1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
11. 2026-yil hosilidan boshlab kamida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan gʻalla yetishtiruvchilarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq barqarorlik reytingi asosida imtiyozli kreditlar pasaytirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi agrar sohani moliyalashtirishda yuzaga keladigan mablagʻlar taqchilligini qoplash uchun zarur mablagʻlar budjet tizimi budjetlari hisobidan oʻz vaqtida ajratib borilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, har yili 1-yanvarga qadar meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlari uchun kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilsin hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritsin va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borsin.
Belgilansinki, 2021-yilda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlari uchun kutilayotgan minimal narxlar joriy yil 1-aprelga qadar eʼlon qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahrining, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan 8-uy manzilidagi binoga ikkilamchi ijara toʻlovlarini amalga oshirish sharti bilan joylashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga 2-ILOVA
Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklari, urugʻchilik xoʻjaliklari va yer uchastkasi mavjud boʻlgan boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
2. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-sentabrigacha bitim tuziladi.
3. Tijorat banki bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oy Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha amalga oshiriladi.
Kreditlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urugʻlik qiymatini hisobga olgan holda bugʻdoy normativ hosildorligi umumiy qiymatining 40 foizigacha yillik 8 foizda, 50 foizigacha yillik 10 foizda joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
“A” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi;
“V” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
6. Tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida hisoblanadi.
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarning ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Agroportali orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) fermer xoʻjaliklari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestridan koʻchirma);
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
b) fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan gʻallachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xoʻjaliklarining tasdiqlangan roʻyxati;
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
8. Yer uchastkasining ijara huquqi garovi bilan birga qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlgʻusi hosilni sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Doimiy ravishda tijorat banki oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan qarz oluvchiga kredit qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) berilishi mumkin.
9. Ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki rad etish sabablari asoslantirilgan holda 1 kun muddatda yozma ravishda qarz oluvchini xabardor qiladi.
10. Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
11. Kredit miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan minimal narx asosida hamda tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
12. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun tuzgan kredit shartnomasiga asosan Jamgʻarma kreditlari hisobidan bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urugʻlik qiymatini hisobga olgan holda bugʻdoy normativ hosildorligi umumiy qiymatining 40 foizigacha yillik 10 foizda, 50 foizigacha yillik 12 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
131. Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarma kreditlari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar doirasida sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilikni taqdirlash toʻlovlarini hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
132. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar:
“A” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda ajratadi;
“V” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda ajratadi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
14. Qarz oluvchi olgan kreditni shartnomada belgilangan muddatda soʻndirmasa, kreditning soʻndirilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
5-bob. Kredit monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
15. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
16. Qarz oluvchi bugʻdoy yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali kiritilgan toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi. Bunda 2026-yil 1-martga qadar toʻlov topshiriqnomalari qarz oluvchining tanloviga koʻra anʼanaviy usulda qogʻoz shaklida yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda, 2026-yil 1-martdan boshlab faqat mazkur platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
17. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Tijorat banki sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi boʻyicha bugʻdoy ekinining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadi.
19. Bugʻdoy (toʻliq yoki qisman) ekilmaganligi yoki ekin holatining qoniqarsizligi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning kechikishi natijasida kutiladigan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda tijorat banki va sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi bilan birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga bugʻdoyni sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi” ochiladi.
Qarz oluvchi “23210 hisobvaragʻi”ga bugʻdoyni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, bugʻdoy yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
21. Bugʻdoy yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “23210 hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
22. Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
23. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi va (yoki) kreditni soʻndirishni boshqa taʼminot turlariga asosan amalga oshirish choralarini koʻradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklari, gʻallachilik klasterlari hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
25. Tijorat banklariga joylashtirilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga 3-ILOVA
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarning meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni (keyingi oʻrinlarda — meva-sabzavot mahsulotlari) yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarga va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilar, shuningdek, chorvachilik va issiqxona xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) kredit ajratish uchun Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
a) asosiy ekin maydonlariga bahorgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining I choragida);
b) takroriy ekin maydonlariga yozgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining iyun — avgust oylarida);
v) “toʻqsonbosti” usulida ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining oktabr — dekabr oylarida);
g) yetishtirilgan meva-sabzavotlarni xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlangunga qadar bitim tuziladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
d) ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisidagi bitim ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilida) tuziladi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
e) issiqxona xoʻjaliklariga hosil qiymatining 50 foizigacha miqdorda aylanma mablagʻlarni toʻldirish hamda chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisidagi bitim moliya yili boshida tuziladi;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-yanvarga qadar 1 gektar maydonda kartoshka yetishtirish xarajatlarini tovar-moddiy resurslar bahosini hisobga olgan holda ishlab chiqib, Jamgʻarmaga taqdim etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qaroriga asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
3. Tijorat banki Jamgʻarma bilan tuzilgan bitimga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oyda, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmalarini taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan davrning, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
meva-sabzavot mahsulotlarini (ozuqabop va moyli ekinlar bundan mustasno) yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 8 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
issiqxona xoʻjaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hamda ular tomonidan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish xarajatlarini kreditlash uchun yillik 10 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr hamda soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga joylashtiradi;
kartoshka yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 8 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
6. Tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasiga 6 foiz punkt qoʻshib hisoblanadi.
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarning ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Agroportal orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestri koʻchirmasi);
meva-sabzavot ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
71. Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchilar roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga murojaat qiladi, tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tegishli maʼlumotnomani qarz oluvchiga murojaat qilgan kunda taqdim etadi.
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi tuman (Quvasoy shahar) hokimligining maʼlumotnomasini taqdim etadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
8. Qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlgʻusi hosilni sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Doimiy ravishda tijorat banki oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan qarz oluvchiga kredit qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) berilishi mumkin.
9. Ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki rad etish sababini asoslantirgan holda 1 kun muddatda yozma ravishda qarz oluvchini xabardor qiladi.
10. Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
11. Kredit miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan minimal narx asosida hamda tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar), shuningdek, issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlar qiymati va chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish xarajatlari boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
12. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
meva-sabzavot mahsulotlarini (ozuqabop va moyli ekinlar bundan mustasno) yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 12 oy muddatga, kreditni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
kartoshka yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz (shundan bank marjasi 4 foiz) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
issiqxona xoʻjaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hamda ular tomonidan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish xarajatlarini kreditlash uchun yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 6 oylik imtiyozli davr hamda soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
14. Qarz oluvchi olgan kreditni shartnomada belgilangan muddatda soʻndirmasa, kreditning soʻndirilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlar tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
15. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
16. Qarz oluvchi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali kiritilgan toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi. Bunda 2026-yil 1-martga qadar toʻlov topshiriqnomalari qarz oluvchining tanloviga koʻra anʼanaviy usulda qogʻoz shaklida yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda, 2026-yil 1-martdan boshlab faqat mazkur platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
17. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Tijorat banki sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi boʻyicha meva-sabzavot ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
19. Meva-sabzavot ekinlari ekilmaganligi yoki ekin holatining qoniqarsizligi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning kechikishi natijasida kutiladigan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda tijorat banki va sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi bilan birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “23210 hisobvaragʻi” ochiladi.
Qarz oluvchi “23210 hisobvaragʻi”ga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
21. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “23210 hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
22. Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
23. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi va (yoki) kreditni soʻndirishni boshqa taʼminot turlariga asosan amalga oshirish choralarini koʻradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
25. Tijorat banklariga joylashtirilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash
SXEMASI
Bosqich
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Ijrochilar
1-bosqich
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Har yili ekish mavsumi boshlanishidan oldin
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
Tijorat banki meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Har oyda
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun joylashtirib boradi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan davrning birinchi oyidan boshlab
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
3-bosqich
Qarz oluvchi kredit olish uchun asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza taqdim etadi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yili boshida
Tijorat banki filiali
4-bosqich
Qarz oluvchiga Jamgʻarma kreditlari hisobidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit liniyasi va kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan davrning birinchi oyidan boshlab
Tijorat banki filiali
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddatiga qadar
1. Tijorat banki filiali
2. Qarz oluvchi
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddatiga qadar
Tijorat banki filiali
7-bosqich
Imtiyozli kreditni va unga hisoblangan foizni soʻndiradi.
Ekin turi boʻyicha 6 oy va 12 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki filiali
8-bosqich
Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
Ekin turi boʻyicha 6 oy va 12 oy
Tijorat banki
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Tijorat banki yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Hosil yilida yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq qarz oluvchining yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtirib boradi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Jamgʻarma
3-bosqich
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Qarz oluvchi
4-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun kredit liniyasini va hisobvaragʻini ochadi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz “revolver” kreditlar ajratadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlarni qarz oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishi boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
7-bosqich
Qarz oluvchi va tijorat banki imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foizni soʻndirib boradi.
12 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
12 oy
Tijorat banki
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)