1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarorining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
oʻqish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi;
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va koʻrib chiqish qoidalari;
talabgorlarga qoʻyiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
subsidiyani tayinlash va toʻlash tartibi;
b) Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori;
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va koʻrib chiqish qoidalari;
talabgorlarga qoʻyiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
subsidiyani tayinlash va toʻlash tartibi.
3. Belgilansinki:
har bir talabgorga ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan (oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun) subsidiyaning faqat bir turi bir marta ajratiladi;
subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun — 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili — 10-yanvardan qabul qilinadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
a) Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin hamda kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
subsidiya olish uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yuborish boʻyicha elektron davlat xizmatini ishga tushirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shu jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining YIDXPga ulanishini hamda ularning axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
v) 2022-yil 1-avgustga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi negizida “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimini yaratish hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koʻrsatiladigan barcha davlat xizmatlarini YIDXP bilan oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi elektron bazalarni integratsiya qilish taʼminlanguniga qadar kasb-hunar, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari reyestrini shakllantirsin va uni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilish hamda doimiy ravishda yangilab borish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan doimiy ravishda ushbu yoshlar uchun mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlariga sayohatlar tashkil etish choralarini koʻrsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyun,
341-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qaroriga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq subsidiya ajratishni soʻrab murojaat qilgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) nogironligi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
kasb-hunarga oʻrgatish — nogironligi boʻlgan yoshlarni tegishli yoʻnalish boʻyicha zarur bilim, malaka va kasbiy koʻnikmaga ega boʻlishi uchun oʻquv dasturlari asosida kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
nodavlat taʼlim tashkiloti — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan, nogironligi boʻlgan yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim tashkiloti;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
shartnoma — kasb-hunarga oʻrgatish, kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish toʻgʻrisida nodavlat taʼlim tashkiloti va ariza beruvchi oʻrtasida tuziladigan bitim. Bunda shartnomada oʻquv kursi muddati va kurs uchun har oylik va umumiy toʻlov miqdori, kursning jami davomiylik muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
oʻqish xarajati uchun subsidiya — nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti hamda ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish uchun ajratiladigan subsidiya;
yashash va transport xarajati uchun subsidiya — nogironligi boʻlgan yoshlarga ularning nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrganishi, ularda kasbiy koʻnikmalarning shakllantirilishi, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrganishi davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan subsidiya.
3. Ushbu Reglamentga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Oʻqish xarajatlari uchun har oyda ajratiladigan subsidiya miqdori:
kasb-hunarga oʻrgatish, kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti uchun BHMning besh baravaridan;
umumtaʼlim fanlari uchun BHMning uch baravaridan;
xorijiy tillarni oʻrgatish uchun BHMning uch baravaridan koʻp boʻlmasligi lozim.
Bunda ariza beruvchiga faqat bir turdagi oʻquv kursida 12 oydan oshmagan muddatda oʻqish uchun subsidiya ajratiladi.
Transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori, shu jumladan yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 foizidan oshmasligi lozim.
Bunda kilometr miqdori 500 metr va undan ortiq boʻlgan hollarda — koʻp tomonga, kilometr miqdori 500 metrdan kam boʻlgan hollarda — kam tomonga yaxlitlanadi.
Yashash xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori bir sutkada ijarada yashash uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizidan oshmasligi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
4. Ushbu Reglament qoidalari Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida belgilangan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha ushbu Qaror talablariga toʻliq mos kelgan 500 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga ajratiladi.
Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan soʻng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish toʻxtatiladi.
Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi.
Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.
Muqaddam hududiy yoki tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratilgan ariza beruvchilarga ushbu Reglamentga muvofiq oʻqish, yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratilmaydi, oliy taʼlim tashkilotidagi oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt summasi toʻlab berilgan talabalar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
6. Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi
7. Oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Agentlik tomonidan oʻqish xarajati uchun subsidiya tayinlangan ariza beruvchilarga yashash va transport xarajati uchun subsidiya mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida ajratiladi.
Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan ushbu subsidiyaning miqdori oʻqitish xarajati uchun ajratiladigan subsidiyaning jami miqdorini qoʻshgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
8. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda — esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4 va 4a-ilovalarga muvofiq soʻrovnomalarni elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
a) oʻqish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
agar ariza oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
transport xarajatlarini qoplash soʻralganda — yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud boʻlsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
yashash xarajatlarini qoplash soʻralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud boʻlsa, “pdf” yoki “jpg” formatda). Bunda ijara shartnomasida koʻrsatilgan uy manzili nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan tuman (shahar) hududida joylashgan boʻlishi kerak (Toshkent shahri hududi bundan mustasno).
(9-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
10. Nogironligi boʻlgan yoshlarning nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar Agentlik tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
11. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
12. Soʻrovnoma ERI yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Agentlikka elektron shaklda yuboriladi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
15. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
16. Ariza Agentlik tomonidan oʻn besh ish kunida koʻrib chiqiladi hamda quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga oʻtadi:
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda;
ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar roʻyxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa;
ariza beruvchida nogironlik mavjud boʻlsa;
ariza beruvchi oʻqish istagida boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotida tegishli yoʻnalish boʻyicha oʻqitish vakolati mavjud boʻlsa;
shartnomaning bir oylik toʻlov miqdori va oʻqish davomiyligi ushbu Reglamentning 3-bandida belgilangan summalardan va muddatdan oshmasa;
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan boʻlsa;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
b) yashash va transport xarajatlari uchun:
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda;
ariza beruvchiga Agentlik tomonidan oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish haqida SMS-xabarnoma yuborilgan boʻlsa;
oʻqish, yashash va transport xarajatlari uchun soʻralgan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasa;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan boʻlsa.
Ariza beruvchi ushbu bandda belgilangan talablarga mos kelmaganda Agentlik tomonidan unga tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ariza beruvchi SMS-xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda subsidiya ajratishni soʻrab qayta murojaat qilishi mumkin.
17. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 16-bandida koʻrsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik uch ish kunida:
ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi;
nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqishini (ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashashi, oʻqish joyiga tegishli transportda qatnashini) joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasini yuklaydi.
18. Oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olishga hujjat topshirgan ariza beruvchiga yuborilgan SMS-xabarnoma uni nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish va oʻqishni boshlashi uchun kafolat hisoblanadi.
Agar ariza beruvchi ushbu SMS-xabarnomani olgan paytdan boshlab 90 kun ichida oʻqitish haqidagi shartnomani tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga taqdim etmasa va ushbu muddat ichida oʻqishni boshlamasa, unga subsidiya ajratish rad etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
19. Monitoring natijasida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga elektron shaklda yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
20. Nodavlat taʼlim tashkiloti ariza beruvchini oʻqitish bilan bogʻliq xizmat koʻrsatilganligi toʻgʻrisida har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar hisob-fakturani oʻzi joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga elektron shaklda yuboradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
21. Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi ikki ish kunida yoshlar yetakchisining tavsiyasi va nodavlat taʼlim tashkilotining hisob-fakturasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga tegishli subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida Agentlikka soʻrov yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma berilgan boʻlsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchi nodavlat taʼlim tashkilotida taʼlim olgan (yashash va (yoki) transport xarajati uchun subsidiya ajratishni soʻrab murojaat qilgan ariza beruvchi yashash va (yoki) transport uchun xarajat qilgan) boʻlsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi uning murojaatini qanoatlantirish toʻgʻrisida tavsiya berish huquqiga ega boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
22. Soʻrov asosida Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani toʻlash yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisida besh ish kunida qaror qabul qiladi, bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Subsidiyani toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Agentlik:
oʻqish xarajatlari uchun subsidiyani tuman (shahar) boʻlimi hisobvaragʻiga, tuman (shahar) boʻlimi esa — nodavlat taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazadi;
yashash va transport xarajatlari uchun subsidiyani tuman (shahar) boʻlimi hisobvaragʻiga, tuman (shahar) boʻlimi esa ariza beruvchining bank kartasiga oʻtkazadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida ariza beruvchilar haqida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi.
25. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
26. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladigan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish xarajatini qoplash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddati
1-bosqich
Nogironligi boʻlgan yosh fuqaro
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarni oʻrganish, kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrganish xarajati uchun subsidiya ajratishni soʻrab tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtib murojaat qoldiradi.
Oʻqishni boshlashdan oldin
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Taqdim etilgan hujjatlar va ulardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi, bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi hamda nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisining zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqishini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.
Taqdim etilgan hujjatlar yoki ulardagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmaganda, bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etilganligi haqida SMS-xabarnoma yuboradi.
Hujjatlar kelib tushganidan soʻng 15 ish kunida
Nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimining soʻrov xatiga (ariza beruvchi va nodavlat taʼlim tashkiloti va tuman (shahar) yoshlari ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan ariza beruvchini oʻqitish toʻgʻrisidagi shartnoma ilova qilingan) asosan oʻqitishning toʻliq davri uchun subsidiya mablagʻlarini tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi tasdiqlan gandan soʻng 5 ish kunida
4-bosqich
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi
Har oylik oʻqitish xizmati koʻrsatilgandan soʻng nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ariza beruvchiga oʻqitish xizmati koʻrsatilganligi toʻgʻrisida hisob-faktura hamda mahalladagi yoshlar yetakchisining ariza beruvchining oʻqishini monitoring qilish natijalari boʻyicha ijobiy tavsiyasiga asosan subsidiyani nodavlat taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.
Hisob-faktura va ijobiy xulosa kelib tushgandan soʻng 3 ish kunida
Ariza beruvchi oʻqishni davom ettirmagan hollarda (oʻqish oraligida davolanish uchun vaqtincha oʻqishga bormagan hollar bundan mustasno) ushbu ariza beruvchining oʻqish xarajati uchun ajratilgan subsidiya mablagʻlarini Agentlik markaziy apparatining tegishli gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Ariza beruvchi oʻqishni davom ettirmasligi aniqlangan paytdan boshlab 10 ish kunida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Nogironligi boʻlgan yosh fuqaro
Nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish davrida yashash va transport xarajati uchun subsidiya ajratishni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (YIDXP) Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.
Oʻqishni boshlagandan soʻng har oy yakuni boʻyicha
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi va unga SMS-xabarnoma yuboradi.
2. Nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining tegishli joyda ijarada yashashi va transport qatnovini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.
Hujjatlar kelib tushgandan soʻng uch ish kunida
3. Ariza beruvchiga oʻqitish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi tasdiqlanganda nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimining soʻrov xatiga yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya mablagʻlarini toʻliq miqdorda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimining hisobraqamiga oʻtkazadi.
4-bosqich
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Ariza beruvchining ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashashi, oʻqish joyiga tegishli transportda qatNashini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Har oylik oʻqish davri yakunida ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqida tavsiya tayyorlaydi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga elektron shaklda yuboradi.
Besh ish kunida
5-bosqich
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi
Mahalladagi yoshlar yetakchisining subsidiya ajratish haqidagi tavsiyasiga asosan subsidiya toʻlovi mablagʻlarini ariza beruvchining bank kartasiga oʻtkazib boradi.
Har oylik oʻqish davri yakunida
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Taʼlimni tashkil etuvchi nodavlat taʼlim tashkiloti STIR:
(maʼlumot kiritiladi)
1.7. Oʻquv kursining turi:
-
1.8. Oʻquv kursining umumiy muddati:
-
1.9. Oʻquv kursining bir oylik toʻlov miqdori:
(maʼlumot kiritiladi)
II. Nogironligi boʻlgan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumot:
2.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.:
-
2.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
2.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami:
-
2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:
-
2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
2.6. Nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:
(ilova qilinadi)
2.7. Telefon raqami:
-
2.8. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga 4a-ILOVA
Oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Ariza beruvchi taʼlim olayotgan nodavlat taʼlim tashkiloti STIR
-
1.7. Oʻquv kursi turi
-
1.8. Yoʻl xarajatlari toʻlovlarini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)
(ilova qilinadi)
1.9. Yoʻl xarajatlari miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
1.10. Ijara shartnomasi nusxasi
(ilova qilinadi)
1.11. Ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqida bildirishnoma nusxasi
(ilova qilinadi)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qaroriga 2-ILOVA
Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan nogironligi boʻlgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq subsidiya ajratishni soʻrab murojaat qilgan oʻn olti yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan nogironligi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya — kamida bir oy davomida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat yoki diplom olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, oʻt oʻrish oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
3. Ushbu Reglamentga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
4. Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha ushbu Qaror talablariga toʻliq mos kelgan 500 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga ajratiladi.
Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan soʻng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish toʻxtatiladi.
Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi.
Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.
Muqaddam hududiy yoki tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratilgan ariza beruvchilarga ushbu reglamentga muvofiq asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
5. Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi
6. Asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
7. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Bunday murojaat ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida amalga oshirilishi lozim.
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat (“pdf” yoki “jpg” formatda).
Bunda oʻqish davri bir oydan kam boʻlmasligi, shuningdek, maxsus sertifikat uni bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
9. Nogironligi boʻlgan yoshlarning nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar Agentlik tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
10. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
11. Soʻrovnoma ERI yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Agentlikka elektron shaklda yuboriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
14. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
15. Ariza Agentlik tomonidan oʻn besh ish kunida koʻrib chiqiladi hamda quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga oʻtadi:
ariza bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda;
ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar roʻyxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa;
ariza beruvchida nogironlik mavjud boʻlsa;
ariza beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan boʻlsa;
ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yuz sakson kundan oshmagan boʻlsa;
maxsus sertifikatni tasdiqlovchi hujjatda qayd etilgan mutaxassislik hamda tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan faoliyat turi bilan murojaatda soʻralgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari mos boʻlsa;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan boʻlsa.
Ariza beruvchi ushbu bandda belgilangan talablarga mos kelmaganda, Agentlik tomonidan unga tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ariza beruvchi SMS-xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda subsidiya ajratishni soʻrab qayta murojaat qilishi mumkin.
16. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 15-bandida koʻrsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik ikki ish kunida murojaatdagi maʼlumotlarning toʻliq va asosli ekanligini tekshirish uchun ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoʻnaltiradi.
17. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 15-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi yana bir marta oʻrganilib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga elektron shaklda yuboriladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi uning murojaatini qanoatlantirish toʻgʻrisida tavsiya berish huquqiga ega boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
18. Soʻrov asosida Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani toʻlashi yoki uni rad etish toʻgʻrisida uch ish kunida qaror qabul qiladi, subsidiyani toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Agentlik asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) boʻlimi hisobvaragʻiga oʻtkazadi va bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
19. Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi kelib tushgan subsidiyani besh ish kunida ariza beruvchining murojaatida koʻrsatilgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun savdo tashkilotning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Savdo tashkilotidan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi.
Bunda dalolatnoma mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tuzilib, unda ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna yoki mehnat qurolining nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti koʻrsatiladi.
Sotuvchi, xaridor va mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan imzolangan dalolatnoma Agentlikka topshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi.
22. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Nogironligi boʻlgan yosh fuqaro
Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishni soʻrab davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.
Tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Ariza beruvchi nomidan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, murojaatni ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Hujjatlar kelib tushgandan soʻng ikki ish kunida
4-bosqich
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Ariza beruvchining murojaatidagi maʼlumotlar toʻgʻriligini oʻrganib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlaydi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga elektron shaklda yuboradi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng besh ish kunida
5-bosqich
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi
Agentlikning tuman (shahar) boʻlimi yoshlar yetakchisining tavsiyasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga tegishli subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida Agentlikka soʻrov yuboradi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi uning murojaatini qanoatlantirish toʻgʻrisida tavsiya berish huquqiga ega boʻladi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng ikki ish kunida
6-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchiga subsidiyani toʻlash yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi, bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi kelib tushgandan soʻng uch ish kunida
7-bosqich
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi
Subsidiyani asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Subsidiya kelib tushgandan soʻng besh ish kunida
8-bosqich
Ariza beruvchi
Realizatsiya qilingan tashkilotdan asbob-uskuna yoki mehnat qurolini mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida qabul qiladi.
Subsidiya kelib tushgandan soʻng
9-bosqich
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
1. Asbob-uskuna yoki mehnat qurolini qabul qilish va topshirish boʻyicha dalolatnomani tuzadi.
2. Dalolatnomani Yoshlar ishlari agentligiga topshiradi.
Subsidiya realizatsiya qiluvchi tashkilotga oʻtkazilgandan soʻng
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Ariza beruvchiga maxsus sertifikat bergan taʼlim tashkiloti STIR:
-
1.7. Ariza beruvchi tugatgan oʻquv kursi nomi:
-
1.8. Ariza beruvchi xarid qilmoqchi boʻlgan asbob-uskunalar yoki mehnat quroli nomi:
-
1.9. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat nusxasi:
(ilova qilinadi)
II. Nogironligi boʻlgan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumot:
2.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.:
-
2.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
2.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami:
-
2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:
-
2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
2.6. Nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:
(ilova qilinadi)
2.7. Telefon raqami:
-
2.8. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 09/22/341/0545-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)