O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli don ekinlari navlariga ustama haq to‘lash, urug‘lik boshoqli don yetishtirish miqdorini aniqlash, urug‘lik boshoqli don yetishtirish uchun shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini, shuningdek, nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarning majburiyatlarini nazarda tutuvchi Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
urug‘lik maydonlaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav tozaligini, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘t bilan zararlanganligini aniqlash, urug‘lik yetishtirish uchun yaroqli deb topilgan maydonlarda yetishtiriladigan hosil hajmini aniqlash va aprobatsiya dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
urug‘lik donni qabul qilish, uni belgilangan standart talablari asosida tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash, urug‘lik donni omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda ekish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
urug‘lik paxtani qabul qilish, uni qabul maskanlarida saqlash, paxta tozalash korxonalariga tashish hamda belgilangan standart talablari asosida saqlash va qayta ishlash, urug‘lik chigitni belgilangan talablar asosida saralash, dorilash va qadoqlash, omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga ekish uchun yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 10-fevralga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini hajmi, sifati, seleksiya navi va avlodlari bo‘yicha ma’lumotlarni yuritishda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
641-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga
2-ILOVA
Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Urug‘lik boshoqli don uchun to‘lanadigan ustamalar xarajati tayyorlangan urug‘lik boshoqli don narxiga kiritiladi.
3. Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Urug‘lik boshoqli don yetishtirish miqdorini aniqlash tartibi
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekin maydonlarini aniqlaydi.
5. Urug‘lik boshoqli don ekiladigan maydonlar va yetishtiriladigan urug‘lik boshoqli donning prognoz hajmlari va navlar bo‘yicha joylashtirish fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining takliflariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan belgilanadi.
3-bob. Urug‘lik boshoqli don yetishtirish uchun shartnomalar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
6. Urug‘lik boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik boshoqli don yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun urug‘lik yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlar) o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlov asosida aniqlanadi.
7. Tanlov asosida aniqlangan urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlar bilan don korxonalari, g‘allachilik klasterlari va urug‘chilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik don tayyorlovchi tashkilotlar) o‘rtasida qonunchilik hujjatlariga asosan urug‘lik boshoqli don xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuziladi va urug‘lik donni qabul qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shartnomada urug‘lik uchun yetishtiriladigan boshoqli donning seleksion navi, avlodi va miqdori hamda boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
8. Elita urug‘chilik xo‘jaliklarida yuqori avlodli (original) boshoqli don urug‘liklarini yetishtirish nav originatorlari va Markaz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan urug‘lik don O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (O‘z DSt 2823:2014 “Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari navdorlik va ekish sifatlari. texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq original (superelita) boshoqli don urug‘i uchun 130 foiz, elita uchun 80 foiz va I-avlod (R-1) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)
10. Urug‘lik don uchun navlarga hisoblanadigan ustamalar Markaz va urug‘lik don tayyorlovchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq ular tomonidan kelishilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va amalga oshiriladi.
11. Urug‘lik boshoqli don uchun to‘lanadigan ustama xarajati tayyorlangan urug‘lik boshoqli don narxiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Urug‘lik don tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan sertifikatlangan urug‘lik don uchun hisoblangan ustamaning 95 foizi urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarga, 2,1 foizi Markazga va 2,9 foizi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining hisobvarag‘iga to‘lab beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
13. Markazning maxsus hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga asosan Markaz, uning hududiy boshqarmalari va elita urug‘chilik xo‘jaliklarini saqlash, ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-sentabrdagi PQ-1621-son qaroriga asosan Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvarag‘iga urug‘lik boshoqli donning avlodlari bo‘yicha to‘lanadigan ustamadan tushgan 2,9 foiz mablag‘ quyidagi tartibda taqsimlanadi:
30 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining seleksiya va urug‘chilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
50 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining hududiy filiallarining seleksiya va urug‘chilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
10 foizi — boshoqli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari urug‘ini yetishtiruvchi ilmiy tashkilotlar — nav originatorlari, seleksiya va urug‘chilik sohasi olimlari hamda urug‘lik sifatini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilotlarni rag‘batlantirish uchun;
10 foizi — urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarning rahbar va mutaxassislari malakasini oshirish, ularni zarur ilmiy qo‘llanmalari bilan ta’minlash, o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish xarajatlari uchun.
15. Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘ning yillik xarajatlar smetasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan mablag‘lar Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvarag‘idan tegishli tashkilotlarga o‘tkazib beriladi.
4-bob. Nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarning majburiyatlari
16. Nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlar:
boshoqli don ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, ertapishar, jahon bozori talablariga javob beradigan, kasallik va zararkunandalarga, sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratishga va joriy etishga;
boshoqli don ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitiga mos, yangi va istiqbolli navlarining birlamchi urug‘liklarini yetishtirishga hamda ko‘paytirishga;
yangi boshoqli don ekinlari navlari sinovini turli mintaqalarda joylashgan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida yuqori agrotexnika sharoitida olib borishga, navlarni har tomonlama obyektiv baholashga, zararkunandalarga chidamli istiqbolli navlarni ajratib olishga;
yangi boshoqli don ekinlari navlarini keng miqyosda ishlab chiqarishda sinab ko‘rishga, ulardan xo‘jalik uchun qimmatli belgi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritib borishga;
laboratoriyalar tomonidan beriladigan urug‘lik boshoqli donning davlat standart talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalarning haqqoniyligini ta’minlashga mas’uldirlar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Urug‘lik boshoqli don tayyorlovchi tashkilotlarga topshirilgan urug‘lik boshoqli don uchun hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi.
Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga
3-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Aprobatsiya qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligi hamda ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarning aprobatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda ta’minot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qo‘shma qarori bilan tuziladigan tuman aprobatsiya komissiyalari qo‘shma qaroriga asosan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz va kartoshka (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi ekinlari) ekilgan urug‘lik maydonlarida o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
4. Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik uchun ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarida aprobatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish uchun urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarning aprobatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda ta’minot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qo‘shma qarori bilan tuziladigan tuman aprobatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida urug‘lik uchun ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish komissiyalari tuziladi. Bunda komissiya tarkibiga manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan kelishilgan holda mutaxassislar jalb qilinadi.
7. Aprobatsiya fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar) urug‘lik yetishtirish uchun ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida o‘tkaziladi.
Aprobatsiya urug‘lik yetishtiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarining urug‘lik maydonlarida ham o‘tkaziladi.
8. Aprobatsiya har yili:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
tumanlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ning hududiy boshqarmalari tomonidan;
urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar bo‘yicha — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari va Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida o‘tkaziladi.
Aprobatsiya dalolatnomasi urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga topshirilgan urug‘lik paxta xom ashyosi uchun haq to‘lashga asos bo‘ladi.
Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning urug‘lik maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish jarayonida urug‘liklarning ekishdagi avlodini ushbu avlodga qayta baholash yoki avlodini yuqori avlodga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
2-bob. Aprobatsiya o‘tkazuvchi komissiya a’zolarining vazifalari
9. Aprobatsiya komissiyasi a’zolari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
a) aprobatsiya o‘tkaziladigan maydonga ekishda sarflangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining birlamchi va ekinboplik hujjatlari (attestati, muvofiqlik sertifikati yoki tahlil natijasi va olingan yuk xati) bilan ekilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va ushbu hujjatlar bo‘yicha ekilgan navning aprobatsiya rejasi bilan mosligini o‘rganadi;
b) aprobatsiya rejasi bilan o‘rganilgan hujjatlar bo‘yicha ekish yoki xatosiga ekish uchun foydalanilgan urug‘likning navi, avlodi yoki navdorlik orasida farq aniqlanganda, ushbu urug‘lik ekilgan maydonni aprobatsiya rejasidan chiqaradi;
v) zarur hollarda, urug‘lik yetishtiruvchi subyekt rahbarining roziligi bilan uning ishchilarini aprobatsiya o‘tkazish ishlariga jalb qilishi mumkin;
g) aprobatsiya qilinayotgan navning original, elita va keyingi avlodlari ekilgan maydonlarda nav tozaligini aniqlaydi;
d) urug‘lik maydonlarni guruhlarga ajratadi, kutilayotgan yalpi hosil hajmini, shundan olinishi kutilayotgan urug‘lik don hamda paxta xom ashyosi va chigit miqdorini aniqlaydi;
e) aprobatsiya o‘tkazishda qatnashayotgan urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning ishchi va xodimlariga har bir urug‘lik maydon uchun tegishli ma’lumotlar yozilgan taxtachalar o‘rnatilishi haqida ko‘rsatma beradi;
yo) aprobatsiya natijalarini dala jurnaliga (2, 5-ilovalar) qayd etib boradi;
har bir maydondan olingan ma’lumotlar asosida hudud uchun har bir nav, avlod va navdorlik haqida aprobatsiya dalolatnomasini (3, 6, 7, 8-ilovalar) ma’lumotlar bilan to‘ldiradi, imzolaydi hamda tuman bo‘yicha umumlashtiradi;
j) urug‘liklarni nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arish, hujjatlashtirish va qabul qilish maskaniga topshirishda yuzaga keladigan nizoli holatlarda ishtirok etadi;
z) elita urug‘chilik xo‘jaliklarida xo‘jalik rahbari bilan birgalikda (urug‘liklarni ko‘paytirish ko‘chatzorlarida) navlarning navdorligini dala ko‘riklari asosida belgilangan tartibda metodik qo‘llanmaga muvofiq oilalar bo‘yicha alohida-alohida aniqlaydi;
i) aprobatsiya jarayonida urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda bitta g‘o‘za navning ikkita avlodi ekilgan holat uchraganda, ekilgan har bir avlodning navdorlik ko‘rsatkichlari tegishli avlod talabiga javob bersa ham ustama mablag‘ to‘lanishinida farqlar mavjudligini inobatga olib, eng pastki bitta avlodga rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Tuman bo‘yicha o‘tkazilgan aprobatsiya ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan dalolatnomani uch nusxada tuzilishi va uning nusxalarini tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga, Markazning hududiy boshqarmalariga hamda urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga topshirilishini tashkil qiladi.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tegishli urug‘lik tayyorlovchi subyektlar va inspeksiyaning viloyat boshqarmasi yoki tuman bo‘limining mutaxassislari aprobatsiya to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomalar asosida aprobatsiya natijalari haqida hisobot tuzadilar va aprobatsiya yakunlangandan so‘ng uch kundan kechiktirmay hisobotni viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga, Markazga va urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga topshiradi.
3-bob. Urug‘lik g‘o‘za maydonlarini aprobatsiya qilishning umumiy shartlari
10. Aprobatsiya kelgusi yil g‘o‘za ekiladigan maydonlarni genetik sof, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘lik chigit bilan ta’minlash maqsadida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida har yili avgust oyidan boshlab o‘tkaziladi.
11. Aprobatsiya qilish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda — elita xo‘jaliklari) hamda tender tanlovidan o‘tgan urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli serhosil g‘o‘za maydonlari tanlab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O'z DSt 663:2017 talablari bo‘yicha urug‘lik chigitning nav tozaligi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
elita — 100 foiz;
birinchi avlodi — 99 foiz;
ikkinchi avlodi — 98 foiz;
uchinchi avlodi — 96 foiz.
12. Urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish uchun kamhosil, suvdan qolgan, gommoz, vertitsillyoz hamda fuzarioz vilt va boshqa kasalliklar bilan belgilangan me’yorlardan ortiq darajada zararlangan, shuningdek, nav tozaligi O'z DSt 642 talablariga javob bermaydigan, ikki yoki undan ortiq seleksion nav ekilgan urug‘lik g‘o‘za maydonlari aprobatsiya davrida urug‘lik tayyorlashga yaroqsiz deb topiladi va urug‘lik tayyorlashdan chiqariladi.
13. Aprobatsiya natijalariga ko‘ra g‘o‘za navining sofligi, kutilayotgan umumiy paxta xom ashyosi hajmi, shu jumladan, urug‘lik paxta xom ashyosi va undan olinadigan urug‘lik chigitning hajmi aniqlanadi. Shuningdek, g‘o‘zaning kasalliklar bilan qay darajada zararlanganligiga qarab urug‘lik uchun ekilgan dala guruhlarga ajratiladi.
14. Rayonlashtirilgan va yangi navlarning birlamchi urug‘lik materiallari yetishtiruvchi elita xo‘jaliklarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xom ashyosi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodik qo‘llanma (keyingi o‘rinlarda — metodik qo‘llanma) asosida har bir oila bo‘yicha alohida-alohida tahlil qilingan holda tanlab olinadi.
15. Quyidagi urug‘lik g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkaziladi:
a) rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarining elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli urug‘lik chigitga bo‘lgan talabni qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi maydonlarda;
b) yangi navlarning elita va keyingi avlodlari ekilgan maydonlardagi istiqbolli navlarning chigitini ko‘paytirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun zarur bo‘ladigan miqdordagi maydonlarda;
v) g‘o‘za navining elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli urug‘lik chigitini kerakli miqdorda tayyorlash imkoniyati bo‘lmay qolgan hollarda, istisno tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ruxsati bilan rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarining to‘rtinchi avlodi ekilgan maydonlarda;
Urug‘chilik subyektlari tomonidan rejadagi urug‘lik paxta xom ashyosi terib olingunga qadar urug‘lik g‘o‘za maydonlarini defoliatsiya qilish taqiqlanadi.
Aprobatsiya ishlarini tashkil etish tartibi
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi aprobatsiya o‘tkazish ishlari boshlangunga qadar quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
a) paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, paxta tolasiga bo‘lgan ichki bozor talabi hamda paxtachilikni istiqbolda rivojlantirishni hisobga olgan holda g‘o‘za navlarini keyingi yilga O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritish va ularni navlar bo‘yicha joylashtirish rejasini ishlab chiqadi;
b) dastlabki navlarni joylashtirish asosida hudud bo‘yicha g‘o‘za aprobatsiyasini o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga hamda Markazning hududiy boshqarmalariga ekilgan g‘o‘za navi, avlodi, maydoni va aprobatsiya o‘tkazish muddatlari bo‘yicha ma’lumot beriladi.
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda g‘o‘za aprobatsiyasini o‘tkazish uchun mas’ul tashkilotlar, rahbarlar, mutaxassislar hamda nav orginatorlari — seleksioner olimlar ro‘yxatini tasdiqlab aprobatsiya ishlariga jalb etadi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, Markazning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda:
urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar bo‘yicha ekilgan g‘o‘za maydoni, navi, avlodi va aprobatsiya o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan holda aprobatsiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan birgalikda g‘o‘za aprobatsiyasini o‘tkazish rejasini paxta tozalash korxonalariga, paxta-to‘qimachilik klasterlariga, urug‘chilik klasterlariga (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik tayyorlovchi subyektlar) hamda urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarga yetkazadi.
G‘o‘zaning navdorligini aniqlash tartibi
18. Aprobatsiyadan o‘tkazuvchi komissiya tomonidan urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda har bir nav va avlodda konturlar bo‘yicha g‘o‘zaning navdorligi (keyingi o‘rinlarda — navdorlik) aniqlanadi.
Aprobatsiya jarayonida navga hosilini aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi o‘sish sharoitlarining kuchli ta’siri oldini olish maqsadida urug‘lik maydonlarda chilpish (chekanka) ishlari o‘simlikning biologik rivojlanishidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
19. Navdorlikni aniqlash uchun dalaning bir xil rivojlangan joyidan bir-biridan kamida 20 m masofa uzoqlikda joylashgan, g‘o‘zalar rivoji bir xil bo‘lgan ikki qator tanlab olinadi. Har qaysi qatordan 100 tupdan yaxshi rivojlangan g‘o‘za o‘simligi ko‘rib chiqiladi. Bunda kasallangan hamda ayri shox (razvilka) g‘o‘zalar hisobga olinmaydi.
20. Hisobga olingan o‘simliklar yaxshilab ko‘rib chiqilib, aprobatsiya o‘tkazilayotgan navning tipik, notipik va hosilsiz o‘simliklar foizi har bir qator bo‘yicha alohida tahlil qilinadi. Ikki qatordan olingan natijalarning o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlanayotgan dalaning nav tozaligini belgilaydi.
21. G‘o‘zaning navdorligini, aralashmalar tarkibini va ko‘saksiz (mevasiz) o‘simliklarni aniqlash quyidagi asosiy morfologik belgilari asosida aniqlanadi:
a) g‘o‘za bargining katta-kichikligi, shakli, rangi, yuzasining tekisligi yoki to‘lqinsimonligi;
b) bosh poyaning shakli, rangi, tuklilik darajasi;
v) hosil shoxining tipi va o‘simlik tupining shakli;
g) gultojibargning rangi;
d) ko‘saklarning katta-kichikligi, shakli, yuzasining silliqligi, tumshuqchasining shakli.
Ingichka tolali g‘o‘za navlarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan tashqari gultojibargining rangi va undagi dog‘larning bo‘lishi ham hisobga olinadi.
22. Navdorlikni aniqlashda g‘o‘zaning o‘sish sharoiti va bu sharoitning aprobatsiya qilinayotgan navning morfologik belgilariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi hisobga olinishi zarur. Asosiy morfologik belgilari bilan navga berilgan tavsifnomadan keskin farq qiladigan o‘simliklar, shuningdek, duragay va mevasiz o‘simliklar navga xos bo‘lmagan o‘simliklar qatoriga kiritiladi.
23. Aniqlangan navdorlik darajasining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish uchun ikki joydan belgilab olingan qatordagi o‘simliklarning navdorlik foizlari bir-biri bilan solishtiriladi.
24. Har bir jo‘yakdagi birinchi o‘simlikka “1” raqami yozilgan, yuzinchi o‘simlikka esa “100” raqami yozilgan yorliq osib quyiladi.
Asosiy morfologik belgilari nav tavsifnomasiga to‘g‘ri kelmagan o‘simliklar tegishli sanoqdagi tartib raqami yozilgan yorliq bilan belgilanadi va umumiy namunadagi o‘simlikka nisbatan foiz hisobida ularning umumiy ulushi aniqlanadi.
25. Namunalardagi navdorlikning to‘g‘ri aniqlanganligini ikkita kuzatuv o‘rtasidagi farqdan ajratish mumkin.
Bunda har bir namunaning ikkita kuzatuvdagi nav tozaligi orasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutlar cheklovi quyidagicha bo‘lishi zarur:
nav tozaligi 95 — 100 foiz bo‘lganda — 1 foiz;
nav tozaligi 90 — 94 foiz bo‘lganda — 2 foiz;
nav tozaligi 90 foizdan past bo‘lganda — 4 foiz.
26. Nav tozaligining ikki kuzatuvdagi tafovuti belgilangan cheklovlardan yuqori bo‘lganda, uchinchi jo‘yak tanlab olinishi va tahlil o‘tkazilishi kerak.
Ikkita yoki uchta kuzatuvning o‘rtacha arifmetik qiymati ushbu daladagi nav tozaligini belgilaydi.
27. Har bir nav va avlod bo‘yicha navdorlik ko‘rsatkichi yaxlit son holatiga keltiriladi.
G‘o‘zaning vilt, gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash tartibi
28. Barcha aprobatsiya qilinayotgan g‘o‘za maydonlarida (kam hosil, chanqatib qo‘yilgan, navdorligi standart talabidan past bo‘lgan va urug‘lik tayyorlashga yaroqsiz deb topilgan maydonlardan tashqari) o‘simliklarning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi.
29. O‘simliklarning qaysi organi (yoki qismi) gommoz bilan zararlanganligidan qat’i nazar umumiy zararlanish hisobida hamda meva elementlarining (ko‘sak, gul-meva yonligi, ko‘sak bandi) zararlanganligi esa alohida foiz hisobida aniqlanadi.
30. G‘o‘zaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanish darajasi quyidagi usulda aniqlanadi:
a) elita va birinchi avlodli urug‘lik ekilgan g‘o‘za maydonlarining vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanish darajasi shaxmat usulida namunalar olish yo‘li bilan. Buning uchun bir gektardagi maydondan har birida 10 ta o‘simlikdan iborat 10 ta namuna olinadi;
b) ikkinchi va undan keyingi avlodlar ekilgan g‘o‘za maydonlarining har bir gektaridan 10 ta o‘simlikdan iborat bitta namuna olinadi.
31. G‘o‘zaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanish darajasi namunadagi hamma o‘simliklarda o‘rganish orqali aniqlanadi.
Meva elementlarining gommoz bilan zararlanish darajasi har qaysi namunadagi oxirgi ikki tup o‘simlikdagi sog‘lom va zararlangan meva elementlarini (ko‘saklar, meva-gul yonligi va meva bandi) sanab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar fermer xo‘jaligida g‘o‘za bir-biridan alohida ajratilgan bir necha konturda ekilgan bo‘lsa, bunday hollarda har qaysi kontur uchun zararlanish darajasi alohida-alohida aniqlanadi.
32. G‘o‘zaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz kasalliklari bilan qay darajada zararlanganligiga qarab aprobatsiya o‘tkaziladigan dalalar ikki guruhga bo‘linadi:
a) birinchi guruhga vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan 5 foizgacha zararlangan g‘o‘za dalalari kiritiladi. Ushbu guruhga fuzarioz vilt va hosil elementlari gommoz bilan zararlangan g‘o‘za dalalari kiritilmaydi;
b) ikkinchi guruhga vertitsellyoz vilt bilan 5 foizdan 15 foizgacha, fuzarioz vilt bilan 3 foizgacha, gommoz bilan 5 — 10 foizgacha va meva elementlari 1 foizgacha zararlangan g‘o‘za dalalari kiritiladi.
Kutilayotgan hosildorlikni bashorat qilish tartibi
33. Urug‘lik maydonlarda kutilayotgan hosildorlik aprobatsiya jarayonida namunalardan so‘nggi ikki o‘simlikdagi ko‘saklar sonining har bir maydon uchun alohida-alohida o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi olinib, uni ikkiga bo‘lish orqali bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni aniqlanadi.
Har bir maydondagi bir tup o‘simlikdan kutilayotgan paxta ushbu maydondagi ko‘chat soniga ko‘paytirilib bir gektardan kutilayotgan yalpi hosildorlik aniqlanadi.
34. Urug‘lik g‘o‘za maydonlarida ko‘chat qalinligi g‘o‘za aprobatsiyasi bilan bir vaqtda aniqlanishi uchun aprobatsiya namunalari olinganda elita va birinchi avlodli maydonlardan har 10 ta namunada ikkita va keyingi avlodli maydonlardan har namuna olingan joydan bittadan, qator orasi 60 sm bo‘lgan maydondan 16,6 metrdagi, qator orasi 76 sm bo‘lgan maydondan 13,1 metrdagi, qator orasi 90 sm bo‘lgan maydondan 11,1 metrdagi ko‘chatlar sanaladi va maydondagi o‘rtacha ko‘chat qalinligi sanalgan ko‘chatlar arifmetik raqamini 1 000 soniga ko‘paytirilib aniqlanadi. Masalan, o‘rtacha 80 tup x 1 000 = 80 000 tup.
Aprobatsiya jarayonida prognoz qilingan yalpi hosilning 40 — 45 foizi urug‘lik paxta xom ashyosini tashkil etadi.
Misol uchun: An-Bayavut-2 navining birinchi avlodi ekilgan 8 gektar maydondan olingan 80 dona namunadagi 2 ta o‘simlikdagi o‘rtacha ko‘saklar soni 22 donani, ko‘chat qalinligi esa 80 ming tupni tashkil etgan holda bir tupdagi ko‘sak soni 22 : 2 = 11 dona, ko‘sakning o‘rtacha vazni 4,0 gramm bo‘lganda bir tupdagi hosil miqdori 11,0 x 4,0 = 44,0 grammni tashkil etadi.
Bir gektardagi yalpi hosilni aniqlash uchun ko‘chat qalinligi bir tupdan kutilayotgan hosilga ko‘paytiriladi.
80 000 x 44 gramm = 3 520 000 gramm yoki 3 520 kg, yoki 35,2 sentner.
Urug‘lik paxta hajmini aniqlash uchun kutilayotgan yalpi hosilning 40 — 45 foizi olinadi.

Masalan:

35,2 s/ga x 40:100 = 14,0 s/ga

35,2 s/ga x 45:100 = 15,8 s/ga.

Navdorlikni aniqlash bilan bir paytda zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash uchun bir-biridan kamida 20 m masofada joylashgan ikki qator tanlab olinadi. Har qaysi qatordan 100 tup o‘simlik sanab chiqiladi va ayri shox (razvilka) o‘simliklar soni foiz hisobida aniqlanib, bashorat qilingan umumiy hosildorlik ko‘rsatkichidan ayri shox o‘simliklar miqdori ayrilgan holda urug‘lik paxta hosili bashorat qilinadi.
Aprobatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
35. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tegishli urug‘lik tayyorlovchi subyektlar va Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi yoki tuman bo‘limi mutaxassislari dala aprobatsiyasi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomalar asosida aprobatsiya natijalari haqida hisobot tuzadi va aprobatsiya yakunlangandan so‘ng uch kundan kechiktirmay hisobotni viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga, Markazga va urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga topshiradi.
36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari mutaxassislari Markazning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda:
a) g‘o‘za aprobatsiyasi natijalariga ko‘ra urug‘lik chigit tayyorlashning dastlabki rejasiga muvofiq ravishda urug‘lik tayyorlovchi subyektlar bo‘yicha urug‘lik paxta va chigit tayyorlash rejasini g‘o‘za navi va avlodlari bo‘yicha tayyorlaydi;
b) g‘o‘za aprobatsiyasi natijalari to‘g‘risida belgilangan shaklda (4-ilova) hisobot tayyorlaydi va bu hisobotni Markazga yuboradi.
37. Markaz urug‘lik paxta xom ashyosi va urug‘lik chigit tayyorlash rejasini aniqlaydi hamda har yili 1-sentabrdan kechiktirmay ushbu rejani g‘o‘za navi hamda avlodlari bo‘yicha belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga va Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga yetkazadi.
Ushbu reja asosida ular har bir tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga, urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga va paxta qabul maskanlariga urug‘lik paxta tayyorlash rejasini yetkazadi.
38. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari aprobatsiya o‘tkazuvchi komissiya bilan birgalikda aniqlangan urug‘lik paxta tayyorlash rejasini urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarga yetkazadi.
Urug‘lik paxta xom ashyosini terib olish va paxta qabul qilish maskanlariga topshirish tartibi
39. Elita va avlodli urug‘lik paxta xom ashyosi qo‘lda teriladi. Bunda:
a) urug‘lik paxta xom ashyosi qo‘lda bir marta teriladi, birinchi terimni har bir tup g‘o‘zada o‘rta hisobda 8 — 10 ta yetilgan ko‘sak to‘liq pishib ochilganda boshlash kerak. Pishib yetilmagan va to‘liq ochilmagan ko‘saklardagi urug‘lik paxtani terish man etiladi;
b) vertitsillyoz vilt yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanmagan o‘simliklarda pishib yetilgan, sog‘lom ko‘saklarda to‘liq ochilgan paxta urug‘lik g‘o‘za maydonlarining dala guruhlari bo‘yicha alohida terib olinadi va paxta qabul qilish maskanlariga urug‘lik paxta xom ashyosi sifatida topshiriladi;
v) urug‘lik paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olishga kirishishdan oldin vertitsillyoz vilt yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan o‘simliklar hosili albatta alohida yig‘ib-terib olinishi hamda paxta qabul qilish maskaniga texnik paxta sifatida topshirilishi shart;
g) urug‘lik paxtaning namligi davlat standarti talablaridan ortiq bo‘lsa, oftobda quritgan holda belgilangan miqdordagi namlik bilan paxta qabul qilish maskaniga topshirilishi kerak;
d) yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash uchun urug‘lik paxta xom ashyosi imkoni qadar erta muddatda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 10-oktabrdan kechiktirmay, qolgan barcha viloyatlarda 1-oktabrgacha yig‘ib-terib olinishi va paxta qabul qilish maskaniga topshirilishi zarur;
e) urug‘lik paxta xom ashyosini terish va tayyorlash muddatlari har qaysi hudud va urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan belgilanadi.
4-bob. Urug‘likka ekilgan boshoqli don maydonlarini aprobatsiya qilish tartibi
40. Urug‘likka ekilgan boshoqli don maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish, o‘simlik sut, mum pishish va pishish fazalarida o‘tkaziladi.
41. Boshoqli don ekinlarining urug‘ligini yetishtiruvchi subyektlarning har bir konturidan aprobatsiya komissiyasi tomonidan bog‘lam (namuna) olinib, tahlil o‘tkaziladi va tahlil natijalariga ko‘ra tegishli aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlarining urug‘ligini yetishtiruvchi har bir subyektning urug‘lik maydonidan diagonaliga yurilib, har bir nuqtadan 10 tadan kam bo‘lmagan poyalar olinadi. Bunda umumiy poyalar soni 1 500 donadan kam bo‘lmagan bog‘lam tayyorlanadi.
42. Boshoqli don ekinlarining urug‘ligini ko‘paytirish ko‘chatzori, orginal va elita urug‘lik maydonlari aprobatsiya qilinayotganda urug‘lik maydonlarning har ikki diagonalidan bittadan ikkita bog‘lam olinadi va alohida tahlil qilinadi.
Boshoqli don ekinlarining keyingi avlodli urug‘lik maydonlarida katta diagonaldan bitta bog‘lam olinadi va tahlil qilinadi.
43. Bog‘lamlarning har biriga namuna olingan urug‘lik maydonning o‘zida ikkitadan yorliq yozib bog‘lanadi. Yorliqlarning biri bog‘lamning ichki tomoniga va ikkinchisi esa bog‘lamning tashqi tomoniga bog‘lab qo‘yiladi hamda ushbu bog‘lam ikki kun ichida to‘liq tahlil qilinadi.
44. Bog‘lamlardagi yorliqqa urug‘lik yetishtiruvchi subyekt nomi, kontur raqami, rahbarning familiyasi, ekin maydoni, ekin turi, avlodi, o‘tmishdosh ekin, begona o‘t bilan ifloslanish darajasi, maydonning o‘rtacha hosildorligi, namuna olingan sana, nav tozaligi, aprobatsiya dalolatnomasining raqami, sanasi yoziladi va imzo qo‘yiladi.
Tahlil natijalariga asosan kuzgi va bahorgi bug‘doy, arpa, suli hamda tritikale ekinlarining urug‘lik maydonlaridan olingan namunalar quyidagi fraksiyalarga ajratiladi:
1-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navning yaxshi rivojlangan sog‘lom poyalari;
2-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navga aralashgan boshqa nav va tur poyalari;
3-fraksiya — ajratilishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simlik poyalari (kuzgi bug‘doyda javdar, arpa, bahorgi bug‘doyda arpa, arpada bug‘doy, suli, sulida arpa);
4-fraksiya — ajratilishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlarning poyalari (bug‘doyda moxobel, tatar marjumagi, mishatnik, tuxmak, sineglazka, arpa va sulida qorako‘za, qilsimon suli, arpada tuxmak, yovvoyi turp, tariqda ko‘k it-qo‘noq, g‘umay);
5-fraksiya — begona o‘tlarning poyalari (kakra, ambroziya va zarpechakning barcha turlari, yovvoyi kungaboqar, burgan);
6-fraksiya — eng xavfli begona o‘tlarning poyalari (g‘umay, tuxmak, piyozo‘t, pechak, bug‘doyiq, bo‘ztikan, baqajo‘xori, qorako‘zalar);
7-fraksiya — zaharli begona o‘tlarning poyalari (kampirchopon va tuyaqorin);
8-fraksiya — asosiy ekinning kasallangan va zararlangan poyalari (chang qorakuya, qattiq qorakuya);
9-fraksiya — asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari.
45. Boshoqli don ekinlarining namuna uchun olingan har bir bog‘lamida boshqa navlar va ajratilishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklarning aralashmasi 3 foizdan, ajratilishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlarning aralashmasi 2 foizdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
46. Agar boshoqli don ekinlaridan namuna uchun olingan bog‘lamlarda karantindagi xavfli zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar aniqlansa, bunday urug‘lik maydonlarida yetishtirilgan urug‘liklardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
47. Boshoqli don ekinlarining navdorlik ko‘rsatkichi asosiy navning mahsuldor poyalar sonining (1-fraksiya) aprobatsiya qilinayotgan bog‘lamdagi umumiy rivojlangan poyalar soniga (1 va 2-fraksiyalar yig‘indisiga) nisbati bo‘yicha aniqlanadi.
48. Boshoqli don ekinlari maydonlarining qorakuya bilan zararlanish darajasi qorakuyaning har bir turi bo‘yicha alohida kasallangan poyalar sonining (3-fraksiya) umumiy rivojlangan hamda zararlangan barcha poyalar soniga (1, 2 va 3-fraksiyalar yig‘indisiga) nisbati bo‘yicha aniqlanadi.
49. Boshoqli don ekinlari maydonlarining ajratilishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlar bilan ifloslanish darajasi begona o‘tlar poyalari (4-fraksiya) sonining umumiy rivojlangan poyalar soni hamda ajratilishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlar poyalari soniga (1, 2 va 4-fraksiyalar yig‘indisiga) nisbati bo‘yicha aniqlanadi.
Boshoqli don ekinlari maydonlarining ajratilishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar bilan ifloslanish darajasi ham shunday tartibda aniqlanadi.
50. 6, 7, 8 va 9-fraksiyalardagi poyalar soni dona hisobida yozib qo‘yiladi.
51. Aprobatsiya natijalari asosida boshoqli don ekinlarining har bir urug‘lik maydoni uchun alohida aprobatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
52. Boshoqli don ekinlarining original va elita urug‘lik maydonlari uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
53. Boshoqli don ekinlarining birinchi va keyingi avlodlari ekilgan urug‘lik maydonlari uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
54. Boshoqli don ekinlarining urug‘lik maydonlari aprobatsiya natijalariga ko‘ra urug‘lik uchun “yaroqsiz” deb topilganda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
55. Aprobatsiya dalolatnomalari to‘rt nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi urug‘lik yetishtiruvchi subyektga, ikkinchi nusxasi Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga, uchinchi nusxasi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga, to‘rtinchi nusxasi urug‘lik tayyorlovchi subyektga beriladi.
56. Agar aprobatsiya natijasiga ko‘ra boshoqli don ekinlarining original va elita urug‘lik maydonlari navdorligi yoki boshqa ko‘rsatkichlari nav tavsifnomasidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmasa, navdorlik ko‘rsatkichlari muvofiq keladigan keyingi avlod sifatida baholanadi. Agar navdorlik ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ham past bo‘lsa, ekin maydoni urug‘lik uchun “yaroqsiz” deb topiladi.
57. Bug‘doy, arpa va suli ekinlarining urug‘lik maydonlarda nav tozaligi 99,7 foiz, chang qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,3 foiz va qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,1 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Aprobatsiya bog‘lamini tahlil qilish tartibi
58. Aprobatsiya bog‘lami quyidagicha tahlil qilinadi.
Misol uchun “Krasnodarskaya-99” yumshoq bug‘doy navidan olingan aprobatsiya bog‘lami tahlil qilinganda quyidagilar aniqlangan:
navning asosiy poyalari soni — 1 070 dona;
boshqa tur va navga mansub poyalari soni — 29 ta, jumladan, Eritrospermum — 5 ta, Ferrugineum — 6 ta, Grekum — 9 ta, qattiq bug‘doy — 9 ta;
qorakuya bilan kasallangan poyalar soni — 12 ta, jumladan, chang qorakuya — 4 ta, qattiq qorakuya — 8 ta;
ajratib olinishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar poyalari soni — 8 ta, jumladan, arpa poyalari — 8 ta;
ajratib olinishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlar soni — 3 ta;
bug‘doyning rivojlanmagan poyalari soni — 40 ta;
Ushbu ma’lumotlar asosida urug‘lik ekin maydoni aniqlanadi.
Nav tozaligi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 100 — foiz, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni.
Bug‘doy navining ajratib olinishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar bilan ifloslanish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 8 — madaniy o‘simliklar poyasi soni, 100 — foiz, 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni, 8 — ajratib olinishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar poyalari soni.
Boshoqli don ekinlarining urug‘lik maydonlarining chang qorakuya bilan zararlanish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 4 — qorakuya bilan zararlangan poyalar soni, 100 — foiz, 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni.
Boshoqli don ekinlari urug‘lik maydonlarining qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi ham xuddi shunday aniqlanadi.
Aprobatsiya natijalari asosida har bir maydon uchun alohida aprobatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Boshoqli don ekinlarining original va elita urug‘lik maydonlari uchun mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlarining birinchi va keyingi avlod urug‘ligi ekilgan maydonlar uchun mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlari maydonlari aprobatsiya natijalariga asosan urug‘lik uchun “yaroqsiz” deb topilganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Agar aprobatsiya tahlili natijasiga ko‘ra original va elita urug‘lik maydonlarining navdorligi 1-jadvalda belgilangan navdorlik ko‘rsatkichidan past bo‘lsa, mos ravishda keyingi avlod sifatida baholanadi.
59. Boshoqli don ekinlarining nav tozaligi me’yorlari

1-jadval

Ekin turi

Nav tozaligi, foizda

Original

Elita

RY

RYt

Yumshoq bug‘doy, suli, arpa

99,7

99,7

98,0

95,0

Qattiq bug‘doy

99,7

99,7

98,0

95,0

Sholi

99,8

99,5

98,0

97,0

Tritikale

99,5

99,2

98,0

95,0

Tariq

99,8

99,8

99,5

98,0

Loviya, mosh, no‘xat

99,8

99,8

98,0

95,0

60. Boshoqli don ekinlari urug‘ligini yetishtiruvchi xo‘jaliklar bo‘yicha aprobatsiya dalolatnomalarining raqamlari tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi.
61. Chang va qattiq qorakuya bilan zararlangan original va elita urug‘lik maydonlaridan urug‘lik tayyorlash qat’iyan taqiqlanadi.
62. Boshoqli don ekinlari urug‘ligi maydonlari quyidagi hollarda urug‘lik uchun yaroqsiz deb topiladi:
nav tozaligi 95 foizdan past bo‘lganda;
chang qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,3 foiz va qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,1 foizdan yuqori bo‘lganda;
ajratilishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlar poyalari bilan ifloslanish darajasi 2 foizdan yuqori bo‘lganda;
ajratilishi qiyin bo‘lgan madaniy o‘simlik turlari bilan ifloslanish darajasi 3 foizdan yuqori bo‘lganda.
5-bob. Urug‘likka ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz maydonlarini aprobatsiya qilish tartibi
63. Urug‘lik uchun ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarining navdorlik belgilarini aniqlash dala aprobatsiyasi usulida olib boriladi.
Bunda ikki yillik ekinlar va rediskaning navdorligini baholash uchun qo‘shimcha ravishda navdorlik ko‘rsatkichi tekshiriladi.
64. Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik maydonlariga baho berish rejasi, aprobatsiyani o‘tkazish, navdorlikni tekshirish muddatlari va aprobatorlarning ro‘yxatlari tasdiqlash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etiladi.
65. Aprobatsiyani o‘tkazish Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga yuklanadi.
66. Elita urug‘lik maydonlarida aprobatsiya va ekinlarni gullashdan oldingi kuzatuv ishlari elita urug‘larini yetishtirishga mas’ul bo‘lgan mutaxassis bilan birga joylarda tashkil etilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
67. Urug‘lik ekin maydonlarida aprobatsiya va gullashdan oldingi kuzatuv ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan agronomlar tomonidan o‘tkaziladi.
Nav originatorlariga hamda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida ma’lum ekin turi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan xodimlarga aprobatsiya o‘tkazish huquqi beriladi.
Aprobatsiya kurslarini o‘tkazish va maxsus qo‘llanma bilan ta’minlash Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aprobatsiya komissiyasi ekinlarni baholashga kirishishi bilan barcha ekinlarda belgilangan muddatda aprobatsiya va kuzatuv ishlarini olib borish uchun o‘zining yo‘nalishlar bo‘yicha kalendar ish rejasini tuzadi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha kalendar ish rejasining bir nusxasi bosh aprobatorga, ikkinchi nusxasi Markazga hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga taqdim etiladi.
68. Aprobatsiya va kuzatuv ishlari agronom aprobator tomonidan urug‘lik yetishtiruvchi subyektning urug‘chilik uchun mas’ul bo‘lgan xodimi ishtirokida olib boriladi.
Urug‘lik yetishtiruvchi subyekt agronom aprobatorga urug‘chilikka tegishli zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni taqdim etadi.
Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari agronom aprobatorlarni aprobatsiya, navlarni tekshirish, nav tanlash (kuzgi, bahorgi) va urug‘chilikka tegishli boshqa dalolatnomalar hamda bosma ish qog‘ozi (blankasi) bilan ta’minlaydi.
Aprobatsiya va navlarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar urug‘lik yetishtiruvchi subyektning urug‘chilik uchun mas’ul bo‘lgan xodimi va aprobatsiya komissiyasi tomonidan imzolanadi.
69. Ushbu Nizomga ko‘ra agronom aprobator urug‘lik maydonlarda nav tekshirish ishlarini o‘tkazishga hamda natijalari to‘g‘risida 3 nusxada dalolatnoma tuzishga mas’ul hisoblanadi.
Dalolatnomaning ikki nusxasi urug‘lik yetishtiruvchi subyektda, uchinchi nusxasi Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarida saqlanadi.
70. Agronom aprobator urug‘lik yetishtiruvchi subyektga urug‘lik olinadigan o‘simlik va meva namunalarining, qishda saqlanadigan va bahorda ekiladigan ildizmeva namunalarining har bir naviga xos bo‘lgan nusxalarini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, agronom aprobator urug‘lik yetishtiruvchi subyektning urug‘chilikka mas’ul bo‘lgan xodimiga urug‘chilik hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va qoidalari bo‘yicha tushuntirish beradi.
Agronom aprobator tomonidan ko‘rsatilgan aprobatsiya va nav tekshirish dalolatnomalaridagi ko‘rsatmalar urug‘lik yetishtiruvchi subyekt tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
71. Agar urug‘lik yetishtiruvchi subyektning aprobatsiya o‘tkaziladigan urug‘lik maydonlari bir necha paykallarda joylashgan bo‘lib, bir xil kategoriyali urug‘liklar ekilgan bo‘lsa, olingan namunalarning navdorlik foizi umumlashtirib o‘rtacha foiz olinadi. Masalan:
birinchi uchastka — maydoni 5 gektar, navdorligi 98 % x 5 = 490;
ikkinchi uchastka — maydoni 3 gektar, navdorligi 97 % x 3 = 291;
uchinchi uchastka — maydoni 2 gektar, navdorligi 99 % x 2 = 198.
Umumiy chiqqan son (979) umumiy maydonga bo‘linib (980:10), urug‘lik uchun ekilgan ekin navining navdorlik ko‘rsatkichi (97,8 %) aniqlanadi.
72. Agar aprobator urug‘lik yetishtiruvchi subyektning urug‘lik ekin maydonlarida urug‘chilik qoidalari buzilganligini aniqlasa, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma beradi va bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga xabar beradi.
73. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning urug‘lik maydonlarida karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar aniqlansa, ularni mexanik va kimyoviy vositalar yordamida bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi. Aprobatsiya vaqtida karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar mavjud bo‘lgan urug‘lik maydonlari dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilib, aprobatsiya dalolatnomalariga tikib qo‘yiladi.
74. Agronom aprobator barcha urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar bo‘yicha urug‘lik ekin maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish davridagi yozma ma’lumotlarni xronologik tartib bilan olib boradi hamda dalolatnomalar berish muddatini belgilab qo‘yadi.
75. Agroinspeksiya xodimi agronom aprobator olib borgan ishlarni joylarda har bir ekin navi va turi bo‘yicha tanlab aprobatsiya dalolatnomalarini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni tuzatadi va hujjatlarni tasdiqlaydi.
Agar agronom aprobator urug‘lik ekin maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish paytida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, tuzilgan dalolatnomalar yaroqsizga chiqarilishi va u aprobatsiya o‘tkazishdan chetlatilishi hamda takroriy aprobatsiya o‘tkazish vazifasi boshqa aprobatorga yuklatilishi mumkin.
Agroinspeksiya xodimi bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga xabar berishi zarur.
76. Tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan aprobatsiya dalolatnomalari umumlashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan tashkil qilingan hududiy aprobatsiya komissiyalariga topshiriladi.
77. Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari bosh aprobatorlar bilan birgalikda aprobatsiya bo‘yicha yakuniy hisobotni tayyorlaydi.
Navni tozalash va urug‘lik tanlash tartibi
78. Navni begona nav aralashmasidan va zararlangan o‘simliklardan tozalash ishlari bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik urug‘lik ekinlarning butun o‘suv davrida (aprobatsiyaga qadar va aprobatsiyadan keyin ham) olib boriladi.
79. Bir yillik sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarida nav tanlash ishlari aprobatsiyadan so‘ng meva va o‘simliklarni yig‘ish, qayta ishlash va urug‘larni yanchish paytida o‘tkaziladi. Ikki yillik ekinlarda nav tanlash ishlari aprobatsiyadan so‘ng yig‘ish va qishga saqlashga qo‘yish, rediska uchun ildizmevalarni ko‘chirib ekish paytida amalga oshiriladi.
80. Kelgusida navlarning navdorlik xususiyatlarini yaxshilab borish maqsadida bahorgi ekishdan avval kasallik va sovuqdan zararlangan ikki yillik ekinlarning yaroqsizlarini ajratib tashlash uchun bahorgi tanlash ishlari o‘tkaziladi.
81. Barcha ekin navlarida tozalash ishlarini olib borish (aprobatsiyadan ilgari yoki keyin) va onalik urug‘liklarini tanlash paytida dalolatnomalar tuziladi va dalolatnomalarda navni tozalash vaqti, tanlash, o‘simliklar holati, yulingan begona navlar miqdori ko‘rsatiladi.
82. Agar bir yillik ekinlarda nav tozalash ishlari va ikki yillik ekinlarda onalik urug‘liklarini kuzgi tanlash ishlari o‘tkazilmagan bo‘lsa, aprobatsiyada aniqlangan navdorlik ko‘rsatkichi bir kategoriyaga pasaytiriladi. Bunday paytda nazoratchi aprobatsiya dalolatnomasiga tegishli tuzatish kiritadi.
Urug‘lik bilan beriladigan guvohnomaga “Nav tozalash ishlari olib borilmaganligi uchun navdorlik ko‘rsatkichi bir kategoriyaga pasaytirildi” degan so‘z yozib qo‘yiladi.
Rediska, piyoz, pasternak, petrushka, selderey ekinlarida ko‘chirib olish asosida yetishtirilgan urug‘liklar bir reproduksiya va bir kategoriyaga mansub navdor urug‘liklardan foydalangan holda tayyorlangan bo‘lsa, ushbu ekinlarda aprobatsiya paytida aniqlangan navdorlik ko‘rsatkichlari pasaytirilmaydi.
Urug‘likka ekilgan maydonlarini gullashdan oldingi kuzatish tartibi
83. Karam, ildizmevalilar, piyoz va boshqa qolgan ikki yillik ekinlar va rediskada gullashdan oldin kuzatish ishlarini olib borish uchun quyidagilarni aniqlash nazarda tutiladi:
a) navlararo masofaning saqlanishi;
b) agrotexnik tadbirlarning bajarilishi (ekish muddati va sxemasi, begona o‘tlarga qarshi kurash va boshqalar);
v) haqiqiy maydon va urug‘likning holati;
g) urug‘lik ekin maydoni atrofida ushbu ekin bilan changlanishi mumkin bo‘lgan bitta oilaga mansub o‘simliklar, begona o‘tlar bo‘lmasligiga e’tibor qaratish;
d) urug‘liklarning zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar bilan zararlanish darajasi.
Agar urug‘lik maydonning holati talab darajasida bo‘lmasa, urug‘lik yaroqsizga chiqariladi.
Urug‘likka ekilgan maydonlarda ihota oraliq masofa
84. Bir-biri bilan oson changlanuvchi nav va o‘simliklar o‘zaro changlanib qolmasligi uchun ularning ihota oraliq masofasi 9-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Qovoq va poliz ekinlarining har xil botanik turlari bo‘yicha ihota oraliq masofasi ochiq maydonda 50 metr va yopiq maydonda 20 metr bo‘ladi.
Ekin navining elita bilan birinchi avlodi ekilgan maydonlar orasida ixota oraliq masofasi saqlanmaydi.
85. Navlararo ihota oraliq masofasi saqlanmasa, ekin navlarining aprobatsiyada aniqlangan navdorlik ko‘rsatkichi bir kategoriyaga pasaytiriladi. Bunday paytda nazoratchi aprobatsiya dalolatnomasiga tegishli tuzatish kiritadi.
Urug‘lik bilan beriladigan guvohnomaga “Ihota oraliq masofasi saqlanmaganligi uchun navdorlik ko‘rsatkichi bir kategoriyaga pasaytirildi” degan so‘z yozib qo‘yiladi.
Aprobatsiya o‘tkazish usuli
86. Aprobatsiyaga kirishishdan avval ekilgan ekin navlari urug‘liklarining sifatini tavsiflaydigan (attestat yoki urug‘lik guvohnomasi va nav tozalash dalolatnomasi) hujjatlar tekshiriladi.
Aprobatsiya paytida nav tozalash ishlari o‘tkazilganligi, navlararo ihota oraliq masofaciga rioya qilinganligi, haqiqiy urug‘lik maydoni va kutilayotgan hosil aniqlanadi hamda olib borilgan barcha agrotexnik tadbirlarning bajarilishiga va urug‘lik maydon holatiga baho beriladi. Agar urug‘lik maydon “yomon” baho olsa, yaroqsizga chiqariladi.
Ekinlar navlarining navdorlik ko‘rsatkichi ushbu aprobatsiya usuli orqali aniqlanadi, onalik urug‘lik o‘simliklarini tanlash va saqlash omborxonalarini tayyorlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.
87. Aprobatsiya quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
a) oq bosh karam, gul karam, brokkoli — karam boshlari to‘liq o‘ray boshlaganda (ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘riladi);
b) lavlagi, sabzi, sholg‘om, turp, rediska, petrushka, selderey — to‘liq texnik pishgan davrda;
v) piyoz va sarimsoq — to‘liq yetilib, piyoz ustidagi qobiqlari quriganda;
g) bodring — yoppasiga mevalari yetilib, qisman urug‘liklar paydo bo‘lganda;
d) pomidor, baqlajon, shirin va achchiq qalampir — mevalari 50 foiz pishib yetilganda;
e) tarvuz, qovun, qovoq — meva etlari va urug‘lari to‘liq biologik pishib yetilganda;
j) qovoqcha, patisson — texnik pishgan va urug‘lik mevalari paydo bo‘lganda;
z) ukrop — texnik pishgan va markaziy urug‘ bandlarida urug‘lar yetilganda.
88. Aprobatsiya paytida olingan o‘simlik namunalari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga ekin naviga xos bo‘lgan belgilarga ega va sog‘lom rivojlangan o‘simliklar kiradi. Birinchi guruhga ildizmevalilar, bosh karamlari yorilgan hamda kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlangan, lekin asosiy nav belgilari saqlangan o‘simliklar ham kiradi.
Ikkinchi guruhga ekin naviga xos bo‘lgan asosiy belgilarni yo‘qotgan, shu jumladan, aynigan, yorilgan, gullab ketgan, kasalliklar va zararkunandalar bilan kuchli zararlangan hamda yetilmagan (asosiy nav belgilarini ajratish qiyin bo‘lgan mayda o‘simlik mevalari) o‘simlik va mevalar kiradi.
Ekin navining navdorlik ko‘rsatkichini aniqlashda faqat birinchi guruhga kirgan o‘simliklar inobatga olinadi. Shunga qarab o‘simliklarning navdorlik ko‘rsatkichi va begona navlar aralashmasi aniqlanadi.
Bunda ikkinchi guruhga kirgan o‘simliklarning umumiy soni va foizi ham ko‘rsatiladi.
89. Aprobatsiya qilish uchun namuna olish va o‘simliklar soni ushbu nizomga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi
90. Ekin navining belgilari quyidagi tartibda tahlil qilinadi:
a) osh lavlagi, sholg‘om, turp, piyoz va boshqa ildizmevalilar yerdan sug‘urib olinib, joylarda guruhlarga ajratiladi;
b) karam, pomidor, bodring, qalampir, baqlajon, poliz mahsulotlari, qovoqcha, patisson, shovul, shvit, shpinat, salat va boshqa ko‘kat ekinlar yerda turgan paytda tahlil qilinadi.
Tekshirishga tegishli bo‘lgan ekin navlari namunalarining soni butun maydonda baravar taqsimlanishi kerak.
Agronom aprobator namunalarni dalada bir-biridan oraliq masofalari baravar bo‘lgan holda pog‘onalab diagonal bo‘ylab aprobatsiyadan o‘tkazadi.
91. Birinchi guruhga tegishli o‘simliklarning aprobatsiya natijalarida ko‘rsatkichlar umumiy son va foiz hisobida keltiriladi hamda ekin navining navdorlik ko‘rsatkichi va begona navlar aralashmasi ko‘rsatiladi.
92. Tarvuz va qovun navlarining navdorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda har 10 ta mevadan bittasi kesib ko‘riladi hamda meva eti, rangi va urug‘lari tahlil qilinadi.
Osh lavlagi navlarining navdorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda har bir olingan namunaning 50 foiz ildizmevalari kesib ko‘riladi hamda halqa va ranglari nazardan o‘tkaziladi.
Urug‘lik maydonlarda kasallik, zararkunandalar va begona o‘tlarning foizlarini hisoblash tartibi
93. Urug‘lik uchun ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarining zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlar bilan zararlanganligini aniqlash va tavsiflash urug‘lik aprobatsiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘simliklarning zararlanganligi haqidagi ma’lumotlar va ularga qarshi kurashish haqidagi chora-tadbirlar dalolatnomalarda ko‘rsatiladi. Ekinlarning zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanishi foiz hisobida yoziladi.
94. Urug‘ va urug‘liklarni yig‘ishdan ilgari aprobatsiya, navdor ekinlarni gullashdan oldingi kuzatish ishlari, hosilni yig‘ishdan ilgari tekshirish vaqtida aniqlangan kasallik va zararkunandalar uch guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruhga urug‘lik bilan o‘tadigan karantindagi zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar kiradi.
Bunday zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar aniqlanganda, zudlik bilan Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyat boshqarmasiga va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy bo‘limlariga xabar beriladi hamda zararlangan o‘simliklardan olingan namunalar karantin laboratoriyasiga yuboriladi.
Ikkinchi guruhga urug‘lik bilan o‘tadigan o‘simlik kasalliklari kiradi. Jumladan:
karamda tomir bakteriozi bilan zararlanish darajasi ko‘pi bilan 3 — 10 foiz bo‘lsa, al’ternarioz bilan 10 — 30 foiz, fomoz bilan 30 — 15 foiz, soxta un shudring kasalliklari bilan 10 — 15 foiz;
sabzida fomoz bilan 5 — 10 foiz, al’ternarioz bilan 5 — 10 foiz, bakterioz bilan 10 — 15 foiz;
lavlagida soxta un shudring bilan 5 — 15 foiz;
pomidorda rak bakteriyasi bilan 5 — 10 foiz, bakterial dog‘lanish bilan 10 — 15 foiz, virus kasalliklari bilan 5 — 10 foiz;
baqlajonda meva chirish bilan 5 — 10 foiz;
bodring va qovunda bakterioz bilan 5 — 10 foiz zararlanish darajasi kuzatilsa, ikkinchi guruhga o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi kasalliklar bilan zararlanish darajasi yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlardan ko‘p bo‘lsa, elita va avlodli urug‘lik maydonlari yaroqsizga chiqariladi.
Uchinchi guruhga kiruvchi kasalliklar bilan zararlangan urug‘lik maydonlari yaroqsizga chiqarilmaydi, lekin nav tozalash ishlari sifatli olib boriladi va zararlanish foizlari belgilanadi. Bunday maydonlardan tayyorlangan urug‘larga kimyoviy va termik ishlov berilib, so‘ng ekiladi.
Bu guruhga quyidagi kasalliklar kiradi:
a) ochiq dalada: karamda — fuzarioz, kila;
lavlagida — fomoz;
piyozda — soxta un shudring, olachipor, bo‘g‘in chirish;
qovoqda — olachipor, so‘lish.
b) issiqxonalarda: bodringda un shudring, soxta un shudring, oq g‘uborli chirish, so‘lish; pomidor barglari qo‘ng‘ir dog‘lanishi, fitoftoroz, oq va kulrang chirish, so‘lish.
Urug‘likka ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini navdorlik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha urug‘lik hisobidan chiqarish tartibi.
95. Quyidagi sabablarga ko‘ra ekin navlari va urug‘liklar navdorlikdan chiqariladi:
a) ekin navlarining navdorlik sifati qabul qilingan standart talablaridan (O'z Dst 2823-2014) past bo‘lsa;
b) aprobatsiya paytida urug‘lik maydonlar holati “yomon” baho olsa;
v) kasalliklar urug‘ orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan urug‘lik maydonlari;
g) agronom aprobator talabi bo‘yicha bir yillik ekinlarda nav tozalash yoki ikki yillik ekinlarda kuzgi tanlash ishlari o‘tkazilmagan bo‘lsa;
d) ekilgan ekin navlarining navdorligi to‘g‘risida hujjatlari bo‘lmasa.
Agar ekin navlari yoki urug‘liklar navdorlikdan chiqarilsa, agronom aprobator darhol Markaz hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlar boshqarmalariga xabar berishi kerak.
Aprobatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
96. Urug‘lik maydonlarda o‘tkazilgan nav tozalash ishlari nav tozalash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi (15-ilova). Urug‘lik ekinlarni navdorlik sifatlarini tasdiqlovchi asosiy hujjat aprobatsiya dalolatnomasi hisoblanadi (14-ilova). Aprobatsiya dalolatnomasiga aprobator daftari ilova qilinadi (13-ilova).
97. Ikki yillik ekinlarda onalik urug‘lik o‘simliklarini kuzgi va bahorgi tanlash ishlari ikkita shakldagi dalolatnoma hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi (14 va 15-ilova).
Ekin navlarining elita urug‘liklari uchun attestat (16-ilova) va avlodli urug‘liklar uchun urug‘ guvohnomasi beriladi (17-ilova).
Yopiq usulda urug‘likka ekilgan sabzavot ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi
98. Yopiq usulda urug‘likka ekilgan sabzavot ekinlari navlarida nav tozalash, aprobatsiya, gullash oldidan kuzatish hujjatlarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 83, 87, 89, 90, 91, 93, 94, 96, 101, 102-bandlariga va 10, 11, 16, 17, 18, 19-ilovalarga muvofiq olib boriladi.
99. Urug‘likka ekilgan duragay maydonlarda, ota-onalik shakllarida aprobatsiya o‘tkazish, gullash oldidan kuzatish ishlarini olib borish nav originatorlari, seleksioner olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislari va Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida olib boriladi.
100. Urug‘lik maydonlarda begona nav aralashmalari va kasallik bilan zararlangan o‘simliklar kuzatilganda nav tozalash ishlari doimiy ravishda aprobatsiya davrigacha va undan keyin ham olib boriladi.
Bodringning duragay urug‘ini yetishtirishda ota-onalik shakllarida 3-4-marta nav tozalash ishlari o‘tkaziladi.
Birinchi nav tozalash ishlari bodring o‘simligi 5-6 ta chinbarg chiqargan paytda va undan keyin ham doimiy ravishda olib boriladi. Bunda navga xos bo‘lmagan belgilar kuzatilgan, kasallik bilan zararlangan va rivojlanishdan orqada qolgan o‘simliklar yulib tashlanadi.
Urug‘lik maydonlarda nav tozalash ishlari o‘tkazilgandan keyin “duragay urug‘ni yetishtirishda ekinlarni tekshirish dalolatnomasi” tuziladi (18-ilova).
101. Sabzavot, kartoshka ekinlari navlarini va duragaylarini issiqxonalarda yetishtirish paytida quyidagi navlararo ihota oraliq masofasi belgilanadi:
a) issiqxonalarda bodring urug‘i yetishtirishda ihota oraliqlari, o‘zaro issiqxonalar oralig‘i va ochiq yerdagi ekinlar uchun issiqxonalar tuynuklarida sim to‘rlar bo‘lmasa, oraliq masofasi 500 metr etib belgilanadi. Agar issiqxona tuynuklarida sim to‘rlar (asalari kirishidan saqlash uchun) bo‘lsa, oraliq ihota 50 metr belgilanadi;
b) pomidor, shirin qalampir, baqlajonning o‘zaro navlari uchun oraliq kamida 10 metr bo‘ladi yoki issiqxona ichida har xil navlar ekilsa, nav oralari plyonkalar bilan ajratiladi.
102. Sabzavot ekinlarida aprobatsiya quyidagi davrlarda o‘tkaziladi:
a) bodringda — o‘simliklar yoppasiga meva tukkan vaqtda va ayrim urug‘liklar paydo bo‘lgan vaqtda;
b) pomidor, shirin qalampir, baqlajon o‘simliklarida 90 foiz mevalar yetilib pishgan vaqtda.
103. Ekin navining navdorlik ko‘rsatkichlari o‘simliklardan namunalar olish yo‘li bilan tahlil qilinadi.
Issiqxonalarda aprobatsiya o‘tkazish uchun o‘simliklardan issiqxonaga diagonal bo‘ylab va pog‘onalab namunalar olinadi.
Bodring, pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlari yetishtiriladigan har 1 000 kv.metr issiqxonadan 200 ta (4 namuna 50 ta o‘simlikdan), bundan katta maydonlarda har bir 200 kv.metrdan uchun 20 tadan o‘simlik namunasi olinadi.
Ekinning duragay urug‘ini yetishtirishda ota-onalik shakllari alohida aprobatsiya qilinadi.
Aprobatsiya dalolatnomasini rasmiylashtirish paytida ekinning duragay urug‘ini yetishtirish usuli qayd qilinadi (asalari bilan changlash, qo‘lda changlash, kastratsiya yoki kastratsiyasiz).
104. Ushbu Nizomning 103-bandida ko‘rsatilgan holatlarda issiqxonalardagi urug‘lik maydonlari yaroqsizga chiqariladi.
Bundan tashqari, aprobatsiya paytida ekinlarda kasalliklar miqdori quyidagi ko‘rsatkichlardan oshib ketsa, yaroqsizga chiqariladi:
bodringda:
mozaika — 5 — 10 foiz;
bakterioz — 5 — 10 foiz;
pomidorda:
virusli kasalliklar (mozaika, strik) — 5 foiz;
qora bakteriyali dog‘lanish — 5 — 10 foiz;
bakteriyali rak — 10 foiz;
poya chirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
105. Yopiq maydonlarda yetishtirilgan ekin duragaylari urug‘lariga duragay urug‘lik guvohnomasi beriladi (19-ilova).
Aprobatsiya o‘tkazilishini nazorat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
106. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari (tuman bo‘limlari) mutaxassislari quyidagilarni:
(106-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
a) urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda navlarning navdorligi va kasalliklar bilan zararlanganligini aniqlash uchun namunalarning to‘g‘ri olinganligini, shuningdek, aprobatsiya o‘tkazuvchilar yo‘riqnomalar hamda aprobatsiya dalolatnomalari, dala daftarlari va tegishli formalar bilan ta’minlaganligini hamda ushbu hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini;
b) aprobatsiyani o‘tkazish vaqtida sodir bo‘ladigan barcha munozarali masalalar hal qilinishini;
v) qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lik maydonlarida nav tozaligi to‘g‘ri aniqlanganligini, urug‘lik maydonlar dala guruhlari bo‘yicha ajratilganligini, kamhosil va kasalliklar bilan zararlangan maydonlar yaroqsiz deb topilganligini, hosildorlik, kutilayotgan urug‘liklar hajmi to‘g‘ri aniqlanganligini;
g) har qaysi hudud bo‘yicha dala jurnalida yozuvlar va aprobatsiya dalolatnomalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
d) tuman bo‘yicha o‘tkazilgan aprobatsiya ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan dalolatnoma uch nusxada tuzilishini va uning nusxalari tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga, Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga hamda urug‘lik tayyorlovchi subyektlarga topshirilganligini;
e) urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning urug‘lik uchun yetishtirilgan hosilini terib olishga, navi, avlodi, dala guruhlari bo‘yicha alohida topshirishga tayyorligini, shuningdek, ularning urug‘lik topshirish uchun tegishli yuk xati (qizil yo‘lli shakl № ZX-1) bilan to‘la ta’minlanganligini;
j) urug‘lik tayyorlash korxonalarida urug‘liklar navi, avlodi, dala guruhlari va tegishli sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida qabul qilib olinishini, shuningdek, saqlashga zarur mexanizm (texnikalar)ning mavjudligi va maydonchalar tayyorlanganligini nazorat qiladi.
z) qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida aprobatsiya to‘g‘ri o‘tkazilishi, urug‘liklarni o‘rish-yig‘ish, tashish, jamg‘arish hamda hujjatlashtirish ishlarida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish beradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
107. Aprobatsiya komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
108. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi.
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish
SXEMASI
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Urug‘lik g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish
DALA JURNALI
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

APROBATSIYA DALOLATNOMASI

1. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi _____________________________

2. Fermer xo‘jaligi nomi _____________________________________

3. Paxta tozalash korxonasi ___________________________________

4. Paxta qabul qilish maskani __________________________________

5. G‘o‘za navi ________________________________________________

6. Avlodi (ekishdagi) _________________________________________

7. Urug‘lik chigitning kelib chiqishi, muvofiqlik sertifikati raqami va sanasi
___________________________________________________________


8. Aprobatsiya yakuniga ko‘ra navdorligi va avlodi __________________


Aprobatsiya o‘tkazilgan maydon, ga

Kam hosilli g‘o‘zalar, ga

Shundan yaroqsizi

jami yaroqsiz deb topilgan maydon, ga

Urug‘lik paxta tayyorlash uchun ajratilgan maydon

navdorligi, %

Shu jumladan

Urug‘lik yetishtiruvchi subyekt tomonidan belgilangan urug‘lik paxtani o‘z vaqtida alohida
terish va aprobatsiya natijalariga muvofiq topshirish uchun mas’ul shaxslar

Paxta terish usuli

Izoh

kuchli zararlanganlari (biror dala guruhiga kiritilmagan), ga

navdorligi bo‘yicha

maydon, ga

kutilayotgan yalpi hosildorlik, s/ga

kutilayotgan urug‘lik paxta, s/ga

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

birinchi guruh

ikkinchi guruh

vilt bilan

gommoz bilan

maydon, ga

navdorligi %

maydon, ga

kutilayotgan yalpi hosildorlik, s/ga

kutilayotgan urug‘lik paxta, s/ga

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

may-don, ga

kutilayotgan yalpi hosildorlik, s/ga

kutilayotgan urug‘lik paxta, s/ga

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

F.I.O
va vazifasi

imzo

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24







Tuman aprobatsiya komissiyasi:

orqa tomoni‎

‎‎URUG‘LIK YETISHTIRUVCHI SUBYEKTINING MAJBURIYATLARI

‎‎Urug‘lik yetishtiruvchi subyektrahbari quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: ‎‎Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi agronomi aprobatsiya xulosasi:

‎‎1. Aprobatsiya ma’lumotlari asosida urug‘lik paxtani aprobatsiya natijalariga muvofiq alohida navlar, avlodlar, dala guruhlari bo‘yicha terish, tashish va paxta tayyorlash maskaniga (paxta tozalash korxonasiga) topshirish;

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎(F.I.O.) (imzo) ‎

M.O‘.‎‎

2. Paxta tayyorlash maskaniga (paxta tozalash korxonasiga) topshirilgan urug‘lik paxtani paxta korxonasidan olinadigan 1-SX-shakl 1 bo‘yicha yo‘l-yukxati bilan hujjatlashtirish; ‎‎

“Agrokimyohimoya” tuman filiali mutaxassisining xulosasi: __________________________________________________________________

(F.I.O.) (imzo) ‎

M.O‘.‎‎
‎‎3. Gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan ko‘saklardan terilgan paxtani alohida joyga to‘plash (urug‘lik paxta uchun foydalanilayotgan maydonchaga emas) va paxta tayyorlash maskaniga texnik paxta sifatida alohida tur qilib topshirish;‏ ‎‎tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi xulosasi:
‎__________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________

(F.I.O.) (imzo) ‎

M.O‘.‎

‎‎Suvga chanqab ketgan va kam hosilli dalalardan, shuningdek, vilt, gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan g‘o‘zalar hamda ko‘saklardan terib olingan paxtani urug‘lik uchun terilgan paxtadan alohida topshirish. Urug‘lik paxtaning bir qisminikasallangan paxta bilan qo‘shib topshirishga yo‘l qo‘ymaslik.

Nazoratchi aprobator:___________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(F.I.O.) (imzo)‎

‎‎“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”ning vakili xulosasi:
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(F.I.O.) (imzo) ‎

M.O‘.‎
‎‎Aprobatsiya dalolatnomasining bir nusxasini oldim:__________________________________________________ ‎‎Urug‘lik yetishtiruvchi subyektda aprobatsiya o‘tkazuvchi agronom:‎

(imzo)‎

‎‎Urug‘lik yetishtiruvchi subyekt:________________________________________ ‎‎__________________________________________________________________

‎‎(nomi, rahbarning F.I.O.)

‎‎‎‎___________________________________________________________________

(F.I.O.) (imzo)‎

‎‎Sana: 20____yil “______” ______________ M.O‘. M.O‘.‎
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
APROBATSIYA NATIJALARI

Urug‘lik yetishtiruvchi subyekt nomi

Aprobatsiya o‘tkazi
ladigan maydon, ga

G‘o‘za navi

Yaroqsiz maydon, ga

Jami yaroqsiz maydon, ga

Urug‘lik paxta tayyorlash uchun ajratilgan g‘o‘za

kam hosilli

zararlangan
(birorta
dala guruhiga kiritilmagan)

ko‘zda tutilmagan boshqa sabablarga ko‘ra

jami

shu jumladan

Aprobatsiya yakuni bo‘yicha navdorlik, %

Aprobatorning F.I.O.

maydon, ga

kutilayotgan hosildorlik, s/ga

kutilayotgan yalpi hosil, tn

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

1-guruh

2-guruh

vilt bilan

gommoz bilan

maydoni

navdorligi, %

maydon, ga

kutilayotgan hosildorlik, s/ga

kutilayotgan yalpi hosil, tn

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

maydon, ga

kutilayotgan hosildorlik, s/ga

kutilayotgan yalpi hosil, tn

jami kutilayotgan urug‘lik paxta, tn

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23


Tuman aprobatsiya komissiyasi:

orqa tomoni


DALA APROBATSIYASI TO‘G‘RISIDAGI BARCHA MA’LUMOTLARNI O‘Z ICHIGA OLUVCHI DALOLATNOMA

20__yil “___” ______________

G‘o‘za navi_________________________

Avlodi______________________________________________

Paxta tayyorlash maskani (korxonasi)______________

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi _____________

APROBATSIYA O‘TKAZILGAN EKINLAR BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Ekilgan chigitning miqdori, tn

Qolgan chigitning
saqlanish holati

Urug‘lik qayerdan olingan (paxta zavodi, paxta tayyorlash punkti)

Urug‘lik olingan kun, oy, yil va yukxati raqami

Partiya nomeri

Sertifikat bo‘yicha navdorligi, raqami va sanasi

Izoh

jami olingan

ekishga sarf qilingan

qoldiq

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
APROBATSIYA TAHLILI NATIJALARI BO‘YICHA DALA JURNALI

Urug‘lik yetishtiruvchi subyekt nomi

Ekin maydoni

Navi

Avlodi

Aprobatsiya o‘tkazilgan sana

Aprobator xulosasi

Aprobatsiya bog‘lamini olganligi to‘g‘risida urug‘lik yetishtiruvchi subyekt vakilining imzosi

1

2

3

4

5

6

7

Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
____-SONLI APROBATSIYA DALOLATNOMASI
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Sabzavot, poliz ekinlari urug‘liklarining navdor urug‘ va urug‘liklar orasidagi ihota oraliq masofasi

Ekin turlari

Ihota oraliqlari, m

ochiq maydonlarda

yopiq maydonlar

Tarvuz, qovun, qovoq, bodring

1000

500

Baqlajon, shirin qalampir

300

100

Pomidor

100

50

Chetdan changlanuvchi boshqa ekinlar (karam, sholg‘om, turp, piyoz, sabzi, osh lavlagi, rediska va boshqalar)

2000

600

Izoh: a) xo‘raki tarvuz bilan xashaki tarvuz ekinlari ihota oraliqlari, shirin qalampir bilan achchiq qalampir ekinlari oraliqlari ochiq yerda 2000 m, yopiq yerda 1000 m;
b) osh lavlagi bilan qand va xashaki lavlagilar ihota oraliqlari ochiq yerda 10000 m, yopiq yerda 5000 m belgilangan.
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Aprobatsiya qilish uchun olinadigan namuna va o‘simliklar soni

Aprobatsiya maydoni

Tahlilga tegishli umumiy o‘simliklar soni

Har bir namuna uchun olinadigan o‘simliklar soni

no‘xot, loviya

tarvuz, qovun

boshqa sabzavot ekinlari va xashaki ildizmevalilar

5 gektargacha

300

200

500

50

5,1 dan 10 gektargacha

400

300

700

50

10,1 dan 20 gektargacha

500

400

1000

50

Eslatma: maydon 20 ga dan oshiq bo‘lgan har 10 ga maydondan qo‘shimcha 50 tadan o‘simlik namunasi olinadi.
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Sabzavot va poliz ekinlari urug‘larining nav sifatlari

Ekin turi

Nav tozaligi toifalar bo‘yicha,
foiz (kamida)

III toifa urug‘lari

(ko‘pi bilan)

I

II

III

Tarvuz

99

98

90

1

Baqlajon

98

97

92

1

Qovun

99

97

92

3

Qovoqcha,patisson

95

93

85

1

Oqbosh karam

98

97

85

3

Gulkaram

98

95

85

3

Kashnich

98

96

80

2

Salat

99

98

95

1

Piyoz

98

95

85

2

Porrey piyoz

99

97

90

5

Sabzi

98

96

85

2

Bodring

98

96

90

2

Qalampir

99

97

96

1

Petrushka

97

95

80

1

Rediska

98

95

85

2

Turp

97

95

90

2

Sholg‘om

98

95

90

2

Osh lavlagi

98

95

90

2

Selderey

97

95

85

1

Pomidor

99

98

97

1

Oshqovoq

95

93

85

3

Ukrop

98

96

80

2

Shovul

97

95

85

2

Ismaloq

97

95

85

2

Anis

98

96

80

2

Arpabodiyon

98

96

80

2

Rayhon

90

85

80

10

Sabzavot loviyasi

99,8

99

97

3

Sarimsoq

99

98

95

4

Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Sabzavot va poliz ekinlari urug‘larining sifat ko‘rsatkichlari

Ekin turi

Urug‘chilik maqsadida, foiz

Tovar mahsulot maqsadida, foiz

Unuvchanligi, kamida

Tozaligi, kamida

Begona ekin va o‘t urug‘lari, ko‘pi bilan

Unuvchanligi, kamida

Tozaligi, kamida

Begona ekin urug‘lari, ko‘pi bilan

1

2

3

4

5

6

7

Tarvuz

92

99

0,1

80

96

0,4

Baqlajon

75

98

0,2

60

95

0,5

Qovun

90

99

0,1

75

97

0,2

Qovoqcha va patisson

95

99

0,1

80

95

0,2

Karam

85

98

60

95

1,0

Piyoz

80

99

0,2

50

95

0,5

Sabzi

70

95

0,5

45

90

1,0

Bodring

90

99

0,1

70

96

0,2

Qalampir

80

98

0,2

60

95

0,5

Petrushka

70

96

0,5

45

92

1,0

Rediska

85

96

0,2

65

92

1,0

Turp

85

96

0,2

65

92

1,0

Sholg‘om

95

98

0,2

80

95

1,0

Salat

80

95

0,2

65

90

0,5

Osh lavlagi

80

95

0,5

60

94

1,0

Pomidor

85

98

0,2

65

96

0,5

Oshqovoq

95

99

0,2

80

96

0,4

Ukrop

60

95

0,5

40

85

1,0

Shovul

80

95

0,2

60

90

0,5

Koriandr (kashnich)

70

90

0,2

60

85

0,5

Selderey

75

98

0,5

50

93

1,0

Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA
APROBATOR DAFTARI

Aprobatsiya dalolatnomasiga___________________sonli______________________________________________________________20______y.

______________________________________________________________________________________________________________________________________________tumani

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________qishlog‘i

____________________________________________________________________________________________________________________________________________xo‘jaligi

Ekin turi______________________nav__________________________________________________________________________________________________________________


Namunalar tahlili

Namunalar tartibi

Barcha namunalar soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

dona

foiz

Navdorligi dona

Aralashmalar — jami

Jumladan

Asosiy navdan chetlanganlari

Begona nav o‘simlik

Keskin duragaylar

Jami 1-guruh o‘simliklar

Jami 2-guruh o‘simliklar

Jumladan

Yetilmaganlari

Aynib buzilganlari

Yorilganlari

Gulband chiqarganlari

Kasal bo‘lgan, zararlangan

1-2 guruh jami

Q/x zararkunandalari bilan zararlanganlari


20___y “____”____________________.
Aprobator: _______________________________

Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
14-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
15-ILOVA
URUG‘CHILIK MAYDONIDAGI EKINLARNING NAV TOZALASH DALOLATNOMASI
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
17-ILOVA
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
18-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga
4-ILOVA
Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aprobatsiya — o‘simliklarning genetik (nav) jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada o‘tkaziladigan tekshirish;
duragay urug‘liklar — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumdoshlarni chatishtirishdan olingan urug‘liklar;
original urug‘liklar — nav muallifi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan va keyinchalik ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan urug‘liklar;
reproduksion urug‘liklar — elita urug‘liklardan olinadigan keyingi avlod urug‘liklari;
urug‘liklar — ekish uchun foydalaniladigan urug‘lar, mevalar, o‘simlikning vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan qismlari;
urug‘liklarning genetik (nav) sifati — muayyan nav urug‘ligining genetik jihatdan sofligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui;
urug‘liklarning ekinboplik sifati — urug‘liklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui;
urug‘liklar to‘dasi — kelib chiqishi va sifati bo‘yicha bir xil bo‘lgan urug‘liklarning muayyan miqdori;
elita urug‘liklar — original urug‘liklarni izchil ko‘paytirish yo‘li bilan olingan urug‘liklar.
3. Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Urug‘lik donni qabul qilish va joylashtirish tartibi Urug‘lik donni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish
4. Nav va duragay urug‘lik don olinishi boshlanguniga qadar don korxonasi, g‘allachilik klasteri yoki urug‘chilik klasteri (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik tayyorlovchi tashkilot) urug‘lik donni qabul qilish maskanlarida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
a) topshirilishi kutilayotgan to‘dalarning alohida urug‘lik don saqlash omborlari bo‘yicha quyidagilarga binoan tayyorlov rejalarini inobatga olgan holda joylashtirish rejasini ishlab chiqish (urug‘lik tayyorlovchi tashkilot rahbari tasdiqlaydi), jumladan:
ekinlar;
navlar (duragaylar);
avlodlar;
nav tozaligi toifalari;
urug‘lik don standartlari;
namlik holati (ozuqabop ekinlarning o‘xshash doni uchun);
aralashmalar, shu jumladan, qiyin ajratiladigan aralashmalar (ozuqabop don uchun ifloslanganligi holati bo‘yicha);
b) urug‘lik donni joylashtirish hamda navli va duragay urug‘lik don bilan bog‘liq jarayonlarni rasmiylashtirish uchun kerakli miqdorda qoplar, yorliqlar, plombalar, nav hujjatlari blankalari miqdorini tayyorlab qo‘yish;
v) tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limidan barcha urug‘chilik xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar) bo‘yicha belgilangan tartibga qat’iy muvofiq holda rasmiylashtirilgan navli ekin maydonlari aprobatsiyasi dalolatnomalari tuzilganligini aniqlash.
g) ishlab chiqarish-texnologik laboratoriyasining zarur o‘lchov vositalari, sinov uskunalari, reaktivlar va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi, laboratoriya uskunalarini metrologik ko‘rikdan o‘tkazish.
5. Navli va duragay urug‘lik donni qabul qilish va joylashtirish uchun ajratilgan omborlar o‘z vaqtida ta’mirlangan, dezinfeksiyalangan bo‘lishi va barcha texnik talablarni qanoatlantirishi, jumladan, quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
omborlarning tomlari, devorlari, pastki qismi (pol) eshiklari ta’mirlangan;
quruq, sizot suvlardan yaxshi himoyalangan pol va devorlar, tosh va g‘ishtdan qurilgan omborlar suvalgan, yog‘ochdan qurilgan omborlar mustahkam, yoriqsiz, barcha ombor devorlari oqlangan;
ichki tomondan metall turlar — shisha tutgichlar bilan to‘silgan oyna solingan derazalar, elektr lampalarda turli himoya qalpoqlari bo‘lishi lozim.
6. Urug‘lik don omborlari tevaragidagi hudud asfaltlangan, tozalangan va zararkunandalarga qarshi dezinfeksiyalangan bo‘lishi lozim.
Urug‘lik donni qabul qilish tartibi
7. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestriga kiritilgan boshoqli don urug‘liklari nav va avlodlari bo‘yicha urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning g‘alla qabul qilish maskani yoki qayta ishlash korxonasiga belgilangan shakldagi birlamchi hujjatlar bilan birgalikda topshiriladi.
Birlamchi hujjatlarga urug‘lik maydonida o‘tkazilgan aprobatsiya dalolatnomasi va urug‘lik yetishtirish uchun tuzilgan shartnoma kiradi.
8. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlarga topshirilgan aprobatsiya dalolatnomalari bo‘yicha urug‘lik donning avlodi, navi va nav sofligi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabiga javob beruvchi birlamchi hujjatlar, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Agroinspeksiya) hamda tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi hodimi, urug‘lik yetishtiruvchi subyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilot topshirgan urug‘lik don to‘dalari bo‘yicha Agroinspeksiya huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xodimlari tomonidan urug‘likning yashovchanligi aniqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
10. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotda qabul qilingan urug‘likdon to‘dalari qayta ishlangandan keyin amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosida o‘rtacha namunalar qabul qilib olinadi va Markazning hamda urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning sinov laboratoriyalariga topshiriladi.
11. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlardan navli urug‘lik donlarni aprobatsiya hujjatlarisiz qabul qilish va yashovchanlik tahlillarining natijalarisiz joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi.
12. Qabul qilinayotgan urug‘lik don sifati (namligi, yashovchanligi, unuvchanligi) borasida amaldagi O'z DSt 2823 standartiga mos kelmaganda bunday urug‘lik to‘dalari alohida joylashtiriladi. Ushbu urug‘lik donlardan mas’ul laboratoriya xodimlari tomonidan yashovchanlik, unuvchanligini takroriy aniqlash uchun Markazga namuna tanlab olinadi va jo‘natiladi.
13. Nav hujjatlari urug‘lik yetishtiruvchi subyektning rahbari yoki uning o‘rinbosari, moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
14. Bir xil urug‘lik don to‘dalariga birinchi avtomashina (vagon va boshqalar) bilan urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga yetkaziladigan urug‘likning nav hujjatlari topshirilishi kerak.
Shu to‘dadagi urug‘lik donga ega bo‘lgan keyingi mashinalarning yukxatlari tegishli nav hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
15. Urug‘lik don uchun nav hujjati bo‘lmaganda, u to‘liq to‘lg‘azilmaganida va hujjatda ko‘rsatilgan urug‘lik don sifati to‘g‘ri kelmaganda ushbu to‘da oddiy (tovar) don sifatida qabul qilinadi.
16. Urug‘lik don hujjatlarsiz yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan keltirilgan har bir holat bo‘yicha korxona rahbari, laboratoriya xodimi, Agroinspeksiyaning hamda urug‘lik yetishtiruvchi subyektning mutaxascisi va urug‘lik don topshiruvchi ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
17. Urug‘lik don qabul qilinayotganda urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasiga keltirilgan urug‘lik donga berilgan nav hujjatidagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomalariga mos kelish-kelmasligini korxonaning mas’ul xodimi tekshirishi lozim.
Laborant urug‘likdon topshiruvchi ishtirokida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan urug‘lik dondan namunalarni tanlab oladi va ularning bir xilligini, rangi, hidini aniqlash uchun urug‘lik donlarni ko‘zdan kechiradi, keltirilgan urug‘lik donning tashqi alomatlari (shakli, tipi, rangi) nav to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan nav nomiga muvofiqligini tekshiradi, sertifikat (shahodatnoma yoki guvohnoma)ning teskari tomonida ko‘rsatilgan bandiga aslida keltirilgan urug‘lik don sifatining muvofiqligini aniqlash uchun urug‘lik donning namligi va begona don hamda zararkunandalar bilan zararlanganligini, qiyin ajraluvchi, zararli aralashmalar va karantin begona o‘t urug‘larining bor-yo‘qligini aniqlaydi.
18. Navli urug‘lik don sifati aniqlanganidan keyinurug‘lik tayyorlovchi tashkilot xodimi topshiruvchi yukxatining birinchi nusxasi orqa tomoniga belgilangan shakldagi shtamp qo‘yadi, jurnalga sana, tahlillar, qaydlov yozuvi tartib raqami, urug‘lik donni joylashtirish joyi, tahlil natijalari va boshqa ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, topshiruvchi tomonidan yukxatiga yirik shrift bilan “Navli (duragay) urug‘lik don” degan shtamp qo‘yiladi.
19. Agar bitta don topshiruvchi kun davomida navdorlik sifat ko‘rsatkichlari jihatidan bir xil navli, avlodli va toifali, urug‘lik donni bir necha marotaba topshirsa, navli urug‘lik don tahlili va ularni qabul qilishni rasmiylashtirish kunlik o‘rtacha namunalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
20. Qabul qilish paytida topshiruvchidan olinadigan urug‘lik don navi va ekin to‘g‘risidagi hujjatlar urug‘lik tayyorlovchi tashkilot buxgalteriyasining hisob-kitob bo‘limida hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda saqlanadi.
21. Urug‘lik don topshiruvchi tomonidan urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasining urug‘lik donning sinfi tahlil natijalariga e’tiroz bo‘lgan taqdirda, urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi takroriy namuna oladi va uning tahlillarini o‘tkazadi.
22. Don topshiruvchi tomonidan tahlil natijalariga e’tiroz bildirish to‘g‘risidagi takroran ariza berilganda urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi urug‘lik topshiruvchi ishtirokida bahsli namunani so‘rgichlab, muhrlaydi va laboratoriya boshlig‘i, don topshiruvchi va Agroinspeksiya hamda urug‘lik yetishtiruvchi subyekt vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, Markazning markaziy sinov laboratoriyasiga jo‘natiladi. Markazning markaziy laboratoriyasidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra qayta hisob-kitob qilinadi.
23. Nav hujjatlari bilan birga unuvchanligi ko‘rsatilmasdan topshirilgan, tozaligi bo‘yicha yoki tozaligi va navdorligi jihatidan sinfsiz navli urug‘lik donni qabul qilishda joylashtirishdan avval to‘liq tahlil va donli ekinlar uchun amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning II sinfi doirasida ajraluvchi aralashmalarni aniqlash bo‘yicha nazorat tahlili o‘tkaziladi. Bunday urug‘larni qabul qilish Markaz va urug‘lik yetishtiruvchi subyekttomonidan urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga topshirilish vaqtida aniqlanuvchi yashovchanlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Urug‘lik donni joylashtirish tartibi
24. Urug‘lik don urug‘lari shikastlanish va boshqa ekinlar, nav va avlodlar bilan aralashib ifloslanishdan to‘la saqlanishini ta’minlovchi maxsus ajratilgan don omborlariga joylashtirilishi va saqlanishi lozim.
25. Urug‘lik don urug‘larining sifati aniqlanganidan keyin urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi xodimi ularni tegishli omborga dislokatsiyaga muvofiq joylashtirish uchun ko‘rsatma beradi. Nav to‘g‘risidagi hujjatda unuvchanlik ko‘rsatkichlari bo‘lmagan taqdirda, urug‘lik don alohida joylashtiriladi va uning unuvchanligini aniqlash uchun Markazga taqdim etish uchun ushbu to‘dadan o‘rtacha namuna tanlab olinadi.
26. Ombor mudiri keltirilgan urug‘lik donning nav (duragay) nomini, (avlodini), nav tozaligi va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini dala aprobatsiya dalolatnomasiga asosan, urug‘lik donni topshirish rejasi bo‘yicha qabul qiladi.
27. Original urug‘lar yetishtiriladigan maydonlardagi urug‘liklar navlarning mexanik aralashishining oldini olish maqsadida alohida kombaynlarda o‘riladi va ushbu urug‘lik don to‘dalari qoplangan holda saqlanadi.
28. Chang qorakuya kasalligi guvalakchasi bilan 1 foizdan 2 foizgacha va undan yuqori darajada zararlangan ekin maydonlaridan olingan (aprobatsiya dalolatnomalari bo‘yicha) urug‘lik donlar zararlanmagan va ifloslanmagan urug‘lik donlardan alohida joylashtirilishi shart.
29. Barcha don ekinlarining birinchi va keyingi avlodlari urug‘lik donlarni qabul qilish jarayonida turli urug‘lik yetishtiruvchi subyektlardan tayyorlangan bitta va aynan shu ekinning, bitta va aynan shu avlodning, bitta va aynan shu toifaning, bitta va aynan shu sinf, namligi, ifloslanganligi va zararlanganligi bo‘yicha aynan bir xil kichik to‘dalarni birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Kichik to‘dalar yirik to‘dalarga birlashtirilganda, birlashtirilgan to‘dalarning nav tozaligi eng past ko‘rsatkich bo‘yicha ko‘rsatiladi, urug‘lik donning sifat ko‘rsatkichlari esa birlashtirilgan to‘dalardan tanlab olingan namunalar tahlili ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
30. Sifati o‘rtacha urug‘lik don olish uchun nav tozaligi turli sinf yoki toifali turli to‘dalarni birlashtirish, shuningdek, har xil xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan barcha donlarning original, elita va birinchi avlod urug‘liklarining kichik to‘dalari bo‘lsa hamki birlashtirish qat’iyan taqiqlanadi.
31. Kichik to‘dalarni birlashtirish va birlashtirishgan to‘dalarni rasmiylashtirish korxona komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agroinspeksiya va urug‘lik yetishtiruvchi subyekt vakili ushbu komissiya tarkibiga kiritiladi.
32. Boshoqli don urug‘larini sotuvchi viloyatlardan sotib oluvchi viloyatlarga temir yo‘l orqali yoki avtotransport bilan tashib keltiriladigan urug‘lik don to‘dalarini aynan shu navdagi mahalliy urug‘lik don bilan aralashtirish, shuningdek, yangi hosil urug‘lik donini o‘tgan yillar urug‘lik doni bilan aralashtirish taqiqlanadi.
33. Aralashtirib yuborish yoki ifloslantirishdan kafolatlash maqsadida bir turdagi ekinning ikki avlodli urug‘lik donini, bir-biridan qiyin ajratiluvchi, masalan, javdar va bug‘doy, bug‘doy va arpa singari ekinlar urug‘lik donini bir-biriga yaqin joylashtirish taqiqlanadi.
34. Urug‘lik don omborlarida navli urug‘lik donning bir necha to‘dalari joylashtirilganda g‘alla ajratkichlardan foydalanish mumkin. Bunda g‘alla ajratkichlar bilan ajratilgan urug‘lik don to‘dalari kengligi 1,0 metrdan kam bo‘lmagan yo‘laklar bilan bir-biridan ajratilishi va to‘dalar atrofi mazkur urug‘lik dondan qoplangan to‘siqlar yoki maxsus to‘siqlar yordamida himoyalanishi kerak.
35. Navli va duragay urug‘lik donlarni aralashtirib yuborish va ifloslantirishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi.
36. Tozaligi jihatidan qayta ishlanishi kerak bo‘lgan reproduksiyali urug‘lik donlar unuvchanlik sifatlarini ta’minlovchi tadbirlarga rioya etish sharti bilan qabul qilinadi va uyum holatda saqlanadi.
37. Omborlardagi urug‘lik don qoplanganyoki uyum holida saqlash davrida har bir to‘daga yorliq o‘rnatib qo‘yiladi.
38. Qoplarda qabul qilingan urug‘lik donni joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
omborning pastki qismi (pol) asfaltlangan, betonlangan omborlarda qoplarni joylashtirish poldan kamida 15 santimetr baland bo‘lgan tagliklarda amalga oshiriladi;
shtabellar o‘rtasidagi yo‘laklar, shuningdek, shtabellar va devorlar o‘rtasidagi yo‘laklar kamida 0,7 metr, shtabellar oralig‘i 1,5 metr, yuklagichlar o‘tishi uchun shtabellar o‘rtasidagi oraliq 2,5 metr bo‘lishi lozim.
shtabelning uzunligi to‘da va ombor maydoni o‘lchamlari bilan belgilanadi.
39. Urug‘lik donni saqlashda shtabel balandligi qoplar qator soni 2-ilovada belgilangan jadvalda ko‘rsatilganidan oshmaydigan balandlikda joylashtiriladi.
40. Urug‘lik don quruq holatda uyum tarzida saqlanganda ekin turidan qat’i nazar, uyumning barcha qatlamlaridagi urug‘lik don holati va sifati ustidan nazoratni ta’minlash sharti bilan tez-tez shamollatib turish uskunalari bilan jihozlangan omborlarning to‘liq to‘ldirilmasligiga yo‘l qo‘yiladi (devordan — 2,5 metr, markazida — 5 metrgacha).
41. Urug‘lik donni qayta ishlash jarayonida uning shikastlanishini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
urug‘lik donning transportyordan uyumga tushishi pastligini maksimal kamaytirish. Urug‘lik donlar bir tekis tushishi uchun brezentdan tayyorlangan moslashuvchan yengsak, qopcha va boshqalarni qo‘llash;
don transportyorlari lentasi harakat tezligini 1,5 — 1,75 metr/sekundgacha, o‘zi uzatgichning skrepkali shoxobchasi tezligini esa 0,8 — 1,2 metr/sekundgacha pasaytirish, transportlarda ular ramasining uzunligiga qarab urug‘lik don lentadan to‘kilishini bartaraf etuvchi g‘ovlar o‘rnatish.
42. Don urug‘ligi harakatlanuvchi noriyalar (maxsus don uzatgich)da maxsus plastmassadan ishlangan yoki chetlari qaytarilgan kovshlar o‘rnatilishi lozim.
3-bob. Urug‘lik donlarni ekishga tayyorlash va saqlash tartibi.
43. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga qabul qilingan namligi va tozaligi bo‘yicha sinfsiz urug‘lik don to‘dalari (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik material) tinim davri (kamida ikki oy) o‘tgandan keyin sara urug‘lik olish maqsadida qayta ishlanadi.
44. Urug‘lik materialga ishlov berish va uni saqlashda asosiy texnologik usullar hamda jarayonlarning quyidagi galma-galligini nazarda tutish tavsiya etiladi:
transport yukini tushirish;
birlamchi tozalash;
urug‘lik materiallarni quritish, joylashtirish ularni ekish mavsumigacha saqlash maqsadida tez-tez shamollatib turish;
don quritgichlarda yoki tez-tez shamollatib turish (atmosfera havosini ilitish va ilitmasdan), quritish, urug‘lik materialni 1-sinf urug‘lik don standartlar me’yorlariga yoki hech bo‘lmaganda ajratib bo‘lmas begona o‘tlar bo‘lganda 2-sinf me’yorlarigacha (tozaligi jihatidan) aralashmalardan tozalash;
urug‘lik material urug‘lik sexda qayta ishlangandan keyin don zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish;
urug‘lik materialni eng past ijobiy haroratda sovitilgan holatda saqlash.
Urug‘lik donlarni qabul qilish va tozalash tartibi
45. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan urug‘lik materiallarni qabul qiladi.
46. Urug‘lik don standartining (O'z DSt 2823) talablariga javob beruvchi navli urug‘lik don konditsiyali sanaladi.
47. Urug‘lik don texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos kelmaydigan rayonlashtirilgan va istiqbolli urug‘lik donlar konditsiyasiz (namlik va ifloslik bo‘yicha chegirilmagan vaznli) urug‘lik don hisoblanadi.
48. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan konditsiyali (namlik va iflosligi bo‘yicha chegirmadan qolgan sof vazn) urug‘lik don uchun urug‘lik tayyorlovchi tashkilot shartnomaga asosan amaldagi narxlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
49. Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlardan urug‘lik material xarid qilish jarayonida urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlarning laboratoriyalari urug‘lik materialdan urug‘ chiqish hisob-kitobini aniqlaydi va kondinsion urug‘likning fizik og‘irligi bo‘yicha urug‘lik chiqish hisob-kitobi asosida oldindan tovar preyskurant narxlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
50. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan urug‘lik donni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirilgandan keyin Markaz tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ko‘ra tegishli sifat ko‘rsatkichlariga asosan nav ustamalarini belgilangan tartibga muvofiq urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlar bilan yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Nav ustamalari urug‘lik avlodlari bo‘yicha urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
51. Boshoqli don urug‘larini ekish me’yorlarini belgilashda asosan 1 000 dona don urug‘ining og‘irligi hisobga olinadi. Urug‘lik chiqishi ustidan oraliq nazorat qilish maqsadida urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga cho‘zinchoq yacheykalari bo‘lgan elaklar komplekti orqali elash yo‘li bilan konditsiyali (namlik va iflosligi bo‘yicha chegirmadan qolgan sof vazn) urug‘lik don va ikkilamchi darajali mahsulotlar (chiqindisini) aniqlaydi, bunda oxirgi elakning yacheykalari o‘lchami 2,2 x 20 millimetr bo‘lishi lozim. Nazorat namunalari Markaz va urug‘lik don tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari tomonidan maxsus komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
52. Konditsiyali urug‘lik chiqishini aniqlashda yo‘l qo‘yilsa bo‘ladigan chetga og‘ish laboratoriyalarda 3 foizni tashkil etadi.
53. Urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlar tomonidan topshirilgan urug‘lik don mahsulotlarini xarid qilishda urug‘lik tayyorlash tashkilotlari laboratoriyasi tomonidan urug‘lik mahsulotdan konditsion urug‘lik va ikkinchi darajali mahsulot, ya’ni don chiqindisining (1 000 dona urug‘lik donning og‘irligi va namligini hisobga olgan holda) chiqish foizi aniqlanadi.
54. Urug‘lik materialga qayta ishlov berilgandan olingan konditsion urug‘lik ekish uchun va ikkinchi darajali mahsulotlar ozuqa uchun ishlatiladi. (Bu jarayonda tegishli tashkilot mutaxassislari ishtirokida nazorat namunalari olinadi va laboratoriya tahlillari asosida aniqlanadi).
55. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tayyorlov bo‘yicha hisobotlarda urug‘lik materialning hajmini, “PK-10A” ixtisoslashgan qabul qilish kvitansiyalarida “kirim turi” satrida “urug‘lik material”, shu jumladan, urug‘lik don va ikkinchi darajali mahsulotlar ham ko‘rsatiladi (hisob-kitob chiqishiga qarab). Ekish uchun tayyorlangan urug‘lik donning yakuniy hajmlari urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan tozalash va ishlov berish tugallanganidan keyin belgilanadi, har bir xo‘jalik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomasi tuziladi va 1-don shakldagi hisobot statistika idoralariga taqdim etiladi.
56. Ixtisoslashtirilgan “PK-10A” qabul qilish kvitansiyasida urug‘lik material, shu jumladan, urug‘likning, ikkinchi darajali mahsulotlar aks ettiriladi va ular urug‘lik tayyorlash tashkilotlarining statistika hisobotida ham aks ettiriladi.
57. Don xarid qilish to‘g‘risidagi 1-don shakl hisobotda urug‘lik don miqdori 1, 2, 3-ustunlar bo‘ylab 22 — 26-satrlarda aks ettiriladi (ikkinchi darajali mahsulotlarsiz).
58. Donni qabul qilib olgan urug‘lik tayyorlash korxonalari urug‘lik don topshiruvchi bilan konditsion urug‘ va uning ikkinchi darajali mahsuloti (chiqindisi) uchun to‘lovlarni amaldagi normativ hujjatlar asosida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiradi. Bunda urug‘likni tozalash, saralash uchun ketgan xarajatlar hisobga olinadi”.
59. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tayyorlangan urug‘liklarni standart og‘irlikda qadoqlangan holda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga yetkazib beradi.
60. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga topshirilgan urug‘lik material organik va mineral aralashmalardan birlamchi tozalanadi (somon, boshoqlar, o‘simlik poyasi qoldiqlari, kesakchalar va boshqalardan). Namligi yuqori bo‘lgan va ifloslangan urug‘lik material birinchi navbatda tozalanadi.
61. Urug‘lik materialni aralashmalardan tozalash turli konstruksiyali urug‘lik tozalash mashinalarida (separatorlarda, pnevmo nav ajratuvchi stollarda, triyerlarda va ko‘chma urug‘lik tozalash mashinalarida) amalga oshiriladi.
62. Urug‘lik materialni tozalash odatda transport mexanizmlari, tozalash mashinalari va urug‘lik don saqlash hajmlari mavjud maxsus urug‘lik tozalash sexlarida amalga oshiriladi. Tozalangan urug‘lik saqlanayotgan omborda urug‘lik materialni tozalash tavsiya etilmaydi.
63. Urug‘lik materialni tozalashda don tozalash mashinalarini O'z DSt 2823 urug‘lik don standartining talablariga javob beruvchi va urug‘lik don shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada ishlatish lozim.
64. Tozalashni o‘tkazish tartibi, urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning tozalash mashinalari ish rejimini tashkilot bosh muhandisi belgilaydi, bu ishni sex boshlig‘i (ombor mudiri) va smena masteri amalga oshiradi.
65. Urug‘lik materialni tozalash sifatiga qarab, galma-gal amalga oshiriladi. Quyidagi urug‘lik don to‘dalari:
namligi va ifloslanganligi yuqori bo‘lganlari;
zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanganlari;
urug‘likka xos bo‘lmagan hid tarqatuvchi aralashmalar bilan ifloslanganlari;
urug‘lik tozalash mashinalarida birinchi navbatda tozalanishi kerak.
66. Navlarning mexanik aralashishining oldini olish maqsadida bir navli, ammo turli avlodga yoki nav tozaligining turli toifalariga mansub urug‘lik materialning bir necha to‘dalariga ishlov berish oldidan avval tozalanayotgan navning tovar donga qabul qilingan to‘dasidan 10 tonna atrofida bir marta tozalangandan so‘ng shneklar, quvurlar, liniya va noriyalar tozalanganligi to‘g‘risida Agroinspeksiya hamda urug‘lik tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va jurnalga qayd qilinadi. Shundan keyin yuqori avlodli, keyin esa past avlodli urug‘liklarga ishlov beriladi.
67. Ayniqsa boshqa ekin yoki boshqa nav va avlod urug‘lik materialga ishlov berishga o‘tilganida texnologik liniya uskunalari yaxshilab tozalanadi. Qabul qilish bunkerlari, noriyalar, transporterlar, elaklar va triyerli silindrlar tozalanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shundan keyin mashinalar va transport mexanizmlari yakuniy tekshirilishi o‘tkaziladi va ishga tushiriladi. Yangi to‘da urug‘lik materialga ishlov berish oldingi ekin urug‘laridan to‘liq tozalangandan keyingina o‘tkaziladi.
68. Urug‘lik tozalovchi mashinalarning samarali ishlashiga rioya etilishi lozim va urug‘lik materialni tozalash rejimiga smena masteri yoki bosh texnolog ruxsatisiz o‘zgartirish kiritish mumkin emas.
69. Urug‘lik tayyorlash sexining boshlig‘i, bosh muhandis va agronom urug‘lik materialni tozalash jarayoni to‘g‘ri olib borilishi va urug‘lik don tozalash mashinalari ishlashi uchun javobgarlikni zimmalariga oladi.
70. Urug‘lik materialni tozalash ekin turi va holatini inobatga olgan holda oldindan tanlab olingan elaklar bilan butlangan urug‘lik tozalash mashinalarida o‘tkaziladi.
Urug‘ni qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinalar, texnologik uskunalar, urug‘ saralagichlar majburiy tartibda davlat ro‘yxati va texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga texnik guvohnoma berilganidan so‘ng urug‘lik tayyorlash korxonalariga foydalanishga ruxsat etiladi.
Urug‘lik donlarini shamollatib turish
71. Navli urug‘lik donlari shamollatib turishdan oldin uskunalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi transport mexanizmlari don qoldiqlari, changlardan yaxshilab tozalanadi.
72. Hosil yig‘ishtirilgandan keyingi tinim davri jarayonlari kechishini jadallashtirish maqsadida kuz mavsumida urug‘lik donni shamollatib turishda uning namligi imkoniyat darajasida pasayishiga erishish lozim.
73. Urug‘lik don havo harorati 15 °C va undan yuqori darajada bo‘lganda shamollatiladi.
Urug‘lik donni zararsizlantirish
74. Urug‘lik uchun qabul qilinayotgan urug‘lik don zararkunandalar bilan zararlanmagan bo‘lishi lozim. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlarda saqlanayotgan don zaxiralari zararkunandalar bilan zararlanganligi aniqlangan urug‘lik don to‘dalari o‘z vaqtida zararsizlantirilishi lozim.
75. Zararlangan urug‘lik don turgan ombor, unga boruvchi barcha yo‘laklar, urug‘lik tozalash mashinalari, transport mexanizmlari, ombor jihozlari va urug‘lik donga ishlov berish o‘tkazilgan hududlar tozalanadi va zararkunandalarga qarshi dezinfeksiyalanadi.
76. Barcha ekinlarning urug‘liklarini zararsizlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan preparatlardan foydalaniladi.
77. Kimyoviy zararsizlantirish bo‘yicha ishlarni maxsus malaka oshirish o‘qishlarida o‘qitilgan mutaxassislar, Agroinspeksiya qoshidagi “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasi amalga oshiradi.
78. Urug‘lik don zararsizlantirayotganda ishlov berishdan kamida 10 — 15 kun avval va ishlov berish yakunlangandan 10 — 15 kundan keyin urug‘lik donning ekish sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha laboratoriya tahlillari o‘tkazilishi lozim. Tahlil uchun ikkita namuna tanlab olinadi, ulardan biri Markazga hamda urug‘chilik klasteriga jo‘natiladi, ikkinchisi esa tahlil natijalari olinguniga qadar urug‘lik tayyorlovchi tashkilotda turadi. “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasining talabiga ko‘ra urug‘lik donning unuvchanligini aniqlash uchun namuna tanlab olish uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Bu holda uchinchi namuna tanlab olinadi, u ekspeditsiyada saqlanadi. Zarur bo‘lgan taqdirda ikkinchi va uchinchi namuna xolisona arbitraj tahlil qilish uchun Markaz va urug‘lik yetishtiruvchi subyektga topshiriladi.
79. Matodan tikilgan yoki polipropilen qoplarga qoplangan urug‘likni fumigatsiya (omborxonani zararkunandalardan kimyoviy dorilash) yo‘li bilan zararsizlantirish qoplarni bo‘shatmasdan amalga oshiriladi. Kraft (maxsus qog‘oz qop) qoplarga qoplangan urug‘liklar ularni albatta bo‘shatish tariqasida o‘tkaziladi, shundan keyin zararlanmagan qopga qayta qoplanadi yoki zararlanmagan omborga joylashtiriladi.
Saqlash paytida urug‘lik holati va sifati ustidan nazorat qilish
80. Urug‘liklar urug‘lik don tayyorlovchi tashkilotga tushgan paytda ularning sifatini saqlab qolish maqsadida urug‘liklar va atrof muhit havosi harorati va namligi, don sifatining organoleptik ko‘rsatkichlari (hidi, rangi), zararlanganligi va unuvchanligi ustidan Markaz mas’ul xodimi muntazam kuzatuv o‘rnatishi zarur.
81. Nazorat har bir alohida to‘da yoki hajm (shtabel, silos, ombor va h.k.) bo‘yicha yuritiladi.
82. Katta to‘dalar uyumining ustki sathi (omborlarda) shartli tarzda seksiyalarga ajratiladi (har biri 50 kv, metrdan oshmaydi), ularning har biri ustidan mustaqil kuzatuv o‘tkaziladi.
83. Uyum balandligi 1,5 metrdan yuqori bo‘lgan omborlarda urug‘lik don harorati kamida uch nuqtadagi termoshtanga bilan aniqlanadi. Jumladan, ustki yuzadan 30 — 50 santimetr chuqurlikda, uyum o‘rtasida va polda aniqlanadi.
Uyum balandligi 1,5 metrdan oshmaganda urug‘lik don harorati uyumning ikki ustki va pastki qatlamlarida aniqlanadi. Har bir urug‘lik don haroratini aniqlashdan keyin termoshtangalar seksiya doirasida shaxmat tartibiga rioya etilgan holda bir-biridan 2 metr masofada qayta o‘rnatiladi.
84. Silos turidagi sig‘imlarda haroratni aniqlash masofadan turib nazorat qilishga mo‘ljallangan uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Urug‘lik donni ushbu uskunalarsiz silos turidagi sig‘imlarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
85. Urug‘lik donlarning haroratini aniqlash muddatlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
86. Haroratni aniqlash davriyligi urug‘lik don uyumining alohida qatlamlarida aniqlangan eng yuqori haroratga bog‘liq holda belgilanadi.
87. Namligi bo‘yicha sinflanmagan urug‘lik ustidan harorat borasida urug‘lik tayyorlovchi tashkilot mas’ul xodimi tomonidan maxsus kuzatish olib borish talab etiladi. Urug‘lik don harorati va namlikning oshganligi aniqlangan hollarda (tashqi havo haroratining oshishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) ularni zudlik bilan sovitish yoki quritish lozim.
88. Bahorda urug‘lik don harorati kuzatilganda, ayniqsa, omborning janubiy devoriga tutash uyum yuqori qatlamida harorat oshishiga e’tibor qaratish kerak. Urug‘liklar harorati tashqi havo harorati oshishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tez ko‘tarilganda eng avvalo tez-tez shamollatib turish vositalarini qo‘llab, ular sovitilishi borasida chora-tadbirlarni zudlik bilan ko‘rish lozim. Bunday urug‘lik don holati ustidan nazorat har kuni o‘tkaziladi.
89. Har bir ombordagi haroratni aniqlash uchun simobli yoki spirtli devor termometri bo‘lishi lozim. Tashqaridagi termometr to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan albatta himoyalangan bo‘lishi zarur. Tashqi havoni, shuningdek, ombor ichkarisidagi nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrlar bo‘lishi zarur.
90. Omborlarda uyum holda va silos tipidagi hajmlarda saqlanayotgan urug‘lik donning namligi holati ustidan nazorat urug‘lik tayyorlovchi tashkilot tomonidan oyda kamida ikki marta, shuningdek, har bir joy o‘zgartirish va ishlov berishdan keyin namunalar va tahlillar olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
91. Namlikni aniqlash har bir to‘da uyumining yuqori qatlamidan uch metr chuqurlikdan olingan namunalarga qarab o‘tkaziladi.
92. Saqlanayotgan urug‘lik don zaxiralarini zararkunandalardan zararlanganligini tekshirishda organopletik ko‘rsatkichlarni urug‘lik don harorati va namligini aniqlash muddatlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘tkaziladi.
93. Unuvchanlikni aniqlash yoki urug‘lik don sifatini to‘la tahlilini o‘tkazish har bir saqlashga yoki jo‘natishga tayyorlangan to‘dasida urug‘lik don “Muvofiqlik sertifikati” amal qilish muddati tugashi bilan yoki urug‘lik don (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan) sug‘urta fondi sifatida uzoq saqlashga joylashtirilganda Markaz tomonidan namunalar tanlab olinadi va o‘tkaziladi.
94. Saqlanayotgan urug‘lik donning unuvchanligi Markazda ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Bundan tashqari, urug‘liklar urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida ularning unuvchanligi tekshirilishidan qat’i nazar, Markazning markaziy laboratoriyasida tahlillardan o‘tkaziladi, ulardan har biriga berib yuborishga yoki yuklab jo‘natishga tayyorlangan urug‘lik donga “Muvofiqlik sertifikati” olinishi lozim.
95. Urug‘lik donlarning unuvchanligi pasayishi aniqlangan taqdirda sabablarni shoshilinch aniqlash va urug‘lik donning kechiktirmay sovitilishi yoki quritilishi, shuningdek, ularning birinchi navbatda sotilishi borasida chora-tadbirlar ko‘rish lozim. Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boshoqli va yog‘li ekinlar uchun unuvchanlikka nisbatan urug‘lik donning konditsiyaliligi to‘g‘risida guvohnoma (namlik va iflosligi chegirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat) yoki muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati to‘rt oy etib belgilangan. Biroq, ekishga berish yoki yuklashdan oldin ekin hujjatining amaldagi muddati hali o‘tib ketmagan yoki borish yo‘lida o‘tishi mumkin bo‘lgan u yoki bu urug‘lik to‘da hujjatda ko‘rsatilgan unuvchanlik saqlanganiga ishonch hosil bo‘lmasa, bunday holda ana shu to‘da Markaz va urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida muddatidan oldin tekshirilishi lozim.
96. Matoli qoplarda saqlanayotgan urug‘liklarning holati ustidan nazorat qilish uchun har 15 kunda urug‘lik don harorati 10°C dan yuqori bo‘lganda va 30 kunda urug‘lik don harorati 10°C dan past bo‘lganda qoplardan namuna olinadi va urug‘lik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida urug‘lik donning rangi, hidi, namligi va don zararkunandalaridan zararlanganligi tekshiriladi.
97. Urug‘lik don holati ustidan nazorat o‘tkazilayotganda barcha kuzatuvlar uyum yuqorisida quyilgan traplardan olib boriladi.
98. Zararlangan to‘dalarni ko‘zdan kechirgandan keyin tekshiruvchi o‘z kiyimi va poyabzalini yaxshilab tozalashi shart.
99. Urug‘lik don harorati, zararkunandalar bilan zararlanganligini, hidi va rangi ko‘rsatkichlarini laboratoriya xodimlari shtabellar, seksiyalar bo‘yicha xronologik tartibda va qatlamlar bo‘yicha alohida-alohida belgilangan shakldagi kuzatuvlar jurnaliga kiritadi.
100. Urug‘lik don har bir to‘daisiga laboratoriya xodimlari belgilangan shaklda shtabel yorliqlari yozib qo‘yadi, ularda urug‘likning navining nomi, avlodi, toifasi, nav tozaligi foizi, sinfi va boshqa ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi. Shtabel yorliqlari ombor mudiriga topshiriladi, ombor mudiri ularni omborda saqlanayotgan urug‘lik don to‘dasi yoniga osib qo‘yadi.
101. Urug‘lik don harorati ko‘rsatkichlari shtabel yorliqlariga ombor mudirlari va ularning yordamchilari tomonidan belgilangan muddatdagi har bir tekshiruvdan keyin muntazam ravishda yozib boriladi. Bu ko‘rsatkichlar shtabel yorliqlariga umumiyligicha alohida qatlamlarning past va yuqori haroratini ko‘rsatgan holda alohida to‘dalar bo‘yicha (seksiyalarga ajratmasdan) yozib boriladi.
102. Urug‘lik don ustidan nazorat olib boriladigan qolgan barcha sifat ko‘rsatkichlarini (namligi, zararlanganligi, rangi, hidi) shtabellarga laboratoriya xodimi yozib boradi.
Urug‘lik donni dorilash va qadoqlash tartibi
103. Boshoqli don urug‘lari ekishga tayyorlashdan oldin kimyoviy preparatlar bilan dorilanadi.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan berilgan tavsiya etilgan urug‘ dorilagichlardan foydalaniladi;
dorilanayotgan urug‘lik to‘dalari tozalangan, saralangan, ekish sifat ko‘rsatkichlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi darajasida bo‘lishi kerak;
boshoqli don urug‘larini purkab dorilash moslamalari yaxshi va bir tekisda ishlashi ta’minlanishi kerak.
104. Boshoqli don urug‘larini dorilash jarayonida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari tomonidan kimyoviy preparatlarning turidan kelib chiqqan holda belgilangan me’yorda suspenziya tayyorlanishi kerak dorilash sifati doimiy nazorat qilinadi.
Bunda ruxsat etilgan kimyoviy preparatlarning tavsiyalardan kelib chiqqan holda preparatlarning sarfi me’yorlarda belgilanishi va ishchi aralashma suspenziyasining talab darajasida tayyorlanishi hamda urug‘likning sifatli dorilanishi uchun O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan biriktirilgan mutaxassislar mas’ul hisoblanadi.
105. Dorilangan boshoqli don urug‘lari qoplangandan keyin 7 — 10 kun muddatda omborlarda saqlanishi shart.
Dorilangan boshoqli don urug‘lari qadoqlanayotgan qoplar kimyoviy vositalar o‘tkazmaydigan mustahkam sifatli materiallardan tayyorlanishi, ortish va tushirish, paytida chidamli bo‘lishi hamda qoplar og‘zini tikish ishlarini mexanik ravishda amalga oshirish talab etiladi. Dorilangan urug‘lik don qoplariga “Zaharli modda bilan dorilangan” ogohlantiruvchi so‘zlari qizil rangda aniq aks ettirilgan holda yozilishi shart.
Qoplangan urug‘lik don GOST 14192 bo‘yicha belgilanadi, har bir qop ustiga yorliq yopishtiriladi (tikiladi).
Yorliqlar to‘rtburchak shaklida, o‘lchamlari kamida 110 x 70 mm va avlodlar bo‘yicha quyidagi rangda bo‘lishi kerak:
orginal urug‘lar (OU) — sariq;
elita urug‘lar (EU) — oq;
reproduksion urug‘lar (RU1 yoki RU-2) — qizil
reproduksion urug‘lar (RUT) — ko‘k.
Urug‘lik don to‘dalari dorilanib tayyorlangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda ishlov berishni (tozalash, saralash, kalibrlash va boshqa texnikalar) amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sexlarda tayyorlangan urug‘lik don to‘dalarining tozaligi sifat ko‘rsatkichi elash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bunda oxirgi elakning yacheykalari o‘lchami 2,2 x 20 millimetr bo‘lishi lozim. Nazorat namunalari Agroinspeksiya, Markaz va urug‘lik don tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari bilan birgalikda maxsus komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
Tayyorlangan urug‘lik boshoqli don to‘dasi sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni urug‘ tozaligi, boshqa o‘simlik va begona o‘t urug‘lari aralashmalari belgilangan avlod talablariga javob bermagan yoki nomuvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya nazorati ostida urug‘lik boshoqli don to‘dasi qayta tozalanadi va saralanadi.
106. Kimyoviy preparatni qabul qilish, saqlash va undan foydalanish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Urug‘lik donni yuklab jo‘natish va rasmiylashtirish
107. Urug‘lik don temir yo‘l orqali jo‘natilganda uning sifati to‘g‘risidagi hujjatlar uch nusxada yozib beriladi, ulardan bir nusxasi temir yo‘l hujjatiga tirkaladi, bu haqida hujjat raqami, sanasi va uni bergan korxona nomi ko‘rsatilgan holda belgi qo‘yiladi. Ikkinchi nusxasi yuklangan urug‘lik donga berilgan yo‘l varag‘iga qo‘shib qo‘yiladi, uchinchisi esa Markaz laboratoriyasining yig‘ma jildida qoladi.
Navli urug‘larning har bir to‘dasiini yuklab jo‘natishda Markaz tomonidan quyidagi hujjatlar:
urug‘likka attestat — barcha o‘simliklarning original va elita urug‘iga, shuningdek, makkajo‘xorining o‘zidan-o‘zi changlangan liniyalari urug‘iga;
urug‘likka guvohnoma — qolgan barcha reproduksiyalar urug‘iga;
makkajo‘xorining duragay urug‘lariga guvohnoma — makkajo‘xorining duragay urug‘lariga rasmiylashtiriladi.
108. Navli va duragay urug‘lik don yuklab jo‘natilishida ishlatiladigan vagonlar butunlay soz, yaxshilab tozalangan va zararsizlantirilgan bo‘lishi lozim. Korxonalar navli va duragay urug‘lik don temir yo‘l transporti orqali yuklab jo‘natilganda va temir yo‘ldan avtotransportga tushirib yuklaganda navlari va sifati har xil bo‘lgan urug‘liklarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
109. Urug‘lik don avtotransport bilan bir joydan ikkinchi joyga tashilganda olinayotgan yoki berib yuborilayotgan urug‘liklarning har bir to‘dasi tovar-transport yukxati, shuningdek, urug‘lik don sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati bilan kuzatib borilishi lozim. Muvofiqlik sertifikatining asl nuxasi laboratoriya yig‘ma jildida qoladi, uning nusxasi esa urug‘lik don oluvchiga beriladi.
110. Urug‘lik don temir yo‘l orqali olib kelinganda oluvchi — tashkilot zudlik bilan Markaz vakilini chaqiradi, u urug‘lik don sifatini keyingi aniqlashlar uchun namunalar, shuningdek, qo‘shimcha tahlil talab etiladigan holatlar uchun namunalar oladi.
111. Markaz vakili tomonidan o‘rtacha namunalar olinishi urug‘lik don yetib kelganidan besh kundan kechiktirmasdan amalga oshirilishi va har biri uch nusxada tuziladigan belgilangan shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
112. O‘rtacha namunalar dalolatnomaning bir nusxasi bilan birga u olingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmasdan olingan urug‘lik donning sifatini tekshirish uchun Markaz va urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning sinov laboratoriyasiga va mintaqalararo akkreditatsiyalangan (sertifikat berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot) sinov laboratoriyalariga yuboriladi.
113. Urug‘liklar eksport-import qilinganda urug‘lik sifat ko‘rsatkichlarida noaniqlik holati kuzatilganda qo‘shimcha tahlil uchun namunalar tanlab olish va rasmiylashtirish “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklari sifatni arbitraj (noaniqliklar paydo bo‘lganda o‘tkaziladigan tahlillar) aniqlash qoidalari” texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq o‘tkazilishi lozim. Qo‘shimcha tahlil natijalari urug‘lik don oluvchi va jo‘natuvchiga yuborilishi lozim.
Qoplangan urug‘lik don tashish uchun turli xildagi usti yopiq, tegishli qoidalarga javob beruvchi temir yo‘l va transport vositalaridan foydalanildi. Agar urug‘lik don ochiq transport vositalarida tashilsa, qoplarning usti brezent bilan yopilishi kerak.
Dorilangan urug‘lik don to‘dalarini uyulgan (to‘kilgan) holda tashish va ochiq maydonchalarda saqlash man etiladi.
Urug‘lik tayyorlovchi subyektlardan ekish uchun olingan urug‘lik donning sifatli saqlanishiga va ekilishiga xo‘jaliklarning rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Urug‘lik don to‘dalarini realizatsiya qilishga ularning genetik (nav) va ekinboplik sifatlari ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
Quyidagi holatlarda urug‘lik don to‘dalaridan ekish va realizatsiya qilishda foydalanish taqiqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilmagan boshoqli don ekinlari navlari va duragaylarining urug‘liklari;
o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangan urug‘liklar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmaydigan urug‘liklar.
Ob-havo noqulay kelgan yillarda yangi va istiqbolli navlarning urug‘liklariga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining yoki uning vakolatli organining ruxsati bilan urug‘liklar realizatsiya qilinishi mumkin.
Muomalaga kiritilayotgan urug‘liklar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq tamg‘alangan va qadoqlangan bo‘lishi kerak.
4-bob. Yakunlovchi qoida
114. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Urug‘lik donni qabul qilish, joylashtirish, saqlash, qayta ishlash va ekish uchun tarqatish
SXEMASI
Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Urug‘lik donni saqlashda shtabel balandligi

Ekin turlari

Urug‘lik don harorati


+ 10°C gacha


+ 10°C dan yuqori

shtabel balandligi (qoplar qatori soni)


Bug‘doy, javdar, arpa

8

8


Sholi, kungaboqar

8

6


Suli, soya, raps

6

4

Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Urug‘lik donlarning haroratini aniqlash muddatlari


Urug‘likning namlik bo‘yicha
holati


Yanchib
olingan urug‘lik don
ni shohobchalarda saqlash paytdan 3 oy davomida


Urug‘lik don uyumi harorati


O °C va undan past

0° C dan +10 °C gacha

+10 °C dan yuqori


Quruq


3 kunda 1-marta

15 kunda 1-marta

15 kunda 1-marta

10 kunda 1-marta


Quruqligi o‘rtacha

2 kunda 1-marta

10 kunda 1-marta

10 kunda 1-marta

5 kunda 1-marta


Nam

har kuni 7 kunda

7 kunda 1-marta

5 kunda 1-marta

har kuni 1-marta

Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Saqlanayotgan urug‘lik don zaxiralarini zararkunandalardan zararlanganligini tekshirishda organopletik ko‘rsatkichlarni urug‘lik don harorati va namligini aniqlash muddatlari

Urug‘lik don namligi (%)


Urug‘lik don harorati

+5 °C dan past

+5 dan 10 °C gacha

+10 °C dan yuqori


15 foizgacha

20 kunda 1-marta

15 kunda 1-marta

10 kunda 1-marta


15 foizdan yuqori

15 kunda 1-marta

10 kunda 1-marta

5 kunda 1-marta

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga
5-ILOVA
Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash va saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki ishlash, urug‘lik chigitni tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki ishlash, urug‘lik chigitni tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kam tukli urug‘lik chigit — tukliligi urug‘lik chigitning dastlabki massasidan 2,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan urug‘lik chigit;
kapsulalangan urug‘lik chigit — unuvchanlikni oshirish va har xil kasalliklardan saqlash maqsadida chigit usti suvda eriydigan yupqa biologik aktiv polimer qobiq bilan qoplangan urug‘lik chigit;
paxta g‘arami — seleksion navi, avlodi va sanoat navi, tipi, sinfi bir xil bo‘lgan paxtani qabul qilish maskanlarida maxsus saqlash maydonchalarida g‘aramlash;
reproduksion urug‘liklar — elita urug‘liklardan olinadigan keyingi avlod urug‘liklar;
tabiiy tuksiz urug‘lik chigit — ingichka tolali urug‘lik paxtalarni g‘o‘lali jinlash jarayonida olingan urug‘lik chigit;
tukli urug‘lik chigit — urug‘lik paxtalarni linterlash jarayonidan olingan urug‘lik chigit;
tuksiz urug‘lik chigit — tukli urug‘lik chigitlarni aniq ekish apparatlarida ekish maqsadida mexanik yoki kimyoviy (konsentrlangan kislotali eritmalar yordamida) usullarda tayyorlangan urug‘lik chigit;
urug‘lik paxta — har bir paxta tupining uchinchi hosil shoxidan 7-8-hosil shoxlarigacha pishib ochilgan ko‘saklardan qo‘l bilan terilgan, maxsus mashinalar bilan terilganda esa 60 — 65 foiz ko‘saklar ochilgan urug‘lik daladan terilgan va ekish uchun chigit olishga mo‘ljallangan paxta xom ashyosi;
urug‘lik chigit — urug‘lik paxtani dastlabki ishlash natijasida olingan, ekish uchun mo‘ljallangan chigit;
urug‘lik to‘dasi — bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan) kelib chiqishi bir hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urug‘likning bir xil mikdori;
2-bob. Urug‘lik paxtani qabul qilish va saqlash.
Urug‘lik paxta xom ashyosining sifatiga qo‘yiladigan texnik talablar
4. Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilib olish va jamlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
5. Urug‘lik paxtani iflosligining (iflos aralashmalarning massaviy nisbati), namligi (namlikning massaviy nisbati) va chigitning mexanik shikastlanganligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan belgilanadi va 2 ta sinfga bo‘linadi.
6. Urug‘lik paxta avlodiga qarab: original, elita, 1, 2, 3-reproduksiyalarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ruxsati bilan urug‘ yetishmaydigan navlarning birinchi terim I-sanoat naviga tegishli texnik paxta xom ashyosining R4 avlodidan urug‘lik chigit tayyorlash va undan ekishda foydalanish mumkin.
7. Urug‘lik paxta 1-sinfining namlik, ifloslik va mexanik shikastlanganlik me’yorlari oshib ketsa, ushbu paxta 2-sinfga o‘tkaziladi, 2-sinf me’yorlaridan oshib ketsa, urug‘lik paxta urug‘lik fondidan chiqariladi va to‘da texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan texnik paxtaga o‘tkaziladi.
8. Paxta qabul qiluvchi paxta tozalash korxonalari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, urug‘chilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar) paxta terish mavsumi boshlangunga qadar urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilib olish hamda saqlashga alohida tayyorgarlik ko‘radi.
Ushbu maqsadda tegishli omborxona va ayvonlar o‘tgan yillardan qolgan paxta va chigit qoldiqlaridan tozalanishi hamda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilishi shart.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) urug‘lik paxta maydonlarida o‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga muvofiq urug‘lik paxta xom ashyosining seleksion navi, sinfi va avlodlari bo‘yicha tayyorlanadigan urug‘lik paxta xom ashyosi hajmini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga, urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
10. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish va to‘dalarga jamlash urug‘lik tayyorlash miqdoriga asosan tasdiqlangan joylashtirish sxemasiga hamda aprobatsiya dalolatnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Urug‘lik paxtani qabul kilishda 1-SX (paxta) shakl yukxatidagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomasiga to‘g‘ri kelishi shart. Yukxati bo‘lmasa yoki undagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomasiga to‘g‘ri kelmasa, urug‘lik paxta maydonlarini aprobatsiya qilgan tashkilot vakili tomonidan urug‘lik hujjatlari aniqlangunga qadar qabul qilinmaydi. Tegishli hujjatlar aniqlanmagan taqdirda, urug‘lik paxta xom ashyosi tovar (texnik) paxtaga qabul qilinadi.
12. Qabul qilingan urug‘lik paxta g‘aramlarining to‘dalari aralashib ketishining oldini olish maqsadida boshqa maskanlardan keltirilgan urug‘lik paxtalarning nav, avlod va sinfi bir xil bo‘lgan taqdirda ham bir to‘daga qo‘shib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Urug‘lik paxtani qabul qilishda xom terilgan, suvdan qolgan va kasallikka uchragan (aprobatsiya natijalariga zid bo‘lgan) paxtani qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Xo‘jaliklardan qabul qilib olingan urug‘lik paxtalar konditsion massasiga ko‘ra bitta to‘daga 250 — 300 tonnadan oshmagan holda qabul qilinib, quyidagi belgilari, jumladan, seleksion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi va sinfiga qarab asosiy hamda zaxiraga ajratilib, alohida-alohida to‘dalarga jamlanadi.
15. Bir xil urug‘lik material olish uchun sentabr oyida terilgan urug‘lik paxta to‘dasi oktabr oyida terilgan urug‘lik paxtadan alohida to‘dalarga jamlanadi.
16. Sentabr oyida terilgan urug‘lik paxtani bitta to‘daga jamlash davomiyligi 10 — 15 kundan oshmasligi hamda urug‘lik paxtaning ikkita avlodi, har xil sinflari, shuningdek, asosiy va zaxira fondlarini bitta saqlash maydonchasida jamlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Aprobatsiya dalolatnomasi asosida qishloq xo‘jalik zararkurandalari va kasalliklari bilan zararlangan urug‘lik paxta alohida maydonchalarda jamlanadi.
18. Urug‘lik paxtalarni jamg‘arishi tugallanmagan to‘dalarni tashish va qayta ishlashga ruxsat etilmaydi.
19. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilot tomonidan qabul qilinayotgan urug‘lik paxtaning har bir to‘dasini jamlash bilan bir paytda tayyorlov maskani laboranti har kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida namuna tanlab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Namuna olingandan so‘ng Markazning qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini sinovdan o‘tkazish va nav sofligini aniqlash laboratoriyasiga bir kilogramm paxta chigiti uning mexanik shikastlanganlik darajasini aniqlash uchun yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
20. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilot tomonidan original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘larni yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan aniqlangan urug‘lik yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan urug‘lik paxta qabul qilinadi.
21. Urug‘lik paxta saqlanayotgan har bir ombor yoki g‘aramga paxtaning 8-XL shaklli pasportidan ko‘chirma yopishtirib qo‘yiladi. Unda to‘da raqami va vazni, seleksion va sanoat navi, sinfi, avlodi, nav tozaligi, aprobatsiya o‘tkazilgandan keyin aniqlangan dala guruhi, omborxona yoki bund (g‘aram) raqami, qabul qiluvchining familiyasi ko‘rsatiladi.
22. Paxtaning rayonlashtirilgan, istiqbolli va yangi seleksion navlarining elita urug‘lik paxtalari yangi qanor-qoplarga solinib, qoplarning ichki va tashqi qismiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha etiketka (yorliq) qo‘yilgan holda quruq, toza va shamollatish tizimi mavjud usti yopiq omborlarda saqlanadi. Qoplar maxsus tagliklar ustiga taxlab ko‘yilib, g‘aramning o‘rta qismi ochiq qoldiriladi.
Urug‘lik paxtaning birlamchi materiallari mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida normativ-huquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha saqlanadi.
23. Urug‘lik paxtaning birinchi va keyingi avlodli har bir jamlangan to‘dalari boshqa to‘dalardan alohida ajratilib, maydonchalarda g‘aramlanadi hamda yangi brezent bilan yopilib, arqonlari mahkam tortilib, namlanishga va urug‘lik materialning buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitda saqlanadi.
24. G‘aram ko‘tarilgandan keyin qo‘lda yoki mexanizm yordamida uning uzunasi bo‘ylab besh kun muddat ichida tunnel qaziladi, tunnelning balandligi 1,8 — 2,0 metr, eni 0,8 — 1,0 metr bo‘lishi talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tunnel qazish, tarashlash va qirqishdan chiqqan urug‘lik paxta paxta tozalash korxonalarining urug‘chi agronomi, tovarshunos, Markazning hududiy laboratoriyasi mudiri ishtirokida tuzilgan dalolatnoma asosida ushbu navning tegishli sinfiga mansub texnik paxta g‘aramiga o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
26. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning mas’ul xodimlari tomonidan urug‘lik paxta g‘aramlarining saqlanishi, tashqi ko‘rinishi kuzatib boriladi va harorati har besh kunda bir marta o‘lchanadi va natijasi bo‘yicha maxsus daftarlarga qayd qilib boriladi. Bunda:
g‘aramlardagi harorat 8 joydan (4 tasi burchaklar tomondan, 4 tasi esa yon, old va orqa tomonlardan) 4 metr chuqurliqda o‘lchanadi. Omborlarda saqlangan paxta bundlari (g‘aram) esa eshik tomonidan bitta joyda, tepa qismidan 4 — 6 joydan o‘lchanadi va harorat o‘lchagich g‘aram ichida kamida 30 daqiqa turishi kerak;
urug‘lik paxtaning 3-4 metr chuqurligidagi harorati 30°C dan yuqori bo‘lsa, u holda havoni tezda so‘rish choralarini ko‘rilishi lozim.
27. Urug‘lik paxtaning elita avlodi va yangi seleksion navlarining birinchi avlodi urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga tayyorlov maskanidan qoplarda va avlodli urug‘lik paxtalar jamlangan to‘dasi bo‘yicha alohida-alohida 1-TXL shakl tovar-transport yukxatida “urug‘lik paxta” belgisi qo‘yilib, usti mato yoki brezent bilan yopilgan holda yuboriladi.
28. Har bir jo‘natiladigan paxta to‘dasi birligiga tayyorlov maskanining buxgalteriyasi tomonidan 13-XL shakli o‘lchovnomasi asosida 1-TXL tovar-transport yukxati 3 nusxada yoziladi. Uning bir nusxasi paxtani jo‘natuvchi maskanda qoladi, bittasi paxtani qabul qilib oluvchi urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga, bir nusxasi esa transport tashkilotiga yuboriladi. Bu yukxatlari aniq hisob-kitob blankalari hisoblanadi va yuk jo‘natuvchi tomonidan maxsus muhrlangan, tikilgan jurnallarga qayd qilib boriladi.
29. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotga kelgan urug‘lik paxtaning hisobiy va konditsion vazni uni tayyorlov maskanidan jo‘natish paytidagi ifloslik va namlik bo‘yicha laboratoriya tahlillari asosida hisoblab chiqiladi.
30. Jo‘natish yoki qabul qilish joyida urug‘lik paxtaning sanoat navi, sinfi, namligi, iflosligi bo‘yicha aniqlangan sifati har ikki tomon uchun majburiy hisoblanadi.
3-bob. Urug‘lik paxtani dastlabki ishlash, tayyorlash va dorilash Urug‘lik paxtani dastlabki ishlash
31. Urug‘lik paxta g‘aramlarda 1,5 — 2 oy davomida sifatli qilib saqlanib, paxta xom ashyosidagi chigitlar to‘liq fiziologik yetilganidan so‘ng urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida qayta ishlashga ruxsat etiladi.
32. Urug‘lik paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlariga paxtani uzatish, quritish, mayda va yirik iflosliklardan tozalash, jinlash, chigitni linterlash, qoplash va vaqtincha saqlash joylariga tashish kiradi.
33. Urug‘lik paxta g‘aramlarini dastlabki ishlashda olinadigan urug‘lik chigitlarning sifat ko‘rsatkilari davlat andozalari talablari asosida tayyorlash maqsadida korxonaning barcha texnologik liniyalari rostlanib, yumshoq rejimda amalga oshiriladi.
34. Har bir urug‘lik paxta to‘dasini dastlabki ishlab chiqarishdan oldin g‘aramdan kutiladigan mahsulotlarning ko‘rsatkichlari aks ettirilgan 28-XL topshiriqnomasi urug‘lik paxta tayyorlangan maskanining moddiy javobgar shaxsi va urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuzilib, tasdiqlangandan keyin ishlab chiqarishga beriladi.
35. Uzun tolali urug‘lik paxtalar valikli jinlarda tozalanadi va jinlangan urug‘lik chigitlar bir marta linterlanadi.
36. 28-XL topshiriqnomasi 5 nusxada urug‘lik paxta tayyorlangan maskanning moddiy javobgar shaxsi, urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i, bosh buxgalteri, bosh muhandisi, xom ashyo va tayyor mahsulot hamda texnik nazorat bo‘limi boshliqlari tomonidan imzolanadi.
37. Har bir urug‘lik paxta g‘aramini dastlabki ishlashdan oldin asosiy va yordamchi uskunalarning texnologik parametrlari rostlanib, seleksion navlarning mexanik aralashuvining oldini olish maqsadida barcha uskunalar va agregatlar qoldiq mahsulotlardan tozalanadi hamda 10 daqiqa davomida olingan urug‘lik chigit urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning mas’ul mutaxassislari, urug‘lik chigit tovarshunosi va texnik chigit tovarshunosi ishtirokida dalolatnoma tuzilib, texnik chigitga o‘tkaziladi.
38. Urug‘lik paxtaning seleksion navini dastlabki ishlash ketma-ketligi uchinchi, ikkinchi, birinchi va elita avlodi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda yuqori avlodli urug‘lik to‘dasini ishlashga o‘tilsa, dastlabki 10 daqiqa davomida olingan urug‘lik chigit dalolatnoma asosida oldingi tugatilgan avlodning urug‘lik chigit to‘dasiga qo‘shilishiga ruxsat etiladi.
39. Paxtani ishlab chiqarishdan keyin chiqadigan mahsulotlar xom ashyo va tayyor mahsulot bo‘limining tovarshunosi tomonidan qabul qilinadi va paxta tolasi, momiq, tarkibida kalta momiq, ulyuk bo‘lgan chiqitlar va boshqa ajratmalar har bir qayta ishlangan paxta to‘dasi bo‘yicha alohida tortib olinadi.
40. Paxta g‘aramlarini dastlabki ishlashdan olingan mahsulotlar 28-XL topshiriqnomasida belgilangan reja me’yorlaridan kam bo‘lib, ishlab chiqarish kuyindilari esa nav me’yorlaridan ko‘p yoki aksincha bo‘lsa, tayyorlov maskanining qabul qiluvchisi shu og‘ishlarga yozma ravishda tushuntirish berishi kerak. Tushuntirish xati 28-XL topshiriqnomasidagi ishlab chiqarish topshiriqnomasiga ilova qilinadi.
41. Urug‘lik tayyorlovchi korxonalarda urug‘lik chigit tayyorlash ishlari texnologik uskunalar o‘rnatilgan ixtisoslashtirilgan sexlarda amalga oshiriladi. Urug‘lik chigit ikki ko‘rinishda, ya’ni tukli va tuksizlantirilgan holda tayyorlanadi. Mexanik tuksizlantirish o‘z navbatida bir yoki ikki bosqichda tuksizlantirish texnologiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
42. Urug‘lik chigitni tayyorlash texnologiyasi “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan reglament asosida olib borilib, urug‘lik chigitning sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi shart.
43. Tuksiz va kam tukli urug‘lik chigit belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalarga mos kelishi kerak. Tuksiz va kam tukli chigit urug‘lik tayyorlash sexiga yuborilgan tukli urug‘lik chigitlarning mexanik shikastlanganligi 4,0 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
44. Urug‘lik chigit tayyorlash sexidagi asosiy va yordamchi texnologik uskunalarni rostlash ishlari bajarilgandan so‘ng texnik chigit qoldiqlaridan tozalanib, bir seleksiya navidan boshqa seleksiya navini tayyorlashga o‘tganda urug‘lik chigit tayyorlash sexining asosiy va yordamchi texnologik uskunalarini tozalash ishlari o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tozalash ishlari o‘tkazilganligi to‘g‘risida urug‘lik chigit tayyorlash sexining mas’ul xodimlari, Markazning hududiy boshqarmalari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
45. Tozalash, saralash jarayonida 1 000 dona chigit massasining ortishi kamida 2 gramm bo‘lishi lozim. Tozalash-saralash jarayonidan chiqadigan texnik chigit fraksiyasining miqdori yuqoridagi talab bajarilgan holatda rostlanadi.
Urug‘lik chigitni dorilash
46. Urug‘lik chigitni dorilashda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, davlat kimyo komissiyasining sinovidan o‘tgan va ishlatish bo‘yicha qo‘llanma texnologiyasi ishlab chiqilgan urug‘ dorilagichlardan foydalaniladi. Dorilanayotgan urug‘lik to‘dalari tozalangan, saralangan, ekish sifat ko‘rsatkichlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi darajasida bo‘lishi kerak.
47. Urug‘lik chigitni purkab dorilash moslamalari yaxshi va bir tekisda ishlashi ta’minlanishi kerak.
48. Urug‘lik chigitlarni dorilash jarayonida sifatli suzpenziya tayyorlash, urug‘larning sifatli dorilanishini nazorat qilishni ta’minlash va har bir urug‘ dorilagichlarning belgilangan me’yorlarda ishlatilishini ta’minlash maqsadida dorilash jarayonida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etishi kerak.
49. Dorilangan urug‘lik chigitlar qoplangandan keyin ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari aniqlanmagunga qadar omborlarda saqlanishi shart.
50. Kimyoviy preparatni qabul qilish, saqlash va undan foydalanish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
51. Urug‘lik chigitlarning dorilanish sifati tayyorlangan namuna etalonlariga mos kelishi kerak.
52. Urug‘lik chigit tayyorlash sexining hamma uskunalari bir me’yorda ishlayotgan holatlarda chigit uzatish bo‘yicha ish unumdorligi va suspenziya sarfi har smenada kamida 3-martadan biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan o‘lchanib turiladi.
53. Tuksizlantirilgan urug‘lik chigitning ekish uchun mo‘ljallangan fraksiyasining o‘lchamlari bo‘yicha bir tekisliligi 94 foizdan kam bo‘lmasligi, to‘kilgan dorilash aralashmasining mavjudligi esa 0,5 foizdan oshmasligi kerak.
54. Kapsulalangan urug‘lik chigitlarni tayyorlash jarayoni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi asosida tayyorlanadi.
55. Dorilangan urug‘lik chigitlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha uch qatlamli qog‘oz qoplarga qadoqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar tavsiyasida belgilangan miqdorda qadoklash yoki umumiy vaznini 30 kg dan oshirmasdan qopga solish, har bir qopning og‘zi zich qilib berkitilgan bo‘lishi kerak.
56. Qoplangan urug‘lik chigit texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan har bir qop ustiga tashkilot nomi, mahsulotning nomi, hosil yili, to‘da tartib raqami, seleksiya navi, avlodi, unuvchanligi qayd etilgan yorliq yopishtiriladi.
Yorliqlar to‘rtburchak shaklida, o‘lchamlari kamida 110 x 70 mm va avlodlar bo‘yicha quyidagi rangga ega bo‘lishi kerak:
elita urug‘lar — sariq;
reproduksion urug‘lar (R-1) — qizil
reproduksion urug‘lar (R-2) — ko‘k
reproduksion urug‘lar (R-3) — yashil
Agar tashqi bozorga eksport qilinadigan bo‘lsa, “Uzbek seeds” milliy brendi ostida amalga oshiriladi.
57. Tuksizlantirilgan chigitlar uchun yorliqda qo‘shimcha ravishda tuksizlantirish usuli ko‘rsatiladi.
Dorilangan, tuksizlantirilgan va kapsullangan urug‘lik chigit qoplarining yorliqlarida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
korxona nomi;
mahsulotning nomi;
hosil yili;
to‘da tartib rakami;
seleksiya navi;
avlodi;
unuvchanligi %;
kimyoviy preparat nomi;
vazni;
ushbu standartning belgilanishi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqariladigan bo‘lsa, “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” so‘zi.
Dorilangan chigit qoplarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan “Zaharli modda bilan dorilangan” so‘zlari yoziladi.
58. Saralashdan ajratilgan tukli texnik chigitlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalariga topshiriladi.
59. Urug‘lik chigitlarda begona aralashmalar, begona o‘t urug‘i, tirik zararkunanda va ularning lichinkalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarkibida kuygan chigit mavjud urug‘lik chigitni ekishga ruxsat etilmaydi.
Urug‘lik chigit to‘dalarini saqlash
60. Urug‘lik chigitlarni qabul qilish va saqlash uchun ajratilgan omborlar zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilgan, chigit qoldiqlaridan tozalangan, tom va devorlari sozlangan, eshiklari zich yopiladigan va pollari asfaltlangan, shamollatish tizimi mavjud bo‘lishi hamda barcha texnik talablarga javob berishi lozim.
61. Tozalangan urug‘lik chigitning ikkinchi va uchinchi avlodlari vaqtinchalik dorilangunga qadar to‘dalarda uyulib, atrofiga shu chigitdan qoplanib to‘siq yasalgan holda uzunligi 20 metrdan oshmagan va devordan 1 metr masofa qoldirib saqlanadi.
62. Tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigitlarni joylash va markalash, qabul qilish, saqlash, jo‘natish va sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha olib boriladi.
63. Urug‘lik chigitlar to‘dalarda alohida-alohida qilib yog‘och tagliklar ustida tahlanib saqlanadi. Tahlangan shtabellarning metrdagi o‘lchamlari quyidagilardan oshmasligi kerak:

Nomlanishi

Uzunligi, metr

Eni, metr

Balandligi, metr

Tukli chigitlar uchun

20

15

3

Tuksizlantirilgan chigitlar uchun

18

12

3

Kam tukli chigitlar uchun

18

12

3

64. Shtabellar orasidagi masofa hamda shtabellar va xona devorlari orasidagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
65. Har bir urug‘lik chigit to‘dasiga pasport osiladi, unda:
urug‘lik tayyorlovchi tashkilot nomi;
mahsulotning nomi;
to‘da tartib raqami;
seleksiya navi;
avlodi;
unuvchanligi;
dala guruhi;
to‘daning haqiqiy va konditsion massasi, kg;
hosil yili ko‘rsatiladi.
66. Omborlarda urug‘lik chigitlardan tashqari jihoz va boshqa mahsulotlar saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
67. Yildan-yilga saqlashga qoldirilgan urug‘lik chigitlarning zararkunanda bilan zararlanishi hamda ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari buzilmasligi maqsadida vakolatli idoralarning tavsiyasiga asosan kimyoviy qarshi kurash ishlari olib borilishi shart.
68. Dorilangan yaroqsiz urug‘lik chigitlar (dorilangan va kapsulalangan urug‘liklar) belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
69. Dorilangan va kapsulalangan urug‘lik chigitlarni oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatishga va hayvonlarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Saqlanayotgan urug‘lik chigitlarning sifati urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning murojaatiga ko‘ra Markazning hududiy laboratoriyalarida har ikki oyda tekshiriladi. Namuna olish usullari va tahlil qilish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha olib boriladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotning arizasiga asosan Markaz tomonidan urug‘lik chigit to‘dalari identifikatsiya qilinib, olingan namunalarga sinov natijalari bo‘yicha muvofiklik sertifikati beriladi va sertifikatning amal qilish muddati ikki oyni tashkil etadi. Muddat o‘tgandan so‘ng chigitning sifati qayta laboratoriya tahlillaridan o‘tkaziladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
72. Korxonalardan sertifikatlanmagan urug‘lik chigitlarni iste’molchiga sotish yoki berib yuborish taqiqlanadi.
Urug‘lik chigit to‘dalari dorilanib tayyorlangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda ishlov berishni (tozalash, saralash, kalibrlash va boshqa texnikalar) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. Urug‘lik chigitni hisobga olish va xo‘jaliklarga tarqatish
73. Urug‘lik chigitning hisob-kitobi urug‘lik tayyorlash sexi buxgalteri tomonidan 47-XL shakldagi “Urug‘lik chigitning omborxona hisob-kitobi” bo‘yicha haqiqiy vazniga qarab olib boriladi. Daftarning sahifalari raqamlanib tikilgan, surguch muhr bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Olib kelingan urug‘lik chigitning har bir to‘dasiga daftarning bitta sahifasi ajratiladi.
74. Keltirilgan urug‘lik chigitni hisobga olish uchun jo‘natuvchining yukxati qo‘shilgan 49-XL shakldagi urug‘lik chigit sertifikatining dublikati asos bo‘ladi.
75. Urug‘lik chigitni xo‘jaliklarga berish tayyorlov maskani tomonidan paxtaning rayonlashgan seleksiya navlarini joylashtirish rejasiga qat’iy amal qilingan holda urug‘lik tayyorlovchi tashkilot tomonidan miqdori va sifati ko‘rsatib yozib berilgan reja asosida amalga oshiriladi.
76. Jo‘natilayotgan urug‘lik chigitning har bir to‘dasiga 1-TXL tovar-transport yukxati 3 nusxada yoziladi. Birinchi nusxasi urug‘lik chigitni olish uchun berilgan ishonch qog‘ozi bilan birgalikda buxgalteriyaga topshiriladi va u chigitni omborxonadan chiqim qilish uchun asos hisoblanadi. Ikkinchi nusxasi xo‘jalikka jo‘natilgan chigitning kuzatuv hujjati hisoblanadi. Uchinchi nusxasi chigitni tayyorlov maskanidan olib chiqib ketish uchun ruxsatnoma hisoblanadi.
77. Ushbu yukxatlari aniq hisob-kitob blankalari hisoblanadi va yuk jo‘natuvchi tomonidan maxsus muhrlangan, shnurlangan, imzolangan jurnallarga qayd qilib boriladi.
Urug‘lik chigit to‘dalaridan ekish uchun foydalanish va ushbu urug‘liklarni ekish uchun quyidagilarni realizatsiya qilish taqiqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilmagan g‘o‘za navlari va duragaylarining urug‘liklari;
o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangan urug‘liklar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmaydigan urug‘lik.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Urug‘lik paxta va urug‘lik chigitni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tayyorlash, qadoqlash, tashish va tarqatish jarayonlarida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bo‘yicha urug‘liklarning sifati buzilishiga sababchi bo‘lgan mas’ullar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
79. Urug‘lik paxtalarni dastlabki ishlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida olib boriladi.
80. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga
6-ILOVA
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘rgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-banddagi “ilovada” so‘zi “1-ilovada” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 16-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan ustamalarni to‘lash bo‘yicha urug‘lik chigit tayyorlovchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuziladi.
Ustamalarning hisobi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va to‘lanadi”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Ilovaning ilova belgisidagi “ilova” so‘zi “1-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
________tumanidagi ________ MCHJda 20___ yil paxta hosilidan tayyorlangan urug‘lik chigit uchun urug‘chilikda ishtirok etgan barcha subyektlarga to‘lanadigan ustama haqlari to‘g‘risida
HISOB-DALOLATNOMA

T/r

Urug‘lik paxta yetishtirgan korxona nomi

Paxtaning seleksion navi

Paxtaning navi va sinfi

Paxta tolasining tipi

Urug‘lik chigitning reproduksiyasi (avlodi)

Urug‘lik paxtaning konditsion vazni (tn)

Ishlab chiqarilgan urug‘lik chigit

Sotilgan urug‘lik chigitga to‘g‘ri keladigan paxta

Sertifikatga mos kelishi bo‘yicha tahlil natijalari

Sotilgan urug‘lik chigit (tn)

Shu jumladan

Foizi

1 tn urug‘lik paxtaning xarid narxi, so‘m

Xarid narxi bo‘yicha paxta xom ashyosining qiymati (ming so‘m)

To‘lanadigan

ustama mikdori

Birinchi bosqichda hisoblangan ustama (ming so‘m)

Xarid qilish davrida xo‘jalikka to‘langan ustama (ming so‘m)

2-bosqichda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqi

Jami 50 % ustama

shundan

tonna

foiz

sertifikatlash sanasi

narxi, so‘m sertifikat raqami

chigitning unuvchanlik sinfi

Tukli (Sertifikatlangan) chigit

Tuksizlantirilib jami sotilgan tukli urug‘lik chigit

Shundan

foiz

so‘mma ming so‘m

Urug‘chilik xo‘jaliklarga 40%

Institut originatorlariga 30%

Paxta tozalash korxonalariga 10 %

“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DKga 20 %

Tuksiz (Sertifikatangan)chigit

Sotilgantuksiz (Sertifikatlangan) chigit

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

Asosiy urug‘lik fond

1

Jami:

Zaxira urug‘lik fond

1

Jami:

Jami

“ _______” tashkilot bo‘yicha


Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i


_____________________

(imzo)


____________________

F.I.O

“Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish” DUK viloyati filiali boshlig‘i

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi DK viloyati boshqarmasi boshlig‘i

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

“________________” MCHJ rahbari

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

”.

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son; 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)