Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3347]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-fevral,
2-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2022-yil 31-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 2-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ilmiy ekspert — Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining vakili;
mustaqil ekspert — Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs;
Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestri (bundan buyon matnda Ekspertlar reyestri deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan yuritiladigan mustaqil va ilmiy ekspertlar haqidagi maʼlumotlar aks ettirilgan yagona maʼlumotlar bazasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ekspertlar reyestrini yuritish, unga tegishli maʼlumotlarni kiritish Adliya vazirligining Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish taʼsirini baholash va huquqiy axborot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
3. Mustaqil va ilmiy ekspertlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Ekspertlar reyestriga kiritilishi mustaqil va ilmiy ekspertlarning rasmiy tasdigʻi hisoblanadi hamda mustaqil va ilmiy ekspertlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ekspertlar reyestriga kiritish va bu haqida tegishli bildirishnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Ekspertlar reyestrini yuritish mustaqil va ilmiy ekspertlarning faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
4. Mustaqil va ilmiy ekspertlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ekspertlar reyestriga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
2-bob. Mustaqil va ilmiy ekspertlarga qoʻyiladigan talablar
5. Mustaqil ekspertlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish;
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlish;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish.
6. Ilmiy ekspertlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish;
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
ilmiy tashkilot va (yoki) oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga yoxud ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega boʻlish.
7. Quyidagilar mustaqil va ilmiy ekspert boʻlishi mumkin emas:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda ishlayotgan shaxs;
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻziga nisbatan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi yuritilayotgan shaxs.
8. Mustaqil va ilmiy ekspertning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.
3-bob. Ekspertlar reyestrini shakllantirish
9. Ariza beruvchi Ekspertlar reyestriga kiritish haqidagi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bevosita, pochta aloqasi yoki Adliya vazirligining rasmiy elektron pochta manzili orqali taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
ilmiy daraja va (yoki) ilmiy unvonga egaligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining rozilik xati (ilmiy ekspertlar uchun).
10. Mazkur nizomning 9-bandida nazarda tutilgan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Adliya vazirligiga bevosita taqdim etilgan taqdirda, mazkur hujjatlar vazirlik tomonidan qabul qilinadi hamda ularning qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan arizaning nusxasi, shu zahoti, Ariza beruvchiga beriladi.
11. Adliya vazirligi ariza beruvchilarning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari hamda ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
12. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
13. Adliya vazirligi masʼul xodimi ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchining mazkur Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan hamda ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, u Ekspertlar reyestriga kiritiladi va tegishli reyestr raqami beriladi. Ekspertlar reyestriga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Adliya vazirligi ariza beruvchiga Ekspertlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi. Bildirishnoma ariza beruvchi Ekspertlar reyestriga kiritilgan vaqtdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida yuborilishi va unda mustaqil yoki ilmiy ekspertning reyestr raqami koʻrsatilishi shart.
14. Adliya vazirligi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoxud ariza beruvchi mazkur Nizomning 5 — 7-bandlari talablariga muvofiq boʻlmaganda Ekspertlar reyestriga kiritishni rad etadi va Ekspertlar reyestriga kiritish rad etilgan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida ariza beruvchiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboradi.
15. Ariza beruvchi bildirishnomani olgan kundan boshlab Ekspertlar reyestriga kiritishni rad etishga asos boʻlgan holatlarni bartaraf etgan holda 30 (oʻttiz) kun ichida takroran murojaat etganda, Adliya vazirligi murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida ariza beruvchini ekspertlar reyestriga kiritishni taʼminlaydi.
16. Mustaqil va ilmiy ekspertlar reyestrga kiritilgan kundan boshlab oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
4-bob. Ekspertlar reyestrini yuritish
17. Ekspertlar reyestri mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
18. Ekspertlar reyestrida mustaqil va ilmiy ekspertlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
mustaqil va ilmiy ekspertga berilgan reyestr raqami;
Ekspertlar reyestriga kiritilgan sana;
mustaqil va ilmiy ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi;
mustaqil va ilmiy ekspertning yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mustaqil va ilmiy ekspertning roziligi asosida);
mustaqil va ilmiy ekspertning mutaxassisligi, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari;
mutaxassisligi boʻyicha ish faoliyatiga oid maʼlumotlar;
ilmiy daraja yoki (va) unvonga oid maʼlumotlar;
Ekspertlar reyestridan chiqarilgan sana va chiqarish sabablari.
19. Mustaqil va ilmiy ekspertlar Ekspertlar reyestridagi maʼlumotlari oʻzgargan hollarda mazkur maʼlumotlar oʻzgargan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Adliya vazirligiga xabarnoma yuborishi shart.
Adliya vazirligi mazkur xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Ekspertlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
20. Mustaqil yoki ilmiy ekspertning faoliyati uning asoslantirilgan sabablarga koʻra murojaatida koʻrsatilgan muddatga, lekin, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Mustaqil yoki ilmiy ekspert faoliyatini vaqtincha toʻxtatish haqidagi murojaatida koʻrsatilgan muddat tugamasdan turib ham faoliyatini davom ettirish haqida murojaat qilishga haqli.
21. Mustaqil yoki ilmiy ekspertning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda ular Ekspertlar reyestridan chiqarilmaydi, faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi holati Ekspertlar reyestrida qayd etiladi.
22. Mustaqil yoki ilmiy ekspert faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan kundan boshlab koʻpi bilan 6 oy ichida Adliya vazirligiga faoliyatini davom ettirish haqida murojaat qilishi lozim.
Mustaqil yoki ilmiy ekspert faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan kundan boshlab 6 oy davomida faoliyatini davom ettirish haqida murojaat etmagan taqdirda Ekspertlar reyestridan chiqariladi.
23. Mustaqil yoki ilmiy ekspert quyidagi hollarda Ekspertlar reyestridan chiqariladi:
Ekspertlar reyestridan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
vafot etganda;
xorijda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketganda;
ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasi ilmiy ekspertni Ekspertlar reyestridan chiqarish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
mustaqil yoki ilmiy ekspert faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan kundan boshlab 6 oy davomida faoliyatini davom ettirish haqida murojaat etmaganda;
mustaqil yoki ilmiy ekspert oxirgi 6 oy davomida normativ-huquqiy hujjat yoki ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan cheklist yoki xulosani davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etmaganda;
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan holatlardan biri yuzaga kelganda.
24. Mustaqil yoki ilmiy ekspertning faoliyatini vaqtincha toʻxtatish hamda ularni Ekspertlar reyestridan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va sabablari Ekspertlar reyestrida qayd etiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
25. Ekspertlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va undan barcha foydalanishi uchun ochiq boʻladi.
26. Manfaatdor tomonlar Ekspertlar reyestriga kiritish rad etilganligi, undan chiqarilganligidan norozi boʻlsa, belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
27. Mustaqil va ilmiy ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish holati boʻyicha har 6 oyda kamida bir marta Adliya vazirligiga 4-ilovaga muvofiq elektron shaklda hisobot taqdim etadi.
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎adliya vaziriga
‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________
‎‎ (ariza beruvchining F.I.O. yashash joyi)

‎‎Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan
‎oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritish haqida
‎ARIZA

‎‎Men, ____________________________________________________________________________________ ni
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎mustaqil (yoki ilmiy) ekspert sifatida Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritishingizni soʻrayman.

‎Bogʻlanish telefoni: __________________________________________________________________________.

____________________________________
‎(toʻldirilgan sanasi va vaqti)‎‎

___________________
‎(shaxsiy imzo)‎‎

Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎SOʻROVNOMA

‎‎1. Familiyasi
‎___________________________________________________________________________________________

‎Ismi ______________________________________________________________________________________

‎Otasining ismi ______________________________________________________________________________


‎2. Tugʻilgan sanasi: 20_________ yil “________” ___________________________________

‎3. Pasport seriyasi _____ raqami _____________________ JSHSHIR __________________________________


‎Berilgan sanasi 20_______ yil “______” _________________________________________

‎4. Maʼlumoti: _______________________________________________________________________________

‎‎(oliy taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi)

‎‎Tamomlagan yili _________________________ Diplom boʻyicha mutaxassisligi _________________________‎
‎Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni _________________________________________________________________

‎5. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi maʼlumotlar:

T/r‎

Ishga kirish sanasi‎‎

Ishdan ketish sanasi‎‎

Ish joyi va lavozimi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎
‎6. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar (faqat mustaqil ekspertlar uchun):
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎7. Sudlanganlik (sudlangan vaqti, Jinoyat kodeksining moddasi va qismi, sudlanganlikning tugallanganligi yoki olib tashlanganligi haqidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi zarur) yoki (va) oʻziga nisbatan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi yuritilayotganlik holati__________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎8. Oʻziga nisbatan muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida sudning qarori mavjudligi _________________________________________________________________________________
‎9. Uy manzili:________________________________________________________________________________
‎10. Elektron pochta manzili ____________________________________________________________________
‎11. Bogʻlanish telefoni +998 ( ) __________________________________________________________________
‎12. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini tasdiqlayman hamda maʼlumotlarim ochiq eʼlon qilinishiga roziman.
‎Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20______ yil “______” _____________________.

‎‎Shaxsiy imzo _____________

Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar
REYESTRI

Mustaqil yoki ilmiy ekspertga berilgan reyestr raqami

Ekspertlar reyestriga kiritilgan sana

Mustaqilyoki ilmiy ekspertning F.I.O.

Mustaqil yoki ilmiy ekspertning yashash manzili, telefon raqami, elektron pochtasi

Mustaqil yoki ilmiy ekspertning mutaxassisligi, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari

Mustaqil yoki ilmiy ekspertning ish staji va (yoki) ilmiy darajasiga oid maʼlumotlar

Ekspertlar reyestridan chiqarilgan sanasi

Ekspertlar reyestridan chiqarilish sababi

Mustaqil yoki ilmiy ekspertning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan sanasi va sababi

1

2

2

3

5

6

7

8

9

I. Mustaqil ekspertlar

0001

0002

0003

II. Ilmiy ekspertlar

0001

0002

0003

Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan taqdim etiladigan
HISOBOT SHAKLI

T/r

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjat va uning loyihasi nomi va rekvizitlari

Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish uchun asos

(tashabbus yoki davlat organi va tashkilotning buyurtmasi)

Aniqlangan korrupsiyaviy omillar soni

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha tuzilgan cheklist (xulosa) kiritilgan davlat organi yoki tashkiloti

Davlat organi va tashkilot tomonidan qabul qilingan korrupsiyaviy omillar soni

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha

1.

...

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha

1.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 10/22/3347/0094-son, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)