O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim me’yoriy hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-sentabr,
939-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 1-ILOVA
Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylovlar va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
I bob. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hujjatlarni saqlash va davlat arxivga topshirish
1. Quyidagi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining idoraviy arxivida o‘n besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik O‘zbekiston Milliy arxiviga topshiriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) saylov hamda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar;
v) siyosiy partiyalar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalari ilovalari bilan birga;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga ro‘yxatga olingan nomzodlar ro‘yxatlari;
d) Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatishga doir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) Kengashlari qo‘shma majlislari bayonnomalari, Markaziy saylov komissiyasining saylov va referendum natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari;
e) saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qonunchilik palatasi deputatlarining, Senat a’zolarining ro‘yxatlari va hisob kartochkalari;
j) saylov va referendum natijalari bo‘yicha moliyaviy hujjatlar;
z) Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan hududiy saylov komissiyalarining saylov va referendum natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
2. Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasida ular kelib tushganidan so‘ng olti oy mobaynida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
3. Saylov va referendum to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar uch yil mobaynida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
4. Quyidagi hujjatlar hududiy saylov komissiyalarining idoraviy arxivlarida besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) hududiy saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalari ilovalari bilan birga;
v) viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ro‘yxatga olingan nomzodlar ro‘yxatlari;
g) saylangan viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatlarining ro‘yxatlari va hisob kartochkalari;
d) saylov va referendum natijalari bo‘yicha moliyaviy hujjatlar;
e) saylov va referendum to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
j) hududiy saylov komissiyasining referendum natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasining ikkinchi nusxalari;
z) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
i) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
k) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
5. Tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda tuman va shahar davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
a) tuman va shahar saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalari ilovalari bilan birga;
v) ro‘yxatga olingan tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatlari;
g) saylangan tuman va shahar Kengashi deputatlarining ro‘yxatlari va hisob kartochkalari;
d) saylov natijalari bo‘yicha moliyaviy hujjatlar;
e) saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
j) tuman va shahar saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(5-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
6. Okrug saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) okrug saylov komissiyalarining qarorlari va majlis bayonnomalari;
b) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlari;
v) okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
g) uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
7. Uchastka saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov va referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda tegishli shahar va tuman davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
a) uchastka komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
v) fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
g) komissiya a’zolarining alohida fikrlari hamda boshqa hujjatlar.
IV bob. Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni hokimliklar idoraviy arxivlariga topshirish
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
8. Saylovchilar ro‘yxatlari (saylovchilar ro‘yxatlarining elektron versiyasi), shuningdek referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatlari saylov va referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida navbatdagi saylov yoki referendumga qadar foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan axborot sifatida saqlanadi.
9. Saylov byulletenlari, shuningdek referendumda ovoz berish byulletenlari hamda ularni topshirish va qabul qilish dalolatnomalari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida bir yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
10. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
101. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman e’lon qilinganidan so‘ng yigirma kunlik muddatda tegishliligi bo‘yicha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo‘shma majlisining Senat a’zolari saylovi yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat a’zolari saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari idoraviy arxivlarida saqlanadi.
12. O‘zbekiston Milliy arxiviga, viloyat, shahar va tuman arxivlariga hujjatlarni topshirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
V bob. Hujjatlarni yo‘q qilish tartibi
13. Mazkur Yo‘riqnomada belgilangan saqlash muddati tugagan quyidagi hujjatlar yo‘q qilinadi:
saylov byulletenlarini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga doir hujjatlar.
14. Amaliy ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni yo‘q qilish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tuziladi.
15. Imzo varaqalari va Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar Markaziy saylov komissiyasi raisi farmoyishi bilan tuzilgan Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan yo‘q qilinadi.
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlari boshqa saylov komissiyalariga kelib tushgan murojaatlar bilan bog‘liq hujjatlar tegishli viloyat, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tomonidan yo‘q qilinadi.
16. Yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar dastlabki saralash va ekspertizani o‘tkazgan shaxslar tomonidan tegishli viloyat, tuman, shahar hokimi tasdiqlagan mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlarini yo‘q qilingani haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qilinadi.
17. Saylov byulletenlari, referendumda ovoz berish byulletenlari hamda boshqa hujjatlar ko‘pi bilan 2-3 kv.sm. bo‘laklarga maydalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
Maydalash uchun tegishli uskuna bo‘lmagan taqdirda hujjatlar yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
Hujjatlarni tiklash mumkin bo‘lgan darajada yo‘q qilinishi mumkin emas.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va siyosiy partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan imzo varaqalari yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
19. Begona shaxslarning yo‘q qilinayotgan hujjatlar bilan tanishishi ta’qiqlanadi.
VI bob. Yakuniy qoidalar
20. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga ILOVA
“Tasdiqlayman” Qibray tuman hokimi ____________________F.I.Sh. (imzo) “____” __________20____ yil
DALOLATNOMA №
20__ yil “___” ___________
___________ tumani
Komissiya quyidagi tarkibda ___________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan ilmiy-tarixiy qiymatga ega bo‘lmagan, amaliy ahamiyatini yo‘qotgan va belgilangan saqlanish muddatlari tugagan quyidagi hujjatlar yo‘q qilinishi uchun ajratib olingan:
Jami: ____________ yillarda _______________________________ ish, tomdan iborat hujjatlar bo‘laklarga maydalash yoki yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
“Ma’qullayman” Tuman (shahar) hokimligi EK 20___ yil “___” ___________№
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining o‘z kuchini yo‘qotadigan ayrim me’yoriy hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2000-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlis deputatlari saylovlari bilan bog‘liq hujjatlarni saqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom to‘g‘risida”gi 103-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo‘riqnomalari to‘g‘risida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 2-bandi va 2-ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 368-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2010-yil 16-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 496-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiing 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 605-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining o‘zgartirish kiritilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 97-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“97. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 120-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“120. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.