1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining oldindan roziligi olinadi:
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda;
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olishda);
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarining faoliyat turi o‘zgarganda.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat ishtirokidagi korxona — xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi;a
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortig‘i bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar. Bilvosita tegishlilik har bir keyingi affillangan shaxsga boshqa yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 20 foiz va undan ortiq aksiya (ulushlari) tegishli ekanligini anglatadi;
tovar bozorlarining tahlili — tashkil etilayotgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning tegishli tovar, moliya va raqamli bozorga ehtimoliy ta’sirini belgilashni nazarda tutuvchi choralar majmuasi;
ariza beruvchi — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaydigan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradigan, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
monopoliyaga qarshi organ — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;
oldindan rozilik — monopoliyaga qarshi organ tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek, ular tomonidan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni olishga tovar bozorlarining tahlili natijalariga ko‘ra raqobat muhitiga ta’siridan kelib chiqib, ushbu Nizom talablari asosida beriladigan rozilik.
3. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek, ular tomonidan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Faoliyati boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan va raqobat muhitiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan davlat muassasalariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi sifatida qaralmaydi.
2-bob. Oldindan rozilik olish tartibi
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinadi:
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda;
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olishda);
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarining faoliyat turi o‘zgarganda.
5. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq olinadi.
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hollarda tegishlicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari monopoliyaga qarshi organga oldindan rozilik olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza:
a) monopoliyaga qarshi organ tomonidan:
o‘z faoliyatini respublikaning bir nechta yoki barcha hududlarida amalga oshiradigan davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsini tashkil etish (qayta tashkil etish), uning faoliyat turini o‘zgartirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan olish holatlarida;
davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini o‘zgartirishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, agar uning muassislari bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan bo‘lsa;
davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini o‘zgartirishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, agar uning muassislari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bo‘lsa;
b) respublikaning tegishli hududi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini o‘zgartirishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda uning muassisi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsi bo‘lsa — monopoliyaga qarshi organning hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
6. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organga arizani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda asoslangan hujjatlar bilan birga taqdim etadi.
7. Monopoliyaga qarshi organ ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
a) davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini besh kun ichida aniqlaydi;
b) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida to‘siqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar va hujjatlar) mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi;
v) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanishini besh kun ichida aniqlaydi;
g) qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganligi va ularning faoliyati asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaganini besh kun ichida aniqlaydi;
d) davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganligini besh kun ichida aniqlaydi;
e) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi o‘zgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ularning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi;
j) tegishli tovar yoki moliya bozorida raqobat rivojlanganini aniqlash maqsadida o‘n besh kun ichida quyidagi davlat organlariga so‘rovnomalar yuboradi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonani faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi korxona faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxati va hajmlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha.
Ma’lumotlar davlat organlarining elektron ma’lumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda ham olinishi mumkin.
8. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish masalasi yuzasidan ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy muddatda qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.
Agar davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olayotgan bo‘lsa, unda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish to‘g‘risidagi ariza tegishli qaror loyihasini kelishish (imzolash) uchun kiritilishidan oldin monopoliyaga qarshi organga taqdim etishi zarur.
9. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar yoki moliya bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligining obyektiv sabablari aniqlanmagan taqdirda, davlat ishtirokidagi korxonalarga va ularning affillangan shaxslariga uch yil muddatga qolish sharti bilan ruxsat beriladi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng monopoliyaga qarshi organ mazkur xo‘jalik subyektini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sektorga realizatsiya qilish masalasini ko‘pi chiqadi.
10. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini o‘zgartirishni, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
a) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xo‘jalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan ko‘p bo‘lgan xo‘jalik jamiyatini tashkil etishda:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan asosiy faoliyat tabiiy monopoliyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilmayotgan bo‘lsa;
tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan aholi uchun zarur bo‘lgan, xususiy sektor uchun norentabel bo‘lgan tayanch xizmatlarni ko‘rsatishi rejalashtirilmayotgan bo‘lsa;
tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan faoliyatni strategik manfaat, shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash sohalarida amalga oshirish rejalashtirilmayotgan bo‘lsa;
tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulkining mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lmasa;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toifaga kirmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini o‘zgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishda:
besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslari tashkil etilayotgan bo‘lsa;
ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaydigan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradigan, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan tashkil etilayotgan va ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan bo‘lsa;
(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
muassisi yagona yetkazib beruvchi bo‘lgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona bo‘lgan va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan affillangan shaxslarni tashkil etish rejalashtirayotgan bo‘lsa, ushbu affillangan shaxslarni raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti ta’minlangan holda bo‘lib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno;
davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda o‘z asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa;
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobat rivojlangan sohalarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishi yoki undagi ulushni olishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa.
Ushbu bandning “b” kichik bandi beshinchi va oltinchi xatboshilaridako‘rsatilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
11. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish bo‘yicha harakatlar mazkur Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi talablariga muvofiq rad etish holatlarini keltirib chiqarganda ham tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun oldindan rozilik berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish chog‘ida raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni belgilashi mumkin.
12. Oldindan rozilik olish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
ariza beruvchi tomonidan arizani qaytarib olish to‘g‘risida xabarnoma kelib tushsa;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, agar ushbu ma’lumotlarning mavjud emasligi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa;
ariza beruvchi tomonidan arizani obyektiv ko‘rib chiqishga ta’sir qiladigan ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilsa.
13. Arizaning ko‘rib chiqilishi tugatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ bu to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Arizani ko‘rib chiqish tugatilgandan so‘ng ariza beruvchi oldindan rozilik olish bo‘yicha yangi ariza bilan monopoliyaga qarshi organga murojaat qilishga haqli.
14. Oldindan rozilik olish to‘g‘risidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiya yig‘ilishiga zaruratga ko‘ra rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan ariza beruvchining vakili, moliya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organlari vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar jalb etilishi mumkin.
15. Monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarori, agar qaror bir yil ichida ijro etilmasa, o‘z kuchini yo‘qotadi.
16. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini, shuningdek, ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni hamda ular tomonidan aksiyalar olinishini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi mavjudligini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi hamda quyidagi hollarda rad etishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno:
monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarori ariza beruvchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda;
monopoliyaga qarshi organning davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini o‘zgartirishni, shuningdek, aksiyalar (ulushlar) olishni rad etish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan taqdirda.
17. Monopoliyaga qarshi organ affillangan shaxslarni aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Adliya vazirligining elektron axborot tizimi orqali ma’lumotlar bilan almashadi.
18. Ushbu Nizom talablariga zid ravishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish holati aniqlangan taqdirda, ularni tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini o‘zgartirishni, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish tashabbuskoriga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasi, Jinoyat kodeksining 183-moddasi.
19. Monopoliyaga qarshi organ ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini o‘zining oldingi faoliyat turiga o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimni, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb e’tirof etish, qonunga zid ravishda tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini o‘zining oldingi faoliyat turiga o‘zgartirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi (ariza) kiritish;
aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimni, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qarorni o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va ularning hududiy organlari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini o‘zgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Monopoliyaga qarshi organga ariza taqdim etadi.
O‘z ixtiyoriga ko‘ra
2-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini aniqlaydi.
Besh kun ichida
3-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida to‘siqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar) hujjatlar mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi.
Besh kun ichida
4-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanishini aniqlaydi.
Besh kun ichida
5-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat sohasida raqobat rivojlangani va uning faoliyati asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaganini aniqlaydi.
Besh kun ichida
6-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganini aniqlaydi.
Besh kun ichida
7-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi o‘zgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxona, uning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi.
Besh kun ichida
8-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnomalarni yuboradi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxati va hajmlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha.
O‘n besh kun ichida
9-bosqich
Monopoliyaga qarshi organ
Arizani o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar asosida xulosa tayyorlaydi va ushbu xulosa maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.
O‘n kun ichida
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
tashkil etishga (qayta tashkil etish), faoliyat turini o‘zgartirish, aksiyalar (ulushlar) olishga oldindan rozilik
(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi)
berishingizni so‘rayman. Asosiy faoliyat turi (turlari) _____________________________________________
__________________________________________________________________________________ hisoblanadi.
(asosiy faoliyat turi (turlari) nomi va IFUT)
Ushbu arizaga quyidagi jadvalga muvofiq ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ilovada keltirilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liqligi hamda ishonchliligini tasdiqlayman.
Ariza beruvchi rahbarining imzosi
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini o‘zgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ariza beruvchi
F.I.O., manzili, telefon raqami hamda vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatiladi.
1.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish), faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish maqsadi
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi), uning faoliyat turi o‘zgartirilishi, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish asoslari sanab o‘tiladi. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiy sektor yoki davlat sektorlari tomonidan sotilmayotgan sabablari ko‘rsatiladi.
2.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli va toifasi (kichik, o‘rta yoki yirik tadbirkorlik subyekti)
Tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatiladi.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning (uning toifasini aniqlash maqsadida) o‘rtacha yillik ishchi kuchi va o‘rtacha yillik daromadi ko‘rsatiladi.
3.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turi
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat turi sanaladi (statistika kodlari bilan birga).
4.
Tashkil etilayotgan, (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sischilari (ishtirokchilari) to‘g‘risida ma’lumot
1) Jismoniy shaxslarning F.I.O. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi (STIRi ko‘rsatilgan holda).
2) Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) soni va ularning nominal qiymati.
3) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ovoz beruvchi umumiy aksiyalar (ulushlar)ning ulushdor (aksiyador)larining foizdagi aksiyalari (ulushlari).
4) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning huquq va vakolatlari.
5.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan birga bitta shaxslar guruhiga kiruvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning nomi, manzili va faoliyat turi ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning boshqa yuridik shaxslardagi, jumladan, xorijiy yuridik shaxslardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumot, ularning nomi, manzili va faoliyat turi.
6.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqaradigan tovar (ish, xizmat)ning salohiyatli iste’molchilari ro‘yxati
Barcha salohiyatli iste’molchilar sanab ko‘rsatiladi. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyat turi bo‘yicha umumiy bozor hajmidagi ulushi 25 foizdan oshgan xizmati iste’molchilari to‘g‘risidagi ma’lumot alohida taqdim etiladi.
7.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amalga oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (e’lonlar, so‘rov natijalari, jamoatchilik muhokamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi va boshqalar).
8.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ayni bozordagi yoki o‘rnini bosuvchi bozordagi subyektlar to‘g‘risida ma’lumot
Ushbu bozor geografiyasi chegaralari doirasida ayni yoki tovar o‘rnini bosuvchi tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
9.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt realizatsiya qilishni rejalashtirayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilingan umumiy hajmi
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z mahsulotining (tovar, ish, xizmat) realizatsiya qilinish hajmi, tovar, ish, xizmatlarining realizatsiyasi, eksporti va importi hajmlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Realizatsiya hajmlari natural va qiymat shaklida oxirgi kalendar yil uchun statistika va bojxona kodlari ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.
10.
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan tovarlar eksporti va importining umumiy hajmi
11.
Arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar
Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavi nusxasi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan bo‘lsa, uning amaldagi ustavi nusxasi va biznes rejasi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rasmi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH
VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI
QAROR
_______________________________________
(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning
oldindan roziligini berish to‘g‘risida
20__ y. “___” _________ dagi ____-son
______________________________________
(ko‘rib chiqish sanasi)
(ko‘rib chiqish joyi)
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi
(ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq
(hujjatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)
Yuqoridagilarga ko‘ra hamda Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asoslanib, Komissiya
QAROR QILDI:
______________________________________________________________________________ rozilik berilsin.
(harakatning nomi)
Maxsus komissiya raisi __________________________________________________________________________
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga kiritilayotgan
QO‘SHIMCHALAR
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori — davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun”;
b) quyidagi mazmundagi 411-band bilan to‘ldirilsin:
“411. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori mavjudligi asos bo‘ladi”;
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 1-18-2-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
1-18-2
Yuridik shaxsning ustav fondida davlat ulushining mavjudligi:
Bor
Yo‘q
2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentiga ilova quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
131.
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) dastlabki rozilik berilganligi va rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/346/0523-son; 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)