1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3295]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-mart,
01-02/12-01-son
Energetika vaziri A.S. SULTANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
IHL-841/20-son
Kelishildi:
Rais A.I. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 6-martdagi 01-02/12-01-son va Energetika vazirligining 2021-yil 26-fevraldagi INL-841/20-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
magistral gaz oʻtkazish quvuri — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gaz olib oʻtiladigan quvur;
tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar — magistral gaz oʻtkazish quvurlarining oʻlchov tarmoqlarida tabiiy gaz hajmlarini aniqlash uchun oʻrnatilgan tabiiy gaz hisoblagichlari;
hisob-kitob davri — magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali tabiiy gaz yetkazib berish amalga oshiriladigan oy;
oʻlchov tarmogʻi — magistral gaz oʻtkazish quvurlarida tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar oʻrnatilgan joy;
shartnoma soati — tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlariga asosan hisob-kitob davrini yopish vaqti va sanasi;
nazorat bojxona posti — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtiladigan tabiiy gaz ustidan bojxona nazoratini amalga oshiradigan bojxona posti;
rasmiylashtiruv bojxona posti — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz quvurlari orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti;
bojxona identifikatsiyasi — bojxona organi tomonidan plombalar, muhrlar qoʻyish, shtamplar bosish, raqamli, harfli tamgʻalar yozish, shuningdek boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakli.
2. Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) yoki muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda MBYUD deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gazni olib oʻtish uchun asos boʻladi.
2-bob. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati
3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali tabiiy gaz olib oʻtilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona nazorati joylari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matda Qoʻmita deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
4. Bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari va oʻlchov tarmogʻi masʼul xodimlari tomonidan tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi koʻrsatgichlarni olish, hisob tizimini, qiyoslash vositalari mavjudligi va but saqlanganligini, hisoblagichlarni davlat standartlariga muvofiqligini, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hisobot va maʼlumotlarni tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi koʻrsatgichlarni olish oʻlchov tarmogʻi masʼul xodimi tomonidan hisob-kitob davrining oxirgi kunida shartnoma soatiga muvofiq nazorat bojxona posti xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan shaklda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Nazorat bojxona posti xodimi dalolatnoma tuzilgach undagi maʼlumotlarni Qoʻmita Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Dalolatnomaning bir nusxasi oʻlchov tarmogʻida yoki mazkur oʻlchov tarmogʻi joylashgan joydagi “Oʻztransgaz” AJning hududiy tarkibiy tuzilmasida saqlanadi va qolgan ikki nusxasi hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar:
bojxona nazorati uchun rasmiylashtiruv bojxona postiga;
“Oʻztransgaz” AJga yuboriladi.
6. Oʻlchov tarmogʻi va tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar ustidan bojxona nazorati bir oyda kamida ikki marta nazorat bojxona posti tomonidan amalga oshiriladi.
7. Oʻlchov tarmogʻida bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlanganda, nazorat bojxona posti xodimi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar koʻradi.
Hududiy bojxona organi bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan paytdan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan bojxona qonunchiligi buzilishi holati haqida rasmiylashtiruv bojxona postini xabardor qiladi.
3-bob. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻyish va olish tartibi
8. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻyish va olish bojxona nazorati joylarida nazorat bojxona posti xodimi tomonidan oʻlchov tarmogʻi masʼul xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud boʻlgan holatlar mustasno.
9. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarga bojxona plombalarini qoʻyish yoki ularni yechish va oʻzgartirilishida oʻlchov tarmogʻi xodimi tomonidan plombalash joylari tayyorlanadi.
10. Nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada rasmiylashtirgan holda plombalarni qoʻyadi yoki olib tashlaydi.
Dalolatnomaning bir nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi oʻlchov tarmogʻida, uchinchi nusxasi esa 5 kun ichida rasmiylashtiruv bojxona postiga yuboriladi.
11. Bojxona identifikatsiyasi faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud boʻlgan holatlar mustasno. Bojxona plombasining butligi buzilishi haqida oʻlchov tarmogʻi xodimi tomonidan buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida bojxona organiga xabar beriladi va bunday buzilish sabablari toʻgʻrisida yozma tushuntirish taqdim etadi.
12. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish zaruriyati tugʻilganda, bojxona plombalarining saqlanishi uchun masʼul shaxslar nazorat bojxona postini ishlarining boshlanishi va yakunlanishi sanalarini koʻrsatgan holda ushbu ishlar olib borilishi haqida oldindan xabardor qiladilar.
13. Mazkur Nizomning 12-bandida keltirilgan ishlar bajarilganidan soʻng nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 8 — 10-bandlarida koʻrsatilgan tartibda bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻllaydi.
4-bob. Tabiiy gazni deklaratsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi
14. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gaz deklaratsiyalanishi kerak.
Tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi Qoʻmita tomonidan belgilanadigan rasmiylashtiruv bojxona postlarida amalga oshiriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Tabiiy gazni deklaratsiyalash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiruv bojxona postiga qogʻozli yoki elektron shaklda BYDni topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VI boʻlimi.
15. Quyidagilar boʻlmagan taqdirda, MBYUD taqdim etishga ruxsat etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transportlari orqali haqiqiy oʻtkaziladigan tovarlarning hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
16. MBYUD bojxona postiga rasmiylashtirish uchun tabiiy gaz yetkazib berishdan oldin, hisob-kitob davridan oldingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
MBYUD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tabiiy gaz yetkazib berish uchun shartnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtish boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yigʻma dalolatnoma.
17. MBYUDda qayd etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar tabiiy gazning moʻljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy ravishda koʻrsatiladi.
Toʻliq BYDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MBYUDda koʻrsatilishi talab etilmaydi.
18. MBYUD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) muvofiq toʻldiriladi.
19. MBYUDning 1, 31 va 45-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
a) 1-grafa “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi “VD” — “vaqtinchalik deklaratsiya”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan “Bojxona rejimlari tasniflagichi”ga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi;
b) 31-grafa “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada qoʻshimcha ravishda tabiiy gazning hisobot davri muddatida olib chiqilishi yoki olib kirilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
v) 45-grafa “Bojxona qiymati”.
Grafada tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasi orqali oʻtkazilishi moʻljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona qiymati qayd qilinadi.
Agarda, bunday narx MBYUD topshirilgandan keyingi qayd etilgan sanadagi birja bahosiga bogʻliq boʻlsa, taxminiy narxni aniqlash uchun MBYUD qabul qilingan kundagi birja bahosi olinadi.
20. MBYUD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi toʻliq BYDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
MBYUDga toʻliq BYD rasmiylashtirilgandan soʻng, uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
21. MBYUDni taqdim etishda toʻliq BYDning taqdim etish muddati MBYUDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan toʻqson kalendar kunidan oshib ketmasligi lozim.
22. Toʻliq BYDning bojxona rasmiylashtiruvi muddati tovar yetkazib berish oyining oxirgi kuni amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
BYD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtish boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yigʻma dalolatnoma;
hisob-kitob davrida tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzuvchining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
23. Toʻliq BYD maʼlum qilingan bojxona rejimiga muvofiq Yoʻriqnoma talablari asosida quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
a) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafaning uchinchi boʻlmasida “PVD” — “vaqtinchalik deklaratsiyadan soʻng” harfli belgisi koʻrsatiladi;
b) 7-grafa. “BYDning roʻyxat raqami”.
Grafada MBYUDning roʻyxat raqami koʻrsatiladi;
v) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafaning oxirgi uchta raqamiga — “071” kodi koʻrsatiladi;
g) “D” — grafa.
Elektron BYDda mazkur grafada tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi koʻrsatiladi.
Qogʻoz shakldagi BYDda mazkur grafada bojxona nazorati natijalari haqida guvohlik beruvchi bojxona organining toʻrtburchak shtampi, tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi va shaxsiy muhri hamda zarur hollarda boshqa belgilar qoʻyiladi. Bojxona nazorati natijalari haqidagi toʻrtburchak shtamp tovarni oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
24. BYD va MBYUD koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, tabiiy gazning amalda oʻtkazilganligi toʻgʻrisida deklarant tomonidan hujjatlar taqdim qilishda MBYUDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
25. Tashqi savdo bojxona statistikasi hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini va valyuta nazoratini amalga oshirish uchun faqatgina toʻliq BYDlar hisobga olinadi. Tashqi savdo boʻyicha maʼlumotlarni tezkor ravishda hisobga olish maqsadlari uchun MBYUDda mavjud boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish mumkin.
5-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash
26. Bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib oʻtilgan tovarlar bojxona toʻlovlari BYD taqdim etilgan kundan kechiktirmagan holda tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.
Bunda, bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi.
Quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlar uchun MBYUD taqdim etilganda, bojxona toʻlovlari MBYUD taqdim etilgan kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha MBYUD qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.
27. Maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining miqdori oshadigan boʻlsa, ularning qoʻshimcha toʻlovi BYDni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu holda penya hisoblanmaydi.
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit tarzda olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi
28. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida joylashgan boshqa punktlar oʻrtasida boshqa davlatlar hududi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VI boʻlimi.
29. Bojxona tranziti bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tabiiy gaz hajmlari uchun BYD hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay bojxona organiga yuboriladi.
BYD bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
gaz transportirovkasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasi;
bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni olib oʻtish toʻgʻrisidagi yigʻma hujjatlar;
tashqi savdo bitimlari ishtirokchilari imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan, tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
tabiiy gazni oʻlchash joylaridan olingan, olib kirilganligi va chiqilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar.
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227 –– 22727 -moddalari.
31. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
TASDIQLAYMAN
Oʻzbekiston Respublikasi
energetika vaziri birinchi
oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati joyi
T/r
Bojxona nazorati joyi nomi(toʻliq manzili)
Oʻlchov tarmogʻi nomi
Tabiiy gaz yoʻnalishi
Nazorat bojxona posti nomi
1
2
3
4
5
“KELISHILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi(oʻrinbosari)
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
“___” __________ 20___ yil (oy) uchun
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni hisobga olish asboblari koʻrsatgichlarini olish toʻgʻrisidagi
_____-son dalolatnoma
Oʻlchov tarmogʻi nomi
Hisoblagich raqami
Hisoblagich koʻrsatgichi, kontrakt soati
Hisoblagich koʻrsatgichlari farqi
Hisoblagich koeffitsiyenti, m3
Sarflangan tabiiy gaz, m3
Joriy oyning 1-sanasi
Oʻtgan oyning 1-sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Qaytarish
Oʻ/t.
1.
2.
3.
Oʻlchov tarmogʻi nomi
Hisoblagich raqami
Hisoblagich koʻrsatgichi, kontrakt soati
Hisoblagich koʻrsatgichlari farqi
Hisoblagich koeffitsiyenti, m3
Sarflangan tabiiy gaz, m3
Joriy oyning 1-sanasi
Oʻtgan oyning 1-sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Tabiiy gazni tranzit boʻyicha qabul qilish
Oʻ/t.
1.
2.
3.
Oʻlchov tarmogʻi masʼul xodimi _____________________________________________________
(imzo , F.I.O.)
Nazorat bojxona posti xodimi __________________________________________
(shaxsiy muhr, imzo, F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Tabiiy gazni hisobga olish asboblariga bojxona identifikatsiyasi vositalarini oʻrnatish/olish toʻgʻrisidagi(keragini tagiga chizing) “__” ____________ 20___ yildagi ______-son dalolatnoma
Ushbu dalolatnoma___________________________________________________________________ tomonidan
(bojxona identifikatsiyasi vositalarini oʻrnatish sabablari koʻrsatiladi)
_________________________
________________________
________________________
(bojxona xodimi lavozimi)
(shaxsiy muhri, imzo)
(F.I.O)
_________________________
________________________
________________________
(obyekt xodimi lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
_________________________
________________________
________________________
(obyekt xodimi lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
_______________________________________da
(davlat nomi)
20__ yil ____ _____________ uchun
(kun)
(oy)
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali tabiiy gazni olib oʻtilishi toʻgʻrisidagi yigʻma hujjatlar” (tezkor / amaldagi maʼlumotlar boʻyicha) ___-son DALOLATNOMA
T/r
Shartnoma raqami va sanasi
Oʻlchov birligi,ming. kub. m
Bir yilga tuzilgan shartnomalar hajmi
Amalda _________oyi 20__ yilda yetkazib berilgan
Oʻlchov tarmogʻi nomi
Miqdori
summa,AQSh doll.
Miqdori
summa, AQSh doll.
Ming kub. m
kg
1
2
3
4
5
6
7
8
9
“Oʻztransgaz” AJ direktori oʻrinbosari
________________________
F.I.O, imzo
“Oʻztransgaz” AJ bosh buxgalteri
________________________
F.I.O, imzo
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2021-y., 10/21/3295/0313-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)