Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tarkibi hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tarkibini, asosiy maqsadi va vazifalarini, tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining funksional quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar uch oy muddatda oʻz faoliyati xususiyatlari hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha yuklangan funksiyalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni mazkur qaror talablari asosida ishlab chiqsin hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-aprel,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi oʻrinlarda — FVDT) tarkibini, asosiy maqsadi va vazifalarini, tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. FVDTning tarkibi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega boʻlgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari, kuchlari va vositalaridan iborat.
3. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi, favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari, koʻrsatmalari va ushbu Nizom asosida olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi oʻrinlarda — favqulodda vaziyatlar) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar majmui;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar majmui, vositalar hamda usullar tizimi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa — odamlarning hayotini asrab qolishga va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui;
FVDTning funksional quyi tizimi — aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni oʻz ichiga olgan quyi tizim;
FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini oʻz ichiga olgan quyi tizim;
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar davlat tizimi.
2-bob. FVDTning asosiy maqsadi va vazifalari
5. FVDTning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega boʻlgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat.
6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
respublika hududida roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu soha boʻyicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
FVDTning barcha darajadagi boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini taʼminlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
aholini, FVDT boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
xorijiy davlatlar hududida roʻy bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish, shuningdek ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini taʼminlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan sugʻurta qilishning maqbul tizimini taʼminlash.
3-bob. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi
7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat boʻlib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
FVDT boshqaruv organlari;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
10. FVDTning hududiy quyi tizimlari oʻz maʼmuriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar va shaharlar miqyosidagi boʻgʻinlardan iborat boʻladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuchlari va vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi.
Hududiy quyi tizimlar toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, shuningdek, mos ravishda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarma (boʻlim)lari bilan kelishgan holda tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
11. FVDTning funksional quyi tizimlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuchlari va vositalaridan iborat boʻladi.
FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuchlari va vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori boʻlgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar bundan mustasno.
12. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turgʻun (statsionar) boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan taʼminlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi boʻlinmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati oʻzgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);
FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki roʻy berganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi toʻgʻrisida xabardor qilish va maʼlumot (axborot) berish;
FVDT quyi tizimlari va boʻgʻinlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar oʻrtasida oʻzaro axborot va maʼlumot almashinuvini taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va boʻgʻinlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
13. FVDT boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalaridan;
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalaridan;
obyekt darajasida — obyektlar maʼmuriyati hamda ularning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy boʻlinmalari (xizmatlari, shubalari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari).
FVDT, uning quyi tizimlari va boʻgʻinlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha ularga belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi.
14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari — FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari hamda ularning boʻgʻinlaridagi tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi boʻlinmalardir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
respublika darajasida — FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
obyektlar darajasida — obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari hamda vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari.
FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda esa — favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarida tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida ogohlantirish maʼlumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha tavsiyalarning FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini taʼminlaydi.
15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda oʻta muhim va xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini taʼminlash;
aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlardan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni taʼminlash;
kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilish yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish;
FVDT boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini taʼminlash;
roʻy bergan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarning toʻplanishini va almashinishini hamda yetkazilishini taʼminlash va nazorat qilish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini taʼminlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuchlari va vositalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek, FVDTning maxsus sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishini va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek, xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanilishini taʼminlash;
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimining lokal darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy, texnogen va ekologik jarayonlarning rivojlanish ehtimolini, xususiyatlari hamda koʻlamini, shuningdek, roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish;
FVDT boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarga kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini taʼminlash;
roʻy bergan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, almashish va ular toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qilish;
FVDT hududiy quyi tizimlari kuchlari va vositalarining, shuningdek, koʻngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chogʻida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uygʻunligini taʼminlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish;
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishni, yashash sharoitini taʼminlashni va favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach ularning doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xoʻjaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish hamda ularning yashash sharoitini har tomonlama taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish;
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sugʻurta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sugʻurtalangan himoyasi samaradorligini taʼminlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va sugʻurta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
aholini, FVDT boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuchlar va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish.
17. Quyidagilar obyektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni barvaqt aniqlash, ular roʻy berganda oqibatlarini prognoz qilish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish;
obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining lokal va obyekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish;
FVDT boshqaruv organlarining, obyektlar kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini taʼminlash;
axborot toʻplashni taʼminlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam toʻgʻrisida yuqori organlarga maʼlumot berish;
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar koʻrgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlash;
xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar chegaralarini belgilash.
18. FVDTning kuchlari va vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:
fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;
FVVga toʻgʻridan-toʻgʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning professional ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari.
FVDT kuchlari va vositalari belgilangan vazifalarni Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining koʻngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
19. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari FVVga boʻysunadi hamda oʻz tezkor yoʻnalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari yirik koʻlamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar sharoitida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.
20. FVVga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga moʻljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini oʻz ichiga oladi.
21. FVVga tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv havo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy transport boshqarmalari tomonidan jalb qilinadigan avtotransport vositalari va tashkil etiladigan avtosanitar kolonnalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini taʼminlashga moʻljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.
Tezkor boʻysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning FVV bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
22. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning yongʻin, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.
23. Hududiy quyi tizimlar va ularning boʻgʻinlarida aholini va hududlarni roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik texnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarining qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, qurilish, qurilish-montaj, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga moʻljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.
24. Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda ushbu obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va boʻlinmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi.
25. Yirik koʻlamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning Radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza hamda maxsus avariya-tiklash boshqarmasi, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
4-bob. FVDTning faoliyat koʻrsatishi tartibi
26. Prognoz qilingan yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatning koʻlami va holatiga qarab FVDT muayyan hududda quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik rejim — muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi mavjud boʻlmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi mavjud boʻlganda;
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari roʻy bergan favqulodda vaziyatning turiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, shuningdek tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish boʻyicha qarorda:
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos boʻlgan holat;
favqulodda vaziyat roʻy berishi mumkin boʻlgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlar va vositalar;
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha choralar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun masʼul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar turlari, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qoʻshimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri amalga kiritiladi:
a) obyekt darajasida bartaraf etish;
b) mahalliy darajada bartaraf etish;
v) respublika va transchegaraviy darajada bartaraf etish.
27. Quyidagilar FVDT faoliyat koʻrsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazorat qilish hamda kuzatish, roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni toʻplash, tahlil qilish va almashish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga doir tadbirlarni rejalashtirish;
aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatish;
aholiga xabar berishning va uni xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini taʼminlash hamda nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish hamda ularning oʻrnini toʻldirib borish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sugʻurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan monitoringni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning roʻy berishi ehtimolini, koʻlamlari hamda oqibatlarini prognoz qilish;
favqulodda vaziyatlar roʻy berishi mumkin boʻlgan hududlarda ularning roʻy berishi xavfini baholash uchun tezkor guruhlarni tashkil etish, tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlarni va, zarur boʻlganda, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolarining, hayot taʼminoti tizimlarining, obyektlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash choralarini koʻrish;
FVDT tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining kecha-kunduz navbatchiligini tashkil etish;
FVDTga tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlarning tezkor boshqaruv boʻlinmalari oʻrtasida axborot almashinuvini kuchaytirish;
FVDT kuchlari va vositalarini shay holatga keltirish, faoliyatni yuqori tayyorgarlik rejimiga oʻtkazish, ularning harakatlari rejalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda, ularni favqulodda vaziyatlar roʻy berishi mumkinligi taxmin qilinayotgan hududga yoʻnaltirish;
v) favqulodda vaziyat rejimida:
favqulodda vaziyatlar roʻy berganligi haqida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir rejalarni amalga kiritish;
aholining, moddiy va madaniy qimmatliklarning xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyat zonasining chegaralarini belgilash, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish), unga kirish-chiqish rejimini va unda harakatlanish rejimini belgilash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarni jalb etish, mazkur tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka va ularning birlamchi sabablarini bartaraf etishga doir ishlarni, qutqaruv ishlarini hamda kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini, shuningdek, jabrlangan aholining hayot faoliyati sharoitlarini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar zonalarida atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlaridagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat yuzasidan monitoring olib borish;
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va uning hayot faoliyatini taʼminlash, tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish hamda aholining vaqtincha bandligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
favqulodda vaziyatlar zonalarida epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini bajarish;
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
jabrlangan aholiga moddiy yordam koʻrsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun quyidagi mablagʻlardan foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan;
idoraviy moliyaviy va moddiy resurslarning zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari FVVning harbiy, ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari, FVDT tarkibiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari hamda boʻlinmalarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda — hududida favqulodda vaziyat roʻy bergan tashkilotning rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organi hududiy boʻlinmasining rahbari yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimlarining qaroriga asosan;
respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organining rahbari yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular obyekt maʼmuriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning respublika darajasidagi boshqaruv organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablagʻlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Koʻrsatilgan mablagʻlar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratiladi.
33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida oʻzaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining
TASHKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI

Boshqaruv organlari

Tezkor-boshqaruv organlari

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalari

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari

Respublika darajasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV) markaziy apparati;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy apparatlari (boshqaruv organlari).

FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;

FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy apparatlarining (boshqaruv organlarining) navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;

FVVga toʻgʻridan-toʻgʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.

Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasining mablagʻlari va davlat zaxirasi moddiy resurslari zaxirasi;

moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxiralari;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;

Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.

Mahalliy daraja

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari;

tashkilotlarning vakolatli boʻlinmalari.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari;

shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari;

tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;

Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.

Obyektlar darajasi

obyektlarning maʼmuriyati va vakolatli tarkibiy boʻlinmalari.

obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

qutqaruv tuzilmalari;

maxsus vazifali tuzilmalar;

fuqaro muhofazasi tuzilmalari.

obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;

tegishli yuqori tashkilotning moliyaviy va moddiy resurslarining idoraviy zaxiralari.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining funksional quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha
FUNKSIYALARI
1-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining funksiyalari
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat nazoratini amalga oshirish.
2. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDT tarkibidagi tashkilotlarning samarali hamkorligini tashkil etish.
3. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilishning yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish.
4. Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.
5. FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.
7. FVDT funksional quyi tizimining:
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash xizmatini;
Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining funksiyalari
8. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chogʻida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish.
10. Favqulodda vaziyatlar zonalarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarning qoʻriqlanishini hamda muhofaza qilinishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining funksiyalari
12. Favqulodda vaziyat zonasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish.
13. Aholini xabardor qilish, hududdagi zarur uchastkalarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) boʻyicha choralar koʻrish, qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlashni taʼminlash.
14. Sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda halok boʻlgan odamlarning hisobini yuritish.
15. FVDT funksional quyi tizimining:
Jamoat tartibini saqlash xizmatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻriqlash xizmatini;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining funksiyalari
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini taʼminlash.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor boʻlinmalarini, radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza hamda maxsus avariya-tiklash boshqarmasi maxsus texnika va moddiy resurslarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini taʼminlash.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV) bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi toʻgʻrisida axborot almashinuvini amalga oshirish.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining funksiyasi
19. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va FVVning buyurtmalariga muvofiq xorijiy tovar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan buyurtmachining mablagʻlari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskuna va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining funksiyalari
20. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar koʻrgan aholiga tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar koʻrganlarga tezkor tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek, favqulodda vaziyat zonasiga dori vositalari va tibbiy jihozlar tezkor yetkazib berilishini taʼminlash.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
22. Zarar koʻrgan va transportda tashish mumkin boʻlmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dori vositalari va tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlashni taʼminlash.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
24. Aholini favqulodda vaziyatlar sharoitida dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga oʻqitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
25. Xorijiy davlatlar hududida roʻy bergan yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy taʼminotini amalga oshirish.
26. Tashish mumkin boʻlmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga koʻmaklashish.
27. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok boʻlganlar va jabrlanganlarning roʻyxatini yuritish.
28. Xorijiy davlatlar hududida yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini taʼminlash.
29. Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan va halok boʻlgan chet el fuqarolari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
30. Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanish meʼyorlarini Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
31. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga tayyorlash.
32. Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognoz qilishni taʼminlash.
33. Sanitariya-epidemiologiya sohasida yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy oʻchoqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
34. Epidemiyalar va pandemiyalar sharoitlarida karantin tadbirlarini tashkil etish, tibbiy, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish.
35. Favqulodda vaziyat zonalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
36. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi atrof-muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharlovchi moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilish.
37. Inson salomatligiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
38. Tibbiy profilaktika boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlash.
39. FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiologik ahvol toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
40. FVDT funksional quyi tizimining:
Tibbiy yordam xizmatini;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining funksiyalari
41. Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash.
42. FVV bilan birgalikda zaxira jamgʻarmasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablagʻlarning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
43. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida roʻy bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish.
44. FVV bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi obyektlarini qurish yuzasidan oʻrta va uzoq muddatli strategiyalar va dasturlarni koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
8-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining funksiyalari
45. Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yongʻin xavfini tugʻdiradigan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va uning hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
46. FVDT funksional quyi tizimining Yongʻin chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek, kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish hamda nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
9-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining funksiyalari
47. Favqulodda vaziyat roʻy bergan joylar hamda favqulodda vaziyat taʼsiriga tushuvchi hududlar relyefining kompyuter modullarini ishlab chiqish.
48. FVVni hamda favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat roʻy bergan hudud toʻgʻrisidagi geodezik va kartografik axborot, shuningdek, yer-kadastr xaritalari bilan taʼminlash.
10-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
49. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini taʼminlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan taʼminlash.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
50. Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish chogʻida hayot faoliyatini tiklashga doir ishlarni bajarishga band boʻlmagan aholini jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
101-bob. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining funksiyalari
501. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha FVV bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.
102-bob. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining funksiyalari
502. Mahalla fuqarolar yigʻinlari darajasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish.
503. Mahalla fuqarolar yigʻinlarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
504. “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
505. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
506. Aholining favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiyasini tashkil etishda ishtirok etish.
507. Evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etish.
508. Tizim obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
509. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish.
(101 va 102-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
11-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari
60. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda roʻy bergan favqulodda vaziyat hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji toʻgʻrisida xabardor qilish.
61. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda, shu jumladan, epidemiyalar va pandemiyalarda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda xorijiy (chegaradosh) davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish.
62. Favqulodda vaziyat roʻy bergan xorijiy davlatlarning masʼul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash.
63. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda chegaradosh davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish, shuningdek, halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish choralarini koʻrish.
64. Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok boʻlgan chet el fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
65. Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.
12-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining funksiyalari
66. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
67. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.
68. Taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya jarayonlarida hayot xavfsizligi asoslarini oʻrgatishni tashkil etish choralarini koʻrish.
69. Oʻquv va ilmiy-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
13-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining funksiyalari
70. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining asoslangan takliflariga muvofiq tanlovlar asosida FVDT faoliyatidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish.
71. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish uchun ilmiy va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan holda FVDTning innovatsion faolligini oshirishga koʻmaklashish.
14-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining funksiyalari
72. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya jarayonida favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatishni tashkil etish choralarini koʻrish.
73. Tizim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
15-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining funksiyalari
74. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini taʼminlash.
75. Favqulodda vaziyat zonasidagi aholini va evakuatsiya qilingan aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish.
76. Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
77. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
78. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini himoya qilish, oʻsimliklar orasida yuqumli kasalliklar (epifitotiyalar) tarqalishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
16-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining funksiyalari
79. Epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar tarqalishini cheklash boʻyicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
80. Favqulodda vaziyatlar sharoitlarida hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar (epizootiyalar) ommaviy ravishda tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, epizootiyalarni bartaraf etish choralarini koʻrish.
81. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi epizootik vaziyat toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
82. FVDT funksional quyi tizimining Epizootiyani bartaraf etish boʻyicha veterinariya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
17-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining funksiyalari
83. Iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari (karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizm) va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda ularni yoʻq qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
84. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish hamda tuproqni muhofaza qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
85. Oʻsimliklar kasalliklari keng tarqalishi (epifitotiyalar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish.
86. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini hamda aholini oʻsimliklar karantini va agrokimyoviy vaziyat toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
87. FVDT funksional quyi tizimining Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
18-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining funksiyalari
88. Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlash.
89. Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlari holatiga tabiiy va texnogen taʼsirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
90. Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi xavfi ehtimolini prognoz qilish.
91. Suv xoʻjaligi obyektlarining ish rejimini oʻzgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
92. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz oʻtkazilishini taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
93. Xavf-xatar darajasi yuqori suv xoʻjaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
94. Aholini hamda tegishli tashkilotlarni suv omborlarida va boshqa gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganligi haqida xabardor qilish.
95. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi gidrotexnika inshootlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tiklashni, toshqin suvlarining xavfsiz oʻtkazib yuborilishini taʼminlash.
96. FVDT funksional quyi tizimining:
Suv xoʻjaligi xizmatini;
I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori boʻlgan, shuningdek, respublika va mintaqa suv xoʻjaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
19-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining funksiyalari
97. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining (keyingi oʻrinlarda — xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qoʻriqlanishini nazorat qilish.
98. Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash boʻyicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish.
99. Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
100. Favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
20-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining funksiyalari
101. Avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
102. Yoʻl va yoʻl inshootlarining texnik holati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
103. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qutqaruv tuzilmalarining, kuchlar va vositalarning, harbiy boʻlinmalarning, maxsus texnika resurslarining hamda moddiy resurslarning birinchi navbatda tashilishini taʼminlash.
104. Yongʻin va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yoʻl transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini taʼminlash.
105. Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini taʼminlash.
106. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish.
107. Favqulodda vaziyatlardagi evakuatsiya tadbirlari davrida tashishlarni amalga oshirish uchun evakuatsiya poyezdlari, avtotransport vositalari ajratilishini tashkil etish, buzilgan avtomobil yoʻllarini, shuningdek, transport infratuzilmasi obyektlarini tiklash.
108. Portlovchi, yongʻin xavfi boʻlgan yuklar va kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni taʼminlash.
109. FVDT boshqaruv organlarini, yoʻlovchilar hamda aholini avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi mavjudligi yoki yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
110. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
111. FVVga zarur axborotlarni taqdim etish.
112. FVDT funksional quyi tizimining:
Avtotransport xizmatini;
Avtoyoʻl xizmatini;
Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan taʼminlash xizmatini;
Temir yoʻl va temir yoʻl transportida yongʻin, portlash xavfi boʻlgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
21-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
113. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan joylarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solishni taʼminlash.
114. Shaharsozlik, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
115. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilishni, shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar, texnik jihatdan murakkab va noyob obyektlarning loyiha hujjatlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlash.
116. Shaharsozlik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish choralarini koʻrish.
117. Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
118. Favqulodda vaziyatlar oqibatida binolar va inshootlarga yetkazilgan zararni baholash, shuningdek, ularning mustahkamlik holatini tekshirish tadbirlarini amalga oshirish.
119. Uy-joy kommunal xoʻjaligi faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
120. Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini tiklash, shuningdek, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini taʼminlash.
121. Favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini tiklash va ularning toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash, jabrlangan aholini belgilangan meʼyorlar miqdorida ichimlik suvi bilan taʼminlash.
122. FVDT funksional quyi tizimining:
Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini;
Ichimlik suvi taʼminoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
22-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining funksiyalari
123. Respublika aholisini, ishlab chiqarishga oid hamda ijtimoiy obyektlarni kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilgʻi-energetika resurslari bilan uzluksiz taʼminlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
124. Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli boʻlgan atom energetik reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini taʼminlash.
125. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni taʼminlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuchlarning harakat qilishga shayligini taʼminlash, shuningdek, taʼsir koʻrsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
126. Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
127. Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognoz qilish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida ularning favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlarning barqarorligini oshirish.
128. Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlariga hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish.
129. Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar, shu jumladan, yoqilgʻi-energetika tarmogʻining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarda hamda ularga yondosh hududlarda aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning lokal darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
130. Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyorlik holatida saqlashni hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishini taʼminlash.
131. FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi mavjudligi yoki roʻy berganligi, koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida aholining harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
132. Favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlangan energetika tizimlarini tiklash va ularni taʼmirlashni amalga oshirish.
133. Qutqaruv va avariya-tiklash ishlari uchun yetarli miqdorda yoqilgʻi-energetika resurslarini ajratish.
134. Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz taʼminlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
135. FVDT funksional quyi tizimining:
Energetika xizmatini;
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash xizmatini;
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻi obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
23-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining funksiyalari
136. FVDTning barcha rejimlarida respublika va mahalliy darajalardagi kommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
137. Aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishga koʻmaklashish.
138. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada taʼminlash.
139. Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik taʼminlash.
140. Xabar berish, aloqa va axborot bilan taʼminlashning statsionar vositalariga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
141. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni amalga oshirish chogʻida kommunikatsiyani va axborot almashishni taʼminlash.
142. Aholiga favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish uchun mobil aloqa operatorlari orqali axborot (maʼlumot) yetkazilishini tashkil etish.
143. FVDTning funksional quyi tizimining Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
24-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining funksiyasi
144. Keng koʻlamli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki roʻy berganda ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilish uchun FVV soʻroviga asosan hududlarning kosmik suratlarini Agentlikka davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida bepul taqdim etish.
25-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining funksiyalari
145. Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (koʻchish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash, ularning faollashishini oʻrganish va ogohlantirish, togʻ yonbagʻirlarining tabiiy barqarorligini saqlash boʻyicha koʻchkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda oʻtkaziladigan zonalarni belgilash.
146. Aholi punktlarida, togʻli va togʻoldi mintaqalarda sogʻlomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan hududlarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish (iqtisodiyot obyektlari, shu jumladan, liniyali inshootlar (yoʻllar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar), kon-ruda korxonalari xoʻjalik faoliyati hududi bundan mustasno).
147. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari toʻgʻrisidagi geologik axborot bilan taʼminlash, koʻchki xavfi boʻlgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish.
148. Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilib borish.
149. Transchegaraviy hududlarda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganishni amalga oshirish.
150. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish shart boʻlgan xoʻjaliklar roʻyxatini belgilash hamda FVVga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.
151. Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni tegishli tartibda kelishish.
152. Xavfli geologik jarayonlar boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish va ularning taʼsiridan koʻrilgan zararlarni fizik baholash.
153. FVDT funksional quyi tizimining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
26-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari
154. Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish.
155. Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash hamda ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
156. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning koʻlamlari, rivojlanishi, yetkazishi mumkin boʻlgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
157. Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari boʻlinmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qoʻllashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va toʻlib qolishlar bilan bogʻliq avariyalarni tugatishda qatnashishini taʼminlash.
158. FVDT funksional quyi tizimining kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti oʻtish ishlarini bajarishda ishlarning holati hamda xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
27-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining funksiyalari
159. Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xoʻjaligi faoliyati obyektlari joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
160. Sanoat chiqindilari toʻplagichlari, chiqindi omborlari, zaharli moddalar koʻmiladigan joylar va boshqalarning joylashtirilishi hamda ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
161. Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat, baliqchilik xoʻjaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan oqovalar, shuningdek, zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga tashlamalari hamda chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
162. Favqulodda vaziyatlar zonasida ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat obyektlari hamda boshqa obyektlar tomonidan zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi va chiqindilarning joylashtirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.
163. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitga zaharli moddalarning tashlanishi va chiqarib yuborilishi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
164. FVDT funksional quyi tizimining Atrof tabiiy muhit muhofazasi hamda ekologik xavfsizligi boʻyicha nazorat-inspeksiya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
28-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligining funksiyalari
165. Geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda oʻrmonzorlar barpo etilishining oldi olinishini nazorat qilish.
166. Oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilish va epifitotiyaga qarshi kurashish.
167. Oʻrmon xoʻjaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni va prognoz maʼlumotlarni FVVga taqdim etib borish.
29-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining funksiyalari
168. Xavfli gidrometeorologik hodisalar prognozini tayyorlash va ularni kuzatib borish.
169. Sel va qor koʻchkilariga qarshi tadbirlarni oʻtkazish zarurati boʻlgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
170. Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda oʻzanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va oʻtkazish.
171. FVVga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, ularni atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari toʻgʻrisida xabardor qilish.
172. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat roʻy bergan joyga eng yaqin boʻlgan meteorologik kuzatuv punkti maʼlumotlariga asosan mavjud gidrometeorologik sharoitlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
173. FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar olib borish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
30-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining funksiyalari
174. Turizm xizmatlarini tashkil etishda, turistik obyektlarda, turistlar vaqtincha joylashtiriladigan, ovqatlanadigan va harakatlanadigan joylarda, respublika hududi boʻylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
175. Turizm obyektlari va yoʻnalishlari, shuningdek, sohada roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlar va prognoz maʼlumotlarni FVVga taqdim etib borish.
31-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining funksiyalari
176. Seysmik xavf-xatarni turli koʻlamlarda baholash, hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarni tuzish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligini taʼminlash boʻyicha metodikalarni ishlab chiqish.
177. Kuchli zilzila roʻy bergan taqdirda, zilzila kuchini va uning hududlar boʻyicha oʻzgarishini aniqlash, binolar va inshootlarning shikastlanish darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar oʻtkazish.
178. Kuchli zilzilalarda aholi va hududlardagi talafotlarni kamaytirish hamda ularning oqibatlarini yumshatish, seysmik xavfsizlikni taʼminlashda seysmik xatarni baholashning ilmiy uslublarini ishlab chiqish.
32-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining funksiyalari
179. Favqulodda vaziyatlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etish.
180. FVVga zarur maʼlumotlarni taqdim etish.
33-bob. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining funksiyalari
181. FVV, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari boʻyicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
182. Aholining ommaviy axborot vositalari orqali favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilinishini FVV bilan birgalikda tashkil etish.
183. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi oʻrtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
184. Inqirozli va favqulodda vaziyatlar roʻy berganda FVV tashabbusi bilan aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish maqsadida maxsus axborot tadbirlarini tashkil etishga koʻmaklashadi.
185. Yuqori darajadagi xavfga ega boʻlgan ijtimoiy-siyosiy va favqulodda vaziyatlarning axborot monitoringini taʼminlash (tabiiy, texnogen, antropogen ofatlar, halokatlar va h.k.) va bunday voqealarga masʼul tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan munosabat bildirilishi yuzasidan zarur choralar koʻradi.
186. Aholining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda xabardor qilinishini taʼminlash.
187. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy oʻzaro va oʻziga oʻzi yordam koʻrsatishga oʻqitish boʻyicha maxsus eshittirishlarni tashkil etish.
34-bob. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
188. Jamiyat tizimidagi gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, ularda avariyalar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
189. Jamiyat tizimidagi gidrotexnik inshootlarda va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
190. Favqulodda vaziyatlar sharoitida gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan tarzda texnologik boshqarishni amalga oshirish.
191. FVDT boshqaruv organlarini gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
35-bob. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
192. Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar hamda halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
193. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognoz qilishni, favqulodda vaziyatlar sharoitida ularning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
194. Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi aholini lokal darajadagi favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
195. Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli boʻlgan zonalarni aniqlash.
196. FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishi tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
197. Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini taʼminlash.
198. FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
36-bob. “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining funksiyalari
199. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar zonalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini taʼminlash.
200. Favqulodda vaziyatlar zonalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
37-bob. Sugʻurta tashkilotlarining funksiyasi
201. Suv toshqini, koʻchkilar, sel xavfi mavjud boʻlgan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori boʻlgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni, ushbu hududlardagi binolar va inshootlarni, qishloq xoʻjaligi ekinlari va hayvonlarini hamda boshqa mol-mulkini sugʻurtalashni taʼminlash.
38-bob. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining funksiyalari
202. FVV, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha tayyorlash.
203. FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlarida sanitariya drujinalarini tuzish, ularni jihozlash va yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlash, tayyorgarlik holatini nazorat qilishda koʻmaklashish.
204. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida sanitariya postlarini tuzish va oʻqitishni tashkil etish.
205. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, birinchi navbatda, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yoʻl-transport xizmatlari xodimlarini birinchi yordam koʻrsatish amaliyotiga shartnoma asosida oʻqitishni tashkil etish.
206. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, oʻziga oʻzi va oʻzaro yordam berish hamda zarar koʻrganlarga gʻamxoʻrlik qilishga oʻqitish boʻyicha maxsus telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
207. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa koʻngillilar boʻlinmalarini tashkil etish, oʻqitish, jihozlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish.
208. Favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha
FUNKSIYALARI
1. Tegishli hududda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilish.
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qarorlar qabul qilish.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
4. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholini, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
5. Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni tashkil etish hamda tegishli hudud boʻyicha rejani tasdiqlash.
6. Aholini va hududlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash hamda almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganligi haqida aholiga oʻz vaqtida xabar berish va axborot uzatish.
7. Xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
8. FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yigʻma mexanizatsiyalashgan otryadlarni, yigʻma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarning shayligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
10. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni moliyalashtirish.
11. Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda ishlash barqarorligini oshirishga koʻmaklashish.
12. Aholini xabardor qilish va aholiga axborot uzatishning maxsus texnik vositalarini oʻrnatish uchun joylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida efir vaqti ajratilishini tashkil etish va nazorat qilish.
13. Mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlar roʻy berganda, FVDTning hududiy quyi tizimi uchun yuqori tayyorgarlik rejimini yoki favqulodda vaziyat rejimini joriy etish haqida, shuningdek, aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
14. Qutqaruv ishlarini va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek, bunday ishlar oʻtkazilishi davomida jamoat tartibi saqlanishini tashkil etishga koʻmaklashish.
15. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini muhofaza qilish uchun barcha hududiy kuchlar va vositalarni jalb etish.
16. Favqulodda vaziyat zonasida qutqaruv ishlarini va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlarining (shu jumladan, tezkor harakat boʻlinmalarining) va maxsus tuzilmalarning doimiy shayligini tashkil etish.
17. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
18. Favqulodda vaziyat zonalaridagi zarar koʻrgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini taʼminlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish.
19. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilgʻi va ichimlik suv bilan uzluksiz taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
20. Aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlari faoliyatini tiklash ishlarini tashkil etish.
21. Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar koʻrgan aholi hayot faoliyatini tiklash, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha choralar koʻrish.
22. Quyidagi FVDT hududiy quyi tizimlari faoliyatiga rahbarlik qilish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat FVDT xizmatlari va tuzilmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman (shahar)lar hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
23. Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnik bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida FVDTning tegishli hudud va obyektlar boʻyicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi hamda vazifalarini belgilashi mumkin:
avtoyoʻl xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yoʻl-koʻprik taʼminotini tashkil etish va amalga oshirish, yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlash va tiklash;
avtotransport xizmati — temir yoʻl va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya hududiga olib chiqib ketish;
gaz taʼminoti xizmati — gaz taʼminoti inshootlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, ularda avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
suv taʼminoti xizmati — suv taʼminoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va ogʻir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini taʼminlash. Ichimlik suvi sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni taʼminlash;
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiyalar)ning oldini olish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati toʻgʻrisida axborot taqdim etish;
oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiyalarning oldini olish, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Oʻsimliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini taʼminlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xoʻjaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiyalarni tugatish;
suv xoʻjaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognoz qilish. Suv xoʻjaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini oʻzgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv omborlari va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat roʻy berishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan himoya qilish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash;
muhandislik xizmati — tinchlik davrida himoya inshootlari fondi toʻplanishi va mavjud boʻlishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlangʻich hududlarda zararlangan joylar tomonga harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yongʻinlarni oʻchirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan taʼminlash uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
kommunal-texnika xizmatlari — kommunal xoʻjaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni bartaraf etish, halok boʻlganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy koʻmish shoxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
moddiy-texnika taʼminoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan taʼminlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek, iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan taʼminlash;
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sogʻligʻini saqlashga, jabrlanganlar va bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam berishga yoʻnaltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
sanitariya ishlovini berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan taʼminlash, aloqa va xabar berishning turgʻun vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat koʻrsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek, ularni doimiy tayyor holatda saqlash, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining koʻrsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan taʼminlash;
jamoat tartibini saqlash xizmati — favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash;
qoʻriqlash xizmati — favqulodda vaziyatlar zonalarida obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarni, shuningdek, aholi evakuatsiya qilingan joylarni qoʻriqlash;
yongʻin xavfsizligini taʼminlash xizmati — yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yongʻinlarni oʻchirish, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish;
yonilgʻi-moylash materiallari taʼminoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turgʻun va koʻchma avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalaridan foydalanish;
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik taʼmirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yoʻnalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarni yigʻma punktlarga va taʼmirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, taʼmirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan taʼminlash hamda ularning zaxirasini shakllantirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish xizmati — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat zaxirasi gʻamlanishini va muhofaza qilinishini tashkil etish, favqulodda vaziyat zonasidagi aholini hamda jalb etilgan tuzilmalarni oziq-ovqat, issiq ovqat bilan taʼminlash;
boshpanalar va bekinish joylari xizmati — tashkilotlarning muhofaza inshootlari fondini hisobga olish, muhofaza inshootlarining bekinadigan odamlarni qabul qilishga doimiy tayyorligini nazorat qilish, muhofaza inshootlari imoratlarining toʻgʻri saqlanishi, muhofaza konstruksiyalari, qurilmalari va muhandislik-texnik asbob-uskunalari saqlanishi, ulardan iqtisodiyot ehtiyojlari va aholiga xizmat koʻrsatish uchun foydalanilishini tizimli nazorat qilish. Qurilishi tugallangan muhofaza inshootlarini qabul qilishda qatnashish. Muhofaza inshootlari fondini jamlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritish, boshpana va bekinish joylariga xizmat koʻrsatish boʻlinmalarini tashkil etish va tayyorlash;
energetika xizmati — favqulodda vaziyatlar sharoitlarida energiya obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash va ulardagi avariyalarni bartaraf etish. Favqulodda vaziyat zonalarida qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirok etish.
24. Favqulodda vaziyatlarda nobud boʻlgan uy hayvonlari jasadlarini yigʻib olish va utilizatsiya qilish xizmati (tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda “Toza hudud” DUKlari negizida) tashkil etiladi.
25. Zaruratga koʻra va tegishli kuchlar mavjud boʻlganda FVDTning boshqa xizmatlari, shu jumladan, avariya-texnik, radiatsiyaviy va kimyoviy himoya, niqoblanish, axborot bilan taʼminlash xizmatlari ham tashkil etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 17-avgustdagi 525-son qaroriga 5-ilovaning 7-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 15-dekabrdagi 752-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 893-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)