Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash, xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritilgan hamda respublikada tan olinadigan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari navbatdagi davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan hisoblanadi;
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasidan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi;
taʼlim tashkilotlariga davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻgʻrisida elektron shakldagi sertifikatni berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda taʼlim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuboradi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshiradi.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2024-yil 1-avgustga qadar oʻzining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplangan maʼlumotlarni onlayn tarzda olish va yuborish imkonini beradigan taʼlim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya elektron platformasini ishga tushirsin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:
mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining taʼlim sifati monitoringini yuritishga moʻljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;
xar yili 10-oktabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami toʻplagan ballari boʻyicha maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-fevral,
91-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qaroriga
1-ILOVA
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat va nodavlat maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom psixik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar va maktab-internatlarga hamda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Taʼlim tashkiloti attestatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) va akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari attestatsiyadan va akkreditatsiyadan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Attestatsiya taʼlim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va uning maqsadi taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yoki taʼlim tashkilotlarining xohishiga koʻra respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan attestatsiyaga asosan oʻtkaziladi.
4. Quyidagilar attestatsiyaning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
mustaqillik;
xolislik;
oshkoralik;
shaffoflik;
davriylik;
majburiylik.
5. Akkreditatsiya taʼlim tashkilotlari faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligi davlat tomonidan eʼtirof etilishi va ushbu tashkilotlarga oʻz bitiruvchilariga davlat namunasidagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.
6. Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari esa litsenziya berilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga, davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari esa litsenziya berilgan paytdan boshlab 11 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi.
Bunda nodavlat taʼlim tashkiloti bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat berish huquqi uning arizasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazilgandan soʻng beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom.
Ushbu bandning birinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan muddatlar tugaganidan soʻng taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazilishi shart.
7. Litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan davlat namunasidagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat davlat taʼlim standartlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarga beriladi.
Davlat taʼlim standartlaridan tashqari taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat berilmaydi.
8. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
attestatsiyadan oʻtkazish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish;
taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va uning natijalarini tahlil qilish;
attestatsiya natijalariga koʻra taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish;
attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;
attestatsiya natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish;
taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish.
9. Taʼlim tashkilotlari attestatsiyadan ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlar asosida oʻtkaziladi.
2-bob. Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish
10. Attestatsiya mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida Vazirlik tomonidan tashkil etiladi.
Attestatsiya taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki baholash taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻzini oʻzi baholash hisoblanadi.
Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash ichki baholash oʻtkazilganidan keyin ularning faoliyatini Vazirlik yoki taʼlim tashkilotlarining murojaatiga koʻra respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholash hisoblanadi.
11. Quyidagilar taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi:
taʼlim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya koʻrsatkichlari va mezonlari asosida baholash;
taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati va mazmunining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligini aniqlash;
taʼlim tashkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashga tayyorlash.
12. Ichki baholash taʼlim tashkilotlari rahbarlarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan ichki baholash komissiyalari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
13. Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin oʻtkaziladi. Ichki baholash jarayonlari 24 ish kunigacha davom etishi mumkin.
14. Taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash uchun attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
15. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash 3 ish kunigacha muddatda amalga oshiriladi.
16. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 5 yilda, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari esa 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda akkreditatsiya muddati kelganda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Bunda faoliyat yuritayotgan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari amaldagi akkreditatsiya sertifikatining muddati tugaganidan soʻng mos ravishda 5 va 11 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari tarkibidagi filiallar attestatsiyasi taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari muddatidan oldin attestatsiya va akkreditatsiyadan shartnoma asosida oʻtishi mumkin.
17. Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim tashkilotlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish quyidagi baholash sohalari boʻyicha oʻrganiladi:
1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
taʼlim-tarbiya jarayoni;
boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati;
rivojlantiruvchi taʼlim muhiti;
jamoatchilik va hamkorlik;
2) umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida:
tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;
taʼlim sifati koʻrsatkichlari;
oʻquv jarayonini tashkil etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi;
taʼlim taʼminoti va AKT infratuzilmasi;
jamoatchilik bilan hamkorlik va targʻibot ishlari;
xavfsizlik.
18. Tashqi baholash jarayonida ichki baholash natijalari, dars jarayonlari va taʼlim faoliyati tahlil qilinadi, bitiruvchi sinf (4, 9 va 11-sinflar) oʻquvchilaridan nazorat ishlari olinadi va tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi kuzatiladi.
Bitiruvchilarning bilim darajasini aniqlash va tarbiyalanuvchilarning rivojlanishini kuzatish Vazirlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bunda baholashning yangi tizimi (formativ va summativ baholash usuli) joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bitiruvchi sinf (9 va 11-sinf) oʻquvchilarining oʻzlashtirish natijalari hisobga olinadi. Bitiruvchilarni baholash jarayoniga nodavlat baholash tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
Taʼlim tashkilotlari faoliyati respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholangan taqdirda, baholash tartibi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. Akkreditatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiyasi joyiga chiqmasdan ham oʻtkazilishi mumkin.
20. Nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-banddan ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob-raqamiga;
qolgan mablagʻlar — Vazirlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — Vazirlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
21. Akkreditatsiyadan oʻtkaziladigan taʼlim tashkilotlari roʻyxati akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktabriga qadar belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari boʻysunuviga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinib, roʻyxat asosida har yili 1-oktabrga qadar Vazirlikka taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Nodavlat taʼlim tashkiloti rahbari yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxs attestatsiyadan oʻtish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi soʻrovnoma beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, soʻrovnoma beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga taʼlim tashkiloti faoliyatini ichki baholash natijalari ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
221. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng soʻrovnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnoma beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
222. Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab uni 10 daqiqa ichida vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
223. Soʻrovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Soʻrovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(221 — 223-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
23. Tizimida davlat taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini hamda attestatsiyaga oid boshqa hujjatlarni taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin Vazirlikdan, nodavlat taʼlim tashkilotlari esa Vazirlikning hududiy boshqarmalaridan oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun hujjatlar Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochtaga (agar Davlat xizmatlari markazi orqali shaxsan murojaat etilgan boʻlsa) yoki soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (agar elektron tarzda murojaat etilgan boʻlsa) yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Davlat taʼlim tashkilotlarida ichki baholash har yili amalga oshiriladi va natijalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari yoki Vazirlikning hududiy boshqarma rahbarlarining elektron raqamli imzosi bilan onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtirib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash natijasida toʻplangan maʼlumotlar va materiallar qogʻoz shaklida ham soʻrab olinishi mumkin.
Taʼlim tashkilotlari faoliyati tashqi baholangan yilda ichki baholash natijalari tashqi baholash boshlanishidan kamida bir oy oldin Vazirlikka yuboriladi va onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtiriladi.
Belgilangan muddatda hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki hujjatlardagi kamchiliklarning bartaraf etilmasligi taʼlim tashkilotining attestatsiyadan oʻtkazilmasligiga asos boʻladi.
24. Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash natijasida toʻplangan maʼlumotlar va materiallar Vazirlikka quyidagi shakllardan birida taqdim etiladi:
a) qogʻoz shaklida — tashkilotlarining ishonchli vakili yoki pochta aloqasi xizmati orqali;
b) elektron shaklda — tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining elektron raqamli imzosi bilan Vazirlikning onlayn akkreditatsiya platformasi orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
“v) nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun — Davlat xizmatlari markazlari (agar shaxsan murojaat etilgan boʻlsa) yoki soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabineti (agar elektron tarzda murojaat etilgan boʻlsa) orqali.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
25. Vazirlikning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan oʻtuvchi taʼlim tashkilotiga oid attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi hujjatlar yigʻmajildi jamlanadi:
attestatsiya komissiyasini tuzish haqidagi buyruq;
attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya xulosasi;
akkreditatsiya boʻyicha Vazirlik buyrugʻi;
attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
Hujjatlar yigʻmajildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar (elektron yoki qogʻoz shaklida) saqlanadi.
3-bob. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi
26. Attestatsiya komissiyalarining tarkibi Vazirlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. Bunda bir hududda bir necha attestatsiya komissiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash uchun tashkilot joylashgan hududdagi attestatsiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlar jalb etiladi.
27. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspertlar roʻyxati tasdiqlanadi hamda mazkur roʻyxatga kiritilgan ekspertlar attestatsiya jarayonlariga jalb etiladi.
Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar va ularning ish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
28. Boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalari tarkibiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari mutaxassislari, taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari jalb etilishi mumkin.
29. Davlat taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar komissiyalari aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan ekspert komissiyalari aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga jalb etilgan ekspertlar mehnati asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi saqlangan holda, Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan soatbay haq toʻlash tartibida ragʻbatlantiriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini baholashga jalb etilgan ekspertlar uchun dars tahlili, nazorat ishi oʻtkazilishi hamda nazorat ishlarini baholash soatlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini baholashga jalb etilgan ekspertlar uchun mashgʻulot tahlili, tarbiyalanuvchilarni kuzatish hamda soʻrovnoma oʻtkazish va hujjatlar tahlili soatlari hisoblanadi.
Bunda ekspertlarning tegishli toifalari boʻyicha oʻqituvchilarga, toifaga ega boʻlmagan ekspertlar boʻyicha esa oliy maʼlumotli oʻqituvchilarga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari hisobga olinadi.
Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazishga ekspert sifatida jalb etilgan oʻqituvchilar va boshqa pedagoglar kuyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
ekspert sifatida faoliyat koʻrsatgan davrida majburiy malaka oshirishdan ozod etiladi;
taʼlim tashkilotlari faoliyatini baholash borasidagi faoliyati tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilgan hisoblanadi;
ekspert sifatidagi faoliyati tuman (shahar) miqyosida oʻquv seminarlari yoki metodik birlashmalarda metodik ishlanmalar bilan ishtirok etganligiga tenglashtiriladi.
30. Attestatsiya komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
taʼlim tashkilotining faoliyatini ichki baholash natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish;
taʼlim tashkiloti taʼlim sifati va mazmunining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligi hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlarining sifati va samaradorligini baholash;
taʼlim sifatini oshirish va taʼlim xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash yuzasidan xulosa tayyorlash hamda Vazirlikka taqdim etish.
31. Taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash komissiyalari tomonidan tegishli tashkilotlarga bormay, ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va materiallarni oʻrganish asosida Vazirlikda ham amalga oshirilishi mumkin.
Attestatsiya komissiyalari aʼzolariga oʻquvchilarning erishgan natijalari, ular tomonidan fanlarni oʻzlashtirishi holati va taʼlim faoliyati bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni olish uchun taʼlim faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan elektron platformalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, attestatsiya komissiyalari tomonidan mazkur Nizomga ilovada belgilangan baholash mezonlaridan kelib chiqqan asoslovchi qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin. Taʼlim tashkilotlarining rahbarlari attestatsiya komissiyalari tomonidan soʻralgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Hujjatlarning belgilangan muddatlarda taqdim etilmasligi yoki taqdim etilgan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlarning mavjudligi taʼlim tashkilotlariga “attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosa berilishiga asos boʻladi.
32. Davlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash boʻyicha attestatsiya komissiyalari aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyalari aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida faqat sutkalik va transport xarajatlari doirasida qoplab beriladi.
4-bob. Attestatsiya yakunlari
33. Tashqi baholash natijalari asosida attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilingan holatlarda, vakolatli organlarning xulosalari soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochtaga (agar Davlat xizmatlari markazi orqali shaxsan murojaat etilgan boʻlsa) yoki soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (agar elektron tarzda murojaat etilgan boʻlsa) yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Bunda taʼlim tashkilotlarining tegishli yoʻnalish boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirishga tayyorligi yuzasidan vakolatli organlar tomonidan berilgan xulosalar Vazirlik soʻroviga muvofiq 5 ish kuni ichida onlayn platformaga joylashtiriladi.
Xulosa berishga vakolatli organlar tomonidan tegishli xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganish talab etilsa, faqat oʻzining faoliyat yoʻnalishiga tegishli qismi boʻyicha oʻrganish oʻtkazishi mumkin. Taʼlim tashkilotlari joyiga chiqib oʻrganish uchun xulosa berishga vakolatli organlarga tegishli sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Vakolatli organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi va ichki baholash natijalari eʼtiborga olinadi. Bunda xulosa berishga vakolatli organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
34. Attestatsiya komissiyalari taʼlim tashkilotlari rahbariyati bilan birgalikda tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Vazirlik attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.
Taʼlim tashkilotlari tomonidan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar har yil yakunida onlayn platformaga kiritib boriladi.
Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, taʼlim tashkilotiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilinadi. Bunda taʼlim tashkiloti navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi.
35. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra:
a) “attestatsiyadan oʻtdi” degan xulosa quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda beriladi:
rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholansa;
maktabgacha taʼlim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda;
b) “attestatsiyadan oʻtmadi” degan xulosa quyidagi hollardan biri sodir boʻlganda beriladi:
rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 45 foizi va undan koʻpi qoniqarsiz baholansa;
maktabgacha taʼlim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplasa;
ichki baholash jarayonlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganda, hujjatlar belgilangan muddatlarda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etilmaganda yoki hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
36. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 12-bobining 5-paragrafi (Mehnat shartnomasini bekor qilish)
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uning natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 12-bobining 5-paragrafi (Mehnat shartnomasini bekor qilish)
davlat-xususiy sheriklik (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1028-sonli qarorning 5-bandi a) kichik bandining uchinchi xatboshisi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan hamda litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga koʻchirish choralari koʻriladi.
37. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra:
a) “attestatsiyadan oʻtdi” degan xulosa quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda beriladi:
nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarining 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholansa (baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar uchun esa, ushbu maktabning 9 va 11-sinflari oʻquvchilarining kamida 55 foizi qoniqarli baholangan boʻlsa, bunda 4-sinfda oʻtkazilgan nazorat ishlari natijasi umumiy natijaga qoʻshiladi);
umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda;
b) “attestatsiyadan oʻtmadi” degan xulosa quyidagi hollardan biri sodir boʻlganda beriladi:
nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarining 45 foizdan koʻpi qoniqarsiz baholansa (baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar uchun esa, ushbu maktabning 9 va 11-sinflari oʻquvchilarining 45 foizdan koʻpi qoniqarsiz baholangan boʻlsa, bunda 4-sinfda oʻtkazilgan nazorat ishlari natijasi umumiy natijaga qoʻshiladi);
umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplasa;
ichki baholash jarayonlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganda, hujjatlar belgilangan muddatlarda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etilmaganda yoki hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
38. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilsa:
a) davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining:
direktori, uning oʻquv ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi, bundan tashqari ushbu maktab oʻqituvchilari navbatdan tashqari majburiy attestatsiyaga jalb etiladi, oʻqituvchilar attestatsiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi;
faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor, uning oʻquv ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuboriladi. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkazilganda, uning natijalariga koʻra yana attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor, uning oʻquv ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 12-bobining 5-paragrafi (Mehnat shartnomasini bekor qilish)
b) nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan hamda litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini boshqa davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga koʻchirish choralari koʻriladi.
5-bob. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyxatga olish hamda ularga qoʻyiladigan talablar
39. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyxatga olish quyidagi bosqichlardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritish uchun Vazirlikka ariza taqdim etish;
Vazirlik tomonidan xalqaro akkreditatsiya tashkiloti faoliyatini oʻrganish;
oʻrganish natijalari asosida xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyxatga kiritish boʻyicha qaror qabul qilish.
Roʻyxatga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari faoliyati uch yil muddatga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
391. Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti istagiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etish yoki YIDXP orqali elektron shaklda ham taqdim etiladi.
Soʻrovnoma beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi soʻrovnoma beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, soʻrovnoma beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng soʻrovnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
392. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab uni 10 daqiqa ichida vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
393. Soʻrovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Soʻrovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
(391 — 393-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
40. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga qoʻyiladigan asosiy talablar va roʻyxatga kiritishning shartlari quyidagilardan iborat:
ushbu yoʻnalishda kamida 5 yillik xalqaro tajribaga ega boʻlish;
akkreditatsiyaning yakuniy bosqichi oflayn tartibda boʻlishi;
xalqaro akkreditatsiya tashkilotining rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
xalqaro akkreditatsiya tashkiloti Oʻzbekistonning huquqiy va maʼnaviy asoslariga mutanosib boʻlishi, milliy-anʼanaviy qadriyatlar va ijtimoiy-siyosiy hayotiga qarshi boʻlmasligi;
xalqaro akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi uchun taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yoʻnalishiga oid sertifikatga ega boʻlish;
umumiy ekspertlarining kamida 30 foizi xorijiy ekspertlar boʻlishi.
41. Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti yoki uning xodimlari taʼsischiligida tashkil etilgan yoxud xalqaro akkreditatsiya tashkiloti xodimi har qanday shartnoma asosida faoliyat yuritadigan taʼlim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiyasidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan baholash xulosasidan bir nusxa Vazirlikka taqdim etiladi.
43. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotining tashqi baholash boʻyicha xulosalarida notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar asosida shakllantirilgan maʼlumotlar, shuningdek, boshqa qonun buzilish holatlari aniqlansa, tashqi baholash natijalari tan olinmaydi va xalqaro akkreditatsiya tashkiloti roʻyxatdan chiqariladi.
44. Taʼlim tashkilotlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni olganlaridan soʻng uning nusxasini ikki hafta muddatda Vazirlikka taqdim etishlari shart.
45. Taʼlim tashkilotlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida Vazirlik vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
6-bob. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
46. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlikda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Vazirlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
47. Akkreditatsiya taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi xulosalariga koʻra oʻtkaziladi. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim tashkilotlari faoliyatining davlat taʼlim standartlari yoki davlat taʼlim talablariga muvofiqligini eʼtirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
48. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiya xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
49. Akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilinishidan oldin attestatsiya komissiyasining taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligi haqidagi ijobiy xulosasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga kelishish uchun taqdim etiladi. Bunda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan xulosalarni oʻrganib chiqib, natijalarini Vazirlikka yuboradi.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha salbiy xulosasi akkreditatsiya komissiyasining ushbu taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.
50. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik haqidagi qaror akkreditatsiya komissiyasiga hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilingan holatlarda, tashkilot akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochtaga (agar Davlat xizmatlari markazi orqali shaxsan murojaat etilgan boʻlsa) yoki soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (agar elektron tarzda murojaat etilgan boʻlsa) yuboriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ikki hafta davomida tashkilotning akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi sertifikat elektron shaklda akkreditatsiya platformasi orqali onlayn generatsiya qilinadi.
Sertifikatda taʼlim tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
Sertifikat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 5 yil muddatga, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga 11 yil muddatga beriladi.
Akkreditatsiya komissiyasi ushbu nizom talablari buzilganligi holatini aniqlaganda, attestatsiya xulosasidan qatʼi nazar, taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazmasligi mumkin.
51. Taʼlim tashkiloti qayta tashkil etilgan (oʻzgartirish — qayta rasmiylashtirish bundan mustasno) yoki tugatilgan taqdirda, akkreditatsiya haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.
52. Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti doimiy ravishda taʼlim sifatini taʼminlashi shart va bu jarayon Vazirlik tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.
Bunda davlat taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan akkreditatsiya monitoringi amalga oshiriladi.
Monitoring natijalariga koʻra taʼlim sifatida pasayish kuzatilgan davlat taʼlim tashkilotlari faoliyati alohida rejaga muvofiq joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
53. Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkilotlari Vazirlikda hisobga olinadi hamda akkreditatsiya reyestriga kiritiladi.
Taʼlim tashkilotlari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda, Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan (boshqa vazirlik va idoralar tarkibida tashkil etilsa, ular tomonidan), nodavlat taʼlim tashkilotlari tugatilganda esa muassislar tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Vazirlikka taqdim etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat umumtaʼlim tashkilotining namunaviy ustavining 64-bandi.
Vazirlik ushbu hujjatlar asosida akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkilotlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
54. Attestatsiya xulosasidan norozi boʻlgan taʼlim tashkiloti rahbari xulosa imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki Vazirlikning akkreditatsiya platformasi orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkin.
55. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya boshlanishidan oldin Vazirlik buyrugʻiga koʻra 5 — 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Vazirlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
56. Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda koʻrib chiqish vaqtlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
57. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyasi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasi arizalarni (shikoyatlarni) koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
58. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Murojaat etuvchi taʼlim tashkiloti rahbari apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
59. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya jarayonlariga oid murojaatni koʻrib chiqib, attestatsiya natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki attestatsiya natijalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorining nusxasi murojaat etuvchi taʼlim tashkiloti rahbariga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
60. Attestatsiya va akkreditatsiya natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim tashkilotlari rahbarlari yoki ularning muassislari apellyatsiya komissiyasidan tashqari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi.
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik

1. Davlat taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiya muddatini xatlovdan oʻtkazish natijalariga muvofiq attestatsiyaga jalb etiladigan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish.

Akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktabriga qadar

Nodavlat taʼlim tashkilotlari

2. Nodavlat taʼlim tashkilotlari Vazirlikka attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza va uning ilovalarini taqdim etadi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etgan holda yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun mustaqil ravishda YIDXP orqali ariza beradi.

11-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Markaz xodimi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilib, vakolatli organga yuboriladi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

2-bosqich

Vazirlik

1. Shakllantirilgan taʼlim tashkilotlarining roʻyxati hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari arizasi asosida taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash.

1 oy muddatda

Vazirlik, Vazirlikning hududiy boshqarmalari

2. Tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlariga attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini hamda attestatsiyaga oid boshqa hujjatlarni yuborish.

Tashqi baholash boshlanishidan kamida ikki oy oldin

3. Hujjatlar nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganida — soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochtaga, YIDXP orqali murojaat qilinganida — soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuborish

Davlat taʼlim tashkilotlari

1. Davlat taʼlim tashkilotlarida komissiyalar tuzish va ichki baholashdan oʻtkazish.

Har yili kamida bir marta

2. Davlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplagan maʼlumotlar va materiallarni Vazirlikka yuborish.

Tashqi baholash baholanishidan kamida bir oy oldin

3-bosqich

Vazirlik, tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar

1. Vazirlik va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashni amalga oshiradigan doimiy attestatsiya komissiyalarini tashkil etish.

2. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijalarini tahlil qilish.

Nizomda belgilangan muddatlarda

Attestatsiya komissiyalari

3. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish.

4-bosqich

Vazirlik va tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar

1. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.

Tashqi baholash yakunlangandan keyin ikki hafta muddatda

2. Attestatsiya natijalari asosida attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlash va akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etish.

Tashqi baholash yakunlangandan keyin bir oy muddatda

5-bosqich

Akkreditatsiya komissiyasi

1. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirish hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga taqdim etish.

Hujjatlar qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashki baholash natijalarini hamda taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi holatini tahlil qilish.

3. Taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlash va Vazirlikka taqdim etish.

6-bosqich

Akkreditatsiya komissiyasi

1. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan taʼlim tashkilotlaring akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik haqidagi qaror qabul qilish.

Hujjatlar qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda

Vazirlik

2. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Vazirlik buyrugʻiga muvofiq taʼlim tashkilotlarini sertifikatlash.

3. Taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilingan holatlarda, tashkilot akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochtaga (agar Davlat xizmatlari markazi orqali shaxsan murojaat etilgan boʻlsa) yoki soʻrovnoma beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (agar elektron tarzda murojaat etilgan boʻlsa) yuborish

Vazirlik

4. Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti haqida Vazirlik rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalari eʼlon qilish.

7-bosqich

Vazirlik va tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar

Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish.

Doimiy ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Nodavlat taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Taʼlim tashkilotining maʼlumotlari:

1. Toʻliq va qisqartirilgan nomi:

2. Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumot (filiali mavjud boʻlgan taʼlim tashkiloti maʼlumotlarni filial boʻyicha ham taqdim etadi):

3. STIR:

4. Joylashgan joyi va telefon raqami:

II. Ilova hujjatlar: taʼlim tashkiloti faoliyatini ichki baholash natijalari

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlar roʻyxatiga kirish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA

Xalqaro akkreditatsiya tashkilotining maʼlumotlari:

1. Toʻliq va qisqartirilgan nomi:

2. Kelib chiqish mamlakati:

3. STIR yoki Identifikatsiya raqami (roʻyxatdan oʻtkazish raqami):

4. Joylashgan joyi va telefon raqami:

5. Ustav jamgʻarmasi:

6. Faoliyati tarixi:

Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti joylashgan mamlakatda uning rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar):

xalqaro akkreditatsiya tashkilotining rahbariyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O, fuqaroligi, aloqa maʼlumotlari):

shuʼba korxonalar, vakolatxonalar, filiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlsa):

soʻrovnoma toʻldiruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., aloqa maʼlumotlari):

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish
MEZONLARI

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini baholash mezonlari

I. Taʼlim-tarbiya jarayoni

1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilganligi.

2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishini kuzatish jarayonining tashkil etilganligi.

3. Oʻquv-metodik materiallarning (tarbiyalanuvchilarda foydalanish imkoniyatining) mavjudligi va qoʻllanilish darajasi.

4. Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsiz, rivojlantiruvchi va ragʻbatlantiruvchi taʼlim muhitining tashkil etilishi.

5. Maktabgacha taʼlim tashkilotida alohida ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun taʼlim-tarbiya muhiti (inklyuziya).

II. Boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati

1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida boshqaruvning tashkil etilganligi.

2. Rahbar va tarbiyachi pedagog kadrlar salohiyati.

3. Tarbiyalanuvchilar sonining maktabgacha taʼlim tashkiloti quvvatiga mutanosibligi.

III. Rivojlantiruvchi taʼlim muhiti

1. Moddiy-texnik bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar.

2. Tarbiyaviy ishlar samaradorligi.

3. AKT bilan taʼminlanganlik darajasi va infratuzilmasi.

4. Ovqatlantirish tizimining mavjud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilganligi.

IV. Jamoatchilik bilan hamkorlik

1. Ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlik ishlari.

2. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlari.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini baholash mezonlari

I. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish.

2. Rahbariyat faoliyati va strategik rejalashtirish.

II. Taʼlim sifati koʻrsatkichlari

1. Oʻqituvchilar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.

2. Maktab oʻquvchilarining akademik natijalarini baholash.

3. Maktab oʻquvchilarining noakademik natijalarini baholash.

III. Uquv jarayonini tashkil etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi

1. Oʻquv jarayonining tashkil etilishini baholash;

2. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi.

IV. Taʼlim taʼminoti va AKT infratuzilmasi

1. Maktabda laboratoriya tajribalari va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish imkoniyatining mavjudligi.

2. Umumtaʼlim muassasasida AT infratuzilmasi.

V. Jamoatchilik bilan hamkorlik va targʻibot ishlari

1. Ota-onalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi.

2. Targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻyilganligi.

VI. Xavfsizlik

1. Maktab hududining kuzatuv kameralari bilan qamrab olinganligi.

2. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilganligi.

Izoh. Ushbu mezonlar boʻyicha baholash koʻrsatkichlari, har bir koʻrsatkichga ajratilgan ballar hamda baholash metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

20 ___ u. “___” _________

№ 00000

Ushbu sertifikat attestatsiya natijalariga koʻra ________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________ manzilida joylashgan

_______________________________ (joylashgan joyi)

________________________________________________________________________________________________ ning

(davlat taʼlim tashkiloti yoki nodavlat taʼlim tashkilotining nomi)

davlat akkreditatsiyasi __________________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________

(davlat taʼlim tashkiloti yoki nodavlat taʼlim tashkilotining turi)

__________________________________________________________________________________________________ ga

(davlat taʼlim tashkiloti yoki nodavlat taʼlim tashkilotining maqomi)

mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikatga muvofiq taʼlim dasturlari, bosqichlari boʻyicha davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisida hujjatlar berish huquqini kafolatlaydi.

Amal qilish muddati ______ yil

Maktabgacha va maktab

taʼlimi vaziri

E.I.

____________________

(F.I.O)

Seriya № 0000

QR kod

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari) xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirishning maqsadi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning masʼuliyatini kuchaytirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini va oʻquvchilarning bilim darajasini oshirishga koʻmaklashish hamda oʻqitishning yangi innovatsion uslublarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat.
3. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi (keyingi oʻrinlarda — taʼlim sifati monitoringi) deganda, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim sohasiga oid axborotlardan foydalangan holda taʼlim sifati yomonlashish xavfining yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimoliy oqibatlarini baholash tushuniladi.
4. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi xolislik, oshkoralik, majburiylik va davriylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
6. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur Nizom talablari alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktab va maktab-internatlarga, shuningdek, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish
8. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari (tarkibida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) tomonidan Vazirlikning taʼlim sifati monitoringi elektron platformasiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus elektron platforma) kiritilgan maʼlumotlar va materiallarni tahlil qilish;
davlat taʼlim tashkilotlarida har yili amalga oshiriladigan hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari yoki Vazirlikning hududiy boshqarma rahbarlarining elektron raqamli imzosi bilan onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtirib boriladigan ichki baholash natijalarini hisobga olish;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari reytingi, shu jumladan, “Zamonaviy maktab”larga qoʻyiladigan talablar asosida baholash natijalarini inobatga olish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallarni oʻrganib chiqish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
9. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi maxsus elektron platformasiga ichki baholash natijalari boʻyicha kiritilgan hamda Vazirlikda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida belgilangan tartibda tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumot va materiallar umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari (tarkibida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) tomonidan har yili 1-noyabrga qadar maxsus elektron platformaga joylashtiriladi.
Maxsus elektron platformadan foydalanish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga (tarkibida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalariga) alohida login va parol beriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari maxsus elektron platformasidan foydalanishga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallardagi taʼlim sifatining pastligiga oid maʼlumotlar Vazirlik tomonidan tahlil qilinadi va taʼlim sifati monitoringini aniqlashda hisobga olinadi.
11. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi har yili 1-dekabrga qadar Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda, Vazirlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda, maʼlumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib oʻrganishi mumkin.
12. Oʻrganishlar natijasida maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlanganda, bu haqda Vazirlik tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarini (tarkibida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalarini) kamchilik aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida ogohlantiradi hamda monitoring yakuni boʻyicha taqdimnomada notoʻgʻri maʼlumot bergan shaxsga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar beradi.
13. Xavf-xatarlar tahliliga koʻra umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari quyidagi uch toifaga boʻlinadi:
faoliyat samaradorligi darajasi yuqori;
faoliyat samaradorligi darajasi oʻrtacha;
faoliyat samaradorligi darajasi past.
14. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirishda hisobot davridagi bir yillik faoliyat hisobga olinadi va indikator oʻzgarishi dinamikasi boʻyicha tegishli yoʻnalishda taʼlim sifatining oshishiga koʻra baho beriladi.
15.Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini baholash mezonlari boʻyicha umumiy ballning 70 foizi va undan koʻp ball toʻplasa, uning faoliyat samaradorligi darajasi yuqori deb hisoblanadi.
Bunda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining faoliyat samaradorligi darajasi yuqori deb hisoblanishi uchun monitoring oʻtkaziladigan yilda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida taʼlim sifatining pastligi toʻgʻrisida oʻz tasdigʻini topgan birorta ham xabar mavjud boʻlmasligi lozim.
16. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini baholash mezonlari boʻyicha umumiy ballning 30 foizi va undan kam ball toʻplasa, uning faoliyat samaradorligi darajasi past deb hisoblanadi.
17. Faoliyat samaradorligi darajasi yuqori yoki past deb hisoblanmagan, yaʼni taʼlim sifati monitoringini baholash mezonlari boʻyicha umumiy ballning 31 — 69 foizi oraligida toʻplagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining faoliyat samaradorligi darajasi oʻrtacha deb hisoblanadi.
18. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi natijasiga koʻra faoliyati samaradorligi darajasi yuqori va past deb topilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining roʻyxati Vazirlik tomonidan har yili 20-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
19. Faoliyati samaradorligi darajasi ketma-ket uch yil davomida yuqori boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini tashkil etishga uch yil muddatga moratoriy joriy qilinadi (potensial korrupsiogen holatlar bundan mustasno).
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining faoliyat samaradorligi darajasi har yili 30-dekabrga qadar Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
20. Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringi natijalariga koʻra faoliyati samaradorligi darajasi past deb topilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining faoliyati Vazirlik tomonidan alohida rejaga muvofiq joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Joyiga chiqib oʻrganish natijalari asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining faoliyatiga oid maʼlumotnoma tayyorlanib, tegishliligi boʻyicha vazirlik, idora yoki hokimliklarga taqdim etiladi.
3-bob. Taʼlim sifatini monitoring qilish natijalariga asosan choralar koʻrish
21. Joyiga chiqib oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotnoma asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) tomonidan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti uchun uning faoliyati samaradorligini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ishlab chiqiladi.
“Yoʻl xaritasi” tegishli tuman (shahar) hokimligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi.
“Yoʻl xaritasi”da undagi chora-tadbirlarning xususiyatidan kelib chiqib, amalga oshiriladigan vazifalarning ijrochilari va aniq muddatlari belgilanadi.
22. Tegishli tuman (shahar) hokimliklari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi hamda uning ijrosi yuzasidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga koʻmaklashadi.
23. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar unda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilib boradi.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) “Yoʻl xaritasi” boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va materiallarni Vazirlikning maxsus elektron platformasiga joylashtirib boradi.
Zaruratga koʻra, Vazirlik tomonidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining faoliyatiga oid maʼlumot va materiallar joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin.
24. Vazirlik hududiy boshqarmalari “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan:
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga topshiriqlarni kechiktirib bajargan yoki lozim darajada bajarmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha ishlarni tashkil etishda koʻmaklashish toʻgʻrisida Vazirlikka maʼlumotnomalar kiritadi;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish rejasiga kiritadi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazadi.
25. Vazirlik va tizimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar birgalikda taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan ishlar samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilib boradi hamda uni takomillashtirib borish choralarini koʻradi.
26. Maxsus elektron platformaga kiritilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga oid maʼlumotlarning haqqoniyligiga tegishliligi boʻyicha maktabgacha va maktab taʼlimi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari) hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish

1-bosqich

Tizimida umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Taʼlim darajasi past boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini aniqlashda foydalaniladigan maʼlumot va materiallarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan yuritiladigan maxsus elektron platformaga joylashtirish.

Har yili 1-noyabrga qadar

2-bosqich

Vazirlik

Maxsus elektron platformaga joylashtirilgan maʼlumotlarni, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari reyting natijalari, “Zamonaviy maktab”larga qoʻyiladigan talablar asosida baholash natijalari, jismoniy va yuridik shaxslarning taʼlim sifatining pastligiga doir murojaatlarini, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallardagi taʼlim sifatining pastligiga oid maʼlumotlarni xavf-xatarlar tahliliga asoslangan monitoringini amalga oshirish.

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Vazirlik

Xavf-xatarlar tahliliga asoslangan monitoring natijalariga koʻra faoliyat samaradorligi yuqori va past deb hisoblangan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlash.

Har yili 20-dekabrga qadar

Faoliyat samaradorligi darajasi yuqori va past boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatini rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

Har yili 30-dekabrga qadar

4-bosqich

Vazirlik

Faoliyat samaradorligi past deb hisoblangan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi hamda oʻrganish natijalariga oid maʼlumotnomani tayyorlab, tegishliligi boʻyicha vazirlik yoki idoraga taqdim etish.

Alohida rejaga muvofiq

II. Taʼlim sifatini monitoring qilish natijalariga asosan choralar koʻrish

5-bosqich

Tizimida umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Faoliyat samaradorligi past deb hisoblangan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining har biri uchun alohida �aoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Maʼlumotnoma taqdim etilgandan boshlab 5 kun muddatda

6-bosqich

Vazirlik va tegishli tuman (shahar) hokimliklari

Faoliyat samaradorligi past deb hisoblangan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining har biri uchun alohida faoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

“Yoʻl xaritasi” taqdim etilgandan boshlab 5 kun muddatda

7-bosqich

Tegishli tuman (shahar) hokimliklari va maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi hamda uning ijrosi yuzasidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga koʻmaklashish.

“Yoʻl xaritasi”da belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Vazirlik

“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini nazorat qilish.

“Yoʻl xaritasi”da belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 09/24/91/0128-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)