Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qarori ijrosini soʻzsiz taʼminlash hamda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Eltech Industrial” texnoparki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taʼsischiligida 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 9 nafar shtat birligidan iborat davlat muassasasi shaklidagi “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” tashkil etilsin hamda uning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
3. Direksiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Texnopark bosh rejasini va arxitektura-rejalashtirish ishlarini ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ishtirok etish;
Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish toʻgʻrisidagi takliflarni shakllantirish;
Texnopark qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularning reyestrini yuritish;
Texnopark hududiga bosh rejaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) qaroriga muvofiq maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirib borish;
Texnopark ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirishi, mahsulotlarni eksport qilishi, yangi ish oʻrinlari yaratishi hamda investitsiyaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan tezkor monitoring oʻrnatish;
Texnopark hududida joylashtirilgan loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish va korxonalarning toʻxtovsiz faoliyat yuritishini taʼminlashda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ishtirokchilarga koʻmaklashish;
xalqaro konsultant va ilgʻor tajribaga ega chet el kompaniyasini Texnopark faoliyatini boshqarish uchun jalb etish;
Texnopark hududida mis, noyob metallar va boshqa maʼdanli mineral resurslarni qayta ishlashning koʻp pogʻonali texnologik zanjirlarini oʻzlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro konsultantlar tavsiyalari asosida takliflarni ishlab chiqish;
Texnopark hududida kon-metallurgiya va unga bogʻliq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar, avtomatlashtirish vositalari hamda boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro konsultantlar tavsiyalari asosida takliflarni ishlab chiqish;
Texnopark hududida ekologiya va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob beradigan, energiya samarador va “yashil” texnologiyalarni qoʻllash asosida investitsiya loyihalarni amalga oshirish taklifini ishlab chiqish;
“Yagona darcha” tamoyili asosida texnopark ishtirokchilariga xalqaro standartlarni qoʻllash, mahsulotlar muvofiqligini baholash va sertifikatlashtirish, maʼmuriy, logistika, davlat organlaridan ruxsatnomalar olish va roʻyxatdan oʻtishga koʻmaklashish kabi xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etish;
Texnopark ishtirokchilari va mahalliy korxonalar oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi uchun qulay shart-sharoit yaratish.
4. Direksiya Texnopark ishtirokchilarining transport va logistika xizmatlari xarajatlarini minimallashtirish maqsadida Texnopark hududida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini oʻz ichiga olgan zamonaviy logistika xizmatini tashkil etish choralarini koʻrsin.
5. Belgilansinki:
Direksiya xodimlari mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat boʻlgan tarkibda shakllantiriladi;
Direksiyada faoliyat yuritadigan mahalliy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash razryadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi 92-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Moliya vazirligi tomonidan Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi talabnomasiga asosan 2022-yildagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining ortiqcha daromadlari hisobidan hamda 2023-yil uchun belgilangan tartib asosida respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining talabnomasiga asosan 2025-yildagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining ortiqcha daromadlari hisobidan hamda 2026-yil uchun belgilangan tartib asosida respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
2024-yil va kelgusi yillar uchun Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Texnopark hududidagi bino va inshootlarni ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) boʻyicha Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionlardan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2027-yil va kelgusi yillar uchun Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Texnopark hududidagi bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) boʻyicha Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionlardan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
6. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Direksiyaga jalb qilinadigan xalqaro ekspertlar va konsalting kompaniyasining xizmat haqlari bilan bogʻliq xarajatlarni homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Toshkent viloyati hokimligi Texnopark bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish xarajatlarini Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qaroriga asosan daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni yakuniga yetkazsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisining Mis sanoati klasteri elektron axborot-interaktiv savdo portalida 2023-yil 1-yanvarga qadar kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoati korxonalari, shu jumladan, Texnopark ishtirokchilari uchun mahsulotlarni sotish va xarid qilish xizmati ishga tushirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisiga davlat xaridlari elektron tizimining operatori huquqini rasmiylashtirsin.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-avgust,
459-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 459-son qaroriga
1-ILOVA
“Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi
TUZILMASI

Direktor

Xalqaro ekspertlar *

Direktor oʻrinbosari

Xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish va texnopark ishtirokchilari bilan ishlash boʻlimi

3

Bosh yuriskonsult

1

Bosh buxgalter

1

Texnopark infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi

3

Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish muhandisi

1

Fargʻona filiali

1

Xorazm filiali

1

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 13 nafar.
Izoh. Direksiyaga jalb etiladigan xorijiy ekspertlarning xizmat haqlari “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi tavsiya etilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 702-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/702/0851-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 459-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, faoliyatini va hisobotini tashkil etish, shuningdek, funksional majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya — “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Muassis — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
Maxsus komissiya — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya;
Loyiha ofisi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) operativ boshqaruv huquqi bilan oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan tartibda, oʻz faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
4. Direksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom doirasida amalga oshiradi.
5. Direksiya yuridik shaxs hisoblanib, alohida mol-mulk, mustaqil balans, bankdagi hisobvaraqlarga, shu jumladan, chet el valyutasi hisobvaraqlarga, shuningdek, emblemasiga, shtampiga va oʻz nomi davlat tilida yozilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan muhrga va boshqa rekvizitlarga egalik qiladi.
6. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” Davlat muassasasi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qisqartirilgan nomi — “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” DM;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
b) pyc tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Direksiya po upravleniyu texnoparkom “Eltech Industrial”;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qisqartirilgan nomi — GU “Direksiya po upravleniyu texnoparkom “Eltech Industrial”;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
v) ingliz tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — State institution “Directorate for the management of the technopark “Eltech Industrial”;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qisqartirilgan nomi — SI “Directorate for the management of the technopark “Eltech Industrial”.
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
7. Direksiya Toshkent viloyati, Ohangaron shahar hokimligiga tegishli Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, Oxunoboyev koʻchasi, 1-uy manzilida 2024-yil 1-yanvarga qadar tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi hamda kelgusi yillarda Texnopark Bosh rejasiga asosan quriladigan maʼmuriy binosiga joylashtiriladi.
8. Direksiya oʻzining Muassisi bilan kelishgan holda tijorat tashkilotlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning ishtirokiga ruxsat etiladigan tijorat tashkilotlarining ishtirokchisi (aksiyadori, aʼzosi) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining taʼsischisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. Direksiyaning asosiy maqsadi mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan “Eltech Industrial” texnoparki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) faoliyatini boshqarish hisoblanib, Texnopark ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtda bajarilishi, Texnopark hududida huquqiy meʼyorlarga rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, Texnopark hududidagi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga xizmat koʻrsatishga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa ishlarning bajarilishini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
11. Direksiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparki qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Eltech Industrial” texnoparki hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Eltech Industrial” texnoparki qatnashchilari bilan faoliyat koʻrsatmay turgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni sotish hamda Maxsus komissiya bilan kelishilgan holda qonunchilikka muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Loyiha ofisiga taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparki hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus komissiya qarorlari va “Eltech Industrial” texnoparkning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparki hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan obyektlardagi koʻchmas mulkni Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Eltech Industrial” texnoparki qatnashchilariga, shu jumladan, davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Maxsus komissiya vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni hamda faoliyat koʻrsatmay turgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni sotish toʻgʻrisidagi shartnomalarni bekor qilish haqida Muassis qarorlari asosida sudga daʼvo arizalari bilan murojaat qilish;
Direksiya faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish;
mis, noyob metallar va boshqa maʼdanli mineral resurslarni qayta ishlashning koʻp pogʻonali texnologik zanjirlarini oʻzlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
kon-metallurgiya va unga bogʻliq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar, avtomatlashtirish vositalari hamda boshqa asbob-jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Texnopark hududida ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob beradigan, energiya samarador va “yashil” texnologiyalarni qoʻllash asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;
“Yagona darcha” uslubida texnopark ishtirokchilariga xalqaro standartlarni qoʻllash, mahsulotlar muvofiqligini baholash va sertifikatlashtirish, maʼmuriy, logistika, davlat organlaridan ruxsatnomalar olish va roʻyxatdan oʻtishga koʻmaklashish kabi xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etish;
Texnopark ishtirokchilari va mahalliy korxonalar oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi uchun qulay shart-sharoit yaratish.
12. Direksiya qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Maxsus komissiyaga, Muassisga va Loyiha ofisiga hisobdor hisoblanadi.
14. Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan Maxsus komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning Loyiha ofisi bilan kelishilgan holda Texnopark hududida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifini tasdiqlash;
Texnoparkni rivojlantirish boʻyicha Direksiya faoliyati yoʻnalishi va strategik vazifalarni belgilash;
Texnoparkning samarali faoliyatini taʼminlash uchun tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek, ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Direksiya faoliyati toʻgʻrisida hisobotlarni har chorakda bir marotaba eshitish;
Direksiya direktorini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha Muassisga tegishli takliflar kiritish.
Maxsus komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Loyiha ofisi Direksiya faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish, ularni tahlil qilish;
Direksiyaga Texnopark hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida taklif va tavsiyalar berish;
Direksiya faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Maxsus komissiyaga taqdim etish;
Direksiya ishchilari va direktorining malakasini oshirishni tashkil etish.
Loyiha ofisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
16. Direksiya faoliyatiga rahbarlik qilish Maxsus komissiya taklifiga koʻra Muassis tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiyaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash Muassis tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
17. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
18. Direktor:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga asosan Direksiya xodimlari mehnatini muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normalar va tartiblarga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Loyiha ofisi bilan kelishilgan holda Texnoparkni rivojlantirish boʻyicha Texnopark hududida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish taklifini ishlab chiqadi;
Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishga oid tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ishlaydi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, chet el mamlakatlarida uning manfaatlarini himoya qiladi;
mehnat shartnomasiga asosan xodimlarni ishga qabul qiladi;
xodimlar malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar beradi;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
19. Direktor oʻzining huquq va majburiyatlarini bajarishda Direksiya manfaatlari doirasida ish olib boradi va oʻrnatilgan tartibda davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlanadigan barcha toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning amalga oshirilishi, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha daʼvolarni qondirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
20. Direktor qonunchilikda belgilangan tartibda Direksiyaning oʻz mablagʻlarini boshqaradi va amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan hisobotlarni taqdim etib boradi.
21. Direktor oʻziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga topshirilgan davlat mulkining saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
4-bob. Direksiya ustav fondi shakllantirilishi va uning miqdori
22. Direksiyaning ustav jamgʻarmasi quyidagi mablagʻlardan shakllantiriladi:
respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Muassis tomonidan beriladigan mol-mulk;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan aktivlar.
23. Direksiyaning ustav fondi 2 000 000 000 (ikki milliard) soʻm.
5-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
24. Direksiya daromadlari quyidagilardan shakllantiriladi:
koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Texnopark hududida bino va inshootlarni ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) boʻyicha Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionlardan olinadigan daromadlar;
xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari grantlari, donorlik mablagʻlari, homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan.
6-bob. Daromadlarni (foyda) taqsimlash va zararni qoplash tartibi
25. Direksiyaning sof foydasi Direksiya ixtiyorida qoladi hamda Maxsus komissiya va Muassis bilan kelishilgan holda foydalaniladi.
26. Muassis Maxsus komissiya bilan kelishilgan holda oʻzining qaroriga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan xayriya mablagʻlari summasini belgilaydi va ularni tasarruf etish huquqini Direktorga topshiradi.
27. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga, miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadigan zaxira jamgʻarmasini, shuningdek, boshqa jamgʻarmalarni belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
7-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
28. Hisobot davri soʻngida Direksiya vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa hisobotlarni taqdim etadi, shuningdek, hujjatlarning saqlanishiga va belgilangan tartibda saqlash uchun davlat idoralariga topshirishga javobgar hisoblanadi.
29. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida Direksiya faoliyatini nazorat qilish Muassis tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Direktor har chorakda Muassis va Loyiha ofisiga Direksiya faoliyati natijalari boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.
8-bob. Direksiya javobgarligi
31. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Mol-mulk yetarli darajada boʻlmagan taqdirda Muassis Direksiya majburiyatlari boʻyicha yordamchi javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
32. Direksiya Muassisning majburiyatlari uchun javobgar emas.
9-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
33. Direksiya qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Mazkur Nizomda tartibga solinmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
35. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2022-y., 09/22/459/0755-son; 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son; 25.10.2024-y., 09/24/702/0851-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)