Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son va “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab amaliyotga joriy etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning 2 va 3-bandlari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
470-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -son qaroriga
1-ILOVA
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalarini hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
2. Taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi (keyingi oʻrinlarda attestatsiya deb ataladi) va akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida“gi Qonunida hamda ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Attestatsiya taʼlim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
mustaqillik;
xolislik;
oshkoralik;
shaffoflik;
odillik;
davriylik.
5. Akkreditatsiya taʼlim tashkilotlari faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. Yangi tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari ular tashkil etilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi.
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tashkil etilgan paytdan boshlab 6 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi.
Belgilangan muddatlar tugaganidan soʻng taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazilishi shart.
7. Litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan davlat namunasidagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat davlat taʼlim standartlari yoki davlat taʼlim talablari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarga beriladi.
Davlat taʼlim standartlari yoki davlat taʼlim talablaridan tashqari taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat berilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
8. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
attestatsiyadan oʻtkazish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish;
taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va uning natijalarini tahlil qilish;
attestatsiya natijalariga koʻra taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish;
attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;
attestatsiya natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish.
9. Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda tizimida davlat taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini ishlab chiqadi hamda attestatsiya ular asosida oʻtkaziladi.
2-bob. Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish
10. Attestatsiya Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi.
Attestatsiya taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki baholash taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻzini oʻzi baholash hisoblanadi.
Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash ichki baholash oʻtkazilganidan keyin taʼlim tashkilotlari faoliyatiga Davlat inspeksiyasi tomonidan baho berish hisoblanadi.
11. Quyidagilar taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi:
taʼlim tashkilotlari yoki taʼlim dasturlarini (taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar) attestatsiya koʻrsatkichlari va mezonlari asosida baholash;
taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati va mazmunining davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlash;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
taʼlim tashkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashdan oʻtkazishga tayyorlash.
12. Ichki baholash oliy taʼlim muassasalarida ushbu muassasalarning taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari tomonidan, boshqa taʼlim tashkilotlarida taʼlim tashkilotlari rahbarlarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan ichki baholash komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Komissiyalar tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
14. Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish uchun ekspert komissiyalari tashkil etiladi.
15. Ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida — 3 ish kunigacha;
professional taʼlim tashkilotlarida — 6 ish kunigacha;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida — 10 ish kunigacha;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarida — 12 ish kunigacha.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
16. Taʼlim tashkilotlari yoki taʼlim dasturlari (taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar) 5 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari tarkibidagi filiallar va oliy taʼlim tashkilotlari tarkibidagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti attestatsiyasi taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
17. Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim tashkilotlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:
1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
taʼlim-tarbiya jarayonining davlat taʼlim talablariga muvofiq tashkil etilganligi;
(17-band “1” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi;
rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati;
moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati;
milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanish holati;
maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalari;
taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi;
2) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida:
tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining joriy etilganligi;
oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiqligi;
(17-band “2” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻquvchilarning darslik hamda metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi;
pedagog kadrlar salohiyati;
taʼlim jarayoniga zamonaviy oʻqitish usullari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi;
moddiy-texnik taʼminoti;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish sifati;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining va ularga kasbiy taʼlim berilishining sifati;
xalqaro va respublika fan olimpiadalarida ishtirok etish holati va ularda sovrindor boʻlgan oʻquvchilar salmogʻi;
reyting baholash tizimining qoʻllanilish sifati;
bitiruvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi holati;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti faoliyati yuzasidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalari;
3) maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida:
a) musiqa va sanʼat taʼlimi tashkilotlarida:
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlarining joriy etilganligi;
taʼlim oluvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiqligi;
(17-band “3” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻquv-metodik ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning cholgʻular, notalar hamda metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi darajasi;
madaniy-ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi holati;
pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati;
moddiy-texnika taʼminoti va uning taʼlim yoʻnalishlariga mosligi;
xalqaro va respublika koʻrik-tanlovlari hamda festivallari gʻoliblari boʻlgan oʻquvchilar salmogʻi;
b) bolalar-oʻsmirlar sporti taʼlim tashkilotlarida:
sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarining davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligi;
(17-band “3” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
sport musobaqalarini oʻtkazish kalendar rejasining tuzilganligi va uning bajarilishi holati;
pedagog kadrlar va trenerlar bilan taʼminlanganlik darajasi;
sport turlari boʻyicha sport bazasining mavjudligi, sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlanganlik darajasi;
respublika va hududiy terma jamoalarning asosiy va oʻrinbosarlar tarkibiga nomzodlarni tayyorlash darajasi;
sport taʼlim tashkiloti terma jamoasining xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarida erishgan natijalari;
sport taʼlim tashkilotida tashkil etilgan sport tadbirlari tahlili;
sport turlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi;
taʼlim oluvchilarni sport tayyorlov guruhining keyingi bosqichlarida saqlab qolish monitoringi;
oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilishning holati;
v) boshqa maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida:
taʼlim oluvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiqligi;
(17-band “3” kichik bandining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
madaniy-ommaviy tadbirlarning samaradorligi;
maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining taʼlim sohasiga mos jihozlanishi va ulardan foydalanish darajasi;
pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati;
4) professional taʼlim tashkilotlarida:
(17-band “4” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilganligi;
(17-band “4” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi;
oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, maʼruzalar toʻplami, metodik qoʻllanma, elektron darsliklar) mavjudligi hamda kutubxona yoki axborot-resurs markazi fondining ular bilan toʻldirilganligi;
kutubxonaning yoki axborot-resurs markazining oʻqitish tiliga mos holda oʻquv, metodik, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi;
moddiy-texnika taʼminoti va ulardan oʻquv jarayonida foydalanish holati;
zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi;
respublika va xalqaro miqiyosdagi kasbiy koʻrik-tanlovlar gʻoliblari salmogʻi;
taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi;
kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, taʼlim tashkilotiga oʻquvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirishi hamda ishga joylashishi darajasi;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilganligi va uning samarasi;
oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishi holati;
5) oliy taʼlim tashkilotlarida:
tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;
davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
(17-band “5” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarining (ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlariga muvofiqligi;
talabalarning darslik (elektron darslik) va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganligi darajasi, elektron kutubxona tizimining mavjudligi, undan foydalanish samaradorligi va mustaqil taʼlim boʻyicha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatining yaratilganligi;
moddiy-texnika taʼminoti, oʻquv laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan hamda foydali oʻquv-laboratoriya maydoni bilan taʼminlanganligi darajasi;
elektron taʼlimning joriy etilishida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning qoʻllanilishi;
taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi;
ilmiy-tadqiqot faoliyati;
maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga yoki ishga joylashishi;
xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi;
abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
bitiruvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari bajarilishi (sifati), yakuniy davlat attestatsiyasiga oid faoliyat va uning natijalari;
ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, malakasi va koʻnikmalaridan qoniqishi holati;
6) oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarida:
(17-band “6” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi;
(17-band “6” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
ilmiy rahbar va maslahatchilar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari;
taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi eʼtirof etgan jurnallarda, shuningdek, xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati;
ilmiy-eksperimental, moddiy-texnika bazaning holati;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
doktorant va mustaqil izlanuvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy taʼlim tashkilotlarining yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining kollegial organlarida (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqalarda) muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi;
doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringining olib borilishi holati;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalarini himoya qilishi holati;
(17-band “6” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
7) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida:
tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;
davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
(17-band “7” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
moddiy-texnika taʼminoti;
pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyati;
oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi;
taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati;
bitiruv imtihonlari, malaka va bitiruv ishlarining bajarilishi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash yakuni boʻyicha diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar rasmiylashtirilishi va berilishi.
18. Nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda oʻzini oʻzi toʻliq moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
oʻrta maxsus va professional taʼlim boʻyicha tegishliligiga koʻra attestatsiyaga jalb etiladigan har bir taʼlim yoʻnalishi va kasb uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oliy taʼlim boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravari;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ixtisoslik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari;
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlimi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir kurs uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi va attestatsiya bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
19. Taʼlim tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktabriga qadar Davlat inspeksiyasiga attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim qilinadi.
20. Taʼlim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
taʼlim tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi, joylashgan joyi, telefon raqami, Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumot (filiali mavjud boʻlgan taʼlim tashkiloti maʼlumotlarni filial boʻyicha ham taqdim etadi);
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
attestatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (nodavlat taʼlim tashkilotlari va oʻzini oʻzi toʻliq moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalari uchun);
attestatsiyadan oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar roʻyxati.
21. Tizimida davlat taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini hamda attestatsiyaga oid boshqa hujjatlarni taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash boshlanishidan kamida ikki oy oldin Davlat inspeksiyasidan oladilar.
Attestatsiya oʻtkazish jadvali va attestatsiyaga oid boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplangan maʼlumotlar va materiallar, Davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan taʼlim tashkiloti faoliyatiga oid maʼlumotlar kiritilgan jadvallar tashqi baholash boshlanishidan kamida bir oy oldin Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
Belgilangan muddatda hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki hujjatlardagi kamchiliklarning bartaraf etilmasligi taʼlim tashkilotining attestatsiyadan oʻtkazilmasligiga asos boʻladi.
22. Taʼlim tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar, taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplangan maʼlumotlar va materiallar Davlat inspeksiyasiga quyidagi shakllardan birida taqdim etiladi:
a) qogʻoz shaklida — taʼlim tashkilotining ishonchli vakili yoxud pochta aloqasi xizmati orqali;
b) elektron shaklda — taʼlim tashkiloti rahbarining elektron raqamli imzosi bilan Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali.
23. Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan oʻtuvchi taʼlim tashkiloti uchun attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yigʻmajildi yigʻiladi. Unda quyidagilar jamlanadi:
ekspert komissiyasini tuzish haqidagi buyruq yoki qaror;
attestatsiya natijalari boʻyicha ekspert komissiyasi xulosasi;
akkreditatsiya boʻyicha Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi;
attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
Hujjatlar yigʻmajildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar Davlat inspeksiyasida saqlanadi.
3-bob. Ekspert komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi
24. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat inspeksiyasi tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qaror qabul qiladi. Hududlardagi ekspert komissiyalari manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy boʻlinmalarining Davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimlari bilan kelishgan holda qabul qilingan buyrugʻi (qarori) bilan tuziladi.
Ekspert komissiyalari tarkibiga Davlat inspeksiyasi, tegishliligi boʻyicha maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport tuman (shahar) boʻlimlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillari, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining kuzatuv kengashlari vakillari, rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari, pedagog xodimlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari jalb etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibiga xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ekspert komissiyalariga tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari raislik qiladi. Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimlari vakillari ekspert komissiyalari tarkibiga rais oʻrinbosarlari sifatida kiritiladi hamda taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini nazorat qiladi.
25. Bevosita vazirliklar va idoralarga boʻysunuvchi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspert komissiyalari tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari mutaxassislari, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlari jalb etiladi. Bunda ekspert komissiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilib, unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
26. Oʻrta maxsus, professional, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi ekspert komissiyalari tarkibi Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ekspert komissiyalari tarkibiga tegishli ravishda taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul xodimlari, tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari jalb etiladi. Bunda ular attestatsiyadan oʻtkazilayotgan taʼlim tashkilotlariga aloqador boʻlmasligi lozim. Ekspert komissiyalari tarkibiga xorijiy ekspertlar ham kiritilishi mumkin.
27. Oʻrta maxsus, professional, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi ekspert komissiyalari tarkibini shakllantirish uchun Davlat inspeksiyasi tomonidan ekspertlar roʻyxati tuziladi hamda ushbu roʻyxatdagi ekspertlar orasidan Davlat inspeksiyasi tegishli ekspertlarni tanlab oladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ekspertlar roʻyxati Davlat inspeksiyasining soʻroviga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlardan taʼlim turlari, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblarni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar, ularni tanlab olish va attestatsiya jarayoni boʻyicha seminarlar tashkil etish Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
28. Ekspert komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
taʼlim tashkilotining faoliyatini ichki baholash natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish;
taʼlim tashkilotidagi taʼlim sifati va mazmunining davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligi hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlarining sifati va samaradorligini baholash;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
taʼlim sifatini oshirish va taʼlim xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash yuzasidan xulosa tayyorlash va Davlat inspeksiyasiga taqdim etish.
29. Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash ekspert komissiyalari tomonidan tegishli taʼlim tashkilotlariga bormay, ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va materiallarni oʻrganish asosida Davlat inspeksiyasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, ekspert komissiyalari tomonidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin. Taʼlim tashkilotlarining rahbarlari ekspert komissiyalari tomonidan soʻralgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishlari shart;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Taʼlim faoliyati masofaviy taʼlim texnologiyalari asosida olib boriladigan taʼlim tashkilotlarida ekspert komissiyalari aʼzolariga taʼlim oluvchilarning erishgan natijalari, ular tomonidan fan dasturlari oʻzlashtirishi holati va taʼlim faoliyati bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni olish uchun elektron maʼlumotlar bazasiga kirishga ruxsat beriladi.
30. Davlat taʼlim muassasalarini tashqi baholashdan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar komissiyalari aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan ekspert komissiyalari aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari va toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalarini tashqi baholashdan oʻtkazish uchun jalb etilgan ekspert komissiyalari aʼzolariga Davlat inspeksiyasi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida haq toʻlanadi. Ekspert komissiyalari aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori ularning bajargan ishlariga mutanosib ravishda tomonlar kelishuviga muvofiq belgilanadi.
31. Ekspert komissiyalari tarkibi va ish muddati taʼlim tashkilotlarining turi hamda taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar soniga qarab belgilanadi.
4-bob. Attestatsiya yakunlari
32. Attestatsiya natijalari asosida ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
33. Ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijalari va boshqa taqdim etilgan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlarning aniqlanishi taʼlim tashkilotlarining (taʼlim dasturlarining) “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilishiga sabab boʻladi hamda davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berish huquqidan mahrum etiladi. Bunday holatda taʼlim tashkilotiga bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ariza bilan murojaat qilish imkoniyati beriladi.
34. Ekspert komissiyalari taʼlim tashkilotlari rahbariyati bilan birgalikda taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Davlat inspeksiyasi attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.
Taʼlim tashkilotlari tomonidan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar har chorak yakunida Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron platformaga kiritib boriladi.
Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, Davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritiladi. Taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, taʼlim tashkilotiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilinadi. Bunda, taʼlim tashkiloti navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi.
35. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyalari tomonidan maktabgacha taʼlim tashkiloti ustavida belgilangan vazifalarning hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standartining bajarilishi yuzasidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, maktabgacha taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda “attestatsiyadan oʻtdi”;
rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 45 foizi va undan koʻpi qoniqarsiz baholanib, maktabgacha taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan past baholanganda “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
36. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uning natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
(36-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga koʻchirish choralari koʻriladi.
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
37. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha soʻnggi ikki yilda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat taʼlim standartlari va ushbu tashkilotlarning ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi darajasi asosida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “attestatsiyadan oʻtdi”;
nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarning 45 foizi va undan koʻpi qoniqarsiz baholanib, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplaganda “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
38. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilsa:
davlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasi rahbari va rahbari oʻrinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
davlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasidagi faoliyatiga bir yil toʻlmagan rahbar va rahbar oʻrinbosarlari majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborilib, davlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasi bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda davlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasi uning natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, rahbar va rahbar oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
nodavlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini boshqa davlat umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga koʻchirish choralari koʻriladi.
39. Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyalari tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga va ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi darajasi asosida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
nazorat ishlarida qatnashgan taʼlim oluvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “attestatsiyadan oʻtdi”;
nazorat ishlarida qatnashgan taʼlim oluvchilarning 45 foizi va undan koʻpi qoniqarsiz baholanib, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplaganda “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
40. Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilsa:
davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasasi rahbari va rahbar oʻrinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi;
davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasasidagi faoliyatiga bir yil toʻlmagan rahbar va rahbar oʻrinbosarlari majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborilib, davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasasi bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasasi uning natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, rahbar va rahbar oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
nodavlat maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda tugatiladi.
Tizimida maktabdan tashqari taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilarini boshqa davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga koʻchirish choralari koʻriladi.
41. Professional taʼlim tashkilotlaridagi mavjud kasblarning 55 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtgan professional taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan oʻtganda “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
42. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan professional taʼlim tashkilotining attestatsiyadan oʻtmagan kasblariga taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻxtatiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
43. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan professional taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
professional taʼlim taʼlimi muassasasi faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish boʻyicha tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritish;
nodavlat professional taʼlim tashkilotlariga taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilishni toʻxtatish.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat professional taʼlim tashkilotlarining taʼlim oluvchilari oʻqishni bitirganlaridan keyin ular litsenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
44. Oliy taʼlim tashkilotida mavjud taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 67 va undan koʻp foizi “attestatsiyadan oʻtdi” deb xulosa qilinsa, oliy taʼlim tashkiloti “attestatsiyadan oʻtdi”, 67 dan kam foizi attestatsiyadan oʻtganda “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
45. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim tashkilotining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻxtatiladi.
46. Oliy taʼlim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga Davlat inspeksiyasining vakillari kiritilishi shart.
47. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
davlat oliy taʼlim muassasasini qayta tashkil etish, tugatish yoki maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritish;
nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilishni toʻxtatish;
taʼlim oluvchilari bitirib chiqqanidan keyin nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini tugatish.
48. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan oʻtgan taqdirda, ular ushbu taʼlim turi boʻyicha “attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
49. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklarini oxirgi uch yilda bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyalarining ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganlari soni 10 foizdan kam boʻlsa, ixtisoslikka nisbatan “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
50. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
51. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan ixtisosliklarga qabul toʻxtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni toʻxtatish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun:
tizimida tizimida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga;
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining muassislariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuboriladi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
52. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha qabul toʻxtatiladi;
taʼlim oluvchilari bitirib chiqqanidan keyin oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha litsenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda tugatiladi;
taʼlim oluvchilar ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun tizimida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan boshqa oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlariga oʻtkaziladi;
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning shartnomalari ular oʻtkazilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan qolgan muddatga qayta rasmiylashtiriladi;
boshqa oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlari boʻlmagan taqdirda ilmiy ishlarni ushbu oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarida davom ettirishga ruxsat beriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
53. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
54. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari boʻyicha:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarining tashkiliy-boshqaruv faoliyati samaradorligi, davlat taʼlim talablari, oʻquv dasturlari va ularning ustavida belgilangan vazifalari, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlarning salohiyati, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik taʼminoti, ishlab chiqarish bilan integratsiyasi va xalqaro hamkorlik boʻyicha faoliyati taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari asosida baholanadi. Mezonlar asosida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida mavjud kurslarning 67 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtsa, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkiloti “attestatsiyadan oʻtdi”, 67 dan kam foizi attestatsiyadan oʻtsa, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkiloti “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
“Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtmagan qayta tayyorlash va (yoki) malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish toʻxtatiladi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida tasarrufida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish.
55. Taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻxtatilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblarni qayta ochish masalasi taʼlim tashkilotlari faoliyatida koʻrsatilgan kamchiliklar toʻla bartaraf etilganidan boshlab kamida uch yildan soʻng tegishli vazirliklar va idoralar yoki mahalliy hokimliklarning takliflari asosida Davlat inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
56. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
5-bob. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish
57. Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat inspeksiyasida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi jalb etiladi. Davlat inspeksiyasi boshligʻi akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
58. Akkreditatsiya taʼlim tashkilotlarining attestatsiyasi xulosalariga koʻra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim tashkilotlari faoliyatining davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini eʼtirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
59. Taʼlim tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotining attestatsiyasi xulosasi akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
60. Taʼlim tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish haqidagi qaror akkreditatsiya komissiyasiga hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Taʼlim tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ikki hafta davomida taʼlim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi sertifikat beriladi.
Sertifikatda taʼlim tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
Sertifikatga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi taʼlim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari, ixtisosliklari, kurslari va kasblari roʻyxati ilova qilinadi.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlariga beriladigan davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga roʻyxat ilova qilinmaydi.
Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Sertifikat blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Sertifikat blankalari namunalari Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat inspeksiyasi boshligʻi sertifikat blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
61. Taʼlim tashkiloti qayta tashkil etilgan (oʻzgartirish bundan mustasno) yoki tugatilgan taqdirda akkreditatsiya haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.
62. Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti (taʼlim dasturlari) doimiy ravishda taʼlim sifatini taʼminlashlari shart va bu jarayon Davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.
Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti (taʼlim dasturlari) tomonidan taʼlimga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan taʼlim xizmatlari davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga mos kelmasligi yoki sertifikat va unga ilovada belgilangan koʻrsatkichlar doirasidan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, akkreditatsiya haqidagi sertifikat Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
63. Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkilotlari Davlat inspeksiyasida hisobga olinadi hamda uning rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Taʼlim tashkilotlari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan, nodavlat taʼlim tashkilotlari tugatilganda muassislar tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining alohida boʻlinmalari (filiallari va fakultetlari) oʻz davlatida tan olingan akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni asosiy taʼlim muassasasidan olgandan soʻng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etishi shart.
Davlat inspeksiyasi ushbu hujjatlar asosida akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkilotlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
64. Attestatsiya va akkreditatsiya natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim tashkilotlari rahbarlari yoki ularning muassislari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish
SXEMASI
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA


‎Oʻzbekiston Respublikasi gerbi‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
‎Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

‎Davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida
‎S E R T I F I K A T

‎‎20___ y. “____” _____________

№ 0000‎

Ushbu sertifikat attestatsiya natijalariga koʻra ___________________________________________ _______________________________________________ manzilida joylashgan ‎________________

‎‎(yuridik manzili)

‎‎________________________________________________ ning davlat akkreditatsiyasi

(davlat taʼlim muassasasi yoki nodavlat taʼlim tashkilotining nomi)

‎‎__________________________________________________________________________________
‎‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎(davlat taʼlim muassasasi yoki nodavlat taʼlim tashkilotining turi)

________________________________________________________________________________ga‎‎

‎‎(davlat taʼlim muassasasi yoki nodavlat taʼlim tashkilotining maqomi)

‎‎muvofiqligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikatga ilovaga muvofiq taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar boʻyicha davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisida hujjatlar berish huquqini kafolatlaydi (sertifikat ilova bilan haqiqiydir).

‎‎Amal qilish muddati _____ yil

M.Oʻ.‎

‎‎Taʼlim sifatini nazorat qilish
‎davlat inspeksiyasi boshligʻi

________

‎‎____________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Seriya № 0000
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎
‎_____________________________________________________________________________ ning

‎‎(davlat taʼlim muassasasi yoki nodavlat taʼlim tashkilotining toʻliq nomi)

‎‎davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim yoʻnalishlari,
‎mutaxassisliklari, ixtisosliklari, kurslari va kasblari

ROʻYXATI

T/r‎

‎‎Taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar shifri va nomi

‎‎Taʼlim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki)

‎‎Kadrlar tayyorlash darajasi

1.‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoraviy mansubligi va tashkiliy huquqiy shakllaridan qatʼi nazar davlat taʼlim muassasalari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkilotlari deb ataladi) attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziyalar berish;”.
2. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Belgilab qoʻyilsinki:
a) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarida birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarga malaka toifasini berishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida;
b) nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha — eng kam oylik ish haqining oʻn besh baravari;
oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boʻyicha tegishliligiga koʻra attestatsiyaga jalb etiladigan har bir taʼlim yoʻnalishi va kasb uchun — eng kam oylik ish haqining yetti baravari;
oliy taʼlim boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik uchun — eng kam oylik ish haqining oʻn ikki baravari;
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ixtisoslik uchun — eng kam ish haqining olti baravari miqdorida;
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlimi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir kurs uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari.”.
4. 14-banddagi “attestatsiyadan” va “attestatsiya” soʻzlari tegishli ravishda “baholashdan” va “baholash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a) 2-banddagi “tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, taʼlim muassasalarini” soʻzlari “mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar davlat taʼlim muassasalari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkilotlari deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasalarini” soʻzi “tashkilotlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziyalar berish;”;
“a” kichik bandning oʻninchi va oʻn ikkinchi xatboshilaridagi “muassasalarida” soʻzi “tashkilotlarida” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish sohasida:”;
ikkinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi — oltinchi, sakkizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “muassasalarini” soʻzi “tashkilotlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “muassasalarining” soʻzi “tashkilotlarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar taʼlim tashkilotlarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlash, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga taqdimnomalar kiritish;”;
birinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi va yettinchi xatboshilardagi “muassasalarida” soʻzlari “tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “muassasalariga” soʻzi “tashkilotlariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasalarini” soʻzi “tashkilotlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalarini” va “attestatsiya” soʻzlari tegishli ravishda “tashkilotlarini” va “baholash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “muassasalaridan” soʻzi “tashkilotlaridan” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalarida” soʻzi “tashkilotlarida” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “muassasalarining” soʻzi “tashkilotlarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 6-7-son, 37-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarori)” 2011-yil 20-iyundagi 184-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda) ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 2-may 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ–2789-son qarori)” 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)