1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning o‘zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy ko‘rsatkichi sug‘oriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi.
Biroq, suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va o‘rnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi ko‘nikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning o‘z vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
2. 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida:
230 ming gektar, shu jumladan 160 ming gektar paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sug‘orish;
28 ming gektar, shu jumladan 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish;
2 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida diskretli sug‘orish tizimlari joriy qilinishini;
218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etsin;
b) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda natijalarini tanqidiy muhokama qilib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U.M. Mustafoyev), Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi (B.F. Islamov) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin, bunda:
suvni tejaydigan tizimlar, birinchi navbatda, yirik suv uzatish va suv chiqarish tarmoqlarining bosh qismida joriy etilishi lozimligini inobatga olgan holda “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga;
ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda doimiy ravishda uzluksiz elektr energiyasi va suv bilan ta’minlash imkoni mavjudligiga e’tibor qaratilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
4. 2022-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq hisob-kitob qilingandan so‘ng ajratiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
2023-yil 1-apreldan boshlab mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablag‘lari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga alohida maxsus hisobraqamlar (23210) ochish orqali birinchi navbatda ajratilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi va yer uchastkasi yoki uning bir qismi faqat qonunda belgilangan tartibdagina jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat etiladi;
(5-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2021-yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun Davlat budjetidan subsidiya mablag‘larini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini sug‘orish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022-yil sug‘orish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma.
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qat’iy nazoratga olsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
6. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash uchun respublika budjetidan 1 182,4 mlrd so‘m mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
7. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan ekin maydonlari uzluksiz:
suv bilan ta’minlanishiga — suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev;
elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
8. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhi bosh inspektori lavozimi (keyingi o‘rinlarda — ichki audit guruhi bosh inspektori) joriy etilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Suv xo‘jaligi vazirligining ichki audit xizmatiga qo‘shimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin.
a) ichki audit guruhi bosh inspektori bevosita Suv xo‘jaligi vazirligining ichki audit xizmatiga bo‘ysunadi;
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
b) ichki audit guruhi bosh inspektorining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
(8-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarning to‘g‘ri hisoblanganligini hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini o‘rganish;
joriy qilingan suvni tejaydigan tizimlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
Suv xo‘jaligi vazirligiga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosa kiritish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni hamda bu borada amalga oshirilgan buxgalteriya operatsiyalarini doimiy monitoring qilib borish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan yuritiladigan suvni tejaydigan tizimlarning joriy qilingan maydonlari bo‘yicha hisobotlarning haqqoniyligini nazorat qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
9. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sh.Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tgan yillarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini sifatli amalga oshirgan hamda bozor iqtisodiyotida erkin raqobat talablariga to‘liq javob bera oladigan “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda — “Tomchi-reestr” YAER) ishlab chiqsin.
“Tomchi-reestr” YAERni ishlab chiqishda, jumladan quyidagilarga e’tibor qaratilsin:
korxonaning ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishiga;
korxona tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik maqomiga ega bo‘lishiga;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan soliq xavfi darajasiga;
loyihani amalga oshirish uchun zarur texnika, malakali mutaxassis, jumladan loyihachi, injener va agronomlar bilan ta’minlanganlik darajasiga;
amalga oshirilgan loyihalar doirasida fermer xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilganligiga.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
10. “Tomchi-reestr” YAERga kiritiladigan subyektlarni aniqlash uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga:
Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xodimlar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, to‘langan soliqlar va ish haqi fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qo‘yilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (K.A. Yuldashev) Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) hamda Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda 2022-yil 10-martga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Agro-subsidiya” YAAT) joriy qilinishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
12. “Agro-subsidiya” YAAT hamda “Tomchi-reestr” YAERdan foydalanish xarajatlari Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4499-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan:
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etilishi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun foydalanishga suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ruxsat etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qat’iy nazoratga olsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) va Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda 10 gektardan kam bo‘lmagan paxta va boshoqli don maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
15. Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A.M. To‘rayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R.R. Xakimov) bilan birgalikda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan g‘o‘za maydonlarida sug‘orish me’yorlari, g‘o‘zaning rivojini ta’minlashga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyiha tayyorlasin va ekspertiza natijalariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid Davlat dasturlari doirasida amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
16. Quyidagilarga:
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga — xolislik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash;
suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga — hududlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish tizimini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimini montaj qilish va servis xizmati ko‘rsatish guruhlari tashkil etilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, suvni tejaydigan texnologiyalar orqali paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R.R. Boboyev zimmasiga — barcha yangi tashkil etilayotgan sanoatbop uzum plantatsiyalariga tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
17. Suv xo‘jaligi vazirligi (A.A. Mirzayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Sh.Sh. Mirzayev) va Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
19. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
PQ-144-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha
PROGNOZ KO‘RSATKICHLAR
Hududlar nomi
Jami reja bo‘yicha,
ga
Shu jumladan:
yerlarni lazerli tekislash,
ga
tomchilatib sug‘orish,
ga
shundan
yomg‘irlatib sug‘orish,
ga
shundan
diskretli sug‘orish,
ga
paxta,
ga
bog‘,
ga
tok,
ga
boshqalar,
ga
g‘alla,
ga
sabzavot-poliz,
ga
ozuqabop ekinlar,
ga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
17 422
15 418
12 200
1 500
1 300
418
1 904
1 904
100
29 500
Andijon viloyati
19 010
16 824
13 000
2 000
1 300
524
1 986
1 986
200
11 000
Buxoro viloyati
21 839
19 227
13 250
3 100
2 400
477
2 612
2 612
14 900
Jizzax viloyati
21 447
18 981
13 850
3 400
1 500
231
2 266
1 706
260
300
200
10 000
Qashqadaryo viloyati
23 681
20 958
12 800
4 100
3 500
558
2 723
2 400
60
263
12 400
Navoiy viloyati
16 403
14 517
10 700
2 000
1 200
617
1 886
1 730
30
126
11 800
Namangan viloyati
20 544
18 181
11 500
3 700
2 500
481
2 000
2 000
363
10 600
Samarqand viloyati
21 328
18 875
11 800
3 900
2 900
275
2 453
2 453
15 200
Surxondaryo viloyati
19 187
16 980
12 300
2 500
1 800
380
2 207
2 207
15 800
Sirdaryo viloyati
17 736
15 696
12 100
1 900
1 400
296
1 360
1 360
680
19 500
Toshkent viloyati
20 788
18 397
12 200
3 800
2 200
197
2 191
1 200
680
311
200
19 000
Farg‘ona viloyati
21 377
18 919
11 100
4 100
3 500
219
2 280
1 442
838
178
17 800
Xorazm viloyati
19 238
17 026
13 200
2 000
1 500
326
2 132
2 000
132
80
30 500
JAMI
260 000
230 000
160 000
38 000
27 000
5 000
28 000
25 000
2 000
1 000
2 000
218 000
Izoh: mazkur prognoz ko‘rsatkichlarga ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun
SUBSIDIYALAR
I. Joriy etilganda sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladigan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari:
a) tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlikning ildizi yonidagi zonaga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug‘orish usuli;
b) yomg‘irlatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning tuproq va o‘simliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomg‘irlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan:
keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda — keng qamrovli sug‘orish tizimi) — aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
mobil yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda — mobil sug‘orish tizimi) — ko‘chma tirkama va baraban tipidagi agregat yordamida ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
v) yerni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislagan tarzda diskret sug‘orish usuli (keyingi o‘rinlarda — diskretli sug‘orish) — lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida suvni tanaffuslar bilan bergan holda sug‘orish usuli.
II. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari tarkibiy qismlarining ta’riflari:
Hovuz-tindirgich — oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sug‘orish uchun zarur bo‘ladigan suv zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan inshoot.
Nasos stansiyasi — suvni manbadan ekinlarni sug‘orish uchun zarur miqdor va kerakli bosimda yetkazib berishga mo‘ljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilg‘i yoki boshqa muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma.
Filtrlash stansiyasi — sug‘orishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda zarralarni suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga mo‘ljallangan qurilma.
Bosh (magistral) quvur — kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Tarqatuvchi quvur — suvni bosh quvurdan olib tomizg‘ichli sug‘orish shlanglariga yetkazib va taqsimlab berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Tomizg‘ichli sug‘orish shlanglari — ekinlar qatorlari oralariga yotqiziladigan va belgilangan me’yordagi suvni o‘simlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan tomizgichli shlanglar.
Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi — suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlatishda inson omilini kamaytirish orqali o‘simliklarga suv va mineral o‘g‘itni eng samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga mo‘ljallangan uskuna va dasturiy ta’minot majmuasi.
Tomizg‘ichli shlang tarqatuvchi va yig‘ishtiruvchi uskuna — bir mavsumli ekin qatorlari oralariga yotqiziladigan tomchilatib sug‘orish tizimi shlang (lenta)larini tarqatishda va mavsum oxirida yig‘ishtirib olishda foydalaniladigan qurilma majmuasi.
Suv hisoblagich — sug‘orishda foydalaniladigan suvning avtomatik tarzda hisobini yurituvchi qurilma.
III. Subsidiyalar miqdorlari:
1. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdori uning bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi:
ming so‘m
Suv tejovchi sug‘orish tizimi turi*****
Paxta
Donli ekinlar
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Poliz ekinlari
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar
Mevali ekinlar
Uzum
Sholi
Tomchilatib sug‘orish
8 000*
8 000
8 000
1 300
2 500***
6 000
8 000
8 000****
Keng qamrovli va mobil sug‘orish tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
8 000****
“Sprinkler” tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
8 000****
Diskretli sug‘orish
4 000
4 000
x
x
x
x
x
X
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun 12 000 ming so‘m etib belgilanadi.
** Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarda joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming so‘m etib belgilanadi.
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sug‘orish, keng qamrovli va mobil sug‘orish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xo‘jaliklariga 8 000 ming so‘m etib belgilanadi.
**** Subsidiyalar faqat Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi sholi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratiladi.
***** Ushbu texnologiyalar suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan sug‘oriladigan yer maydonlarida joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son)
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-son qaroriga 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5005-son qarorining 6-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5055-son qarorida: