Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASINING AYRIM KORXONALARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, don mahsulotlari tarmoqlarida tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlarining uzoq muddatli iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, respublikaga donni kafolatli yetkazib berishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga eksperiment tartibida “Oʻzdonmahsulot”“ davlat-aksionerlik korporatsiyasi ayrim korxonalari aksiyalarining nazorat paketlarini yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotishga ruxsat etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Yangiyoʻldonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirishda taʼsischilar tarkibiga “Odil” firmasini kiritsin;
“Yangiyoʻldonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi aksiyalari paketini taqsimlashni ustav fondidan quyidagi miqdorlarda amalga oshirsin:
davlatga — 20 foiz;
erkin sotishga;
shu jumladan;
xorijiy investorlarga — 10 foiz;
mehnat jamoasiga — 20 foiz;
“Odil” firmasiga — 50 foiz;
Toshkent 1-un zavodini ochiq turdagi “Gʻalla” aksionerlik jamiyatiga aylantirishga oid qarorni qayta koʻrib chiqsin, bunda aksiyalar paketini “Yangiyoʻldonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi uchun belgilangan miqdorlarda taqsimlashni nazarda tutsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Odil” firmasi oʻziga beriladigan aksiyalar paketi qiymati summasiga “Yangiyoʻldonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasiga va “Gʻalla” aksionerlik birlashmasiga don yetkazib beradi. Don yetkazib berish shartlari, jadvali “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi bilan tuziladigan kontrakt bilan aniqlanadi;
“Odil” firmasiga aksiyalar sotishdan tushgan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan quyidagi tartibda: 50 foizi — “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga va 50 foizi — “Yangiyoʻldonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi va Toshkent 1-un zavodi negizida tashkil topgan aksionerlik jamiyatlariga ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun beriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimiga hamda Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 17-iyul,
276-son