1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon sugʻoriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2022-yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sugʻorishga yoʻnaltirildi.
Prognoz maʼlumotlarga koʻra, 2023-yil vegetatsiya davrida suv resurslari hajmi koʻp yillik meʼyorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10 — 15 foizga, Amudaryo havzasida 15 — 20 foizga kam boʻlishi kutilmoqda.
2023-yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror taʼminlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
1. 2023-yilda mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mavjud suv resurslarini suv isteʼmolchilari orasida qatʼiy taqsimlagan holda foydalanish;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish;
irrigatsiya tizimlarida suv yoʻqotishlarni kamaytirish;
suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali toʻlov shaffofligini oshirish;
suv resurslarning boshqaruviga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish.
2. Suv xoʻjaligi vazirligining suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda 2023-yilda hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun 1-ilovaga muvofiq suv olish limitlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suv xoʻjaligi vazirligi (A.S. Nazarov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2023-yilda tumanlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv isteʼmolchilari kesimida suv olish limitlarini ishlab chiqsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
3. Suv xoʻjaligi vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan, istisno tariqasida, 2023-yilda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan diskret sugʻorish tizimlarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ham ajratilishiga ruxsat beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qarorida belgilangan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash tartibi saqlab qolinadi.
4. 2023-yilda suv xoʻjaligi obyektlarida raqamli qurilmalarni joriy qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari Suv xoʻjaligi vazirligi (A.S. Nazarov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (O.A. Pekos) bilan birgalikda 2-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M.M. Mirzayev) Suv xoʻjaligi vazirligi (A.S. Nazarov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q.A. Yuldashev) va Qashqadaryo viloyati hokimligi (M.B. Azimov) bilan birgalikda:
2028-yil 1-martga qadar Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tasarrufida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilishi, moliyalashtirish soliq organlarining moddiy rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi, foydalanilgan suv resurslarining isteʼmolchilar kesimida aniq hisobini yuritish tizimi yaratilishi va boshqa zaruriy chora-tadbirlar nazarda tutilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.D. Qudbiyev) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 31-dekabrga qadar suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali toʻlov shaffofligini oshirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son)
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarini maqbullashtirish;
qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini qayta koʻrib chiqish;
suv xoʻjaligida maxsus xizmatlarning moliyalashtirilish tizimini takomillashtirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Suv xoʻjaligi vazirligi (A.S. Nazarov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (O.A. Pekos) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M.M. Mirzayev) bilan birgalikda suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda toʻldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Suv hisobi” AT) yaratsin.
8. 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” ATning joriy qilinadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.
9. Quyidagi maʼlumotlar qishloq xoʻjaligi korxonalari va dehqon xoʻjaliklari kesimida “Suv hisobi” ATga kiritib borilishi taʼminlansin:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili 10-mayga qadar asosiy maydonlarga ekiladigan ekin turlari (paxta, gʻalla, poliz, sabzavot, sholi va boshqalar), har yili 15-iyulga qadar takroriy maydonlarga ekiladigan ekin turlari toʻgʻrisida;
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili 1-avgustga qadar joriy yilda ekilgan ekin turlari boʻyicha belgilangan suv isteʼmoli normativlari va suv olish limitlari toʻgʻrisida.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.D. Qudbiyev):
2024-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilari uchun suvni oʻlchash va boshqarishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga kamaytiruvchi va mazkur texnologiyalar oʻrnatilmagan hollarda soliq stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash boʻyicha 2023-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yil uchun Davlat budjetini ishlab chiqishda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilish choralarini koʻrsin.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A.Ya. Xaydarov), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (T.A. Sattarov) bilan birgalikda 2023-yil noyabr oyiga qadar 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablagʻlarining 50 foizini olgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (D.Sh. Sultanov) Suv xoʻjaligi vazirligi (A.S. Nazarov) bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar Suv xoʻjaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan har oyda suv xoʻjaligi maxsus xizmatlari xodimlari ish haqini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning Suv xoʻjaligi vazirligining alohida hisob raqamiga oʻtkazib borishni tashkil qilish boʻyicha taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) Suv xoʻjaligi vazirligi (Z.A. Irisboyev) bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xoʻjaligi obyektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (D.Sh. Sultanov):
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
uch oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilingunga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-aprel,
PQ-107-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISH LIMITLARI
Hududlar nomi
Suv olish limiti
mln kub metr
shu jumladan oylar boʻyicha
aprel
may
iyun
iyul
avgust
sentabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
3 856,6
460,5
609,6
794,9
837,5
664,3
489,9
Andijon viloyati
1 702,0
197,8
200,3
278,1
476,9
306,1
242,7
Buxoro viloyati
2 077,3
199,4
208,5
374,6
721,8
458,2
114,8
Jizzax viloyati
1 870,3
240,7
299,3
352,6
450,8
319,9
207,0
Qashqadaryo viloyati
2 998,0
465,6
374,8
570,6
848,5
495,7
242,9
Navoiy viloyati
869,0
125,7
143,8
151,4
161,5
150,1
136,5
Namangan viloyati
1 709,7
194,5
273,4
316,5
427,7
349,0
148,6
Samarqand viloyati
2 290,5
213,0
324,9
417,2
542,5
359,0
433,9
Surxondaryo viloyati
2 361,7
276,5
376,0
435,8
494,9
376,8
401,7
Sirdaryo viloyati
1 647,3
150,0
214,4
350,1
468,4
321,3
143,1
Toshkent viloyati
2 395,1
331,0
402,3
440,9
573,6
438,2
209,1
Fargʻona viloyati
2 086,4
262,8
337,5
373,5
419,7
362,5
330,4
Xorazm viloyati
2 588,8
255,6
415,3
535,2
602,8
526,4
253,7
JAMI
28 452,6
3 373,1
4 179,9
5 391,4
7 026,6
5 127,4
3 354,3
Izoh: manbalardagi suvning haqiqiy miqdoridan va ob-havo sharoitidan kelib chiqib, Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv olish limitlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 2-ILOVA
2023-yilda suv xoʻjaligi obyektlarida raqamli qurilmalarni joriy qilish boʻyicha
PROGNOZ KOʻRSATKICHLAR
Hududlar nomi
Jami talab etiladigan mablagʻ
(mlrd soʻm)
shu jumladan
“Aqlli suv” qurilmalari
“Dayver” qurilmalari
suv xoʻjaligi obyektlarini avtomatlashtirish
Qurilmalar
(dona)
Qiymati
(mlrd soʻm)
qurilmalar
(dona)
qiymati
(mlrd soʻm)
obyektlar
(dona)
qiymati
(mlrd soʻm)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
29,4
733
21,9
262
6,5
2
1,0
Andijon viloyati
49,1
1 503
45,1
141
3,5
1
0,5
Buxoro viloyati
30,2
752
22,5
242
6,2
3
1,5
Jizzax viloyati
15,8
362
10,9
174
4,4
1
0,5
Qashqadaryo viloyati
32,8
846
25,4
276
6,9
1
0,5
Navoiy viloyati
8,5
183
5,5
102
2,5
1
0,5
Namangan viloyati
44,6
1 360
40,8
113
2,8
2
1,0
Samarqand viloyati
23,8
708
21,2
66
1,6
2
1,0
Surxondaryo viloyati
20,1
560
16,8
113
2,8
1
0,5
Sirdaryo viloyati
30
848
25,4
165
4,1
1
0,5
Toshkent viloyati
46,1
1 416
42,5
104
2,6
2
1,0
Fargʻona viloyati
50,2
1 479
44,5
187
4,7
2
1,0
Xorazm viloyati
10
187
5,6
155
3,9
1
0,5
JAMI
390,6
10 937
328,1
2 100
52,5
20
10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida mevali bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihalariga tatbiq etilmaydi. Bunda, mevali bogʻ va tokzorlar barpo etgan talabgorlar tomonidan murojaat qilinganda ularga subsidiya mablagʻlarining 100 foizi ajratiladi”;
“2023-yil 1-apreldan boshlab mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablagʻlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga alohida maxsus hisobraqamlar (23210) ochish orqali birinchi navbatda ajratilgan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi”;
2-banddagi jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
ming soʻm
Suvni tejaydigan sugʻorish tizimi turi
Paxta
Don ekinlari
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Poliz ekinlari
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar
Mevali ekinlar
Uzum
Tomchilatib sugʻorish
8 000*
x
8 000
1 300
2 500***
6 000
8 000
Keng qamrovli va mobil sugʻorish tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
“Sprinkler” tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 000***
x
x
Diskretli sugʻorish
4 000
x
x
x
x
x
x
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi.
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi.
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, keng qamrovli va mobil sugʻorish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xoʻjaliklariga 8 000 ming soʻm etib belgilanadi”;
3.1-pozitsiyadagi “gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli gidravlik avtomat filtr va oʻgʻit berish moslamasi” soʻzlari “gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.2-pozitsiyadagi “gidrotsiklonli, qumli, diskli yoki setkali hamda tozalanishi avtomatlashtirilgan filtr va oʻgʻit berish moslamasi” soʻzlari “diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va oʻgʻit berish moslamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1 gektar ekin maydoni uchun 25 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha loyiha sonidan qatʼi nazar, tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda
Diskretli sugʻorish
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
”;
“Donli ekinlar*” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Donli ekinlar*
Keng qamrovli va mobil sugʻorish
1 gektar ekin maydoni uchun 25 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha loyiha sonidan qatʼi nazar, tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda
“Sprinkler” tizimi
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 95-son qaroriga 1-ilovada:
a) 19-banddagi “hududiy ishchi guruhga” soʻzlari “tegishli vazirlik va idoralarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatining 1421- va 1431-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 441-son qaroriga 3-ilovaning 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4499-son qarorining 11-bandi hamda qarorga 2-ilova.