O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida
(hujjat nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, agrar sohaning barcha tarmoqlarini moliyalashtirish, ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, agrar sohani mexanizatsiyalash, mahsulot yetishtirish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishning qo‘shimcha mexanizmlari va moliyaviy vositalarini joriy etishni kengaytirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga doir taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
4. 2021-yildan boshlab Jamg‘armaga quyidagilarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablag‘ ajratilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
maqsadli subsidiyalarni;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
jalb qilingan chet el kreditlari bo‘yicha valyutaning ayirboshlash kursining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
moliyaviy taqchillikni bartaraf etish uchun jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan budjet ssudasi va tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun joylashtirilgan resurslarning foiz stavkalari o‘rtasida yuzaga keladigan salbiy tafovut.
Moliya vazirligi mazkur bandda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun mablag‘larni 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirsin va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
paxta xomashyosi, bug‘doy yetishtirish xarajatlari hamda paxta xomashyosi xaridi yakuniy hisob-kitoblarini kreditlash;
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “revolver” kreditlar ajratish;
yangi uzumzorlarni barpo qilish, ko‘chat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish;
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun zarur hajmdagi bug‘doyni bozor narxlarida xarid qilish va birja savdolariga qo‘yish;
zamonaviy va yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislash agregati qiymatini qisman qoplash uchun subsidiya berish;
tijorat banklariga joylashtirilgan maqsadli kredit resurslari va qarz mablag‘laridan foydalanishni monitoring qilish;
qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimini raqamlashtirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
rivojlangan xorijiy davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish va ularni mamlakatimizda joriy qilish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
6. Belgilansinki:
a) quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
tijorat banklariga maqsadli hamda lizing tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun joylashtirilgan kredit resurslari hamda qarz mablag‘larini qaytarishdan tushadigan tushumlar va ularga hisoblangan foiz to‘lovlari;
Jamg‘arma tomonidan sotib olingan bug‘doyni xarid qilish (sotib olish, saqlash, tashish va sotish xarajatlari bilan birga) va sotish narxlari o‘rtasida yuzaga kelgan ijobiy tafovut;
jalb qilingan chet el kreditlari bo‘yicha valyutaning ayirboshlash kursining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan chet el kreditlari va investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning mablag‘larini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun subsidiya hamda kombaynlarni xorijda xizmat ko‘rsatishi (xizmatlar eksporti) uchun tashish transport xarajatlariga kompensatsiya to‘lashga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
moliyaviy taqchillikni bartaraf etish uchun jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan budjet ssudasi va tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun joylashtirilgan resurslarning foiz stavkalari o‘rtasida yuzaga keladigan salbiy tafovutni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
budjet tizimining budjetlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
paxta xom ashyosi, bug‘doy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini hamda paxta xomashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobini kreditlash, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “revolver” kreditlar ajratish hamda yangi uzumzorlarni barpo qilish, ko‘chat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi taklifiga asosan tijorat vakili bilan birgalikda ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash uchun xorijiy davlatlardan bug‘doy sotib olish;
jalb qilingan budjet ssudasi, kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
jalb qilingan chet el kreditlari bo‘yicha chet el valyutasi va so‘mdagi barcha xarajatlarni, shuningdek, valyuta kursi hamda foiz to‘lovlari bo‘yicha yuzaga keladigan zararlarni qoplash;
qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda subsidiya to‘lash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
kombaynlarning xorijda xizmat ko‘rsatishi (xizmatlar eksporti) uchun tashish transport xarajatlariga qonunchilikda belgilangan miqdorda kompensatsiya to‘lash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Jamg‘arma tomonidan sotib olingan bug‘doyni xarid qilish (sotib olish, saqlash, tashish va sotish xarajatlari bilan birga) va sotish narxlari o‘rtasidagi salbiy tafovut bo‘yicha zararlarni qoplash;
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
7. Quyidagilar:
Jamg‘armaning barcha hisobvaraqlariga, shu jumladan Jamg‘arma aylanma mablag‘lari hisobidan operatsiyalar o‘tkaziladigan tegishli bank hisobvaraqlariga nisbatan cheklov choralari qo‘llanilmasligi;
Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, ular Jamg‘arma tomonidan inkasso topshiriqnomasi bilan undirilishi belgilab qo‘yilsin.
8. Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Jamg‘arma kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash uchun xorijiy davlatlardan bug‘doy sotib olishga doir taklif kiritish;
Jamg‘arma hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning agrar soha tarmoqlarini moliyalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari natijasi to‘g‘risida hisobotlarini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni kiritish;
Jamg‘arma tomonidan tayyorlanadigan Jamg‘armaning tushumlar va xarajatlar balansini ko‘rib chiqish va uning Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash;
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamentining Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazgan nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan xulosalarni muhokama qilish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
9. Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Departamentga, istisno tariqasida, Jamg‘arma mablag‘larini elektron auksion o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tijorat banklarida depozitga joylashtirish huquqi berilsin.
11. Markaziy bank bir hafta muddatda Jamg‘armaga moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish uchun milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlar ochilishini ta’minlasin.
12. Moliya vazirligi:
Jamg‘armada vaqtinchalik mablag‘ taqchilligi yuzaga kelganda, joriy yilning o‘tgan davrida joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining o‘rtacha foiz stavkasida ikki yil muddatgacha budjet ssudasini ajratsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda narx barqarorligini ta’minlash uchun don sotib olish, sotish va saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘arma tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kompensatsiya va subsidiyalarni to‘lash tartibini soddalashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Jamg‘arma tomonidan subsidiya to‘lash Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
14. Quyidagilar:
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov ushbu Farmonning to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishiga, mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etishga hamda muvofiqlashtirishga, ular rahbarlarining ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishga, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga;
moliya vaziri T.A. Ishmetov agrar sohani moliyalashtirishda yuzaga keladigan taqchillikni qoplash uchun zarur mablag‘larni budjet tizimi budjetlari hisobidan o‘z vaqtida ajratishga, shuningdek, budjetdan qo‘shimcha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
PF-6179-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashining
TARKIBI
1. J.A. Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi
2. Sh.M. G‘aniyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Kengash raisining o‘rinbosari
3. J.A. Xodjayev — Bosh vazir o‘rinbosari
4. I.Yu. Abduraxmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri
5. A.A. Xaitov — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
6. A.A. Isroilov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kengashi

Departament direktori

Direktor o‘rinbosari

Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanilishini monitoring qilish bo‘limi

5

Bosh yuriskonsult

1

Agrar sohani moliyalashtirish boshqarmasi

12

Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Don qabul qiluvchilar va tovar-xom ashyo birjasi bilan ishlash boshqarmasi

7

Qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni moliyalashtirish sho‘basi

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Moliya-iqtisod bo‘limi

3

Ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Izoh:
boshqaruv xodimlarning cheklangan soni — 34 nafar;
xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 06/26/122/0687-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-son qarori 4-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) imtiyozli kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari va urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun 14 oy muddat bilan paxta xom ashyosi qiymatining 50 foizigacha yillik 8 foiz, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda;
paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalarga paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlariga umumiy foydalanish muddati 22 oygacha bo‘lgan davr bilan paxta xom ashyosi qiymatining 50 foizigacha yillik 8 foiz, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kreditlar beriladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalarga berilgan kreditlar faqat 11 oy o‘tganidan so‘ng keyingi oyning birinchi sanasigacha qaytarilishi shart. Kreditni qaytarish muddatini hisoblash esa har bir transh uchun kredit mablag‘i paxta-to‘qimachilik klasteri va kooperatsiyaga kelib tushgan kundan boshlanadi.
Bunda:
fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik xo‘jaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablag‘laridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi;
paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklarining paxta xom ashyosi yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlarini bo‘naklash pul mablag‘lari shaklida amalga oshiriladi;
paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;”;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yetishtirgan paxta xom ashyosini xarid qilish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalarga tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.
Bunda:
paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini;
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan beriladi, kompensatsiya kreditning dastlabki 9 oyi uchun to‘lanadi;
paxta xom ashyosini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini;
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi;
paxta xom ashyosini xarid qilish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismiga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgargan hollarda kredit foiz stavkasi, bank marjasi va Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan beriladigan kompensatsiya miqdoriga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi;”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-son qarori 4-bandida:
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 149-son qarorida:
a) 6-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 7-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi “Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 974-son qarori 8-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 512-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshidan “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Topshirilgan paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha xarajatlarga kredit ajratish va yakuniy hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi “Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 914-son qarori 4-bandining “a” kichik bandidan “2020-yilda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5095-son Farmoni 3, 4, 6 va 7-bandlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-sonli Farmoni)” PF-5304-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilova 31-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-sonli qarori)” PF-5348-son Farmoniga ilovaning 11-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli qarorlari)” PF-5497-son Farmoniga 1-ilovaning 45-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5893-son Farmoniga 1-ilovaning 28-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3096-son qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-son qarorining 12-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 149-son qaroriga 8 va 9-ilovalar.
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori)” 350-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi “Boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 959-son qarori 7-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-dekabrdagi “2019-yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 1037-son qaroriga 14-ilova.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qarori)” 1032-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son; 04.07.2026-y., 06/26/122/0687-son)