Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:
atrof muhit obyektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qaʼri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) antropogen taʼsir hamda boshqa salbiy taʼsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʼminlash;
ekologik jihatdan eng kam xavf tugʻdiruvchi materiallardan, mahsulotlardan, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor darajada foydalanish;
qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni taʼminlash;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;
aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;
b) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-alohida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi):
2021-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish yakunlarini puxta oʻrganish asosida keyingi davrga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasining ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi boʻyicha taʼsirchan monitoring yuritsin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga — Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy (keyingi oʻrinlarda — moratoriy) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki:
a) moratoriy 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
b) moratoriy amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi, ushbu bandda belgilangan holatlar bundan mustasno;
v) moratoriy:
tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tugʻdiruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga;
yogʻoch va mevalar olish uchun oʻstirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez oʻsuvchi boshqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga;
plantatsiyalarda oʻstirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.
Vazirlik va idoralar, shuningdek, xoʻjalik boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, temir yoʻl hamda avtomobil yoʻllari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini qoʻllash orqali ularning saqlab qolinishini qatʼiy taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daraxtlar va butalarni himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, ularga zarar yetkazish yoki yoʻq qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi hunarmandlarni yogʻoch, shu jumladan daraxtlarning qimmatbaho navlaridan olingan yogʻoch bilan taʼminlash boʻyicha bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Davlat ekologiya qoʻmitasi 2020-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda daraxtlar va butalarni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligidan kelib chiqqan holda, moratoriyning amal qilishini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari komissiyalari tomonidan yashil dov-daraxtlarni sanitar qirqish va kesishda, shuningdek, ularni qayta ishlash va chiqindilarini utilizatsiya qilish, shu jumladan yogʻochlardan tijorat maqsadida foydalanishda ekologiya talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Oʻzbekiston Ekologik partiyasi bilan birgalikda yoshlarda atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni shakllantirish, tabiatni saqlash, havo, suv va tuproq ifloslanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ziyon yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan ekologik aksiyalarni tashkil etish;
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish respublika markazining atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish yuzasidan yiliga kamida bir marta ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
8. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining boshliqlari har yili hududda atrof muhitni muhofaza qilishning holati toʻgʻrisida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hisobot taqdim etadi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimlarining boshliqlari har yili tumanda (shaharda) atrof muhitni muhofaza qilishning holati toʻgʻrisida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari quyidagi holatlar aniqlanganda tezkor nazorat tadbirlarini nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan oldindan kelishmasdan, oʻtkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida vakolatli organni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshiradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
yonuvchi moddalar va qurilish materiallarini bir joyga toʻplash yoki ochiq olovda yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha talablarga rioya etmaslik;
dalalar va aholi punktlarida maxsus texnik vositalarni qoʻllamasdan bitumni eritish, angʻizni, toʻkilgan barglarni va daraxt shoxlari yoki boshqa oʻsimlik qoldiqlarini yoqish;
oqava suvlarni joy relyefiga yoki ochiq havzalarga, shuningdek, kommunal kanalizatsiya tizimiga normadan ortiqcha yoki ruxsatsiz oqizish;
tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki suv isteʼmoliga ruxsatnomasiz suv olish;
daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash yoki yoʻq qilish, yovvoyi hayvonlarni (shu jumadan baliqni) ovlash yoki qoʻlga kiritish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
daryolar, soylar, kichik daryo va koʻllarning oʻzanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik.
10. Quyidagilar:
2020-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini, 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi gʻildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish man etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibini ikki oy muddatda tasdiqlasin.
11. Davlat ekologiya qoʻmitasining yovvoyi hayvonlarni ovlashga va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar berish boʻyicha oʻz vakolatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
a) uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilgunga qadar, atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub (yuqori va oʻrtacha xavf-xatar) faoliyatning moʻljallanayotgan turlari boʻyicha atrof muhitga taʼsirni baholash loyihalarining majburiy jamoat muhokamalari va eshitishlarini oʻtkazish tartibini;
atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub (yuqori va oʻrtacha xavf-xatar) faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tozalash inshootlari bilan taʼminlanganligi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ularni majburiy oʻrnatish chora-tadbirlari amalga oshirilganligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflarni;
b) gʻildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda “Yevro-4”dan past boʻlmagan talablarni bajarish boʻyicha gʻildirakli transport vositalarini eksport qiluvchi davlatlarning qonun hujjatlarini identifikatsiyalash yoki murojaatchilar tomonidan taqdim etilgan, mazkur gʻildirakli transport vositalarining zaharli moddalar chiqarish darajasi boʻyicha “Yevro-4”dan past boʻlmagan ekologik toifa talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalardagi yangi gʻildirakli transport vositalari uchun ekologik sertifikatlar berish tashkil etilishini taʼminlasin;
“Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” DUK negizida gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifasini aniqlash boʻyicha zamonaviy laboratoriya kompleksini tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
v) aholining ekologik madaniyatini oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratgan holda keng koʻlamli targʻibot faoliyatini tashkil etish ishlarini kuchaytirsin;
g) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajribani hisobga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Chiqindilar toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
beshta xavf-xatar toifasi tizimi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;
ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni iqtisodiy ragʻbatlantirish;
sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash;
oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;
tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:
Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat inspektorlarining tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinlik qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini koʻzdan kechirishga qoʻymaslik yoxud ular tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishga boshqacha tarzda toʻsqinlik qilganlik, shuningdek, jismoniy yoki yuridik shaxslarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish;
ekologik ekspertiza organlarini qayta tashkil etish va optimallashtirish, atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy taʼsir) faoliyat turlari boʻyicha atrof muhitga taʼsirni baholash materiallarini soddalashtirilgan shaklda taqdim etish, hujjatlarni topshirish va qabul qilishning elektron tizimini joriy etish, atrof muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish maqsadida Davlat ekologiya qoʻmitasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlar (shaharlar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat boʻyicha tahlil laboratoriyalari va inspeksiyalarni bittadan maxsus avtotransport bilan taʼminlashni hisobga olgan holda, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 184 ta avtotransport vositalarini saqlash uchun qoʻshimcha limit ajratsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi” amalga oshirilishini yoritishga oid maqolalar va mavzuga oid telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 16-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
17. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-oktabr,
PF-5863-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoniga
1-ILOVA
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish
konsepsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Atrof muhitning joriy holati tahlili, global va mintaqaviy ekologik muammolar, yangi ekologik xavf-xatarlar Oʻzbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi hisoblangan 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqish zaruratini vujudga keltirdi.
Konsepsiya koʻrsatib oʻtilgan davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, ularning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarning manfaatlari yoʻlida davlatni barqaror rivojlantirishni taʼminlash imkonini beradi.
I bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Quyidagilar Konsepsiyaning maqsadlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zarur sharti sifatida atrof muhitning qulay holatini taʼminlash;
atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy taʼsirni pasaytiruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish;
atrof muhit obyektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar qayta tiklanishini taʼminlash.
Quyidagilar Konsepsiyaning vazifalari hisoblanadi:
atrof muhit obyektlarini (yer, suv, atmosfera havosi, yer qaʼri, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) saqlash va qoʻriqlanishini taʼminlash;
qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
iqtisodiyotni ekologiyalashtirish, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini joriy qilish, ekologik jihatdan eng kam xavf tugʻdiruvchi materiallar, mahsulotlardan, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor darajada foydalanish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini, shuningdek, atrof muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish;
atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan taʼminlash;
ekologik xavfsizlikni eʼtiborga olgan holda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni taʼminlash;
aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;
atrof muhitga minimal ogʻirlik tushiradigan barqaror rivojlanishni taʼminlovchi jamiyatni shakllantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
II bob. Konsepsiyaning yondashuvlari
Konsepsiyani amalga oshirishda quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
normativ-huqukiy bazani tizimlashtirish va takomillashtirish — xalqaro normalarni implementatsiya qilish, ekologik qonunchilikni kodlashtirish, ekologik sugʻurtalash, audit va strategik ekologik baholash tizimini joriy etish, ekologik sertifikatlashtirishni muvofiqlik sertifikati tizimiga integratsiya qilish, atrof muhit ifloslanishini hisoblab chiqishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
iqtisodiyotni ekologiyalashtirish — tabiiy resurslardan ularning buzilishini istisno etadigan tarzda oqilona foydalanish, majburiy ekologik ekspertiza oʻtkazish, ekotizimlarning oʻz potensial sigʻimini qayta tiklash imkoniyatlarini baholash;
tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish — tashlanmalarni tashlash uchun toʻlov miqdorlarini ularning hajmiga hamda atrof muhit va aholi sogʻligi uchun xavfliligiga bogʻliqligi, atrof muhitni muhofaza qilishni budjetdan moliyalashtirishning maqbul darajasi;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida nazoratni kuchaytirish — atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining huquq hamda vakolatlarini aniq chegaralash, ekologik yoʻnalishdagi barcha organlarni yagona davlat organi doirasida optimal darajada markazlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun unga zarur, asoslantirilgan vakolatlar berish, nazorat organlarini moddiy-texnik jihozlashning maqbul darajasi;
kompleks ekologik monitoringni olib borish — atrof tabiiy muhitning yagona davlat ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish, axborot resurslari fondini shakllantirish;
innovatsion texnologik jarayonlar va metodikalarni ishlab chiqish — ekologik toza texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xom ashyo, materiallarning turlari, mahsulotlar va uskunalarning ilmiy ishlanmalariga, ekotizimlarning zaifligini va tabiiy muhit ifloslanish darajasining aholi salomatligiga va atrof muhit obyektlariga taʼsirini tadqiq etishga investitsiyalar kiritish;
ekologik madaniyat va taʼlimni shakllantirish — fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, aholining uzluksiz ekologik taʼlimi kompleks tizimini tashkil etish, atrof muhit masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda aholining ishtirok etishi;
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish — atrof muhitning xavfsiz darajasini saqlab qolish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish ishida xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarida ishtirok etish, atrof muhitni muhofaza qilishga va tabiatdan oqilona foydalanishga qoʻshimcha tashqi investitsiyalarni jalb etish.
III bob. Atrof muhit obyektlarining hozirgi holati
Respublikaning yer fondi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya uchun moʻljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari, shuningdek, zaxira yerlaridan iborat.
1990-yildan buyon, 692,6 ming gektar yer turli sabablarga koʻra foydalanishdan chiqarildi. Ayrim ingrediyentlar boʻyicha fon koʻrsatkichlariga nisbatan tuproqning ifloslanishi Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Oʻzbekistonning suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari, shuningdek, antropogen foydalanishdan qaytadigan suvlar (drenaj va oqova suvlar)dan iborat. Oʻrtacha koʻp yillik jami oqar suv hajmi 114,4 km3ni tashkil etadigan Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolar Oʻzbekistonda yer usti suv oqimini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.
Oʻzbekiston hududida 17 777 ta tabiiy oqar suv manbalari (Amudaryo havzasida — 9 930 ta, Sirdaryo havzasida — 4 926 ta) va 500 dan ortiq koʻl boʻlib, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi ularning eng kattasi hisoblanadi, shuningdek, prognoz qilingan hajmi sutkasiga 75,5 mln m3ni tashkil etadigan chuchuk suv va biroz shoʻrlangan yer osti suvlari konlarida 26 mingdan ziyod quduqlar mavjud.
Statistik axborotga koʻra, 2018-yilda respublika boʻyicha atmosfera havosiga chiqarilgan jami ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2,492 mln tonnani tashkil etdi, shuning qariyb 63 foizi koʻchma manbalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi boʻyicha “Oʻzgidromet” tarmogʻi orqali olinadigan soʻnggi yillardagi maʼlumotlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston shaharlarining aksariyatida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan normativlardan past darajadadir.
Oʻzbekistonda 1 800 dan koʻproq konlar va qariyb 1000 ta foydali qazilmalarning istiqbolli joylari, mineral xom ashyoning 118 turi mavjud boʻlib, shularning 65 tasi oʻzlashtirilmoqda.
Respublikada 400 dan koʻproq ruda konlari, shaxtalar, karyerlar, neft konlari va boshqa korxonalar, 450 ga yaqin suv olish inshootlari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh va shifobaxsh-oshxona suvlarini idishlarga quyish sexlari va zavodlari ishlab turibdi.
Oʻzbekistonning butun hududi yovvoyi hayvonlar yashaydigan va oʻsimliklar oʻsadigan xilma-xil joylardan iboratdir.
Hayvonot dunyosi salkam 15,7 ming turdan iboratdir (184 turi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan). Oʻsimlik dunyosi 11 ming turni tashkil etadi (oʻsimliklarning 324 turi va qoʻziqorinning 3 turi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan).
Statistika maʼlumotlariga koʻra 2017-yilda respublikada 114,7 mln tonna ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari, shu jumladan qayta ishlash mumkin boʻlmagan zaharli chiqindilar — 41,6 mln tonna (36,2 %) va qayta ishlash mumkin boʻlgan zaharli chiqindilar — 42,8 mln tonna (37,3 %) hosil boʻlgan.
Mamlakatda chiqindilar koʻmiladigan va utilizatsiya qilinadigan 296 ta joy, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilar uchun (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish chiqindilari (4), shlam jamlanadigan (21), chiqindi omborlari (15), maxsus poligonlar (19), shuningdek, xavfli chiqindilar utilizatsiya qilinadigan 23 ta joy mavjud.
IV bob. Atrof muhitning sifatli holati bilan bogʻliq mavjud muammolar
Mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga haqiqiy xavf solayotgan atrof muhitning asosiy muammolari global, mintaqaviy va milliy xarakterga egadir.
1. Global muammolar
Oʻzbekiston Respublikasi ozon qatlamining yemirilishi, iqlim oʻzgarishi, yerlarning choʻllanishi va degradatsiyasining oldini olish kabi bugungi ekologik tahdidlarni yumshatish va susaytirish boʻyicha butunjahon harakatining bir qismi hisoblanadi.
1.1. Ozon qatlamining yemirilishi
Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 18-mayda Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoliga qoʻshildi.
2030-yilda gidroxlorftoruglerodlar ishlatishni batamom toʻxtatish Oʻzbekiston uchun Monreal protokolining xalqaro majburiyatlarini bajarishga rioya etishning strategik yoʻnalishi hisoblanadi.
1.2. Iqlim oʻzgarishi
Oʻzbekiston 1993-yildan buyon BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasining (Nyu-York, 1992-yil may) aʼzosi hisoblanadi, ushbu Konvensiyaga Kioto protokoli 1998-yilda imzolangan va 1999-yilda ratifikatsiya qilingan, Parij bitimi esa 2017-yilda imzolangan va 2018-yilda ratifikatsiya qilingan.
Iqlim global isishining toʻxtovsiz davom etayotganligi inson salomatligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun katta xavf tugʻdirmoqda. Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga nisbatan himoyaga muhtoj mamlakatlar toifasiga kiradi.
Resurslarni tejaydigan qoʻshimcha chora-tadbirlarning koʻrilmagan taqdirda mamlakat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida beqarorlikka olib keluvchi va oziq-ovqat hamda ekologik xavfsizlikka tahdid soluvchi suv resurslari taqchilligiga, qurgʻoqchiliklar hamda xatarli hodisalar koʻpayishiga duch kelishi mumkin.
1.3. Yerlarning choʻllanishi va degradatsiyasi
Hududining 80 foizi choʻl va yarim choʻllardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish masalalari barqaror rivojlanishni taʼminlashda ustuvor oʻrin egallaydi.
Hozirgi vaqtda qariyb 10 mln gektar yaylovlar tubdan yaxshilanishga muhtoj. Mollarni bir yaylovda qayta-qayta oʻtlatish, daraxtlarni yoqilgʻi va boshqa maqsadlar uchun kesish choʻl zonasida daraxt-buta oʻsimligining ancha kamayib ketishiga olib keldi.
Respublikada koʻchadigan qumlar qariyb 1 mln gektar maydonni egallaydi va ushbu yerlarning ikki yuz ming gektari soʻnggi vaqtda sugʻoriladigan maydonlar atrofida paydo boʻlgan. Bu esa choʻllashish jarayonining jadallashuvida namoyon boʻluvchi jiddiy tahdidni vujudga keltirmoqda. Yerlar degradatsiyasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan sugʻoriladigan hududlarda ham roʻy bermoqda.
Almashlab ekishning yoʻqligi, yerlarning optimal shudgorlanmasligi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash talablariga rioya etilmasligi, oʻgʻitlardan nazoratsiz foydalanish, shuningdek, agroekologiya standartlarini joriy etish darajasining pastligi tuproq-ekologiya sharoitlari buzilishiga va degradatsiyaga uchragan yer maydonlari koʻpayishiga olib kelmoqda.
2. Mintaqaviy va milliy muammolar
Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarining resurslarni koʻp hajmda isteʼmol qilish va xom ashyoga yoʻnaltirilganligi, samarasiz boshqaruv tizimi va tabiatdan jadal foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida bir qancha umumiy ekologik muammolar shakllanishiga sabab boʻldi.
Mintaqa tabiiy resurslaridan, shu jumladan suv-yer, yoqilgʻi-energetika, biologik zaxiralaridan keyingi rivojlanish istiqbolini inobatga olmasdan foydalanish alohida eʼtiborga sazovordir.
2.1. Suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi
Markaziy Osiyodagi beshta respublika oʻrtasida suv taqsimlash sxemalariga muvofiq Amudaryo va Sirdaryo havzalari boʻyicha Oʻzbekistonning limiti 100 foizli limitda yiliga 63,02 km3ni tashkil etadi.
Suv olish limitidan foydalanish tahlili shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston oʻrta hisobda 85 foiz, 2008, 2011, 2018-yillardagi kabi suv kamchil yillarda esa 70 — 75 foizga yaqin suv oladi.
Qishloq xoʻjaligida oʻrtacha yillik suv sarfi yuqoriligicha qolmoqda.
Orolboʻyidagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining eng keskin ekologik muammolaridan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda mavsumiy qurgʻoqchilik kuchayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa Orol dengizining qurish jarayoni mintaqadagi iqlim sharoitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganidan dalolat beradi. Orol falokati yoz faslida qurgʻoqchilik va jazirama issiqni kuchaytirib hamda sovuq va qahraton qish faslini uzaytirib, iqlimning kontinentalligini chuqurlashtirdi.
Bugungi kunda Orol suv havzasining qoldiq suv balansi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining oqib kelishi cheklanganligi, ayrim yillarda esa yoʻqligi oqibatida nomutanosib holatga kelib qolgan boʻlib, natijada dengiz sathi pasayishi, uning yuza qismi maydoni qisqarishi va unda erigan elementlar konsentratsiyasi oshib borishi davom etmoqda.
Orolning qurib qolgan tubidan kuchli shamollar zaharli moddalar bilan toʻyingan tuzlar va chang-toʻzonni havoga koʻtarishi aholi sogʻligiga jiddiy xavf solmoqda, surunkali qon kasalliklarini, nafas olish yoʻllari, buyrak, oshqozon-ichak trakti, yurak-tomir tizimi, shuningdek, oʻt pufakda tosh paydo boʻlishi, onkologiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.
“Oʻzgidromet” maʼlumotlariga koʻra, respublikaning suv oqimi asosan II va III toifalarga mansub toza va oʻrtacha ifloslangan suvlar toifasiga kiradi.
Ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga tashlanishi ortib borayotganligi ochiq suv oqimlarining ifloslanishiga sabab boʻlmoqda va buning oqibatida suv flora va faunasiga oʻnglab boʻlmas zarar yetkazilmoqda, shuningdek, aholi salomatligiga taʼsir koʻrsatmoqda.
2.2. Atmosfera havosining ifloslanishi
Mamlakatda metallurgiya, energetika korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-gaz va konchilik sanoati korxonalari hamda avtotransport atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalardir.
Atmosfera havosining joriy ifloslanish darajasi, shuningdek, kelajakda chiqindilar chiqarish hajmlarining yanada koʻpayishi elektr va issiqlik energiyasi manbalarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi.
Avtotransport vositalarining atmosfera havosiga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalari hajmi oshib borishiga transport vositalarining ekologik darajasi, foydalanilayotgan yoqilgʻi va yoʻl harakatini tashkil etish sifatiga bogʻliq boʻlib qolmoqda.
2.3. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash
Oʻsimlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi ekotizimlar holatiga bevosita bogʻliqdir. Oʻzining geografik va iqlim xususiyatlariga koʻra, ayniqsa, arid va togʻ ekotizimlarining nozikligi va suv resurslarining cheklanganligi sababli Oʻzbekiston salbiy ekologik, shu jumladan transchegaraviy omillarning taʼsiriga duchor boʻlmoqda.
Sugʻorma dehqonchilikni ekstensiv rivojlantirish yoʻli, shoʻr bosish, botqoqlanish, tuproq eroziyasi, suvlarning ifloslanishi, daryolar oqimini tez-tez oʻzgartirish, mollarni bir yaylovda qayta-qayta oʻtlatish, daraxtzorlar va toʻqay oʻsimliklarini kesish hamda boshqa omillar oʻsimlik va hayvonot dunyosining bir qancha turlari oʻsadigan va yashaydigan joylar yoʻqolishiga hamda ularning soni va areallari kamayishiga olib keldi.
Ayni vaqtda hayvonot dunyosining 91 turi Xalqaro Qizil kitobga, oʻsimlik dunyosining 324 turi va hayvonot dunyosining 184 turi Oʻzbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.
Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyada Konvensiya tomonlariga quruqlikdagi qoʻriqlanadigan tabiat hududlari ulushini mamlakat jami hududining 17 foizigacha yetkazish tavsiya etilgan. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich qariyb 5 foizni tashkil etadi.
2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon fondi 11 572,6 ming gektarni yoki mamlakat hududining 25,7 foizini, shu jumladan oʻrmon bilan qoplangan 3 201,6 ming gektarni tashkil etadi.
Oʻrmonlar asosan ekologik (tuproqni muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini va boshqa tabiat resurslarini saqlash va muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish, rekreatsion) vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi.
Aholi koʻproq zich yashaydigan va yirik sanoat obyektlari yaqinidagi hududlarda oʻsadigan daraxt va butalarga eng koʻp antropogen ogʻirlik tushmoqda.
2.4. Chiqindilarni boshqarish
Antropogen faoliyat respublikada milliardlab tonna sanoat chiqindilari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar toʻplanib qolishiga olib keldi, ular koʻpincha talabga javob bermaydigan poligonlarda, otvallar va shlam saqlanadigan omborlarda joylashtirilgan.
Konchilik, neft-gaz qazib chiqarish, koʻmir va kimyo sanoati korxonalarida sanoat chiqindilari ayniqsa tez toʻplanmoqda.
Sanoat chiqindilari hosil boʻlishini kamaytirish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroran foydalanish texnologiyalarining mavjud emasligi bunday chiqindilar toʻplanishiga imkoniyat yaratmoqda.
Bundan tashqari, taqiqlangan va yaroqsiz holga kelgan kimyoviy moddalarning (pestitsidlar va gerbitsidlar) qoldiq zaxiralarining mavjudligi ham jiddiy muammo hisoblanadi.
Respublikadagi mavjud qattiq maishiy chiqindilar poligonlari sanitariya va ekologiya normalariga javob bermaydi. Qattiq maishiy chiqindilarning katta qismi betartib va ruxsatsiz joylarda toʻplanmoqda yoki maxsus vositalarni qoʻllamasdan yoqib yuborilmoqda.
3. Atrof muhitni muhofaza qilishning institutsional muammolari
3.1. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish
Respublikada barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqishda ekologiyaga oid holatlar yetarli darajada inobatga olinmayapti.
Ekologik standartlarning yoʻqligi yoki eskirgan standartlardan foydalanish dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda mavjud ekologik muammolarni obyektiv baholash imkonini bermaydi.
3.2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni iqtisodiy tartibga solish respublikada samarali ekologiya siyosatini olib borishning gʻoyat muhim sharti hisoblanadi.
Ayni vaqtda atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar respublikada qoʻllanilayotgan asosiy iqtisodiy vosita hisoblanadi. Biroq, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun amaldagi kompensatsiya toʻlovlari tizimi ragʻbatlantiruvchi funksiyaga ega emas, chunki ularning miqdori xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ifloslantiruvchi moddalarni oqizib yuborish/chiqarib tashlash hajmlarini pasaytirishga va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga ragʻbatlantirmaydi.
3.3. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazorati
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi nazorat tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishini taʼminlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, respublikada, shu jumladan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda nazorat tadbirlari oʻtkazilishini cheklash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Biroq, ular tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga daxl qilmasligini hisobga olganda, davlat organining nazorat funksiyalarini bunday cheklab qoʻyish atrof muhitni muhofaza qilish sifatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
3.4. Atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan taʼminlash
Inson salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratish, ekologik muvozanatni saqlash, tabiatdan talon-taroj qilmasdan oqilona foydalanish inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy ekologik neytral texnologiyalar qoʻllashni talab etadi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar davlat buyurtmasi boʻyicha ilmiy muassasalar tomonidan budjet dasturlari va grantlari, shu jumladan xalqaro grantlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Biroq, hozirgi vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy faoliyat deyarli olib borilmayapti.
3.5. Ekologik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning ishtiroki
Fuqarolik jamiyati institutlari va aholining keng ishtirokisiz atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etib boʻlmaydi. Bunda aholining ekologik bilim darajasi alohida ahamiyatga egadir.
Hozirda ekologik jihatdan potensial xavfli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik eshitishlarini oʻtkazish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlarini kiritish amaliyoti mavjud emas.
Bundan tashqari, aholiga ekologik taʼlim berish tizimi mavjud emas.
V bob. Ekologik muammolarni hal etish yoʻllari
Atrof tabiiy muhit holatining sifatini yaxshilash maqsadida 2030-yilga qadar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
global ekologik muammolarni hal etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublikaning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi sohasida:
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Monreal protokoli talablarini bajarish yuzasidan yangi tahrirdagi Milliy dasturni va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;
Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish va qabul qilish;
manfaatdor davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigayli tuzatishiga, Orxus konvensiyasi, Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi konvensiya va uning asosiy protokollariga, Sanoat avariyalarining transchegaraviy taʼsiri toʻgʻrisidagi konvensiya, Simob toʻgʻrisidagi Minamat konvensiyasi, Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasi, Atrof muhitga taʼsirni transchegaraviy nuqtai nazardan baholash toʻgʻrisidagi konvensiya va Strategik ekologik baholash haqidagi protokol, Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha konvensiyaga Suv va salomatlik muammolari boʻyicha protokol hamda boshqa xalqaro bitimlarga qoʻshilishi maqsadga muvofiqligini oʻrganish;
xalqaro moliya tashkilotlari, donor mamlakatlar bilan uzoq muddatli samarali strategik hamkorlikni taʼminlash, investitsiya loyihalari va xalqaro texnik yordam loyihalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish;
chegaradosh davlatlar bilan quyidagi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishni taʼminlash:
kimyoviy, biologik, radiologik materiallar taʼsiri xavfini kamaytirish;
transchegaraviy ekologik muammolar reyestrini va ularni monitoring qilish tizimlarini shakllantirish, transchegaraviy obyektlarning atrof muhitga taʼsirini birgalikda baholash, barvaqt ogohlantirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
transchegaraviy qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni tashkil etish;
atrof muhit sifatining yagona normativlari, standartlarini birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni mintaqa mamlakatlari uchun yagona metodika boʻyicha tayyorlash;
transchegaraviy daryolar havzalarini boshqarish va Markaziy Osiyo transchegaraviy yuza suv oqimlari monitoringining yagona kompleks tizimini yaratish;
yerlarning choʻllanish va degradatsiya darajasini kamaytirish, yer maydonlarining sifati va unumdorligini qayta tiklash sohasida:
yer resurslarini kompleks rejalashtirish va boshqarishni joriy etish salohiyatini yaratish;
oʻrmon resurslari, yaylovlar va chorvachilikni, shuningdek, suv va yer resurslarini barqaror boshqarishni taʼminlash;
Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubida dov-daraxtlar ekilgan maydonlarni koʻpaytirish;
dalalarni ihotalovchi va qirgʻoqlarni mustahkamlovchi daraxtzor polosalarni yaratish, togʻ yonbagʻirlarida supa olish, oʻrmon va mevali daraxtlarni ekish orqali oʻrmon-melioratsiya tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
agrotexnik ekinlarni parvarish qilishda almashlab ekish keng joriy etilishini taʼminlash;
buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmogʻini rekonstruksiya qilish va tiklashni taʼminlash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash uchun yangi suv omborlarini qurish;
mineral oʻgʻitlarni bosqichma-bosqich organik oʻgʻitlar bilan almashtirishni taʼminlash va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish;
organik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish;
ilgʻor xalqaro amaliyotga va JST talablariga mos keladigan agroekologik standartlarni keng tatbiq qilish;
suv resurslarini qurib bitish va ifloslanishdan muhofaza qilish sohasida:
qishloq xoʻjaligi va kommunal sohada suv resurslari yoʻqotishlarni kamaytirish;
qishloq xoʻjaligida suv isteʼmoli salmogʻini kamaytirish;
sanoat korxonalarining tozalash inshootlari bilan jihozlanishini ragʻbatlantirish, shuningdek, sanoatda suv taʼminotining aylanma sikli keng joriy etilishini taʼminlash;
aholini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish koʻlamini oshirish;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida:
ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarish kamaytirilishini taʼminlash;
elektr energiya ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar ulushini koʻpaytirish;
binolarning energiya samaradorligini oshirish sohasidagi chora-tadbirlarni, past uglerodli texnologiyalardan (issiqlik nasoslari, qayta tiklanadigan energiya manbalari) va xususiy xoʻjaliklarda yanada toza yoqilgʻi turlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish;
temir yoʻl tarmogʻini yanada rivojlantirish hamda yoʻlovchi va yuklarni avtotransportda tashishdan temir yoʻllar orqali tashishga oʻtishda koʻmaklashish;
transportni gaz ballon yoqilgʻisiga, elektr quvvatiga va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish, shuningdek, tegishli yoʻl infratuzilmasini tashkil etish;
gʻildirakli transport vositalarining hamda motor yoqilgʻisining “Yevro-6” ekologik toifadagi standartlarini qabul qilish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning solishtirma normalarini ishlab chiqish va qabul qilishni taʼminlash;
ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning, shu jumladan iqtisodiyot sektorlari boʻyicha kadastrlarini yaratish;
ekologik jihatlarni hisobga olgan holda, qattiq pech yoqilgʻisi uchun davlat standartlarini qayta koʻrib chiqish;
issiqlik berish imkoniyatini oshirish va kul chiqarishini kamaytirish maqsadida respublikada qazib olinayotgan toshkoʻmirning boyitilishini taʼminlash;
transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylarni kamaytirish, magistrallarning yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, harakat tezligi rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yoʻlovchi transporti harakati uchun alohida polosalar tashkil etish, alohida velosiped yoʻlaklarini barpo etish hisobiga yoʻl harakatining oqilona tashkil qilinishini taʼminlash;
yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qoʻllanilishini taʼminlash;
amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qoʻllanilishini taʼminlash;
biologik resurslarni saqlash va koʻpaytirish, shuningdek, oʻrmon fondi sifati va hajmlarini oshirish sohasida:
barcha tipdagi ekotizimlarni bir xilda qamrab olish va barcha qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar tarmogʻining ekologik bogʻlanishini taʼminlash orqali I — V toifalardagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonlarini koʻpaytirish;
noyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlarini genetik banklarda saqlash texnologiyasini joriy qilish;
biologik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan yagona chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, xususan, tabiiy turlarga va qishloq xoʻjaligi ekinlariga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan begona yot turlarni olib kirish va tarqatishni nazorat qilish;
hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, qoʻriqlanadigan tabiat hududlarining davlat kadastrlari maʼlumotlari yagona axborot bazasi yaratilishini hamda ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilinishini taʼminlash;
shifobaxsh, ozuqabop va texnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish;
pitomniklarda yetishtirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanish va ularni tabiiy muhitdan olish hajmlarini kamaytirishni ragʻbatlantiruvchi soliq va boj yigʻimlari tizimini yaratish;
yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan hayvonot dunyosi obyektlarini koʻpaytirish boʻyicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish;
Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni koʻpaytirish;
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar sonini koʻpaytirish, yangi tashkil etiladigan qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populyatsiyalarini tashkil qilish;
biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarining iqtisodiy qiymatini baholash mexanizmini ishlab chiqish;
respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida “yashil belbogʻlar” yaratish;
oʻrmon bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini koʻpaytirish;
respublika oʻrmonlari atlasini yaratish maqsadida oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish;
asosan biologik va ekologik xavfsiz usullardan foydalangan holda, oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
oʻrmon fondining sifat tarkibini yaxshilash va uning oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish;
mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish hamda oʻrmon ekinlarini yaratishning yangi texnologiyalarini joriy etish hisobiga, shu jumladan gen-modifikatsiyalashtirilgan organizmlardan foydalangan holda, daraxtzorlarning sifatini va turlari xilma-xilligini oshirish;
sanoat chiqindilarining hosil boʻlish hajmlarini kamaytirish hamda mavjud hajmlarini qisqartirish, shu jumladan xavfli chiqindilarning aholi salomatligiga va atrof muhitga salbiy taʼsirining oldini olish sohasida:
chiqindilarni sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik parametrlar asosida tasniflash tizimini joriy etish;
ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar joriy etilishini, shu jumladan imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirishni taʼminlash;
konchilik va qayta ishlash korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish;
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar toʻgʻrisidagi Stokgolm konvensiyasi talablarini bajarish boʻyicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda ishlatiluvchi yaroqsiz holga kelib qolgan kimyoviy vositalarni bosqichma-bosqich yoʻq qilish yoki ekologik jihatdan xavfsiz yoʻqotishni taʼminlash;
sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlanishini tashkil etishni taʼminlash;
oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlar (simobli lampa va priborlar, batareykalar, akkumulyator va boshqalar)ni yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;
tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish;
zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish uchun moʻljallangan maxsus poligonlarni konservatsiyalash boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan “Chorkesar” va “Yangiobod” obyektlarini toʻliq rekultivatsiya qilish va ekologik qayta tiklash;
iqtisodiyotni ekologiyalashtirish sohasida:
resurslardan foydalanishni optimallashtirish va tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, “yashil infratuzilma”ni yaratish;
milliy iqtisodiyotni suvdan tejab foydalanish, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini rivojlantirish va keng qoʻllashni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirib oʻzgartirish, shuningdek, yuqori energiya samarador standartlar asosida inshootlar barpo etish;
ekologik jihatlarning davlat sektoral siyosatiga, shu jumladan rejalar, dasturlar va boshqa strategik hujjatlarni strategik ekologik baholash mexanizmini joriy etish, shuningdek, alohida loyihalarning atrof muhitga taʼsirini baholash orqali integratsiyalashuvini taʼminlash;
ekotizimlarning qayta tiklanish imkoniyatlari va potensial sigʻimini baholash parametrlarini ishlab chiqish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirishda ushbu parametrlarni hisobga olish tartib-taomilini joriy etish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ekologik sugʻurtalash va ekologik auditdan oʻtkazish tizimini tatbiq etish;
atrof muhitning sifatini belgilovchi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro standartlarga (BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, YEYI va boshqalar) oʻtishni taʼminlash;
davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik standartlarni qoʻllashni kengaytirish;
tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini qoʻllash sohasida:
“ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyilini toʻliq amalga oshirish, ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va oqizganlik uchun toʻlov miqdorlarining ular hajmiga hamda atrof muhit va aholi salomatligi uchun xatarliligiga bogʻliqligini taʼminlash;
Yevropa standartlari asosida nazorat qilinadigan ifloslantiruvchi moddalar sonini optimallashtirgan holda, ularni chiqarish va oqizishni samarali nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
ekologik neytral texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanish hamda ularni olib kirishni ragʻbatlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish;
xoʻjalik faoliyatidan atrof muhitga yetkaziladigan zararni hisoblashning samarali metodikalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishni taʼminlash;
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berishning maxsus xarid tarifi (“yashil tarif”)ni joriy etish orqali foydalanishni ragʻbatlantiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
davlat ekologik nazorati funksiyalarini amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish orqali atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining funksiya hamda vazifalarini aniq chegaralash, shuningdek, ularning harakatlari muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
takrorlanishlarni bartaraf etgan holda, ekologiya sohasidagi barcha nazorat funksiyalari yagona davlat organi doirasida optimal ravishda markazlashtirilishini taʼminlash;
atrof muhitni muhofaza qilishni, shu jumladan nazorat qiluvchi tuzilmalarni atrof muhitning ifloslanish darajasini zamonaviy mobil tahliliy nazorat vositalari bilan jihozlash boʻyicha budjetdan mutanosib ravishda moliyalashtirilishini taʼminlash;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassisliklar, oʻquv rejalari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini yangilashni taʼminlash, kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash tizimini takomillashtirish;
atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifalarga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etishni amaliyotga tatbiq etish va maʼlum bir davr oraligʻida majburiy tartibda ularning malakasini oshirib borish;
davlat ekologik ekspertizasi va ekologik sertifikatlashtirishni amalga oshirish sohasida:
davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ekologik xavflilik toifasini aniqlash tizimini xalqaro standartlar asosida tanqidiy qayta koʻrib chiqish;
“eng yaxshi maqbul texnologiyalardan foydalanish” prinsipiga oʻtish;
ekspertiza obyektlarining taʼsirini modellashtirishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitga taʼsirini baholash natijalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
ekologik normativlarni individual belgilash usulidan tarmoq usuliga oʻtishni taʼminlash;
ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish kvotalari, shuningdek, ekologiya-xoʻjalik tumanlarining chiqindilarini joylashtirishning aniq mezonlarini belgilash;
ekspertizadan keyingi nazoratning samarali mexanizmini yaratish;
ekologik menejment tizimini yaratishning xalqaro standartlarini joriy etish, MDH, YEYI davlatlari hamda boshqa mamlakatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni oʻzaro tan olish mexanizmini tatbiq etish;
ekologik sertifikatlar va sinov protokollari xorijda eʼtirof etilishi uchun ekologik sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining xalqaro darajada akkreditatsiya qilinishini taʼminlash;
amaldagi standartlarning xalqaro ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va XEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) standartlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlash;
ekologik sertifikatlashtirish, shu jumladan gʻildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish;
avtomobillarning ekologik toifalarini belgilash laboratoriyasini tashkil etish va uning akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash;
atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi sohasida:
aloqador vazirliklar va idoralar laboratoriyalarining moddiy-texnika va metodik taʼminotini tubdan yaxshilash;
respublika ichkarisida atmosfera havosi ifloslanishini avtomatik tarzda oʻlchaydigan postlar tizimini yaratish;
atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlarni atmosfera havosiga asosiy (tashkillashtirilgan) turgʻun manbalardan tashlanmalarni va suv obyektlarini ifloslantirish manbalaridan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash;
aloqador vazirliklar va idoralar, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar monitoringi natijalari maʼlumotlarini yigʻishning zamonaviy axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
atrof muhitning holati va yuz berishi mumkin boʻlgan ekologik tahdidlar toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida respublikaning elektron ekologik xaritasini yaratish;
aerodinamik diametri 10 mikrondan oshmaydigan (PM10), shu jumladan aerodinamik diametri 2,5 mikrondan oshmaydigan (PM2,5) oʻlchangan qattiq zarrachalar bilan atmosfera havosining ifloslanish darajasini monitoring bilan qamrab olinishini taʼminlash;
atrof muhit obyektlari holatini baholash koʻrsatkichlar tizimini takomillashtirish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish;
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va aholini atrof muhit holati toʻgʻrisida ishonchli axborot bilan taʼminlash;
atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan taʼminlash sohasida:
ilmiy-texnik axborot bilan almashish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
ilmiy gʻoyalarni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan uskunalarning aniq sanoat namunalariga aylantirilishini taʼminlovchi mexanizmni yaratish hamda ularni texnologik jarayonga tatbiq etish;
ekologik toza va resurs tejaydigan texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xom ashyo, materiallari, mahsulot va uskunalarning turlari ishlab chiqilishini taʼminlash;
yuz berishi mumkin boʻlgan global va mintaqaviy iqlim oʻzgarishlariga nisbatan tabiat tizimlari va xoʻjalik faoliyati sektorlarining zaifligi tadqiq etilishini taʼminlash, ekologik xavf-xatarlarni aniqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
tirik organizmlarning yot va genetik oʻzgartirilgan turlari tarqalishini tahlil etishni taʼminlash va mazkur jarayonlarni nazorat qilish, ularning salbiy oqibatlari darajasini pasaytirish boʻyicha tegishli usullarni ishlab chiqish;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida toʻplangan bilimlarni tizimlashtirish va bu boradagi ilmiy tadqiqotlar muvofiqlashtirilishini tashkil etish;
suv isteʼmoli boʻyicha yangi meʼyorlar, suv taʼminoti va ichimlik suv manbalari sifati normativlarining ilmiy-metodik asoslantirilishini taʼminlash;
hududlarni ekologik rayonlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, salomatlik uchun eng xavfli hududlarni aniqlash uchun suv havzalari va ichimlik suvining ifloslanish darajasini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqish;
atrof muhitni muhofaza qilish masalalarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, shuningdek, ekologik taʼlimning uzluksiz tizimini yaratish sohasida:
atrof muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisida milliy maʼruzalarni muntazam tayyorlash va chop etish;
ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning albatta ishtirok etishini taʼminlashning samarali mexanizmni yaratish;
davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilgunga qadar atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifalarga mansub (yuqori va oʻrtacha xavf-xatar) faoliyat turlarining atrof muhitga taʼsirini baholash loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshitishlarini va jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish mexanizmini yaratish;
atrof muhitni muhofaza qilish jamoat inspektorlari institutining takomillashtirilishini taʼminlash;
barcha darajalardagi taʼlim oʻquv dasturlariga ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarini kiritish orqali uzluksiz ekologik taʼlim tizimini takomillashtirish;
taʼlim tizimining barcha darajalari uchun ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlash.
VI bob. Kutilayotgan natijalar
Konsepsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2030-yilda;
Orol dengizining qurigan tubining Oʻzbekistondagi qismida oʻrmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish;
qishloq xoʻjaligida suv resurslarini yoʻqotishni 10 foizga kamaytirish;
qishloq xoʻjaligida suv isteʼmolini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish;
oqava suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish;
transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilgʻisi va elektr energiyasida ishlashga oʻtkazish;
oʻrmonzorlar bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish;
IV toifadagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish;
Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni yiliga 4000 gacha koʻpaytirish;
aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish;
hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha koʻpaytirish;
alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob boʻlgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib boʻlingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ni qayta ishlash hajmini 30 foizgacha koʻpaytirish kutilmoqda.
VII bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uch yillik “yoʻl xaritalari”ni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Ular asosida tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan tasdiqlanadigan idoraviy dasturlar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadigan hududiy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga
ILOVA
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi doirasidagi
maqsadli vazifalar
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkichlar

Masʼul ijrochilar

I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish

1.

Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubida oʻrmonzor maydonlarini kengaytirish.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirliklar va idoralar

2.

Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish

3.

Tuproq unumdorligini va qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlash va oshirish uchun qisqa-rotatsiya va paxta-beda almashlab ekishni keng joriy etishni taʼminlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda organik qishloq xoʻjaligi usullarini joriy etish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilishni taʼminlash.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

6.

Kollektor-drenaj tarmogʻining rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini taʼminlash.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

III. Suv resurslarini muhofaza qilish

7.

Suv resurslari yoʻqotishlarini qisqartirish.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

8.

Qishloq xoʻjaligida solishtirma gektarga nisbatan suv isteʼmolini qisqartirish.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Tomchilatib sugʻorish va suvni tejovchi boshqa texnologiyalarga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini kengaytirish.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

10.

Oqava suvlarni tozalash samaradorligini oshirish.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar

11.

Sanoatda suv taʼminotining aylanma sikli amaliyotini kengaytirish.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Respublika aholisini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish qamrovini oshirish.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish

13.

Atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar

14.

Jamoat transportini gaz-ballon yoqilgʻisi va elektr energiyasida ishlashga oʻtkazish.

Transport vazirligi, IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni qoʻllash.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi

16.

Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar (quyosh va shamol energiyasi) ulushini koʻpaytirish.

Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash

17.

I — V toifadagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Tabiiy muhitdan qizilmiya, kovrak, kovul va boshqa turdagi dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarni olishni qisqartirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

19.

Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni koʻpaytirish.

Ekologiya vazirligi

20.

Yangi tashkil etiladigan qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populyatsiyalarini tashkil etish.

Ekologiya vazirligi

21.

Oʻrmonlar bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini koʻpaytirish.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

VI. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimni takomillashtirish

22.

Aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar

24.

Tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha moʻljallangan atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Kutilayotgan natijalar

I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish.

Orol dengizi qurigan tubi Oʻzbekistondagi hududining 30 foizida mahalliy daraxt va buta oʻsimliklari bilan oʻrmonzorlar barpo etish choralarini koʻrish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti, mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

Orol dengizining qurigan tubidan koʻtarilayotgan qum hajmining kamayishi, bioxilma-xillikning qayta tiklanishi, turizm salohiyatining oshishi.

2.

Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida “yashil belbogʻ”lar yaratish.

Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy daraxt va buta oʻsimliklaridan “yashil belbogʻ” lar yaratish.

2021-yil 1-dekabr

Mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

Hududning yirik shaharlarida atmosfera havosini yaxshilash va qulay ekologik vaziyat hosil qilinishi.

II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar

3.

Yer resurslarining ifloslanish darajasini kamaytirish.

Oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini qayta koʻrib chiqish.

2020-yil 1-yanvar

Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davergeodezkadastr, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi

Yer resurslarining sifat boʻyicha holati yaxshilanishi.

2018-yilda qoʻllanilgan mineral oʻgʻitlar hajmining kamida 10 foizini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich organik oʻgʻitlar bilan almashtirish va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish choralarini koʻrish.

2021-yil 1-dekabr

Organik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

4.

Yer resurslari degradatsiya surʼatlarini kamaytirish boʻyicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks oʻrmon-meliorativ, agrotexnik va meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

qirgʻoqni mustahkamlovchi va ihota daraxtzorlari tizimini barpo etish;

togʻ yonbagʻirlarida supa olish hamda oʻrmon va mevali daraxtzorlar hosil qilish;

tuproqning unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlab qolish va oshirish maqsadida qisqa-rotatsion va paxta-beda almashlab ekishning keng qoʻllanilishini taʼminlash;

buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish hamda ularning kamida 5 foizi tiklanishini taʼminlash;

yerlarni meliorativ yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmoqlarining kamida 20 foizi rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini, shuningdek, yangi suv omborlari qurilishini taʼminlash.

2020-yil 1-mart

Davlat (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

Davergeodezkadastr, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

Agrotexnik kompleksning atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsiri kamayishi.

III. Suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar

5.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

suvni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;

suv resurslarini yoʻqotishni 2 foizga kamaytirish;

eng avvalo qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni tomchilab sugʻorishga oʻtkazish va ularning maydonini 4 foizga yetkazish hisobiga qishloq xoʻjaligidagi suv isteʼmolini 2 foizga kamaytirish;

sanoat korxonalarini tozalash inshootlari bilan jihozlashni ragʻbatlantirish;

respublikadagi kanalizatsiya tozalash inshootlarini tubdan modernizatsiya qilish choralarini koʻrish;

sanoatda suv taʼminotining aylanma siklini keng joriy etishni taʼminlash va uning umumiy suv isteʼmoli hajmini 10 foizgacha yetkazish;

respublika aholisining 20 foizini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olinishini taʼminlash.

2021-yil 1-dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

Suv yoʻqotishni kamaytirish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanilishi.

IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar

6.

Joylarda Konsepsiyaning atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qismi bajarilishini taʼminlash.

Quyidagilarni inobatga olgan holda, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha amaldagi idoraviy uch yillik harakat rejalariga tuzatishlar kiritish, yangilarini ishlab chiqish va qabul qilish:

2020-yil 1-yanvar

Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atmosfera havosiga statsionar va harakatdagi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqish hajmlarining kamayishi.

statsionar ifloslanish manbalaridan atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilarni 2018-yildagiga nisbatan 3 foizga kamaytirish;

yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda kamida 99, 5 foizlik samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qoʻllanilishini taʼminlash;

faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarning kamida 30 foizida 95 foizdan past boʻlmagan samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qoʻllanilishini taʼminlash.

Quyidagilarni inobatga olgan holda Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha hududiy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va qabul qilish:

transport va piyodalar oqimining kesishmalari sonini kamaytirish, magistrallardagi yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yoʻlovchi tashish transporti uchun alohida yoʻl qatori ochish, alohida velosiped yoʻlakchalarini tashkil qilish hisobiga yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlash;

jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilgʻi, elektr va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish, shuningdek, yoʻl infratuzilmasini tashkil etish.

2020-yil 1-yanvar

Mahalliy budjet, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning grantlari

7.

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni tashlash boʻyicha solishtirma meʼyorlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Xalqaro meʼyorlar va standartlarni oʻrganish.

2019-yil 1-dekabr

Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari

Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boʻyicha solishtirma meʼyorlarning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi.

Texnik tartibga solish sohasida tegishli tahliliy materiallar va meʼyoriy hujjat loyihasini tayyorlash.

2020-yil 1-iyun

Texnik tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatni kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-dekabr

Texnik tartibga solish sohasida qabul qilingan meʼyoriy hujjatni hisobga olgan holda energetika kompleksi korxonalarini modernizatsiya qilish dasturlariga tuzatishlar kiritish.

2021-yil 1-iyun

V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlar

8.

Oʻrmon daraxtlari maydoni va zichligini oshirish, shuningdek, ularning sifatini yaxshilash.

Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

qurgʻoq (arid iqlimli) mintaqalarda oʻrmonlarni qayta tiklash va oʻrmonzorlar barpo etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish;

respublikaning oʻrmonlari atlasini yaratish maqsadida oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish;

oʻrmon daraxtzorlarini, shu jumladan noqonuniy kesish, yongʻinlar va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishni yaxshilash;

daraxtzorlar bilan qoplangan oʻrmon fondi maydonini 3, 3 million gektarga yetkazish va bunda majburiy ravishda oʻtkazilgan daraxtlar sifati hamda turlar xilma-xilligini mahalliy daraxt va buta navlari yordamida oshirish;

asosan biologik va ekologik jihatdan xavfsiz usullardan foydalangan holda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

masofaviy usullar asosida oʻrmonlarni monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;

oʻrmon fondining sifat tarkibini yaxshilash hamda uning oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish hamda biologik xilma-xillikni saqlash va qayta tiklash.

9.

Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar (keyingi oʻrinlarda — QTH) tarmogʻini kengaytirish va rivojlantirish.

I — V toifadagi QTH maydonlarini respublika hududining 7 foizigacha yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari.

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya tavsiyalarining respublika tomonidan bajarilishi, QTHlarni boshqarish samaradorligining oshishi.

10.

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHni muhofaza qilish va toʻgʻri foydalanish maqsadida ularning davlat kadastri yagona maʼlumotlar bazasini yaratish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilishni taʼminlash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari.

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilishning takomillashtirilishi.

11.

Biologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

Autentik (asl) bioxilma-xillikni, shu jumladan hayvonot va nabototning indemik turlarini saqlash va qayta tiklash, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilishning taʼminlanishi.

Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarning yagona tizimini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining “Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

2020-yil 1-iyun

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar boʻlgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish..

Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil 1-sentabr

Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2021-yil
1-mart

12.

Biologik xilma-xillikni saqlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish.

Quyidagilar boʻyicha qonuniy choralar koʻrish:

oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qoʻriqlashni kuchaytirish, shuningdek, ulardan foydalanishni nazorat qilish;

pitomniklarda oʻstirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish hamda ularni tabiiy muhitdan tortib olish hajmlarini qisqartirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Tabiiy muhitdan tortib olishni kamaytirish hisobiga bioxilma-xillikni saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

13.

Oʻsimlik dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.

Dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil 1-iyun

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

Dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari zaxiralarini aniqlash, oʻsimliklar dunyosining ayrim obyektlarini yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.

Qizilmiya, kavrak, qovul hamda boshqa turdagi dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil qilish va shu yoʻl bilan ushbu turlarni tabiatdan tortib olish darajasini 2018-yildagiga nisbatan 20 foizga kamaytirish.

2021-yil 1-dekabr

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

14.

Hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.

Hayvonot dunyosining yoʻqolib ketish arafasida turgan obyektlarini koʻpaytirish boʻyicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil qilish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

Hayvonot dunyosi obyektlarining tabiatda koʻpayishini oshirish va yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.

Pitomniklarda yetishtirilgan, Qizil kitobga kiritilgan tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborish miqdorini yiliga 2000 tagacha koʻpaytirish.

2021-yil 1-dekabr

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Buxorodagi “Jayron” ixtisoslashtirilgan pitomnigidagi jayronlar bosh sonini 850 taga yetkazish choralarini koʻrish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

VI. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlar tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar

15.

Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi aloqador vazirliklar va idoralar

Barcha turdagi chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimining samarali ishlashi uchun huquqiy asoslar yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish:

chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish;

imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish;

togʻ-kon qazib olish va qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish;

sanoat chiqindilarining hosil boʻlishi va ularni koʻmish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning ragʻbatlantiruvchi rolini takomillashtirish;

sanoat obyektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash;

oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil qilish..

2020-yil 1-iyun

Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil 1-sentabr

Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2020-yil 1-oktabr

17.

Xavfli chiqindilarning atrof muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish.

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, ITSV, TIV

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz boʻlgan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish yoki xavfsiz ravishda chiqarib tashlash hisobiga atrof tabiiy muhitga va aholi salomatligiga xavf-xatarlarni kamaytirish.

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, ITSV, TIV, Moliya vazirligi

Qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz boʻlgan kimyoviy vositalarni bosqichma-bosqich yoʻq qilish yoki ekologik jihatdan xavfsiz ravishda chiqarib tashlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, ITSV, TIV,

Zaharli kimyoviy mahsulotlar va boshqa toksik moddalarni koʻmishga moʻljallangan maxsus poligonlarni konservatsiya qilish boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida)

Moliya vazirligi“Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi

“Chorkesar” obyektini toʻliq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida)

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

“Yangiobod” obyektini toʻliq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari

“Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, ITSV

VII. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari

18.

Iqtisodiyotning barcha sektorlarida ekologik jihatlar hisobga olinishini taʼminlash.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturiy hujjatlari, konsepsiyalari va strategiyalarini, shu jumladan ularni strategik jihatdan ekologik baholash, shuningdek, ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sigʻimini hisobga olgan holda, alohida loyihalarning atrof muhitga taʼsirini baholash orqali qayta koʻrib chiqish.

2021-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmiasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Iqtisodiyot sektorlarini ekologik tarkibiy qismni hisobga olgan holda rivojlantirish.

19.

Iqtisodiyotni jadallik bilan ekologiyalashtirish vositalarini yaratish.

Quyidagilar boʻyicha choralar koʻrish:

Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishni rejalashtirishda ekologik tarkibiy qismni hisobga olish orqali ifloslanish hajmlarini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash.

ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sigʻimini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;

2020-yil 1-iyun

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ekologik sugʻurtalash va ekologik auditdan oʻtkazish tizimini joriy etish;

2020-yil 1-dekabr

atrof muhitning sifatini belgilab beruvchi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro standartlarga (BMTning YEYIK, YEYI va boshqalar) oʻtish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

20.

Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashti-rish.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga investitsiyalar ortishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish.

Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish

2020-yil 1-mart

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish:

2020-yil 1-dekabr

“ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyilini toʻliq roʻyobga chiqarib, tashlangan chiqindilar va tashlamalar uchun toʻlov miqdorlarini ularning hajmi hamda atrof muhit va aholi salomatligi uchun xavfiga bogʻliq boʻlishini taʼminlash;

nazorat ostidagi ifloslantiruvchi moddalar sonini YEYI standartlari asosida optimallashtirgan holda chiqindi va tashlamalar ustidan samarali nazorat mexanizmini joriy etish;

iqtisodiyotni xom ashyo eksport qilishdan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlashga oʻtkazishni ragʻbatlantiruvchi soliq va tarif siyosatini shakllantirish hamda olib borish;

ekologik neytral texnologiyalar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish va olib kirishni ragʻbatlantiruvchi soliqlar va bojlar tizimini yaratish;

xoʻjalik faoliyati natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni hisoblashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

qayta tiklanuvchi va noanʼanaviy energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berish boʻyicha maxsus xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish;

sanoat chiqindilarini takroriy ishlatish va ikkilamchi qayta ishlashni ragʻbatlantiruvchi bozor mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-aprel

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

VIII. Ekologik nazoratni va atrof muhit muhofazasi sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari

21.

Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish:

ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratni amalga oshirishda maqsadlar, vazifalar, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari va javobgarlik choralarining dolzarbligini taʼminlash;

ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar;

atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassisliklar, oʻquv rejalari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarining dolzarbligini taʼminlash, shu jumladan ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etilishi amaliyotini joriy etish va bunda majburiy ravishda mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat boʻyicha samarali ishlovchi zamonaviy tizimning yaratilishi.

22.

Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi faoliyat turini amalga oshiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan holda ekologik talablar va meʼyorlarni bajarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tegishli obyektlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash.

Tashkiliy choralar

Har yili 25-yanvarga qadar

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar,

Davlat ekologiya qoʻmitasi

Xoʻjalik faoliyatining ekologik talablar va meʼyorlarga muvofiqligini taʼminlash.

23.

Ekologik ekspertizadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Ekologik ekspertizadan oʻtkazishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil 1-sentabr

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri hamda ekologik ekspertiza oʻtkazishni tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish:

xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ekologik xavflilik toifasini xalqaro standartlar asosida belgilashning shafof tizimini yaratish;

“eng yaxshi arzon texnologiyalardan foydalanish” tamoyiliga oʻtish, ekspertiza obyektlarining taʼsirini modellashtirish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitga taʼsirini baholash natijalarini koʻrishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

ekologik meʼyorlarni yakka tartibda belgilash usulidan tarmoq boʻyicha belgilash usuliga oʻtish;

ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, chiqarish, shuningdek, ekologik-xoʻjalik rayonlarining chiqitlarini joylashtirishni kvotalashning aniq mezonlarini belgilash;

“quvurdan chiqindi chiqish joyi”ni nazorat qilish emas, balki ifloslantirishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvorligi;

ekspertlardan keyingi nazoratning samarali mexanizmi;

suv, xom ashyo isteʼmoli va energiya resurslaridan samarali foydalanish hisobga olinadigan nazoratning samarali, arzon texnik usullaridan foydalanish mexanizmi.

2021-yil 1-mart

Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-avgust

Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-noyabr

24.

Ekologik sertifikatlash va standartlashtirish tizimini takomillashtirish.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Ekologik sertifikatlashning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil 1-iyun

Shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish:

2020-yil 1-dekabr

ekologik menejment tizimini yaratishning xalqaro standartlarini joriy etish;

MDH, YEYI mamlakatlari va boshqa davlatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni oʻzaro tan olish mexanizmini joriy etish;

ekologik sertifikatlashtirish tizimini, shu jumladan gʻildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirishni takomillashtirish;

amaldagi standartlarni ISO va XEK xalqaro standartlari bilan uygʻunlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-mart

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

25.

Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

Atrof tabiiy muhit ustidan davlat monitoringini olib boruvchi vazirlik va idoralar laboratoriyalarining moddiy-texnik va metodik taʼminotini tubdan yaxshilash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Respublika ichida atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik ravishda oʻlchovchi postlar tizimini yaratish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

“Oʻzgidromet” markazi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, Davlat ekologiya qoʻmitasi

Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini atmosfera havosiga ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini suv obyektlari va yer relyefiga ustuvor ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar

26.

Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tarkibiy tuzilmalariga belgilangan tartibda fuqaro aviatsiyasining, shu jumladan videoregistrator bilan taʼminlangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, olib kirish uchun ruxsatnoma berish.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalariga fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berilishini taʼminlasin.

Tashkiliy choralar

Belgilangan muddatlarda

Transport vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof muhitni monitoring qilish sifatini oshirish.

IX. Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy taʼminotini rivojlantirish

27.

Fundamental ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish:

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

Ekologik muammolarni hal etishga ilmiy asoslangan yondashuvni taʼminlash.

biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini va biologik xavfsizlikning ilmiy asoslarini oʻrganish;

2020-yil 1-yanvar

tabiiy tizimlar va xoʻjalik faoliyati sektorlarining ehtimoliy global va mintaqaviy iqlim oʻzgarishlariga taʼsirchanligini tadqiq qilish;

2020-yil 1-dekabr

ekologik xavf-xatarlarni aniqlashning ilmiy asoslari;

2021-yil 1-dekabr

atrof muhit holatidagi oʻzgarishlarning aholi salomatligiga taʼsiri.

2021-yil 1-dekabr

28.

Amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish:

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi

Amaliy ahamiyat kasb etuvchi ekologik muammolarni hal qilishga ilmiy asoslangan yondashuvni taʼminlash.

suv isteʼmolining yangi meʼyorlari, suv taʼminoti va ichimlik suvi manbalarining sifat meʼyorlarini ilmiy-metodik asoslash;

2020-yil 1-dekabr

ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xom ashyo, material, mahsulot va uskunalar turlarini ishlab chiqish;

2021-yil 1-dekabr

hududlarni ekologik rayonlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, salomatlik uchun eng xavfli hududlarni aniqlash uchun suv havzalari va ichimlik suvining ifloslanish darajasini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil 1-dekabr

29.

Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy taʼminoti bilan bogʻliq amaliy va tashkiliy masalalarni hal etish.

Ilmiy gʻoyalar transformatsiyasini tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi sanoat uskunalari namunalariga aylantirish va ularni texnologik jarayonga joriy etishni taʼminlovchi mexanizmni yaratish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi

Atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy taʼminlashning samarali tizimini yaratish.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida toʻplangan bilimlarning tizimlashtirilishi va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirilishini tashkillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

X. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va uzluksiz taʼlim tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar

30.

Aholining atrof muhit holati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.

Atrof muhit va tabiiy resurslardan foydalanish holati toʻgʻrisida milliy maʼruzalarni muntazam ravishda tayyorlash va eʼlon qilish.

2021-yildan boshlab har yili

Vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi

Aholining atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish.

31.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki shartligini taʼminlovchi samarali mexanizmni yaratish;

atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) qayd qilingan faoliyat turlarida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishdan oldin ularning atrof muhitga taʼsirini baholash loyihalari boʻyicha jamoatchilik eshitishlarini va jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish mexanizmini yaratish;

atrof muhitni muhofaza qilish jamoat inspektorlari institutini takomillashtirishni taʼminlash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishga fuqarolik jamiyatining jalb etilishini taʼminlash.

32.

Ekologik taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarini taʼlimning barcha bosqichidagi oʻquv dasturlariga joriy etish;

ekologik muammolarni va tabiatdan toʻgʻri foydalanish zaruratini yanada chuqur anglab yetishga yordam beruvchi ekologiya boʻyicha yangi umumtaʼlim va maxsus oʻquv rejalari (dasturlari)ni joriy etish va mavjudlarini yaxshilash;

taʼlim tizimining barcha bosqichlari uchun ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlash;

atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi uzluksiz taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Aholining ekologik taʼlimini, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini yaxshilash.

XI. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

33.

Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish.

Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, TIV

Xorijiy davlatlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish.

Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini oʻrganish.

2020-yil 1-mart

Quyidagilarni inobatga olgan holda xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish:

transchegaraviy qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar tashkil qilish;

transchegraviy daryolar havzalarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va tartibga solish;

transchegaraviy ifloslanishni monitoring qilish va atrof muhitning holati toʻgʻrisida axborot almashish.

2020-yil 1-dekabr

Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil 1-dekabr

34.

Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish.

Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, ITSV, TIV

Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish.

Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani oʻrganib chiqish.

2020-yil 1-mart

Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi amaldagi normativ-huquqiy bazaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil 1-dekabr

35.

Milliy qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasining “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq holatga keltirish maqsadida uni takomillashtirish).

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish.

36.

Minamata konvensiyasiga (Kumamoto shahri, Yaponiya, 2013-yil 10-oktabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasining Minamata konvensiyasiga qoʻshilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida simob hamda tarkibida simob boʻlgan moddalar va tovarlar aylanmasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish.

37.

Monreal protokoli talablariga rioya qilish maqsadida Ozon qatlamini buzuvchi jismlardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Milliy dasturning yangi tahririni hamda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

“Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Milliy dasturni tasdiqash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-may

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Monreal protokoli doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish.

38.

Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini qabul qilish.

Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyun

“Oʻzgidromet” markazi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Parij bitimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning asosiy yoʻllarini belgilash.

39.

Xalqaro savdoda alohida xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan asoslantirilgan dastlabki kelishuv tartib-taomili toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasiga (Rotterdam shahri, Niderlandiya, 1998-yil 10-sentabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2021-yil 1-iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasining Rotterdam konvensiyasiga qoʻshilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida alohida kimyoviy moddalar va pestitsidlarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish.

40.

Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga (Kigali shahri, Ruanda, 2016-yil 15-oktabr) qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2020-yil 1-dekabr

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga qoʻshilishi orqali gidroftoruglerodlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqish.

41.

Atrof muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasining Orxus konvensiyasiga qoʻshilishi orqali insonning oʻz salomatligi va farovonligi uchun qulay atrof muhitga ega boʻlish, atrof muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish, ishtirok etish va odil sudlovga erishish huquqini taʼminlash tizimini takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 3-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)