O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son hamda “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tumanlar (shaharlar) va hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish hamda o‘z vaqtida tasdiqlash va ularning ijrosini tashkil etishga;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman ishchi guruhlari tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish ishlarini joylarda puxta o‘rganib, subsidiya ajratilishi yuzasidan tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilib borishga;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — paxta xom ashyosi yetishtirishda tomchilatib va diskret sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni belgilangan muddatlarda talabgorlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berishga;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari, ozuqabop, moyli va dukkakli ekinlar, dorivor o‘simliklar hamda sholi uchun joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni belgilangan muddatlarda talabgorlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berishga;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2025-y., 09/25/97/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni nazarda tutishga hamda belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazib berishga;
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalaridan hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi talablari bajarilishi bo‘yicha doimiy nazoratni amalga oshirish hamda natijasi bo‘yicha har chorak yakuni bilan Suv xo‘jaligi vazirligiga ma’lumot kiritib borishga mas’uldir.
(2-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
3. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son)
ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz;
uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz;
to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz;
beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.
Agar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani besh yil davomida to‘liq foydalansa berilgan subsidiya unda to‘liq qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral,
95-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish hamda texnik navli uzum plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqlar, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyalarini qurish xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltiriladi”;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘arma hisobiga ajratiladigan har yillik subsidiyalar hisobidan” so‘zlari “Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari) 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 72-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshisi hamda 4-ilovaning 7-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son; 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 17.02.2025-y., 09/25/97/0149-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son; 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son; 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)