1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini taʼminlash, respublikadagi mavjud hamda yangi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, platformani doimiy yangilab borish va uni yuritish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar 2021-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga kiritilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga 2021-yil 1-iyuldan boshlab yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga doimiy kiritib borilishini taʼminlash vazifasi yuklansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi yangi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni hamda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini shakllantirishga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi boʻyicha turlarga ajratish hamda texnik holatini baholashga, shuningdek, platformani yuritishga;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik taʼsirlarga nisbatan zaifligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monitoringini yuritishga masʼul etib belgilansin.
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va platformaga kiritilishini taʼminlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini shakllantirish va platformaga kiritish hamda zaruratga qarab elektron texnik pasportini muntazam yangilab borish;
Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan hamkorlikda har yili 15-yanvarga qadar — platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar seysmik zaifligi boʻyicha turlarga ajratish va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga maʼlumot taqdim etish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan maʼlumot kelib tushgandan boshlab oʻn besh kun muddatda — bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida barcha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga oʻzlariga qarashli bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantirish xatini yuborish;
buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlarini obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida koʻzda tutish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan olti oy muddatda — seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni shartnoma asosida instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek, bino va inshootni mustahkamlash choralarini koʻrish;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan oʻn besh kun muddatda — seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini qaytadan shakllantirish va elektron platformaga joylashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasmiy xabardor etish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldoshev hamda Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-iyun,
405-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qaroriga ILOVA
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni (keyingi oʻrinlarda — elektron texnik pasportlar) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Elektron texnik pasportlarning yagona integratsiyalashgan platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlari kiritiladi va muntazam yangilab boriladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vizual tekshiruv — tayanch konstruksiyalardagi, qoplamalar va devorlardagi yoriqlar hamda shikastlanishlarni aniqlash uchun binolar va inshootlarning texnik holatini koʻzdan kechirish;
instrumental-texnik tekshiruv — maxsus kuzatuv, oʻlchov va nazorat vositalaridan foydalangan holda binolar hamda inshootlarning texnik holatini tekshirish;
seysmik zaiflik — binolar va inshootlarning konstruksiyalarida zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar hamda yemirilishlarning koʻrsatkichlari;
seysmik mustahkamlik (zilzilabardoshlik) — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
seysmik faol hudud — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori boʻlgan hudud;
elektron texnik pasport — bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holati toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar jamlangan elektron hujjat.
3. Elektron texnik pasportlarni shakllantirish bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli ravishda toʻplab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.
Shakllantirilgan elektron texnik pasportlardan seysmik xavf prognozi mavjud boʻlgan hollarda bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligini oʻrganish, sodir boʻlishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik koʻrish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi.
4. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasporti hamda ularning seysmik mustahkamligi boʻyicha xulosalar, ularni vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish davomida ishlab chiqiladi.
5. Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar, elektron texnik pasportlashtirishning obyektlari hisoblanadi.
2-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishning maqsadi va vazifalari
6. Seysmik xavf prognozi mavjud boʻlgan hollarda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oʻrganish hamda sodir boʻlishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik koʻrish va uning oqibatlarini bartaraf etish, bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holatini yaxshilash boʻyicha zarur choralarni belgilash elektron texnik pasportlarni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar elektron texnik pasportlarni shakllantirishning vazifalari hisoblanadi:
respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarda doimiy vizual va instrumental-texnik tekshiruv ishlarini tashkil etish;
bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, jumladan, seysmik hududlarda bino va inshootlarni qurish va undan foydalanish, shuningdek, zilziladan soʻng bino va inshootlarda yuzaga keladigan zararlanishlar monitoringini olib borish;
seysmik zaif bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash, ularning seysmik mustahkamligini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zilzila oqibatida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarga yetkaziladigan zararlarning oldini olish, ulardagi uskunalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi ehtimoliy buzilishlar darajasini aniqlash.
3-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishda oʻtkaziladigan tekshiruvlar
8. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishda vizual va instrumental-texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi.
9. Vizual tekshiruv bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning texnik holatini, yuk koʻtaruvchi konstruksiyasi, qoplama va devorlaridagi yoriqlar hamda zararlanishlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Respublikaning barcha hududlarda joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar har besh yilda seysmik mustahkamlik boʻyicha vizual tekshiruvdan oʻtkazilishi shart. Zarurat tugʻilganda bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar navbatdan tashqari vizual tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin.
10. Vizual tekshiruv quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarni toʻliq vizual koʻrikdan oʻtkazish;
poydevorni, poydevorning tashqi qismi, yertoʻla xonalarini tekshirish;
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning konstruksiyasi, materiallar va yigʻma panellarni, orayopma va choklarni, cherdak xonalarini tekshirish;
ichki kommunal-muhandislik tarmoqlarini va qurilmalarni tekshirish;
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning qurilgan sanasi va undan foydalanish davrida sodir boʻlgan oʻzgarishlar hamda zararlanishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni yigʻish;
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish talab etiladi, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish zarurligi va bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning hajmi toʻgʻrisida xulosa chiqarish hamda konstruksiyalarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish dasturini tuzish.
11. Vizual tekshiruv natijalari bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi toʻgʻrisidagi dastlabki xulosani berishga asos boʻladi.
12. Vizual tekshirish jarayonida yirik nuqsonlar mavjudligi aniqlangan barcha konstruksiyalar instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi.
13. Instrumental-texnik tekshiruv asosiy konstruksiyalardagi egilishlar va deformatsiyalar, yoriqlarning ochilgan sathi oʻlchamlarini oʻlchash, tayanch tuzilmalar materialining haqiqiy fizik-mexanik tavsifini aniqlash hamda bino va inshootlarning, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisida toʻliq xulosaga kelish maqsadida amalga oshiriladi.
Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar har oʻn yilda seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi. Zarurat tugʻilganda bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylar navbatdan tashqari instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin.
14. Instrumental-texnik tekshiruv quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshiruvdan oʻtkazish;
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit oʻlchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash;
poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlash;
bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash;
oʻlchov ishlarini olib borish;
olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan oʻtkazish;
toʻplangan maʼlumotlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligini modelli tadqiq etish;
instrumental-texnik tekshiruvlar, oʻlchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
Buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlari obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida koʻzda tutiladi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan va foydalanishga qabul qilinganligi 10 yildan oshgan III-IV toifadagi bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlari obyektning texnik holatiga qarab, ekspluatatsiya qilish xarajatlarida koʻzda tutilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
15. Instrumental-texnik tekshiruv natijasida olingan maʼlumotlar va laboratoriya tahlillari bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi toʻgʻrisida toʻliq xulosa chiqarishga asos boʻladi.
4-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirish va uni yuritish tartibi
16. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va uni yuritish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning vizual tekshiruv asosida tuzilgan elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
18. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning instrumental-texnik tekshiruv asosida tuzilgan elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
19. Suv omborlari va sel suv omborlari hamda seysmik xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
20. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va zaruratga qarab instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar shakllantirilgan va platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
Bunda, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etib boradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi respublikadagi mavjud koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va zaruratga qarab instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik taʼsirlarga nisbatan zaifligi toʻgʻrisida doimiy monitoring yuritadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
24. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda har yili 15-yanvarga qadar platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi boʻyicha turlarga ajratib chiqadi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻn besh kun muddatda bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularga qarashli bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuboradi.
26. Bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylari seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantirish xatini olgan barcha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar olti oy davomida seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarini instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari, maxsus litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga murojaat qiladi va shartnoma asosida tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek, bino va inshootning seysmik holatini mustahkamlash choralarini koʻradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
27. Bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylari seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar elektron texnik pasportlarni instrumental-texnik tekshiruv asosida qaytadan shakllantiradi va elektron platformaga joylaydi hamda oʻn besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasmiy xabardor qiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasporti foydalanishning toʻliq davri davomida (buzib tashlanguniga qadar) saqlanadi.
29. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning konstruktiv va muhandislik taʼminotiga oid oʻzgartirishlar elektron texnik pasportga faqat navbatdagi instrumental-texnik tekshiruvdan soʻng kiritiladi.
30. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Davlat sirlariga oid maʼlumotlarni umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
31. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari elektron texnik pasport maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun masʼuldirlar.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va uni yuritish
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar
Oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
2022-yil 1-aprelga qadar
Respublikadagi mavjud koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
2022-yil 1-aprelga qadar
Elektron texnik pasportni instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi.
Zaruratga qarab
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini taʼminlaydi.
Doimiy
2-bosqich
Fanlar akademiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda
Platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi boʻyicha turlarga ajratib chiqadi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga maʼlumot taqdim etadi.
Har yili 15-yanvarga qadar
3-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularga qarashli bino va inshootlar instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuboradi.
Maʼlumot kelib tushgandan boshlab 15 kun muddatda
4-bosqich
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar
Seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni shartnoma asosida instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazadi.
3 oy muddatda
Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgan bino va inshootni mustahkamlash choralarini koʻradi.
3 oy muddatda
5-bosqich
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar
Seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgan bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida qaytadan shakllantiradi va elektron platformaga joylaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasman xabardor qiladi.
15 kun muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning vizual tekshiruv asosida tuzilgan
Obyektning elektron texnik pasporti toʻldirilgan sana
2.
Obyekt nomi
3.
Obyektning qurilgan yili
4.
Obyektning elektron texnik pasportini shakllantirgan tashkilot (yuqori turuvchi tashkilot nomi)
5.
Kadastr raqami
6.
Obyekt joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, koʻcha, uy)
7.
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, elektron pochta, veb-sayt va boshqalar)
8.
Obyektning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmogʻidan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)
9.
Obyektning tarixiy-madaniy ahamiyatiga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar
10.
Bino va inshootlari soni
II. Bino va/yoki inshootning texnik koʻrsatkichlari*
11.
Kadastr raqami
12.
Bino va/yoki inshootning nomi
13.
Bino va/yoki inshoot joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, koʻcha, uy)
14.
Bino va/yoki inshootning qurilgan yili
15.
Qurilish maydonining seysmikligi (kadastr hujjatidan yoki seysmik hududlashtirish xaritasidan olinadi, 6, 7, 8, 9, 9*)
16.
Bino va/yoki inshootning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmogʻidan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)
17.
Bino va/yoki inshootning konstruktiv yechimi (gʻishtli, temir-beton karkasli, quyma temir-beton, yirik panelli, karkassiz (devorli), hajmiy-blokli, kombinatsiyalashgan)
18.
Rejadagi shakli (toʻgʻri burchakli, T shaklda, L shaklda, N shaklda, kombinatsiyalashgan shaklda)
19.
Qavatlar soni, kvartiralar yoki xonalar soni, kvartira yoki xonalarning maydoni
20.
Bino va/yoki inshootning gabarit oʻlchamlari
21.
Qavatlar balandligi (poldan orayopmagacha, metrda)
22.
Rekonstruksiya qilingan yili
23.
Rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi (konstruksiyalari mustahkam, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilgan, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilmagan)
24.
Bino va/yoki inshootning pasport toʻldirilayotgan kundagi holati (meʼyorda, qoniqarli, instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish talab etiladi, mustahkamlash talab etiladi, qoniqarsiz, avariya holatiga moyil, avariya holatida)
25.
Bino va/yoki inshootning antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligi (ajratilgan, ajratilmagan)
26.
Bino va/yoki inshootning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining holati (shikastlanishlar mavjud emas, sezilarsiz shikastlanishlar mavjud, sezilarli yoriqlar mavjud (oz miqdorda), sezilarli yoriqlar mavjud (koʻp miqdorda))
27.
Bino va/yoki inshootning zilzilalar taʼsirida holati oʻzgarganligi (oʻzgarmagan, oʻzgargan, choʻkishlar mavjud)
28.
Bino va/yoki inshootning loyiha va kadastr hujjatlari (ilova qilinadi)
29.
Bino va/yoki inshootning umumiy holati boʻyicha rasmlar (koʻrinishi, shikastlanishlar mavjud boʻlgan joylar, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalaridagi mavjud shikastlanishlar ilova qilinadi)
30.
Bino va/yoki inshootda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlsa, maʼlumot ilova qilinadi)
31.
Yakuniy xulosa (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish talab etiladi, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida)
* Shu joydan boshlab obyektning har bir binosi uchun maʼlumotlar alohida toʻldiriladi.
Izoh.
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning instrumental-texnik tekshiruv asosida tuzilgan
Obyektning elektron texnik pasporti toʻldirilgan sana
2.
Obyekt nomi
3.
Obyektning qurilgan yili
4.
Obyektning elektron texnik pasportini shakllantirgan tashkilot (yuqori turuvchi tashkilot nomi)
5.
Kadastr raqami
6.
Obyekt joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, koʻcha, uy)
7.
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, elektron pochta, veb-sayt va boshqalar)
8.
Obyektning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmogʻidan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)
9.
Obyektning tarixiy-madaniy ahamiyatiga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar
10.
Bino va inshootlari soni
II. Bino va/yoki inshootning texnik koʻrsatkichlari
11.
Kadastr raqami
12.
Bino va/yoki inshootning nomi
13.
Bino va/yoki inshoot joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, koʻcha, uy)
14.
Bino va/yoki inshootning qurilgan yili
15.
Qurilish maydonining seysmikligi (kadastr hujjatidan yoki seysmik hududlashtirish xaritasidan olinadi, 6, 7, 8, 9, 9*)
16.
Bino va/yoki inshootning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmogʻidan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)
17.
Bino va/yoki inshootning konstruktiv yechimi (gʻishtli, temir-beton karkasli, quyma temir-beton, yirik panelli, karkassiz (devorli), hajmiy-blokli, kombinatsiyalashgan)
18.
Rejadagi shakli (toʻgʻri burchakli, T shaklda, L shaklda, N shaklda, kombinatsiyalashgan shaklda)
19.
Qavatlar soni, kvartiralar yoki xonalar soni, kvartira yoki xonalarning maydoni
20.
Bino va/yoki inshootning gabarit oʻlchamlari
21.
Qavatlar balandligi (poldan orayopmagacha, metrda)
22.
Mansard qismi (cherdak) balandligi
23.
Texnik qavat balandligi
24.
Yertoʻlaning mavjudligi, uning oʻlchamlari
25.
Bino va/yoki inshootning antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligi (ajratilgan, ajratilmagan)
26.
Balans qiymati (mavjud boʻlsa)
27.
Poydevor turi:
tasmasimon;
ustunsimon;
plitasimon;
yaxlit;
qoziqsimon.
28.
Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari:
gʻishtli;
yaxlit;
temir-beton karkasli;
yirik panelli;
kombinatsiyalashgan.
29.
Orayopmalar:
temir-beton plitalar;
yogʻoch toʻsinlar;
boshqa.
30.
Tom qismi:
yumshoq tom yopmasi;
cherdakli tom;
boshqa.
31.
Antiseysmik tadbirlar (AST):
antiseysmik choklar bilan ajratilgan boʻlinmalar soni,
antiseysmik choklar bilan ajratilgan boʻlinmalarning oʻlchamlari;
koʻndalang devorlar (kolonnalar) qadami;
boʻylama devor (kolonnalar) soni;
boʻylama devor (kolonnalar) oraligʻi;
seysmik kamarlarning mavjudligi (mavjud, mavjud emas);
bogʻlovchi kamarlarning mavjudligi (mavjud, mavjud emas);
gʻisht yoki toshdan terilgan devorlar toifasini aniqlash;
binoning mustahkamlik zaxirasini aniqlash.
33.
Loyiha:
individual;
namunaviy loyiha raqami.
34.
Loyiha tashkilotining nomi (mavjud boʻlsa)
35.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan tashkilot nomi (mavjud boʻlsa)
36.
Loyiha-smeta va texnik hujjatlarning mavjudligi (ilova qilinadi):
ishchi loyihalar: rejalar, qirqimlar, devorlarning kuchaytirilishi, oraliqlarning tashkil qilinishi, karkasning asosiy tugunlari, seysmik kamarlar, poydevorlar va boshqalar;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar, hisob sxemalar, seysmik taʼsirlar davri, mustahkamlik va dinamik koʻrsatkichlari;
seysmik xossalari boʻyicha zamin gruntining toifasi, oʻta choʻkuvchanlik turi, namligi, gruntlarning yuk koʻtarish qobiliyati, ichki ishqalanish burchagi, yer osti suvlarining sathi;
yopilgan (yashirin) ishlar dalolatnomalari;
beton, gʻisht, qorishma va boshqa materiallarning nazorat namunalarini sinovdan oʻtkazish bayonnomalari;
mualliflik texnik nazorati jurnallarining mavjudligi;
hisoblangan seysmikligi;
maydonning seysmikligi;
sizot suvlar sathi va mavsumiy tebranishlar amplitudasi;
poydevorlarga nisbatan agressiv tuzlar va sizot suvlar miqdori.
37.
Qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari:
suv bosishi ehtimoli mavjud;
suvdan himoya qilish qurilmalari mavjud;
drenajlar, ariqlar mavjud;
tegishli nishablikka ega suvni chiqarish tizimlari mavjud.
38.
Eksperimental tadqiqotlar natijalariga koʻra qurilish maydonining seysmikligi
39.
Muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarining mavjudligi:
gaz taʼminoti;
elektr taʼminoti;
shahar telefon aloqasi taʼminoti;
sovuq suv taʼminoti;
issiq suv taʼminoti;
isitish tizimi;
oqova suv chiqarish tizimi;
yertoʻlada, pol ostidagi xonada, issiqlik uzellarida suvning mavjudligi;
yogʻinlar sababli suv bosishi.
40.
Normal va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun obyektning seysmik mustahkamligi va ishonchliligi taʼminlanganligi
41.
Bino va/yoki inshootning pasport toʻldirilayotgan kundagi holati (meʼyorda, qoniqarli, mustahkamlash talab etiladi, qoniqarsiz, avariya holatiga moyil, avariya holatida)
42.
Bino va/yoki inshootning foydalanishga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilindi)*
43.
Rekonstruksiya qilingan yili
44.
Bino va/yoki inshootning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining holati (shikastlanishlar mavjud emas, sezilarsiz shikastlanishlar mavjud, sezilarli yoriqlar mavjud (oz miqdorda), sezilarli yoriqlar mavjud (koʻp miqdorda))
45.
Rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi (konstruksiyalari mustahkam, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilgan, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilmagan)
46.
Muhandislik-geologik koʻrsatkichlari:
sizot suvlar sathi;
choʻkuvchanlik, namlik, yuk koʻtarish qobiliyati;
ichki ishqalanish burchagi;
gruntning mexanik xossalari;
grunt toifasi;
poydevorlarni ochish.
47.
Tabiiy ofatlar va ishlab chiqarish bilan bogʻliq avariyalarning oqibatlari:
poydevorlarda yoriqlar paydo boʻlgan;
devorlardagi deraza oraliqlari boʻyicha yoriqlar paydo boʻlgan;
tashqi devor atrofi toʻshamasidagi qoldiq deformatsiyalar mavjud;
devorlar va zina maydonchalari, zina marshlari orasida yoriqlar hosil boʻlgan;
orayopma panellari orasidagi choklar ochilgan;
boʻylama va koʻndalang devorlar birlashadigan joylarda uzilish yoriqlari mavjud;
seysmik choklar bilan ajratilgan boʻlinmalarning bir biriga nisbatan choʻkishlar mavjud;
seysmik kamarlarda yoriqlar mavjud;
karkasli binolarda rigellar monolit tarzda tutashgan joylarda deformatsiyalar mavjud;
orayopma plitalari yuk koʻtaruvchi devorlarga nisbatan siljigan;
ishlab chiqarish texnologiyasining portlashdan xavfsizligi, ventilyatsiyaning holati (taʼminlangan, qoniqarli, qoniqarsiz);
tabiiy ofatlar vaqtida portlash potensial manbalarining mavjudligi va ulargacha boʻlgan masofa.
48.
Ehtimoliy tabiiy ofatlar va ishlab chiqarish bilan bogʻliq avariyalarda obyektning toʻliq yoki qisman shikastlanishini hisobga olgan holda moddiy zarar va odamlar hayot xavfsizligini baholanganligi
49.
Bino va/yoki inshootning seysmik mustahkamligini modelli tadqiq etish uchun zarur chizmalar (ilova qilinadi):
rejalar (yertoʻla, birinchi va oʻxshash qavatlar);
qirqimlar;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning mahkamlanish tugunlari.
50.
Avvalgi taʼmirlash-tiklash ishlari samaradorligining oʻlchov asboblari yordamida dinamik koʻrsatkichlarini aniqlash
51.
Aniqlashtirilgan seysmiklik muvofiqligini oʻzgartirilgan sharoitlarni hisobga olgan holda tekshirish uchun nazorat hisoblashlarini amalga oshirish
52.
Tegishli hududning seysmikligiga mos keluvchi yer silkinishidagi ehtimoliy zarar
53.
Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar va ular elementlarini kuchaytirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish
54.
Obyektning texnik holatini tekshirish natijalari boʻyicha baholash:
obyektning seysmik mustahkamligi va ishonchliligi taʼminlangan, undan konstruksiyalarni kuchaytirmasdan foydalanishga ruxsat beriladi;
seysmik mustahkamligi taʼminlanmagan, undan kelgusida foydalanishga yoʻl qoʻyilishi uchun yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar va ularning elementlarini kuchaytirish talab etiladi;
obyektning seysmik mustahkamligi taʼminlanmagan, uning konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi hamda obyektdan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki buzish tavsiya qilinadi.
55.
Yakuniy xulosa (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida)
* Shu joygacha yangi qurilayotgan bino va/yoki inshootlar uchun, keyingi bandlardan boshlab mavjud bino va/yoki inshootlar uchun maʼlumotlar toʻldiriladi.
Bino va inshootlarda instrumental-texnik tekshiruvni olib borgan tashkilot (nomi, manzili, identifikatsion maʼlumotlari, litsenziyasi)
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
Suv omborlari va sel suv omborlari hamda seysmik xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining
Suv ombori vazifasi (qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish, gidroenergetika, rekreatsiya va boshqa)
6.
Suv ombori foydalanishga qabul qilingan sana
7.
Suv omborining bosh loyiha tashkiloti nomi
8.
Suv omboridan foydalanuvchi tashkilot nomi
9.
Suv omborining loyiha boʻyicha belgilangan sinfi (I, II, III, IV)
10.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilabardoshlik koʻrsatkichi
11.
Suv omborining turi (oʻzanli, quyilmali)
12.
Suv ombori qurilishda foydalanilgan materiallarga koʻra toʻgʻonining turi (tuproqli, tosh tashlamali, beton qoplamali, yadroli, arkali, kontrforsli va boshqa)
13.
Suv omborining asosiy tarkibiy qismlari:
suv havzasi
toʻgʻon
suv olish inshooti
suv chiqarish inshooti
favqulodda suv tashlash inshooti
14.
Suv omborining loyiha boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari:
maksimal suv hajmi, mln kub m
normal suv hajmi, mln kub m
oʻlik suv hajmi, mln kub m
15.
Suv ombori toʻgʻonining:
maksimal balandligi, m
usti (oʻrkachi) boʻyicha uzunligi, m
16.
Suv omborining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:
maksimal suv hajmi, mln kub m
normal suv hajmi, mln kub m
oʻlik suv hajmi, mln kub m
17.
seysmik holati:
I-seysmik mustahkamligi meʼyorda;
II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;
III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz,
IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida,...
II. Gidrouzellar:
1.
Gidrouzelning nomlanishi
2.
Gidrouzel joylashgan manzil
3.
Gidrouzel qurilgan suv manba nomi (daryo, soy, kanal)
4.
Gidrouzelning bosh loyiha tashkilotining nomi
5.
Gidrouzel qurilgan yil
6.
Gidrouzel foydalanishga qabul qilingan sana
7.
Gidrouzel sinfi (I, II, III, IV)
8.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilaga bardoshlik koʻrsatkichi
9.
Gidrouzelning turi ( suv oqimiga frontal, burchak ostida, yonlama)
10.
Gidrouzelning asosiy loyihaviy koʻrsatkichlari:
maksimal balandligi, m
uzunligi, m
suv chiqaruvchi ishchi darvozalar soni, ta
ishchi darvoza konstruksiyasi (yassi, segmentli, konusli, ...)
11.
Suv omborining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:
12.
seysmik holati:
I-seysmik mustahkamligi meʼyorda;
II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;
III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz,
IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida,...
III. Nasos stansiyalari:
1.
Nasos stansiyasining nomlanishi
2.
Nasos stansiyasi joylashgan manzil
3.
Nasos stansiyasining suv olish manbai (daryo, soy, kanal, ...)
4.
Nasos stansiyasi bosh loyiha tashkilotining nomi
5.
Nasos stansiyasi qurilgan yili
6.
Nasos stansiyasi foydalanishga qabul qilingan sana
7.
Nasos stansiyasi sinfi (I, II, III, IV)
8.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilaga bardoshlik koʻrsatkichi
9.
Nasos stansiyasining asosiy loyihaviy koʻrsatkichlari:
maksimal suv koʻtarish balandligi, m
nasos agregatining:
markasi
soni
suv sarfi, kub m/s
elektr dvigatelning:
markasi
soni
quvvati, mln kVt. soat
nasos stansiyasining umumiy:
suv sarfi, kub m/s
quvvati, mln kVt. soat
bosimli quvur:
soni, ta
diametri, m
uzunligi, m
jami sugʻoriladigan maydon, ga
10.
Nasos stansiyasining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:
11.
I-seysmik mustahkamligi meʼyorda;
II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;
III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;
IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...
IV. Gidroelektrostansiyalar:
1.
Gidroelektrostansiyaning nomi
2.
Gidroelektrostansiya joylashgan manzil
3.
Gidroelektrostansiya turi (toʻgʻon oldi, derivatsionli va boshqa)
4.
Gidroelektrostansiyaning suv olish manbai (daryo, soy, suv ombori, kanal, ...)
5.
Gidroelektrostansiyaning bosh loyiha tashkiloti nomi
6.
Gidroelektrostansiya qurilgan yil
7.
Gidroelektrostansiya foydalanishga qabul qilingan sana
8.
Gidroelektrostansiyaning sinfi (I, II, III, IV)
9.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilaga bardoshlik koʻrsatkichi
10.
Gidroelektrostansiyaning asosiy loyihaviy koʻrsatkichlari:
maksimal suv bosimi balandligi, m
gidroagregatning:
markasi
soni
suv sarfi, kub m/s
quvvati, mln kVt. soat
gidroelektrostansiyaning umumiy:
suv sarfi, kub m/s
quvvati, mln kVt. soat
bosimli quvur:
soni, ta
diametri, m
uzunligi, m
11.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ) boʻyicha zizilabardoshlik koʻrsatkichi
12.
Gidroelektrostansiyalarning 20___ yil ___ oyidagi holatiga:
13.
I-seysmik mustahkamligi meʼyorda;
II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;
III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;
IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...
V. Kanallar (seysmik hududlarda joylashgan togʻ yon bagʻridan oʻtuvchi, koʻtarma va yarim koʻtarma kanallar)
1.
Kanal nomi
2.
Kanal joylashgan manzili
3.
Kanalning suv olish manbai (daryo, soy, suv ombori, ...)
4.
Kanalning bosh loyiha tashkiloti nomi
5.
Kanal qurilgan yil
6.
Kanal foydalanishga qabul qilingan sana
7.
Kanalning sinfi (I, II, III, IV)
8.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilaga bardoshlik koʻrsatkichi
9.
Kanalning asosiy loyihaviy koʻrsatkichlari:
jami uzunligi, km
shundan:
beton qoplamali, km
tuproq oʻzanli, km
quvurli, km
maksimal suv sarfi, kub m/s
normal suv sarfi, kub m/s
minimal suv sarfi, kub m/s
sugʻoriladigan jami maydon, ga
kanaldagi jami gidrotexnika inshootlari soni, ta
shundan:
suv toʻsuvchi inshootlar, ta
suv chiqarish inshootlar, ta
avariya tashlamalari, ta
boshqa inshootlar, ta
10.
Qurilish meʼyorlari va qoidalari boʻyicha zilzilabardoshlik koʻrsatkichi
11.
Kanalning 20__ dagi holatiga:
12.
I-seysmik mustahkamligi meʼyorda;
II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;
III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;
IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...
Izoh.
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.