O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONIDA TASHKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARI USTAV JAMG‘ARMASIDAGI DAVLAT ULUSHI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan va mamlakatning ilmiy-texnika salohiyatini belgilab beruvchi korxonalarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bo‘yicha xususiylashtirilmagan davlat korxonalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va ularni aksiyalashtirishga oid takliflar kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ko‘ra davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan korxonalar ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi miqdori Hukumatning tegishli qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
6. Vazirlar Mahkamasining ilgari qabul qilingan qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V. A.Chjen va Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-iyun,
272-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
30-iyundagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘zgartirishlar kiritiladigan qarorlari
RO‘YXATI
1) “O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori 5-bandining 2 — 4-xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2) “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qarori 8-bandining 3-xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3) “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 14-yanvardagi 33-son qarorining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
4) “O‘zbekmebel” O‘zbekiston davlat-aksionerlik birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5) “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning II bo‘limidagi 9-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
6) “O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 27-maydagi 271-son qarori 5-bandining 2-xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
7) “Toshkent shahri aholisiga yo‘lovchi tashish transporti xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qaroriga 3-ilovaning 14-ustuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8) “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasining ayrim korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 17-iyuldagi 276-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
9) “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarori 4-bandining 3-xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
11) “O‘zbekiston yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish (“O‘zbekyengilsanoat”) davlat uyushmasi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 4-apreldagi 179-son qaroriga 1 — 3-ilovalarning 5, 6-ustunlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
12) “O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish (“O‘zavtoyo‘l”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarorining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
14) “O‘zbaliq” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 18-avgustdagi 427-son qaroriga 3-ilovaning 3-ustuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
15) “O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
16) “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 2-bandining 5 va 6-xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
17) “O‘zagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 28-fevraldagi 76-son qaroriga 2-ilovaning “shu jumladan davlat ulushi” 3-ustuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
18) “O‘zbekiston neft va gaz chiqarish (“O‘zneftgazqazibchiqarish”) davlat-aksionerlik birlashmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 17-maydagi 229-son qarorining:
2-bandi 4-xatboshidagi “kamida 51 foiz” so‘zidan so‘ng “davlat ulushi 25 foizni tashkil etadigan “Andijonneft” AJ, “Qo‘qon mexanika zavodidan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin, undan keyin matn bo‘yicha;
2-ilovadan “Farg‘onaneft” neft konlari boshqarmasi va “Andijonneft” neft konlari boshqarmasi chiqarib tashlansin;
19) “O‘zneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 20-maydagi 239-son qarori 2-bandining 4-xatboshi “davlat ulushi 25 foizni tashkil etadigan “Buxoroneftgazelektrmontaj” aksionerlik jamiyatidan tashqari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
20) “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 3-ilovasining “davlat ulushi, %” 6-ustuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.