Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo boʻlish jarayonini tezlashtirish va sifatli amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
1. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga (J.A. Xodjayev) quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
JSTga aʼzo mamlakatlar bilan bozorga kirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini aniq belgilab berish hamda ikki va koʻp tomonlama muzokaralar jarayonida tashqi savdo rejimini tarif va notarif choralar orqali oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
milliy qonunchilikni JST bitim, qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish boʻyicha Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan takliflarni koʻrib chiqish va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish;
JSTga aʼzo boʻlish jarayonida yuqori professional mahorat bilan materiallarni sifatli va oʻz vaqtida tayyorlash hamda muzokaralar natijadorligini taʼminlashda faollik koʻrsatgan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda masʼul xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga jalb qilinib, vazifasiga loqaydlik va masʼuliyatsizlik bilan yondashgan vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrish boʻyicha, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziriga taqdimnomalar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan tezkor tarzda kelishgan holda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhining (keyingi oʻrinlarda — muzokaralar guruhi) xorijiy mamlakatlarda ikki va koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazishini taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakil) lavozimi kiritilsin.
Belgilansinki, maxsus vakil:
bir paytning oʻzida Komissiya raisining oʻrinbosari hamda muzokaralar guruhi rahbari — bosh muzokarachi hisoblanadi;
maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼbasi mudiriga tenglashtiriladi.
3. Maxsus vakilning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
JSTga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
JSTga aʼzo boʻlish shartlari, shuningdek, tashkilotga aʼzo davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazishda har bir masala boʻyicha aniq pozitsiya ishlab chiqilishi va takliflarning Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlash;
JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazishga puxta va har tomonlama tayyorgarlik koʻrish hamda ularning samarali oʻtkazilishini taʼminlash;
JSTga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyasini yetkazish maqsadida JST Kotibiyati va aʼzo davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan doimiy ishchi aloqalarni oʻrnatish;
JSTga aʼzo boʻlish jarayonida donorlarning texnik koʻmagi va ular tomonidan ajratiladigan grant mablagʻlaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
4. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Komissiya tomonidan belgilab berilgan pozitsiya asosida JSTga aʼzo mamlakatlar bilan bozorga kirish boʻyicha samarali muzokaralar olib borish;
muzokaralar holatidan kelib chiqib va kelishuvlarda oldinga ildamlash maqsadida, zarur hollarda, bozorga kirish boʻyicha muzokaralar jarayonida takliflar ishlab chiqish va tezkor kelishish.
5. Komissiyaning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Adliya vazirligiga maʼmuriy islohotlar doirasida ilgari maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan qoʻshimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda vazirlikka milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish funksiyasini yuklash;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida JST bilan hamkorlik qilish, MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish hamda Tarif va notarif tartibga solish choralari boshqarmalari negizida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash va savdo muzokaralari departamentini tashkil etish;
mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida belgilangan umumiy shtat birligi doirasida JST masalalari boʻyicha boʻlinmalarni tashkil qilish;
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarning mavjud vakant shtatlarni maqbullashtirish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida qoʻshimcha 1 ta shtat birligida — JST masalalari boʻyicha birinchi kotib lavozimini kiritish.
Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralarning JST masalalariga masʼul boʻlgan xodimlarini boshqa ishga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod etish Komissiya bilan kelishilgan holdagina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Komissiyaga tashqi savdodagi tarif va notarif choralarni JST talablari asosida vaqtincha tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati berilsin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 06/24/132/0676-son)
6. Belgilansinki:
2023-yil 1-iyuldan boshlab JST qoida va meʼyorlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi;
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yilda jami 30 mlrd soʻm, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi hisobidan 10 mlrd soʻm va Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida 20 mlrd soʻm hamda 2024-yildan boshlab ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar koʻzda tutiladi.
Komissiyaga JSTga aʼzo boʻlish bilan bogʻliq tadbirlar, shu jumladan ekspertlarni jalb qilish, tarjima xizmatlarini tashkil etish, tahliliy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy asoslarni tayyorlash va JSTga aʼzo boʻlish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari va masʼul xodimlarining xizmat safarlari hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni mazkur bandda koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan, zarur hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, mustaqil moliyalashtirish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va foydalaniladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda maxsus vakil zimmasiga yuklansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-iyun,
PQ-181-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga
1-ILOVA
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

J.A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Idoralararo komissiya raisi

2.

A.A. Urunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili, Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari

3.

D.X. Fayziyeva

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

4.

D.A. Ganiyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

5.

G.G. Fazilov

—

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

6.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

D.Sh. Sultanov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

8.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

9.

A.Ya. Xaydarov

—

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

10.

B.N. Abidov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

11.

J.E. Choriyev

—

transport vaziri oʻrinbosari

12.

J.T. Maksudov

—

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

13.

U.U. Sharifxodjayev

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

S.M. Buzrukxonov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

15.

O.R. Fazilkarimov

—

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

16.

R.D. Maxammadiyev

—

Milliy statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

17.

B.Yu. Abubakirov

—

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

18.

I.M. Muxtorov

—

Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

19.

J.I. Abdiyev

—

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

20.

F.E. Karabayev

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

21.

B.Sh. Usmonov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari

22.

D.N. Sattarov

—

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori

23.

B.Q.Yusupaliyev

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

24.

I.K. Ergashev

—

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

25.

A.A. Akbarov

—

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

26.

D.A. Vahobov

—

Savdo-sanoat palatasi raisi

27.

Sh.F. Ozodzoda

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

28.

F.A. Kadirov

—

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari

29.

E.S. Kanyazov

—

Adliya vazirligi departamenti boshligʻi

30.

Lavozimi boʻyicha

—

Adliya vazirligining milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha boʻlinmasi boshligʻi

31.

A.E. Mirsaidov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi vakili

32.

Lavozimi boʻyicha

—

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi JST bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti direktori, Idoralararo komissiya masʼul kotibi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga
2-ILOVA
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi
TARKIBI

1.

J.A.Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Idoralararo komissiya raisi

2.

A.A. Urunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili, Muzokaralar guruhi rahbari — bosh muzokarachi

3.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

4.

D.Sh. Sultanov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

6.

A.Ya. Xaydarov

—

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

7.

B.N. Abidov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

8.

I.M. Muxtorov

—

Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

9.

F.E. Karabayev

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

10.

B.Sh. Usmonov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari

11.

D.N. Sattarov

—

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

12.

B.Q. Yusupaliyev

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

13.

I.K. Ergashev

—

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

14.

A.A. Akbarov

—

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

15.

E.S. Kanyazov

—

Adliya vazirligi Departamenti direktori

16.

A.E. Mirsaidov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi vakili

17.

Lavozimi boʻyicha

—

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi JST bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti direktori, Muzokaralar guruhi kotibi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga
3-ILOVA
Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha boʻlinmalar tashkil etiladigan vazirlik va idoralar
ROʻYXATI
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
3. Suv xoʻjaligi vazirligi;
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi;
10. Transport vazirligi;
11. Madaniyat va turizm vazirligi;
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi;
13. Markaziy bank;
14. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
15. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
16. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;
17. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;
19. Bojxona qoʻmitasi;
20. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 07/23/181/0328-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 30.08.2024-y., 06/24/132/0676-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)