Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablagʻlari, bojxona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlarini ularning manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablagʻlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaragʻi yuritiladigan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va mablagʻlarini shakllantirish tartibi;
amalga oshiriladigan toʻlovlar uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish tartibi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot yuritish, mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va javobgarlik.
3. “Hunarmand” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Hunarmand” uyushmasi mablagʻlarining, shu jumladan, aʼzolik badallari hamda xayriya mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali kelib tushishi va sarflanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-iyul,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qullab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Savdo-sanoat palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) huzuridagi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi hamda qonunchilikda belgilangan maqsad va yoʻnalishlarga sarflanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablagʻlari, bojxona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlari, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ajratiladigan mablagʻlar;
Tarmoq uyushmalarining aʼzolik badallari va boshqa manbalardan shakllanadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bir yoʻla ajratmalar. Bunda ajratmalar Jamgʻarmada taqchillikni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorda Palata raisi tomonidan belgilanadi;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan yigʻimning Vazirlar Mahkamasining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan qismining alohida hisobi yuritiladi.
Bunda ushbu mablagʻlar hisobidan subsidiyalar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) buyurtmanomalari asosida ajratiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan Savdo-sanoat palatasi tomonidan har chorak yakuni bilan kelgusi chorak uchun tasdiqlanadigan Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq foydalaniladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Tarmoq uyushmalari taqdim etadigan talabnomaga asosan mablagʻlar Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan talabnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga toʻlov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
8. Tarmoq uyushmalari Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida koʻzda tutilmagan mablagʻlarni ajratish uchun talabnoma taqdim etilgan taqdirda, Jamgʻarma ijro etuvchi organi tomonidan talabnoma rad etiladi.
9. Talabnoma rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning oʻzida tegishli tarmoq uyushmasiga asoslangan xabarnoma yuboriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan ijrochi organning taqdim qilgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan tegishli tarmoq uyushmasi hisobvaragʻiga belgilangan muddatda mablagʻ oʻtkazib beriladi.
11. Tarmoq uyushmalariga kelib tushgan mablagʻlar belgilangan maqsad va yoʻnalishlarga sarflangandan soʻng ortiqcha mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
12. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:
tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar, tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, biznes missiyalar va koʻrgazmalarda ishtirokini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy brendlar savdosini rivojlantirish, xalqaro tadbirlarni oʻtkazish hamda ularda qatnashish uchun grant va subsidiya ajratish;
xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash tadbirlarini moliyalashtirish;
xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq bitta holat boʻyicha 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan, xorijiy taʼlim muassasa va tashkilotlarida stajirovka va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
xorijiy vakolatxonalarni saqlash va xorijiy maslahatchilarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
buyurtmachilarning ijro apparatiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlash tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq bitta holat boʻyicha 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
startap-loyihalarni moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmogʻida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
hududlarda ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish;
elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
tashqi bozorlarda mahsulotlar ommabopligini oshirish boʻyicha marketing ishlarini amalga oshirish, loyihaoldi hujjatlarni (biznes-reja, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqish, shuningdek, jahon bozorini oʻrganish va marketing ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro maʼlumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foiz miqdorida qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
elektrotexnika va elektro maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tavsiya etgan toʻqimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish (ERP, MES, PLM tizimlarini hamda sunʼiy intellekt asosidagi tizimlarni, shu jumladan IT-park rezidentlarining sunʼiy intellekt yechimlarini joriy qilish) bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta tadbirkorlik subyektiga koʻpi bilan 20 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorini qoplash;
(12-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
yarim tayyor charmdan — tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish sikliga ixtisoslashadigan tashkilotlarni keyinchalik qaytarish sharti bilan mablagʻ ajratish orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
tijorat banklarining charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kafilliklar berish;
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadigan mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish;
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61-63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan subsidiya ajratish;
buyurtmachilarning joriy xarajatlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijro etuvchi apparat xodimlarini saqlash va moddiy ragʻbatlantirish.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
13. Palata Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
14. Palata:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqqan holda, smetani tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga zaruratdan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarma daromadlarining shakllanishini va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
15. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobi Palata tomonidan alohida yuritiladi.
16. Kompaniya va uyushmalar tomonidan xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlar har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar Ijro etuvchi organga kiritib boriladi.
17. Tarmoq uyushmalarining Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari manbalaridan shakllanadigan daromad va xarajatlarining hisobi elektron tizim asosida yuritiladi va Palataning axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
18. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Jamgʻarma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi yoki qayta tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
21. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha
SXEMA

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Buyurtmachilar

Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun Ijro etuvchi organga buyurtma beradi.

Zaruratga asosan

2-bosqich

Ijro etuvchi organ

Taqdim etilgan buyurtmani koʻrib chiqadi hamda buyurtma Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiqligini oʻrganadi.

Buyurtma olingan kundan boshlab

2 ish kuni ichida

3-bosqich

Ijro etuvchi organ

Oʻrganish natijasidan kelib chiqib, buyurtmani qabul qilish yoki rad etish boʻyicha xulosa beradi.

Xulosaga koʻra buyurtma rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga xabarnoma yuboradi.

Buyurtmachilar buyurtmani koʻrib chiqishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda qaytadan murojaat qilishi mumkin.

Buyurtmani koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, takroran kiritilgan buyurtma ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda va belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.

Buyurtma olingan kundan boshlab

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Ijro etuvchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik qoʻmitasi) Jamgʻarmaning Gʻaznachilik qoʻmitasida ochilgan yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan muddatlarda mablagʻ oʻtkazish yuzasidan toʻlov topshiriqnomasini yuboradi.

Buyurtma boʻyicha ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab

3 ish kuni muddatda

5-bosqich

Gʻaznachilik qoʻmitasi

Ijro etuvchi organ taqdim qilgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan mablagʻni tegishli tarmoq uyushmasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Buyurtmachilar

Mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida Ijro etuvchi organga hisobot taqdim etadi.

Har oyda keyingi oyning

10-sanasiga kadar

7-bosqich

Ijro etuvchi organ

Jamgʻarma mablagʻlarining shakllanishi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻrganib chiqqan holda:

a) Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqqan holda, kelgusi chorak smetasini tasdiqlaydi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot uchun taqdim etadi.

a) Har chorak soʻnggi oyining

20-sanasiga qadar

b) Har chorakda keyingi oyning

15-sanasiga qadar

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandida:
birinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablagʻlari, bojxona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlarini ularning manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablagʻlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaragʻi yuritiladigan Tarmoqlarni koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda:
2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022-yil 1-yanvardan — 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-noyabrdan — 0,01 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi;
2022-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato (boʻyalgan trikotaj mato bundan mustasno) uchun 0,05 AQSH dollari, 2024-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yigʻim undirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-banddagi “Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar import qiymatining (Bojxona yuk deklaratsiyasining 42-grafasi) 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Bunda:
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi;
loyihalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan boʻlishi;
uskuna loyihani amalga oshirgan korxona tomonidan import subsidiya oluvchi korxona “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzo boʻlishi;
loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda amalga oshirilgan boʻlishi lozim (Bunda uskunalar 2022-yil 1-fevraldan oldin “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan boʻlishi mumkin, biroq uskunalar 2022-yil 1-fevraldan keyin foydalanishga topshirilgan boʻlishi lozim)”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;
xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi”;
7 — 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi elektron shaklda xabardor qilinadi.
8. Arizada subsidiya oluvchining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
9. Tegishli hujjatlar Kompaniyaga subsidiya oluvchi tomonidan elektron platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgandan keyin ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq emasligi aniqlangan taqdirda, Kompaniya uch ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida elektron shaklda xabar yuboradi”;
10-banddagi “Agentlik tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga” soʻzlari “Kompaniya tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib, Savdo-sanoat palatasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Agentlik tomonidan 1 ish kuni mobaynida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Bunda subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqib ijobiy qaror qabul qilingan arizalar boʻyicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Subsidiya oluvchi tomonidan 30 ish kuni mobaynida Kompaniyaning bank hisobvaragʻiga toʻlov toʻlanmagan taqdirda, subsidiya ajratish boʻyicha qabul qilingan ijobiy qaror ijrosiz qoldiriladi”;
15-banddagi “Agentlikka” soʻzi “Kompaniyaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Kompaniya subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan kundan keyin 1 ish kuni ichida subsidiya ajratish boʻyicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma yuboradi.
18. Savdo-sanoat palatasi Kompaniyaning buyurtmanomasiga asosan Jamgʻarmaga shu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi”;
19, 20 va 23-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qiladi:

ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;

xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.

Loyiha ishga tushgandan keyin subsidiya oluvchining ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Kompaniya

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kompaniya

Koʻrib chiqilgan hujjatlarni Savdo-sanoat palatasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga yuboradi hamda ularning subsidiya ajratish yuzasidan tegishli xulosasini oladi.

7 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kompaniya

Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining xulosasi asosida subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qiladi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Kompaniya

Subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.

Subsidiya ajratish boʻyicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

Subsidiya oluvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga tegishli subsidiyani oʻtkazib beradi.

Buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab

3 ish kuni mobaynida

”;

2-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga” soʻzlari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)