1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda ekspertiza oʻtkazish jarayoniga aloqador shaharsozlik faoliyati subyektlari faoliyatini ularning bu boradagi oʻzaro munosabatlarini tartibga solish orqali yanada rivojlantirish hamda ekspertiza-tartibot jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali sohada shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
shaharsozlik hujjatlari obyektlarning xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali koʻrib chiqiladi;
davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari obyektlar xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan axborot tizimining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
“topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan topografik rejalardan foydalanilgan ishchi loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
ekspert tashkilotlari ekspert — mutaxassislari belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilsin va ularni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning smeta qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilgan holda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan joriy etiladigan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi asosida aniqlanadi.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
2. Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari moddiy-texnik bazasini korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan mustahkamlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Taʼsischi bilan kelishgan holda Markaz moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilaydi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi va uning hududiy boshqarmalariga shtatlar sonidan kelib chiqqan holda vazirlik va hududiy boshqarmalari balansidagi binolardan ijara toʻlovisiz (nol qiymatda) qoʻshimcha joy ajratilishi taʼminlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik va loyiha hujjatlari smetasida qoʻllaniladigan resurslarning narxlari boʻyicha ekspertiza xulosasi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Agarda, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, muayyan obyektning (hududning) shaharsozlik hujjatlarini tarmoq (sohaviy) ekspertizadan (seysmik, ekologik, sanoat xavfsizligi va b.) oʻtkazish talab etilsa, mazkur jarayonlar shaharsozlik ekspertizasidan oldin amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qurilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarning boshlangʻich qiymati Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy saytiga (stat.uz) joylashtirib boriladigan qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va mexanizmlar xizmati uchun oʻrtacha narxlar hamda oʻrtacha ish haqi koʻrsatkichlaridan foydalangan holda shakllantiriladi;
bunda narxlar yil davomida oʻzgarishi inobatga olinib, muayyan davr uchun oʻrtacha narx narxlar oʻsishi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tizimi joriy etiladi.
5. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etuvchi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga sertifikat berish Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xoʻjalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va baholash boʻyicha ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
2021-yil 1-oktabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishning takomillashgan tizimi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida joriy etilishini taʼminlasin;
2021-yil 1-noyabrga qadar Davlat test markazi bilan birgalikda tasdiqlangan reja-jadval asosida ekspert tashkilotlari ekspert — mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
2021-yil 10-noyabrga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistik hamda idoraviy maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllanadigan ekspert tashkilotlarining elektron reytingini joriy etish nazarda tutilgan hujjat loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjat loyihasida eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga ega boʻlgan ekspert tashkilotlarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida ularga davlat tomonidan qoʻshimcha imkoniyatlar va imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-sentabr,
579-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qaroriga 1-ILOVA
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi) shaharsozlik hujjatlari, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, modernizatsiya qilish, qayta jihozlash boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ekspert — belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan, qurilish sohasida kamida besh yil ish tajribasiga ega (asosan loyiha tashkilotlarida ishlagan) boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassis;
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda — TIA/TIHK) — loyihaning umumiy eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini moliyalashtirishning koʻrib chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beradigan loyihaoldi hujjatlar;
ishchi loyiha (keyingi oʻrinlarda — IL) — eng koʻp qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va ishchi hujjatlar boʻlgan tasdiqlanadigan qism hamda ishchi chizmalar bilan birga tayyorlanadigan texnik loyihadan tashkil topgan loyiha hujjati;
ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar boʻyicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalar bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda ishchi-soat va asosiy qurilish materiallari xarajatlaridagi oʻzgarishlar keltirilishi, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga oʻlcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi lozim. Qoidaga koʻra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda — TITK) — ilgʻor texnologiyalarning joriy etilishi, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida tashabbuskor (buyurtmachi) qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqida tasdiqlangan hujjatlar.
3. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, vakolatli vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, ekspert komissiyalar va guruhlar, shuningdek, akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ekspert tashkilotlari) tomonidan oʻtkaziladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi.
Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasi Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritish jarayonida akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiq ekspertlarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza tashkilotiga buyurtmachi tomonidan yuborish jarayonida loyiha tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatoridan kelib chiqib, mutaxassislarning ish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
4. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shaharsozlik, zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, muhandislik izlanishlar, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
Agarda, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, muayyan obyektning (hududning) shaharsozlik hujjatlarini tarmoq (sohaviy) ekspertizadan (seysmik, ekologik, sanoat xavfsizligi va b.) oʻtkazish talab etilsa, mazkur jarayonlar shaharsozlik ekspertizasidan oldin amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
5. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi, yaʼni zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, yongʻin xavfsizligi nuqtai nazaridan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
51. Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi yangi obyektlarni loyihalashtirishda yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va (yoki) lokal suv tozalash inshootlari oʻrnatilishi koʻzda tutilmagan loyihalarni shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish man etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
6. Barcha qurilish obyektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish majburiydir, qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno.
7. Quyidagi obyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish majburiy emas:
mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
uch yuz kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
joriy taʼmirlanadigan binolar, inshootlar, bundan davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning smeta qismi mustasno.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
8. Ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyatida shaharsozlik faoliyati subyektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.
9. Loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
10. Ekspert tashkilotlari va ekspertlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
11. Shaharsozlik va loyiha hujjatlarining smetasida qoʻllanilgan resurslar narxlari boʻyicha ekspertiza xulosasi:
qurilishi markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning smeta qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilgan holda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan joriy etiladigan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi asosida aniqlanadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
bunda narxlarning yil davomida oʻzgarishini inobatga olib, muayyan davr uchun oʻrtacha narx narxlar oʻsishi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlardan foydalangan holda hisob-kitob qilinadi.
2-bob. Ekspert tashkilotlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
12. Ekspert tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlash;
b) shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish;
v) shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
g) kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, ilgʻor xorijiy davlatlarda oʻqitish va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish;
d) qurilishda nazorat oʻlchovini oʻtkazish.
13. Ekspert tashkilotlari oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlash sohasida:
obyektlar loyihalarining shaharsozlik, zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, muhandislik izlanishlar, yongʻinga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazadi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyihalarining smeta xarajatlarini, jumladan, qurilish materiallari qiymati, qurilishda ishlab chiqarish (ish va xizmatlar) narxlarini, mashina va mexanizmlardan foydalanish hamda avtotransport xizmatlari (normativ koʻrsatkichlari) qiymatini, shuningdek, pudrat korxonalarining boshqa xarajatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
(13-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
shaharsozlik, zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, muhandislik izlanishlar, yongʻinga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha shartnoma asosida ekspertlarni jalb qiladi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
ekspert tashkilotlarining xulosalarini har chorakda va yil yakuni boʻyicha monitoring qilib boradi;
ekspertiza xulosalarini axborot tizimiga yuklab boradi;
b) shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish sohasida:
buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni ularning murojaatlariga muvofiq koʻrib chiqadi;
kelishmovchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar beradi;
loyihalashda qoʻpol kamchilik va xatoliklarga yoʻl qoʻygan loyiha tashkilotlari boʻyicha maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
v) shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
oʻz vakolatlari doirasida shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
oʻz vakolatlari doirasida shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda shaharsozlik, zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, muhandislik izlanishlari, yongʻinga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligini tekshiradi;
(13-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi;
g) kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, ilgʻor xorijiy davlatlarda oʻqitish va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish sohasida:
doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirib boradi;
ekspertlarni xorijiy rivojlangan davlatlarda oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish choralarini koʻradi;
ekspertlarni belgilangan tartibda sertifikatlashni taʼminlaydi;
belgilangan muddatlarda ekspertlarning attestatsiyadan oʻtishini taʼminlaydi;
d) qurilishda nazorat oʻlchovini oʻtkazish sohasida:
qurilish obyekti boʻyicha tayyorlangan shaharsozlikka oid hujjatlar va hisobotlar toʻliq va toʻgʻriligini tekshiradi;
qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan fizik ish hajmlarini loyiha hujjatlari, oferta va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisob-faktura asosida oʻlchovdan oʻtkazadi;
nazorat oʻlchovi natijasiga koʻra pudrat shartnomasi asosida loyiha hujjatlarida, ofertada va hisobotlarda nazarda tutilgan ish turlarining haqiqatda bajarilganligini ish turlari boʻyicha aniqlaydi;
nazorat oʻlchovi natijasiga koʻra qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan ish hajmlarida loyihadan chetga chiqish holatlarini koʻrsatib beradi;
qurilish obyektlarida qurilish materiallarining hajmini, kalkulyatsiyasini, texnik parametrlarini va sifatini buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida oʻzaro rasmiy kelishuv, pudrat shartnomasi, oferta, loyiha hujjatlari va hisobotlar asosida qoʻllanilganligini tekshiradi;
haqiqatda bajarilib, hisobotlarda aks ettirilgan asbob-uskunalar va kommunikatsiya tizimlarining sinovdan oʻtkazilganligini tekshiradi;
nazorat oʻlchovi natijalarining maxfiyligini taʼminlaydi;
hisobotlarda arifmetik xatolarning mavjudligi va boshqa hisob-kitoblarni tekshiradi.
14. Ekspert tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qoʻllash boʻyicha majburiy talablarga rioya etilishini tekshirish;
ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etish;
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho berish.
Ekspert tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Ekspertlar quyidagi huquqlarga ega:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari boʻyicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etish;
buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni soʻrash va olish;
shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida boʻlimlari (qismlari) boʻyicha ekspertizani amalga oshirish, ular boʻyicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzish. Ayrim boʻlimlar (qismlar) boʻyicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi;
buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda, ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilish.
Ekspertlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Ekspertlar majburiyatlari:
shaharsozlik hujjatlarining koʻrib chiqilayotgan loyihalari boʻyicha davlat sirlarining va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etish hamda saqlanishini taʼminlashi;
oʻz kasbiy malakasini oshirib borish;
kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart.
Ekspertlar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
17. Ekspertlarga quyidagilar taqiqlanadi:
mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlish.
3-bob. Shaharsozlik hujjatlarini ekspert tashkilotlariga yuborish hamda koʻrib chiqish tartibi
18. Shaharsozlik hujjatlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ekspert tashkilotlariga yuborish hamda koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish uchun buyurtmachi:
21. Davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari buyurtmachining ixtiyoriy murojaatiga koʻra ekspert tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
22. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xavf-xatar toifalari boʻyicha quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan I toifa obyektlar — loyiha hujjatlari ekspertizasi majburiy emas;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan II toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi ixtiyoriga koʻra mazkur Nizomning 21-bandiga muvofiq ekspert tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqiladi;
davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan I va II toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan murojaat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMga kelib tushadi. Mazkur murojaatlar Markazning hududiy boshqarmalari ish yuklamasini hisobga olgan holda, axborot tizimi orqali tasodifiy tanlash yoʻli bilan avtomatik ravishda yoʻnaltiriladi va hududiy boshqarmalar tomonidan koʻrib chiqiladi;
III toifa obyektlarning loyiha hujjatlari — buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan murojaat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMga kelib tushadi. Mazkur murojaatlar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
5000 va undan koʻp insonlar tashrif buyuradigan obyektlar (jumladan, yirik savdo majmualari) va xavf-xatar omili II — IV toifaga kiruvchi koʻp qavatli uy-joylarning, shuningdek, amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarida zilzilabardoshligi boʻyicha kiritilgan chegaraviy oʻlchamlardan chetga chiqib loyihalangan obyektlarning loyihalari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
IV toifa obyektlar — loyiha hujjatlari faqat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan koʻrib chiqiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
221. Davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyihalarini amalga oshirishda pudrat korxonalarining boshqa xarajatlari, shuningdek, mashina va mexanizmlardan foydalanish hamda avtotransport xizmatlari (normativ koʻrsatkichlari) qiymati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
23. Investitsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlarning loyihaoldi hujjatlari (TIA, TIHK) hamda import kontraktlar boʻyicha loyihalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan alohida tartib asosida ekspertizadan oʻtkaziladi.
24. Buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan tegishli ariza ekspert tashkiloti tomonidan uch ish kuni davomida tekshirib chiqiladi.
Tekshirish natijasida shaharsozlik hujjatlari toʻliq boʻlmagan yoki ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ekspert tashkiloti aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida buyurtmachini besh ish kuni davomida axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida ekspert tashkilotining tegishli soʻrovi olingan kundan boshlab buyurtmachi tomonidan mazkur kamchiliklarni bartaraf etilganligi haqidagi tegishli hujjatlarni axborot tizimi orqali oʻn ish kuni davomida ekspert tashkilotiga taqdim etiladi.
25. Ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ijobiy xulosalar nusxalari axborot tizimidagi “Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” dasturiga elektron tarzda yuklanishi shart.
Alohida va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning loyiha hujjatlari bundan mustasno.
26. Tegishli hujjatlarga muvofiq qurilish-montaj ishlarini shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi bilan bir vaqtning oʻzida bajarilishi nazarda tutilgan obyektlar yoki texnik vositalarni oʻrnatish uchun telekommunikatsiya operator va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlari boʻyicha ekspertiza xulosasi ekspertizadan oʻtkazish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich belgilangan tartibda va hajmda axborot tizimi orqali beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
27. Ekspert tashkilotlari shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etgan mustaqil ekspert (ekspert guruh)larning ekspertiza (sohaviy) xulosalarini hisobga olgan holda, shaharsozlik hujjatlari boʻyicha yigʻma ekspertiza xulosasini tayyorlaydi.
28. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan yigʻma ekspertiza xulosasi ekspert tomonidan imzolanadi va ekspert tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda berilgan ekspertiza xulosasi buyurtmachiga yuboriladi.
29. Ekspert tashkilotiga taqdim etilgan shaharsozlik hujjatlarining sifati, dastlabki maʼlumotlarning haqqoniyligi va qabul qilingan loyiha yechimlariga buyurtmachi hamda loyiha tashkiloti javobgardir.
4-bob. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertiza qiymati
30. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish buyurtmachi va ekspert tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza” qilish respublika markazi DM va uning hududiy boshqarmalari bilan tuziladigan shartnomalar (oferta)ga muvofiq buyurtmachi tomonidan 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizasining xulosasi taqdim etiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslarning shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalardagi boʻnak (avans) qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
31. Obyektlarning mahalliy ishlab chiqarilgan uskunalar boʻyicha narxi xulosada aks ettiriladi.
32. Loyiha hujjatlari bilan qurilish ishlari bir vaqtning oʻzida amalga oshirilgan obyektlarning narxlari hududda shakllangan narxlardan kelib chiqib, buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida kelishilgan narxlar bayoniga asoslangan holda koʻrib chiqiladi.
33. Ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun xizmatlar haqi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
5-bob. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish muddatlari
I toifa obyektlarning shaharsozlik hujjatlari hamda telekommunikatsiya operator va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlarida texnik vositalarni oʻrnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda;
II, III va IV toifalardagi obyektlar shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi oʻttiz kun muddatda koʻrib chiqiladi.
(34-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
35. Shaharsozlik hujjatlarining yirik va murakkabligidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga muvofiq ekspertizani oʻtkazish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
36. Shaharsozlik hujjatlari boʻyicha ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspertiza xulosasining amal qilish muddati 2 yil.
6-bob. Ekspertiza xulosasi
37. Ekspertiza xulosasida quyidagilar aks ettirilishi shart:
qurilishni amalga oshirishning shart-sharoitlari va asosiy loyiha yechimlari hamda qurilish obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkich manbalari boʻyicha maʼlumotlarning qisqacha tavsifi;
ekspertiza oʻtkazish jarayonida qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha shaharsozlik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida aniq izoh va takliflar;
keyingi loyihalashtirish jarayonida alohida loyiha yechimlarini qoʻshimcha ravishda batafsil takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar;
obyekt loyihasining shaharsozlik normalari va qoidalariga loyiqligi boʻyicha tavsifi;
shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash uchun berilgan tavsiyalar (loyiha yechimlari va asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishiga olib keladigan jiddiy eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda) yoki rad etish (qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish) sabablari koʻrsatilgan xulosa.
38. Ekspertizani oʻtkazish natijalari yigʻma ekspertiza xulosasi hisoblanib, unda quyidagilar aks ettiriladi:
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda kelgusida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etilishi haqidagi talablar;
qurilish obyektlarining cheklangan qiymati, qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar qiymati bundan mustasno;
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan talablarga nomuvofiqligi, rad etish yoki qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish toʻgʻrisidagi talablar.
39. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa quyidagilar uchun asos boʻladi:
shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
keyingi loyihalashtirish bosqichini ishlab chiqish;
obyektni qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish;
tender (tanlov) hujjatlarini tayyorlash;
moliyalashtirishni amalga oshirish.
40. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosasining namunaviy shakli ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
41. Xulosa ikki nusxada tayyorlanadi, bir nusxasi buyurtmachida, ikkinchi nusxasi ekspertiza tashkilotida saqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Loyiha yechimlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan, qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasi oʻzgarganda (bino inshootning zilzilabardoshligiga hamda yongʻin xavfsizligiga taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar mavjud boʻlganda), shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan oʻzgartirishlar qismida qayta ekspertizadan oʻtkaziladi.
43. Ekspert tashkilotlarining bergan xulosalari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
44. Muayyan ekspert tashkiloti tomonidan berilgan xulosalarda koʻrsatilgan maʼlumotlar va koʻrsatkichlar boʻyicha mutasaddilar tomonidan bir yil davomida kamida uch marta xatoliklar yoki ekspertiza sifatsiz oʻtkazilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, ekspert tashkilotining ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjati (guvohnomasi) vakolatli organ tomonidan bekor qilinadi hamda uch yil mobaynida mazkur faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etiladi.
Ekspertiza tashkilotlari tomonidan berilgan xulosalar oʻrtasida tafovutlar boʻlganda yoki ekspertiza xulosasi belgilangan talablarga mos kelmaganda axborot tizimi orqali aniqlash yoʻli bilan yoki murojaatga asosan “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” respublika markazi davlat muassasasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ekspertiza sifatsiz oʻtkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2293-moddasi.
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Shaharsozlik hujjatlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ekspert tashkilotlariga yuborish hamda koʻrib chiqish
Shaharsozlik hujjatlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali belgilangan tartibda ekspert tashkilotiga yuborish.
Belgilangan tartibda
2-bosqich
Moderator
Shaharsozlik hujjatlarining toʻliqligini hamda ishchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan topografik reja “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilganligini tekshirib chiqib:
1. Hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda:
I-II toifali obyektlar LSʼHlari koʻrib chiqish uchun hududiy filiallarga yuboriladi.
III-IV toifali obyektlar LSʼHlari koʻrib chiqish va ijrochiga yoʻnaltirish uchun bosh direktorga yuboriladi.
2. Tekshirib chiqish natijasida shaharsozlik hujjatlari toʻliq boʻlmagan, ishchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan topografik reja “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan yoki ilova etilgan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, asosli izoh bilan buyurtmachiga qaytarish.
1 kun muddatda
3-bosqich
Ekspert tashkiloti rahbari
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha elektron shaklda tushgan murojaatni koʻrib chiqish uchun bosh ekspertga yuborish.
1 kun muddatda
4-bosqich
Bosh ekspert
LSʼHlarini shaharsozlik normalariga rioya etilganligini oʻrganib chiqib:
1. Hujjatlar shaharsozlik normalariga mos boʻlgan taqdirda, ekspertizadan oʻtkazish uchun ommaviy ofertani tasdiqlash uchun yuboradi.
2. Oʻrganib chiqish natijasida shaharsozlik hujjatlari toʻliq boʻlmagan yoki ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmachiga qaytarish.
2 kun muddatda
5-bosqich
Buyurtmachi
Shaharsozlik hujjatlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida ekspert tashkilotining tegishli soʻrovi olingan kundan boshlab mazkur kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi tegishli hujjatlarni ekspert tashkilotiga yuborish.
10 kun muddatda
6-bosqich
Buyurtmachi
Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi uchun ommaviy oferta boʻyicha hisoblangan toʻlovni ekspert tashkilotining hisobraqamiga oʻtkazish.
3 kun muddatda
7-bosqich
Axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda
Buyurtmachi tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini bosh ekspertga yuborish.
Toʻlov amalga oshirilgan kunda
8-bosqich
Bosh ekspert
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun murojaatni bajarish muddatini belgilagan holda tegishli ekspertlarga yuborish.
1 kun muddatda
9-bosqich
Ekspertlar
1. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan kamchilik yoki berilgan tavsiyalarni bosh ekspertga yuborish.
2. Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, yigʻma ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun bosh ekspertga xabar yuborish.
12 kun muddatda
10-bosqich
Bosh ekspert
1. Ekspertlar tomonidan loyiha yuzasidan aniqlangan kamchilik yoki berilgan tavsiyalar asosida buyurtmachiga qayta ishlash uchun yuborish.
1 kun muddatda
2. Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, yigʻma ekspertiza xulosasini shakllantirib tasdiqlash uchun ekspert tashkiloti rahbariga yuborish.
5 kun muddatda
11-bosqich
Buyurtmachi
1. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan kamchilik yoki berilgan tavsiyalarni qayta ishlab, tahrirlangan loyiha-smeta hujjatlarini bosh ekspertga yuborish.
5 kun muddatda
12-bosqich
Bosh ekspert
1. Buyurtmachi tomonidan tahrirlangan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertlarga qayta koʻrib chiqish uchun yuborish.
1 kun muddatda
13-bosqich
Ekspertlar
1. Buyurtmachi tomonidan tahrirlangan loyiha-smeta hujjatlarini qayta koʻrib chiqish kamchilik yoki berilgan tavsiyalarni bosh ekspertga yuborish.
2. Tahrirlangan loyiha-smeta hujjatlari ijobiy boʻlgan taqdirda, yigʻma ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun bosh ekspertga xabar yuborish.
3 kun muddatda
14-bosqich
Bosh ekspert
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, yigʻma ekspertiza xulosasini tayyorlab, tasdiqlash uchun ekspertiza tashkiloti rahbariga yuborish.
3 kun muddatda
15-bosqich
Ekspertiza tashkiloti rahbari
1. Yigʻma ekspertiza xulosasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash va buyurtmachiga yuborish.
1 kun muddatda
2. Yigʻma ekspertiza xulosasini axborot tizimidagi Yagona elektron reyestrga joylashtirish.
Avtomatik ravishda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yangi qurilish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish uchun arizaning
_____________________________ga ekspert tashkilotining nomi
__________________________dan buyurtmachining nomi (loyihachi)
yuridik manzili, IFUT, MFO, hisobraqami
Ariza
1. Obyektni yangi qurish uchun asos boʻlgan normativ hujjat:
_______________________________________________________________ (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlar)
2.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari yoki Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi:
4. Muhandislik tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari, muhandislik tarmoqlarini nazorat qiluvchi va ulardan foydalanuvchi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan materiallar:
8. Obyekt joylashgan hududdagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari yoki Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilingan Kengash xulosasi:
Izoh: 1 — 9 bandlarga muvofiq talablar majburiy, 10 — 13 bandlarga muvofiq hujjatlar buyurtmachi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, ekspert tashkilotining soʻroviga asosan taqdim etilishi shart.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Obyektlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish uchun arizaning
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlar)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari yoki Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi:
4. Muhandislik tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari, muhandislik tarmoqlarini nazorat qiluvchi va ulardan foydalanuvchi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan materiallar:
10. Obyekt joylashgan hududdagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari yoki Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan qabul qilingan Kengash xulosasi:
Izoh: 1 — 7 bandlarga muvofiq talablar majburiy, 8 — 14 bandlarga muvofiq hujjatlar buyurtmachi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, ekspert tashkilotining soʻroviga asosan taqdim etilishi shart.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Obyektlarni mukammal taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish uchun arizaning
7. Obyekt joylashgan hududdagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi yoki Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan qabul qilingan Kengash xulosasi:
(ekspert tashkilotining soʻroviga koʻra, tegishli hollarda)
Izoh: 1 — 7 bandlarga muvofiq talablar majburiy, 8-bandga muvofiq hujjatlar buyurtmachi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, ekspert tashkilotining soʻroviga asosan taqdim etilishi shart.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Obyektlarni joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan oʻtkazish uchun arizaning
NAMUNAVIY SHAKLI
Tashkilot blankasida
_________________________ga ekspert tashkilotining nomi
________________________dan
buyurtmachining nomi (loyihachi)
yuridik manzili, IFUT, MFO, hisobraqami
Ariza
1. Obyektni mukammal taʼmirlash uchun asos boʻlgan normativ hujjat:
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM va hududiy boshqarmalari, akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini
Yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlari loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasi*
smeta qiymatidan
%
0,1
2.
Yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini qayta koʻrish ekspertizasi*
smeta qiymatidan
%
0,05
3.
Barcha obyektlar smeta qiymatlarining ekspertizasi**
smeta qiymatidan
%
0,05
4.
Barcha obyektlarning qayta hisoblagandagi smeta qiymatlarining ekspertizasi**
smeta qiymatidan
%
0,02
5.
Obyektlar loyihalarining zilzilabardoshlik va yongʻin xavfsizligi boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalari***
ish hajmi (m2) dan BHM 2 %
ish hajmi (m3) dan BHM 1,5 %
ish hajmi (pm) dan BHM 1 %
51.
Foydali qazilma konlarini aniqlash, modernizatsiya qilish va kengaytirish yuzasidan istiqbolli loyihalar ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazilib, ilmiy xulosa olingandan soʻng bino va inshootlar qurilishi boʻyicha ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi
shartnoma qiymati qurilishning boshlangʻich qiymatidan QQSni inobatga olmagan holda 0,01 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorida
6.
Mutaxassislarning huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar tomonidan ekspert sifatida jalb qilinishi
har bir kuniga BHMning 5 baravari
7.
a) shahar bosh rejalari shuningdek, alohida hududlarning qurish loyihalari,
BHMning 100 baravari
b) shaharchalarning bosh rejalari,
BHMning 70 baravari
v) qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari (bosh rejalari), shuningdek, alohida hududlarning master-rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari
BHMning 50 baravari
8.
a) buyurtmachi va pudratchini boshqa xarajatlariga hisoblangan narxlar ekspertizasi
— BHMning 30 baravari (ikki va undan koʻp faoliyat turlari bilan shugʻullanganda 50 baravari);
b) xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash kalkulyatsiyasi ekspertizasi
— BHMning 5 baravari;
v) qurilish mashinalari va mexanizmlarning ekspluatatsiya qilinadigan joriy narxlarini aniqlash ekspertizasi
— BHMning 3 baravari.
g) qurilishda yuk tashish joriy narxlarini aniqlash ekspertizasi
— BHMning 2 baravari.
9.
Aholi punktlari boʻyicha ishlab chiqilgan bosh rejalar, shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalari, master-rejalar (shuningdek, uning tarkibidagi ishlarni bajarish) uchun ishlab chiqilgan smeta narxlarini aniqlash ekspertizasi (mazkur narxlar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan maxsus uslubiy qoʻllanma asosida aniqlangan taqdirda, ekspertiza talab etilmaydi)
— BHMning 3 baravari
Izoh:
Pudratchining boshqa xarajatlari, mashina-mexanizm xarajatlari va boshqa ishlar kalkulyatsiyasini ekspertizadan oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi va xizmat haqi bazaviy hisoblash qiymatining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.
* Loyiha-smeta hujjatlarini toʻliq ekspertizadan oʻtkazish xizmati bazaviy hisoblash qiymatining 3 baravaridan kam boʻlmagan holda belgilanadi.
** Obyektlar smeta qiymatining ekspertizasi uchun olinadigan eng kam miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravariga teng boʻladi.
*** Obyektlar shartnoma qiymatlari hisoblanganda, qurilish hajmi bilan birgalikda yertoʻla, qavatlar va qoʻshimcha bino, inshootlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hajmlari ham hisobga olinadi. Obyektlar loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalarini qayta koʻrib chiqish uchun dastlabki shartnoma qiymatining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Buyurtmachi yoki loyihachi tashkilotning xatosi bilan obyektlarning smeta qiymati 20 foiz va undan oshib ketgan taqdirda oshgan qismiga oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha shartnoma qilinadi.
Ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilib, qayta ishlangan loyiha hujjatlari 30 ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etilsa, toʻlov undirilmaydi. Kechiktirib kiritilganda dastlabki tuzilgan shartnoma narxining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan, qurilish maydoni va hududi xususiyatlari hisobga olingan namunaviy loyiha hujjatlarini bogʻlashda hamda bir vaqtda bir xil tipdagi loyihalar kompleksi kiritilganda, bitta obyektga toʻliq hisoblanib, qolgan qismlarini hisoblashda 0,5 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Kiritilgan loyihalardagi jihozlar ulushiga qarab, loyiha qiymatidan interpolyatsiya usulida 20 — 80 foizgacha pasaytirilgan narxlarda xizmat haqi hisoblanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertiza xulosasi
NAMUNASI
Tashkilot blankasida
ERI (rahbar)
YIGʻMA EKSPERTIZA XULOSASI №_____
ishchi loyiha boʻyicha obyektni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash
“_________________________________________” (loyihalash topshirigʻi boʻyicha qurilish obyektining nomi)
Buyurtmachi: ____________________________________ Bosh loyihachi: _________________________________ Litsenziya __-son, “__” ___________________________ (qachon, kim tomonidan berilgan) Moliyalashtirish manbai: _______________________ Bosh pudratchi: _________________________________ (agar qaror qabul qiluvchi organ tomonidan belgilangan boʻlsa) Qurilish turi: ___________________________________ (yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va boshqalar)
I. Loyihalash uchun asos.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqalar.
2. Tasdiqlangan loyihalash topshirigʻi (belgilangan tartibda tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishilgan holda, qachon va kim tomonida?).
3. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, qachon va kim tomonidan berilgan.
4. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari va muhandislik tarmoqlarini nazorat qiluvchi manfaatdor tashkilotlar bilan tasdiqlash uchun materiallar.
5. Qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari natijalari boʻyicha xulosalar.
6. Obyekt loyihasining energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha xulosa.
7. Rekonstruksiya yoki taʼmirlashni talab qiladigan bino va inshootlar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi boʻyicha xulosa.
8. Loyiha va tadqiqot ishlari uchun shartnoma 20 ___ y. “__”______.
9. Belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan 20 ___ y. “__”______ da tasdiqlangan obyektning nuqson dalolatnomasi.
II. Ekspertiza uchun taqdim etilgan materiallar.
Loyihani ishlab chiqish bosqichida “Ishchi loyiha yoki hujjatlar”ning tarkibi.
III. Loyiha yechimlarining qisqacha mazmuni(mazmuni qisqa va tushunarli boʻlishi talab etiladi).
1. Qurilish maydonining shartlari (geologiya, mustahkamligi, xavfsizligi, zilzilaga bardoshligi, yongʻin xavfsizligi va boshqalar).
2. Obyektning bosh rejasi (asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichi (TIK), chegaradoshligi).
3. Qurilish maydonining joylashgan manzili.
4. Asosiy loyiha yechimlari (mustahkamligi, xavfsizligi (zilzilabardoshligi va yongʻin xavfsizligi) hamda texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida — loyiha tarkibi parametrlari va koʻrsatkichlar (m2, m3)).
IV. Loyihalashtirilayotgan obyektning muhandislik taʼminoti:
Ichimlik suv, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, signalizatsiya va boshqalar (loyihalashda texnik shartlarga rioya etilganligi va boshqa yechimlar).
V. Loyihaning kelishilganligi toʻgʻrisida hujjatlar.
1. Buyurtmachining xulosasi (talab va takliflar bor yoki yoʻqligi).
2. Davlat ekologiya ekspertizasining xulosasi.
3. Mahalliy arxitektura organi va boshqa manfaatdor idoralar.
VI. Ekspertiza natijalari.
1. Ekspertiza jarayonida mutaxassislarning izohlariga muvofiq loyiha hujjatlariga quyidagi asosiy tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
2. Ekspertiza natijalariga koʻra qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) va buyurtmachining boshqa xarajatlari bilan ____ ming soʻm miqdorida taqdim etilgan loyiha qiymati ____ ming soʻmga kamaytirilib, ____ ming soʻm qilib belgilandi. Xususan:
Qurilish-montaj ishlari:____ ming soʻm.
Asbob-uskunalar: ____ ming soʻm.
QQS:____ ming soʻm.
Buyurtmachining boshqa xarajatlari:____ ming soʻm.
3. Yakuniy xarajat buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilish tugagandan soʻng nazorat oʻlchovi natijalari asosida aniqlanadi.
ERI (xodim)
4. Buyurtmachi loyiha hujjatlarini tasdiqlashdan oldin belgilangan tartibda barcha manfaatdor vakolatli organlar bilan kelishishi lozim.
5. Ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan loyiha hujjatlarining toʻliqligi, maʼlumotlarning ishonchliligi yuzasidan buyurtmachi va qabul qilingan loyiha yechimlari yuzasidan ishlab chiquvchi javobgar hisoblanadi.
VII. Xulosalar.
Ekspertiza natijalarini hisobga olgan holda, “_________________________________________” (loyihalash topshirigʻi boʻyicha qurilinish obyektining nomi)
ishchi loyiha kelgusida koʻrib chiqish va tasdiqlashga tavsiya etiladi.
Ijrochi mutaxassis
ERI
(xodim)
F.I.O.
_________________
F.I.O.
Ishtirokchi ekspertlar:
_________________ F.I.O.
Izoh:
Mazkur xulosa namunaviy xususiyatga ega boʻlib, ayrim shaharsozlik hujjatlari yuzasidan ushbu xulosada qayd etilmagan talablar mavjud boʻlganda, koʻrib chiqilgan loyiha hujjatlari ushbu namunaviy xulosa talablaridan chetga chiqmasdan, qoʻshimcha talablar boʻyicha xulosa berilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarorining 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 23-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son farmoni) 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 122-bandi.