1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini qo‘llash haqida” 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
1344-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-banddagi “pasportining seriyasi” degan so‘zlar “pasportining yoki identifikatsiya ID — kartasining seriyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8. Imzo varaqasiga ma’lumotlar qo‘lda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga o‘z imzosini qo‘yadigan saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining iltimosiga ko‘ra imzo to‘plashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin. Biroq, imzoni aynan saylovchining o‘zi qo‘yadi.”;
v) 11-banddagi “to‘plangan” degan so‘z “qilib tikilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 33-banddagi “o‘n” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
e) ilovadagi “Pasport” va “Pasportining” degan so‘zlar tegishincha “Pasport yoki ID-karta” va “Pasport yoki ID-kartasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida” 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Prokuratura to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma prokuratura, ichki ishlar organlarining vakolatli mansabdor shaxslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning o‘rinbosarlari yoki kotiblari tomonidan tuziladi;”;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “saylov kampaniyasi” so‘zlaridan keyin “va referendumni o‘tkazish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 4-band va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1-banddagi “viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining a’zolari” degan so‘zlar “hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari yoki kotibi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hududiy saylov komissiyasining vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.”;
“4. MJtKning 512 — 519-moddalarida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda, MJtKning 280 va 281-moddalariga ko‘ra MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning o‘rinbosarlari yoki kotiblari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilishi mumkin. Bunda bayonnoma MJtKning 281-moddasi tartibida mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi”;
“16. Hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganligi to‘g‘risida bayonnoma sudga yuborilgan kundan kechiktirmasdan yuqori turuvchi saylov komissiyasi, shu jumladan MSK xabardor qilinishi lozim.”;
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomda:
“3. Markaziy saylov komissiyasining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi), tuman, shahar saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyaning rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman e’lon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda o‘z vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurati) taqdim etadi.”;
b) 4-band “Markaziy,” so‘zidan keyin “hududiy, tuman, shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Vakolatli vakillikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli vakillarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
“6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida o‘n kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida — hududiy saylov komissiyasiga;
bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.”;
d) 7-banddagi “Nizomning 2-ilovasida” degan so‘zlar “Nizomning ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING
MANDAT NAMUNASI
Izoh: 140 x 100 mm. o‘lchamdagi mandat bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarosi nomzodning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin.”;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Ishonchli vakillikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishonchli vakillarga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
“6. Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi va ularni ro‘yxatga olish uchun tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga:
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ro‘yxatga olingan nomzodlar tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga nomzod tomonidan tegishli viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashi deputatligiga nomzod tomonidan tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga ishonchli vakillikka nomzodning pasport nusxasi (yoki identifikatsiya ID-kartasi), 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.
Tegishli saylov komissiyasi arizani qabul qilgan kundan boshlab, 3 kunlik muddatda ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga mazkur Nizomning 2 — 2v-ilovalarda belgilangan shaklda guvohnoma beradi.
Guvohnomada nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyaning alohida farq belgilar (rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.”;
“noto‘g‘ri axborotni tarqatish, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish;”
“Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga
2b-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga
2v-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TUMAN (SHAHAR) KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomda:
a) muqaddimadagi “qoidalariga” degan so‘z “prinsiplari va normalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“1. O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning (bundan buyon matnda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar deb yuritiladi) faoliyati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) qarorlari hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.”;
“4. Saylovda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar o‘z kuzatuvchilarining ro‘yxati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, elektron fotosuratlari (oq fonda, 3x4 sm o‘lchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri) hamda ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq anketa va deklaratsiyalarni to‘ldirilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarning butligi (to‘liqligi) va to‘g‘riligiga taqdim etuvchining o‘zi mas’ul hisoblanadi.”;
g) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat MSK raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
“hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda hudud (okrug) bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;”;
“14. Tashqi ishlar vazirligi, MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug, uchastka saylov komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga ko‘maklashadi.”;
“O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun anketa
Application form for accreditation as a foreign (international) observer
Familiyasi
Last name
Ismi
First name
Otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa)
Middle name (If applicable)
Tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil)
Date of birth (day, month, year)
Tug‘ilgan joyi
Place of birth
Jinsi
Gender
Male
Female
Fuqaroligi
Nationality
Pasport raqami
Passport number
Amal qilish muddati
Date of expiry
Yashash manzili
Nome address
Telefon
Mobile
Elektron pochta manzili
E-mail
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik turi
Type of role as a foreign (international) observer
International and intergovernmental organizations;
Election Management Body
NGO
Other
Xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar nomi/ Saylov boshqaruv organlari/ NNT / boshqa tashkilotlar
№ame of the International and Intergovernmental Organizations
Election Management Body
NGO
Other
OSCE ODINR, CIS, TurkPA, SCO etc.
CEC of Russia, EC of India etc.
A-Web, AAEA, IFES, NCCN etc.
Please specify
Ish joyi
Represented Organization
Lavozimi
Title/Position
Ish joyi manzili
Address of the Organization
Ish joyi telefoni
Work phone
Ish joyi elektron pochta manzili
Work E-mail
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik tajribasi, shu jumladan O‘zbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)
Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)
O‘zbekiston Respublikasiga kelish sanasi
Date of Arrival in the Republic of Uzbekistan
If available
O‘zbekiston Respublikasidan ketish sanasi
Date of Departure from the Republic of Uzbekistan
If available
By submitting this application, I hereby consent to the collection, processing, recording and use of my personal information for the purpose and duration of the Parliamentary Elections in Uzbekistan
”;
j) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi mandatining
NAMUNASI VA TAVSIFI
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. o‘lchamdagi ikki tarafli (o‘zbek va rus yoki o‘zbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Mandatni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat (xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari uchun) va (yoki) tashkilot (xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun) nomi bo‘ladi va Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qo‘yilib, komissiyaning gerbli dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.”
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomada:
a) 1-bandning “z” kichik bandidagi “saylov va referendum o‘tkazuvchi okrug” degan so‘zlar “hududiy saylov” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) II bob nomidagi “Viloyat” degan so‘z “Hududiy” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“4. Quyidagi hujjatlar hududiy saylov komissiyalarining idoraviy arxivlarida besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) hududiy saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalari ilovalari bilan birga;
v) viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ro‘yxatga olingan nomzodlar ro‘yxatlari;
g) saylangan viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatlarining ro‘yxatlari va hisob kartochkalari;
d) saylov va referendum natijalari bo‘yicha moliyaviy hujjatlar;
e) saylov va referendum to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
j) hududiy saylov komissiyasining referendum natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasining ikkinchi nusxalari;
z) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
i) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
k) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.”;
g) 5-band “e’lon qilinganidan so‘ng” degan so‘zlardan keyin “uch kunlik muddatda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“III bob. Okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni Davlat arxiviga topshirish”;
“6. Okrug saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) okrug saylov komissiyalarining qarorlari va majlis bayonnomalari;
b) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlari;
v) okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
g) uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.”;
“9. Saylov byulletenlari, shuningdek referendumda ovoz berish byulletenlari hamda ularni topshirish va qabul qilish dalolatnomalari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida bir yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.”;
“10. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.”;
l) quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng yigirma kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.”;
m) 13-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“saylovchilar ro‘yxatlari;
saylov byulletenlarini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari;”;
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Kuzatuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) murojaat etish hamda hududiy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kuzatuvchilarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat hududiy saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
“5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berilgan kundan boshlab, saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida — hududiy saylov komissiyasiga;
bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga kuzatuvchilarning ro‘yxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. o‘lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.”;
g) 7-banddagi “kuzatuvchi uchun mandat beradi” degan so‘zlar “kuzatuvchi uchun tegishincha mazkur Nizomning 1, 2 yoki 3-ilovasiga muvofiq shaklda mandat beradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“tegishincha hududiy, okrug, tuman, shahar saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda hudud yoki okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;”;
“16. Kuzatuvchi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda tegishli saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.”;
z) quyidagi mazmundagi 1 — 3-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.”;
b) 2-banddagi “viloyat” degan so‘z “hududiy” degan so‘z bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “viloyat” degan so‘z “hududiy” degan so‘z bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. OAV o‘z vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
OAV vakillariga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mahalliy OAV O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan o‘z vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun murojaat qilishi mumkin.”
“10. Xorijiy OAV vakillari, shu jumladan TIVdan akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillari saylov kampaniyasini yoritish maqsadida MSKdan akkreditatsiyadan o‘tish uchun TIVga mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Xorijiy OAV vakillari TIVga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.”;
z) 11-banddagi “ikki haftadan” degan so‘zlar “o‘n to‘rt kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ID-karta” degan so‘z “identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
OMMAVIY AXBOROT VOSITASI VAKILINI AKKREDITATSIYADAN O‘TGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI GUVOHNOMA NAMUNASI
Izoh: Guvohnomani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mazkur guvohnomaning o‘lchami bo‘yi 140 mm — eni 100 mm o‘lchamda, ikki tomonlama yozuvda, bir tomoni o‘zbekcha ikkinchi tomoni ruscha yoki bir tomoni o‘zbekcha ikkinchi tomoni inglizcha namunada tayyorlanadi.”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 23-martdagi 1215-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari bilan birgalikda saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmatdan foydalanish tartibi aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlasin.”.