

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6774319" id="-6774319">Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6774320" id="-6774320">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6774322" id="-6774322">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774324" id="-6774324"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774327" id="-6774327">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning ishini tashkil etishning faol modelini, shu jumladan Senat aʼzolari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha yangicha tizimni joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-60232#-61276">6</a> va <a href="/acts/-60232#-61334">8-moddalariga</a> asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774330" id="-6774330">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774332" id="-6774332">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774334" id="-6774334">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi tarkibi <a href="/acts/-6774278#-6774558">1-ilovaga</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774335" id="-6774335">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-6774278#-6774593">2-ilovaga</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774336" id="-6774336">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining odob-axloq qoidalari <a href="/acts/-6774278#-6774765">3-ilovaga</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774337" id="-6774337">Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari <a href="/acts/-6774278#-6774890">4-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774340" id="-6774340">3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi senatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazorat olib borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774343" id="-6774343">4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining <a href="/acts/-5578238#-5578458">namunaviy reglamenti</a>  va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-5578238#-5579293">namunaviy nizomga</a> <a href="/acts/-6774278#-6775053">5-ilovaga</a> muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774344" id="-6774344">5. Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga ushbu Qarorda bayon etilgan qoidalarni hisobga olgan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774346" id="-6774346">xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774348" id="-6774348">xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining reglamenti va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774351" id="-6774351">6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻz faoliyatini reglament asosida olib borishlari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalari rioya etilishini taʼminlashlari uchun amaliy yordam koʻrsatib borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774353" id="-6774353">7. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774355" id="-6774355">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining odobi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi SQ-154-III-sonli Qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774357" id="-6774357">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 25-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining odobi qoidalariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi SQ-217-III-sonli Qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774359" id="-6774359">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-yanvardagi “Reglament va odob komissiyasi tarkibi toʻgʻrisida”gi SQ-27-IV-sonli <a href="/acts/-4741888">Qarori</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774361" id="-6774361">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 4-apreldagi “Reglament va odob komissiyasi tarkibi toʻgʻrisida”gi SQ-289-IV-sonli Qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774530" id="-6774530">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 9-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-215-III-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774532" id="-6774532">8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774534" id="-6774534">9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6774550" id="-6774550">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6774551" id="-6774551">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6774554" id="-6774554">2023-yil 25-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6774557" id="-6774557">KQ-476-IV-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774558" id="-6774558"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6774563" id="-6774563">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli <a href="/acts/-6774278">qaroriga</a><br />
1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6774567" id="-6774567">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Odob-axloq komissiyasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6774570" id="-6774570">TARKIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774578" id="-6774578"></div></div><div class="TABLE_STD2"><div name="-6774580" id="-6774580"><table class="Table" style="width:100.0%; border-collapse:collapse" width="100%">	<tbody>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Burxanov Kutbidin Nukritdinovich</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Choʻlliyev Shuhrat Asqarovich</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Iminov Odiljon Karimovich</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Marufova Gulnora Maxmudovna</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Sadullayeva Faraxat Aminovna</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Suyarova Sanobar Zarfullayevna</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="width:17%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">Toshev Farmon Isxakovich</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:3%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p align="center" class="adham" style="text-align:center"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">—</span></span></span></span></p>			</td>			<td style="width:80%; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white" valign="top">			<p class="adham" style="text-align:justify"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif"><span style="font-weight:bold"><span lang="UZ-CYR" style="font-weight:normal">“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri</span></span></span></span></p>			</td>		</tr>	</tbody></table></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774593" id="-6774593"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6774596" id="-6774596">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli <a href="/acts/-6774278">qaroriga</a><br />
2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6774597" id="-6774597">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6774598" id="-6774598">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774617" id="-6774617"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774619" id="-6774619">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774622" id="-6774622">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) vazifalarini, vakolatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek uning ishini tashkil etish tartibini belgilab beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774625" id="-6774625">2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati <a href="/acts/-4811118#-4811154">Reglamentining </a>(bundan buyon matnda Senat Reglamenti deb yuritiladi) normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining odob-axloq qoidalariga (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) rioya etilayotganligi ustidan nazoratni taʼminlash va ularga rioya etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774626" id="-6774626">3. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasiga</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-51799">Konstitutsiyaviy qonuniga</a>, “<a href="/acts/-2929477">Parlament nazorati toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/acts/-60232">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/acts/-436914">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida</a>”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, ushbu Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774628" id="-6774628">4. Komissiya (uning tarkibi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) majlisida senatorlar orasidan Senat vakolatlari muddatiga saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774631" id="-6774631">5. Komissiyaning soni va shaxsiy tarkibi Senat qaroriga asosan oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774633" id="-6774633">6. Komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik va adolatlilik tamoyillariga asosan olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774637" id="-6774637">7. Komissiyaning faoliyati Senat qarori bilan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774639" id="-6774639">2-bob. Komissiyaning asosiy vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774641" id="-6774641">8. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774642" id="-6774642">senatorlar Senat Reglamenti normalariga va Senat aʼzolarining Odob-axloq qoidalariga rioya etayotganligi, shu jumladan, Senat va uning organlari majlislarida doimiy ishtirok etayotganligi ustidan doimiy monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774643" id="-6774643">jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan senatorlarning xatti-harakatlari ustidan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774644" id="-6774644">Senat Raisining topshirigʻi, senatorlarning va fuqarolarning murojaatlari asosida yoxud oʻzining tashabbusi bilan oʻz majlislarida senatorlar tomonidan Senat Reglamenti normalari va Senat aʼzolarining Odob-axloq qoidalari, shuningdek umumeʼtirof etilgan axloq normalari buzilgan holatlarni koʻrib chiqadi hamda baholaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774645" id="-6774645">Odob-axloq qoidalarini qoʻllash boʻyicha senatorlarga maslahat va tavsiyalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774646" id="-6774646">senator maqomini tartibga soluvchi normalar buzilganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774648" id="-6774648">senatorning Senatning, oʻzi aʼzo boʻlgan Senat qoʻmitalarining majlislarida uzrli sababsiz hozir boʻlmasligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774650" id="-6774650">Senat topshiriqlarining senator tomonidan bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774651" id="-6774651">senatorlar orasida qoidabuzarliklarning oldini olish boʻyicha kompleks choralar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774652" id="-6774652">Senat aʼzolarining Odob-axloq qoidalari loyihasini ishlab chiqadi va Senat tasdigʻiga kiritadi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774654" id="-6774654">senatorlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda senator faoliyatining boshqa kafolatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774657" id="-6774657">Odob-axloq qoidalarini buzgan senatorga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash, shuningdek Senat Reglamenti qoidalari buzilgan holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisida Senat Kengashiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774658" id="-6774658">senator tomonidan Odob-axloq qoidalari talablari buzilgan taqdirda, senatordan va boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotni soʻrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774660" id="-6774660">Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774662" id="-6774662">Senat va uning organlari majlisida oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Komissiya xulosasini taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774665" id="-6774665">senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi materiallarni Senatda koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774667" id="-6774667">Senat aʼzolarini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi materiallarni Senatda koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774669" id="-6774669">Komissiya, uning majlislariga koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal qilish uchun ekspertlar va mutaxassislarni taklif qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774671" id="-6774671">senator tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, unga tegishli boʻlgan zarur maʼlumotlarni soʻrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774674" id="-6774674">Komissiya faoliyati masalalariga doir Senat qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774677" id="-6774677">Komissiya Senat va uning Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774681" id="-6774681">9. Komissiya Senat qoʻmitalari, devoni, boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan Komissiya vakolatiga doir masalalar yuzasidan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774683" id="-6774683">10. Komissiya masalalarni Senatning yoki uning Kengashining topshirigʻiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774685" id="-6774685">3-bob. Komissiya ishini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774686" id="-6774686">11. Komissiya uning raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolaridan tarkibda faoliyat olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774687" id="-6774687">12. Komissiya oʻz ishini yigʻilish shaklida tashkil etadi. Komissiya majlislari zaruratga qarab chaqiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774689" id="-6774689">13. Senat Reglamenti normalari va Senat aʼzolarining Odob-axloq qoidalari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774690" id="-6774690">14. Komissiya majlislarida taklif etilgan manfaatdor shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Komissiya sayyor majlislar oʻtkazishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774692" id="-6774692">15. Komissiya qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori, agar unga majlisda hozir boʻlgan Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qarorni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Komissiya majlisiga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774693" id="-6774693">16. Komissiya faoliyatiga rais rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774694" id="-6774694">Rais:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774695" id="-6774695">Komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774697" id="-6774697">Komissiya majlislarini chaqiradi va olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774698" id="-6774698">Komissiya tomonidan tayyorlangan qarorlar, xulosa va takliflarni Senatga, Senat Kengashiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774700" id="-6774700">oʻz vakolatlari doirasida Komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774701" id="-6774701">Komissiya aʼzolarini Komissiyaga kelib tushayotgan barcha hujjatlar va materiallardan xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774703" id="-6774703">Komissiya majlislarida ishtirok etish uchun manfaatdor shaxslarni taklif etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774704" id="-6774704">Komissiya aʼzolarini Komissiya qarorlarining bajarilishi haqida xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774705" id="-6774705">Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774707" id="-6774707">17. Komissiya raisining oʻrinbosari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774709" id="-6774709">Komissiya ish yurituvini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774710" id="-6774710">Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774711" id="-6774711">Komissiya aʼzolarini majlislar vaqti va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor etish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774712" id="-6774712">rais boʻlmaganida uning vazifalarini bajarib turadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774713" id="-6774713">18. Komissiya aʼzosi majlisda ishtirok etishi va oʻziga yuklatilgan topshiriqlarni bajarishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774715" id="-6774715">Majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Komissiya aʼzosi Komissiya raisiga yoki Komissiya raisi oʻrinbosariga majlisda ishtirok eta olmaslik sabablari haqida xabar beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774716" id="-6774716">4-bob. Komissiya majlislarini oʻtkazish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774717" id="-6774717">19. Senator tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishni dastlabki tarzda oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774718" id="-6774718">yuridik va jismoniy shaxslardan senator tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq shikoyatlarning kelib tushishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774719" id="-6774719">ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan senatorning nojoʻya harakatlariga doir xabarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774721" id="-6774721">senator tomonidan qonun hujjatlari, axloq normalari va Odob-axloq qoidalarini buzish faktlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish haqida Senat, uning Kengashi yoki Raisining koʻrsatmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774722" id="-6774722">senator degan nomga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilganligi haqidagi korxona, tashkilot, muassasa va jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslar bergan xabarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774723" id="-6774723">huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy xabarlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774724" id="-6774724">20. Anonim xabar va murojaatlar asosida oʻrganish oʻtkazilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774725" id="-6774725">21. Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishlar Komissiya tomonidan bunday axborot kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatdan oshirmagan holda amalga oshiriladi, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774726" id="-6774726">Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganish oʻtkazish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish, materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, oʻrganish oʻtkazish muddati Senat Raisi tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchi xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774727" id="-6774727">22. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilayotgan senator, zarur boʻlgan hollarda esa, murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774728" id="-6774728">Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774729" id="-6774729">23. Oʻziga nisbatan oʻrganish oʻtkazilayotgan senator quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774730" id="-6774730">oʻrganish tayinlanganligi va unga asos boʻlgan hujjat mazmuni bilan tanishib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774731" id="-6774731">oʻrganish oʻtkazish boʻyicha Komissiya aʼzolari yuzasidan eʼtirozi boʻlgan taqdirda Senat raisiga asoslantirilgan raddiya berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774732" id="-6774732">hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774733" id="-6774733">oʻrganish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda Senatga belgilangan tartibda shikoyat qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774734" id="-6774734">24. Senator oʻrganish yuzasidan soʻralgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni tegishli komissiyaga taqdim etishi lozim. Bunda, oʻrganish oʻtkazishga toʻsqinlik qilishga, Komissiya aʼzolariga oʻz vazifalarini amalga oshirishga xalaqit qilishga va ularga taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774735" id="-6774735">25. Odob-axloq qoidalarining senator tomonidan buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, Komissiya unga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash boʻyicha Senat Kengashiga masala kiritishga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774736" id="-6774736">senatorga Senat Reglamenti va Odob-axloq qoidalari takror buzilishiga yoʻl qoʻymaslikni koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774738" id="-6774738">senatordan Senat Kengashining yoki Senatning majlisida uzr soʻrashni talab etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774739" id="-6774739">senatorga Senatning majlisida tanbeh berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774741" id="-6774741">senatorni “adolatli senator”, “xalqparvar senator”, “mehnatkash senator” kabi maqomlaridan mahrum qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774742" id="-6774742">senatorni Senatning yalpi majlislarida ishtirok etish va ovoz berish huquqidan muayyan muddatga mahrum qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774743" id="-6774743">Komissiya senator ushbu Qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻyganligi faktini Senatning majlisida oʻqib eshittirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774744" id="-6774744">26. Senatorlar xatti-harakatiga doir quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774746" id="-6774746">komissiyada oldin koʻrib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi takror murojaatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774747" id="-6774747">anonim murojaatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774748" id="-6774748">jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatiga oid hujjatlar mavjud boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774749" id="-6774749">qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774750" id="-6774750">27. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilgan senatorga va Senat Kengashiga yozma ravishda maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774752" id="-6774752">Senat qarorining loyihasi Komissiya tomonidan Senat Kengashiga koʻrib chiqishi uchun kiritilganda, unga qisqa tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774753" id="-6774753">28. Komissiyaning qarori ustidan Senat Kengashiga shikoyat qilinishi mumkin. Senat Kengashi Komissiya qarorini bekor qilishga va oʻz vakolati doirasida boshqa qaror qabul qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774755" id="-6774755">29. Murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774756" id="-6774756">Taraflar yarashgan, shuningdek senator oʻz xohishi bilan oshkora uzr soʻragan hollarda, senator taʼsir choralari qoʻllanilishidan ozod etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774758" id="-6774758">30. Komissiya majlisi, agar unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774759" id="-6774759">31. Komissiya majlislari yakuni boʻyicha qaror qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774761" id="-6774761">5-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774762" id="-6774762">32. Komissiya faoliyatiga moddiy-texnik, axborot va boshqa xizmatlarni koʻrsatishni Senat devoni taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774764" id="-6774764">33. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774765" id="-6774765"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6774768" id="-6774768">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli <a href="/acts/-6774278">qaroriga</a><br />
3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6774769" id="-6774769">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6774771" id="-6774771">ODOB-AXLOQ QOIDALARI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774772" id="-6774772"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774773" id="-6774773">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774774" id="-6774774">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining Odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-436914">Qonuniga</a>, umum qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) uchun uning oʻz senatorlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvorning maʼnaviy-axloqiy prinsiplari va xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774775" id="-6774775">2. Odob-axloq qoidalari senatorning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774776" id="-6774776">3. Senator oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasiga</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-51799">Konstitutsiyaviy Qonuniga</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-436914">Qonuniga</a>, boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining <a href="/acts/-4811118#-4811154">Reglamentiga</a>, shuningdek ushbu Qoidalarga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774778" id="-6774778">4. Senator oʻz faoliyatida jamiyatda umum qabul qilingan odob-axloq prinsiplariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek senator nomiga dogʻ tushiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774779" id="-6774779">5. Senator oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmitaning (komissiyaning) ish rejalarida, qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashi, oʻz malakasini yuqori darajada saqlab turishi, oʻzining nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774781" id="-6774781">6. Senatda doimiy asosda ishlovchi senator oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774782" id="-6774782">Senatorning ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi uning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishga zarar yetkazmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774783" id="-6774783">7. Senator oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774785" id="-6774785">umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar uygʻunligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774786" id="-6774786">inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774787" id="-6774787">Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774788" id="-6774788">fuqarolarning manfaatlarini ifodalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774789" id="-6774789">senatorlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774790" id="-6774790">2-bob. Senat, uning Kengashi, qoʻmita va komissiyaning majlislarida oʻzini tutish qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774791" id="-6774791">8. Senator Senat majlislarida, oʻzi saylangan qoʻmitalar va komissiyalar majlislarida ishtirok etishi shart. Majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, senator bu haqda tegishincha Senat Raisiga, qoʻmita va komissiya raisiga oldindan xabar qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774792" id="-6774792">Senat, uning qoʻmitalari va komissiyalari majlislarida Senat aʼzolariga masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa boʻlib hal qilish imkoniyati beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774793" id="-6774793">9. Senat, uning Kengashi, qoʻmita va komissiyaning majlisida senator:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774794" id="-6774794">oʻz nutqida senatorlarning yoki boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni, imo-ishoralarni qoʻllamasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774795" id="-6774795">majlislarni oʻtkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi — soʻzga chiqqanlarning soʻzini boʻlmasligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining <a href="/acts/-4811118?ONDATE=29.04.2020 00#-4811381">53-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibga zid ravishda oʻz fikrini bayon qilishga urinmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774797" id="-6774797">oʻtirgan joyidan baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan soʻzga chiqqanlarning oʻz nuqtai nazarini erkin bayon etishiga toʻsiqlar vujudga keltirmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774798" id="-6774798">turli uzrsiz sabablarga koʻra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774799" id="-6774799">kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib soʻzlamasligi, biror shaxsning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yoʻl qoʻymasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774800" id="-6774800">soʻzga chiqish, senatorlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chogʻida bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774801" id="-6774801">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774802" id="-6774802">10. Senator ushbu Qoidalarning <a href="/acts/-6774278#-6774793">9-bandida</a> koʻrsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774803" id="-6774803">bunday qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida senatorni ogohlantirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774804" id="-6774804">senatorni soʻzlash huquqidan mahrum qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774805" id="-6774805">senatordan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774806" id="-6774806">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Odob-axloq komissiyasidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tegishli senatorning xatti-harakatiga baho berishni soʻrashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774807" id="-6774807">11. Senator ovoz berish kartochkasining lozim darajada saqlanishi va foydalanilishini taʼminlashi shart. Ovoz berishni boshqa senatorga yoki oʻzga shaxsga ishonib topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774808" id="-6774808">3-bob. Senatorning boshqa senatorlar, fuqarolar va Senat devoni xodimlari bilan oʻzaro munosabatlarda odob-axloq qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774809" id="-6774809">12. Senatorlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeyi va siyosiy mansubligidan qatʼi nazar teng huquqlilik, bir-birini oʻzaro hurmat qilish asosida yoʻlga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774810" id="-6774810">13. Senatorlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qoʻpollik bilan munosabat bildirishga yoʻl qoʻymasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774811" id="-6774811">14. Senatorlar oʻz ishida har qanday masalani erkin jamoaviy muhokama qilish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish prinsiplariga asoslanishi, nizolarga yoʻl qoʻymasligi, kelishmovchiliklarni ochiq fikr almashish orqali bartaraf etish yoʻllarini birgalikda izlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774812" id="-6774812">15. Senator muntazam xalq bilan muloqot qilib turadi. Senatorning aholi bilan oʻzaro munosabatlari oʻzaro hurmat, fuqarolar tomonidan koʻtarilgan muammolar va masalalarga senatorning eʼtibor bilan munosabatda boʻlishiga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774814" id="-6774814">Senator joylarga chiqib, aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va koʻzboʻyamachilik, soxta hisobotlar berish, uchrashuvlarga oʻz oʻrniga boshqa odamlarni yuborish, oʻrganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi holatlarga yoʻl qoʻymaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774815" id="-6774815">16. Senator:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774816" id="-6774816">fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774817" id="-6774817">jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan arizalar, takliflar, shikoyatlarni koʻrib chiqadi, ularda koʻrsatilgan masalalarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishiga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774819" id="-6774819">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini oldindan belgilangan grafik asosida shaxsan qabul qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774821" id="-6774821">17. Senator fuqarolar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi shart. Senatorning xulq-atvori aholining parlament vakillariga va umuman davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Fuqarolar bilan shaxsan muloqotga kirishganda senator bilimdon, halol va adolatli shaxs timsolida namoyon boʻlishga intilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775131" id="-6775131">18. Senator oʻzi bajarayotgan ishlardan oʻzi aʼzo boʻlgan Senat qoʻmitasini belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qilib turadi. Senator tomonidan taqdim etiladigan axborot toʻliq, toʻgʻri va xolisona boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774827" id="-6774827">19. Senatorning Senat devoni xodimlari bilan oʻzaro munosabati hurmat, professionallik asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774828" id="-6774828">Senator Senat devoni xodimlari uchun oʻrnak boʻlishi, ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlishi, ularni jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi va ijtimoiy mavqeyi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774830" id="-6774830">Senator Senat devoni xodimlaridan shaxsiy manfaatlari yoʻlida yoki ularning xizmat majburiyatlariga kirmaydigan vazifalarda foydalanishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774837" id="-6774837">4-bob. Ommaviy chiqish chogʻidagi senatorning odob-axloq qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774838" id="-6774838">20. Senator ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferensiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi, omma oldidagi bayonotlarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida ochilgan shaxsiy sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida (blog, post, izohlar qoldirishda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775132" id="-6775132">Senatning nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz vakolatlarini vijdonan amalga oshirishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan) tiyilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774840" id="-6774840">oʻzining xatti-harakati, axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramasligi hamda asosli va konstruktiv tanqidni toʻgʻri qabul qilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774841" id="-6774841">davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning faoliyatiga nisbatan eʼtirozlari boʻlsa, ularni asoslangan, aniq muammoga qaratilgan holda bayon etishi, tekshirilmagan, isbotlanmagan maʼlumot va dalillardan foydalanmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774842" id="-6774842">yuridik shaxslarning ishchanlik obroʻsiga, jismoniy shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan asossiz, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774843" id="-6774843">fuqarolar bilan muloqot qilishda ularning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllamasligi hamda asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻymasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etmasligi hamda bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774844" id="-6774844">Senator ommaviy chiqishi chogʻida sud tizimi va sudyalar haqida tanqidiy fikr bildirishda ularning mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatmasligi, tanqidiy fikr dalillar bilan asoslangan va aniq boʻlishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi lozim. Senator sudlar siyosatdan xoli ekanligi va tanqidlarga javob berishi uning xolisligini shubha ostiga qoʻyishi mumkinligini inobatga olishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774845" id="-6774845">21. Agar senatorning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga, yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan fikrlar mavjud boʻlsa, senator oʻz fikrlarining yanglishligi yoxud notoʻgʻriligini oshkora tan olishi hamda shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga daxl qilingan fuqaro va (yoki) yuridik shaxsdan uzr soʻrashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774846" id="-6774846">22. Senator boshqa senatorlarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini oshkora shubha ostiga qoʻymasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774847" id="-6774847">23. Senator oʻziga rasman vakolat berilgan hollardagina Senat nomidan soʻzlashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774848" id="-6774848">5-bob. Senatorning maqomidan gʻayrihuquqiy tarzda foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774849" id="-6774849">24. Senatorning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774850" id="-6774850">25. Senator oʻz maqomidan oʻzi uchun, shuningdek oʻzining qarindoshlari va boshqa yaqin kishilari uchun naf, foyda, tijoratga oid yoki boshqa imtiyozlar olish maqsadida foydalanmasligi, turli davlat organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga shaxsiy masalalar boʻyicha murojaat qilayotganda oʻz maqomidan foydalanmasligi, senatorlik faoliyatini bajarish bilan bogʻliq tarzda haq olmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774851" id="-6774851">26. Senator senatorlik blankalaridan faqat oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rasmiy xat, soʻrovlar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda foydalanishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774853" id="-6774853">6-bob. Senatorlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774854" id="-6774854">27. Senator oʻz vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774856" id="-6774856">Senatning, qoʻmita va komissiyaning yopiq majlislarida koʻrib chiqilgan masalalarga taalluqli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774857" id="-6774857">davlat siri, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774859" id="-6774859">senatorning daxlsizligini cheklashga yoki senator tomonidan ushbu Qoidalarning buzilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774861" id="-6774861">fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid sir boʻlsa va senatorga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib maʼlum qilingan boʻlsa, oshkor etmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774863" id="-6774863">28. Senator davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga taqdim etilgan rasmiy xizmatga oid maʼlumotdan shaxsiy naf koʻrish uchun foydalanishga haqli emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774864" id="-6774864">7-bob. Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda odob-axloq qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774867" id="-6774867">29. Senator rasmiy delegatsiyalar tarkibida va chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda oliy davlat vakillik organining vakili ekanligini namoyish eta olishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774868" id="-6774868">30. Senator rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda boʻlgan paytida xizmat safarining maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarishga, Senat nufuzini va umuman Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi, oʻzi borgan mamlakatning qonun hujjatlari talablariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida umum qabul qilingan odob normalariga rioya etishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774870" id="-6774870">8-bob. Xizmatdan tashqari vaqtdagi va kiyinish odobi qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774872" id="-6774872">31. Senator xizmatdan tashqari vaqtda senatorning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga, Senatning nufuziga va umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774874" id="-6774874">Shaxsiy oʻzaro munosabatlarda senator kamtar, halol, xushmuomala boʻlishi va hech kimga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774876" id="-6774876">32. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish ushbu Qoidalarning ajralmas qismidir. Senator kiyinishi uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishiga harakat qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774877" id="-6774877">Senator ayniqsa oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida oʻta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774878" id="-6774878">9-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774879" id="-6774879">33. Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda senatorning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi yoki Senat majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774880" id="-6774880">Komissiya ushbu Qoidalarni buzgan senatorga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash boʻyicha Senat Kengashiga masala kiritishga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774881" id="-6774881">senatorga Senat reglamenti va ushbu Qoidalar takror buzilishiga yoʻl qoʻymaslikni koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775133" id="-6775133">senatordan Senat Kengashining yoki Senatning majlisida uzr soʻrashni talab etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774882" id="-6774882">senatorga Senatning majlisida tanbeh berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775134" id="-6775134">senatorni “adolatli senator”, “xalqparvar senator”, “mehnatkash senator” kabi maqomlaridan mahrum qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774884" id="-6774884">senatorni Senatning yalpi majlislarida ishtirok etish va ovoz berish huquqidan muayyan muddatga mahrum qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774885" id="-6774885">Komissiya senator ushbu Qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻyganligi faktini Senatning majlisida oʻqib eshittirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774886" id="-6774886">34. Qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda senatorning vakolatlari Senat majlisida qabul qilingan qarorga asosan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday masalani koʻrib chiqish uchun senator degan yuksak nomga dogʻ tushirgan xulq-atvor asos boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774887" id="-6774887">35. Senator tomonidan umum qabul qilingan odob normalarini qoʻpol tarzda buzadigan yoki senatorning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi yoxud Senat qarori bilan vakolati muddatidan oldin tugatilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774890" id="-6774890"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6774891" id="-6774891">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli <a href="/acts/-6774278">qaroriga</a><br />
4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6774892" id="-6774892">Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6774893" id="-6774893">NAMUNAVIY ODOB-AXLOQ QOIDALARI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6774894" id="-6774894"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774911" id="-6774911">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774897" id="-6774897">1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-436950">Qonuni</a>, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining <a href="/acts/-5578238#-5578458">namunaviy reglamenti</a> hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-5578238#-5579293">namunaviy nizomga</a>, shuningdek umumeʼtirof etilgan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirishda rioya etishi lozim boʻlgan xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774898" id="-6774898">2. Odob-axloq qoidalari deputatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774900" id="-6774900">3. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasiga</a>, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-436950">Qonuniga </a>va boshqa qonunchilik hujjatlariga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining reglamentiga va ushbu qoidalarga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774901" id="-6774901">4. Deputat oʻz faoliyatida jamiyatda umum qabul qilingan odob-axloq prinsiplariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dogʻ tushiradigan va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774902" id="-6774902">5. Deputat oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻzi aʼzo boʻlgan siyosiy partiya, partiya guruhi va Kengash doimiy komissiyasi rejalarida, Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashi, oʻz malakasini yuqori darajada tutib turishi, nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774903" id="-6774903">6. Kengashda doimiy asosda ishlaydigan deputat oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas. Deputatning ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi uning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishiga zarar yetkazmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774906" id="-6774906">7. Deputat oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774907" id="-6774907">fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774908" id="-6774908">Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774909" id="-6774909">saylovchilarning, oʻzini deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning manfaatlarini Kengashda ifodalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774910" id="-6774910">deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida saylovchilarni doimiy xabardor qilib borish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774912" id="-6774912">2-bob. Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi deputatlik odobi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774931" id="-6774931">8. Deputat Kengashning sessiyalarida, shuningdek oʻzi tarkibida boʻlgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhining majlislarida ishtirok etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774932" id="-6774932">Sessiya yoki majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda Kengash raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiya raisi, partiya guruhi rahbariga kamida bir kun oldin (ishtirok etish imkoniyatiga toʻsqinlik qiluvchi toʻsatdan yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha sessiya yoki majlis boshlanishidan oldin) xabar qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774933" id="-6774933">9. Deputat Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislarida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774934" id="-6774934">oʻz nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni, imo-ishoralarni qoʻllamasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774935" id="-6774935">sessiya, majlislarni oʻtkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi — soʻzga chiqqanlarning soʻzini boʻlmasligi, Kengash faoliyatiga oid qonunchilikda nazarda tutilgan tartibga zid ravishda oʻz fikrini bayon qilishga urinmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774936" id="-6774936">baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan soʻzga chiqqanlarning oʻz nuqtai nazarini erkin bayon etishiga toʻsiqlar vujudga keltirmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774937" id="-6774937">turli uzrsiz sabablarga koʻra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774938" id="-6774938">kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib soʻzlamasligi, biror shaxsning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yoʻl qoʻymasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774939" id="-6774939">soʻzga chiqish, deputatlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chogʻida bila turib yolgʻon va (yoki) notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774940" id="-6774940">Kengash Reglamenti va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774941" id="-6774941">Deputatning deputatlik faoliyatidagi tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubi aholining Kengashga hurmatini, shu jumladan deputatning nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774942" id="-6774942">Deputat oʻz deputatlik faoliyati davomida uning vakolati va shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan guvohnomani oʻzi bilan birga olib yurishi, koʻkrak nishonini koʻkrakning chap tomoniga taqib yurishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774943" id="-6774943">10. Deputat ushbu Qoidalarning <a href="/acts/-6774278#-6774892">9-bandida</a> nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, tegishli sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774944" id="-6774944">bunday qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida deputatni ogohlantirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774945" id="-6774945">deputatni soʻzlash huquqidan mahrum qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774946" id="-6774946">deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774947" id="-6774947">Kengashning Odob-axloq masalalari boʻyicha komissiyasidan (bundan buyon matnda Odob-axloq komissiyasi deb yuritiladi) deputatning xatti-harakatlariga baho berishni soʻrashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774948" id="-6774948">11. Deputat sessiya yoki majlisda shaxsan ovoz berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774949" id="-6774949">Ovoz berishni boshqa deputat yoki oʻzga shaxsga bergan deputatning xatti-harakatlari boʻyicha Odob-axloq komissiyasi yoki uning taklifi bilan Kengash tomonidan ushbu Qoidalarda hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-436950">Qonunida</a> belgilangan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774951" id="-6774951">3-bob. Deputatlarning boshqa deputatlar, saylovchilar, siyosiy partiya, partiya guruhi va Kengash kotibiyati xodimlari bilan oʻzaro munosabatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774952" id="-6774952">12. Deputatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeyi va siyosiy mansubligidan qatʼi nazar teng huquqlilik, bir-birini oʻzaro hurmat qilish asosida yoʻlga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774953" id="-6774953">13. Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qoʻpollik bilan munosabat bildirishga yoʻl qoʻymasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774954" id="-6774954">14. Deputatlar oʻz ishida har qanday masalani erkin jamoaviy muhokama qilish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish prinsiplariga asoslanishi, nizolarga yoʻl qoʻymasligi, kelishmovchiliklarni ochiq fikr almashish orqali bartaraf etish yoʻllarini birgalikda izlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774955" id="-6774955">15. Deputat saylovchilar bilan doimiy aloqada boʻlib turadi. Deputatning saylovchilar bilan munosabatlari oʻzaro hurmat qilish, saylovchilar tomonidan koʻtariladigan muammolar va masalalarga deputatning eʼtibor bilan munosabatda boʻlishiga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774956" id="-6774956">16. Deputat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774957" id="-6774957">qoida tariqasida, bir oyda kamida bir marotaba saylovchilar uchun qabul tashkil etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774958" id="-6774958">saylovchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774959" id="-6774959">saylovchilardan tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlarni koʻrib chiqishi, ularda koʻrsatilgan masalalarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishiga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774960" id="-6774960">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini oldindan belgilangan grafik asosida shaxsan qabul qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774961" id="-6774961">17. Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi, ular bilan boʻladigan uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi, bu jarayonda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi hamda soxta axborotlar taqdim etmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774962" id="-6774962">18. Deputat oʻz deputatlik faoliyati haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774963" id="-6774963">Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot toʻliq, toʻgʻri va xolisona boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774964" id="-6774964">19. Deputat uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va partiya guruhi bilan aloqa bogʻlab turadi hamda ularning ustavida (nizomida) belgilangan odob-axloq va intizom qoidalariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774965" id="-6774965">Deputat Kengashda uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya manfaatlarini ifoda etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774966" id="-6774966">20. Deputat Kengash kotibiyati xodimlari uchun oʻrnak boʻlishi, ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlishi, ularni jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi va ijtimoiy mavqeyi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774967" id="-6774967">Deputat Kengash kotibiyati xodimlaridan shaxsiy manfaatlari yoʻlida yoki ularning xizmat majburiyatlariga kirmaydigan vazifalarda foydalanishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774968" id="-6774968">4-bob. Ommaviy chiqish chogʻidagi deputatlik odobi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774969" id="-6774969">21. Deputat ommaviy axborot vositalari, matbuot konferensiyalari, boshqa jamoat tadbirlaridagi, omma oldidagi bayonotlarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida ochilgan shaxsiy sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida (blog, post, izohlar qoldirishda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774970" id="-6774970">Kengashning, uni nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va partiya guruhining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz vakolatlarini vijdonan amalga oshirishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774971" id="-6774971">oʻzining xatti-harakati, axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramasligi hamda asosli va konstruktiv tanqidni toʻgʻri qabul qilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774972" id="-6774972">davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning faoliyatiga nisbatan eʼtirozlari boʻlsa, ularni asoslangan, aniq muammoga qaratilgan holda bayon etishi, tekshirilmagan, isbotlanmagan maʼlumot va dalillardan foydalanmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774973" id="-6774973">yuridik shaxslarning ishchanlik obroʻsiga, jismoniy shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan asossiz, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774974" id="-6774974">fuqarolar bilan muloqot qilishda ularning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllamasligi, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻymasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etmasligi hamda bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774975" id="-6774975">Deputat ommaviy chiqishi chogʻida sud tizimi va sudyalar haqida tanqidiy fikr bildirishda ularning mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatmasligi, tanqidiy fikr dalillar bilan asoslangan va aniq boʻlishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi lozim. Deputat sudlar siyosatdan xoli ekanligi va tanqidlarga javob berishi uning xolisligini shubha ostiga qoʻyishi mumkinligini inobatga olishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774976" id="-6774976">22. Agar deputatning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga, yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan fikrlar mavjud boʻlsa, deputat oʻz fikrlarining yanglishligi yoki notoʻgʻriligini oshkora tan olishi hamda shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga daxl qilingan fuqaro va (yoki) yuridik shaxsdan uzr soʻrashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774977" id="-6774977">23. Deputat boshqa deputatlarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini oshkora shubha ostiga qoʻymasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774978" id="-6774978">24. Deputat oʻziga rasman vakolat berilgan hollardagina Kengash nomidan soʻzlashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774979" id="-6774979">5-bob. Deputatlik maqomidan gʻayriqonuniy ravishda foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774980" id="-6774980">25. Deputat oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774981" id="-6774981">Deputatning oʻz maqomidan, shu jumladan, nazorat vakolatlaridan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774982" id="-6774982">oʻzi, yaqin qarindoshlari va oʻziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774983" id="-6774983">oʻz shaxsiy va yaqinlarining manfaati yoʻlida foydalanishga va bu vakolat orqali davlat organlari mutasaddilariga tazyiq oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774984" id="-6774984">sud hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga, shaxsiy masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga taʼsir oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774985" id="-6774985">ijroiya hokimiyati organlarining kadrlar siyosatiga aralashishga, muayyan shaxslarni ishga qabul qilish, lavozimini koʻtarish yoki moddiy yoxud maʼnaviy ragʻbatlantirishga undashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774986" id="-6774986">davlat organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilishga, ularni oʻz faoliyatini qonunchilikka zid ravishda amalga oshirishga undashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774987" id="-6774987">qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklarni olish yoxud boshqa qonunchilikka zid maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774988" id="-6774988">26. Deputat moddiy manfaatdorlik evaziga Kengash sessiyasi yoki uning organlari majlisida biror masalani olib chiqishi yoki uni qoʻllab-quvvatlab ovoz berishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774989" id="-6774989">27. Deputat Kengash, uning organlari hamda deputatlik blankalaridan faqat deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rasmiy xat, soʻrov va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda foydalanishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774990" id="-6774990">Deputat davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi hamda oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774991" id="-6774991">6-bob. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774992" id="-6774992">28. Deputat deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774993" id="-6774993">Kengashning yopiq sessiyasi yoki uning organlari yopiq majlislarida koʻrib chiqilgan masalalarga taalluqli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774994" id="-6774994">davlat siri, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774995" id="-6774995">deputatning daxlsizligini cheklashga yoki deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774996" id="-6774996">saylovchilarning yoki boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga oid sir boʻlsa va deputatga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib maʼlum qilingan boʻlsa, oshkor etmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774997" id="-6774997">29. Deputat davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga taqdim etilgan rasmiy xizmatga oid maʼlumotdan shaxsiy naf koʻrish uchun foydalanishga haqli emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6774998" id="-6774998">7-bob. Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6774999" id="-6774999">30. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida va chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organining vakili ekanligini namoyish eta olishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775001" id="-6775001">31. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda boʻlgan paytida xizmat safarining maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarishga, Kengashning nufuzini va umuman Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi, oʻzi borgan mamlakatning qonun hujjatlari talablariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida umum qabul qilingan odob normalariga rioya etishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6775002" id="-6775002">8-bob. Xizmatdan tashqari vaqtdagi va kiyinish odobi qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775003" id="-6775003">32. Deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga, Kengashning nufuziga putur yetkazadigan, deputatlik vakolatlarini suiisteʼmol qilish deb baholanadigan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775004" id="-6775004">jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa koʻngilochar maskanlarda) oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi, atrofdagilarning eʼtiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yoʻl qoʻymasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775005" id="-6775005">dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775006" id="-6775006">jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmasligi, boshqalarni noqonuniy harakatlarga daʼvat qilmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775007" id="-6775007">Shaxsiy oʻzaro munosabatlarda deputat kamtar, halol, xushmuomala boʻlishi va hech kimga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775008" id="-6775008">33. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish ushbu Qoidalarning ajralmas qismidir. Deputat kiyinishi uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishiga harakat qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775009" id="-6775009">Deputat ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida oʻta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6775010" id="-6775010">9-bob. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi choralar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775011" id="-6775011">34. Deputat oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi kerak. Basharti, Kengash sessiyasi, doimiy komissiya yoki partiya guruhi majlisida deputat bevosita yoxud yaqin qarindoshlari orqali shaxsiy manfaatdorlikka ega boʻlgan masala koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, u bu haqda raislik qiluvchini xabardor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775012" id="-6775012">Raislik qiluvchi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida shaxsiy manfaatdorligi boʻlgan deputatning muhokamalarda soʻz olish huquqini cheklashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775013" id="-6775013">35. Deputat oʻz vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻa olishi taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775014" id="-6775014">Deputat alohida xizmatlari uchun Kengashning qarori asosida, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida yoxud xizmat safarlari, xorijlik delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775015" id="-6775015">Xizmat safarlari, xalqaro, xorijiy delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olingan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan oshmasligi lozim, ushbu miqdordan oshadigan sovgʻalar Kengash mulki boʻlib, Kengashga taqdim etilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775016" id="-6775016">36. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775017" id="-6775017">Agar deputat korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan Kengash yoki uning organlari rahbarlarini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organiga darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6775018" id="-6775018">10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va uni buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775019" id="-6775019">37. Quyidagi holatlar deputat ustidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishni dastlabki tarzda oʻtkazishga asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775020" id="-6775020">saylovchilardan deputat tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq shikoyatlarning kelib tushishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775021" id="-6775021">OAV, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan deputatning nojoʻya harakatlariga doir xabarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775022" id="-6775022">deputat tomonidan qonun hujjatlarini, umum qabul qilingan odob normalarini, Odob-axloq qoidalarini buzish faktlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish haqida Kengash raisining koʻrsatmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775023" id="-6775023">deputat degan nomga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilganligi haqidagi korxona, tashkilot, muassasa va jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslar bergan xabarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775024" id="-6775024">huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy xabarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775025" id="-6775025">Odob-axloq komissiyasi tashabbusi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775026" id="-6775026">38. Anonim xabar va murojaatlar asosida oʻrganish oʻtkazilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775027" id="-6775027">39. Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishlar Odob-axloq komissiyasi tomonidan, bunday axborot kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda amalga oshiriladi, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775028" id="-6775028">Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganish oʻtkazish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish, materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, oʻrganish oʻtkazish muddati Kengash raisi tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775029" id="-6775029">40. Oʻziga nisbatan oʻrganish oʻtkazilayotgan deputat Kengash yoki Odob-axloq komissiyasining oʻrganish tayinlash haqidagi qarori hamda unga asos boʻluvchi murojaat (shikoyat, xabar) mazmuni bilan tanishtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775030" id="-6775030">41. Oʻziga nisbatan oʻrganish oʻtkazilayotgan deputat quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775031" id="-6775031">oʻrganish tayinlanganligi va unga asos boʻlgan hujjat mazmuni bilan tanishib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775032" id="-6775032">oʻrganish oʻtkazish boʻyicha Odob-axloq komissiyasi aʼzolari yuzasidan eʼtirozi boʻlgan taqdirda Kengash raisiga asoslantirilgan raddiya berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775033" id="-6775033">hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775034" id="-6775034">oʻrganish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda Kengashga belgilangan tartibda shikoyat qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775035" id="-6775035">42. Deputat zimmasiga koʻrilayotgan ish yuzasidan oʻzining aybsizligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775036" id="-6775036">43. Deputat oʻrganish yuzasidan soʻralgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni Odob-axloq komissiyasiga taqdim etishi lozim. Bunda, oʻrganish oʻtkazishga toʻsqinlik qilishga, Odob-axloq komissiyasi aʼzolariga oʻz vazifalarini amalga oshirishga xalaqit qilishga va ularga taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775037" id="-6775037">44. Odob-axloq komissiyasi ish yuzasidan quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775820" id="-6775820">oʻrganish oʻtkazishga aloqador boʻlgan, boshqa idoralar yurituvida boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish, tanishib chiqish va nusxa olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775038" id="-6775038">oʻrganish oʻtkazilayotgan deputatdan tushuntirishlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775039" id="-6775039">zaruratga koʻra, oʻrganish uchun tor doiradagi mutaxassis (ekspert)larni jalb qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775040" id="-6775040">45. Oʻrganish yakuni boʻyicha Odob-axloq komissiyasi tomonidan xulosa qabul qilinadi va Kengashning navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775041" id="-6775041">46. Oʻrganish xulosasi Kengash sessiyasi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kirgan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6775042" id="-6775042">11-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775043" id="-6775043">47. Odob-axloq komissiyasi ushbu Qoidalarni buzgan deputatga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralaridan birini qoʻllash boʻyicha Kengashga xulosa kiritishga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775047" id="-6775047">deputatga ushbu Qoidalarni buzishga yoki qoʻyilmasligini koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775048" id="-6775048">deputatdan Odob-axloq komissiyasi, doimiy komissiya majlisi yoki Kengash sessiyasida rasman uzr soʻrashni talab etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775049" id="-6775049">deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi faktini Kengash sessiyasida oʻqib eshittirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775050" id="-6775050">“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-436950">Qonunida</a> belgilangan taʼsir choralarini qoʻllash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775051" id="-6775051">48. Deputat tomonidan umum qabul qilingan odob normalarini, deputatlik odobini qoʻpol tarzda buzadigan, deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, davlat hokimiyati vakillik organlarining obroʻsiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi yoki uning vakolatlari Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6775052" id="-6775052">49. Deputat oʻziga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir chorasi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishincha viloyat, Toshkent shahar Kengashiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, Oliy Majlis Senatiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7190760" id="edi-7190760"><a href="/acts/-6774278?ONDATE=25.03.2023 00#-6775053">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7190760" id="-7190760">(5-ilova Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-835-IV-sonli <a href="/acts/-7179807?ONDATE=21.10.2024 00#-7179821">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
