

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-5680686">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6766"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-5680686">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-5682512">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-5682514">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-5682515">Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5682518"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682520">Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismlaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682523">1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="javascript:scrollText(-5682580)">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682527">koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini (keyingi oʻrinlarda — yertoʻla) foydalanishga berish va saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682529">yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan va mumkin bulmagan faoliyat turlari, shuningdek, yertoʻladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682541">yertoʻladan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik va nizolarni hal etish tartibi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682545">2. Belgilab qoʻyilsinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682548">yertoʻladan foydalanish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682551">yertoʻladan joylar faqat yertoʻlada shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682552">yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turini yongʻinga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682554">yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682556">yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlari ushbu koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6827858"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-5682562">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6827858"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6827859">3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6827860">(3-band  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli <a href="/acts/-6815461?ONDATE=26.02.2024 00#-6816307">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682566">4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="javascript:scrollText(-5683218)">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682571">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-5682573">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-5682575">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-5682577">2021-yil 15-oktabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-5682579">648-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5682580"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-5682592">Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga</a> <br />1-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-5682600">Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-5682601">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5682602"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-5682604">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682605">1. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy <a href="/acts/-106136">kodeksi</a>, Shaharsozlik <a href="/acts/-5307951">kodeksi</a>, “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4586282">Qonuniga </a>muvofiq koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasidan foydalanish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682606">2. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682607"><strong>koʻp kvartirali uy</strong> — koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir. Koʻp kvartirali uy ulushli mulk huquqi asosida joylarning mulkdorlariga tegishli boʻlgan umumiy mulk elementlarini oʻz ichiga oladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682609"><strong>yertoʻla</strong> — koʻp kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan joy;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682610"><strong>yertoʻladan foydalanuvchi</strong> — koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini shartnoma asosida ijaraga yoki tekin foydalanishga olgan jismoniy va yuridik shaxslar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682611"><strong>yertoʻladan foydalanish maqsadi</strong> — koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida yertoʻladan foydalanuvchi shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682612"><strong>koʻp kvartirali uyni boshqarish organi</strong> — koʻp kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi subyekt (boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi, uy kengashi, joylarning mulkdorlari shirkati).</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-5682614">2-bob. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasini foydalanishga berish tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682622">3. Yertoʻla yoki uning bir qismini yertoʻladan foydalanuvchiga berish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7328541"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-7328540">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7328541"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328543">Bunda foydalanishga berilayotgan umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328544">Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi yertoʻladan foydalanuvchi bilan tuzilgan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyilishini taʼminlaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7328547">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli <a href="/acts/-7325078?ONDATE=18.01.2025 00#-7326727">qaroriga</a> asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682624">4. Jismoniy va yuridik shaxslar yertoʻlani foydalanishga olish uchun koʻp kvartirali uyni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682626">5. Yozma murojaatga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682628">yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (jismoniy shaxs boʻlsa uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682630">amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi, yertoʻladan foydalanish maqsadi, yertoʻladan talab etilayotgan maydon oʻlchami toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682633">Yertoʻlani faoliyat turiga moslashtirish hamda qulayligini yanada oshirish maqsadida joyni taʼmirlash va qayta rejalashtirish ishlari talab etilgan taqdirda, bu toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682636">6. Yertoʻlani ijaraga olish toʻgʻrisida yozma murojaatni qabul qilgan koʻp kvartirali uyni boshqarish organi uch kundan kechiktirmasdan ushbu masalani muhokama qilish toʻgʻrisida joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida eʼlonni yigʻilish oʻtkazilish kunidan kamida oʻn kun oldin har bir kirish yoʻlagiga osib qoʻyish yoki eʼlonni mulkdorlarga imzo qoʻydirib topshirish yoxud umumiy yigʻilishda soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish uchun umumiy yigʻilish qarorining loyihasini har bir mulkdorga yuborish orqali xabardor qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682639">Eʼlonda yigʻilish oʻtkazish joyi, sanasi, vaqti va umumiy yigʻilish kun tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682642">Umumiy yigʻilishda soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish uchun yuborilgan umumiy yigʻilishning qarori loyihasida yigʻilish tashabbuskori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qaror yuborilishi lozim boʻlgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh kundan kam boʻlishi mumkin boʻlmagan muddat, shuningdek, boshqa zarur axborot koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682844">7. Koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismini foydalanishga berish yuzasidan umumiy yigʻilishda qaror qabul qilinishi uchun barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻprogʻi hozir boʻlishi kerak. Umumiy yigʻilishning qarori, agar uni yoqlab umumiy yigʻilishda hozir boʻlgan joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻprogi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682856">Umumiy yigʻilish qarori soʻrovnoma oʻtkazish orqali qabul qilinganda mulkdorlarning kun tartibidagi masala boʻyicha qaror loyihasining asliga qoʻyilgan imzo (ovoz)lar soni qaysi qaror loyihasi masalasi boʻyicha tegishli ovozlar (yoqlab, qarshi yoki betaraf) soni koʻp toʻplangan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682863">Kvorum mavjud boʻlmaganda yoki umumiy yigilish qarorini qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli boʻlmagan taqdirda, koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismini foydalanishga berish masalasi rad etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682867">8. Yertoʻladan foydalanuvchi uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682873">Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlari ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlariga mutanosib ravishda ushbu koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlashga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682877">9. Yertoʻlani foydalanishga berish yuzasidan qabul qilingan umumiy yigʻilish qarori qabul qilingan kundan boshlab koʻp kvartirali uyni boshqarish organi besh ish kunidan kechiktirmasdan umumiy yigʻilishda qabul qilingan qarorga muvofiq yertoʻladan foydalanuvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chorasini koʻradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7328552"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-7328551">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7328552"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328555">Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlarining alohida hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritilib, ijara toʻlovlari ushbu tizim orqali yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328556">Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning yertoʻlani foydalanishga olish uchun yozma murojaati, umumiy yigʻilish bayoni, faoliyat turi, ijaraga olingan maydon hamda yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mening uyim” billing tizimiga kiritadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7328558">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli <a href="/acts/-7325078?ONDATE=18.01.2025 00#-7326730">qaroriga </a>asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7203241">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining <a href="/acts/-180552#-184363">34</a>, <a href="/acts/-180552#-188575">36-boblari</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682881">10. Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-5682929)">11-bandidagi </a>cheklovlarga rioya qilgan holda quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682887">1) oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar, doʻkonchalar va boshqalar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682891">2) maishiy xizmat koʻrsatish (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682895">3) umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682898">4) bank xizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682902">5) aloqa xizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi) va kuryerlik faoliyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682906">6) gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682909">7) bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682914">8) gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682915">9) rassomchilik va haykaltaroshlik;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682916">10) xizmat koʻrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682917">11) video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682920">12) tarjima va tahrir xizmatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682921">13) dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682922">14) kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682923">15) rieltorlik faoliyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682925">16) gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish xizmatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682926">17) jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682927">18) davlat tashkilotlarini joylashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682928">19) sugʻurta tashkilotlarini joylashtirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682929">11. Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻuldanishga yoʻl qoʻyilmaydi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682935">uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682939">kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682940">oʻz ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7960011"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-5682941">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7960011">(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli <a href="/acts/-7919147?ONDATE=16.12.2025 00#-7921694">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682942">hammomlar va saunalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682944">aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682947">jamoat hojatxonalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682951">marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682955">sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682957">uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki koʻpaytirishga moʻljallangan joylar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682959">jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682961">yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682966">12. Yertoʻladan mazkur Tartibning <a href="javascript:scrollText(-5682881)">10-bandida </a>belgilangan faoliyat turlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-5682973">3-bob. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasidan foydalanish uchun qoʻyiladigan asosiy talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682976">13. Kirish joylari aholining uyga kirish eshiklaridan alohida boʻlgan va balandligi 2,2 metr va undan yuqori boʻlgan yertoʻlani foydalanishga berishga ruxsat etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682978">14. Yertoʻladan foydalanish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan qulay hamda xavfsiz foydalanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682981">15. Yertoʻlani taʼmirlash va saqlash uchun xarajatlar hamda ijara haqi koʻp kvartirali uyni boshqarish organi bilan yertoʻladan foydalanuvchi oʻrtasida umumiy yigʻilish qarori asosida tuzilgan shartnomaga koʻra belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682987">16. Yertoʻlani saqlash uning texnik va sanitariya holatini saqlab turish, unga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash hamda yertoʻlani asrashga va undan foydalanish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5682992">17. Yertoʻladan foydalanish boʻyicha shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yertoʻladan foydalanuvchi foydalanib turgan joyning tegishli taʼmirlash xarajatlarini oʻz hisobidan amalga oshirishi shart.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7328569"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-5682996">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7328569"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328571">18. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, tayanch va tayanch boʻlmagan devorlarni buzish, kavlash, muhandislik kommunikatsiyalarining sxemasi buzilishiga olib keladigan har qanday oʻzgartirishlarni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi, mazkur bandning <a href="javascript:scrollText(-7328572)">ikkinchi</a> va <a href="javascript:scrollText(-7328573)">uchinchi xatboshilarda</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328572">Shaharsozlik normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlmagan yengil materiallardan foydalanib, muhandislik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklab qoʻymasdan, yertoʻla ichki qismida orayopma devorlarni faqat belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7328573">Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismining jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini toʻldirish uchun taʼmirlash ishlari bajarilishi mumkin;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7749948"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=18.01.2025 00#-7328574">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7749948"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7749949">Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi yertoʻladan foydalanish uchun qoʻyiladigan talablar ustidan nazoratni amalga oshiradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7749950">(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli <a href="/acts/-7737811?ONDATE=22.09.2025 00#-7739991">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7749951"><a href="/acts/-5680686?ONDATE=26.02.2024 00#-6827862">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7749951"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7749953">19. Yertoʻlani oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirgan, qayta rejalashtirgan yoki rekonstruksiya qilgan, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari joylashuvini oʻzgartirgan yoxud qoʻshimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalari va boshqa qurilmalarni oʻrnatgan yertoʻladan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining majburiy koʻrsatmasiga binoan uni oʻz holatiga qaytarishi hamda sudning qaroriga koʻra yetkazilgan zararni qoplashi shart.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7749954">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli <a href="/acts/-7737811?ONDATE=22.09.2025 00#-7739992">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683007">20. Yertoʻladan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683011">koʻp kvartirali uyning yon-atrofidagi yoʻlaklarda, fasad qismlarida, umumiy foydalanish hududlarida har xil koʻrsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, meʼmorchilik detallari, reklamalar, palatkalar, turli yozuvlar, afishalar, plakatlar, har xil eʼlonlar va boshqalarni koʻp kvartirali uyni boshqarish organining yozma roziligisiz oʻrnatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683020">yertoʻladan foydalanish natijasida maishiy va boshqa chiqindilarni belgilanmagan joylarga toʻkish, tashlash va yoqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683028">favqulodda vaziyatlarda yertoʻladagi oʻtiladigan joylar, umumiy yoʻlaklar, qoʻshimcha oʻtish va chiqish joylarini turli buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683033">yertoʻla evakuatsiya yoʻllari, zinapoyalar va yoʻlaklarda yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, aerozol idishdagi tovarlarni hamda boshqa portlash va yonish xavfi bor modda va materiallarni saqlash va ulardan foydalanish, xoʻjalik xonalarini tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683039">yertoʻlada binoning konstruktiv qismlariga zarar yetkazuvchi ishlarni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683044">koʻp kvartirali uyning loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan hollarda yertoʻlada transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683092">yertoʻlada oʻzboshimchalik bilan isitish qozonlari, radiatorlarni oʻrnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, quvurlarga kranlar oʻrnatish, elevator uzellarini sozlash, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini oʻzgartirish, umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni egallab olish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga borish imkoniyatini cheklab qoʻyish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683107">soat 23.00dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45dBAdan ortiq boʻlgan televizorlar, radiopriyomniklar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan, shuningdek, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683108">fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga, mol-mulkiga yoki atrof muhitga xavf tugʻdiradigan yertoʻlaning yoki uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyati hamda zilzilaga bardoshliligini buzuvchi, shovqin va tebranish hosil qiluvchi hamda havoni iflos qiluvchi ishlarni amalga oshirish yoki boshqa harakatlarni sodir etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683111">21. Yertoʻlaning kirish joylari aholi uylariga kirish eshigidan alohida boʻlishi, evakuatsiya yoʻllari yonuvchan qurilish materiallari bilan pardozlanmasligi, avtomatik yongʻindan darak berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi, tutun tortish tizimlari nazarda tutilishi hamda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Ayrim hollarda davlat yongʻin nazorati organining tavsiyasiga muvofiq avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan taʼminlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683116">22. Yertoʻlada havo va tutun tortish ventilyatsiya tizimi boʻlishi shart. Bunday ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlmagan yertoʻlaning tashqi devorlari yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq havo va tutun tortish tuynuklari bilan jihozlanishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683118">23. Yertoʻladan foydalanuvchi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683129">foydalanish joyini, yertoʻladan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, umumiy foydalaniladigan joylarning, shuningdek, umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini saqlashga, ularga oid xarajatlarni qoplashda ishtirok etishga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlashga;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7203251">Oʻzbekiston Respublikasig Uy-joy kodeksining <a href="/acts/-106136#-148910">50-moddasi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683135">muhandislik kommunikatsiyalariga (elektr tarmoqlari, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik hamda gaz taʼminoti quvurlari, jihozlari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683138">ichimlik suv va elektr energiyasidan foydalanganda hisoblagichlarni oʻrnatishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683141">yertoʻlaning muhandislik kommunikatsiyalarida nosozliklar aniqlangan taqdirda, darhol avariyalarni bartaraf etishning mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-dispetcherlik xizmatiga xabar berishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683142">avariya holatlari yuz berganda kecha-kunduzning istalgan soatida foydalanib turgan joyiga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-dispetcherlik xizmati xodimlarining kirishini taʼminlashga majburdir.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-5683147">4-bob. Yakuniy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683151">24. Yertoʻladan foydalanuvchi tomonidan yertoʻlani boshqa shaxslarga sotishga, hadya etishga, garovga qoʻyishga va ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683154">25. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yertoʻladan umumiy yigʻilish qarori asosida mazkur Nizomda shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish hamda uy-joy qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5683213">26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7203265">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/acts/-97664#-6052450">159-moddasi.</a></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5683218"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-5683222">Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son <a href="/acts/5680686">qaroriga</a> <br />2-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-5683224">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5684425"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684426">1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650990">nizomda</a>:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684428">a)<a href="/acts/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651005"> 2-banddda</a>:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684429"><a href="/acts/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651008">“b” kichik bandidagi </a>“oʻtkazilgan joylar” degan soʻzlardan keyin, qayta jihozlangan yertoʻla va yarim yertoʻla hamda texnik maqsadlarga moʻljallangan joylar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684433"><a href="/acts/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651011">“v” kichik bandi </a>chiqarib tashlansin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684434">b) ilovaning 6-bandi <a href="/acts/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651305">oʻn uchinchi xatboshidan </a>“va qayta jihozlangan yertoʻlalar va yarim yertoʻlalarda” soʻzlari chiqarib tashlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5684436">2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavining <a href="/acts/-1004822?ONDATE=30.05.2006 00#-1046542">4.2-bandidagi </a>“podvallar” soʻzi “yertoʻlalar” soʻzi bilan almashtirilsin.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-5682516">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
