1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.06 (Кучини йукотган) Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi hamda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
a) “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qaroriga muvofiq:
Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilganligi;
Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi;
talabalarni qabul qilish parametrlari Agentlik bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilanishi;
quyidagilarga:
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat granti tatbiq etilishi;
(1-band “a” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
b) “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2021/2022 o‘quv yilida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilingan barcha talabalarga davlat granti, istisno tariqasida, butun o‘quv yillari uchun to‘liq taqdim etilishi inobatga olinsin.
Bunda o‘quv yili (semestr) yakuniga ko‘ra belgilangan akademik ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lganligi natijasida tegishli fan yoki kursni qayta o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar talabaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
xalqaro darajadagi diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nufuzli fanlar bo‘yicha olimpiada g‘oliblari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan davlat granti bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun butun o‘quv yillari davomida to‘liq taqdim etilishi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda o‘tgan o‘quv yili yakuniga ko‘ra eng yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishgan Universitet talabalariga davlat granti bir o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan tartibda berilishi;
Agentlik, Universitet va stipendiatlar o‘rtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtirilishi;
davlat grantini berish xarajatlari uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi;
davlat grantiga talabgorlarning huquq va majburiyatlari;
b) O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasi qoplab berilishi;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida belgilangan to‘lov-kontrakt summasining bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qismi to‘liq miqdorda qoplab berilishi;
subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi;
subsidiya olgan talabalar magistratura bosqichida yoki doktoranturada o‘qishini davom ettirgan taqdirda, ularning majburiy ishlab berish muddati magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanishi;
subsidiya berish tartibi, shartlari hamda subsidiya ajratishni moliyalashtirish qoidalari.
3. Belgilansinki, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga davlat grantini berish, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash bo‘yicha subsidiya ajratish xarajatlarini moliyalashtirish 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyun,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qaroriga 1-ILOVA
“Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risida
1. Ushbu Nizom Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat grantini berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
grant talabgori — Universitetga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq to‘liq davlat granti asosida o‘qishi belgilangan, shuningdek, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, yuqori o‘rinlarni egallagan abituriyent hamda o‘quv yili yakuni bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan talabalar;
davlat granti — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Universitetda o‘qish qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladigan mablag‘ miqdori;
stipendiat — qonunchilikka muvofiq to‘liq yoki tabaqalashtirilgan tartibda davlat granti taqdim etilgan Universitet talabalari.
3. Universitetni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs davlat granti talabgori bo‘lishi mumkin.
4. Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat granti:
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan taqdim etiladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Davlat granti Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan grant talabgorlari uchun ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
6. Davlat granti mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
7. Grant talabgorlari bo‘lgan abituriyentlar Universitetga qabul bo‘yicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan grant talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ham ilova qiladi, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno.
Ushbu hujjatlar abituriyentlar tomonidan Universitetga qabul qilish bo‘yicha arizalarga belgilangan muddatlarda taqdim etilishi shart. Qabul qilish muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaydi.
8. Davlat grantini olish uchun alohida ariza topshirilmaydi.
9. Davlat granti Universitet tomonidan har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi uchun belgilangan qabul kvotasi doirasida Agentlik bilan kelishilgan holda ajratiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
10. Davlat grantining to‘liq (100 foiz) miqdori Universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontraktning to‘liq (100 foiz) miqdoriga teng bo‘ladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
11. Quyidagi toifaga kiruvchi grant talabgoriga to‘liq (100 foiz) miqdorda davlat granti ajratiladi:
a) xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari;
b) Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari;
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari.
(11-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan qabul kvotasi doirasiga kirmagan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari umumiy tartibda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantiga talabgorlik qilishlari mumkin.
(11-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
12. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq davlat granti taqdim etilgan stipendiatlar uchun butun o‘quv yillari mobaynida to‘liq davlat grantini taqdim etish tartibi saqlab qolinadi.
Bunda stipendiatning o‘quv yili (semestr) yakuniga ko‘ra belgilangan akademik ko‘rsatkichlari (Academic Performance) qoniqarsiz bo‘lganligi natijasida talabaning tegishli fanni qayta o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlar o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
13. Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda o‘tgan o‘quv yili yakuniga ko‘ra eng yuqori akademik ko‘rsatkichlarga (Academic Performance) erishgan Universitet talabalariga (ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan grant talabgorlaridan tashqari) davlat granti bir o‘quv yili uchun quyidagi jadvalga muvofiq tabaqalashtirilgan tartibda ajratib beriladi:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egallagan abituriyentlar (talabalar) guruhi
(ballar ketma-ketligida)
Davlat granti kvotasi
(har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha umumiy kvotaga nisbatan)
Bir nafar abituriyent (talaba) uchun moliyalashtiriladigan davlat granti
(foiz hisobida)
1-guruh
10 foiz
100
2-guruh
10 foiz
70
3-guruh
15 foiz
50
(13-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
14. Tabaqalashtirilgan davlat grantini ajratish belgilangan mezonlarga asosan Universitet tomonidan har o‘quv yili yakuniga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda grant talabgorlariga taqdim etiladi.
15. Tabaqalashtirilgan davlat grantini taqdim etish jadvalining 2-3-guruhlariga kiruvchi abituriyentlar (talabalar) tomonidan Universitetda o‘qish uchun belgilangan to‘lov-kontraktining qolgan miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lanadi.
16. Grant talabgorlari ro‘yxati har o‘quv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrug‘iga asosan tasdiqlanadi.
Grant talabgorlari o‘rtasida teng ballar to‘plangan taqdirda, teng ball to‘plagan barcha grant talabgorlari uchun davlat granti taqdim etiladi.
17. Agentlik, Universitet va stipendiatlar o‘rtasida belgilangan tartibda har o‘quv yili boshlanishining birinchi o‘n ish kuni mobaynida davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) rasmiylashtiriladi.
3-bob. Davlat grantini moliyalashtirish
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat grantini berish xarajatlari uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligiga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan davlat grantini berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar Agentlikning Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida nazarda tutiladi.
19. Agentlik belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq har o‘quv yili boshlanishining birinchi o‘n besh ish kuni mobaynida Universitetning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni moliyalashtirib beradi.
20. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Agentlikka davlat grantini berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va unga o‘zgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18-bobi.
4-bob. Grant talabgorlarining huquq va majburiyatlari
21. Quyidagilar grant talabgorlarining huquqlari hisoblanadi:
kirish imtihonlarida eng yuqori o‘rinlarni egallagan va o‘quv yili yakunidagi akademik ko‘rsatkichlaridan (Academic Performance) kelib chiqib davlat grantini to‘liq yoki qisman belgilangan tartibda olish;
Universitetda to‘lov-kontrakt asosida o‘qigan holda keyingi o‘quv semestrlari yakuni bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlari (Academic Performance) yuqori bo‘lgan taqdirda, davlat grantiga talabgor bo‘lish;
davlat grantidan voz kechish va Universitetda o‘qishni to‘lov-kontrakt asosida davom ettirish.
22. To‘liq davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga (stipendiatlarga) o‘qishni tamomlagandan so‘ng, biroq ikki oy muddatdan kechikmasdan Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Davlat tashkilotlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aniqlanadi hamda davlat granti sohibi bo‘lgan bitiruvchilarni taqsimlash uchun Agentlikka taqdim etiladi.
O‘qish davrida davlat grantini qisman olgan bitiruvchilarning davlat granti umumlashtirilib, majburiy ishlab berish muddati mutanosib ravishda, biroq kamida bir yilgacha bo‘lgan muddatga yaxlitlanib hisoblanadi.
23. Magistratura bosqichida yoki doktoranturada o‘qishni davom ettirayotganUniversitet bakalavriat yoki magistratura bosqichi bitiruvchilarining (stipendiatlarning) majburiy ishlab berish muddati magistratura bosqichida yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
24. Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchi (stipendiat) mazkur Nizomda hamda shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, unga ajratilgan davlat grantining qiymati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
“Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi
Grant talabgori (xalqaro darajadagi tegishli dasturlar diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalari g‘oliblari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida ajratilgan kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) bo‘lgan abituriyent tomonidan Universitetga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan davlat granti talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ilova qilish.
Universitetga qabul qilish bo‘yicha belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Grant talabgorlari ro‘yxatini har o‘quv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrug‘iga asosan tasdiqlash.
Har o‘quv semestri boshlanishining birinchi 5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Universitet va stipendiatlar o‘rtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish.
Har o‘quv semestri boshlanishining birinchi 10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Universitetning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni moliyalashtirib berish.
Har bir o‘quv semestri boshlanishining birinchi 15 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarning o‘qishni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berishi.
O‘qishni tamomlagandan keyin besh yil davomida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim tashkilotlari) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
subsidiya — oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan to‘lov;
talabgor — oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchisi bo‘lgan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng egallagan mutaxassisligi bo‘yicha besh yil muddatda to‘liq bandlik rejimida uzluksiz ishlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan fuqaro.
3. Oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanadi.
4. Subsidiya mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Subsidiya berish tartibi va shartlari
5. Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan Prezident maktablari bitiruvchilarining umumiy hisobini yuritadi.
6. Talabgorlar o‘quv yilining 15-dekabriga qadar Agentlikka ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga talabgorlarning oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma ilova qilinadi.
7. Ariza Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha har yili oliy ta’lim tashkilotiga to‘lov-kontrakt summasini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan qismini qoplab berish to‘g‘risida Agentlik, oliy ta’lim tashkiloti va talabgor o‘rtasida ikki ish kuni ichida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Agar to‘lov-kontrakt summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam bo‘lsa, to‘lov-kontrakt summasi to‘liq qoplab beriladi.
Bunda talabgorning o‘quv yili (semestr) yakuniga ko‘ra belgilangan akademik ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lganligi natijasida tegishli fan yoki kursni qayta o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlar o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
8. Subsidiya beriladigan talabgorlarga o‘qishni tamomlagandan so‘ng, biroq ikki oy muddatdan kechikmasdan Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Subsidiyani qisman olgan talabgorning subsidiyasi umumlashtirilib, majburiy ishlab berish muddati mutanosib ravishda, biroq kamida bir yilgacha bo‘lgan muddatga yaxlitlanib hisoblanadi.
Bunda magistratura bosqichida yoki doktoranturada o‘qishini davom ettirgan talabgorlarning majburiy ishlab berish muddati magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.
9. Talabgor u bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomada belgilangan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, subsidiya qiymati talabgor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladigan mablag‘ Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda ishlab berish majburiyatining bajarilmagan muddatiga mutanosib ravishda hisoblanadi.
3-bob. Subsidiya berishni moliyalashtirish
10. Subsidiya berish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan (keyingi o‘rinlarda — respublika budjeti) birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Agentlikka ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida nazarda tutiladi.
Respublika budjetidan subsidiya berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida nazarda tutiladi.
11. Subsidiya belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Agentlik tomonidan oliy ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga besh ish kuni ichida moliyalashtirib beriladi.
12. Respublika budjetidan Agentlikka subsidiya berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va unga o‘zgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan to‘liq to‘langanda hamda o‘quv yilining 15-dekabridan kech bo‘lmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasi belgilangan tartibda o‘n ish kuni ichida talabgorning shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Prezident maktablari bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risida ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma ilova qilingan arizani belgilangan tartibda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga topshirish.
O‘quv yilining 15-dekabriga qadar
2-bosqich
Talabaning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ko‘rib chiqilishi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
Prezident ta’lim muassasalari agentligi, oliy ta’lim tashkiloti va talabgor o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish.
2 ish kuni ichida
4-bosqich
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga belgilangan subsidiya summasi o‘tkazilishi
5 ish kuni ichida
5-bosqich
Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan to‘liq to‘langanda hamda o‘quv yilining 15-dekabridan kech bo‘lmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasini Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan talabgorlarning shaxsiy bank kartasiga o‘tkazish.
10 ish kuni ichida
6-bosqich
Subsidiya beriladigan bitiruvchilarning o‘qishni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berishi.
O‘qishni tamomlagandan keyin besh yil davomida
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 09/22/300/0473-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)