni qisqartirilgan hajmdagi bosh reja (bundan buyon matnda bosh reja sxemasi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi kerak, bundan shaharlar, aholi joylashuvi tizimi markazlari, tumanlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan aholi punktlari, shaharlar aglameratsiyalari mustasno.
62. Bosh reja sxemasi aholi punktining hududiy rivojlanishini, aholisining loyihaviy sonini, hudud rivojlanishini rejalashdagi cheklovlarni, hududning rejalashtirish tuzilmasini, funksional zonalarini, muhandislik-transport infratuzilmalari rivojlanishini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini belgilash maqsadida ishlab chiqilishi kerak.
Bosh reja sxemalari 10 yilga moʻljallanib ishlab chiqilishi kerak.
63. Bosh reja sxemasi tarkibi quyidagi chizmalardan iborat boʻlishi kerak:
aholi punktining tuman hududida joylashuvi tarhi (10 000, 25 000 masshtabda);
aholi punktining mavjud holati rejasi (tayanch reja), bosh reja sxemasi (asosiy chizma, transport tarmoqlari tarhi bilan qoʻshilgan), muhandislik tarmoqlari tarhi, hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tarhi, atrof-muhitning prognozli tarhi (1:2 000, 1:5 000 masshtabda);
tushuntirish xati (matnli).
Bosh rejaga kiritilgan maʼlumotlar loyiha ishlari boshlanadigan yilning 1-yanvar holatida qabul qilinishi kerak;
64. Bosh reja sxemasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) aholi punktining tuman hududida joylashuvi tarhida:
aholi punktini tuman hududida joylashuvi (boshqa aholi punktlari bilan bogʻlanishi, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligiga oid yerlar va yashash hududlarini ajratib koʻrsatgan holda);
yirik yerdan foydalanuvchilarning chegaralari, yondosh aholi punktlari chegaralari, qishloq xoʻjaligi obyektlarining funksional zonalari;
suv havzalari, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari (kanallar, kollektorlar, ariq-zovurlar, koʻllar, suv omborlari);
madaniy meros obyektlari (muhofaza zonalari bilan);
avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar, magistral quvuroʻtkazgichlar;
magistral muhandislik tarmoqlari va inshootlari;
chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish joylari, qabristonlar;
b) tayanch rejada:
hududdan joriy foydalanish; turar-joylar (qavatligi boʻyicha), jamoat binolari, ishlab chiqarish va omborlar hududlari; yirik obyektlarning yer uchastkalari chegaralari;
koʻchalar, magistral muhandislik tarmoqlari, yirik muhandislik va transport inshootlari, asosiy koʻchalarning qizil chiziqlari;
umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, rekreatsiya zonalari, madaniy meros obyektlari;
v) bosh reja sxemasida:
aholi punktining markazi, mahalla markazlari, asosiy maydonlari, turar-joy va jamoat binolari hududlari, ishlab chiqarish, ombor, kommunal obyektlarning joylashuvi;
koʻchalar va tor koʻchalar tizimi;
umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar;
atrof muhitni, tabiat va madaniy meros obyektlarining muhofaza qilish chora-tadbirlari;
ishlab chiqarish va turar-joy zonalarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
aholi punktining loyihaviy chegarasi;
yirik yerdan foydalanuvchilarning chegaralari.
g) muhandislik tarmoqlari tarhida: magistral muhandislik tarmoqlari va inshootlari (mavjudlari va yangi qurilishi lozim boʻlganlar);
d) hududni muhandislik jihatdan tayyorlash tarhida: loyihalashtirilgan va mavjud sugʻorish kanallari va suv chiqarib yuboriladigan kollektorlar; daryo oʻzanlarining tartibga solish, tozalash, quvur yotqizilishi talab qilinadigan oʻzan uchastkalari va ularning loyixaviy chegaralari; xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish inshootlari;
e)atrof-muhitning prognozli tarhida: atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha loyihadagi takliflar; turar-joy zonalaridan chiqarilishi lozim boʻlgan va zararli taʼsirini kamaytirish uchun maxsus tadbirlar bajarilishini talab qiladigan korxonalar; sanitariya-muhofaza zonalari; avtomagistrallar boʻyidagi ihotalovchi yashil zonalar;
65. Bosh reja sxemasiga tushuntirish xati quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
tabiiy sharoitlarning asosiy tavsifi, ularning taʼsirida hududni oʻzlashtirishda yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar;
qurilish, muhandislik tarmoqlari va obodonlashtirish holati, avvalgi bosh rejani amalga oshirish holatining tahlili;
shaharni shakllantiruvchi baza va aholining loyihaviy soni, istiqbolli rivojlanishni asoslash, hududni funksional zonalashtirish va meʼmoriy-rejalashtirish, turar-joy qurilishi va uni joylashtirish, aholiga ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, rekreatsion obyektlar hisobi, hududning loyihaviy balansi;
muhandislik-transport tarmoqlarni rivojlantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish tamoyillari;
yongʻin xavfsizligi boʻyicha chora-tadbirlar;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.
7-§. Qishloq, ovul, mahalla (aholi punkti) hududini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhi
66. Qishloq, ovul, mahalla fuqarolari yigʻinlari (aholi punktlari) hududlari uchun bosh rejalar shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhi (bundan buyon matnda qishloqlarning bosh reja sxemasi deb yuritiladi) shaklida ishlab chiqilishi kerak.
67. Qishloqlarning bosh reja sxemalari va funksional zonalarini, aholining loyihaviy soni, muhandislik-transport qishloq, ovul, mahalla (aholi punkti) hududining rivojlanishi, rejalashtirish tuzilmasini infratuzilmasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini belgilagan holda qishloq, ovul, mahalla fuqarolari yigʻinlari, fermer va dehqon hoʻjaliklari hamda yondosh hududlarini qamrab olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
68. Qishloqlarning bosh reja sxemalari qishloq, ovul, mahalla fuqarolari yigʻinlarining asosiy aholi punktlari uchun BRL bilan birgalikda ishlab chiqilishi kerak. Bunda, aholi soni 5 ming nafardan kam boʻlgan aholi punktlari uchun bosh rejalarni ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
69. Qishloqlarning bosh reja sxemalari uchun loyihaviy muddatlar — birinchi navbati 5 yilga, loyihaviy davr esa — 10 — 15 yilga moʻljallanib qabul qilinishi lozim.
70. Qishloqlarning bosh reja sxemasi tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
qishloq, ovul, mahallaga yondosh hududlardan joriy foydalanish (tayanch) tarhi, hududni shaharsozlik jihatdan rivojlantirish (loyihaviy) tarhi (1:10 000, 1:25 000 masshtabda);
qishloq, ovul, mahalla hududida joriy atrof-muhit holati va rejalashtirishdagi cheklovlar tarhi, hududni loyihaviy tashkillashtirish tarhi (asosiy chizma), hududni muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash tarhi, avtomobil yoʻllari, transport hamda aholiga ijtimoiy, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish tarhi (1:2 000, 1:1 000 masshtablarda).
Atrof-muhitning joriy holati tarhini hududdan joriy foydalanish tarhi bilan qoʻshib bir varaqda bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Hududning muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash tarhlari alohida varaqlarda bajarilishi kerak (suv taʼminoti va kanalizatsiya, elektr taʼminoti, issiqlik va gaz taʼminoti, telefon tarmoqlari va boshqalar). Tarhlarda muhandislik tizimining asosiy magistral tarmoqlari va inshootlari (suv olish inshootlari, nasos stansiyalari va shu kabilar) aks ettirilishi kerak. Bunda, tizimlarning koʻcha tarmoqlari va ularning quvvati koʻrsatilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
71. Qishloqlarning bosh reja sxemasi chizmalarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) qishloq, ovul, mahallaning tumandagi (viloyatdagi) joylashuvi tarhida:
qishloq, ovul, mahalla joylashgan tumanning chegaralari; qishloq, ovul, mahalla, tuman markazi, shahar va shaharchalar hududlari chegaralari; yirik yerdan foydalanuvchilar chegaralari;
xalqaro, respublika, viloyat va tuman ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari, temir yoʻl yoʻnalishlari va bekatlari;
viloyat (tuman) ahamiyatiga molik muhandislik tarmoqlar va inshootlar;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari (kanal, kollektor, lotok va boshqalar);
daryolar, suv omborlari va boshqa suv havzalari;
b) yondosh hududlardan joriy foydalanish (tayanch) tarhida:
yirik yerdan foydalanuvchilarning chegaralari, qishloq, ovullar, mahallalarning chegaralari; yakka tartibdagi uylar va koʻp kvartirali uylar qurilgan hududlar; jamoat binolari uchastkalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari, omborlar va boshqa infratuzilma hududlari; sanoat korxonalari yerlarining chegaralari;
aholi punktlardan tashqari yerlar, shu jumladan shudgorlar, bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, yaylovlar va oʻtloqlar, zaxira yerlari; chorvachilik va parrandachilik majmualari, dehqon va fermer xoʻjaliklari chegaralari;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari (kanal, kollektor, lotok va boshqalar); daryolar, suv omborlari va boshqa suv havzalari;
ichki yoʻl-koʻcha tarmogʻi, avtomobil va temir yoʻllari yoʻnalishlari, magistral muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari va inshootlari.
v) atrof-muhitning joriy holati va rejalashtirishdagi cheklovlar tarhida:
qishloq hoʻjalik ekinlari, sanoat korxonalari va ayrim ishlab chiqarish obyektlarining zararli taʼsiri zonalari; qabristonlarning sanitariya-muhofaza zonalari;
intensiv harakatli avtomobil yoʻllari, muhandislik tarmoqlari obyektlaridan sanitariya-muhofaza zonalari;
xavfli geologik va gidrogeologik hodisalar zonalari;
suv toshadigan zonalar; suv obyektlarining muhofaza qilish zonalari;
tarixiy va madaniy meros obyektlarining himoya zonalari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi, milliy tabiat bogʻlari, biosfera rezervatlari) bufer zonalari;
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimini, aholiga tibbiy, ijtimoiy, madaniy-maishiy va rekreatsion xizmat koʻrsatish tizimini istiqboldagi rivojlanishi;
asosiy transport va piyoda yoʻllari;
muhandislik infratuzilmaning rivojlanishi;
atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari.
d) hududni muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash tarhida:
mavjud hamda loyihalashtirilgan muhandislik tarmoqlar va inshootlar;
suv, issiqlik, elektr va gaz taʼminoti manbalari, magistral quvurlar (ichimlik suvi, kanalizatsiya, tabiiy gaz), oqova suvlarini tozalash inshootlari, aloqa tarmoqlari;
mavjud va loyihaviy sugʻorish kanallari, suv chiqarib yuborish kollektorlari;
daryolarning tartibga solish, tozalash, quvur oʻtkazish talab qilinadigan oʻzanlari;
xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish inshootlari;
e) avtomobil yoʻllari, transport hamda aholiga ijtimoiy, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish tarhida:
yoʻl-koʻcha tarmoqlari; asosiy transport va piyoda yoʻllari;
ijtimoiy, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarining joylashuvi hamda qamrab olish radiuslari;
yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarining joylashuvi va boshqa obyektlar.
72. Tushuntirish xati quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
qishloq, ovul, mahalla hududining joriy holati;
viloyat va tuman toʻgʻrisida maʼlumot, geografik joylashuvi, hududning maydoni, chegaradosh davlatlar (mavjud boʻlganda), viloyatlar va tumanlar, viloyat (tuman)ning maʼmuriy-hududiy tuzilishi, tumandagi aholi punktlar soni va ularning turi boʻyicha toifalanishi, viloyat (tuman)dagi aholi soni (shaharsozlik hujjati ishlab chiqilishi boshlangan yilning 1-yanvar holatida qabul qilinishi kerak);
qishloq, ovul, mahallaning joylashuvi va chegaralari tavsifi: geografik joylashuv, maydoni, chegaradosh tuman (viloyat)lar, yondosh hududdagi aholi punktlari, ularning soni va turi boʻyicha toifalanishi, qishloq, ovul, mahalladan tuman markazi (shahar, shaharcha)gacha masofa (km), boshqa aholi punkti bilan bogʻlaydigan avtomobil yoʻli, temir yoʻl va suv obyektlari (mavjud boʻlganda);
tabiiy shart-sharoitlar: relyef, tuproqlarning tavsifi, haroratning mavsumiy koʻrsatkichlari, havoning namligi, shamolning asosiy yoʻnalishlari va oʻrtacha tezlik koʻrsatkichlari, yogʻingarchilikning oʻrtacha va mavsumiy tavsifi, seysmik holati, gidrogeologik holati;
qishloq, ovul, mahallaga yondosh hudud (yer)lardan foydalanishning hozirgi holati: umumiy maydoni, aholi punktlari yerlari maydoni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar, suv fondi yerlari, zaxira yerlari maydoni. Hududning yerlari balansi jadval shaklida keltiriladi;
qishloq, ovul, mahalladagi uy-joy fondining holati: uy-joy fondi jami (m²) va turlari boʻyicha (yakka tartibdagi, koʻp kvartirali koʻp qavatli va 1 qavatli, namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan uy-joylar). Uy-joy fondi maʼlumotlari jadval shaklida berilishi kerak;
ijtimoiy obyektlar: madaniyat, sogʻliqni saqlash, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim, savdo va maishiy xizmat, sport obyektlari, rekreatsiya obyektlari, ularning soni va quvvati;
qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishining infratuzilmasi (mashina-traktor parki, molxona, omborxona va boshqalar), sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlari: nomi, soni va quvvati, ixtisosligi (ishlab chiqarish yoʻnalishi);
muhandislik tarmoqlari holati: turi, umumiy uzunligi, texnik holati;
aholi soni, uning bandlik holati, boʻsh (ish bilan taʼminlanmagan) ishchi kuchi;
koʻkalamzorlashtirish holati (jumladan, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, jamoat binolari va ijtimoiy soha obyektlari hududidagi koʻkalamzor maydonlar);
loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (matnli).
8-§. Batafsil rejalashtirish loyihasi
73. Hududni batafsil rejalashtirish loyihasi (BRL) amaldagi bosh reja asosida aholi punktining alohida qismlari uchun, shu jumladan turar-joy, ishlab chiqarish va boshqa funksional zonalar uchun ushbu SHNQda keltirilgan holatlarda esa aholi punktining butun hududi uchun ishlab chiqilishi kerak.
74. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish, loyihalash va qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek madaniy meros obyektlari va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni belgilash uchun BRL ishlab chiqilishi lozim.
75. Ilmiy, oʻquv, tibbiy, dam olish, sport, turizm, boshqa majmualar va funksional zonalar uchun BRL tutash hududlarni hisobga olgan holda bosh rejada belgilangan qoidalarga tayangan holda bosh reja chegaralaridan chiqmagan holda bajarilishi kerak.
BRL yangi qurilish rejalashtirilgan, aholi punktining oʻzlashtirilmagan hududlari uchun, shuningdek rekonstruksiya qilish va yanada rivojlantirish (obodonlashtirish) kutilayotgan, qurilishi mavjud boʻlgan hududlar uchun hamda aholi punktining tarixiy hududlari uchun ishlab chiqilishi lozim.
76. BRL 5 — 7 yilga moʻljallab, bosh rejaning loyihaviy muddati doirasida ishlab chiqilishi va quyidagi yechimlarni belgilashi kerak:
hududdan funksional foydalanish maqsadlarini;
koʻchalarning qizil chiziqlarini va qurilishni tartibga solish chiziqlarini;
shaharsozlik hujjatlarini va hududlarni oʻzlashtirish navbatlarini;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini.
77. BRL tarkibi quyidagi chizmalardan tashkil topishi lozim:
loyihalanayotgan hududning aholi punkti miqyosida joylashuvi tarhi (1:10 000 — 1:25 000 masshtabda);
tayanch rejasi (hududdan joriy foydalanish rejasi), qizil chiziqlar rejasi tushirilgan qurilish eskizi (asosiy tarh), qizil chiziqlar va qurilishni tartib soluvchi chiziqlarning rejaviy chizmasi, transport va piyodalar harakatini tashkil etish tarhi, muhandislik tarmoqlari va inshootlarini joylashtirish hamda yer osti makonidan foydalanish tarhi, hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhi, atrof-muhit muhofazasi (atrof-muhitga taʼsirini baholash) loyihasi (1:2 000 — 1:1 000 masshtablarda);
tushuntirish xati, asosiy qoidalar va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
Bunda, tayanch rejasi va qurilish eskizi topografik sʼyomkada, loyihalanayotgan hududning joylashuvi tarhi aholi punktining bosh rejasi nusxasida, qolgan chizmalar BRLning asosiy tarhida bajarilishi lozim.
Qoʻshimcha taqdimot materiallari (qurilishni rejalashtirish tuzilmasi, hududni zonalashtirish va hajmli-makonli kompozitsiyasi, yoyma, maket, foto, video yoki 3D format koʻrinishida panoramalar va shu kabilar) ixtiyoriy masshtabda bajarilishi mumkin.
Aholi punktining qurilgan qismida qizil chiziqlar tayanch (mavjud) qurilishga bogʻlangan holda koʻrsatilishi, qurilmagan hududlarda esa qizil chiziqlar koordinatasi hisoblab chiqilishi kerak.
Hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhida maʼlumotlar tarkibi koʻpayib ketganida ular alohida tarhlarda bajarilishi mumkin.
a)loyihalanayotgan hududning aholi punkti miqyosida joylashuvi tarhida:
turar-joy, sanoat va kommunal-ombor zonalari;
dam olish zonalari, koʻkalamzorlar;
magistrallar, temir yoʻl yoʻnalishlari;
loyiha bilan qamrab olinadigan hudud chegaralari;
hududning tutash hududlar bilan rejalashtirish va transport bogʻlanishlar;
b)tayanch rejada (hududdan joriy foydalanish rejasida):
mavjud bino-inshootlar, ularning qavatliligi, texnik holati, foydalanish maqsadi;
qurilishlardan holi hududlarda yerdan joriy foydalanish holati;
koʻcha tarmogʻi, avtoturargohlar, turli sathdagi piyodalar oʻtish joylari;
koʻkalamzorlar, suv havzalari;
transport inshootlari (koʻprik, tunnel, damba va h.k.);
muhandislik infratuzilma obyektlari;
omborlar va kommunal xoʻjalik obyektlari;
madaniy meros obyektlari, ularning muhofaza qilish va qurilishni tartibga solish zonalari;
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari;
bino va inshootlarning yer uchastkalari hamda tomorqa uchastkalari chegaralari;
v)qurilish eskizida (asosiy tarhda): loyihalanayotgan hudud chegarasidagi qurilishning meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy yechimlar. Bunda, saqlanib qolinadigan barcha turdagi qurilmalar va tabiiy landshaft hududlari, shuningdek loyihalanayotgan hududni rejalashtirish va qurish boʻyicha loyiha yechimlari, loyihada koʻzda tutilgan qizil chiziqlar va qurilishni tartibga soluvchi chiziqlar koʻrsatilishi lozim.
qizil chiziqlarning rejaviy chizmasida: loyihaviy qizil chiziqlarning kesishmalari va burilish nuqtalari koordinatalari hamda ularning shu joyda mustahkamlangan geodeziya belgilari, tayanch bino va inshootlarga bogʻlanish joylari;
g)transport va piyodalar harakatini tashkil etish tarhida:
koʻcha-yoʻl tizimining (magistrallar, yoʻllar, koʻchalar, tor koʻchalar, maydonlar) tasnifi va loyihaviy yechimlari; transport harakatining yoʻnalishlari;
barcha turdagi jamoat transportining toʻxtash punktlari, avtoturargohlar;
piyodalar, velosiped va yugurish yoʻlaklari, koʻcha va yoʻllardagi oʻtish joylari, piyodalar zonasi;
transport inshootlari (estakadalar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tunnellar);
transport kesishmalari va chorrahalar, yer osti transport inshootlari, ularning istiqboldagi qurilishi uchun texnik va zaxira zonalar;
aholiga ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalarini transport tizimiga bogʻlagan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi (qamrab oluvchi) hududlar;
d)muhandislik tarmoqlar va inshootlarini joylashtirish hamda yer osti makonidan foydalanish tarhida:
mavjud, saqlanadigan, rekonstruksiya qilinadigan va tugatiladigan tarmoqlar hamda inshootlar;
loyihalanayotgan mavze va dahalardan tashqaridagi muhandislik tarmoqlari va inshootlari;
muhandislik tarmoqlarni yer osti kollektorlarida oʻtkazish uchastkalari;
mavjud va loyihalanayotgan yirik yer osti inshootlari.
Tarhda koʻrsatilgan maʼlumotlar koʻp boʻlganda muhandislik infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha boʻlimlarni alohida chizmalarda bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
e) hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhida:
hududni muhandislik tayyorlash (yer usti suvlarini chiqarib tashlash, sugʻorish va drenaj tizimlari, suv bosishidan himoya qilish inshootlari va ularning quvvatlari, tuproq toʻldirish yoki ortiqchasini kesib olish va boshqalar);
hududni vertikal rejalashtirish (koʻchalar kesishmalarida, yoʻlning burilish burchaklarida hamda relyefning keskin oʻzgarish joylaridagi yoʻl sathining mavjud va loyihaviy balandliklari va boʻylama nishabliklar (balandlik kesimlari 1:20 masshtabda koʻrsatilishi kerak);
j) atrof-muhit muhofazasi (atrof-muhitga taʼsirini baholash) loyihasida: atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha loyihadagi takliflar; atrof-muhitning prognozli holati tarhi bosh rejada, ixtiyoriy masshtabda bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
79. BRLning taqdimot materiallarida (maket, foto, video yoki 3D formatida) bino va inshootlar, magistral koʻchalar, yoʻllar va maydonlar, koʻkalamzorlar va muhandislik inshootlari loyihalanayotgan hudud chegarasida mavjud va loyihalanayotgan bino va inshootlar ajratib koʻrsatilishi lozim.
Tarhlardagi koʻchalarning koʻndalang kesimlarida koʻchalar boʻylab joylashgan muhandislik tarmoqlari va sugʻorish tizimlari bilan koʻrsatilishi kerak.
80. Aholi punktining shakllangan yoki tarixiy hududlari uchun rekonstruksiya qilish boʻyicha BRL tarkibida quyidagilar ishlab chiqilishi lozim:
hududdagi buziladigan, saqlanib qolinadigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal taʼmirlanadigan, modernizatsiya qilinadigan, kengaytiriladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlanadigan bino va inshootlar;
restavratsiya qilinishi lozim boʻlgan tarixiy binolar va madaniy meros obyektlari, turli funksional (turistik, gastronomik, hunarmandchilik va boshqalar) maqsadlar uchun loyihalanayotgan hududlar.
Tarhda rekonstruksiya boʻyicha tadbirlarning birinchi navbati ajratib koʻrsatilishi, tarixiy ahamiyatga molik qurilmalarga ega shakllangan aholi punktlari uchun loyihalanayotgan bino va inshootlar tasvirlari tushirilgan koʻchalar, qirgʻoqboʻyi sayilgohlari va boshqa hududlarning fotopanoramalari yoki yoyilma chizmalari bajarilishi lozim.
81. Shaharsozlik jihatdan muhim boʻlgan ayrim hududlar uchun shaharsozlik ansambllarini (maydonlar, koʻchalar, sohillari, xizmat koʻrsatish majmualari va shu kabilar) qurish boʻyicha eskiz loyihalari ishlab chiqilishi kerak.
1:500 — 1:2000 masshtablarda ishlab chiqiladigan shaharsozlik ansamblini qurish boʻyicha eskiz loyihasida BRLda qabul qilingan hajmiy-fazoviy va kompozitsion yechimlarga aniqlik kiritilishi, shuningdek ansambl tarkibiga kiruvchi alohida bino va inshootlarning loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan shartlar va koʻrsatkichlar aniqlashtirilishi kerak.
82. Tushuntirish xatida quyidagilar bayon etilishi lozim:
asosiy hujjatlar va materiallar roʻyxati;
hudud haqida maʼlumotlar (tabiiy-iqlim sharoitlari; hududdan joriy funksional foydalanish; turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish bino va inshootlari fondining holati; muhandislik va transport tarmogʻi; hududni obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya holati va uni yaxshilash choralari; mavjud va rejalashtirilgan sanoat va ishlab chiqarish obyektlarining atrof-muhitga taʼsirini baholash; madaniy meros obyektlarini saqlash va boshqalar);
hududni rivojlantirish muammolari tavsifi, atrofdagi hududlar bilan birga uni rivojlantirishning aniq maqsadlari, demografik tahlil;
loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
meʼmoriy-rejaviy yechimlarni asoslash, hududni funksional maqsadlar boʻyicha zonalashtirish;
qurish uchun tavsiya etilgan turar-joy va jamoat binolarining turlari, aholiga ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflar;
hududni taqsimlash (zarurat tugʻilganda), hududdan foydalanish maqsadlarini, yer uchastkalarining chegaralari va servitutlarni belgilash boʻyicha takliflar;
aholiga xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, transport xizmati va piyoda harakatni tashkil etish boʻyicha takliflar;
muhandislik infratuzilmani rivojlantirish va hududni muhandislik jihatdan tayyorlash boʻyicha loyiha yechimlarni asoslash;
yer osti makonidan kompleks foydalanish boʻyicha takliflar;
atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan shaharsozlik tadbirlar tavsifi;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (matnli).
9-§. Hududlarni qurish loyihalari
83. Hududlarni qurish loyihalari (bundan buyon matnda qurilish loyihasi deb yuritiladi) yangi yoki rekonstruksiya qilinadigan mavzelar, dahalar, shaharsozlik majmualari yoki ularni qurish navbatlarining hududlari, shuningdek turar-joy va jamoat binolari guruhlarining uchastkalari hamda rejalashtirish tizimining boshqa elementlari uchun ishlab chiqilishi kerak.
Qurilish loyihasi BRL yoki aholi punktining bosh rejasi, shuningdek mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq tuzilgan loyihalashtirish topshirigʻi asosida ishlab chiqilishi kerak.
Qurilish loyihasi loyihalashtirish topshirigʻida belgilangan qurilish navbatlari doirasida hududning kompleks rivojlanishiga asoslanishi va unda texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar keltirilgan boʻlishi lozim.
84. Qurilish loyihalari tarkibida quyidagilar bajarilishi kerak:
loyihalanayotgan hudud chegaralari doirasida qurilishning meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy kompozitsiyasi yechimlari;
qurishni tartibga solish chiziqlari belgilanishi;
turar-joy va jamoat binolarining joylashuvi, ularning turlari, qavatlari va boshqa tavsiflari (masalan eni, boʻyi, kirish-chiqish joylari) koʻrsatilishi;
transport vositalari va piyodalar harakatining tashkil etish, muhandislik uskunalash, muhandislik infratuzilma obyektlarining yer uchastkalari, tarmoqlarga va inshootlarga ulanish joylari va shartlari boʻyicha loyiha yechimlari berilishi;
umumiy foydalanishdagi hududlar, shaharsozlik majmualari yoki qurilish navbatlarining joylashuvi va chegaralari, ularga kiruvchi obyektlar tarkibi hamda qurilishining ketma-ketligi;
hududda relyefni tashkillashtirish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish, muhandislik jihatdan tayyorlash masalalari hal etilishi;
qurilishning qiymati aniqlanishi;
loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va qurilishni tashkil etish tartibi belgilanishi.
85. Qurilish loyihalari ikki bosqichda ishlab chiqilishi kerak.
Birinchi bosqichda — loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
vaziyat rejasini (1:10 000, 1: 5 000, 1:2 000 masshtablarda ishlab chiqiladi);
bosh reja, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish tarhi, muhandislik uskunalash tarhi, turar-joy va jamoat binolari hamda inshootlar loyihalarining bogʻlanishi, hududni muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhi, qurilishni tashkillashtirish loyihasini (1:1 000, 1:500 masshtablarda ishlab chiqiladi);
qurilishning qiymati hisobini, atrof-muhitga taʼsirni baholash loyihasini, tushuntirish xatini (matnli).
Ikkinchi bosqichda — ishchi hujjat quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
bino va inshootlar joylashuvi tarhini, koʻchalarning rejaviy chizmasini, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish tarhini, muhandislik uskunalash va muhandislik uskunalarini kompleks boshqarish tarhini, muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhini, turar-joy va jamoat binolari hamda inshootlar loyihalarining bogʻlanishi tarhini (1:500 masshtabda ishlab chiqiladi);
smeta hujjatlarini, tushuntirish xatini (matnli).
86. Qurilish loyihalari bir bosqichda ishlab chiqilganda ishchi loyiha bosqichida, 1:500 masshtabda ishlab chiqilishi va ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
vaziyatli reja (1:10 000, 1:5 000, 1:2 000);
bosh reja, qoʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish tarhi, muhandislik uskunalash tarhi, turar-joy va jamoat binolari hamda inshootlar loyihalarining bogʻlanish tarhi, muhandislik jihatdan tayyorlash va vertikal rejalashtirish tarhi, qurilishni tashkillashtirish loyihasi;
87. Rekonstruksiya qilinadigan hududlar uchun qurish loyihalari ikki bosqichda — birinchi bosqichda rekonstruksiya qilish navbatlari ajratib koʻrsatilgan holda butun hudud uchun qurish loyihasi, ikkinchi bosqichda esa butun hudud uchun yoki rekonstruksiya qilish navbati uchun smetalarini oʻz ichiga olgan ishchi hujjati ishlab chiqilishi kerak.
Bunda, loyiha tarkibiga rekonstruksiya qilinadigan va mavjud qismlarning meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy yechimlar, xizmat koʻrsatish tarmoqlari, muhandislik uskunalash hamda obodonlashtirishga doir hududlarning oʻzaro bogʻliqligini asoslab beruvchi chizmalar, tarhlar va hisob-kitoblar kiritilishi kerak.
88. Shahar ahamiyatiga molik koʻchalar, maydonlar va ularni obodonlashtirish, shuningdek hududlarda joylashgan obyektlarni ishga tushirish uchun zarur boʻlgan muhandislik tarmoqlari va inshootlarning loyihalari qurish loyihasi tarkibiga kiritilmagan boʻlsa, bu loyihalar qurish loyihasini ishlab chiqishdan avval, alohida loyiha sifatida ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
89. Shaharsozlik majmualarida joylashtiriladigan bino va inshootlarning yoki muayyan hududning qurilish navbatini ishga tushirish va normal faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan, loyihalanayotgan hudud chegarasidan tashqarida joylashgan ichki koʻchalar, piyodalar, velosiped va yugurish yoʻlaklarini barpo etish hamda muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha ishlar hajmi qurish loyihasi tarkibiga kiritilishi kerak.
90. Qurish loyihasining chizmalarida quyidagilar keltirilishi lozim:
a)umumiy maʼlumotlarda: loyihaning tarkibi, qurilish hududida joylashtirish rejalashtirilgan turar-joy va jamoat binolarining qaydnomalari hamda loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
b) vaziyat rejasida: loyihalashtirilayotgan mavze, daha yoki hududdagi binolar guruhining aholi punkti miqyosida joylashuvi;
v)bosh rejada: barcha loyihalanayotgan, saqlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan bino va inshootlar, turar-joy va jamoat binolari, koʻchalar, piyodalar, velosiped va yugurish yoʻlaklari, turli maqsadli maydonchalar, koʻkalamzorlar, obodonlashtirish elementlari;
g) yoʻl qoplamalari rejasida: koʻchalar, piyodalar, velosiped va yugurish yoʻlaklari hamda turli maqsadli maydonchalar joylashuvi, oʻlchamlari, toʻshama (qoplama) turlari, 1:20 masshtabda mavjud va loyihaviy yer usti va yer osti muhandislik tarmoqlarini koʻrsatgan holda, koʻchalar, yoʻlaklar va maydonchalarning koʻndalang hamda konstruktiv kesimlari;
d)irrigatsiya va koʻkalamzorlashtirish rejasida: loyihalanayotgan va saqlanib qolinadigan koʻkalamzorlar (dov-daraxtlar assortimentini koʻrsatgan holda), kichik meʼmoriy shakllar, turli maqsadli maydonchalarning jihozlanishi hamda ularning qoʻllanilgan turlari, namunali va individual loyihalari roʻyxati;
e)relyefni tashkillashtirish tarhida: barcha bino va inshootlarning birinchi qavatlaridagi pollarining loyihaviy balandliklari (toza balandlik sathi — 0,000 m), shuningdek binolar burchaklari boʻylab nishab yoʻlkalarning balandlik (qora va qizil) belgilari;
j)loyihaviy gorizontallar, koʻchalar oʻqlari boʻylab nishabliklar, koʻchalar, piyodalar, velosiped va yugurish yoʻlaklarining koʻndalang kesimlari, ularning burilish joylaridagi oʻqlari kesishuvidagi sathlarning loyihaviy va amaldagi balandliklari;
z) yer massasi rejasida: rejalashtirilayotgan hudud chegarasi, asosiy bino va inshootlarning konturlari, qurilishning koordinata setkasi yoki bazis chizigʻi, burchaklari boʻylab yer sathining loyihaviy amaliy va ishchi balandliklari hamda har birining chegarasi doirasida grunt hajmlari tushirilgan kvadratlar (tarhda yer massalari balansi jadvalda koʻrsatib oʻtilishi lozim);
i)muhandislik tarmoqlari tarhida: muhandislik tarmoqlari trassalari, asosiy parametrlari (trubalarning materiallari, diametri, yotqizish chuqurligi, kanallarning kesimlari, kabellarning kesimlari va soni, oraliq nuqtalar orasidagi uchastkalarning uzunligi va shu kabi), hududda muhandislik tarmoqlari va inshootlarining joylashuvi, tarmoqlarning maydonchadan tashqaridagi tarmoqlar va inshootlarga ulanish joylari;
k) kompanovka tarhida: namunaviy blok-seksiyalardan tashkil topgan uylarning joylashuvi, uylarning koordinata oʻqlari va oʻqlar orasidagi masofa; blok-seksiyalarning namunaviy loyihalari raqamlari, ularni bir-biriga biriktirish (blokirovka) elementlari va turar-joy binosi tarkibidagi blok-seksiyalarning tartib raqamlari; uylarning burchaklarida yer sathining loyihaviy va amaldagi (vertikal) balandligi; shartli 0,000 m balandligining absolyut qiymati;
l)texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (jadvalda).
91. Qurilish loyihalari topografik xaritadan foydalangan holda bajarishga yoʻl qoʻyiladi. Hududni muhandislik jihatdan tayyorlash hamda vertikal rejalashtirish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish, muhandislik uskunalash tarhlari bosh rejadan foydalangan holda bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yer osti muhandislik tarmoqlari tarhlari umumlashtirilgan reja sifatida ishlab chiqilishi kerak.
Rekonstruksiya qilinadigan mavze (daha)lar uchun qurish loyihalarining chizmalari tarkibiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar kiritilishi kerak:
bino va inshootlarning holatni tavsiflovchi materiallar (jismoniy va maʼnan eskirish holati tarhi, ularning tarixiy-meʼmoriy qiymati, qurilish insolyatsiyasi va shovqin taʼsiri sharoitlari, sanitariya va yongʻin xavfsizligi masofalari tarhi, mavjud ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, boshqa maqsadlar uchun qayta jihozlash yoki buzib tashlash boʻyicha turkumlashtirish tarhi);
loyihaviy yechimni ochib beruvchi materiallar (restavratsiya va yangi qurilishning umumlashgan rejasi), yer osti makonidan foydalanish tarhi.
92. Qurilish loyihasining tushuntirish xatida quyidagilar keltirilishi lozim:
qabul qilingan meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy yechimlar;
turar-joy hamda boshqa bino va inshootlar qurilishning ketma-ketligi, ularning konstruktiv yechimlari;
muhandislik uskunalashni asoslash;
xonadon turlari tarkibi va ularning demografik talablarga mosligini asoslash;
aholiga kundalik xizmat koʻrsatuvchi muassasalarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblari;
ijtimoiy soha (tibbiyot, taʼlim va boshqa) obyektlarining zaruriy miqdori;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar;
muhandislik infratuzilmalari va turar-joylar ekspluatatsiyasi boʻyicha takliflar.
93. Qurilish loyihasi tarkibiga kiruvchi bino va inshootlar SHNQ 1.03.03-23 ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
94. Qurilishni tashkil etish loyihasi SHNQ 3.01.01-22ga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
95. Qurilish qiymati (sarf-xarajatlari) oʻxshash obyektlari qiymatlari, namunaviy loyihalar hamda “Smeta resers normalari” asosida aniqlanishi lozim.
96. Taqdimot materiallari loyihalashtirish topshirigʻida koʻrsatilgan hajmda va usullarda (maket, foto, video yoki 3D formatda) meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy yechimlarini ochib beradigan darajada bajarilishi kerak.
10-§. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasi
97. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasi aholi punktining bosh rejasi asosida ishlab chiqilishi, bosh rejasi boʻlmaganda yer tuzish hujjatlari asosida mavjud chegaralar boʻyicha belgilanishi lozim.
98. Kichik shahar, shaharcha va qishloq (ovul)larning chegara chizigʻi loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqilishi lozim.
99. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
aholi punkti va tutash yerlar, uning hududidan tashqarida joylashgan obyektlar hamda hududni rejalashtirish va kartografik materiallari;
aholi punkti bosh rejasining asosiy chizmasi yoki boshqa shaharsozlik hujjatlari nusxalari;
davlat yer kadastri materiallari yoki yer tuzish loyihasi (yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlari bilan);
buyurtmachida mavjud boʻlgan materiallar roʻyxati va loyihani ishlab chiqishda foydalanish mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Loyihalashtirish topshirigʻida zarur tadqiqotlar, soʻrovnomalar, tayyorgarlik ishlari tarkibi aniqlashtirilishi kerak.
100. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasini ishlab chiqishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak:
aholi punkti chegaralari toʻgʻrisidagi huquqiy hujjatlarni toʻplash;
rejalashtirish, kartografiya, yer tuzish, yer kadastri va boshqa materiallarni jamlash, tahlil qilish va tizimlashtirish;
davlat yer kadastri materiallarni qayta ishlash;
qayta ishlangan rejalashtirish va kartografik materiallarning elektron modelini yaratish;
GPS (Global Positioning System) qurilmalari yordamida aholi punktining amaldagi va loyihaviy chegaralarini xaritaga tushirib chiqish, bunda WGS-84 koordinata tizimida tuzilgan xaritalardan foydalanish lozim;
aholi punkti boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplash;
aholi punktiga tutash hududning funksional va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, yerdan foydalanish turlarini oʻrganish;
aholi punkti hududiga kiritilishi (chiqarilishi) rejalashtirilgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning aholi punkti chegara chizigʻini tashkil etish va oʻzgartirish yuzasidan istaklari va takliflarini oʻrganish;
har bir aholi punktining oʻziga xosligiga qarab boshqa oʻrganishlarni olib borish.
101. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasini ishlab chiqishda bosh rejaga muvofiq quyidagi toifadagi yerlar aholi punkti yerlari tarkibiga kiritilishi kerak:
aholi punktining qurilish yerlari;
koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari;
umumiy foydalanishdagi yerlari;
qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar;
daraxtzorlar egallagan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
oʻrmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
zaxira yerlari.
102. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasi quyidagilardan tashkil topishi kerak:
loyiha rejasi — 1:2000, 1:5 000 yoki 1:10 000 masshtabda;
tushuntirish xati;
zarurat boʻlsa — aholi punktiga tutash maʼmuriy-hududiy tuzilish tarhlari, boshqa aholi punktlarining yerlari — 1:10 000, 1:25 000 yoki 1:50 000 masshtabda.
103. Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
aholi punktining belgilangan (tasdiqlangan) chegarasi (u boʻlmagan taqdirda uning mavjud chegarasi);
aholi punktining mavjud chegarasi doirasidagi yerlar (foydalanish turlari boʻyicha, jadvalda);
aholi punkti hududiga kiritilayotgan (chiqarilayotgan) yerlar (foydalanish turlari boʻyicha, jadvalda);
aholi punktining chegara chizigʻini belgilash va oʻzgartirishga taʼsir koʻrsatadigan, bosh rejada qabul qilingan loyihaviy yechimlar;
aholi punktining loyihaviy chegara chizigʻi;
aholi punktiga tutash boʻlgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning toʻliq nomi (egallagan yer maydonini koʻrsatgan holda, jadvalda);
aholi punktining mavjud chegarasi doirasidagi maydoni va uning tarkibiga kiritilayotgan (chiqarilayotgan) yerlar koʻrsatilgan holda aholi punkti yerlarining qaydnomasi (jadval koʻrinishda).
104. Tushuntirish xatida quyidagilarni bayon etilishi kerak:
aholi punkti toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar: aholi punktining mavjud chegaralari, yerlarning toifalari, yerdan foydalanish turlari (jadval koʻrinishda);
aholi punktining bosh rejasi, boshqa shaharsozlik hujjatlari, hududiy joylashuvi, hududini zonalashtirish, meʼmoriy-rejaviy va hajmiy-fazoviy yechimlari tavsifi;
yerdan foydalanuvchilarning yerlari hamda foydalanish turlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, aholi punktining chegara chizigʻi boʻyicha loyiha yechimlari, aholi punkti tarkibiga kiritilgan boshqa aholi punktlari uchun ular orasidagi masofalar, aholi soni;
loyihalashtirilgan chegara chizigʻi doirasida yer toifalari boʻyicha tuzilgan aholi punkti yerlarining jamlama balansi (jadval koʻrinishda);
aholi punkti chegara chizigʻining tavsifi.
5-bob. Loyiha hujjatlariga qoʻyiladigan umumiy talablar
105. Shaharsozlik hujjatlariga tegishli grafik materiallar quyidagi talablarga muvofiq bajarilishi lozim:
loyiha tarkibiga kiruvchi turli chizmalarda takrorlanadigan bir xil elementlarni tasvirlash uchun bir xil ranglar va shartli belgilar qoʻllanilishi;
chizmalar topografik materiallarni (asosni) yopib qoʻymaydigan shaffof boʻyoqlar bilan boʻyalishi;
loyihaviy yechimlarning grafik chizmasi ularning yaqqol koʻrinishini taʼminlanishi.
106. Nostandart masshtabdagi grafik materiallar boshqa masshtabdagi mavjud topografik materiallarni oʻzgartirish (kattalashtirish, kichraytirish) yoʻli bilan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
107. Shaharsozlik hujjatlarining asosiy tarhlari geoaxborot tizimidagi yagona geodezik asosda bajarilishi va imkon qadar ochiq kartografik materiallarda (topografik xaritalar va rejalarda) ishlab chiqilishi lozim.
Shaharsozlik hujjatlarining asosiy tarhlari geoaxborot tizimidagi yagona geodezik asosda bajarilishi va imkon qadar ochiq kartografik materiallarda ishlab chiqilishi lozim.
Grafik materiallar topografik xaritalar va rejalarda bajarilishi kerak.
108. Har bir tarhda yoki chizmada loyihalanayotgan hudud nomi, shaharsozlik hujjatining turi hamda loyiha boʻlimining (tarh yoki chizma) nomidan tashkil topgan sarlavhasi boʻlishi va dunyo taraflari oʻq bilan koʻrsatilishi lozim.
109. Shaharsozlik hujjatining tushuntirish xatiga ilova qilinadigan yoki alohida yigʻmajild (broshyura) qilinadigan barcha chizmalar ISO 216-2007 formatlari oʻlchamlariga keltirilishi kerak.
110. Shaharsozlik hujjatining tarhlari va chizmalarining taqdimot materiallari plotterda chop etilib, qattiq (fanerali, orgalitli, fomeksli yoki boshqa) asosga ega boʻlgan planshetlarga yopishtirilishi lozim.
111. Tushuntirish xatining bosh sahifasida (titul varagʻida) loyihani bajargan tashkilot nomi, loyihaning shartnoma boʻyicha toʻliq nomi, tushuntirish xati jildining (tom, kitob) raqami, loyihani chiqarish yili, nusxasining raqami koʻrsatilishi lozim.
Tushuntirish xatining bosh sahifasidan soʻng ketma-ketlik bilan quyidagilar joylashtirilishi kerak:
loyiha va alohida boʻlimlar boʻyicha mualliflik jamoasi va masʼul ijrochilar tarkibi;
loyiha tarkibi (grafik va matnli materiallar roʻyxati);
loyihaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
tushuntirish xatining mundarijasi.
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini, shaharsozlik jihatdan rejalashtirishning biriktirma tarhini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhini, tuman (tumanlar guruhi)ni rejalashtirish loyihasini hamda shaharlar aglomeratsiyasi hududini rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsiflari: (hududi, sugʻoriladigan yerlar; aholisi soni (jumladan, shaharlarda, shaharchalarda, qishloq (ovul)larda); sanoat, ishlab chiqarishi va qishloq xoʻjaligining ixtisoslashgan tarmoqlari; avtomobil transporti va yoʻllari; uy-joy fondi va ijtimoiy infratuzilma muassasalari; dam olish va sayyohlik muassasalari; muhandislik uskunalash; qurilish bazasining holati; oʻziga xos xususiyatlari).
4. Tarh (loyiha)ni amalga oshirish muddatlari (joriy holati, qurilishning birinchi navbati, loyihaviy muddati).
5. Loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari, roʻyxati va kim tomondan taqdim etilishi.
6. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari: (meʼmoriy-rejaviy tashkil etish va funksional zonalashtirish; transport xizmatini tashkil etish; hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish; muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash; atrof-muhit hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; fuqaro muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar).
7. Loyihalashtirish obyektini qoʻshimcha yoki ixtisoslashgan ravishda ishlab chiqish zarurati kelib chiqishi mumkin boʻlgan oʻziga xos xususiyatlari va muammolari (tabiiy sharoit, ekologik va demografik vaziyat, ishlab chiqarish, ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmalarning rivojlanishi, atrof-muhitni hamda madaniy meros obyektlarni muhofaza qilish va boshqalar).
8. Bosqichma-bosqich berilishi lozim boʻlgan materiallar va xizmatlarning tarkibi (agar ular koʻzda tutilgan boʻlsa). Qoʻshimcha taqdimot materiallari.
9. Loyiha tarkibi, masshtabi va mazmuniga hamda asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga qoʻyiladigan alohida talablar.
10. Loyihani amalga oshirishning loyihaviy muddatlari (joriy davr, birinchi navbat davri, loyihaviy muddat).
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Aholi punktining bosh rejasini (aholi punkti hududini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish tarhini) ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsifi (hududining maydoni, aholi soni, demografiyasi, aholining tabiiy va mexanik oʻsishi, mehnat resurslari).
4. Loyihani amalga oshirishning loyihaviy muddati (joriy davr, birinchi navbat davri, loyihaviy muddat).
5. Loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari, roʻyxati va kim tomondan taqdim etilishi (topografik materiallar va muhandislik-geologiya tadqiqotlari, tabiiy muhitning (tuproq, suv, havo) joriy holati; shahar (qishloq, ovul)ning amaldagi chegarasi va hududi, mavze, daha va mahallalar boʻyicha aholining joylashuvi; qavatliligi boʻyicha uy-joy fondi, aholiga ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarining joriy holati, sport inshootlari, dam olish muassasalari, umumiy foydalanuvdagi koʻkalamzorlar, muhandislik kommunikatsiyalari va uskunalari, taʼminlanganlik darajasi; hududni muhandislik jihatdan tayyorlash yuzasidan maʼlumotlar; sanoat va shaharni shakllantiruvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar; shahar (qishloq, ovul) transporti va inshootlari, faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari, yoʻlovchi transporti yoʻnalishlari, koʻcha tarmogʻi uzunligi va ularning turi, temir yoʻl va avtomobil transporti, uning yoʻllardagi jadalligi, transport infratuzilmasi; yerdan foydalanuvchilar kesimida shaharga tutash hududlar, qoʻshiladigan aholi punktlari (shaharcha, qishloq, ovul) aholisining soni va uy-joy fondi;
6. Bosh reja tarkibi, mazmuni va masshtabiga, shuningdek asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga qoʻyiladigan talablar (hududni meʼmoriy-rejaviy va funksional zonalashtirish, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish, aholini va ish oʻrinlarini joylashtirish, ijtimoiy va madaniy-maishiy tashkilotlari va korxonalar tarmogʻini shakllantirish, transport xizmatini tashkil etish, atrof-muhit va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va hududni muhandislik uskunalash hamda muhandislik jihatdan tayyorlash, boshqalar).
7. Loyihani ishlab chiqish muddatlari (boshlanishi, yakunlanishi), bosqichma-bosqich berilishi zarur boʻlgan materiallar va xizmatlar tarkibi (agar ular koʻzda tutilgan boʻlsa), loyiha tarhlari va chizmalarining masshtablari. Qoʻshimcha taqdimot materiallari.
8. Loyihalashtirish topshirigʻiga ilovalar.
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Qishloq, ovul, mahalla (aholi punkti) hududini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Loyihani ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsifi (respublika, viloyat va tuman miqyosidagi oʻrni, hududining maydoni, aholisining soni va demografiyasi, mehnatga layoqatli qismi).
4. Loyihaviy muddatlar (amalga oshirish davrlari: joriy davr, birinchi navbat davri, loyihaviy davri).
5. Shaharsozlik tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar (aholi punktlari soni, ularning mavqeyi (statusi), tuman markazlari va yirik shaharlargacha boʻlgan masofa va boshqalar).
6. Muhandislik-texnik infratuzilmasi toʻgʻrisida maʼlumotlar (suv, elektr, gaz, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya va aloqa tarmoqlari va tizimlari).
7. Atrof-muhitning joriy holati (ifloslanish manbalari).
8. Yondosh hududlarda qishloq xoʻjaligining joriy holati toʻgʻrisida maʼlumotlar.
9. Ijtimoiy soha obyektlari bilan taʼminlanganligi (maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, ularning sigʻimi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni).
10. Turar-joy, ijtimoiy, madaniy-maishiy, savdo va kommunal qurilishi boʻyicha talablar (mavjud qurilish tahlili, yangi qurilish hajmi, uy-joy fondini yaxshilash boʻyicha takliflar).
11. Muhandislik, texnik va ishlab chiqarish obyektlarini qurish boʻyicha talablar (muhandislik uskunalash va yoʻl-transport tizimini takomillashtirish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish).
12. Loyihaning tarkibi va mazmuniga hamda asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga qoʻyiladigan alohida talablar (hududni meʼmoriy-rejaviy va funksional tashkillashtirish, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish, aholini va ish oʻrinlarini joylashtirish, ijtimoiy va madaniy-maishiy tashkilotlari va korxonalar tarmogʻini shakllantirish, transport xizmatini tashkil etish atrof-muhit, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va hududni muhandislik uskunalash va muhandislik jihatdan tayyorlash).
13. Loyihalashtirish topshirigʻiga ilovalar.
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsifi (hududining maydoni, chegaralari, madaniy meros obyektlari mavjudligi, oʻziga xos xususiyatlari (relyefi, gruntlari va boshqalar));
4. Loyihani amalga oshirishning loyihaviy muddati (joriy davr, birinchi navbat davri, loyihaviy muddat).
5. Loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari, roʻyxati va kim tomondan taqdim etilishi (shaharning bosh rejasi, topografik materiallar va muhandislik-geologiya tadqiqotlari, tabiiy muhitning (tuproq, suv, havo) joriy holati);
6. Batafsil rejalashtirish loyihasi tarkibi va mazmuniga hamda asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga qoʻyiladigan talablar (hududni meʼmoriy-rejaviy va funksional tashkillashtirish, transport xizmatini tashkil etish, atrof-muhit, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va muhandislik uskunalash, muhandislik jihatdan tayyorlash va boshqalar).
7. Loyihalashtirish obyektini qoʻshimcha yoki ixtisoslashgan ravishda ishlab chiqish zarurati kelib chiqishi mumkin boʻlgan oʻziga xos xususiyatlari va muammolari (tabiiy sharoit, ekologik va demografik vaziyat, ishlab chiqarish, ijtimoiy, transport-muhandislik infratuzilmasi rivoji, madaniy meros obyektlarini va atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalar).
8. Loyihalashtirish topshirigʻiga ilovalar.
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Hududni qurish loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsifi (hududining maydoni, chegaralari, oʻziga xos xususiyatlari (relyefi, gruntlari va boshqalar));
4. Loyihani amalga oshirishning loyihaviy muddati (1-, 2-, 3-navbat).
5. Loyihalashtirish uchun asosiy maʼlumotlar: (umumiy yashash maydoni (qavatlilarga ajratgan holda, 1, 2, 3-4, 5-8, 9 va undan yuqori qavatli; binolarning konstruktiv tiplari boʻyicha); xizmat koʻrsatuvchi muassasalar roʻyxati va ularning quvvati; qurilish qiymatini joriy narxlarda belgilash uchun koʻrsatkichlar (loyihaviy yechimlar variantlari));
6. Loyihaga alohida talablar.
7. Loyihani ishlab chiqish muddatlari (boshlanishi, yakunlanishi), bosqichma-bosqich berilishi zarur boʻlgan materiallar va xizmatlar tarkibi (agar ular koʻzda tutilgan boʻlsa), loyiha tarhlari va chizmalarining tarkibi va masshtablari. Taqdimot materiallarining hajmi.
8. Loyihalashtirish topshirigʻiga ilovalar (meʼmoriy-rejaviy topshirigʻi; bino va inshootlarni muhandislik tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar; yer uchastkasiga huquqni tasdiqlovchi hujjat);
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Aholi punktining chegara chizigʻi loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining taxminiy tarkibi
1. Loyihalashtirish obyektining nomlanishi.
2. Ishlab chiqish uchun asos.
3. Loyihalashtirish obyektining asosiy tavsifi (hududining maydoni, aholisining soni, aholi punktiga qoʻshiladigan (chiqariladigan) yer maydonlari).
4. Loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari, roʻyxati va kim tomondan taqdim etilishi.
5. Loyiha tarkibiga, mazmuniga, masshtabiga va asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga qoʻyiladigan talablar.
6. Loyihani ishlab chiqish muddatlari (boshlanishi, yakunlanishi). Qoʻshimcha taqdimot materiallari.
7. Loyihalashtirish topshirigʻiga ilovalar.
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 01/2-66-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2009-yil 23-dekabrdagi 128-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.03.02-04 “Hududlarni rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini tarkibi, ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” shaharsozlik normalari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 7-yanvardagi 8-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.03.10-19 “Qishloq hududlarini rivojlantirishni va qurishni rejalashtirishni tashkil etish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” shaharsozlik normalari va qoidalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2007-yil 14-martdagi 33-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.03.11-07 “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlar va boshqa aholi punktlarining bosh rejasida fuqaro muhofazasining muhandislik-texnik tadbirlari boʻlimining tarkibi, ishlab chiqish tartibi, tegishli idoralar bilan kelishish va tasdiqlashga doir yoʻriqnoma” shaharsozlik normalari va qoidalari.