1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qo‘shimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.02.00 Yoshlar mehnati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismini qoplab berishni nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib 1-ilovaga muvofiq;
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlariga ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2-ilovaga muvofiq;
“Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjud bo‘lgan yoki bandligi ta’minlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi mazkur xususiy tashkilotga kompensatsiya qilinishini nazarda tutuvchi Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib 3-ilovaga muvofiq;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda budjet mablag‘lari hisobidan amaliyot o‘tagan to‘liq oy uchun har oylik subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib 5-ilovaga muvofiq;
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ikki hafta muddatda:
a) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini (keyingi o‘rinlarda — o‘qish va imtihon xarajatlari) qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq quyidagi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining milliy sertifikatlar bo‘yicha elektron bazasi;
IT Parkning “Sertifikatlar reyestri”;
banklarning tegishli axborot tizimlari;
Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali o‘zaro hamda “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
YIDXPdagi “Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish” davlat xizmatini ushbu qarorga 6-ilovaga keltirilgan ma’muriy reglament talablariga muvofiqlashtirsin.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat test markazi bilan birgalikda hududlardagi namunali xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestrini, shuningdek, milliy sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirsin va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 20-oktabrga qadar Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilayotgan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi negizida yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilar elektron reyestrini yaratish choralarini ko‘rsin.
ikkinchi — beshinchi xatboshilardagi tartiblarda nazarda tutilgan xarajatlar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
oltinchi xatboshisidagi tartibda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga Davlat budjeti parametrlarida ajratilgan mablag‘lar;
yettinchi xatboshisidagi tartibda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 10 kun muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Yoshlar daftari” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda:
kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan elektron axborot tizimini ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlarini elektron reyestrga kiritish tartibi va ushbu ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
71. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan davlat xizmatlari AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilgan holda ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-oktabr,
617-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 1-ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylaridan chiqarilgan yoshlarga, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) ularning davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalar bo‘yicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining (keyingi o‘rinlarda — o‘qish xarajati) bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi (keyingi o‘rinlarda — o‘qish xarajatining bir qismi) qoplanadi.
2-bob. Ariza beruvchilarga o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish tartibi
3. Ariza beruvchilarga o‘qish xarajatlari ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ushbu ariza beruvchilarning doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan mahallaning yoshlar yetakchisi orqali “Yoshlar daftari”ga kiritish va o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqidagi “mahalla yettiligi” (mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan) nomiga yozma shaklda murojaatiga yoki “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali onlayn murojaatiga asosan kompensatsiya qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Bunda, arizada ariza beruvchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish so‘ralayotgan o‘qish xarajati miqdori ko‘rsatilishi lozim.
4. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
“Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan ariza beruvchilar tomonidan ularning ushbu muassasalarda tarbiyalanganligi haqida ma’lumotnoma;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan ta’lim tashkilotida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash to‘g‘risida ta’lim tashkiloti va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
5. “Mahalla yettiligi”ning ariza beruvchining o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqidagi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchining o‘qish xarajati bir qismini qoplab beradi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobvarag‘ida ushbu yo‘nalishdagi xarajatlarni amalga oshirishga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini va ushbu Vaqtinchalik tartibning 3-4-bandlarida keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza beruvchiga o‘qish xarajatining bir qismini qoplash haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga so‘rov xati yuboradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
6. Vasiylik kengashidan kelib tushgan so‘rov xati bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar va hujjatlar nusxalari ushbu Vaqtinchalik tartib talablariga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga o‘qish xarajatining bir qismini qoplab berish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
Talabnomada ariza beruvchining F.I.Sh., to‘lov maqsadi va summasi ko‘rsatilishi lozim.
7. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida o‘qish xarajatining bir qismini to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigi, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq o‘qish xarajatining bir qismini to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
8. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati to‘lov grafigi asosida o‘qish xarajatining bir qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
9. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi mablag‘lar tushgan sanadan boshlab bir ish kunida ariza beruvchiga o‘qish xarajatining qolgan qismi u tomonidan to‘lanib, ushbu to‘lovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uning arizasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanishi so‘ralgan o‘qish xarajatining bir qismi qoplab berilishi haqida SMS xabar yuboradi.
10. SMS xabar yuborilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan o‘qish xarajatining qolgan qismi to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatiga asosan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi ariza beruvchining arizasida qoplanishi so‘ralgan o‘qish xarajatining bir qismini uch ish kunida ta’lim tashkilotining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar, Vasiylik kengashiga xabarnoma yuboradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat ariza beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilganda, uning xarajati bir qismini qoplab berish uchun o‘tkazib berilgan mablag‘lar Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda boshqa ariza beruvchilarning o‘qish xarajatining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi mumkin. Bunday murojaatlar tushmagan taqdirda mablag‘lar Jamg‘armaga qaytariladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
12. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar
Doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan mahallaning yoshlar yetakchisi orqali “Yoshlar daftari”ga kiritish va o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqidagi “mahalla yettiligi” nomiga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajati bir qismini kompensatsiya qilish haqida yozma shaklda murojaat qiladi.
“Mahalla yettiligi” ariza beruvchining o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqida qaror chiqarganda, ushbu qarorni ilova qilgan holda Vasiylik kengashiga talabnoma yuboradi.
Ariza beruvchining
xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Vasiylik kengashi
Arizachining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajati bir qismini kompensatsiya qiladi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisob raqamida ushbu yo‘nalishdagi xarajatlarni amalga oshirishga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, Vasiylik kengashi arizachining murojaatini va ushbu Nizomning 3-4-bandlarida keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beruvchiga o‘qish xarajatining bir qismini qoplash haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga so‘rov xati yuboradi.
Murojaat kelib tushgandan uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
So‘rov xati bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar nusxalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga o‘qish xarajatining bir qismini qoplab berish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
So‘rov xati kelib tushgandan uch ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
markaziy apparati
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib besh ish kunida o‘qish xarajatining bir qismini to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Agentlikning hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigi, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq o‘qish xarajatining bir qismini to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
Buyurtmanoma tushgandan so‘ng besh ish kunida
Buyurtmanoma asosida o‘qish xarajatini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
To‘lov grafigiga muvofiq
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Mablag‘lar kelib tushgan sanadan boshlab, ariza beruvchiga o‘qish xarajatining qolgan qismi u tomonidan to‘lanib, ushbu to‘lovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uning arizasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanishi so‘ralgan o‘qish xarajatining bir qismi qoplab berilishi haqida SMS xabar yuboradi.
Mablag‘lar tushgandan so‘ng
uch ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
O‘qish xarajatining o‘zi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan qismini to‘laganini tasdiqlovchi to‘lov hujjatini Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
SMS xabar yuborilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida
7-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi
O‘qish xarajatining bir qismini uch ish kunida ta’lim tashkilotining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi va bu haqda arizachiga SMS xabar, Vasiylik kengashiga xabarnoma yuboradi.
Uch ish kunida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 2-ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash bo‘yicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalan.gan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”dagi farzandlariga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya (keyingi o‘rinlarda — subsidiya) ajratiladi.
2-bob. Ariza beruvchilarga subsidiya ajratish tartibi
3. Ariza beruvchilarga subsidiya ajratish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ushbu ariza beruvchilarning doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi mahallaning yoshlar yetakchisi orqali “Yoshlar daftari”ga kiritish va o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqidagi “mahalla yettiligi” (mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan) nomiga yozma shaklda yoki “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan ajratiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Bunda, arizada ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi lozim.
4. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining “Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanganligi haqida ma’lumotnoma;
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uch taraflama shartnoma (mudofaa bo‘limi va fuqaro tomonidan imzolangan holda).
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
5. “Mahalla yettiligi” “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarning ushbu muassasalarda tarbiyalanganini tasdiqlovchi hujjatlarni, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchilarning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganini o‘rganib, ariza beruvchilarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratish haqida qaror chiqaradi.
Ushbu qarorga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchiga subsidiya ajratadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
6. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari subsidiya ajratish uchun yetarli bo‘lmaganda, Vasiylik kengashi uch ish kunida ushbu Vaqtinchalik tartibning 3-4-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga so‘rov xat yuboradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
7. Vasiylik kengashidan kelib tushgan so‘rov xati bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar nusxalari ushbu Vaqtinchalik tartib talablariga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga ariza beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida buyurtmanoma yuboradi.
buyurtmanomada ariza beruvchining F.I.Sh., to‘lov maqsadi va summasi ko‘rsatilishi lozim.
8. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida subsidiyani to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigi, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq subsidiyani to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
9. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati to‘lov grafigi asosida subsidiyani Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
10. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi mablag‘lar kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kunida uch taraflama shartnomani imzolab, bir asl nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga va ariza beruvchiga yuboradi hamda mablag‘larni tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisobraqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va to‘lov maqsadi ko‘rsatilgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
11. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi hisob raqamiga subsidiya o‘tkazib berilgandan so‘ng ariza beruvchi 180 kalendar’ kun davomida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashni boshlamasa yoki ariza beruvchining ushbu xizmatni o‘tashiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yuzaga kelsa, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi ushbu ariza beruvchi uchun o‘tkazilgan subsidiyani Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga qaytaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun.
12. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan holda qaytarilgan mablag‘larni boshqa ariza beruvchilarga subsidiya shaklida yo‘naltirishi mumkin, bunday murojaatlar kelib tushmagan taqdirda mablag‘lar Jamg‘armaga qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
14. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash bo‘yicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘lash uchun subsidiya ajratish
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yoshlar yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”dagi farzandlari
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘lash uchun subsidiya ajratish haqida doimiy yashash manzili yoki tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi mahallaning yoshlar yetakchisi orqali “Yoshlar daftari”ga kiritish va o‘qish xarajatini kompensatsiya qilish haqidagi “mahalla yettiligi” nomiga yozma shaklda yoki “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali onlayn murojaat qiladi.
“Mahalla yettiligi” ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida qaror chiqarganda ushbu qarorni ilova qilgan holda Vasiylik kengashiga talabnoma yuboradi.
Ariza beruvchining
xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Vasiylik kengashi
Ariza beruvchining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisobraqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va to‘lov maqsadi ko‘rsatilgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari subsidiya ajratish uchun yetarli bo‘lmaganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga so‘rov xat yuboradi.
Murojaat tushgandan so‘ng uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
So‘rov xati bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar nusxalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga ariza beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
So‘rov xati tushgandan so‘ng uch ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
Jamg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib besh ish kunida subsidiyani to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiriladi.
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigi, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq subsidiyani to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
Talabnoma asosida subsidiyani Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
To‘lov grafigiga muvofiq
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Mablag‘lar kelib tushgan sanadan boshlab uch taraflama shartnomani imzolab, bir asl nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga va ariza beruvchiga yuboradi hamda mablag‘larni tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va to‘lov maqsadi ko‘rsatilgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
Mablag‘lar tushgan sanadan so‘ng uch ish kunida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 3-ILOVA
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib xususiy tashkilotlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan ishga olingan xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarining bir qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjud bo‘lgan yoki bandligi ta’minlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy korxona yoki tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi mazkur xususiy tashkilotga Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
3. Ushbu Vaqtinchalik tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xodim — “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjud bo‘lgan yoki bandligi ta’minlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy korxona yoki tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh fuqaro;
ariza beruvchi (ish beruvchi) — ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan xodimlarini kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilishni so‘rab belgilangan tartibda murojaat qilgan xususiy tashkilot;
kompensatsiya — Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ariza beruvchiga qoplanadigan, xodimni kasbga qayta tayyorlash kursida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi;
kasbga qayta tayyorlash — tegishli yo‘nalish bo‘yicha zarur bilim, malakaga va kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun o‘quv dasturlari asosida xodimni kasbiy faoliyatga yo‘naltirishga qaratilgan o‘qitish shakli;
malaka sertifikati — kasbga qayta tayyorlash kursi yakunida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng xodimga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat;
ta’lim tashkiloti — kasbga qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat ta’lim muassasasi;
elektron reyestr — kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan elektron axborot tizimi.
2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish
4. Elektron reyestrga kiritish uchun kasbga qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan tartibda elektron tarzda murojaat qiladi.
Bunda, ta’lim tashkilotlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron reyestrga kiritish uchun ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Elektron reyestrga quyidagi ta’lim tashkilotlari kiritilishi mumkin:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
professional ta’lim tashkilotlari;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘quv markazlari va bo‘linmalari;
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tashkilotlari hamda ularning huzuridagi o‘quv markazlari;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
shogirdlarga kasb o‘rgatish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlarning “Usta-shogird” maktablari.
6. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan ta’lim tashkilotlarining belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi va elektron reyestrga kiritiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7. Elektron reyestr Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-sahifasiga joylashtiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
8. Zarur hollarda, elektron reyestrga kiritilgan ma’lumotlar manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin.
3-bob. Ariza beruvchining murojaatini o‘rganish
9. Xodimini kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajati bir qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish istagida bo‘lgan ish beruvchi ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan xodimining “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjud bo‘lgani yoki bandligi ta’minlangani sababli undan chiqarilgani haqidagi ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” elektron platformasi (yoshlardaftari.uz) orqali tekshirishi mumkin.
10. Ish beruvchi xodimini kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatining bir qismini kompensatsiya qilishni so‘rab Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga yozma yoki elektron ravishda murojaat qiladi.
Arizada ish beruvchining nomi, kasbga qayta tayyorlanadigan xodimning F.I.O. va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, elektron reyestrga kiritilgan kasbga qayta tayyorlovchi ta’lim tashkiloti nomi, joylashgan joyi, xodim qayta tayyorlanadigan kasb nomi, qayta tayyorlash muddati va umumiy xarajat miqdori ko‘rsatilishi, xodimning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi lozim.
11. Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek, ariza beruvchi xodimlarini kasbga tayyorlash kurslarida o‘qitmoqchi bo‘lgan ta’lim tashkiloti elektron reyestrga kiritilganligini uch ish kuni ichida o‘rganib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar ushbu Vaqtinchalik tartibning 2 va 7-bandlari talablariga muvofiq bo‘lganda ularni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga yuboradi.
12. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida kompensatsiyani to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigini, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq kompensatsiya to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
13. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati to‘lov grafigi asosida o‘qish xarajatining bir qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
4-bob. Xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish
14. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidan xususiy korxona yoki tashkilot xodimini kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismi kompensatsiya qilinishi haqida javob xati yuborilganda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi uch ish kunida xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish haqida buyruq chiqarib, monitoringni amalga oshiruvchi hududiy boshqarma yoki Yoshlar ishlari agentligining tegishli tuman (shahar) bo‘limi xodimini (keyingi o‘rinlarda — mas’ul xodim) tayinlaydi va ushbu buyruq nusxasini ariza beruvchiga yuboradi.
Shu bilan birga, Yoshlar ishlari agentligi va ish beruvchi o‘rtasida uch ish kunida xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolanadi.
Shartnomada xodimni kasbga qayta tayyorlashning Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadigan miqdori va kompensatsiya qilish muddati ko‘rsatilishi lozim.
15. Xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan tayinlangan mas’ul xodim tomonidan xodimning kasbga qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etayotganini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Bunday o‘rganish kasbga qayta tayyorlovchi ta’lim tashkilotiga borib amalga oshirilishi mumkin.
16. Kasbga qayta tayyorlash kursi yakunlangach, o‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan xulosa tayyorlanadi.
5-bob. Xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish
17. Xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Kasbga qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga ta’lim tashkiloti tomonidan malaka sertifikati beriladi.
19. Kasbga qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha xodimning mavjud bilim, ko‘nikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlarida tashkil etiladigan Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan berilgan xodimning mavjud bilim, ko‘nikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini tasdiqlovchi hujjat va mas’ul xodim tomonidan taqdim etilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha ijobiy xulosaga muvofiq Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirish haqida talabnoma xat yuboradi.
Talabnoma xatga shartnoma, xodimning malaka sertifikati, xodimning malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini tasdiqlovchi hujjat, monitoring natijalari bo‘yicha ijobiy xulosa va kasbga qayta tayyorlash xarajatining ish beruvchi tomonidan to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxalari ilova qilinishi lozim.
21. Ushbu Vaqtinchalik tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etilganda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati uch ish kunida hududiy boshqarmaning hisobraqamiga, hududiy boshqarma uch ish kunida ariza beruvchining hisobraqamiga xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish uchun mablag‘larni o‘tkazib beradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
23. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarini kompensatsiya qilish
Xodimlarni elektron reyestrga kiritilgan ta’lim tashkilotlarida kasbga qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish uchun Yoshlar ishlari agentligining tegishli hududiy boshqarmasiga yozma yoki elektron tarzda murojaat qiladi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda ularni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga yuboradi.
Murojaat tushgandan so‘ng
uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
J?mg‘armaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib kompensatsiyani to‘lash bo‘yicha to‘lov grafigi shakllantiradi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan to‘lov grafigini, ariza beruvchiga ushbu to‘lov grafigiga muvofiq kompensatsiya to‘lab berish muddati haqida SMS xabar yuboradi.
Hujjatlar tushgandan so‘ng
besh ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidan xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismi kompensatsiya qilinishi haqida javob xati yuborilgan hollarda xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish haqida buyruq chiqarib, monitoringni amalga oshiruvchi hududiy boshqarma yoki Yoshlar ishlari agentligining tegishli tuman (shahar) bo‘limi xodimini tayinlaydi.
Javob xati kelgandan so‘ng
uch ish kunida
5-bosqich
Ish beruvchi
Xodimining ta’lim tashkilotida kasbga qayta tayyorlanishini ta’minlaydi.
Belgilangan muddatda
6-bosqich
“Ishga marhamat” monomarkazidagi Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi
Kasbga qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha xodimning mavjud bilim, ko‘nikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlaydi.
Belgilangan muddatda
7-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Arizachi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilganda xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajati bir qismini kompensatsiya qilish haqida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga talabnoma xat yuboradi.
Tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng
uch ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
To‘lov grafigi asosida o‘qish xarajatining bir qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Mablag‘lar tushgandan so‘ng
uch ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Tushgan mablag‘larni ariza beruvchining hisob raqamiga o‘tkazadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 4-ILOVA
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlari bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq kompensatsiya to‘lashni so‘rab murojaat qilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jismoniy shaxs yoki belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, xorijiy tillarni o‘rgatish yoki umumta’lim fanlarni o‘qitish faoliyatini amalga oshiruvchi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni xorijiy tilga yoki umumta’lim fanlariga o‘qitganlik xarajati hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab murojaat qilgan nodavlat ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — o‘quv markazi);
o‘qish xarajati — o‘quv markazi tomonidan ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan xorijiy tillar yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha eng kamida 3 oylik o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish uchun belgilangan to‘lov;
milliy sertifikat — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, chet tilini bilish darajasini aniqlash yoki bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
imtihon topshirish xarajati — chet tilini bilish darajasini aniqlash yoki bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi hisob raqamiga to‘lanadigan to‘lov;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
kompensatsiya — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan qismi, shuningdek, imtihon topshirish xarajati;
shartnoma — ma’lum bir o‘quv mashg‘ulotini eng kamida 3 oylik muddatga tashkil etish to‘g‘risida o‘quv markazi va o‘quvchi o‘rtasida tuziladigan bitim (shartnomada o‘quv kursi muddati va kurs uchun to‘lov miqdori, kursning jami davomiylik muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
verifikatsiya — Davlat test markazining elektron tizimi orqali ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan milliy sertifikatning haqiqiyligini tekshirish.
3. Xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlari bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish haqida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh fuqarolar yoki ushbu fuqarolarni o‘qitgan va imtihon topshirish xarajatlarini qoplagan o‘quv markazlari murojaat qilishi mumkin.
4. Kompensatsiya olish uchun o‘quv kurslarini tugatgandan so‘ng ariza beruvchi tegishli yo‘nalish bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida imtihon topshirishi va milliy sertifikatni olishi lozim.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Bunda, kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan ariza beruvchilarning murojaatiga asosan kompensatsiya quyidagilarga to‘lanadi:
o‘qish va imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxs tomonidan to‘langanda — ariza beruvchi-jismoniy shaxsga;
o‘qish xarajati qisman (kompensatsiya to‘lovidan tashqari qismi) va imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxs tomonidan to‘langanda — o‘qish xarajatining qolgan qismi o‘quv markaziga, imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxsga;
o‘qish xarajati to‘lanmaganda (o‘quv markazi tomonidan o‘qish xarajati kompensatsiyasidan tashqari qismi beg‘araz o‘qitilganda) va imtihon topshirish xarajati o‘quv markazi tomonidan to‘langanda — o‘quv markaziga.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
5. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlari bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi. Bunda, milliy sertifikatning haqiqiyligi so‘rovnomani to‘ldirish jarayonida avtomatik tarzda verifikatsiyadan o‘tkaziladi;
b) Yoshlar ishlari agentligi:
taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligini (shu jumladan, yosh fuqaroning haqiqatda “Yoshlar daftari”ga kiritilganini) tekshiradi;
ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini ariza beruvchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari orqali ariza beruvchi yuridik shaxslarga kompensatsiya mablag‘larini ariza beruvchi yuridik shaxslarga ularning tegishli hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi hamda xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi. Bunda, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalq bankiga kompensatsiya pullarini to‘lab berishga oid masalalar ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
v) Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda ariza beruvchi — jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishini amalga oshiradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
7. Kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bunda, ariza beruvchi istalgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
a) o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma nusxasi (pdf formatda);
b) o‘quv markazi tomonidan imtihon topshirish xarajati to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi (tegishli tijorat banki tomonidan tasdiqlangan, agar mavjud bo‘lgan taqdirda) (pdf formatda);
v) ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakldagi reyestr (o‘quv markazi tomonidan taqdim etiladi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
10. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YAIDXGT orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
13. Quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lab beriladi:
o‘qish va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi so‘ralgan fuqaro Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya to‘lanayotgan paytda “Yoshlar daftari”da mavjud bo‘lganda;
murojaat vaqtida ushbu Reglamentning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda;
milliy sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda;
ariza beruvchi tomonidan o‘qish va imtihon topshirish xarajati, shuningdek, milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari 2021-yil 1-noyabr sanasidan keyin to‘langanda;
ariza beruvchi milliy sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida kompensatsiya to‘lashni so‘rab murojaat etganda;
ariza beruvchi tomonidan shartnomaga muvofiq, o‘quv kursi uchun o‘quv xarajatlarining 50 foizi to‘lanib, qolgan qismini (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdordagi) to‘lashni so‘rab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda.
Ariza beruvchining murojaati ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda unga kompensatsiyani to‘lash rad etiladi.
14. Ushbu Reglamentda belgilangan muddatda kompensatsiyani to‘lash imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda YIDXPga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga bu haqda SMS xabar yuboradi.
15. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 10 ish kunida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli (shu jumladan, yosh fuqaroning haqiqatda “Yoshlar daftari” elektron bazasida mavjudligini tekshirib, kompensatsiya berish yoki uni rad qilish to‘g‘risida xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
16. Agar ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etilmagani sababli unga kompensatsiya berish rad etilgan bo‘lsa, xabarnomada taqdim etilmagan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Ushbu hujjatlar xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab 30 kun ichida ushbu Reglamentga muvofiq taqdim etilsa, shuningdek ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 13-bandi talablariga muvofiq bo‘lsa, unga kompensatsiya to‘lab beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
17. Har bir ariza beruvchiga bitta xorijiy tilni o‘rganish va bitta umumta’lim fanni o‘zlashtirish hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajati kompensatsiya qilinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchi jismoniy shaxslar tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘lar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning ro‘yxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi.
19. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
21. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
22. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
O‘quv markazida xorijiy tilni yoki umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish uchun ta’lim oladi.
Kamida 3 oy davomida
Uquv markazi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga xorijiy tilni yoki umumta’lim fanlarini o‘qitadi.
2-bosqich
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar
Uquv kursini tugatgandan so‘ng tegishli yo‘nalish bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida o‘z hisobidan imtihon topshiradi va milliy sertifikatni oladi.
O‘quv kursini tugatgandan so‘ng
O‘quv markazi
Uquv kurslarini tugatgan o‘quvchilarning tegishli yo‘nalish bo‘yicha milliy sertifikat olish xarajatlarini o‘z hisobidan qoplaydi.
3-bosqich
Ariza beruvchi
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga kompensatsiya to‘lashni so‘rab murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tib murojaat qoldiradi.
Milliy sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2.YIDXP
So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli (ariza beruvchining haqiqatda “Yoshlar daftari” elektron bazasida mavjudligini) ekanligini tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanganda, ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini ariza beruvchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi, ariza beruvchi yuridik shaxslarning kompensatsiya mablag‘larini Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari o‘tkazib beradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
1. Murojaat tushganidan so‘ng 10 ish kunida
2. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanmaganda,bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga murojaati rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma (SMS xabar) yuboradi.
2. Ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanmaganda bir ish kuni mobaynida
6-bosqich
“Xalq banki” filiali
Kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqni tekshirgan holda ariza beruvchi jismoniy shaxsga kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradi.
Ariza beruvchi murojaat qilgan sanadan boshlab 5 ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi
Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari orqali kompensatsiya mablag‘larini olishga bo‘lgan huquqini tekshirgan holda ariza beruvchi yuridik shaxsning tegishli hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Kompensatsiya olishda bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SO‘ROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tug‘ilgan sanasi:
yil/kun/oy
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. O‘quv kursi turi
-
1.7. Maxsus (milliy) sertifikat raqami
-
1.8. Ta’limni tashkil etgan ta’lim tashkiloti STIR
-
1.9. Uch tomonlama to‘lov-shartnoma va to‘lov kvitansiya nusxasi (agar mavjud bo‘lgan taqdirda)
(ilova qilinadi)
1.10. Kompensatsiya mablag‘larini olish uchun Xalq banki filiali
(tanlanadi)
II. Ariza beruvchi (yuridik shaxs) haqida ma’lumot:
2.1.1. Ta’lim tashkiloti nomi:
-
2.1.2. Ta’lim tashkiloti STIR:
-
2.1.3. Ta’lim tashkilotining telefon raqami:
-
2.1.4. Ta’lim tashkilotining elektron pochta manzili:
-
2.1.5. Ta’lim tashkilotining joylashgan manzili:
Tuman(shahar), viloyat, respublika
2.1.6. O‘qish xarajatlari qoplab beriladigan o‘quvchilar soni
-
2.1.7. O‘qish xarajatlari qoplab beriladigan o‘quvchilar ro‘yxati (reyestr)
(ilova qilinadi)
2.1.8. Uch tomonlama to‘lov-shartnoma nusxasi (pdf shaklda)
(ilova qilinadi)
2.1.9. Umumta’lim fanlarini va chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgani to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi (vakolatli bank muhri bilan)
2.1.10. Kompensatsiya mablag‘larini olish uchun rekvizitlar
-
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Kompensatsiya olish bo‘yicha o‘quvchilarning ro‘yxati (reyestr)
T/r
O‘quvchilarning F.I.O.
Pasport ma’lumoti (ID-karta)
JSH SHIR
Telefon raqami
O‘quv kursi turi
O‘quv kursi boshlangan va tugallangan sana
O‘quv kursi xarajati
Milliy sertifikat raqami
1.
...
2.
...
Direktor
(Imzo/muhr)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
O‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadigan xorijiy tillar va umumta’lim fanlari hamda ular bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun imtihon topshiriladigan xorijiy tillar va umumta’lim fanlari
*“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish (foiz to‘lovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimi orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 5-ILOVA
Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish bo‘yicha
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan davri mobaynida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida amaliyot o‘tagan to‘liq oy uchun har oylik subsidiya ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
3. Ushbu Vaqtinchalik tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qabul qiluvchi tashkilot — professional ta’lim tashkiloti o‘quvchisi tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti o‘talayotgan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonasi;
amaliyot o‘taydigan o‘quvchi (o‘quvchi) — qabul qiluvchi korxona va tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga yo‘llanma berilgan professional ta’lim tashkilotining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan o‘quvchisi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
amaliyot — o‘quvchilar tomonidan olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, kasbiy faoliyatga oid ko‘nikmalarni olish hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va mahorat hosil qilish maqsadida olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda tashkil etiladigan o‘quv jarayonining bir qismi;
amaliyot rahbari — o‘quv yuklamasiga amaliyot rahbarligi kiritilgan professional ta’lim tashkiloti o‘qituvchisi.
4. Professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari to‘langanda ushbu o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish amaliyotini ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida o‘tagan davri mobaynida subsidiya ajratilmaydi.
5. Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
2-bob. Amaliyotni tashkil etish
6. Amaliyotni o‘tash professional ta’lim tashkiloti tomonidan o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshiriladi.
7. Amaliyot qabul qiluvchi tashkilotning amaliy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lish, birlamchi kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini egallash, kelgusida qabul qiluvchi tashkilotda ishga joylashishni nazarda tutadi.
8. Amaliyot o‘quv rejasida nazarda tutilgan muddatlarda, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
9. Amaliyot o‘quvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
10. Amaliyot rahbari o‘quvchilarning haqiqatda amaliyot o‘tayotganliklarini amaliyot o‘tash joylariga borish yo‘li bilan nazorat qiladi.
11. Amaliyot o‘tash yakunlangach, o‘quvchi tomonidan amaliyot davrida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlanadi hamda amaliyot rahbariga topshiriladi.
Amaliyot o‘tash to‘g‘risidagi hisobotda bajarilgan ish, o‘rganilgan tajribani qo‘llash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va ko‘nikmalar aks ettiriladi. Hisobot o‘quvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. O‘quvchilarning oilasi “Yeshlar daftari”ga kiritilganini tekshirish
12. Professional ta’lim tashkilotlari amaliyot o‘tashga yuboriladigan o‘quvchilarning “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun o‘quvchilarning yashash joyi bo‘yicha tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga (keyingi o‘rinlarda — sektor) so‘rovnoma yuboradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
So‘rovnomada professional ta’lim tashkiloti nomi, amaliyot o‘taydigan o‘quvchilar ro‘yxati (o‘quvchining F.I.O. va tugilgan sanasi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ilova qilinishi lozim.
13. Sektorlar rahbarlari so‘rovnoma asosida o‘quvchilarning “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshirilishini ta’minlaydi hamda tekshirish natijalariga ko‘ra so‘rovnoma bergan professional ta’lim tashkilotiga sektor rahbari tomonidan tasdiqlangan oilasi “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
a) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi bo‘yicha amaliyotni o‘tashga biriktirishni so‘rab amaliyotning boshlanishi davridan kamida bir oy oldin qabul qiluvchi tashkilotlarga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanomada professional ta’lim tashkiloti nomi, amaliyot o‘taydigan o‘quvchilar ro‘yxati, amaliyotning boshlanishi sanasi va davomiyligi muddati, ajratilishi lozim bo‘lgan umumiy subsidiya miqdori, o‘quvchining egallaydigan kasb va mutaxassisligi nomi ko‘rsatilishi hamda uning “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim;
(14-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
b) amaliyot o‘taydigan o‘quvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi hamda ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda qabul qiluvchi tashkilotlarga biriktirish ishlarini amalga oshiradi. Bunda, hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining amaliyot o‘tovchi o‘quvchilarga bo‘lgan ehtiyoji, professional ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini amaliyot davridan keyin ishga qabul qilish imkoniyati inobatga olinadi;
v) o‘quvchilarning biriktirilgan qabul qiluvchi tashkilotlarida amaliyot o‘tashlarini ta’minlaydi.
15. Mahalliy mehnat organi professional ta’lim tashkiloti bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashadi.
16. Amaliyot o‘tash qabul qiluvchi tashkilot, professional ta’lim tashkiloti va o‘quvchi o‘rtasida amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, amaliyotni tashkil etish tartibi, subsidiya to‘lash shartlari va muddatlari, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, shuningdek taraflarning javobgarligi belgilanadi.
5-bob. Amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilarga har oylik subsidiya ajratish
17. Professional ta’lim tashkiloti amaliyot o‘tash dasturiga muvofiq yo‘llanma asosida amaliyot o‘taydigan o‘quvchilarga amaliyot o‘tagan vaqtida to‘lanadigan subsidiyalar miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablag‘lar ajratish uchun hududiy moliya organiga buyurtmanoma va asoslovchi hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Buyurtmanomada professional ta’lim tashkiloti va qabul qiluvchi tashkilotning nomi, amaliyot o‘taydigan o‘quvchilarning ro‘yxati, amaliyotning boshlanish sanasi va davomiyligi muddati, ajratilishi zarur bo‘lgan subsidiya miqdori ko‘rsatilishi hamda o‘quvchilarning “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
18. Hududiy moliya organlari professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarga amaliyot o‘tash vaqtida to‘lanadigan subsidiyalar uchun sarflanadigan mablag‘larni ajratish bo‘yicha buyurtmanoma va hisob-kitoblarini jamlab, Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi tomonidan jamlangan buyurtmanomalarga ko‘ra respublika budjetidan mablag‘lar ajratadi. Ushbu ajratilgan mablag‘larni professional ta’lim tashkilotlari budjet xarajatlar smetasining 47.21.900 xarajat moddasida (pul shaklidagi boshqa ijtimoiy yordam nafaqalari) rejalashtiradi.
19. Subsidiyalar berish uchun sarflanadigan mablag‘lar bo‘yicha hisob va hisobotlar tegishli professional ta’lim tashkilotining hisobot bo‘limlari tomonidan yuritiladi.
O‘quvchi belgilangan muddatda va tartibda amaliyot o‘taganda unga amaliyot rahbari tomonidan ijobiy xulosa beriladi. Amaliyot rahbarining ijobiy xulosasiga asosan amaliyot davrida tegishli subsidiya mablag‘lari amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilarga oyma-oy (olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida) keyingi oyning 10 sanasidan kechikmagan muddatda to‘lab beriladi.
20. Amaliyot o‘tovchi o‘quvchilar amaliyot o‘tamagan taqdirda, ularga subsidiya berish to‘xtatiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
22. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 188 – 1882-moddalari.
Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, oilasi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish
Amaliyot o‘tashga yuboriladigan o‘quvchilarning “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun o‘quvchilarning yashash joyi bo‘yicha sektorlarga so‘rovnoma yuboradi.
Amaliyotning boshlanishidan kamida bir oy oldin
2-bosqich
Sektor rahbari
Sektor shtabi kotibi
So‘rovnoma asosida o‘quvchilarning “Yoshlar daftari” ro‘yxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshiradi.
Bunda, so‘rovnoma bergan professional ta’lim tashkilotiga sektor rahbari tomonidan tasdiqlangan “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi.
so‘rovnoma tushgandan so‘ng
uch ish kunida
3-bosqich
Professional ta’lim tashkiloti
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi bo‘yicha amaliyotni o‘tashga biriktirishni so‘rab qabul qiluvchi tashkilotlarga buyurtmanoma beradi.
amaliyotning boshlanishidan kamida bir oy oldin
4-bosqich
Professional ta’lim tashkiloti
Amaliyot o‘taydigan o‘quvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi hamda ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda qabul qiluvchi tashkilotlarga biriktirish ishlarini amalga oshiradi.
bir hafta muddatda
Qabul qiluvchi tashkilot, professional ta’lim tashkiloti, o‘quvchi o‘rtasida amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini ko‘radi.
bir hafta muddatda
O‘quvchilarning biriktirilgan qabul qiluvchi tashkilotlarida amaliyot o‘tashlarini ta’minlaydi.
belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Professional ta’lim tashkiloti
Amaliyot o‘tash dasturiga muvofiq yo‘llanma asosida amaliyot o‘taydigan o‘quvchilarga amaliyot o‘tagan vaqtida to‘lanadigan subsidiyalar miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablag‘lar ajratish uchun hududiy moliya organiga buyurtmanoma va asoslovchi hisob-kitoblarni taqdim etadi.
belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Hududiy moliya organi
Professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarga amaliyot o‘tash vaqtida to‘lanadigan subsidiyalar uchun sarflanadigan mablag‘larni ajratish bo‘yicha buyurtmanoma va hisob-kitoblarini jamlab, Moliya vazirligiga taqdim etadi. Moliya vazirligi tomonidan jamlangan buyurtmanomalarga ko‘ra Davlat budjetidan mablag‘lar ajratadi. Ushbu ajratilgan mablag‘larni professional ta’lim tashkilotlari budjet xarajatlar smetasining 47.21.900 xarajat moddasida (pul shaklidagi boshqa ijtimoiy yordam nafaqalari) rejalashtiradi
Amaliyot davrining har oyi yakuni bo‘yicha
7-bosqich
Professional ta’lim tashkiloti
Subsidiyalar berish uchun sarflanadigan mablag‘lar bo‘yicha hisob va hisobotlar tegishli professional ta’lim tashkilotining hisobot bo‘limlari tomonidan yuritiladi.
belgilangan muddatlarda
Amaliyot rahbarining ijobiy xulosasiga asosan amaliyot davrida tegishli subsidiya mablag‘lari amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilarga oyma-oy (olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida) to‘lab beriladi.
keyingi oyning 10 sanasigacha
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 6-ILOVA
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilinganda, mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti
MA’MURIY REGLAMENTI
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
1. Mazkur Ma’muriy Reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilinganda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, xorijiy tilni bilish bo‘yicha S1 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan, kompyuter xarid qilish uchun iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) hisobidan ushbu kreditning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni so‘rab mazkur Reglamentga muvofiq murojaat qilgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
bank — “Bir million dasturchi” sertifikati, xorijiy til sertifikati va ma’lumotnoma olgan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratadigan AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB;
“Bir million dasturchi” sertifikati — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar bo‘yicha tegishli axborot tizimlari orqali beriladigan elektron hujjat;
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan “Bir million dasturchi” sertifikati va xorijiy til sertifikatining haqiqiyligini tegishli elektron tizimlar orqali tekshirish;
iste’mol krediti yoki mikroqarz — ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bank tomonidan ajratiladigan mablag‘;
ma’lumotnoma — vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha mazkur kreditning foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinishi to‘g‘risida taqdim etiladigan hamda 90 kalendar kun mobaynida amal qiladigan elektron hujjat;
xorijiy til sertifikati — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan tasdiqlangan O‘qish va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida keltirilgan xorijiy tillar bo‘yicha ularni bilish darajasi kamida S1 ekanini tasdiqlovchi, mas’ul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega rasmiy hujjat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
3. Kompyuter xarid qilish uchun banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi hamda kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshganda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol krediti mablag‘lari yoshlarning xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazib beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
4. Ariza beruvchilarga iste’mol kreditining muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari jamg‘arma hisobidan to‘lanadi. Bunda:
“Bir million dasturchi” sertifikati va xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan yoshlar tomonidan olingan iste’mol kreditining foiz to‘lovlari ushbu kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiya jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi;
ariza beruvchining faqat bitta iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya beriladi;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarning qonuniy vakillariga iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organ va banklar o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
2-bob. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va jamg‘arma kafilligini berish tartibi
6. Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
7. Ariza beruvchi iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lashni so‘rab istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan uning nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) elektron tarzda to‘ldiradi.
Ariza beruvchidan so‘rovnomada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
10. So‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
14. “Bir million dasturchi” sertifikati va xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lash uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda, uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi;
b) vakolatli organ:
tushgan murojaatlarni 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi;
kompensatsiya to‘lash bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan “Bir million dasturchi” sertifikati va xorijiy til sertifikatini verifikatsiyadan o‘tkazadi;
ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi;
iste’mol krediti foiz to‘lovlarining kompensatsiya mablag‘larini tegishli banklar hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi;
v) bank:
ariza beruvchiga iste’mol krediti yoki mikroqarz ajratish masalasini ko‘rib chiqadi, bunda vakolatli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaning haqiqiyligini undagi QR-kod orqali tekshiradi;
iste’mol krediti yoki mikroqarz ajratish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga yoki ariza beruvchining nomiga alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazib beradi hamda vakolatli organni xabardor qiladi;
vakolatli organ tomonidan o‘tkazilgan kompensatsiya mablag‘larini iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
15. Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi;
“Bir million dasturchi” sertifikati yoki xorijiy til sertifikatidagi ma’lumotlar ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;
murojaat qilingan sanada “Bir million dasturchi” sertifikati yoki xorijiy til sertifikati berilganiga 6 oy o‘tganligi;
ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinayotganligi (qilinganligi);
ariza beruvchining avvalgi murojaati asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugamaganligi;
murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganda uning qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilganda, bu haqida ariza beruvchiga avtomatik ravishda SMS xabar yuboriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
16. Vakolatli organning iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligini berish va/yoki foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi olingandan so‘ng banklarning tegishli filiallari o‘zlarining ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda iste’mol krediti yoki mikroqarz ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
Iste’mol krediti yoki mikroqarz ajratish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qilingan va kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga yoki alohida ochilgan bank kartalariga pul mablag‘lari o‘tkazib berilgandan so‘ng bank har oyning 15-sanasiga qadar bu haqda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
17. Iste’mol krediti yoki mikroqarz bo‘yicha foiz to‘lovlari har oyning 25-kuniga qadar vakolatli organ va/yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan banklarning tegishli hisobvarag‘iga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti yoki mikroqarz foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga ikki ish kuni ichida o‘tkazib boradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
19. Iste’mol krediti bo‘yicha shartnoma shartlarida belgilangan asosiy qarz o‘z muddatida va/yoki foiz to‘lovi ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganligi natijasida yuzaga kelgan penya va boshqa turdagi zarar bank tomonidan umumiy belgilangan tartibda ariza beruvchidan undiriladi.
20. Ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan haqiqatda kompyuter xarid qilinganligi banklar tomonidan monitoring qilinadi.
Agar ajratilgan iste’mol krediti mablag‘lari boshqa maqsadlarga sarflangan bo‘lsa, banklar tomonidan belgilangan tartibda iste’mol kreditini va foizlarni ariza beruvchidan undirish choralari ko‘riladi.
Bunday holat to‘g‘risida vakolatli organ va uning tegishli hududiy bo‘linmasi banklar tomonidan 3 ish kunida xabardor qilinadi hamda iste’mol krediti bo‘yicha vakolatli organ tomonidan foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘xtatiladi.
21. Ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti asosida xarid qilingan kompyuterdan maqsadli foydalanilishi u yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan har chorakda kamida bir marta monitoring qilinadi.
Ushbu monitoring jarayonida iste’mol krediti ajratilgan sanadan boshlab ikki yil ichida ariza beruvchi kompyuterdan maqsadli foydalanmayotganligi (shu jumladan, sotganligi yoki uchinchi shaxslarga berganligi) aniqlanganda mahalladagi yoshlar yetakchisi bu haqda dalolatnoma tuzib, uch kun muddatda vakolatli organning tegishli hududiy bo‘linmasini xabardor qiladi.
Bunday xabarnomani olgan vakolatli organning hududiy bo‘linmasi uch kun muddatda bu haqda tegishli bankni xabardor qiladi va ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni to‘xtatadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, “Bir million dasturchi” sertifikati va xorijiy til sertifikatini olgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan uning vakili) istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali sertifikatni ilova qilgan xolda murojaat qiladi.
Sertifikatlar berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazlari
2. YIDXP
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali kelib tushgan paytdan boshlab taqdim etilgan sertifikatlarni verifikatsiyadan o‘tkazadi.
Xorijiy til sertifikatining haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, uning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab vakolatli xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.
Ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi, aks holda ariza beruvchiga rad javobini beradi.
Verifikatsiyadan o‘tgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etadi.
5 ish kuni (xorijiy til sertifikati haqiqiyligi bo‘yicha xorijiy tashkilotga so‘rov yuborilganda 30 ish kuni) mobaynida
4-bosqich
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikro-kreditbank” AT
Ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
Iste’mol krediti yoki mikroqarz ajratish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi. Bunda iste’mol krediti summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning tegishli banklardagi hisobvarag‘iga yoki mikroqarzni yoshlarning arizalariga asosan ularning alohida ochilgan bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazib beradi.
Bu haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Bankning ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda
Har oyning 15-sanasiga qadar
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini banklarning tegishli hisobvarag‘iga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazadi.
Banklar bilan kelishilgan muddatlarda har oyning 25-sanasiga qadar
6-bosqich
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikro-kreditbank” AT
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
2 ish kunida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinishi bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SO‘ROVNOMA
T/R
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tug‘ilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatining (nusxasi ilova qilinadi) havolasi:
-
II. Sertifikat olgan o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumot:
2.1. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxsning F.I.O.:
-
2.2. Tug‘ilgan sanasi:
kun/oy/yil
2.3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
2.4. Qonuniy vakil (tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi) F.I.O.:
-
2.5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
2.6. Qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat:
-
2.7. Telefon raqami:
-
2.8. Yashash joyi:
Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika
2.9. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatining (nusxasi ilova qilinadi) havolasi:
-
III. Xorijiy til sertifikatini olish bo‘yicha imtihon haqidagi ma’lumotlar
3.1. Imtihon turi
3.2. Sertifikat №
3.3. Qayd etilgan ball/daraja
(tanlanadi)
-
-
3.4. Sertifikat nusxasi (ilova qilinadi)
3.5. Test topshirilgan sana
3.6. Mas’ul vakolatli tashkilot (imtihon oluvchi markaz) kodi/nomi
-
-
-
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilib borilayotgan ariza beruvchilarning ro‘yxati (reyestr)
T/r
F.I.O.
Pasport ma’lumoti JSHSHIR
Ma’lumotnomadagi ariza raqami
Kredit miqdori
_____ oyi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori
Bank rekvizitlari
Bank boshqaruvchisi
(Imzo) F.I.O.
(6-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)