1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qaror
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-iyun,
1172-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1172-son qaroriga ILOVA
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq referendum uchastkalarini tuzish, referendumni o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining (bundan buyon matnda uchastka komissiyalari deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlash va uchastka komissiyalari faoliyatining tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari (bundan buyon matnda okrug komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Harbiy qismlarda referendum uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug komissiyalari tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish, uchastka komissiyalarini shakllantirish tartibi va ularning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi.
2. Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n besh kundan kechikmay tuziladi.
Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi.
3. Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning, qoida tariqasida, kamida yigirma va ko‘pi bilan uch ming nafaridan iborat etib tuziladi.
4. Uchastka komissiyasi okrug komissiyasi tomonidan referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
II bob. Uchastka komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar
5. Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar uchastka komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Referendum o‘tkazuvchi boshqa komissiyalarning a’zolari, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
6. Uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka komissiyalari mustasno.
Uchastka komissiyasi a’zolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zaxiralardan foydalanish tavsiya etiladi:
saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari;
huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsultlar, advokatlar va h.k.);
xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar.
7. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (bundan buyon matnda SYAER deb yuritiladi) kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir uchastka komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zaxira) bo‘lishi tavsiya etiladi.
8. Uchastka komissiyalari tarkibida, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida ayol va erkaklarning teng vakilligini ta’minlashga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarni tarkibga kiritilishiga e’tibor qaratilishi kerak.
III bob. Uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
9. Referendumni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining takliflariga asosan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi.
Harbiy qismlar, sanatoriylar va dam olish uylari, kasalxonalar hamda boshqa statsionar davolash muassasalari rahbarlari tomonidan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar mazkur tashkilot xodimlari orasidan referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma kundan kechikmay okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
10. Referendum uchastkalari tuzilganidan keyin:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yig‘inida yoki fuqarolar vakillarining yig‘ilishida yoxud fuqarolar yig‘ini majlisida;
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yig‘ilishida uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yig‘ilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun taklif qilinadi.
11. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma kundan kechikmay fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘z majlislarida reglamentda belgilangan tartibda muhokama etadi.
Muhokama natijalariga ko‘ra uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va nomzodlarning tuzilgan ro‘yxati o‘sha kunning o‘zida tegishli okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
12. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendum uchastkalari referendumga kamida 5 kun qolganda tuzilsa, okrug komissiyalariga referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma bilan birga uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror ham taqdim qilinadi.
13. Uchastka komissiyasining tarkibi tegishli okrug komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
14. Uchastka komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi okrug komissiyasining qarori mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi.
IV bob. Uchastka komissiyasi tarkibidan chiqarish yoki tarkibini o‘zgartirish
15. Quyidagi hollarda uchastka komissiyasi a’zosi o‘z arizasiga yoki uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qaroriga ko‘ra komissiya tarkibidan chiqariladi:
referendum o‘tkazuvchi boshqa komissiya tarkibiga saylanganda;
siyosiy partiyaga a’zo bo‘lganda;
viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda);
prokuratura yoki sudga mas’ul lavozimga tayinlanganda (saylanganda).
Uchastka komissiyasi a’zosi o‘z xohishiga binoan bergan arizasiga ko‘ra boshqa hollarda ham uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
16. Uchastka komissiyasi a’zosi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilgan taqdirda, u komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan vakolatlaridan mahrum etilishi mumkin.
Bunda komissiya a’zosining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilganligiga oid holat u a’zo bo‘lgan komissiyaning dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
17. Uchastka komissiyasi a’zosi komissiya tarkibidan chiqarilgan yoki komissiya a’zolarining soni ko‘paytirilgan hollarda komissiyaning yangi a’zosi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
V bob. Uchastka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
18. Uchastka komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
19. Uchastka komissiyasi a’zosi o‘z vakolat muddati tugaguniga qadar referendum davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishi yoki uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas.
20. Uchastka komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolariga tegishincha mazkur Nizomning 1, 2, 3 yoki 4-ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Uchastka komissiyasi raisining guvohnomasi okrug komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va okrug komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolarining guvohnomalari uchastka komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
21. Uchastka komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
22. Uchastka komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab o‘tkaziladigan majlisi hisoblanadi.
Uchastka komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
23. Uchastka komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga ko‘ra yoki komissiya a’zolari umumiy tarkibining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
24. Uchastka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li orqali komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
25. Uchastka komissiyasi o‘z faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Majlisda kun tartibi, unda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ismi, familiyasi, otasining ismi, ko‘rilgan har bir masala bo‘yicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror aks etgan bayonnoma yuritiladi.
Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga majlisda qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa hujjatlar, shuningdek komissiya a’zolarining u yoki bu masala yuzasidan alohida fikrlari yozma shaklda ilova qilinadi.
26. Uchastka komissiyasining majlislarida yuqori turuvchi komissiya a’zolari, siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar (bundan buyon matnda mahalliy kuzatuvchilar deb yuritiladi), ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin.
27. Uchastka komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarida, shuningdek referendum kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
VI bob. Uchastka komissiyasining vakolatlari
28. Uchastka komissiyasi:
referendum uchastkasi bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYAER asosida tuzadi;
fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarni ro‘yxat bilan tanishib chiqish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi;
referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va muddatidan oldin ovoz bergan ovoz beruvchi fuqarolardan to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlarini (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
aholini referendum kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari, ovoz berish qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan mazkur Nizomning 5, 6 va 7-ilovalariga muvofiq tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
referendum kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan ovoz beruvchi fuqarolarning iltimosiga binoan ular turgan joyda ovoz berishni tashkil etadi;
ovozlarni sanab chiqadi;
ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
29. Uchastka komissiyasi raisi:
uchastka komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
uchastka komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi;
komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;
uchastka komissiyasining qarorlarini, uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolarining guvohnomalarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya a’zolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlaydi;
ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun uchastka komissiyasi a’zolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi.
uchastka komissiyasi a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida okrug komissiyasini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi;
referendum yakunlari e’lon qilinganidan so‘ng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman davlat arxiviga hamda shahar va tuman hokimliklariga topshiradi;
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka komissiyasi raisi o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek uchastka komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari rais o‘rinbosari yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
30. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari:
komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
uchastka komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi;
uchastka komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi;
uchastka komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
o‘z vakolatlari doirasida uchastka komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi;
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek u bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari komissiya kotibi yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
31. Uchastka komissiyasi kotibi:
uchastka komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
uchastka komissiyasi a’zolarini komissiya majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi;
uchastka komissiyasi raisi va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi;
uchastka komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi;
okrug komissiyasi kotibidan SJBATga kirish uchun tegishli ma’lumotlarni oladi;
ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYAERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi;
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
32. Uchastka komissiyasining a’zosi:
uchastka komissiyasi raisi tomonidan taqsimlangan taqsimotga asosan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hamda rais va uning o‘rinbosari topshiriqlarini o‘z vaqtida, sifatli bajaradi;
uchastka komissiyasi majlislarida qatnashadi;
ko‘rib chiqish o‘ziga yuklatilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
uchastka komissiyasi raisi tomonidan ovoz berish kunidagi belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular to‘g‘risida darhol rais yoki rais o‘rinbosarini xabardor qiladi;
ovoz beruvchi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun ovoz berish byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi;
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga ovoz berish jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
33. Uchastka komissiyasining a’zosi quyidagi huquqlarga ega:
komissiya majlislari haqida oldindan xabardor bo‘lish;
komissiya majlislarida ishtirok etish;
komissiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan taklif kiritish va mazkur masala bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishini talab qilish;
komissiyaning referendumga oid hujjatlari bilan tanishish hamda bu hujjatlarning nusxalarini olish;
komissiya majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan ovoz berish va uning qarorlarini qonunda belgilangan tartibda imzolash.
34. Davlat organlari va jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchastka komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
35. Uchastka komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va uchastka komissiyasiga javob qaytarishi shart.
36. Uchastka komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
37. Uchastka komissiyasi mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi muhrga ega bo‘ladi.
VII bob. Uchastka komissiyasi ishini rejalashtirish va tashkil qilish
38. Uchastka komissiyasi okrug komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
bir kunlik muddatda uchastka komissiyasining birinchi tashkiliy majlisida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi:
uchastka komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ish rejasini tasdiqlash;
uchastka komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan fuqarolarning har kunlik qabulini tashkil etish;
uchastka komissiyasi a’zolarining navbatchiligini tashkil qilish;
uchastka komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish.
39. Uchastka komissiyasi joylashgan binoni belgilangan tartibda jihozlashga zarur bo‘lgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
40. Ovoz beruvchi fuqarolarni uchastka komissiyasining telefon raqami, ish vaqti va ovoz berish joyi haqida xabardor qiladi.
41. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlarining tuzilishini va ularning referendumga kamida o‘n kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini ta’minlaydi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
42. Referendum uchastkasi hududida yashovchi birinchi marta ovoz beruvchi, bemor, yoshi ulug‘ hamda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini shakllantiradi.
43. Okrug komissiyalaridan dalolatnoma asosida byulletenlarni hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretni qabul qilib oladi va ularning saqlanishini ta’minlaydi.
44. Ovoz beruvchi fuqarolarni ovoz berish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida referendumdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.
45. Okrug komissiyasidan olingan byulletenlarni ikki nafar uchastka komissiyasi a’zosining imzosi va komissiya muhri bilan tasdiqlaydi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi.
VIII bob. Uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonalarini jihozlash
46. Referendum uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan binolar va jihozlarni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchastka komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish xonalari tuman va shahar hokimliklari tomonidan uchastka komissiyalariga referendum o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
47. Uchastka komissiyalari joylashgan binolar o‘rnatilgan tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
referendum uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;
yorug‘ va keng ovoz berish xonasi;
qulflanadigan seyf yoki metall shkaf;
yozuv anjomlari bilan ta’minlangan yashirin ovoz berish kabinalari (1000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 2 ta, 2000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 3 ta, 3000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 4 ta);
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan yashirin ovoz berish kabinalari;
statsionar ovoz berish qutisi;
ko‘chma ovoz berish qutisi;
plastmassali plombalar (umumiy 7 dona, shundan, 3 tasi statsionar ovoz berish qutisi uchun, 1 tasi ko‘chma ovoz berish qutisi uchun, 1 tasi qop uchun, 2 tasi zaxira uchun);
uchastka komissiyasining muhri;
zarur mebellar, orgtexnika vositalari (kompyuter, printer, skaner, nusxa ko‘chiruvchi uskuna, UPS), telefon, televizor;
ikkitadan kam bo‘lmagan SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli bo‘lgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz Internet aloqasi;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
yong‘inga qarshi vositalar.
Uchastka komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yo‘laklar ozoda va ta’mirlangan, yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga ovoz berish byulletenining namunasi va uni to‘ldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan bo‘lsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi. Agar referendumga qo‘yilgan qonun loyihasi amaldagi qonunning bekor qilinishini yoki unga o‘zgartishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o‘zgartirilishi yoxud qo‘shimchalar kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni joylashtiriladi.
(47-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-sonli qarori tahririda)
48. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi:
referendum sanasiga bag‘ishlangan plakatlar (O‘zbekiston Respublikasi referendumiga___ kun qoldi);
referendum uchastkasining xaritasi;
uchastka komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali;
referendumga qo‘yilgan masala haqida axborot;
fuqarolar murojaati uchun Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni yoki elektron manzili, okrug komissiyasi, tegishli tuman (shahar) sudi va prokuraturasining telefon raqamlari aks ettirilgan ma’lumotlar;
ovoz berish tartibi;
ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati;
referendumga oid infografik ko‘rinishdagi tushuntirish materiallari va axborotlar.
49. Ovoz berish xonasiga olib boruvchi yo‘llarda referendum uchastkasining mazkur Nizomning 9-ilovasida belgilangan shakldagi ko‘rsatkichlari ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi kerak.
50. Uchastka komissiyasi binosi peshtoqiga mazkur Nizomning 10-ilovasida belgilangan shaklda referendum uchastkasi tartib raqami yozilgan peshlavha joylashtiriladi, binoga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) bo‘lishi va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 30° dan ko‘p bo‘lmagan) mos kelishi kerak.
51. Uchastka komissiyasida yuritiladigan quyidagi ish yuritish daftari va jildlari bo‘lishi lozim:
uchastka komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalarining jildi;
kirish, chiqish hujjatlarini, shu jumladan murojaatlarni ro‘yxatga olish daftari va jildi;
kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish daftari.
IX bob. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati
52. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati uchastka komissiyasi tomonidan SYAER asosida tuziladi.
Har bir fuqaro ovoz beruvchi fuqarolarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Referendum kuniga qadar yoki referendum kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi.
Qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida referendumda ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
(52-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
53. Uchastka komissiyasi kotibi SJBATga kirish huquqini olish uchun okrug komissiyasiga murojaat qiladi. Okrug komissiyasi kotibi SJBATga kirish huquqini uchastka komissiyasi kotibiga taqdim qiladi.
Uchastka komissiyasi tuzilganidan so‘ng uch kun ichida komissiyaning kotibi SJBATga kirib taqsimlangan mazkur uchastkada ovoz beruvchi fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini yuklab oladi.
Komissiya kotibi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini tekshirib chiqadi, chop etadi va uchastka komissiyasi raisiga taqdim qiladi.
Uchastka komissiyasining raisi komissiya a’zolariga ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlashtirish uchun taqsimlaydi.
54. Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini olganidan so‘ng mazkur referendum uchastkasi hududida yashovchi ovoz beruvchi fuqarolarni aniqlashtirish choralarini ko‘radi.
Hokimliklar, tegishli idoralar, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlari, profilaktika inspektorlari uchastka komissiyasi so‘roviga asosan mazkur referendum uchastkasi hududida istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida ma’lumotlarni 24 soat ichida taqdim etishlari shart.
Uchastka komissiyasi a’zolari referendum uchastkasi hududida yashovchi ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarga zarurat bo‘lganda, uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlik kiritadi.
Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillari va volontyorlarni jalb qilishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi.
Uchastka komissiyasi a’zolari uyma-uy aylanib chiqish vaqtida fuqarolarning ovoz berish kuni ushbu referendum uchastkasi hududida bo‘lish-bo‘lmasligiga, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatidagi ushbu fuqarolarga oid ma’lumotlarda xato-kamchiliklar bor yo‘qligiga aniqlik kiritadi.
Referendum uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar borligi aniqlansa, biroq ular ushbu referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa hamda o‘zaro suhbat chog‘ida ularning ovoz berish kuni ushbu referendum uchastkasi hududida bo‘lishi aniqlansa, ulardan xohishiga ko‘ra mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq namunadagi ariza olinadi.
Agarda fuqaro ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishish jarayonida o‘zi haqidagi ma’lumotlar xato kiritilgan yoki o‘zi istiqomat qilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganligini aniqlagan taqdirda, bevosita o‘zi istiqomat qilib turgan hududdagi referendum uchastkasiga borib, yuqorida qayd etilgan namunadagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Fuqaroning arizasi komissiya raisi yoki kotibi tomonidan qaydlov daftarida ro‘yxatga olinadi, shundan so‘ng SJBATda belgilangan shakldagi elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish uchun tegishincha respublika, viloyat yoki tuman ishchi guruhiga (bundan buyon matnda ishchi guruhi deb yuritiladi) avtomatik tarzda yuboriladi.
Ishchi guruh elektron so‘rovnomani ko‘rib chiqadi va SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartirish kiritadi.
Arizasiga binoan referendum uchastkasi o‘zgartirilgan yoki ariza bilan murojaat qilmagan fuqaroni boshqa referendum uchastkasiga o‘tkazilishiga yoki tortib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza rad etilgan hollarda uchastka komissiyasi fuqaroga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart.
55. Ovoz beruvchi fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga muvofiq quyidagilar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish uchun asos bo‘lishi mumkin:
ovoz beruvchi fuqaroning tegishli referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilishi;
yoshi o‘n sakkizga to‘lganligini tasdiqlovchi hujjat;
sudning fuqaroni referendumda ishtirok etish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.
(55-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
56. Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-ovoz beruvchi fuqarolarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashovchi oila a’zolari va boshqa ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi.
Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uchastka komissiyasi tomonidan tuziladi.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek qamoqda saqlash joylarida tashkil etilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqida ushbu uchastka komissiyasi bunday fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyidagi uchastka komissiyasiga axborot yetkazish choralarini ko‘rishi lozim.
Xabardor qilingan uchastka komissiyasi o‘z referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga ushbu ovoz beruvchi fuqaro boshqa referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida yozuv kiritadi hamda uni yakuniy bayonnomada referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soniga kiritmaydi.
57. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini aniqlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish imkoniyati va boshqa huquqlari tushuntiriladi.
58. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari referendumga kamida o‘n kun qolganida uchastka komissiyasi kotibi tomonidan SJBATdan yuklab olinadi, chop qilinadi, uchastka komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi, uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida referendumga besh kun qolguniga qadar ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartirish kiritish uchun ishchi guruhlarga elektron so‘rovnoma yuborishi mumkin.
Ishchi guruhlar elektron so‘rovnomani shu kunning o‘zida ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda hal etadi.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda ovoz beruvchi fuqarolarning yakuniy ro‘yxati referendumga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
59. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish referendumga besh kun qolganida to‘xtatiladi.
Uchastka komissiyasi kotibi referendumga uch kun qolganida o‘z hududidagi ovoz beruvchi fuqarolarning oxirgi ro‘yxatlarini SJBATdan yuklab oladi, chop etadi va uchastka komissiyasi raisiga taqdim qiladi.
Ushbu ro‘yxat uchastka komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi, uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi hamda ovoz berish kuni ushbu ro‘yxatdan foydalaniladi.
60. Ovoz berish kuni biron-bir sabab bilan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kirmay qolgan ovoz beruvchi fuqarolar shaxsini, fuqaroligi va yashash joyini (ushbu referendum uchastkasi hududida doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini) tasdiqlovchi hujjat asosida uchastka komissiyasi raisiga yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Ovoz beruvchi fuqaroning murojaati asosida qaydlov daftariga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu ma’lumotlar uchastka komissiyasi raisi yoki kotibining va fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shundan so‘ng fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritish masalasi quyidagi harakatlar ketma-ketligida hal etiladi:
1-harakat: uchastka komissiyasi raisi fuqaroning referendum uchastkasini SJBATdan izlab topadi;
2-harakat: izlab topilgan referendum uchastkasidagi komissiya raisi bilan aloqa vositasi (telefon) orqali bog‘lanadi. Rais bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda 3 va 4-harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishchi guruhga xabar beriladi;
3-harakat: ushbu uchastkada fuqaroning ovoz bergan/bermaganligini aniqlaydi;
4-harakat: ovoz bermaganlik fakti aniqlanganidan so‘ng, fuqaroning ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasi asosida ovoz berayotganligi haqida ma’lum qiladi (fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritgan uchastka komissiyasini xabardor qiladi);
5-harakat: fuqaroni mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritadi va unga byulleten beradi.
Xabardor qilingan uchastka komissiyasi raisi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga ushbu fuqaro boshqa referendum uchastkasida ovoz berganligi haqida ma’lumot kiritadi hamda yakuniy bayonnomani to‘ldirish paytida uni uchastkadagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soniga qo‘shib hisoblamaydi.
Quyidagi hollarda fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritish rad etiladi:
fuqaro SJBATdagi referendum uchastkasi bo‘yicha ovoz bergan bo‘lsa;
fuqaro doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinmagan yashash joyi bo‘yicha uchastka komissiyasiga murojaat qilgan bo‘lsa.
Bunda uchastka komissiyasi raisi fuqaroning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha boshqa referendum uchastkasida ovoz berishi kerakligini tushuntiradi.
X bob. Muddatidan oldin ovoz berish
61. Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi fuqaro muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
62. Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi.
63. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va ovoz beruvchi fuqarolarning, kuzatuvchilarning, e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
64. Uchastka komissiyalari referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar umumiy sonining besh foizi miqdorida byulletenlarni hamda konvertlarni okrug komissiyasidan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida oladilar.
65. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun ovoz beruvchi fuqaro referendum kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan byulleten va konvertni oladi.
Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarodan referendum kunida bo‘la olmasligining sabablarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi taqiqlanadi.
66. Ovoz beruvchi fuqaro byulletenni olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi.
Uchastka komissiyasi a’zosi muddatidan oldin ovoz bergan ovoz beruvchi fuqaroni SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida muddatidan oldin ovoz bergan fuqaro sifatida belgilashi shart.
67. Byulleten maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi fuqaro tomonidan mustaqil qaror qabul qilishi orqali to‘ldiriladi.
Bunda fuqaro o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-sonli qarori tahririda)
Ovoz beruvchi fuqaro to‘ldirilgan byulletenni konvertga soladi va yelimlab yopadi.
68. Ovoz beruvchi fuqaro to‘ldirilgan byulletenni yopiq konvertda uchastka komissiyasi a’zosiga topshiradi.
Uchastka komissiyasining a’zosi ovoz beruvchi fuqaro hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Konvert referendum kuni ovoz berish jarayoni yakunlanguniga qadar uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi.
XI bob. Uchastka komissiyasi tomonidan referendum kuni amalga oshiriladigan vazifalar
69. Referendum kuni ovoz berish binosi uchastka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi.
Bunda, mahalliy kuzatuvchilar, ovoz beruvchi fuqarolar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishlari mumkin.
70. Uchastka komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan komissiya a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalari belgilanadi.
71. Uchastka komissiyasi a’zolariga komissiyaning ikki nafar a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan holda tayyorlab qo‘yilgan byulletenlar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida topshiriladi. Ovoz beruvchi fuqarolarga tartibli ravishda byulletenlarni berish maqsadida, har bir uchastka komissiyasi a’zosiga ovoz beruvchi fuqarolar familiyasi alifbo ketma-ketligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati asosida taqsimlab beriladi.
72. Ovoz berish kuni referendum uchastkasida soat 8:00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.
Uchastka komissiyasining raisi ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi.
73. Uchastka komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida ovoz berish qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi. Plombalar raqami ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
74. Uchastka komissiyasi raisi tomonidan referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar soni, okrug komissiyasidan olingan byulletenlarning soni, shuningdek, muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni ma’lum qilinadi.
75. Uchastka komissiyasi raisi yoki uning o‘rinbosari mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan berilgan mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ro‘yxatga oladi.
Uchastka komissiyasi ularni ro‘yxatga olgandan keyin ularga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
76. Uchastka komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari yoki kotibi tomonidan ovoz berish boshlanganligi haqida aloqa vositalari orqali okrug komissiyasiga xabar beriladi.
77. Ovoz beruvchi fuqarolarga taqdim etilgan byulletenlar sonining hisobi har soatda yuritib boriladi.
78. Uchastka komissiyasi raisi ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi.
79. Uchastka komissiyasi uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etuvchi har bir ovoz beruvchi fuqaroga bir donadan ortiq byulleten berilmasligini ta’minlaydi. Ovoz beruvchi har bir fuqaroga bittadan ortiq byulleten berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buzib qo‘yilgan byulletenni ovoz beruvchi fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirib berilganligi bundan mustasno.
XII bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumni tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
80. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan referendum uchastkalari okrug komissiyasi qarori bilan tuziladi. Bu referendum uchastkalari ular joylashgan hududdagi referendum okruglariga kiradi.
Ayrim hollarda, manzil-koloniyasi ma’muriyatining tegishli okrug komissiyasiga bergan taklifiga asosan mazkur muassasalarda saqlanayotgan ovoz beruvchi fuqarolar ko‘chma ovoz berish qutisi orqali ovoz beruvchi fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi uchun manzil-koloniyasi joylashgan hududdagi referendum uchastkasiga biriktirish to‘g‘risida okrug komissiyasining qarori qabul qilinishi mumkin.
81. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Zarurat tug‘ilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
82. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
83. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uchastka komissiyasi tomonidan tuziladi.
84. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markazlashgan tartibda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni ovoz berish kuniga kamida bir oy qolgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish uchun yuboradi.
Agarda mazkur muassasalarda tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida o‘zgarishlar amalga oshirilsa, ovoz berish kuniga kamida besh kun qolgunga qadar ushbu ma’lumotlar ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yetkazib berish choralari ko‘riladi.
85. Manzil-koloniyalarida referendum uchastkalari tuzilmagan holatlarda, ular biriktirilgan uchastka komissiyalariga muassasadagi ovoz beruvchi fuqarolar haqidagi ma’lumotlar ushbu muassasa rahbari tomonidan ovoz berish kuniga kamida yetti kun qolganida taqdim etiladi.
86. Kuzatuvchilar va akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak.
87. Uchastka komissiyasi, o‘z navbatida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyatiga mazkur Nizomning 86-bandida ko‘rsatilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, referendumda kim sifatida ishtirok etishi) ushbu muassasaga to‘siqsiz kirib-chiqishlari uchun taqdim etadi.
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyati ularning kirib chiqishi va xavfsizligini ta’minlash, ichki tartib-qoidalariga rioya etishi uchun mas’ul hisoblanadi.
88. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqib, ovoz beruvchi fuqarolar ovoz berish binosiga kichik guruhlarga bo‘lingan holda olib kelinadi.
Referendum uchastkasi tuzilmagan manzil-koloniyalarida biriktirilgan uchastka komissiyasi tomonidan ovoz beruvchi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish tashkil etiladi.
Biriktirilgan uchastka komissiyasi mazkur fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritadi.
XIII bob. Ovoz berishni tashkil etish
89. Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.
90. Ovoz berish binosiga kelgach, ovoz beruvchi fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga byulleten beriladi.
Boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan fuqaroga byulleten berish taqiqlanadi.
Ovoz beruvchi fuqaroning iltimosiga binoan byulletenni to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret beriladi.
91. Ovoz beruvchi fuqaro byulletenni olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi.
Bunda fuqaro o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ovoz beruvchi fuqaroning ovoz berish byulletenini to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, uni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.
92. Byulletenni to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
(92-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-son qaroriga asosan chiqarilgan)
93. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan uchastka komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
94. To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan byulleten fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan byulletenlar hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
95. Referendum kuni ovoz berish vaqtida uchastka komissiyasi binosida quyidagilar hozir bo‘lishi mumkin:
tegishli uchastka komissiyasi a’zolari;
tegishli okrug komissiyasi a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari;
mahalliy kuzatuvchilar;
ommaviy axborot vositalarining vakillari;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar;
referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqarolar.
Ovoz berish vaqtida uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Binoda ushbu zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka komissiyasining zimmasida bo‘ladi.
Uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslar (ovoz beruvchi fuqarolardan tashqari) tegishli komissiyalar tomonidan berilgan maqomini tasdiqlovchi mandat (guvohnomasi)ni boshqalarga ko‘rinadigan holda taqqan bo‘lishlari shart.
Uchastka komissiyasi ovoz berib bo‘lgan ovoz beruvchi fuqaroni binodan chiqarib yuborish choralarini ko‘radi.
96. Uchastka komissiyasining a’zosi, kuzatuvchi yoki ommaviy axborot vositasi vakillari ovoz berish sirini oshkor qilsa yoxud fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, uchastka komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi, ommaviy axborot vositasi vakillari esa ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda uchastka komissiyasi qaror qabul qiladi.
97. Uchastka komissiyasi raisi ovoz berish binosida tinchlik saqlanishi va tartibga rioya qilinishini ta’minlash, ovoz berish va ularni sanab chiqishda g‘ayriqonuniy to‘sqinliklar vujudga kelganida ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlariga murojaat qilishi mumkin. Bunda, ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishlari lozim.
Ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan referendum uchastkasi hududidagi tartibsizlik, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bartaraf etilganidan so‘ng uchastka komissiyasi raisi ko‘rsatmasi asosida referendum uchastkasi binosini tark etishlari va ovoz berish jarayoniga xalaqit bermaydigan joyga joylashishlari shart.
XIV bob. Ovoz beruvchi fuqaroning turgan joyda ovoz berishini tashkil etish
98. Ayrim ovoz beruvchi fuqarolar sog‘ligining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka komissiyasi ovoz berishni ushbu ovoz beruvchi fuqarolarning referendum kuni yoki referendum kuniga qadar qilgan yozma yoki og‘zaki murojaatiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Bunda uchastka komissiyasi a’zosi qaydlov daftariga ovoz beruvchi fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, murojaat qilingan vaqti haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu ma’lumotlar uchastka komissiyasi a’zosining imzosi bilan tasdiqlanadi.
99. Uchastka komissiyasi tomonidan ovoz beruvchi fuqaro turgan joyda ovoz berishni tashkil etish referendum kunidagi ish hajmi va vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha yo‘lga tushadigan uchastka komissiyasining a’zolari murojaatlar soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib oladilar. Fuqarolar murojaatlarining soni, shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish byulletenlarining soni mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shaklda alohida dalolatnomada qayd etiladi.
100. Uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma quti bilan ovoz beruvchi fuqaroning turgan joyiga yuboriladi, ular ovoz beruvchi fuqaroning xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin.
101. Turgan joyida ovoz bergan ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida uchastka komissiyasi a’zosi tomonidan mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidan ko‘chirmaga tegishli yozuv kiritiladi va ovoz beruvchi fuqaro byulleten olganligini tasdiqlab, ushbu ro‘yxatdagi familiyasi qarshisiga imzo chekadi.
102. Ovoz beruvchi fuqaro yashirin ovoz berib bo‘lganidan so‘ng ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining tegishli joyiga (ovoz beruvchi fuqaroning familiyasi qarshisiga) “turgan joyida ovoz berdi” yozuvi kiritiladi.
XV bob. Ovoz berish natijalarini aniqlash
103. Uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari soat 20:00 da ovoz berish tugaganligini e’lon qiladi.
Referendum uchastkasi binosida hozir bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi (agar ovoz beruvchi fuqarolar bor bo‘lsa).
104. Harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan referendum uchastkalarida ovoz berish qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
105. Ovoz beruvchi fuqarolarning ovozlarini sanab chiqish uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan ovoz berish qutilarida mavjud bo‘lgan byulletenlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ovoz beruvchi fuqarolarning ovozlarini sanab chiqish faqatgina ovoz berish binosida o‘tkaziladi.
106. Uchastka komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish, ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni to‘ldirish jarayonida quyidagilar hozir bo‘lishlari mumkin:
mahalliy kuzatuvchilar;
ommaviy axborot vositalarining vakillari;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar.
Mazkur jarayonda uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
107. Referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shaklda uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
108. Uchastka komissiyasi a’zolari ovoz berish tugaganidan so‘ng qonunchilikda belgilangan harakatlar ketma-ketligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1-harakat: ovozlarni sanashni boshlashdan oldin stollar birlashtiriladi, barcha yozuv ashyolari (ruchka, qalam va boshqa vositalar) hammaning e’tiboriga havola qilingan holda chetga olib qo‘yiladi;
2-harakat: okrug komissiyasidan olingan byulletenlarning soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi.
3-harakat: foydalanilmagan va buzilgan byulletenlar sanab chiqiladi va yuqori chap burchagini kesish yoki byulletenning orqa tomonida tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan bekor qilinadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
4-harakat: ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati (boshqa referendum uchastkasida ovoz berganligi haqida ma’lumot kiritilganlar bundan mustasno) va mazkur ro‘yxat ilovasi bo‘yicha mazkur uchastkadagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi.
5-harakat: ko‘chma va statsionar ovoz berish qutilarni ochishdan oldin komissiya a’zolari tomonidan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasining har bir varag‘iga shu varaq bo‘yicha byulleten olganlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlar kiritiladi;
ma’lumotlar kiritilganidan keyin ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasining har bir varag‘i ushbu ma’lumotlarni kiritgan komissiya a’zosi tomonidan imzolanadi va varaqlardagi raqamlar umumlashtiriladi;
ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining barcha sahifalari bo‘yicha yakuniy umumiy ma’lumotlarni komissiya raisi e’lon qiladi, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining oxirgi varag‘iga kiritadi, o‘z imzosi va uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlaydi hamda ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
6-harakat: ovoz berish qutilaridagi bir martalik plombadagi mavjud raqamlar plombalash dalolatnomasidagi raqamlar bilan solishtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarida maxsus qop(lar)dagi bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombadagi mavjud raqamlar tegishli dalolatnomadagi raqamlar bilan ham solishtiriladi;
7-harakat: muddatidan oldin ovoz berilgan byulletenlar solingan yopiq konvertlar ovoz berish qutisiga tashlanadi.
8-harakat: avval ko‘chma so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari (O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarida maxsus qoplar ham) ochiladi. Byulletenlar stol ustiga to‘kiladi va ovoz berishda ishtirok etgan ovoz beruvchi fuqarolar (ovoz berish qutilaridagi byulletenlar) soni aniqlanadi hamda ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
9-harakat: referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab va qarshi ovoz berilgan byulletenlarni o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi.
Byulletenning haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, masala uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi. Byulletenni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, uchastka komissiyasi uning orqa tomonida haqiqiy emasligining sabablarini ko‘rsatadi. Bu yozuv uchastka komissiyasi kamida uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi.
10-harakat: referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab yoki qarshi berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqish orqali aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
Referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab yoki qarshi ovoz berilgan byulletenlar alohida-alohida bog‘lam qilib o‘raladi. Bog‘lamda ovozlar soni ko‘rsatiladi.
11-harakat: quyidagi byulletenlar ovozlarni sanab chiqishda haqiqiy emas deb topiladi:
belgilanmagan shakldagi byulletenlar (hajmi, rangi, qog‘oz sifati, bosmaxona shrifti va hokazolar bo‘yicha farqlanuvchi);
uchastka komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan byulletenlar;
ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan byulletenlar;
(108-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
qo‘shimcha ravishda yozuvlar kiritilgan byulletenlar.
(108-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-sonli qarori tahririda)
Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sanaladi, alohida bog‘lam qilib o‘raladi va ularning soni yakuniy bayonnomaga kiritiladi.
109. Zarur harakatlar amalga oshirilganidan keyin komissiya yakuniy majlis o‘tkazadi. Unda ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar haqida shikoyat yoki arizalar kelib tushgan bo‘lsa, bunday shikoyat yoki arizalar ko‘rib chiqiladi.
110. Ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya raisi hozir bo‘lganlar e’tiboriga ovoz berish kunida va ovoz beruvchi fuqarolar ovozlarini sanab chiqish tugagunicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlar (arizalar) va ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotni yetkazadi. Tegishli bayonnomaga ilova qilinadigan dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Komissiya faoliyati bo‘yicha e’tirozlar, shikoyatlar bor-yo‘qligini aniqlaydi, zarurat bo‘lsa komissiya ushbu e’tiroz yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
111. Uchastka komissiyasi referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Shundan keyin komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnoma ikkita nusxada to‘ldiriladi, imzolanadi va uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga biron-bir tarzda o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasini to‘ldirish vaqtida komissiyaning ayrim a’zolari hozir bo‘lmasalar, bu haqda yig‘ilish bayonnomasida ularning hozir bo‘lmaganliklari sabablari ko‘rsatib o‘tiladi.
Shundan so‘ng uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan kuzatuvchilar uchastka komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini so‘rab olishga haqli.
112. Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasini imzolash vaqtida bayonnoma mazmuni yuzasidan norozi bo‘lgan komissiya a’zosi o‘zining alohida fikrini yig‘ilish bayonnomasiga ilova qilishga haqli, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
113. Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug komissiyasiga taqdim etiladi, birinchi asl nusxa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida okrug komissiyasiga olib borib topshiriladi.
Okrug komissiyasida uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi noto‘g‘ri to‘ldirilganligi yoki arifmetik xatolar mavjudligi aniqlanganda, uchastka komissiyasi qo‘shimcha majlis o‘tkazadi va xatoliklarni tuzatadi. Avvalgi bayonnomani asoslari ko‘rsatilgan holda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnoma tasdiqlanadi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qo‘yilgan bayonnoma yangisi bilan almashtiriladi va okrug komissiyasiga taqdim etiladi.
114. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari va kotibi “yoqlab” va “qarshi” ovoz berilgan byulletenlar bog‘lamlariga berilgan ovozlar sonini yozadi va bog‘lamlarni qopga tartib bilan soladi.
So‘ngra haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar bog‘lami ustiga “Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar” deb yozadi va yoniga sonini yozib qopga joylashtiradi.
Undan keyin foydalanilmagan va buzib qo‘yilib bekor qilingan byulletenlarni bog‘lamga o‘rab, ustiga “Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib bekor qilingan byulletenlar” deb yozadi, ushbu yozuv yoniga sonini yozadi va qopga joylashtiradi.
Byulletenlar joylashtirilgach, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovozlarni sanab chiqish bo‘yicha bayonnomaning ikkinchi nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar ham qopga joylashtiriladi.
Qop plomba bilan plombalanadi va qopni plombalanganligi haqida dalolatnoma tuziladi. So‘ngra qop seyfga joylashtirilib, uchastka komissiyasi raisi imzosi va muhri bilan muhrlanadi.
XVI bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
115. Mahalliy kuzatuvchilar, ovoz beruvchi fuqarolar, referendumning boshqa ishtirokchilari (bundan buyon matnda murojaat etuvchilar deb yuritiladi) bevosita o‘zlari yoki vakillari orqali ariza, taklif va shikoyat bilan uchastka komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’iy nazar, bir xil ahamiyatga ega.
116. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida uchastka komissiyasining tartib raqami, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan, shuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari ko‘rsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
117. Murojaat etuvchilarga uchastka komissiyalariga yakka yoki jamoa tartibida murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
118. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni yoqlab yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
119. Murojaat etuvchilarning yozma roziligisiz, ularning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi shart.
120. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar uchastka komissiyasi raisi tomonidan komissiya a’zolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlanadi.
Uchastka komissiyasi referendumni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkin.
Murojaatlarga uch kunlik muddatda, agarda referendumga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, yozma javob beriladi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala joyida ijobiy hal etilsa, murojaat etuvchining roziligi bilan yozma javob berilmasligi mumkin.
121. Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Murojaatni qabul qilishni va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uchastka komissiyasining raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun komissiyani chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Uchastka komissiyasi murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etgan taqdirda yoxud murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan murojaat etuvchi norozi bo‘lsa, ular ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
122. Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
123. Quyidagilar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillari orqali yuborilgan murojaatlar, agar ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa;
qonunda belgilangan boshqa talablarga mos kelmaydigan murojaatlar.
Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u uchastka komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
124. Murojaat etuvchilarni, ularning vakilini, ularning oila a’zolarini, ular o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, referendumni o‘tkazuvchi komissiyalarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek, murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi.
Murojaat etuvchilarni ta’qib qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
125. Murojaatni ko‘rib chiqqan uchastka komissiyalari a’zolari uni ko‘rib chiqish vaqti, natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
126. Murojaat etuvchilar uchastka komissiyalarining murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha va boshqa qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.
127. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli uchastka komissiyasiga va murojaat etuvchiga topshirishi lozim.
XVII bob. Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
128. Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
129. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ish yuritishni rasmiylashtirish Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
XVIII bob. Uchastka komissiyalarining hujjatlari, muhrlari va ovoz berish qutilarini saqlash
130. O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi.
131. Uchastka komissiyasi tomonidan referendum jarayonida foydalanilgan komissiya muhri, ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, Davlat gerbi va bayrog‘i kabi moddiy qiymatliklar tegishli ravishda tuman va shahar hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhining mas’ul shaxslariga dalolatnoma asosida topshiriladi va ularning javobgarligida saqlanadi.
XIX bob. Yakuniy qoida
132. Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari yoki ichki ishlar xodimlari byulletenlar olingan kundan boshlab byulletenlar hamda boshqa hujjatlar saqlanadigan binoning qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
133. Uchastka komissiyalari referendum yakunlari rasmiy e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
GUVOHNOMA ________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
____-______________________ referendum okrugining №____ referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi
RAISI
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi
RASM
raisi
______
_____________________________
(imzo)
(familiyasi va ismi, otasining ismi bosh harflari)
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
STATSIONAR OVOZ BERISH QUTILARINING NAMUNASI
KO‘CHMA OVOZ BERISH QUTILARI
Ko‘chma ovoz berish qutilari binodan tashqarida ovoz berish uchun mo‘ljallangan.
Oldindan ovoz berish uchun ko‘chma ovoz berish qutilarining soni tegishli uchastka komissiyasining qarori bilan belgilanadi va ularning har biriga tartib raqami qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Ovoz berish qutilari ular muhrlangan paytdan to ochilgungacha uchastka komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilarning nazoratida bo‘lishi lozim.
Ovoz berish qutilarining saqlanishi yuzasidan nazorat olib borish komissiya qarori bilan belgilanadigan uchastka komissiyasi a’zosi zimmasiga yuklatiladi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
MAYDONI KENG BO‘LGAN YASHIRIN OVOZ BERISH XONASI
MAYDONI KICHIK BO‘LGAN YASHIRIN OVOZ BERISH XONASI
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
YASHIRIN OVOZ BERISH KABINALARINING ESKIZI
Yashirin ovoz berish kabinasi u joylashgan xonada hozir bo‘lganlar tomonidan ovoz beruvchi fuqaroning yashirin ovoz berishini kuzatishga imkon bermaydigan va uning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ta’minlaydigan darajada o‘ralgan holda tashkil etiladi.
Kabinaning balandligi 2 metr va eni 0,75 metr bo‘lishi kerak.
KO‘CHMA OVOZ BERISH KABINASI
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining rezina muhri diametri 35 mm aylana shaklda bo‘lib, markazdan 17,5 mm uzoqlikda asosiy aylana va undan 1 mm masofada yana bir aylana o‘tkazilgan. Ikkinchi aylana tagida aylana bo‘yicha “Referendum o΄tkazuvchi uchastka komissiyasi *”* yozuvi bor, ushbu yozuv tagida aylana bo‘yicha “Toshkent shahar *”*. Ushbu matnning tagidan yana bir ichki aylana, markazdan 0,8 mm uzoqlikda o‘tkazilgan bo‘lib, aylananing ichida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tartib raqami tasvirlangan.
* Referendumni o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tartib raqami tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
Referendum uchastkasi ko‘rsatkichi
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
Referendum uchastkasi peshlavhasi
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 11-ILOVA
ARIZA
Referendumda ovoz berish huquqimni ta’minlash maqsadida meni yashash manzilimga tegishli bo‘lgan _____-son referendum uchastkasining ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritishingizni so‘rayman.
Mening shaxsiy ma’lumotlarim:
Familiyasi, ismi,otasining ismi
Tug‘ilgan yili, oyi va kuni
Pasport (yoki ID kartasi) seriyasi va raqami
Yashash manzili
Telefon raqami
Fuqaro
_______________
______________________________________
Imzo
F.I.O.
Uchastka komissiyasi a’zosi
_______________
__________________________________
Imzo
F.I.O.
* Ushbu ariza komissiya raisi yoki kotibi tomonidan qaydlov daftarida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng SJBATda belgilangan shakldagi elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish uchun tegishincha respublika, viloyat yoki tuman ishchi guruhiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 12-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI
OVOZ BERUVCHI FUQAROLAR RO‘YXATI ILOVASI
________________________-referendum okrugi
20__ y. “___”_______________
(referendum sanasi)
___________REFERENDUM UCHASTKASI
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Turar joyi
(turar joyni tasdiqlovchi hujjatga asosan)
SYAERda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan referendum uchastkasining raqami, tuman yoki shahar, viloyat
(referendum uchastkasi telefon raqami)
Uchastka komissiyasi raisi imzosi
Uchastka komissiyasi kotibi imzosi
Fuqaroning ovoz berish byulletenini olganligi haqidagi imzosi
Izoh:
Ushbu ilova referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizom talablariga qat’iy amal qilgan holda to‘liq to‘ldirilishi shart!
Ushbu talabga amal qilmaslik, referendum to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 13-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI
OVOZ BERUVCHI FUQAROLAR RO‘YXATIDAN KO‘CHIRMA
(muddatidan oldin ovoz berganlar bo‘yicha)
______-referendum okrugi
20__ y. “___”_______________
(referendum sanasi)
___________ REFERENDUM UCHASTKASI
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tug‘ilgan yili, oyi, kuni
Turar joyi
Fuqaroning ovoz berish byulletenini olganligi haqidagi imzosi
1
2
3
4
5
Izoh: Mazkur ro‘yxatga ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritiladi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 14-ILOVA
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasida ovoz berish byulletenlarini komissiya a’zolariga taqsimlab berish dalolatnomasining namunasi
Ushbu dalolatnoma referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi va a’zosi o‘rtasida ovoz berish byulletenlarini topshirish va qabul qilib olish to‘g‘risida tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi referendumi bo‘yicha ________ ta ovoz berish byulletenlari topshirildi va qabul qilib olindi.
Topshirdim:
____-referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi
raisi: _______________________
______________
(F.I.O)
(imzo)
Qabul qildim:
____-referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi
a’zosi: ______________________
______________
(F.I.O)
(imzo)
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 15-ILOVA
20__ yil “__” _______ kuni _____________________________________________________________da
(ovoz berish o‘tkazilgan joy nomi)
Turgan joyida ovoz berishni tashkil etish uchun ovoz berish byulletenlari olinganligi va ovoz beruvchi fuqarolarga berilganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.
Ovoz beruvchi fuqaroning turgan joyida ovoz berishni tashkil etish uchun _______________ nafar fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga asosan __________________________________ ovoz berish byulleten(lar)i olindi.
(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)
_______________________________________________ovoz berish byulleten(lar)i _________________
(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)
(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)
Ovoz beruvchi fuqaroning turgan joyida ovoz berishni o‘tkazgan uchastka komissiyasi a’zolari:
________________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
________________________
________________________
M.O‘.
(imzo)
(F.I.O.)
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 17-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI
OVOZ BERUVCHI FUQAROLAR RO‘YXATIDAN KO‘CHIRMA
(turgan joyida ovoz berganlar bo‘yicha)
______-referendum okrugi
20__ y. “___”_______________
(referendum sanasi)
___________REFERENDUM UCHASTKASI
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tug‘ilgan yili, oyi, kuni
Turar joyi
Fuqaroning ovoz berish byulletenini olganligi haqidagi imzosi
1
2
3
4
5
Izoh: Mazkur ro‘yxatga ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritiladi.
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga 18-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI 20___ yil “___”___________ REFERENDUM O‘TKAZUVCHI UCHASTKA KOMISSIYASINING REFERENDUM UCHASTKASIDA OVOZLARNI SANAB CHIQISH NATIJALARI TO‘G‘RISIDAGI BAYONNOMASI
Uchastka komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 22, 36-moddalariga muvofiq, ______________________ referendum okrugining ______ referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijasida quyidagilarni aniqladi:
1. Referendum uchastkasidagi ovoz beruvchilarning umumiy soni
________________
2. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi olgan ovoz berish byulletenlari soni
________________
3. Ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolar soni
________________
4. Muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni
________________
5. Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar soni (ovoz berish qutilaridagi byulletenlar soniga muvofiq)
________________
6. Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib, bekor qilingan ovoz berish byulletenlarining umumiy soni
________________
7.
Referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar soni
8.
Referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar soni
9. Haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari soni
________________
Komissiya raisi ______________________________________________________
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
____________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi
________________ (imzo)
Bayonnoma 20__ yil “____”______________da tuzildi.
M.O‘.
ESLATMA! Bayonnoma tuzilishi bilan uning birinchi nusxasi belgilangan tartibda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga yuboriladi. Bayonnomaning birinchi nusxasiga: ovoz berish natijalarini aniqlashda hozir bo‘lgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlarining kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir bo‘lgan kuzatuvchilar ro‘yxati ilova qilinadi. Bayonnomaning ikkinchi nusxasi komissiya a’zolarining alohida fikrlari (agar bunday fikrlari bo‘lsa), ovoz berish yoki ovozlarni sanab chiqish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida kelib tushgan murojaatlar, ushbu murojaatlar bo‘yicha komissiyaning qabul qilgan qarorlari, ovoz berish qutilarini plombalash bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma, ovoz berish byulletenlari hamda boshqa referendum hujjatlari bilan birga uchastka komissiyasida saqlanadi. Bayonnomaning 5-bandida ko‘rsatilgan son bayonnomaning 7, 8 va 9-bandlaridagi sonlar yig‘indisiga teng (5-band = 7-band + 8-band + 9-band) bo‘lishi lozim.