1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori ijrosini taʼminlash hamda davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish jarayonini ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchini hamda tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish xususiyatlarini belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qarori va topshiriqlariga asosan davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etish;
xarid komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritish tartibi hamda vakolatlarini belgilash;
tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va eʼlonlarni joylashtirish tartibi;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlarini belgilash;
tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-avgust,
352-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-avgustdagi 352-son qaroriga ILOVA
Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
1. Mazkur Nizom davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.03.00 Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar]
xalqaro hamda mahalliy maslahatchi yoki tashkilotlar — xalqaro hamda mahalliy konsultantlar, konsalting, auditorlik va yuridik maslahatchi hamda ixtisoslashgan boshqa tashkilotlar, jumladan, xalqaro va mahalliy kompaniyalar hamda professional tashkilotlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
tanlov — xarid qilish tartib-taomillariga asosan ikki va undan ortiq ishtirokchidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) rasmiy veb-saytida joylashtirilgan eʼlonga muvofiq qabul qilingan takliflarni taqqoslash asosida eng yaxshi taklifni tanlab olish orqali xaridlarni amalga oshirish usuli;
xarid komissiyasi — Davaktiv agentligi direktorining tegishli buyrugʻiga asosan Davaktiv agentligining markaziy apparatida faoliyat olib boradigan rahbar xodimlardan iborat tarkibda shakllantiriladigan kollegial organ;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi — xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti orqali taklif yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
gʻolib — xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi;
zaxiradagi gʻolib — xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha xarid komissiyasining qaroriga muvofiq gʻolibning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qarori va topshiriqlariga asosan davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchi yoki tashkilotlar jalb etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
4. Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takliflarining tanlov hujjatlariga muvofiqligini baholaydi hamda gʻolibni aniqlaydi.
5. Xarid komissiyasi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, uning tarkibi va aʼzolarining soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bogʻliq boʻladi hamda qonunchilikka muvofiq va xarid qilinayotgan xizmatning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
6. Xarid komissiyasi aʼzolari xolis boʻlishi va xarid qilish tartib-taomili gʻolibini tanlashda hamda xaridga doir bitimning natijasi boʻlgan har qanday shaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita olishdan shaxsiy manfaatga ega boʻlmasligi lozim.
7. Xarid komissiyasining faoliyati uning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan masʼul kotibi tomonidan tashkil etiladi.
8. Xarid komissiyasining barcha hujjatlari masʼul kotibda saqlanadi va masʼul kotib mazkur hujjatlarning but saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
9. Xarid komissiyasi raisining va (yoki) uning aʼzolarining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlganda, tanlovni oʻtkazish jarayonida yangi xarid komissiyasi raisi qayta tayinlanguniga qadar toʻxtatiladi va (yoki) uning aʼzolari ovoz berishda ishtirok etmaydi.
10. Xarid komissiyasining majlislari xarid komissiyasi aʼzolari hozirligida, yaʼni yuzma-yuz, shuningdek, majlislar videokonferensiyalar (telekonferensiyalar va boshqalar) shaklida ham oʻtkazilishi mumkin.
11. Xarid komissiyasining qarori xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
12. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, xarid komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz boʻladi.
2-bob. Xarid komissiyasining vazifalari
13. Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
xarid qilish hujjatlarini (eʼlon, texnik topshiriq, shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlar) kelishadi (tasdiqlaydi);
tanlov ishtirokchilari takliflarining xarid hujjatlariga muvofiqligini baholaydi;
xarid qilish tartib-taomillari gʻolibini va zarur boʻlganda, zaxiradagi gʻolibni aniqlaydi yoki tanlovni amalga oshmagan deb topadi.
14. Xarid komissiyasi quyidagi majburiyatlarga ega:
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishda davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
xarid komissiyasi aʼzolari boshqa shaxs bilan munosabatlarda, agar bunday axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa yoki bunday axborotning oshkor etilishi qonunchilikka zid boʻlsa, ularga rioya etilishini taʼminlashga monelik qilsa, xarid jarayoni subyektlarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli raqobatga toʻsqinlik qilsa, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni oshkor etmaslik.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
15. Xarid komissiyasi oʻzi qabul qilgan qarorlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, asosliligi va begʻarazligi uchun javobgar boʻladi.
16. Xarid komissiyasi xaridlarning boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
3-bob. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ekspertizadan oʻtkazish va tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni joylashtirish
17. Tanlov hujjatlari Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov hujjatlari qonunchilikka muvofiq belgilangan hollarda ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
18. Tanlov hujjatlarini (shartnoma loyihasi, texnik topshiriq va boshqa hujjatlar) himoya qilish, zaruratga koʻra ekspertizadan oʻtkazish vazifasi Davaktiv agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Tanlov hujjatlari tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng xarid komissiyasi tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon joylashtiradi.
Bunda tanlov boʻyicha eʼlon tanlov oʻtkazilishidan kamida 15 (oʻn besh) kun oldin joylashtiriladi.
20. Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etish boʻyicha takliflar Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish tartibi
21. Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra kelib tushgan takliflarni mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq koʻrib chiqadi hamda eng yaxshi takliflarni tanlab oladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
22. Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemada koʻrsatilgan bosqichlarda tanlab olinadi.
23. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
24. Tanlov natijalariga doir shartnoma tanlov boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlov gʻolibi tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab 10 (oʻn) ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
Gʻolib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlangan boʻlsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Bunda zaxiradagi gʻolib tanlov gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxda (zaxiradagi gʻolib taklif etgan narx gʻolib tomonidan taklif etilgan narxdan past boʻlgan hollar bundan mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
25. Zaxiradagi gʻolib bilan shartnoma zaxiradagi gʻolibga taklif berilgan kundan boshlab 10 (oʻn) ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
26. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlanmagan boʻlsa yoki zaxiradagi gʻolib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, xarid komissiyasi yangi tanlov oʻtkazadi.
27. Davaktiv agentligi tomonidan shartnoma va tegishli xarid hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
28. Xaridlarni rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish hamda xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
29. Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaning quyidagi muhim shartlariga:
xizmatni oʻzgartirishga;
xizmatning sifatini va turlarini oʻzgartirishga;
xizmatning hajmini va bahosini oshirishga;
xizmat koʻrsatish muddatini uzaytirishga (fors-major holatlar bundan mustasno);
amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan koʻp boʻlgan summaga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.16.00 Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1758-moddasi.
Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchi yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari*
T/r
Mezonlar nomi
I. Malakaviy imkoniyat
1.
Davlat aktivlarini sotish uchun belgilangan muddatga xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi taklifining muvofiqligi
2.
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining ish tajribasi, shu sohada amalga oshirilgan va erishilgan bitimlari
3.
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan jalb qilingan jamoa/mutaxassislar salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
4.
Davlat aktivlarini sotish boʻyicha vazifaning hal etilishiga qaratilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining ish rejasi
II. Narx qiymati boʻyicha imkoniyat
5.
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi taklifining narx qiymati (operatsion xarajatlar va QQS hisobga olgan holda)
* Zaruratga koʻra, xarid komissiyasining tegishli qarori bilan baholash mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchi yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi