|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.05.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizom (ustav)larni tasdiqlasin;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust,
606-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, seysmik kuzatuvlar, kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni bexatar ishlatilishini, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
4. Markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), Gidrometereologiya xizmati markazi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
5. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga,shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Vazirlikning belgilangan tartibda, oʻz vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusdagi qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Vazirlikning harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda boʻladilar.
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari (Gidrometeorologiya xizmati markazi xodimlaridan tashqari) xizmatni oʻtash, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va maishiy xizmat koʻrsatilishi,barcha taʼminot turlari bilan taʼminlanishi, ularning huquqlari va imtiyozlari masalalarida, shu jumladan ularning oila aʼzolari ham, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli toifadagi harbiy xizmatchilari va xodimlariga tenglashtiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
9. Vazirlik tizimining harbiy xizmatchilari va xodimlarining moddiy-texnik taʼminoti va mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning oʻz daromadlari, budjetdan tashqari daromadlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, ramzga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga ega boʻladi.
11. Vazirlik Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, 4-uy, 100084 manzilida (pochta manzilida) joylashgan.
2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni taʼminlash;
aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi matnlarda — FVDT) hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son)
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash ishlarini bajarish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
(13-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi:
fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(13-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
tinchlik va harbiy davrda fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi, seysmik xavf boʻyicha respublika hududlarini rayonlashtirish, tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen avariya va halokatlar manbasining rivojlanish xavfini aniqlash va chuqur tahlil qilinishini koʻzda tutgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tizimini, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini gidrometeorologik taʼminlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “a” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
seysmologik monitoring tarmogʻini rivojlantirish;
suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat sirini, xizmat axborotlarini muhofaza qilishga, maxsus aloqani rivojlantirishga doir tadbirlarni oʻtkazishni taʼminlaydi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
b) favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni taʼminlash sohasida:
favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidlari omillarini oldindan aniqlashning maqsadli hamda ilmiy-texnik dasturlari boʻyicha tadbirlarni rejalashtirilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
aholining hayoti va sogʻligʻi, ularning mulkiga boʻlgan xavflarni barvaqt profilaktika qilish va oldini olish, hayot faoliyatini taʼminlovchi obyektlar mustahkamligini oshirish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavflarning yuzaga kelishi sabablarini barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etishning aniq choralarini koʻrish, ushbu sohada aholining xabardor qilinishi darajasi oshirilishini taʼminlaydi;
avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar haqida oʻz vaqtida xabardor qiladi va ularning oqibatlarini yengillashtiradi;
v) aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish sohasida:
favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidi bartaraf etilishini, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda ularga oʻz vaqtida va kompleks yordam berilishini taʼminlaydi;
xalq bilan, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotni kengaytiradi va kuchaytiradi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Vazirlik vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilinishi va murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda ular boʻyicha qonunda belgilangan tartibda tegishli choralarni qabul qiladi;
respublikaning barcha hududlarida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek aholi bilan keng koʻlamli muloqot olib boradi hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda aholini avtomatik tarzda xabardor qilish tizimi yaratilishini va boshqarilishini muvofiqlashtirib boradi;
aholini katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida favqulodda vaziyatlar oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar xavfi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
FVDT va fuqaro muhofazasini xabar berish tizimi, aloqa, avtomatlashgan boshqaruv tizimi va axborotlar bilan taʼminlashning doimiy tayyor holatda boʻlishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuz berganligi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish hamda lokal va obyekt darajasida xabar berish tizimi ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar va aholini yuz bergan va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlim oʻzgarishi, atrof muhitning zararlanganlik darajasi, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli va ofatli gidrometeorologik jarayonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish maqsadida mavjud barcha ommaviy axborot vositalari va teleradio eshittirish kanallaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
aholini fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, suv obyektlarida aholining xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bilimini oshirishni tashkil etish va boshqa davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishni tashkillashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllaydi;
jamoat birlashmalarini hamda tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan alohida fuqarolarni, shu jumladan, xorijiy fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini oʻtkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;
g) favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini taʼminlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini boshqaradi va davlat nazoratini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
qutqaruv xizmatlarini, qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish, tayyorlash va doimiy shay holda boʻlishini, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va tugatish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan kuch va vositalarni joylashtirish va jihozlanishini belgilaydi;
(13-bandning “g” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
toʻgʻridan toʻgʻri va operativ boʻysinuvdagi qutqaruv tuzilmalar tomonidan qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni, vazirlik tizimiga kiruvchi, shuningdek ularni amalga oshirishga jalb etiladigan boshqa qutqaruv tuzilmalarning oʻqitilishini tashkil etadi;
katta koʻlamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarni yaratish va shayligini taʼminlash ishlariga rahbarlik qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqaro muhofazasi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tuzilmalari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlari amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiladi, ularning safarbarlik tayyorgarligini rejalashtiradi va tashkil etadi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, fuqaro muhofazasi tizimini shay holga keltirish va xabarlashni tashkillashtirish boʻyicha direktiv hujjatlarni ishlab chiqadi;
fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining jangovar va safarbarlik shayligini taʼminlaydi;
fuqaro muhofazasi harbiy qismlari va tuzilmalarini boshqarishni tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, davlat boshqaruvi organlari, qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan harbiy qoʻshinlar va tuzilmalarning hamkorligini muvofiqlashtirib boradi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan qurol-yarogʻ, texnika, himoya va boshqa moddiy-texnik vositalar boʻyicha davlat buyurtmasi loyihasini tuzadi;
aholining radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi tashkil etilishi, panagohlar va fuqaro muhofazasining boshqa obyektlar yaratilishi va doimiy tayyorgarligini taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqaro muhofazasi shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinash, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida FVDT va fuqaro muhofazasining safarbarlik boʻyicha moddiy-texnik va inson resurslari kuchlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
tegishli davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar aholisiga belgilangan tartibda muruvvat yordami shakllantirilishi va yetkazib berilishini tashkil qiladi;
favqulodda vaziyatlar hududidagi ishlarga jalb qilingan Vazirlik, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlarining xavfsizligini taʼminlash, talofat hududiga Vazirlik tomonidan olib kelingan yuklarni, shu jumladan muruvvat yordami saqlanishini taʼminlaydi;
d) favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:
zilzila, koʻchki, sel, suv bosishi, suv toshqini, qor koʻchkisi va boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen xususiyatli avariya va halokatlarni nazorat qilish va prognozlash tizimining rivojlanishini muvofiqlashtirib boradi;
atrof muhitning holati, xavf manbai yuqori boʻlgan obyektlar va chegaradosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi;
atrof muhit (atmosfera, tuproq va ochiq suv havzalardagi suvlar)ning ifloslanganligini, daryolar atrofida suv toshqini xavfini monitoring qilishni, gidrologik rejimga amalga qilinishini hamda gidrometeorologik maʼlumotlarni tayyorlash, atrof muhitning ekstremal yuqori darajada iflosganligi haqida ogohlantirishni taʼminlaydi;
gidrometeorologik xavfli jarayonlarni kuzatish va prognozlash, sel va qor koʻchkisiga qarshi choralar koʻrilishi lozim boʻlgan hudud va joylarni aniqlashni taʼminlaydi;
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash uchun avtomatlashgan xabarlash tizimini yaratishni, respublikaning barcha hududini qamrab oladigan favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha geografik maʼlumotlar tizimi, shuningdek tabiiy va texnogen xavfli joylarning davlat kadastri olib borilishini taʼminlaydi;
(13-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, almashish va berilishini taʼminlaydi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida, shu jumladan atrof muhitga yetkazilgan moddiy zararni hisoblash usulini ishlab chiqishni tashkil etadi;
e) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublika rahbariyatining topshirigʻiga asosan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan sel, qor, yer koʻchkisi hududlari, suv bosish ehtimoli mavjud hududlardan aholini koʻchirish, ular uchun yangi yashash hududlarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, shuningdek turar-joylar qurilishini, ushbu hududlardan koʻchirilgan fuqarolar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalar barpo etilishini;
favqulodda vaziyatlar yuz berishi mumkin boʻlgan xavfli hududlar (uchastka, joylar)dan aholini evakuatsiya qilish, shuningdek ularga yangi yashash joylarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqarolarni muhofaza qilish sohasidagi qonun talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan halokatlardan jabr koʻrgan yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy muhofaza qilinishi va ushbu sohada tadbirlar amalga oshirilishi nazorati boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning tezkor navbatchilar guruhi bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlar navbatchi dispetcherlik xizmatlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi va boshqaruvini taʼminlaydi;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan yirik va oʻta muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati va xavfsiz ishlashi bilan bogʻliq hodisalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
aholini zarur boʻlgan birinchi navbatdagi moddiy boyliklar bilan taʼminlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun idoraviy, moddiy boyliklar zaxirasini yaratadi;
j) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
(13-bandning “j” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlar xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, gidrometerologiya va seysmoprognostik monitoring boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishni va moliyaviy jihatdan taʼminlanishini, mavjud qutqaruv vositalarini takomillashtirish va yuqori darajadagi yangilarini yaratish, ularni amalga oshirish uchun maxsus-texnik vositalarni yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirishni tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish talablariga rioya qilinishi boʻyicha shaharsozlik hujjatlari va obyektlarni qurish loyihalarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishida qatnashadi;
insonlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida respublikaning barcha suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ularning toʻxtash joylaridan toʻgʻri foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(13-bandning “j” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
potensial xavfli obyektlar va ular chegarasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni, ularning koʻlami va oqibatlarini prognozlashning nazoratini taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlarda aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joyi binolari va iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qiladi;
Vazirlik faoliyati sohasiga oid maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi;
kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazadi, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan, kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va taʼmirlashda koʻrikdan oʻtkazadi;
kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek, kemalarni qurish, qayta jihozlash va taʼmirlashni nazorat qiladi;
kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalarga kema guvohnomalari va biletlarini, tasniflash guvohnomalarini, suzishga yaroqlilik guvohnomalarini hamda kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
kemalarni xavfsiz boshqarishning yangi usullarini tatbiq qilish boʻyicha kemalarning suzish xavfsizligini oshirishni taʼminlovchi tadbirlarni amalga oshiradi.
(13-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
z) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
FVDT va fuqaro muhofazasi kuchlari respublika va mahalliy organlar mansabdor shaxslarini, mutaxassislarni tayyorlash tizimini tashkil qiladi, rivojlantiradi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha kompleks tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi;
aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining fuqarolar, vazirlik, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini, shuningdek umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va ularning oldini olishga tayyorlash boʻyicha oʻquv-uslubiy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
aholini, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, FVDT boʻlinmalari mansabdor shaxslarini tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi,tasdiqlaydi yoki kelishadi, qutqaruvchilarni va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
taʼlim muassasalarining fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish, qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash kabi masalalar boʻyicha oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar va halokatlar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholi barcha toifasini safarbar etish boʻyicha aholi oʻrtasida bilimlarning keng tarqatilishini taʼminlaydi;
aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllaydi va ulardan keng foydalanilishini taʼminlaydi;
i) yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
davlat standartlari, jahon amaliyoti, fan va taʼlim sohasida yoʻnalishlar va innovatsion texnologiyalar talablarini inobatga olib “Aholini favqulodda vaziyatlar xavfsizligi” mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli yuqori malakali magistr darajasida tayyorlashni taʼminlaydi;
Vazirlikning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari va fuqaro tarkibini, hududiy va tarkibiy tuzilmalari qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilarini, shuningdek FVDT tizimiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari va mansabdor shaxslarini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga jalb etiladigan qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
fuqaro muhofazasi, gidrometeorologik, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlaydi.
(13-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
k) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, shu jumladan avariyalar va talafotlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohalarda chet el tajribasini oʻrganish va tatbiq etish sohasida:
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring, shuningdek avariyalar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha hamda Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha xalqaro munosabatlarni amalga oshiradi, shuningdek ushbu yoʻnalishda xalqaro tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtirishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;
(13-bandning “k” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni ishlab chiqishda, tuzishda va bajarishda, shuningdek fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda oʻzaro maʼlumot almashish va yordam berish, qoʻshni davlatlar bilan davlatlararo va chegarada joylashgan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini hal etishda belgilangan tartibda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra BMT tizimining ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarining va boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning markaziy organlarida va mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun, ushbu tashkilotlar bilan kelishilgan shartlarda, belgilangan tartibda vakillar yuboradi;
l) Vazirlik faoliyatini tashkil etish sohasida;
Vazirlikning boshqaruv organlari, qutqaruv va boshqa tuzilmalarining moliyaviy, moddiy va texnik taʼminotini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan belgilangan tartibda moliyalashtirish, keyinchalik ajratilgan moddiy va moliyaviy resurslarning ishlatilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari(qutqaruvchilari)ning majburiy sugʻurta qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, ularning, shuningdek oila aʼzolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi, sogʻligʻi muhofaza qilinishini taʼminlaydi;
maxsus signallar va aloqa vositalari taniqli belgilar bilan belgilangan tartibda taʼminlangan maxsus transport vositalarga ega boʻladi.
m) daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishni taʼminlaydi;
daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganib boradi;
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi;
daryolar oʻzanlarida toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxati tayyorlanishini taʼminlaydi;
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan “m” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son)
n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash ishlarini bajarish sohasida:
buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi va Vazirlikning kapital qurilish va taʼmirlash obyektlarida, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari boʻyicha loyiha qarorlarining samaradorligini taʼminlaydi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha pudratchi ishlarini amalga oshiradi;
qurilish-montaj va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
14. Vazirlik oʻz zimmasidagi vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar, halokatlar, terroristik harakatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur boʻlgan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Vazirlik faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari, ishchi guruh, komissiya (ilmiy, ilmiy-texnik, uslubiy va shu kabilarni) tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarima va boshqa tushumlar hisobidan Vazirlikning budjetdan tashqari fondini belgilangan tartibda tashkil etish, uning mablagʻlarini boshqarish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
Vazirlik ixtiyoridagi davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;
Vazirlik xizmat majburiyatlarini bajarishda, faoliyatni tashkil etish uchun budjet manbasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinadigan mablagʻlar, shuningdek davlat moddiy resurslarini yangilash uchun sotishdan kelib tushadigan mablagʻlar, jarimalar, xayriya mablagʻlari, muruvvat yordam, grant va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar mablagʻlarini tasarruf etish;
avariya-qutqaruv texnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), chet ellik ish bajaruvchilar bilan, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son)
maxsus texnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlashga buyurtmalar berish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ehtiyoj uchun zarur boʻlgan radiovositalar, maxsus jihoz va texnika, boshqa texnik vositalarni olish, ularni saqlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
vazirlik harbiy xizmatchilari, xodimlari va mutaxassislarini, ularning oila aʼzolarini, shuningdek pensionerlarining qonunchilik talablari asosida davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlar orqali ijtimoiy himoyasini taʼminlash;
vazirlik ehtiyojlari uchun kapital qurilishlar, shu jumladan, uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni taʼmirlash va qayta taʼmirlash ishlarini olib borish shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida;
(14-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus radioaloqa, signal berish vositalari, bayroqchalar, tanish belgilari bilan jihozlangan maxsus rangdagi texnik vositalar, uchish vositalari, havo va suv kemalariga egalik qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik koʻrish va ijrosini taʼminlash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
chet el mamlakatlarining tegishli tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda boshqa viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga doimiy shay turadigan hududiy kuch va vositalarni jalb qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Vazirlik zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
16. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
17. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb ataladi) boshqaradi.
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari boʻladi.
18. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlik va uning tarkibida boʻlgan tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari organlarida, shuningdek xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;
vazir oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlikning alohida ish yoʻnalishlari va uchastkalari, shuningdek boʻysunuvidagi tashkilotlarga rahbarlik qilishining belgilangan boʻyicha vakolati, shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparati shtati va tarkibini tasdiqlaydi, shuningdek ularning tasdiqlangan davri va budjet ajratmalari doirasida xarajatlar miqdorini belgilaydi;
buyruqlar, koʻrsatmalar va direktivalar chiqaradi, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
vazirlikning oliy ofitserlari tarkib tomonidan egallanishi mumkin boʻlgan mansablar roʻyxati boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
vazirlik vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi;
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
markaziy apparat tuzilmalarining nizomlarini, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning nizom (ustav) larini tasdiqlaydi;
harbiy xizmatchilarning lavozimi, shuningdek ushbu lavozimga muvofiq keladigan harbiy unvonlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
tuzilmalar shaxsiy tarkibining texnika va asbob-anjomlar bilan taʼminlanish meʼyorlarini tasdiqlaydi;
davlat budjeti hisobidan ajratilgan va belgilangan xizmat resursini oʻtab boʻlgan moddiy-texnik vositalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi boʻyicha hujjatlarni tasdiqlaydi;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari topshiriqlari, shuningdek obyektlarni, qutqaruv tuzilmalari uchun yangi turdagi texnika va texnik vositalarni loyihalashtirish topshiriqlarini tasdiqlaydi;
harbiy xizmatchilarga, polkovnikka qadar hisobga olgan holda, harbiy unvonni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlar tarkibi uchun belgilangan tartibda va muddatda beradi;
vazirlik harbiy xizmatchilarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari bilan kelishgan holda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga qabul qiladi;
vazirlik vakolatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar qabulini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlik tizimida harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari, shuningdek ular oila aʼzolarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash masalalarini hal etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oddiy askar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga xizmat safariga yuboradi;
alohida xizmatlari uchun Vazirlik tizimi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek idoraviy mukofotlarni taʼsis etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuboradi;
idoraviy taqdirlash belgilarini ishlab chiqadi, ushbu belgilar va ularning tasviri haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, ular bilan Vazirlik shaxsiy tarkibini, shuningdek fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari amalga oshirilishiga koʻmaklashgan fuqarolarni taqdirlaydi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning bosh tasarrufchisi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda:
oliy ofitserlar tarkibining, ular uchun belgilangan lavozimlarga tayinlanishi va ozod etilishi toʻgʻrisida;
oliy ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar berilishi toʻgʻrisida;
Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilarining kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tashkil etiladi. Toifalangan tumanlar va shaharlarda — favqulodda vaziyatlar boʻlimlari tashkil etiladi.
20. Vazirlikni harbiy xizmatchilar bilan jamlash belgilangan tartibda, buyurtmanomalar asosida amalga oshiriladi.
Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy va maxsus taʼlim muassasalarida va boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
21. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha vazir oʻrinbosarlari, Vazirlikning hamda unga qarashli tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibdagi hayʼat tuziladi.
Hayʼatning shaxsiy tarkibi va soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashda Vazirlik rahbariyati va boshqa mansabdor shaxslarning ijro intizomi va shaxsiy javobgarligini oshirishni mustahkamlash.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat qarorlari Vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
22. Vazirlik vakolati doirasidagi muhim muammolarni koʻrib chiqish, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, uning tarkibiga tegishli davlat ijro hokimiyati organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin.
Ilmiy-texnik kengashi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy-texnik kengash oʻz faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.
23. Vazirlikning shaxsiy tarkibi harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega boʻladi, ularning namuna-etalonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik texnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilgan maxsus rangga boʻyaladi.
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
24. Vazirlik shaxsiy tarkibini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Ashyoviy taʼminoti meʼyorlari, ulardan foydalanish muddati Vazir tomonidan belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
26. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarorining 1 — 8, 15, 16, 18 — 29-bandlari, shuningdek qarorga 1 — 6 ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2001-yil 2-martdagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QQT, 2001-y., 5-son, 22-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004-y., 4-son, 37-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining”Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyati toʻgʻrisida” 2004-yil 20-apreldagi 186-son qarori(Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004-y., 4-son, 38-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi huzuridagi davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroriga 4-ilovasining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2005-y., 2-son, 12-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori ilovasining 37 va 38-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2010-y., 6-son, 27 modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 69-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2001-y., 22-son, 428-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 818-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)