1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
(Texnik xujjatlar)
(SHNQ 2.04.08-13)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 26-fevralda hisobga olindi, hisob raqami 69]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-avgustdagi 01/2-57-sonli “SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 293, 25.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-fevral,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 18-fevraldagi 22-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.1. Turar joy binolari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (keyingi oʻrinlarda SHNQ deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida bajarilgan loyihalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.”.
2. 2.3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarhiy yechimlari qurilish loyiha hujjatlari, ushbu SHNQ hamda yongʻin va seysmik xavfsizligi (SHNQ 2.01.02 va SHNQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi.
Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali turar joy binolari hamda internat-uylari 3 qavatdan baland boʻlmasligi kerak.”.
3. 2.11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.11. Yashash xonalarini yertoʻla qavatlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yangi qurilayotgan turar joy binolarining yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida quyidagi shartlar bajarilgan hollarda yashash xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
yerosti suvlari yer sathidan 3 m va undan pastda boʻlgan hududlarda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatining kamida 1/3 qismi yer sathidan yuqorida loyihalashtirilganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavati xonalarining poldan shiftgacha boʻlgan balandligi 2,4 m dan kam boʻlmaganda;
yarim yertoʻla (sokol)dan oʻtuvchi gorizontal muhandislik tizimlar (tarmoqlar) yashash xonalarini inobatga olgan holda joylashtirilganda;
xonalarning tashqi devorlari va pollarida issiqlik himoyasi taʼminlanganda;
0331-16-son SanQvaN talablari bajarilganda;
yashash xonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi derazalar oʻrnatilganda;
tabiiy yorugʻlik va insolyatsiya darajasining 22-fevraldan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda 2 soatdan kam boʻlmagan darajasi taʼminlanganda;
havoning yaxshi aylanishi (mexanik ventilyatsiyasi) taʼminlanganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatidagi oshxona va sanitariya xonalari kanalizatsiya tizimi binoning umumiy kanalizatsiya tizimi sathidan yuqori joylashganda hamda qaytaruvchi klapan bilan jihozlanganda;
taom tayyorlash uchun elektr plitalardan foydalanilganda;
tabiiy va suyultirilgan gazlarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarda hamda portlab yonish xavfiga ega boʻlgan boshqa moddalar va materiallarda ishlovchi qurilma va asbob-uskunalar koʻzda tutilmaganda.
Yarim yertoʻla (sokol)da yashash xonadonlari joylashtirilganda quyidagi evakuatsiya talablari taʼminlanishi lozim:
kirish eshiklari tashqi tomonga ochilishi hamda yongʻin xavfi vujudga kelganda odamlarni evakuatsiya qilish uchun kamida ikkita toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi joylari koʻzda tutilishi;
xonadonlar faqatgina yoʻlak tipida loyihalashtirilishi hamda kvartiradan evakuatsiya chiqish joyiga bittadan koʻp boʻlmagan burilish orqali yetib borilishini taʼminlanishi;
xonadonning chiqish eshigidan eng uzoqda joylashgan evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa 12 metrdan oshmasligi;
binoning yuqori qavatlari bilan yarim yertoʻla (sokol) qavatlarining zina kataklari toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanmasligi;
har bir xonadondan oʻlchamlari 0,8 x 1,2 m dan kam boʻlmagan avariya chiqish joylari bilan taʼminlanishi;
avariya chiqish joylari odamlarni qutqarishga toʻsqinlik qiluvchi vositalar bilan toʻsilmasligi (metall panjara va boshqa turdagi toʻsiqlar).
Yarim yertoʻla qavatida joylashgan xonadonlarning foydali va yashash maydonlari loyihalarda 0,5 koeffitsiyent bilan hisobga olinadi.”.
4. 3.3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.3. Kam qavatli xususiy bir xonadonli uylar, yashash va xoʻjalik xonalar bloklarini kichik ochiq hovli atrofida joylashtirib loyihalashtirish mumkin, shuningdek xonalararo ochiq va yarim ochiq bogʻlovlar (bostirma, galereya (yoʻlak) qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.”;
“Izohlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izohlar: 1. Bir xonadonli xususiy quriladigan uylar loyihasi, shu jumladan xonalar bloklarini qoʻshib qurish loyihasi ushbu SHNQ talablariga muvofiq ishlanadi.
2. Xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalar bloki va xususiy tadbirkorlik ustaxonalarini yopishtirib (juftlab) qurish loyihalari shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNQ 2.07.01 va SHNQ 2.08.02) muvofiq boʻlishi kerak.”.
5. 3.14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.14. Koʻp kvartirali turar joy binolarining birinchi (yoki yarim yertoʻla (sokol) qavatida, supurish-sidirish anjomlarini saqlash uchun rakovinali omborlar koʻzda tutilishi kerak.”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda, texnik qavatdan tashqari uyda yashovchilar uchun xoʻjalik omborlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Omborlar joylashtirilgan qavatdan chiqish yongʻin xavfsizligi talablarini (SHNQ 2.01.02) hamda loyihalashning ushbu SHNQ talablarini hisobga olgan holda (6.13, 6.14-b) koʻzda tutilishi kerak.”.
6. 3.15-banddagi “oʻrnatiladi, loyihalari esa oʻrnatilgan tartibda kelishiladi” degan soʻzlar “belgilanadi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 2-jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-jadval
Yotoqxonalar tipi
Binolar sigʻimi, oʻrin
1 yashovchiga yashash maydoni, m2/od.
Sigʻimi, oʻrin
xonada
yashash yacheykasida*
I — oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari talabalari uchun
100 — 600
6-7
(I a va I g ostmintaqalar uchun — 8)
2-3
4 — 12
(20 gacha mumkin)
II a — OOʻYU talabalari uchun
100 — 1000
4,5 — 6
(I a va I g ostmintaqalar uchun — 9)
2 — 6 (4 — 8)
4 — 8
(10 — 12 gacha mumkin)
II b — OOʻYU aspirantlari, ishchi va xizmatchilar uchun
100 — 1000
7-8
(I a va I g ostmintaqalar uchun — 9)
1-2 (3)
2 — 6
(8 — 10 gacha mumkin)
III — kichik oilalilar uchun (bolali)
50 — 400
shuning oʻzi
2-3
2-3 (kvartira tipida)
* Yashash yacheykasi, yashash xonalari va yordamchi xonalar (dahliz, hojatxona, oshxonalar)ni oʻz ichiga oladi.
Izoh: Yotoqxonalar va yashash yacheykalari sigʻimi loyihalash topshirigʻida mahalliy sharoitlarga qarab belgilanadi. Oqovalashtirilmagan hududlarda yotoqxonalar sigʻimi 50 oʻrindan oshmasligi kerak.”.
8. 4.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.5. Oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalari talabalari uchun I tip yotoqxonalarda 50 kishilik yashash guruhi tarkibida yashash yacheykalarini xonalarning quyidagi tarkibi bilan toʻplash (tuzish)ni koʻzda tutish lozim:
tarbiyachi xonasi (8 m2);
dam olish va oʻquv mashgʻulotlari xonasi (30 m2 dan 2 ta);
kiyim yuvish, quritish va dazmollash xonasi (8 m2);
oshxona-kutubxona (5 m2).
Sanab oʻtilgan xonalarning jami maydoni 1 kishiga 1,6 m2 hisobidan qabul qilinishi kerak. Loyihalash topshirigʻi boʻyicha ish kiyimi va poyabzalini saqlash uchun qoʻshimcha xona (8 — 10 m2) koʻzda tutilishi tavsiya etiladi.”.
9. 4.7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.7. Jamoatchilik xonalari (dam olish va muloqot, oʻquv mashgʻulotlari va ommaviy tadbirlar uchun, medpunkt, izolyator) odatda, binoning yer ustki qavatlarida joylashishi kerak. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda SHNQ 2.08.02 ga muvofiq kir saqlash, asbob-uskunalar, sport anjomlari, omborlari, taʼmirlash ustaxonalari, xoʻjalik va texnik hamda baʼzi jamoat xonalarini joylashtirish mumkin.”.
10. 7-jadvalning matnidagi, 5.20-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 6.6 va 6.8-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi, 6.10-bandning birinchi xatboshisidagi, 6.11 va 6.12-bandlardagi va 1A-ilovaning qirq oltinchi xatboshisidagi “sokol” degan soʻz “yarim yertoʻla (sokol)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 3-jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-jadval
Maxsus turar joy tipi
Maydon, m2, 1 kishiga, yashovchilar sonida, kishi
50
100
200
300 — 500
600 — 800
Yotoqxona
oʻquvchilar uchun
2,6
2,5
2,5
2,5
2,5
talabalar uchun
2,5
2,4
2,4
2,4
2,4
aspirantlar uchun
2,6
2,5
2,5
2,5
2,3
ishchi va xizmatchilar
2,3
2,2
2,2
2,0
1,8
Kichik oilalar yotoqxonasi
1,5
1,3
1,2
1,1
-
Izohlar:
1. Oʻquv yurtlari yotoqxonasi jamoat xonalari maydonining meʼyori tarkibida yashash guruhining jamoat xonalari va butun binodagi jamoat xonalari hisobga olingan.
2. Bolali oilalar vaqtincha yashaydigan yotoqxonalarda va vestibyulda aravachalar saqlash va bolalarni qisqa muddat boʻlishlari uchun xona (sanitariya xonalari bilan kamida 15 m2) koʻzda tutish tavsiya qilinadi.”.
12. 6.1-banddagi “koʻpkvartirali” va “sokol” degan soʻzlar tegishli ravishda “koʻp kvartirali” va “yarim yertoʻla (sokol)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 6.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.2. Koʻp kvartirali turar joy uylarning ichki tutashtirib qurilgan xonalarida, shuningdek yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida quyidagilarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;
kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;
oʻz ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;
10 tadan ortiq ish oʻrniga ega boʻlgan poyabzal tikish va taʼmirlash ustaxonalari;
hammomlar va saunalar;
aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;
jamoat hojatxonalari;
marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;
sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;
uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki koʻpaytirishga moʻljallangan joylar;
jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyiha asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.
Turar joy binosida hamda uning tomi va konstruksiyalarida jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binoga xizmat koʻrsatishga moʻljallanmagan, oʻzidan zararli moddalar ajratuvchi, shovqin va vibratsiya hosil qiluvchi, yomon taʼsir koʻrsatuvchi nurlanish manbai boʻlgan qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu SHNQga muvofiq turar joy binolarida joylashtiriladigan shtatli uskuna bundan mustasno.
Yashashga moʻljallangan hamda texnik qavatlarda va chordoqlarda koʻchma yoki boshqacha radioaloqa baza stansiyalari hamda boshqa radiouzatuvchi qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yashashga moʻljallanmagan jamoatchilik va maʼmuriy-xizmatchilik xonalarida SHNQ 2.08.02 ga muvofiq avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻindan xabarlash va avtomatik oʻt oʻchirish koʻzda tutilishi kerak.
Sintetik buyumlar (gullar, gilamlar) sotuvchi magazinlarni turar joy binolarining olovbardoshlik chegarasi REI150 boʻlgan yopiq devorlariga tutashgan xonalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Loyihalanayotgan koʻp-kvartirali 5 va undan koʻp qavatli turar joy uy-majmualarning ichki tutashgan xonalarida kam sigʻimli (1-2 guruhga moʻljallangan) bolalar yasli-bogʻchasi va bolalarni qisqa muddatda boʻladigan xonalari tashqariga oʻz mustaqil chiquvchi yoʻli bilan va SHNQ 2.08.02 talablarini hisobga olgan xolda koʻzda tutilishi mumkin.”.
14. 6.3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.3. Qurilgan va foydalanilayotgan turar joy binolarni rekonstruksiya qilishda birinchi qavatda kichik savdo-maishiy korxonalar hamda idora va ofislarni ushbu SHNQ talablariga rioya qilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Qurilgan va foydalanilayotgan turar joy binolarini rekonstruksiya qilishda birinchi qavatda savdo va ovqatlanish korxonalari, sartaroshxona, ofis va idoralar, ishlab chiqarish jarayonlari boʻlgan maishiy xizmat korxonalari, kiyim tikish va taʼmirlash, kichik ustaxonalar va qabul punktlarini joylashtirishda ushbu SHNQning 6.2-bandida keltirilgan cheklovlar inobatga olinishi lozim.
Mavjud turar joy binolarining texnik tagxonalari, yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, xususiy biznes ustaxonalari va tadbirkorlik faoliyati obyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirilishi mumkin.
Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagilar joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish doʻkonlari;
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);
umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
bank xizmatlari koʻrsatish tashkilotlari (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari);
aloqa xizmatlari koʻrsatish tashkilotlari (pochta boʻlimi) va kuryerlik faoliyati;
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish doʻkonlari;
bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash ustaxonalari;
gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash ustaxonalari;
rassomchilik va haykaltaroshlik ustaxonalari;
xizmat koʻrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari;
tarjima va tahrir xizmatlari;
dizayn, chizmachilik-grafika tashkilotlari;
kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish tashkilotlari;
rieltorlik tashkilotlari;
gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish ustaxonalari;
jismoniy tarbiya va sport muassasalari;
davlat tashkilotlari;
sugʻurta tashkilotlari.”.
15. 6.13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.13. Yangi qurilayotgan turar joy binolarining yarim yertoʻla (sokol) va yertoʻla qavatlarida yashaydiganlar uchun xoʻjalik omborlari hamda madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari ushbu SHNQ va SHNQ 2.08.02 talablariga rioya qilgan holda joylashtirilishi mumkin.
Bunda uyning muhandislik kommunikatsiyalariga xizmat koʻrsatish maqsadida toʻsqinliksiz (qarshiliksiz) yetib borish imkoniyati taʼminlanishi kerak, shuningdek turar joy binosining yongʻin xavfsizligi va sanitariya-gigiyena holatlarining (bulgʻatish, islar, shovqin) yomonlashuviga olib keladigan xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday xonalarga turar joyga kirish tomonidan kiradigan joylarni tashkil etishga ruxsat etilmaydi. Kirish va chiqishlar ushbu SHNQning 6.11-bandiga muvofiq bajarilishi kerak.”.
16. 6.14-banddagi “sokol” va “koʻpkvartirali” degan soʻzlar tegishli ravishda “yarim yertoʻla (sokol)” va “koʻp kvartirali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 9.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9.2. Muhandislik taʼminoti tizimini qurishda ishlatiladigan uskuna, buyum va materiallar amaldagi davlat standarti talablariga javob berishi lozim.”.
18. 9.34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9.34. Elektr energiyasi bilan isitishda ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan elektr isitish asboblaridan foydalanish koʻzda tutilishi lozim. Isitish uchun elektr energiyasi sarfi KMK 2.01.18 da belgilangan meʼyorlar doirasida boʻlishi kerak.”.
19. 2-ilovada:
1-banddagi “kladovkalar” degan soʻz “omborlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kvartiraning umumiy maydonini undagi xonalar, omborlar va ichiga qurilgan shkaflar hamda quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadigan sovuq omborlar va yozgi xonalar maydonlari yigʻindisi deb hisoblash kerak. Bunda:
sovuq omborlar va oynavand yozgi xonalar uchun — 1,0;
oynalanmagan lodjiyalar uchun — 0,5;
balkon va terassa uchun — 0,3.”;
10-banddagi “sokol” degan soʻz “yarim yertoʻla (sokol)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 7-ilovaning 1 va 2-jadvallari matnidagi “kladovka” degan soʻzlar “ombor” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 8-ilovaning 2-jadvali matnidagi “kladovkali” degan soʻz “omborli” degan soʻz bilan almashtirilsin.”.
22. 11-ilova matnidagi “Kladovkalar” degan soʻz “Omborlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 12-ilova matnidagi “kladovkasi” degan soʻz “ombori” degan soʻz bilan almashtirilsin.
24. 9-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“9-ilova Tavsiyaviy
Yotoqxonalar madaniy-maishiy, xoʻjalik va yordamchi xonalar tarkibi va hisob koʻrsatkichlari
T/r
Xonalar
Maydoni, m2/odam. sigʻimida (kishi)
50
100
200
400
600
1.
Vestibyul-xoll, navbatchi, kutish joylari bilan
0,15
0,15
0,15
0,15
0,15
2.
Maʼmuriyat (komendant) va xizmatchi xodimlar xonalari
0,16
0,10
0,06
0,05
0,04
3.
Shaxsiy buyumlar, sport-anjomlari, xoʻjalik, kir saqlash, supurish-sidirish anjomlari saqlash omborlari
0,3
0,25
0,2
0,17
0,15
4.
Mashgʻulotlar xonasi
Talaba va oʻquvchilar uchun
0,2
0,2
0,2
0,2
0,2
Ishchi va xizmatchilar uchun
0,15
0,15
0,15
0,15
0,15
5.
Dam olish xonalari
0,15
0,15
0,15
0,15
0,15
6.
Madaniy-ommaviy tadbirlar xonasi (toʻgarak, oʻqish zali, videozal)
0,15
0,15
0,15
0,09
0,08
7.
Bufet yordamchi xonasi bilan
-
0,2
0,18
0,16
0,14
8.
Maishiy xizmat xonalari (buyurtma stoli va b.)
-
-
0,11
0,11
0,1
9.
Izolyator
1 koyka
1 koyka
1 koyka
2 koyka
3 koyka
(maydoni amaldagi meʼyorlar boʻyicha)
10.
Kir yuvish, quritish va dazmollash xonasi
0,24
0,18
0,14
0,1
0,08
(12 m2 dan kam emas)
11.
Oshxonalar
0,8
0,8
0,8
0,8
0,8
(12 m2 dan kam emas)
12.
Kiyim tozalash va dazmollash xonasi
0,1
0,08
0,07
0,06
0,05
(8 m2 dan kam emas)
13.
Kiyim va poyabzal quritish xonasi
Joydagi sharoitga qarab (ish xususiyatini hisobga olib) xonadan foydalanuvchining har biriga 0,2 m2 hisobidan, lekin 8 m2 dan kam emas
Izohlar:
1. Yotoqxonalarning hamma turlari uchun jamoat xonalarining umumiy maydoni ushbu SHNQning 4.7-bandiga muvofiq qabul qilinadi. Oʻrta-maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari yotoqxonalari jamoat xonalari maydonining umumiy meʼyorlari tarkibida, yashash guruhi jamoat, yordamchi xonalari ham 1 kishiga 1,5 m2 hisobidan hisobga olingan boʻlishi kerak (4.5-bandiga muvofiq).
2. 100 oʻrindan kam sigʻimli yotoqxonalarda kir saqlash va xoʻjalik omborlar, ichiga qurilgan shkaf-stellajlar bilan almashtirilishi mumkin.